Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI'

OLIY TA’LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
486
88
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kommunikativ kompetentlik / bo’lajak o’qituvchi / muloqot / oliy ta’lim. / communicative competence / future teacher / communication / higher education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Hamrayeva, Oynisa Farxod Qizi

Ushbu maqolada kompetentlik, talabalarni kommunikativ kompetentligini rivojlantirish masalalari, kompetentlik turlari haqida fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ASPECTS OF DEVELOPING COMMUNICATIVE COMPETENCE OF STUDENTS OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

This article presents ideas about competence, issues of developing students’ communicative competence, types of competence.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMUNIKATIV

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI

Hamrayeva Oynisa Farxod qizi

FarDU o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kompetentlik, talabalarni kommunikativ kompetentligini rivojlantirish masalalari, kompetentlik turlari haqida fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: kommunikativ kompetentlik, bo'lajak o'qituvchi, muloqot, oliy ta 'lim.

ABSTRACT

This article presents ideas about competence, issues of developing students' communicative competence, types of competence.

Key words: communicative competence, future teacher, communication, higher education.

KIRISH

Oliy ta'lim muassasasi talabalarini komunikativ kompetentligini shakllantirish pedagoglarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o'ziga xos o'rin tutadi. Ayniqsa ta'limni modernizatsiyalash bilan bog'liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bo'lajak o'qituvchilarni amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda o'qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda.

"Kompetentlik" va "kompetensiya" ta'limda kompetentli yondoshuvning asosiy tushunchalaridir. Manbalar tahlili esa, ularning ilmiy adabiyotlarda bir qiymatli ta'rifga ega bo'lmagan murakkab, ko'pkomponentli va fanlararo tushunchalar ekanligini ko'rsatadi. Tadqiqotchilar fikricha ular hajmi, turkumi, semantikasi va mantiqiy tuzilmasi bo'yicha farqlanib, kompetentli shaxs tavsifi (xususiyatlari, odatlari va boshqalar) sifatida qaralishi mumkin. Kompetentli shaxs tavsifi (xususiyat, shaxs sifati, uning komponenti), shaxs tuzilmasida yaxlit ta'lim, shaxs xususiyatlari tizimi, bilim, ko'nikma va malakalarni egallash natijasida yuzaga keluvchi holatlar (tayyorgarlik, yo'naltirilganlik va boshqalar) sifatida ifodalanishi mumkin, ko'pincha esa, kompetentli bilim va tajriba bilan tenglashtiriladi.

Pedagogik adabiyotlarda, bugungi kunda, "kompetensiya", "kompetentlik" atamalari keng qo'llanilmoqda va barqarorlashmoqda. Ammo, hozirga qadar

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

ta'limning u yoki bu bosqichi bitiruvchisining optimal obraziga qo 'llash mumkin bo'lgan «kompetentlik» tushunchasining yagona va aniq ta'rifi mavjud emas.

Manbalarda shaxsning bilimi, ko'nikmasi, malakasi, qobiliyati, mehnatsevarligi, kasbiy mahorati kabi sifatlarini ifodalash uchun «kompetentlik» va «kompetentlilik» atamalaridan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Competentia" lotincha so'z bo'lib, o'zbek tilidagi lug'aviy ma'nosi "inson yaxshi biladigan", "tajribaga ega bo'lgan" kabi ma'nolarni bildiradi. Demak, biror bir sohada kompetentli inson shu soha haqida asosli fikr yuritish va unda samarali faoliyat olib borish uchun mos bilim va qobiliyatga ega hisoblanadi.

Ilmiy manbalarda kompetentlik va kompetensiyaning quyidagi ta'riflarini uchratish mumkin: motivlashgan qobiliyat; shaxsning xususiyat va sifatlari, shaxsiy chizgisi; faoliyatga tayyorgarlik mezoni; masalani hal etish va uning natijalarini olish uchun zarur bo'lgan qobiliyat; faoliyatga bog'liq bilim, ko'nikma, malaka va tajriba (inson tomonidan o'zlashtirilgan masalani yechish, usullar va yo'llarini bir butunga birlashtirish), shu bilan birga shaxsning motivlashgan va hissiy-irodaviy sohasi.

Kompetensiyalar tayanch va asosiy kompetensiyalarga bo'linadi. Tayanch komepetensiya - bu o'z tavsifi va qo'llanilish darajasi bo'yicha ommaviy, asosiy kompetensiya esa, o'z tavsifi va qo'llanish darajasi bo'yicha qaralayotgan mutaxassislikka mos keluvchi kompetensiyadir. Uni kasbiy kompetensiya deb ham atash mumkin.

