Научная статья на тему 'TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI'

TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3442
253
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
talabalar / kreativlik / qobiliyat / interfaol metodlar innovatsiya / ta’lim. / students / creativity / competence / interactive methods of innovation / education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Boboyeva, Zulfiya Akbarjonovna, Mo’minova, Dildora Burxon Qizi

Ushbu maqolada kreativlik, pedagog kadrlarning kreativ kompetentligini rivojlantirish, talabalarning innovatsion faoliyati, interfaol ta’lim, innovatsion ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi omillar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' CREATIVE ABILITIES

This article describes the factors that contribute to the development of creativity, creative competence of teaching staff, innovative activities of students, interactive learning, innovative educational and information and communication technologies, and the development of students' creative abilities.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Boboyeva Zulfiya Akbarjonovna

Farg'ona davlat universiteti Tasviriy san'at kafedrasi katta o'qituvchisi Mo'minova Dildora Burxon qizi FarPI "Bino va inshootlar qurilishi" kafedrasi magistranti

Ushbu maqolada kreativlik, pedagog kadrlarning kreativ kompetentligini rivojlantirish, talabalarning innovatsion faoliyati, interfaol ta'lim, innovatsion ta'lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi omillar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: talabalar, kreativlik, qobiliyat, interfaol metodlar innovatsiya, ta 'lim.

THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' CREATIVE ABILITIES

ABSTRACT

This article describes the factors that contribute to the development of creativity, creative competence of teaching staff, innovative activities of students, interactive learning, innovative educational and information and communication technologies, and the development of students' creative abilities.

Key words: students, creativity, competence, interactive methods of innovation, education.

В данной статье описаны факторы, способствующие развитию креативности, креативной компетентности педагогических кадров, инновационной деятельности студентов, интерактивному обучению, инновационным образовательным и информационно-коммуникационным технологиям, развитию креативных способностей студентов.

Ключевые слова: студенты, креативность, компетентность, интерактивные методы инновации, образование.

ANNOTATSIYA

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ СТУДЕНТОВ

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

KIRISH

O'zbekistonda kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta'lim muassasasini jahonning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatishi, o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, talabalar, ilmiy-pedagog kadrlarni zamonaviy kasbiy bilimlari va kreativlik qobilyatlarini rivojlantirishda interfaol usullardan samarali foydalanish dolzarb masalalardan biridir.

Bu haqda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo'llab-quvvatlash va ro'yobga chiqarish"1 kabi ustuvor vazifalar belgilanib berilgan. Shunga muvofiq interfaol o'qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda pedagog kadrlarning kreativ kompetentligini rivojlantirish orqali ijodiy ta'lim jarayonini loyhalashtirishning zamonaviy metodik ta'minotini yaratish, talabalarda kasbiy faoliyat sohalariga yo'naltirilgan kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish asosiy vazifalardan biridir .

Kreativlik ta'lim jarayonini tashkillashtirishni o'zida mujassamlashtirib, kreativ ta'lim jarayonini qurish, ta'lim texnologiyalaridan ijodiy salohiyatni rivojlantirish, turli uslublar, bilim va ko'nikmalar muvozanatini rivojlantirishni o'z ichiga oladi.

Kreativlik - shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik xislatlarlari bilan bog'liq ko'nikmalar majmui sifatida namoyon bo'ladi. Kreativlik o'z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko'ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi.

Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi.

Ko'rinib turibdiki, kreativlik bevosita shaxsning individual-psixologik xususiyatlari bilan bog'liq jarayon hisoblanadi. Uning rivojlanishi esa intellekt-intuitsiya-mantiqiy fikrlash jarayoni ta'sirida kechadi.

1 Y3ÔeKHCTOH Pecny6^HKacu npe3ugeHTHHHHr 2017 hhïï 7 ^eBpaigaru "Y36eKHCTOH Pecny6^HKacuHH aHaga pHBO^^aHTHpnm 6yÔHHa X,apaKaraap CrpaTerHacH TyFpHCHga"ru n®-4947-coH ®apMOHH //Y36eKHCTOH Pecnyô^HKacu rçoHyH xy^^araapu Tyn^aMH, 2017 h., 6-coh, 70-Mogga.

222

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Buyuk allomalarimiz yangi g'oyalar, yangicha yondashuvlarni ta'limga joriy qilish bo'yicha tinmay kurash olib borganlarini ko'rish mumkin. SHarqning buyuk allomalari Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy, Axmad al Farg'oniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muxammad Boburlar o'z davrining yangi ilg'or pedagogik g'oyalar, fikrlar namoyandalaridir. Mustaqil ta'lim-o'sha davrdagi eng samarali usullar hisoblangan.

