Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON NAQSH-U-NIGORLARINING QIYOSIY TAHLILI'

O‘ZBEKISTON NAQSH-U-NIGORLARINING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
121
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompozitsiya / ganchkorlik / kandakorlik / kashtado’zlikda / zardo’zlik / kulolchilik / zargarlik. / composition / ornaments / carving / embroidery / jewelry / pottery / ornaments.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ma’murov, Abdusalom Anvarovich

Maqolada amaliy san’at turi naqqoshlikning an’analari, maktablari xususiyatlari undagi kompozitsion yechimlar borasida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF PATTERNS OF UZBEKISTAN

The article deals with the compositional solutions of the traditions and schools of artistic ornamental applied art.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON NAQSH-U-NIGORLARINING QIYOSIY TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTON NAQSH-U-NIGORLARINING QIYOSIY TAHLILI

Ma'murov Abdusalom Anvarovich

Farg'ona Davlat Universiteti Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchi a.a. [email protected]

Maqolada amaliy san 'at turi naqqoshlikning an 'analari, maktablari xususiyatlari undagi kompozitsion yechimlar borasida gap boradi.

Tayanch so'zlar: kompozitsiya, ganchkorlik, kandakorlik, kashtado'zlikda, zardo 'zlik, kulolchilik, zargarlik.

В статье говорится о композиционных решениях традиций и школ художественного орнаментального прикладного искусства.

Ключевые слова:композиция, украшения, резьба, вышивка, ювелирное дело, гончарное дело, украшения.

The article deals with the compositional solutions of the traditions and schools of artistic ornamental applied art.

Key words:composition, ornaments, carving, embroidery, jewelry, pottery, ornaments.

Naqqoshlik san'ati barcha amaliy san'at turlarining tarkibiy qismi o'laroq, O'rta Osiyo xalglari orasida o'zining nafis shakllari, rangin tovlanishi hamda ramziy ma'nolariga boyligi bilan qadimdan keng rivojlanib kelmoqda. Ma'lumki vatanimizni ko'rkiga ko'rk qo'shib turgan Samargand, Buxoro, Toshkent, Xorazm kabi shaharlardagi ko'hna obidalar ganchkorlik, yog'och o'ymakorligi, sangtaroshlik, naqqoshlik, koshinkorlik namunalari bilan o'ziga xos ravishda bezatilgan.

Ulardagi betakror naqsh bezaklarini kuzatar ekanmiz, ijodkor bo'yog'lar orqali shakllarni qanchalar nafis ifodalay olganidan xayratga tushamiz. Shuningdek, tarixiy Baqtriya, Sug'd, Xorazm, Shosh kabi hududlardan topilgan bezakli ashyolarning o'ta qadimiyligi ham, insoniyatning go'zallik olamiga qanchalar intiq yashaganligidan dalolat beradi.

Tarixdan har bir davr naqqoshlik san'atining rivojiga o'zining salmoqli hissasini qo'shib, uning yanada rivojlanib, taraqqiy etishiga zamin yaratib kelgan.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Surxandaryodagi Fayoz - tepa (I-II asr). Dalvarzin-tepa (II-asr) . Xorazmdagi tuproqqal'a (III-asr) devorlari ham turli rasm va naqshlar bilan bezatilganligi bizga ma'lum. VI - VIII asrlarga oid Afrosiyob va Varaxsha saroylarining devoriy suvrat qoldiqlari esa birmuncha yaxshi saqlanib qolgan. Ajdodlarimiz bu kabi devoriy rasmlarda: insoniylik, baxt ona tabiatga cheksiz munabbat, shodlik, mehr va yovuzlik kabi sifatlarni rang va chiziglar yordamida unsuz tovushlar orqali ifodalashgan.

VIII asrning boshlarida O'rta Osiyoga islom madaniyatining kirib kelishi, badiiy bezak - naqqoshlik san'atining yanada rivojlanishiga sabab bo'ldi. Maxobatli rasmlardagi jonli mavjudotlar o'rnini tabiat tasvirlari, o'simliksimon va geometrik elementlar ishtirokidagi naqsh namunalari egalladi. Arab yozuvlari o'zlashtirilib, bezakli uslub paydo bo'ldi.