Tayanch kompetentlik oliy pedagogik ta'limning har bir bosqichi uchun ta'lim bloklari va o'quv fanlari darajasida aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta'limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko'nikmalarni egallashga imkon beruvchi asosiy turlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan ular quyidagi kompetentlik turlariga bo'linadi:

1. Yaxlit-mazmunli kompetentlik. Bu talabaning qadriyatli yo'nalishlari bilan bog'liq, uning ijtimoiy borliqni his eta bilishi va tushunish qobiliyati, mustaqil hayot yo'lini topa olishi, o'zining ijtimoiy jamiyatdagi roli va o'rnini anglab yetishi, harakatlarni tashkil etishda aniq maqsadni belgilash hamda qaror qabul qilish malakasi, dunyoqarashi bilan bog'liq kompetentlik, u talaba uchun o'quv va boshqa vaziyatlarda o'zini aniqlash mexanizmini ta'minlaydi. Talabaning individual ta'lim yo'nalishi va uning hayotiy faoliyatining umumiy dasturi ana shu kompetentlikka bog'liq.

2. Ijtimoiy-madaniy kompetentlik. Talaba chuqur o'zlashtirishining zarur

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

bo'lgan bilim va faoliyat tajribasi doirasi, milliy va umuminsoniy madaniyatlar xususiyatlari, inson va insoniyat hayotining ma'naviy-axloqiy asoslari, oilaviy va ijtimoiy an'analarning madaniy asoslari, inson hayotida fan va dinning roli, ularning moddiy borliqqa ta'siri, turmush va dam olish borasidagi bilimlar, masalan, bo 'sh vaqtni samarali tashkil etish usullarini bilishidan iborat.

3. O'quv-bilish kompetentligi. Bu talabaning o'rganilayotgan aniq ob'yektlar bilan bog'liq mantiqiy, metodologik va ijtimoiy faoliyati elementlaridan iborat bo'lgan mustaqil fikrlash kompetentliklarining to'plami bo'lib, unga maqsadni ko'ra bilish, faoliyatni rejalashtirish, uning mazmunini tahlil qilish, refleksiya, faoliyatga shaxsiy baho berish borasidagi bilim va malakalari kiradi. O'rganilayotgan ob'yektlarga nisbatan talabalar kreativ ko'nikmalar, ya'ni bilimlarni bevosita borliqdan olish, nostandart vaziyatlarda muammoni hal etishning harakat usullari va evristik metodlarini egallaydi.

4. Axborot olish kompetentligi. Audio-video ko'rsatuv vositalari va axborot texnologiyalari yordamida mustaqil izlanish, tahlil qilish va zarur axborotlarni tanlab olish, ularni tahlil etish, o'zgartirish, saqlash va uzatish mahorati shakllantiriladi. Ushbu kompetentlik talabaning o'quv fanlari asoslarini muhim axborotlar asosida o'zlashtirishini ta'minlaydi.

5. Kommunikativ kompetentlik. Ta'lim oluvchilar bilan o'zaro munosabatlar, ularning usullari, muloqot jarayonida ustuvor o'rin tutuvchi tilni o'zlashtirish, guruhlarda ishlash ko'nikmalari, jamoada turli xil ma'naviy- ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazishni bilishni o'z ichiga oladi.

6. Ijtimoiy-faoliyatli kompetentlik fuqarolik (fuqaro, kuzatuvchi, saylovchi, vakil vazifasini bajaruvchi), ijtimoiy-mehnat sohasi (iste'molchi, xaridor, mijoz, ishlab chiqaruvchi huquqlari), oilaviy munosabatlar va majburiyatlar, iqtisod va huquq masalalari, kasbiy, shuningdek, shaxsiy mavqeini aniqlash borasidagi bilim va tajribalarni egallash (xususan, mehnat bozoridagi mavjud vaziyatni tahlil qilish, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni ko'zlab harakat qilish mahorati, mehnat hamda fuqarolik munosabatlarining odobini bilish) ni anglatadi.

7. Shaxsning o'z-o'zini takomillashtirish kompetentligi ma'naviy, motivatsion, intellektual va amaliy jihatdan o'z-o'zini rivojlantirish, irodaviy va hissiy jihatdan o'z-o'zini boshqara olishga qaratilgan. Talaba shaxsiy manfaatlari va imkoniyatlariga ko'ra faoliyat usullarini egallaydi, bu unga o'zida zamonaviy mutaxassisga xos bo'lgan shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirish, tafakkurini, madaniyati va xulqini shakllantirishga yordam beradi.

