Научная статья на тему 'HARBIY-AKADEMIK LITSEYLARDA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARNI QO‘LLASH SAMARADORLIGI'

HARBIY-AKADEMIK LITSEYLARDA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARNI QO‘LLASH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
36
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘quv jarayoni / harbiy / pedagog kadrlar / kompetentlik / kompetensiya / rivojlantirish / shakllantirish. / Education process / military / pedagogical staff / competency / competence / development / establishment.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bektemirova, Y.F.

Ushbu maqolada harbiy-akademik litseylarda ta’lim berish jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi zamonaviy metodlar, usullar va vositalar muhokama etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVENESS OF USE OF MODERN INTERACTIVE METHODS IN MILITARY-ACADEMIC LYCEUMS

Provided article reveals new contemporary methods, approaches as well as techniques which can be used during education process at the military – academic lyceums.

Текст научной работы на тему «HARBIY-AKADEMIK LITSEYLARDA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARNI QO‘LLASH SAMARADORLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(2), Feb., 2023

HARBIY-AKADEMIK LITSEYLARDA ZAMONAVIY INTERFAOL METODLARNI QO'LLASH SAMARADORLIGI

d

https://doi.org/10.5281/zenodo.7642612

Y.F.Bektemirova

DXX "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi o'quv-metodik bo'linmasi boshlig'i

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada harbiy-akademik litseylarda ta 'lim berish jarayonida qo 'llash mumkin bo 'lgan yangi zamonaviy metodlar, usullar va vositalar muhokama etiladi.

Kalit so'zlar: O'quv jarayoni, harbiy, pedagog kadrlar, kompetentlik, kompetensiya, rivojlantirish, shakllantirish.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются новые современные методы, приемы и средства, которые можно использовать в процессе обучения в военно-академических лицеях.

Ключевые слова: Образовательный процесс, военнослужащие, педагогические кадры, компетентность, компетентность, развитие, формирование.

ABSTRACT

Provided article reveals new contemporary methods, approaches as well as techniques which can be used during education process at the military - academic lyceums.

Keywords: Education process, military, pedagogical staff, competency, competence, development, establishment.

KIRISH

Qurolli Kuchlarimizning ilk shakllanish yillaridanoq professional harbiy kadrlarni tayyorlash va harbiy xizmatchilaming soha bo'yicha bilimlarini oshirish, ko'nikmalarini mustahkamlash masalasiga katta e'tibor qaratildi. Ushbu ustuvor masala bugun ham o'z dolzarbligini yo'qotgani yo'q.

Harbiy-akademik litseylarning zamonaviy ta'lim tizimida shakllangan kompetensiyalar majmui o'quvchilarga ta'lim va tarbiya berish jarayonining mohiyatini aks ettiruvchi asosiy omil hisoblanadi. O'quvchilarning umummadaniy va harbiy-kasbiy kompetensiyalari asosan dars va mustaqil mashg'ulotlar jarayonida olingan bilimlar, singdirilgan ko'nikmalar va malakalar orqali shakllantiriladi. O'quv fanlarini o'rganish jarayonida ularni o'zlashtirish natijalariga qo'yiladigan talablar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

professor-o'qituvchilar tomonidan qo'llaniladigan o'qitish usullariga asoslanishi va o'quvchilarning harbiy mutaxassislik bo'yicha tayyorgarlik darajasini aks ettirishi kerak. O'quv jarayonida kompetentli yondashuv bo'lajak harbiy xizmatchilarning kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lib, ularning intellektual salohiyati va jangovar qobiliyatlarini oshirish imkonini beradi.

Asosiy qism:

"Kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchalari ilk bor AQShda qo'llangan bo'lib, "insonning bilimlariga asoslangan, ijtimoiy-kasbiy hayoti faoliyatida belgilangan shaxsiy va intellektual tajribasi" sifatida talqin etilmoqda [3].

