Научная статья на тему 'Zamonaviy pedagoglarning innovatsion kasbiy faoliyatini takomillashtirish'

Zamonaviy pedagoglarning innovatsion kasbiy faoliyatini takomillashtirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
216
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
kompetensiya / kompetentlik / salohiyat / izchillik / akademik qobiliyat / fidoiylik / individual yondashuv / nutq madaniyati / bilim / ko‘nikma / malaka / shaxsiy / maxsus / kasbiy / umummadaniy kompetensiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Feruza Tolipovna Qudratova

Maqolada bugungi kun zamonaviy pedagogiga qo‘yiladigan talablar, pedagogning qobiliyatlari, faoliyat jarayonida bolalar bilan olib boriladigan ishlar, ta’lim sifati va samaradorligini oshiruvchi vositalar, barkamol shaxs tarbiyasida o‘qituvchining roli haqida umumiy ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Zamonaviy pedagoglarning innovatsion kasbiy faoliyatini takomillashtirish»

Zamonaviy pedagoglarning innovatsion kasbiy faoliyatini

takomillashtirish

Feruza Tolipovna Qudratova Bobkent tuman 5-DMTT

Annotatsiya: Maqolada bugungi kun zamonaviy pedagogiga qo'yiladigan talablar, pedagogning qobiliyatlari, faoliyat jarayonida bolalar bilan olib boriladigan ishlar, ta'lim sifati va samaradorligini oshiruvchi vositalar, barkamol shaxs tarbiyasida o'qituvchining roli haqida umumiy ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, kompetentlik, salohiyat, izchillik, akademik qobiliyat, fidoiylik, individual yondashuv, nutq madaniyati, bilim, ko'nikma, malaka, shaxsiy, maxsus, kasbiy, umummadaniy kompetensiya

Improving the innovative professional activity of modern

pedagogues

Feruza Tolipovna Kudratova Bobkent district 5-PSO

Abstract: The article provides general information about today's modern pedagogue's requirements, pedagogue's abilities, work with children, tools for increasing the quality and efficiency of education, the role of the teacher in the education of a well-rounded personality.

Keywords: competence, competence, potential, consistency, academic ability, dedication, individual approach, speech culture, knowledge, skill, competence, personal, special, professional, universal competence

So'ngi yillarga mamlakatimizning ta'lim sohasida katta islohotlar olib borilayapti. Nafaqat ta'lim sohasida balki, barcha sohalarda tub burulishlar amalga oshirilmoqda. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma'naviy hayot darajasining yuksalishi ta'lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti, yuqori salohiyatli, immuniteti mustahkam yoshlari bilan belgilanadi shubhasiz. Bu esa o'z navbatida ustoz-muallimlar zimmasiga o'ta mashaqqatli, ma'suliyatli vazifa yuklaydi.

Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi o'qituvchga eng muhim vazifa - yurt ravnaqi poydevorlari va kelajagi bo'lgan yoshlarni tarbiyalash, ularga mustahkam bilim berish vazifasi yuklatilgan. Insonga ta'lim va tarbiya berish nihoyatda murakkab,

mashaqqatli jarayondir. Shuning uchun qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk insonlari, arboblari jalb etilgani bejizga emas. Yosh avlod tarbiyasi faqatgina shaxs kamolotigina emas, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilovch muhim ahamiyatli omil ekanligi ta'kidlanadi.

Pedagog - pedagogik va psixologik jihatdan o'z ixtisosligi bo'yicha maxsus ma'lumotga ega, ham shaxsiy ham kasbiy kompetensiyali, yuqori kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga boy, ta'lim dargohlarida faoliyat ko'rsatuvchi shaxsdir.

Ta'lim tizimining raqobatbardoshligini oshirish va salohiyatli yoshlarini tarbiyalashda eng avvalo ta'limning ilk bo'g'ini - maktabgacha ta'lim sohasiga diqqatni qaratmoq lozim.

Tarbiyachi - maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishi uchun ko'mak beruvchi, bolani maktab ta'limiga sifatli tayyorlovchi shaxsdir. Tarbiyachi ta'lim-tarbiya maqsadini aniq belgilashi va ajratilgan vaqt ichida unga erishadigan bo'lishi lozim. Didaktik jarayonni amalga oshirishda o'rgatishning samarali shakllaridan foydalana olishi zarur.

Pedagog-tarbiyachi har bir bola shaxsini hurmat qilgan holda, anglagan holda bolaning iqtidori, salohiyati, menligiga tayangan holda ta'lim jarayonlarini tashkil etmog'i lozim. Ta'lim-tarbiya jarayonlarini o'yinlarga asoslangan holda dastur doirasida tashkil etishi, bolada o'yin tajribasini oshirishi, o'yin jarayonida ijodkorlik, liderlik, yaratuvchanlikni, tengdoshlari bilan muloqot qilishni o'rgatishi lozimdir.

Tarbiyachi faoliyati davomida bola bilan muntazam aloqada bo'ladi, shug'ullanadi va uning bo'shliqlarini to'ldirib boradi. Bola shaxsi ham buyurtmachi ham iste'molchi sifatidagi juda ham rivojlangan tizim xisoblanadi. Buni inobatga olgan holda pedagog ta'limni bolaga moslashtirgan holda, har bir bolaga individual yondoshgan holda ta'limiy faoliyatni yaratishi lozim.