"Kommunikativ kompetentlik" tushunchasi bilan yaqin aloqador bo'lgan -"shaxsning kommunikativ yadrosi" tushunchasi mavjud. "Kommunikativ yadro"

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

tushunchasi yaqinda paydo bo'lgan va ilmiy tadqiqot ishlarida zamonaviy psixolog A.A.Bodalev tomonidan birinchi marta qo'llanildi. Shaxsning kommunikativ yadrosi psixologik hodisa sifatida ko'rib chiqilishi har bir insonda muloqotni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi asos mavjud. Bunday asos har qanday katta yoshli insonlarda, bolalar shaxsida ham mavjud bo'lib, kommunikativ yadrosiga shaxsiy xususiyat va sifatlar kirishi mumkin.

Oliy ta'lim talabalarini kasbiy kompetentligining shakllanishi nafaqat o'quv predmetlari ro'yxati, balki, fanni o'zlashtirish jarayonida shakllanadigan kasbiy ko'nikma va bilimlar, shuningdek, talabaning ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotdagi faol o'rnidan iborat ta'lim mazmuni orqali amalga oshiriladi. Buning barchasi majmuaviy holda, bo'lajak pedagog shaxsini shunday tarbiyalaydiki, u o'z-o'zini rivojlantirish va o'z komilligi ustida ishlay olish usullariga ega bo'ladi, bu esa, o'z vaqtida pedagogga "inson-inson" tizimida kasb ustasi - sub'yekti sifatida samarali faoliyatni ta'minlaydi. Oliy ta'lim talabalarini kasbiy kompetentligini ta'riflashga turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, N.F. Talizinaning nuqtai nazaricha, u uchta asosiy tarkibiy qismlarga (sifatlar, bilimlar, ko'nikmalar) mos kelishi kerak.

Ularga quyidagilar kiradi:

Sifatlar: ishga munosabatni ifodalovchi: mehnatsevarlik, e'tiborlilik, ijodiy yondoshuv; hatti-harakat va faoliyatning umumiy ma'romini tavsiflovchi: ijrochilik, mustaqillik, so'ziga sodiqlik, obro'lilik, faollik va shijoatlilik; aqliy qobiliyatlar: egiluvchanlik, zukkolik, uzoqni ko'ra bilishlik; ma'muriy-tashkiliy: ish muhitini yaratish ko'nikmasi, insonlarga rahbarlik qilish ko'nikmasi, jamoani himoya qilish, insonlarni farqlay olish, ularni ishontira olish ko'nikmasi; insonlarga munosabatni tavsiflovchi: rostgo'ylik, tarbiyalilik; o'ziga munosabatni tavsiflovchi: talabchanlik, kamtarlik, dadillik, mukammallik.

Bilimlar: o'z mutaxassisligi bo'yicha kasbiy, umummadaniyat, kasbiy faoliyat haqida ma'lumotlilik.

Ko'nikmalar: qo'yilgan masalalarni yechish, adabiyotlar bilan ishlash, faoliyatni rejalashtirish.

Bu ro'yxat faoliyat turiga qarab to'ldirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.

Oliy ta'lim muassasasi bitiruvchisining quyidagi asosiy kompetensiyalari ajratiladi: o'quv-bilish, axborotli, kommunikativ, ijtimoiy-foydali, shaxsiy o'z-o'zini takomillashtirish. Bularning barchasi bitiruvchiga kasbiy bilim, ko'nikma va keyingi hayotda faoliyat usullari majmuasini ongli ravishda qo'llash imkonini beradi.

Kompetentlik - insonning faoliyatli tavsifi, shuning uchun uning tasniflanishi eng avvalo, faoliyat tasnifiga mos bo'lishi kerak. Umumiy holda bular mehnat, o'quv,

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

o'yin va kommunikativ kompetentliklar. Bularga yana quyidagilarni qo'shimcha qilish mumkin:

- kompetentlikni faoliyatning yo'naltirilgan ob'yekti bo'yicha tasniflash, u «inson-inson», «inson-texnika», «inson-badiiy obraz», «inson-tabiat», «inson- belgili tizim» sohalarida kompetentlikni beradi;

- kasblarning alohida sinflari va guruhlari sohasidagi kasbiy kompetentlik;

- aniq faoliyat (mutaxassislik) dagi predmetli kompetentlik.