"Kompetensiya", "kompetentlik", "kompetentli" tushunchalarining o'zi adabiyotlarda va lug'atlarda keltirilgan. Masalan, "Inglizcha-o'zbekcha lug'at"da quyidagicha ta'rif keltiriladi: "kompetensiya" "kompetent" (lot. competense -omilkorlik, xabardorlik, biror belgilangan sohani tushunadigan, biladigan; competent - bilimdon; o'zining qonuniy huquqiga ega bo'lgan, biror ishni hal qilish yoki bajarish [4].

Kompetentlik va kompetensiya tushunchalari I.V.Petrova, Y.V.Sadon, O.Y.Gavrilova, A.V.Tarasova kabi olimlarning ilmiy ishlarida keltirilgan. Shuningdek, UNESCO ning "The competent teacher 2010 - 2020" konsepsiyasida ham kompetentlik tushunchasining zamonaviy talqini hamda amaliy ahamiyati alohida yoritib o'tilgan.

Kompetentli yondashuvning maqsadi ta'lim sifatini ta'minlashdir. Ta'lim tizimini takomillashtirish muammolari bo'yicha chop etilgan hujjatlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, ta'lim mazmunining yangilanishida asosiy birlik sifatida kompetentlik va kompetensiya qaralmoqda.

Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda bo'lajak harbiy xizmatchilarning o'quv jarayonida kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo'yicha alohida ilmiy izlanishlar olib borilmaganligini inobatga olsak, Qurolli Kuchlar tizimida harbiy ta'lim-tarbiya yuzasidan mavjud muammolar, ya'ni harbiy xizmatchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish kabi masalalar ilmiy jihatdan aniqliklar kiritishni talab etadi.

Shu maqsadda harbiy-akademik litsey professor-o'qituvchilari o'qitish jarayonida harbiy xizmatchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida yuzaga kelayotgan kamchilik va muammolarni bartaraf qilish maqsadida amalga oshirilayoygan ishlarni quyidagilarda ifodalash mumkin [5]:

•ta'lim berish jarayonida professor-o'qituvchilarda o'z fani bo'yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni samarali qo'llay olishi darajasini rivojlantirish;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

• o'quv jarayonini faollashtirish hamda o'quv materiallarini o'zlashtirishning yuqori darajasiga erishish, o'quvchilarni mustaqil fikrlashga va o'z fikrini erkin bayon etishga o'rgatish;

• pedagogik tarkib bilan o'tkaziladigan konsultatsiyalar hamda ilmiy jamiyat a'zolari ishlarining o'z vaqtida tashkillashtirish va samaradorligini qattiq nazoratga olish;

• o'quv jarayoni sifatini yanada oshirish choralarini ko'rish, o'quvchilarning mustaqil tayyorgarlik darslarini qattiq nazoratga olish;

• mashg'ulotlar davomida o'quvchilarning mustaqil fikrlash va o'z fikrini erkin bayon etish ko'nikmalarini rivojlantirish;

• o'qitish jarayoniga qo'yilayotgan kompetesiyalardan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchilarning kasbiy bilim, qobiliyat va ko'nikmalarini faoliyatga bog'lash va takomillashtirishga layoqatlilik darajasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish zarur.

Harbiy soha nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda, fan va texnikaning taraqqiyot darajasi, zamonaviy urushlarning xususiyatlarini hisobga olib, o'quvchilarning o'quv jarayonida kasbiy kompetentligini shakllantirilishi va zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida ularning bilim, ko'nikma va malakalarining puxta va chuqur bo'lishini taqozo qiladi. Harbiy-akademik litsey bitiruvchilarining professional tayyorgarligi, ularning soha bo'yicha nazariy va amaliy bilim, ko'nikma va malakalari qanchalik puxta va mustahkam bo'lsa, ular malakali mutaxassislar uchun zarur bo'lgan yangi o'quv materiallarini ham shunchalik ongli, chuqur va puxta egallaydilar.