Tarbiyachi guruhda shunday inklyuziv muhit yaratishi kerakki, unda har bir bola o'zini ardoqli, qobiliyatli va ta'lim jarayoniga jalb qilingandek his qilishi kerak. Bolalarning mustaqil harakat qilishi, natijalarga erishishi va yutuqlarni amalga oshirishi hamda ulardan zavqlanish qobiliyatini rivojlantirishga hissa qo'shishi muhim ahamiyatlidir.

Qachonki pedagog qobiliyatli, salohiyatli, kasbiy va shaxsiy kompetentligi yuqori bo'ladigan bo'lsagina u maqsadiga erisha oladi. Pedagogik qobiliyat pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqara olishni belgilaydi.

Qobiliyat faoliyat jarayonida yuzaga keladi va rivojlanadi. Pedagogik faoliyatning samarali bo'lishi uchun tarbiyachida pedagogik qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo'lishi shart.

- akademik qobiliyat (bilish qobiliyati)

- didaktik qobiliyat ( o'rgatuvchanlik qobiliyati)

- nutq qobiliyati ( nutq madaniyati)

- ijodkorlik qobiliyati (yaratuvchanlik qobiliyati)

- avtoritar qobiliyati ( shaxsiy qobiliyati)

- kommunikativ qobiliyati (muloqotga kirishish qobiliyati)

- diqqatni to'g'ri taqsimlash qobiliyati

- perseptiv qobiliyat (pedagogik ziyraklik, empatiya, intuitsiya);

Tarbiyachi ta'lim jarayonida o'qitish shakllarini optimal darajada tashkil etishi, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g'oyala bilan boyitishni puxta bilishi lozim.

Bu esa tarbiyachilardan fidoiylik, izlanuvchanlik, kuchli bilim, o'z ustida muntazam ishlash, zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan qurollangan bo'lishini, jarayonni didaktik o'yinlar bilan qiziqarli tashkil qila olishni, bolalarga aynan ular tushunarli tilda, yosh jihatini inobatga olgan holda faoliyatni olib borishni talab etadi. Pedagoglar o'z ustida ishlar ekan nutq madaniyatiga ham alohida e'tibor berishi lozim.

Tarbiyachining faoliyatida eng muhim narsa - bu uning nutqi va bolalar bilan olib boradigan muloqatidir. Nutq - bu og'zaki kommunikatsiya, ya'ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir.

Bugungi kun pedagoglariga nisbatan qo'yilayotgan talablar mazmuni yil sayin yangilanib, zamon talablariga moslashib bormoqda. Pedagogni o'ta yuqori kompetentli bo'lishga undayapti. "Kompetentlik" tushunchasi - ta'lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasiga kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik noananaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vaziyatlarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalikni anglatadi.

Kompetensiya so'zi - inglizcha "competence" lug'aviy jihatdan bevosita qobilyat ma'nosini ifodalaydi. Mazmunan esa faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olishni yoritishga xizmat qiladi.

1-rasm. Kompetensiya turlari

Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarining egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi.

Xulosa qilib aytganda bugunning zamonaviy pedagogi aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtiruvchi, pedagogik jarayon samaradorligini, o'zining faolligini muntazam oshirib boruvchi, izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni amaliotda qo'llay oladigan, ilg'or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor, faoliyatiga fan-texnikaning so'nggi yangiliklarini samarali tadbiq eta olish imkoniyatiga ega bo'lmog'i lozim

Bugungi o'qituvchi kelajak avlod vakillariga nafaqat bilim va ko'nikmani berish bilan cheklanishi, balki ularda umrboqiy qadriyatlar shakllanishiga, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga, asosiysi katta hayotdagi ijtimoiy moslashishiga hissa qo'sha olishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. E.A. Migranova, Sh.X. Poziiova Kasbiy pedagogik faoiiyatga kirish / O'quv qo'llamna. - Toshkent: "Tafakkur bo'stoni", 2018 y. - 200 bet

2. I.V. Grosheva, L.G.Yevstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisova "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi T: 2022.

3. F.Qodirova, SH. Toshpo'latova, M.A'zamova. "Maktabgacha pedagogika" -T., "Ma'naviyat" 2019 y.- 688 bet

4. Sh.A. Sodiqova "Maktabgacha pedagogika" "Tafakkur sarchashmalari" T:. 2013 y.- 288 bet.

5. N.M. Qayumova "Maktabgacha pedagogika", "TDPU" nashriyoti T:. 2013 y-184 bet.

6. A.A. Xoliqov. Pedagogik mahorat. Darslik. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Iqtisod-moliya, 2011 y. -420 bet.

7. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika. Darslik. - T.: "Sano-standart", 2017 y. -434 bet.

8. S.M. Raxmonova DIDACTIC POSSIBILITIES OF IMPROVING THE METHODOLOGY FOR PREPARING FUTURE EDUCATORS OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION FOR INNOVATIVE PROFESSIONAL ACTIVITIES. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT ISSN: 2792 - 1883 | Volume 2 No. 12 https://literature.academicjournal.io 16.12.2022 y.36-40 bet.

9. S.M. Raxmonova, D.M. Murotovna. Ta'lim jarayonida pedagogning innovatsion kasbiy faoliyati va xususiyatlari. SCIENCE AND EDUCATION. SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 2181-0842 VOLUME 4, ISSUE 5 MAY 2023. https: //drive.google.com/file/d/190Zcnat7oUs SvaN 14XoXW-LO87w895aE/view?usp=sharing. 4.05.2023 y. 862-866 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.