Jamiyatning turli sohalarida esa quyidagi maxsus kompetentliklar ham talab etiladi: maishiy xizmat sohasida, san'at sohasida, sport sohasida va boshqalar.

Kasbiy kompetentlik tizimini shakllantirish holati, sifat va miqdoriy jihatidan o'zgarishlar haqida yaxlit tasavvurga ega bo'lish uchun axborot sharoitlarini yaratish sifatida pedagogik monitoring xizmat qilishi mumkin. Pedagogik monitoring talabaning shaxsi haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish maqsadida sosiologik, psixologik va bajaruvchilik monitoringini birlashtiradi. Talabaning shaxsini o'rganishga bunday majmuali yondoshuv, avvalambor, mavjud real o'quv imkoniyatlarni, ya'ni ta'lim olganlik darajasi, o'qitilishi, bilish va shaxsiy qiziqishlar, o'qish ma'nosi va sust o'zlashtirishning didaktik sabablarini o'rganish, talabalar va pedagoglarning ta'lim jarayoni bilan qoniqish darajasi, ta'lim oluvchilarning emotsional holati, o'zaro munosabatlar xarakteri va boshqalarni amalga oshirishga yo'naltiriladi.

Xulosa o'rinda aytish kerakki kommunikativ o'zini o'zi takomülashtirish maqsadi aniq, ammo motivlar turlicha bo'lishi mumkin. Insonparvar yo'nalgan o'qituvchi uchun kommunikativ o'zini o'zi takomülashtirish nafaqat o'zi uchun o'zini o'zi yaxshilashda, balki samarali o'zaro munosabatni amalga oshirishning asosiy sharti sifatida kechishi kerak bo'lib, bu bolalarning rivojlanishiga, ularning individualliklari va o'ziga xosliklarini saqlashga yordam beradi. Shuning uchun kommunikativ o'zini o'zi rivojlantirishda amaliy mashg'ulotlar katta ahamiyatga egadir. Bo'lajak o'qituvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari amaliy yondashuv orqali kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil qilishning metodik ta'minotini ishlab chiqishni taqozo qildi. O'quv mashg'ulotini axborot, o'zini o'zi anglash va amaliy kabi uchta blokda qurish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. L.V.Klimberi, N.V. Yadrova, R.M. Nurjanova, Talabalarning kognitiv faolligini shakllantirishga zamonaviy yundashular // Fan va ta'limning zamonaviy muammolari. - 2017. - 6-son;

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

2. Talabalarning kognitiv qiziqishlarini shakllantirishning pedagogik muammolari: darslik / G.I. Shchukin. - M .: Pedagogika, 2008 .-- 296 b.

3. Okhunova, D. K. (2022, October). APPROACHES TO EXPANDING THE POSSIBILITIES OF COGNITIVE ACCEPTANCE OF PROFESSIONAL KNOWLEDGE OF FUTURE TEACHERS. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 1, No. 5, pp. 26-32).

4. Oxunova, D. (2022). O 'QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Academic research in educational sciences, 3(2), 870-876.

5. Kahhorjonovna, O. D. (2022). Approaches to Preparing Future Teachers for the Organization of Cognitive Processes in General Secondary Schools. Miasto Przyszlosci, 29, 6-7.

6. https: //natscience. i spi.uz/index.php/ppmedu/article/view/2982

7. Askarovich, M. S. THE USE OF FORMATIVE ASSESSMENT IN CHEMISTRY CLASSES. Chief Editor.

8. Askarovich, M. S., Qizi, O. N. B., & Kizi, M. I. B. (2021). FORMATION OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL COMPETENCES OF FUTURE TEACHERS OF CHEMISTRY. Вестник науки и образования, (6-3 (109)), 28-31.

9. Begmurzayevich, D. B. (2022). BO 'LAJAK BOSHLANG 'ICH SINF O 'QITUVCHILARIDA REFLEKSIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(6), 154-160.

10. Karimova, M. O., & Saidullaeva, A. R. (2020). PEDAGOGICAL BASIS OF THE USE OF UNIVERSAL AND NATIONAL VALUES IN THE SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF CHILDREN IN THE FAMILY. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.