IX asrlarda ganchkorlik, yog'och o'ymakorligi, naqqoshlik, g'isht terish, kitob bezagi san'atlari yanada rivojlandi. Buyuk allomalar, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg'ariy va boshqalarning ilmiy, tibbiy, ma'naviy naqshlar bilan bezatildi. Naqqoshlikda turli shakllar, gul elementlari va rang tuslarining ramziy falsafiy ma'nolari kengrog ifodalana boshlandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Temur va Temuriylar davriga kelib esa ilmu-fan, madaniyat va san'at keskin rivojlandi. Ko'plab tarixiy inshoatlar gurilib ular koshin'azlik, unvonli serhasham yozuvlar va turli o'yma naqshlar bilan bezatildi.

Nusxa ko'chirish (xattotlik) kitobat (minatyura) san'atlari yanada rivoj topdi. Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib kabi ko'plab naqqosh -musavvirlar; Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Amir Xusrav Dehlaviy, Nizomiy Ganjaviy va ko'plab buyuk zotlarning asarlarini ajoyib tasvir va naqshlar bilan bezaganlar.

XVI-XVII asrlarda Buxorodagi Abdulazizxon madrasasi (XVI asr) Baland masjid (XVI asr) Xo'ja Zayniddin xonagosi (XVI asr) Samarqanddagi Tillakori madrasasi (XVII asr) va Zarxal naqshlar bilan bezatildi. Bu usul "magzi soxta" deb ham yuritiladi.

Naqqoshlikda lojuvard, yashil, qizil, tilla hal bo'yog' tuslarini o'zaro bog'lanishi asosidagi "turunj" namoyon, girix usullaridan tashkil topgan naqsh namunalari ko'plab ishlangan.

Naqqoshlik san'atida o'ziga xos naqsh maktablari shakllana boshlandi. Ko'plab xalq ustalari yetishib chiqib faoliyat ko'rsatdilar.

XX asr boshlarida naqqosh ustalar: Olimjon Qosimjonov, usta SHerali Xoji, Rauf Nazarov, ustazoda Yoqubjon Raupov, Vakil va Sobir Isaevlar Toshkentdagi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Romanovlar saroyini, hozirgi xalq amaliy san'ati muzeyi binosini (sobiq polovtsev uyini) va boshqa binolarni sharqona naqsh namunalari bilan bezadilar. 1947 yilda qurib bitkazilgan O'zbekiston Davlat opera va balet katta teatri binosining bezak ishlarida usta Vakil va Sobir Isayevlar, Yoqubjon Raupov, Olimjon Qosimjonov, Jalil Hakimovlar samarali mehnat qildilar. Teatr binosini 1966 yilda qayta ta'mirlash ishlarida ham mohir usta Jalil Hakimovning xizmatlari katta bo'ldi.

Yangi naqsh kompozitsiyalarini odatda naqqosh ustalar chizib beradilar. Ular xalq amaliy san'ati turlari uchun chiziluvchi naqshlarning kompozitsion tuzilishini , chizish, o'yish, tikish usullari va pardoz berish qoidalarini yaxshi bilganlar. Naqqosh ustalar bir vaqtning o'zida bir necha hunar turlarini ham egallab borganlar. Masalan: Toshkentlik pargori usta Olimjon Qosimjonov, naqqosh Jalil Hakimovlar yog'och o'ymakorligini, Xivalik Abdulla Boltaev naqqoshlik, koshin'azlik, misgarlik kabi hunar turlarida erkin ijod qila olganlar.

Handasiy naqsh kompozitsiyalari, qirihlarni tuzuvchi ustalarni naqqoshlikda qirihkor, katta ustalar deb atashgan. Geometrik naqqoshlarni gumbaz mehrob va turli assimetrik shakllarda go'llab ishlash ancha murakkab ish sanaladi.