Yuqorida nomlari zikr etilgan allomalar, dunyodagi eng mashhur daholar hisoblanib, asosan, mustaqil, mutolaa qilish natijasida olamshumul yangilik, kashfiyotlarni ixtiro qilishga muyassar bo'lganlar. Ularning asarlarida mustaqil ta'lim, o'zlikni anglash, o'z-o'zini rivojlantirish, tarbiyalash, o'qish, o'rganish, mehnat qilish, tinimsiz izlanuvchanlik, kuzatuvchanlik, bunyodkorlik, tashabbuskorlik asosida yuksak ma'naviyatli barkamol avlodni tarbiyalash g'oyasi ilgari surilgan.

Mamlakatimizda inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, manfaatlarini ro'yobga chiqarish sharoitlarini yaratish, ta'lim sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish borasidagi izchil islohotlar natijasida interfaol o'qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish keng tatbiq etish imkoniyatlari yaratilmoqda.

Pedagog olimlardan O.Jamoliddinova, O.Musurmonova, M.Urazova, N.Egamberdieva, E.Yuzlikaeva, Sh.Sharipov, A.Umronxo'jayev, A,Valiyev, Ruziev E.I, Ashirboev A.O, Sh.Shodmonovalarning ilmiy izlanishlarida ta'lim oluvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning bo'lajak mutaxassislarni kasbiy-innovatsion tayyorgarligini shakllantirishdagi o'ziga xos jihatlari, kreativlik sifatlarini rivojlantirishga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi, shuningdek, ta'lim oluvchilarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish yo'llari va shakllari, mavjud pedagogik shart-sharoitlari, didaktik ta'minoti, shuningdek pedagogik kreativlik mazmuni yoritib berilgan.

Innovatsion ta'lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida ta'lim oluvchilarda o'z-o'zini ijodiy faollashtirish, kreativ ishlanmalar (mahsulotlar)ni yaratishga xizmat qiluvchi shaxsga yo'naltirilgan erkin ta'lim muhitini tashkil etish A.Abduqodirov, N.Azizxodjaeva, U.Begimqulov, J.Yo'ldoshev, Yu.Kruglova, I.Ridanova, V.Slastenin, N.Sayidahmedov, O'.Tolipov, G.Chijakova, B.Xodjaev, Ya.G'afforov, M.Tilakova, S.Toshtemirovalarning ilmiy tadqiqotlarida asoslangan.

Kreativlik termini angliya -amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo'ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko'nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Amerikalik olim J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko'rsatadi:

- fikrining ravonligi;

- fikrni maqsadga muvofiq yo'llay olishi;

- o'ziga xoslik (originallik);

- qiziquvchanlik;

- farazlar yaratish qobiliyati;

- xayol qila olish, fantastlik (fantaziyaj. 2

Talabalarning innovatsion faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu refleksiyadir. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun dastlab "kreativlik" tushunchasining ma'noni tushunib olish talab etiladi. "Kreativlik" tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin: Kreativlik (lot., ing. "create " - yaratish, "creative" - yaratuvchi, ijodkor) -individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.

A.X.Maslou kreativlikni 2 turga bo'ladi: iste'dodning kreativligi va shaxsning o'z - o'zini aktuallashtirish kreativligi. Shaxsning o'z - o'zini aktuallashtirish kreativligi shaxs bilan uzviy bog'langanligi sababli biz unga kundalik hayotda va kasbiy faoliyatning ko'p sohalarida duch kelishimiz mumkin.

A.X.Maslou kreativlikda o'z - o'zini aktuallashtirishning ikki darajasini keltirib o'tgan: birinchisi - « ixtiyorsiz kreativlik, bunda shaxs birdan aqliga kelish, ruhlanish, qiyin kechinmalarga ega bo'ladi», «ikkinchisi - ixtiyoriy, og'ir mehnat bilan bog'liq, uzluksiz ta'lim, kamolotga intiluvchanlik» .

A.X.Maslou kreativlikni inson tabiatining fundamental xarakteristikasi sifatida ko'radi, ya'ni barcha insonlardagi tug'ma qobiliyat, lekin hayoti davomida ma'lum ijtimoiy to'siqlar natijasida yo'qolib ketadi deb hisoblaydi. Interfaol o'qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish muammolari quyidagilardan iborat.3

T.A.Bartisheva va Yu.A.Jigalovalar pedagogokada kreativlikni tizimli (ko'p bosqichli, ko'p o'lchamli) psixik (ruhiy) ta'lim sifatida talqin etib, unga faqatgina intellektual potentsialni emas, balki motivatsiya, emotsiya, estetetik rivojlanish darajasi mavjudligi, kommunikativ parametrlari, kompetentligi va xokazolarni ham kiritadi. 4

2 Guilford, J.P. (1950) Creativity, American Psychologist, Volume 5, Issue 9, 444-454.

3 . Maslow, A.The Farther Reaches of Human Nature NY: Viking, 1971. Harmondworth, Eng: Penguin Books, 1973. Contents.