11. Makhmutovna, T. K., & Ibragimovna, T. I. (2020). Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(6), 165-171.

12. Muhammadjonovna, U. N., Makhmutovna, T. H., & Kurbonovich, M. U. (2020). IPROVING THE MECHANISM OF INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF YOUNG PEOPLE IN THE DEVELOPMENT OF A DEMOCRATIC AND LEGAL SOCIETY. JCR, 7(12), 3133-3139.

13. O'rinova, N. M., & Yo'Ldosheva, D. A. Q. (2022). OLIY O 'QUV YURTI TALABALARIDA KREATIV KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA FAOL TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI VA SAMARALI YO'LLARI. Academic research in educational sciences, 3(1), 97-105.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

14. SAIDKULOVICH, S. B., & UGLI, T. J. U. The Social Pedagogical Necessity of Developing Students' Aesthetic Culture in the Process of Globalization. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, <5(1), 75-77.

15. Shermukhammadov, B. (2022). Creativity of a Teacher in an Innovative Educational Environment. Journal of Higher Education Theory and Practice, 22(12),

16. Shuxratjon, M. S. A. S. M. (2022). BO 'LAJAK MUTAXASSISLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM,, 7(5), 177-180.

17. Siddikov, B., & Djalalov, B. (2020, December). MODERNIZATION OF EDUCATION-THE FUTURE INNOVATIVE COMPETENCE OF TEACHERS AS A MAIN FACTOR OF FORMATION. In Конференции.

18. Solievich, T. N. (2022). Specific aspects of improving the quality of education in higher education institutions. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(9), 31-34.

19. Solievich, T. N. (2022). Specific aspects of improving the quality of education in higher education institutions. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(9), 31-34.

20. Temirov, N. S. (1997). The life values of rural school students in Uzbekistan. Russian Education & Society, 39(10), 21-31.

21. Tuychieva, I., Aripov, S., Madaminova, D., & Mustaev, R. (2021). THE PEDAGOGICAL SYSTEM OF PREPARING BOYS FOR FAMILY RELATIONSHIPS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. (Й&

48(8).

22. Urinova, N. M., & Abdullaeva, N. (2021). Opportunities to use project-based teaching technology in the development of students' research competence. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 2344-2348.

23. Urinova, N., & Abdullaeva, N. (2020). Opportunities for formulating research skills for higher education students. Молодой ученый, (11), 193-195.

24. Yusufovich, A. A. (2020). ISSUES OF FORMATION OF COMMUNICATIVE COMPETENCE, WHICH IS AN INTEGRAL PART OF PROFESSIONAL-PEDAGOGICAL TRAINING OF FUTURE TEACHERS IN THE EDUCATIONAL PROCESS. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(7).

127.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

25. Ахмедов, Б. А. (2020). Сиддиков Бахтиёр Саидкулович, Джалалов Бахромжон Бегмурзаевич МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, 9, 60.

26. Ахмедов, Б. А., Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2020). МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, (9 (60)), 20-22.

27. Джалалов, Б. Б. (2018). РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КАДРОВ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА.

In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION (pp. 53-55).

28. Джалалов, Б. Б. (2019). ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 43-44).

29. Джалалов, Б. Б. (2022). BO 'LAJAK O 'QITUVCHILARNING INNOVATSION KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA SMART-TA'LIMNING IMKONIYATLARI. УЧИТЕЛЬ, 3(4).

30. Мамажонов, Ш. А., & Кизи, О. Н. Б. (2019). Формирование профессиональной компетенции преподавателя химии. Вестник науки и образования, (19-2 (73)), 31-33.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

31. Мамажонов, Ш. А., & Одилхужазода, Н. Б. (2021). Булажак киме укдтувчиларининг компетентлигини шакллантириш технологиялари ва мезонлари. НамДУ илмий ахборотномаси, 437-438.

32. Одилхужазода, Н. (2022). КИМЁ У^ИТУВЧИЛАРИ КАСБИЙ КОМПЕТЕНТЛИГИНИ АНЩЛАШ БУЙИЧА УТКАЗИЛГАН ТАдаЩОТЛАР САМАРАДОРЛИГИ. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYNILMIY JURNALI, 2(10), 1-7.

33. Охунова, Д. К., & Шоюсупова, О. А. (2016). PEDAGOGICAL BASES OF HARMONIOUS EDUCATION OF STUDENTS. Учёный XXI века, (5-1 (18)), 4245.

34. Шермухаммадов, Б. (2012). Использование различных методов, форм и средств в воспитании молодежи. Актуальные проблемы современной науки, (5),

80-83.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.