O'zbekistonda naqqoshlik san'atining o'ziga xos bir necha maktablari mavjud bo'lib, ular XX asrning o'rtalarida qayta shakllanib yanada rivojlandi. Toshkent naqqoshlik maktabi o'ziga xos uslubga ega. Bu uslubda ishlangan naqshlar rang tuslarining nozikligi, yashil havo rang hamda oltinsimon jigarrang koloritlarda ishlanishi bilan ajralib turadi. SHuningdek, naqsh elementlarining xilma-xilligi pardoz usullarining ko''rog targil tortish texnikasi bilan bajarilishi o'ziga xosdir. (8-rasm)

Toshkent naqqoshlik maktabining namoyondalari SHerali Hoji Hasanov, Vakil va Sobir Isaevlar , Olimjon Gosimjonov, Yogubjon Rau'ov, Jalil Hakimov, Toir To'xtaxo'jaev , Mahmud To'raev, Komil Karimov va Anvar Ilxomovlardir.

Fargona naqqoshlik maktabining uslubi tojik namunalariga o'xshab ketadi. Naqsh kompozitsiyalarida ortiqcha shakl yasovchilarisiz, zamin bo'shliqlari islimiy gul va novda shakllari bilan mohirona to'ldiriladi. Farg'ona naqshlariga to'qroq, qarama-qarshi (kontrast) ranglar jilvasi ulug'vorlik bag'ishlaydi. Gul va barg elementlarining pardozlari ko'proq edirma uslubida bajariladi. Farg'ona naqqoshlik maktabi haqida gap ketganda Qo'qonlik naqqosh ustazodalar nomlarini faxr bilan tilga olish mumkin. Ular Norqo'zi Nurmatov , Saidmahmud Norqo'ziev, Saidahmad Mahmudovlardir. Mustaqilligimizning ilk yillarida o'zining 80 yoshlik to'ylarini nishonlab, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi unvonini olgan Saidahmad Mahmudovning ko'plab shogirtlari bor.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xorazm naqqoshlik maktabining ham o'ziga xos uslubi mavjud. Xorazm naqshlari ko'prog novda ishtirokidagi aylana siralsimon murakkab ko'rinishdagi naqshlardan iborat. Xorazm naqshlarini turlanishida uch va to'rt xil rang tuslari ishtirok etib, naqsh zaminlari havorang-yashil novdalar oq; rangda pardozi esa qora rangda bo'ladi.

Xorazm naqshlarida islimiy egiluvchan madohil shakllari ko'plab uchraydi. Xorazm naqqoshlik maktabi namoyondalari Abdulla Boltaev, Xo'janiyoz Saidniyozov, Eshmurodov Sofoev, aka-uka Vafo va Bolta Mirzayevlar, Ro'zimat Masharipov va boshqalardir.

Buxoro naqqoshlik maktabining ish uslublari naqsh kompozitsiyalarining mukammal va jozibadorligi, qirih o'simliksimon, aralash naqsh namunalarining yorqin ranglarda ishlanishi bilan xarakterlidir. Buxoro naqshlarida ko'proq namoyon naqsh kompozitsiyalari shuningdek kosamon, kitoba mexrob shakli naqshlariga xos namunalar ko'plab ishlanadi.

Samargand naqshlari Toshkent, Fargona naqshlariga o'xshab ketadi. Samargand naqshlarida zangori-yashil rang tuslari ko'plab qo'llaniladi. Naqsh kompozitsiyalaridan o'simliksimon murakkab girih turlari alohida joziba kashf etadi. Samarqand naqsh turlarida edirma-pardoz usullari keng qo'llaniladi. Bu naqqoshlik maktabning nomoyondalariga: usta Raxmon, usta Jamoliddin, usta SHarif, usta Aminjon, usta Mahmud va boshqalar kiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston san'ati. T., "SHarq", 2001.

2. S.Bulatov. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati. Toshkent, 1991

3. B.Ahmedov. O'zbekiston xalqaro tarixi manbalari. "O'qituvchi", 1991.

4. A.Egamberdiyev. Milliy o'ziga xoslik yo'lida izlanishlar. San'at, 1999.

5. E.Gul.Hunarmandchilik an'analarini saqlab. Usta zargar Fashiddin Dadamuhammedov. San'at, 1999.

6. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

7. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

8. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

9. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

10. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

11. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

12. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

13. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

14. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

15. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

16. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.