Harbiy-akademik litseyda tahsil oluvchilarning kompetentligini rivojlantirishda o'qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega. Harbiy-akademik litsey pedagoglarining vazifasi ta'lim oluvchilarning o'z-o'zini takomillashtirish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga, ta'lim va tarbiya jarayonini takomillashtirish, o'quvchilarga maksimal darajada ilmiy va tizimlashtirilgan bilimlarni o'tkazish, ularda belgilangan minimal vaqt ichida zarur ko'nikma va malakalarni shakllantirish zarur. Uchinchi Renessans avlodini tarbiyalash, birinchi navbatda, kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilganligi sababli, ularni shakllantirish usullarini o'qitish jarayonida qo'llash maqsadga muvofiqdir. Harbiy kasbiy malakalarni shakllantirish metodologiyasini to'liq ochib berish o'qitish usullari va shakllarisiz mumkin emas.

Shu boisdan, harbiy ta'lim tizimida mashg'ulotlarning mazmunini chuqur va ko'zlangan maqsadga yetkazish uchun bugungi kunda zamonaviy pedagogik

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

texnologiyalardan samarali foydalangan holda mashg'ulotlarni qiziqarli tarzda olib borish imkoniyatlarini kengaytirish zarur. Harbiy bilim yurtlarida fan va texnikaning taraqqiy etgan bir davrida o'quvchilarga uzluksiz ravishda yangi ma'lumotlar bilan birga mutaxassislik ma'lumotlarini yetkazishda kasbiy ko'nikma va malakalar tizimidan to'g'ri foydalanish, o'quvchilarni kasbiy kompetentligi yuqori darajada shakllangan qilib tarbiyalashda harbiy-akademik litsey o'qituvchisi har tomonlama bilim va malakaga ega bo'lishi lozim. Shuningdek, har bir fan o'qituvchisi o'z sohasining ustasi, mohir tarbiyachi, jonkuyar va fidoiy bo'lishi uchun o'z ustida tinmay izlanishi, o'z ishiga ijodiy yondashishi, ta'lim oluvchilarni fanga qiziqtira olishi kerak bo'ladi. Bunga erishish uchun esa o'qituvchilar o'qitadigan fanlari bo'yicha har bir dars turini to'liq va sifatli rejalashtira olishi, o'quv materialining tuzilishini tushunishi, ta'lim jarayoniga o'qitish texnologiyalarini to'g'ri qo'llay olishi, axborot texnologiyalarini bilishi hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan mashg'ulot jarayonida samarali foydalana olishi lozim [6].

O'qituvchi ta'lim, rivojlanish va tarbiyaning birligi tamoyili talablarini amalga oshirish uchun maqbul shart-sharoitlarni ta'minlash uchun turli interfaol metod va usullarni qo'llab, o'quvchilarga ta'lim berish jarayonini modellashtiradi. Shu boisdan, hozirgi zamonaviy o'qituvchini ta'lim-tarbiya berishda didaktika tamoyillari, zamon talabiga javob beradigan o'qitish vositalari va shakllari, ta'lim usullari bilan bog'liq o'qitishning ilmiy-metodik asoslaridan xabardor qilib borish bilan birga, ularni amalga oshirish texnologiyalari bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Taklif etilayotgan metodologiyada umumiy o'qitish usullari quyidagilardan iborat: hikoya, o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi suhbat, ma'ruza, rasm, muammoli vaziyat, munozara, savol-javob usuli, test-imtihon usuli, mustaqil izlanish, muammoli taqdimot, qisman izlash yoki evristik tadqiqot usuli. Harbiy-akademik litseylari o'quv jarayoniga yangicha yondashuv asosida, "SWOT - tahlil", "Xulosalash" (Rezume, Veer), "Keys-stadi", "Qarorlar shajarasi", "Assesment" kabi grafikli organayzerlar vositasi hamda "Tushunchalar tahlili", "Delfi", "Kouching", "Insert", "FSMU", "Brifing", "Intervyu" va boshqa shu kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng tatbiq etish orqali o'quvchilarning kompetentligini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Metodikada qo'llaniladigan ilmiy-metodik asoslarni (o'qitish usullari, shakllari, vositalari va yondashuvlari) sarhisob qilar ekanmiz, shuni ta'kidlash kerakki, o'quvchilarning shu tarzda shakllantiriladigan harbiy kasbiy kompetentsiyalari nafaqat malakali, balki shaxsiy fikri hamda ko'nikma va qobiliyatlari doirasiga ega bo'lgan mutaxassisni tarbiyalashga qaratilgan. O'quv jarayonini modellashtirgan o'qituvchi ta'lim, rivojlanish va tarbiyaning birligi tamoyili talablarini amalga oshirish uchun maqbul shart-sharoitlarni ta'minlash uchun