4 Барышева Т. А., Жигалов Ю.А. Психолого-педагогические основы развития креативности. СПб, 2006. -285с.

224

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shuningdek kreativlikni mezonlari Dj.P.Gilforda, E.P.Torrans tomonidan belgilangan :

ravonlik: ma'lum bir vaqt oralig'ida ko'plab fikrlarni ishlab chiqarish qobiliyati; o'ziga xosligi: aniq, taniqli, umum e'tirof etilgan, oddiy yoki qat'iy belgilanganidan farq qiluvchi g'ayrioddiy, nostandart g'oyalarni ishlab chiqarish qobiliyati;

sezuvchanlik: g'ayrioddiy detallarga sezgirlik, qarama-qarshilik va turli xil noaniqliklar, tezda bir fikrdan ikkinchisiga o'tishga tayyorlik;

mo''tadillik: g'ayritabiiy kontekstda ishlashga tayyor bo'lish, ramziy, birlashtiruvchi fikrlashga moyillik, oddiy va murakkab sharoitda ko'rish qobiliyati;

rivojlanish: paydo bo'lgan g'oyalarni batafsil ishlab chiqish, ularni sath va quyi tizimlarga aylantirish qobiliyati;

to'xtashga qarshilik: bir xillikka qarshilik ko'rsatish, ya'ni muammoni yechish jarayonida kelib tushayotgan turli informatsiyalar andozalariga qarshilik ko'rsatish.

noaniqlik: stimuldan mustaqil mantiqiy reaktsiyagacha bo'lgan qobiliyat; "nomlash"ning mavhumligi: shaxsning muammo mohiyatini tushunish qobiliyati, aslida ahamiyatga ega bo'lgan nomni tushunish va aksini aks ettirish qobiliyati ("nomlash" jarayoni mufassal shaklni muammoning mohiyatini ko'rish qobiliyatini og'zaki shaklga aylantirish qobiliyatini aks ettiradi);

ko'p vazifalilik: Bir vaqtning o'zida bir nechta loyihalarda ishlash qobiliyati; samaradorligi: mahsulotning yaroqliligi, ularning foydasi, mahsulotning maqsadli auditoriyasi tomonidan yangi, noyob, original bo'lishi haqidagi idrok; mamnuniyat: kreativlikning natijasi.

Adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, shaxsning ijodiy salohiyati muammoga mustaqil qarash, qarama-qarshiliklar, tanqidiy fikrlash; har qanday muammolarni tahlil qilish qobiliyati, analitik fikrlash; ular uchun yechim topish qobiliyati; bilim olish, malaka va ta'lim berish usullarini yangi holatga o'tkazish imkoniyati; ilgari o'rganilgan usullarni yangilarga birlashtira olish kabi ko'nikmalarda namoyon bo'lishi mumkin.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Zamonaviy texnologiyalar talaba egallayotgan bilimlarni o'zi qidirib topish, mustaqil o'rganib, tahlil qilish, xulosalarni ham o'zi keltirib chiqarishga o'rgatadi. O'rganuvchilarning mustaqil, ijodiy faoliyat ko'rsatishlariga ko'maklashish ularning o'z mavqelarini aniqlashlari va amalda tatbiq etishlari uchun sharoit yaratish, ijodiy

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

faoliyatlarini pedagogik qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan topshiriqlarni taqdim etishni anglatadi.

Interfaol ta'limda o'qituvchi o'quv faoliyatining faol tashkilotchisi bo'lib, talaba bu faoliyatning sub'ekti sifatida namoyon bo'ladi. Bunda o'qitishning maqsad va vazifalari, uning mazmuni va kutilayotgan natijalar bevosita ta'lim oluvchining individual imkoniyatlari doirasida belgilanadi va shunga moslashtiriladi. Interfaol ta'limni amalga oshirishning muhim vositasi - interfaol o'qitish metodlaridir. Interfaol metodlar - talabalarning bilim, ko'nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lidagi o'zaro harakatini hamda o'qituvchi bilan hamkorliklarini tashkil etishga xizmat qiladigan metodlar5.