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

har tomonlama fikr yuritish imkoniyatiga ega. Bu esa o'ziga yuklangan vazifalarni samarali bajarishga tayyor bo'lgan malakali mutaxassisning kasbiy tafakkurini shakllantirish imkoniyatidir.

Xulosa qilib aytganda, jamiyatimizning jadal sur'atlarda rivojlanishi va yangilanishi harbiy-siyosiy vaziyat tez o'zgarib, xavfsizlik sohasidagi xatar va tahdidlar tobora kuchayib borayotganligi bilan ajralib qolmoqda. Shu boisdan, professional harbiy kadrlarni tayyorlash ularning intellektual salohiyati, kasbiy kompetentligini rivojlantirish, jahon hamjamiyatida rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali professional harbiy kadrlarni tayyorlash milliy tizimini yaratish masalasi ustuvor mezon sifatida muhim ro'l o'ynaydi. O'quv jarayonida o'quvchilar nafaqat mustahkam bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari, shuningdek, bu bilim, ko'nikma va malakalarni o'z funksional vazifalarini bajarishda qayerda va qanday qo'llash mumkinligini aniq tushunishi va tasavvur qilishlari kerak.

XULOSA

Amalda bu metodlarni qo'llash orqali quyidagi natijalarga erishiladi:

■ ta'lim va tarbiya jarayonini takomillashtiriladi;

■ o'quvchilarga maksimal darajada ilmiy va tizimlashtirilgan bilimlar beriladi, ularda ajratilgan minimal vaqt ichida zarur ko'nikma va malakalarni shakllantiriladi;

■haqiqiy Vatan himoyachisiga xos xususiyatlarni shakllantirishga xizmat qiladi;

■ ommaviy nutq, bahslashish, munozara va polemika ko'nikmalarini rivojlantiradi, axborotni tanqidiy idrok etish, o'z nuqtayi nazarini asosli taqdim etishga o'rgatadi;

■ o'zlashtirish darajasiga, ishbilarmonlik munosabatlari etikasi va ishni tashkil etish mexanizmiga ta'sir ko'rsatadi;

■harbiy nizomlar talablariga qat'iy rioya qilishga o'rgatadi;

■ o'quvchini fanga bo'lgan qiziqishini orttiradi, uning mavjud qobiliyatini ochadi, mantiqiy fikrlashga o'rgatadi, tafakkurini shakllantiradi;

■bilimlarni amaliy qo'llash ko'nikmalarini hosil qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni. Oliy ta'lim. Me'yoriy hujjatlar to'plami. - T.: «Sharq», 2013.

2. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi. // «Postda» gazetasi, 2017 yil 3-son.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

3. Ro'ziyeva D., Usmonboyeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar mohiyati va qo'llanilishi. / Metodik qo'llanma. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013. 111-112b.

4. To'rayev B.Z., Muqimova G.X. Ta'limda kompetentli yondashuv: o'qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish. // «O'zbekiston oliy ta'lim tizimida kadrlar resurslarini boshqarish va rivojlantirish» mavzusidagi Respublika seminar materiallari. - T: «Iste'dod» jamg'armasi, TDPU. 2014. -52-b.

5. Gavrilova O.E. Talabalarning kasbiy vakolatlarini shakllantirish - o'quv klasterining sharoitida tikuvchilik ishlab chiqarish mutaxassislari bo'ladi. / Kesh. Ped. fanlar. - Qozon, 2011.P. 257.

6. Petrova I.V. Universitet talabalari o'rtasida kasbiy tarbiya paytida kasbiy vakolatlarni shakllantirish. / O'chirish ... kon. Ped. fanlar. - Ulyanovsk, 2010.c. 255.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.