Interfaol o'qitish metodlarini _ao'jiash_

Talabaning axborotlarni o'zlashtirish jarayoni

1

faollik ijodkorlik mustaqillik

\ I /

Talabaning kreativ qobiliyati shakllanadi

1

O'qitish maqsadlari to'laqonli amalga oshirila di

Interfaol metodlarning mohiyati

Interfaol metodlarning mohiyati o'qitish jarayonida talaba faolligini oshirish, talabani pedagogik faoliyatning markaziy figurasiga aylantirishdan iboratdir. Talabalarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo'llaniladigan usullarni to'g'ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsda mavzuga

5 HmMyxaMegoB P.®. HHHOBanHOH TexHonornraap epgaMnga TarnHM caMapagop^nrnHH omnpnm fty^apn. - T.: Tflny, 2005 h. 1

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qo'yilgan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo'li, usuli puxta ko'rib chiqilishi lozim. O'qituvchi har bir foydalanadigan interfaol usuli talabaga nima berishini oldindan ko'ra olishi va darsni to'g'ri tashkil qilishi kerak.

Interfaol ta'lim o'qitish jarayonining asosiy ishtirokchilari - o'qituvchi, talaba va talabalar guruhi o'rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg'in bahs-munozalar, o'zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, o'quv materiallarini o'zlashtirishda talabalarning o'zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, "o'qituvchi - talaba - talabalar guruhi"ning o'zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo'llab-quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo'lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi.

es u

•Ja is '-S 'H

o a c* o

£ Z

* 1 sa

ü -r-

b a

sa

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

-S

V °

cs -Q

"ea H

Talabalarning kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish, kreativ faollikni shakllantirish, o'quv jarayonini izlanuvchilik hamda muammoli tadqiqotchilik yo'nalishlarini kuchaytirish; talabalarning muammolarni ijodiy yechish va yaratuvchilik faoliyatlarini rivojlantirish vaziyatlarini tashkil etish

Talabalarning kasbiy ko'nikma va layoqatlarini rivojlantirish jarayonini interfaol metodlar va texnologiyalar ustida ishlash asosida rivojlantirishga yo'naltirish, ularda mustaqil ijodiy faoliyat ko'rsatish, mustaqil bilim olish, o'z-o'zini tarbiyalash, o'z-o'zini bilish, o'z mavqeiga ega bo'lish, talabalarning mustaqil ishlash layoqatlarini faollashtirish, bu jarayonda ularning kreativ fikrlashlariga erishish; talabalarning kreativ layoqatlarini namoyon qilishlari uchun qulay ijodiy-hamkorlik muhitini vujudga keltirish;

Talabalarning kreativlik ko'nikmalarini rivojlantirish asosida ulardagi ixtisoslashgan ya'ni pedagogik kreativlik kompetentligini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish, bunda zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalari, innovatsion strategiyalar, interfaol ta'lim metodlari va texnologiyalaridan keng foydalanish

Talabalarning pedagogik ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalishlarini tizimli tarzda o'rganish, bunda ularning kreativ faoliyatni tashkil etishida uchraydigan kontrsuggestiv, tezaurus va interaktsion barerlarning bartaraf etishning samarali yo'llarini belgilash.

talabalarning kreativ faoliyat tajribasiga kasbiy zaruriyat va istiqboldagi kasbiy faoliyat mazmunining tarkibiy qismi sifatida yondashishlariga erishish;

Oliy ta'lim

muassasalarida talabalar kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning reproduktiv, ijodiy-izlanish va

novatorlik bosqichlari samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi ijodiy yo'naltirilgan ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va

talabalarning kreativ ko'nikma va malkalarini rivojlanishining o'zgarishini baholash; - Oliy ta'lim muassasalari pedagog

kadrlarining kreativ

kompetentligini

uzluksiz

rivojlantirishga

yo'naltirilgan

o'qitish dasturlarini

va texnologiyalarini

takomillashtirib

borish

Talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi omillarni aniqlash

227

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'qituvchi interfaol ta'lim yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o'z-o'zini nazorat, o'z-o'zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o'z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo'ladi. Eng muhimi, interfaol ta'lim texnologiyalarini qo'llash orqali o'qituvchi talabalarning aniq ta'limiy maqsadga erishish yo'lida o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo'naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo'lga kiritadi

Interfaol ta'lim metodlari va texnologiyalari talabalarda kreativlik qobiliyatlarining shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. SHu sabali ularlarda kreativlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan interfaol o'qitish jarayonining muayyan mazmuni, vositalari, pedagogik shart-sharoitlari, xususiyatlari va usullarini aniqlash zaruriyati mavjud.

Interfaol o'qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish muammolari bo'yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topdik:

- talabalarda ma'lumotlarni tahlil etish, tezkor qarorlar qabul qilish, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi treninglarni tashkil etish;

- tasavvurlarni va obrazli qarashlarni shakllantirishga yo'naltirilgan ijodiy mashqlar, topshiriqlarni bajarish; keyslar bilan ishlash;

- guruhiy ish shakllari va debatlarni tashkil etish; o'quv loyihalarini tayyorlash; portfoliolarni shakllantirish; to'garaklar faoliyatini yo'lga qo'yish.

- ijodiy topshiriqlarni bajarish;

- kichik guruhlarda ishlash;

- treninglar;

- videotreninglar;

- taqdimotlar;

- viktorinalar;

- ijodiy loyihalash mashg'ulotlari;

- interfaol ekskursiyalar;

- interfaol ma'ruzalar;

- vebinar;

- davra suhbatlari.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Buning uchun talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi erkin-ijodiy muhitning yaratilishi, professor-o'qituvchilar, o'qituvchi va talabalarning birgalikdagi munosabatlari va o'zaro hamkorlikdagi harakatiga asoslangan o'qitish jarayonini yo'lga qo'yishdan iborat.

Demak, kreativlik - shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik xislatlarlari bilan bog'liq ko'nikmalar majmui sifatida namoyon bo'ladi. Kreativlik o'z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko'ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi.

Shuningdek, shaxsning kreativligi pedagogik kompetentlikka ham bog'liq. Bu haqda tadqiqotchi olim L.M.Mitina pedagogik kompetentlikni quyidagicha tasvirlaydi:

- faoliyatli (bilim, malaka, kasbiy mahorat hamda pedagogik faoliyatni mas'uliyatli va mustaqil amalga oshirishning individual usullari);

- kommunikativ (pedagogik muloqotni amalga oshirishning ijodiy yo'llari);

- shaxsiy (o'z ustida ishlash, o'zini-o'zi rivojlantirish ko'nikmasi).

Mamlakatimizda pedagogga xos kasbiy kompetentlik, uning o'ziga xos jihatlari

borasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqotlar o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko'ra, pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar turadi:

- maxsus yoki kasbiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish);

- ijtimoiy kompetentlik (kasbiy kompetentlikni hamkorlikda tashkil etish, ijtimoiy mas'ullik);

- autokompetentlik (o'zini ijtimoiy-kasbiy rivojlantira olish);

- ekstremal kasbiy kompetentlik, ya'ni kutilmagan vaziyatlarda to'g'ri yo'l tuta olish..

Bir tomondan kasbiy kompetenlik bu - kasbiy tayyorgarlik, kasbiy faoliyat sifatining ajralmas mezonidir, ikkinchi tomondan, yuqori malakali ishchi funktsiyalari, ish madaniyati va shaxslararo aloqa bilan tavsiflangan shaxsning mulki kasbiy muammolarni tashabbuskorlik ko'nikmasi va ijodiy ravishda xal etish muhim hisoblanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shaxsning kreativligi uning shaxsi, ish tajribasi, fuqarolik maqomi, mutaxassis sifatidagi mavqei, u tomonidan pedagogik texnikaning yetarli darajada egallanganligi, kasbiy faoliyatning individualligidan dalolat beradi.6 Talabalarni hozirgi zamon talablari darajasida tayyorlash sifatiga ta'sir etuvchi omillardan biri kasbiy kompetentlik va kreativligidir. Bunda kasbga nisbatan yaxlit kontseptual yondashuvni (qanday va nimani o'qitishni aniq tasavvur qilish), mehnatni qadrlay olish (o'qitish motivatsiyasi), ta'lim jarayonini optimallashtirish, o'zini-o'zi boshqarish, o'zini-o'zi rivojlantirish, o'z ustida ishlash kabi xususiyatlarni tarbiyalashni taqozo etadi.

Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi.

Ko'rinib turibdiki, kreativlik bevosita shaxsning individual-psixologik xususiyatlari bilan bog'liq jarayon hisoblanadi. Uning rivojlanishi esa intellekt-intuitsiya-mantiqiy fikrlash jarayoni ta'sirida kechadi.

Talabalarda kreativlikni rivojlantirish ta'lim mazmunini o'zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasi, ta'lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o'qitish jarayonini tashkil etishni talab qiladi.

Bunda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish lozimligi nazarda tutiladi:

- talabalarda kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta'lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini ta'minlash;

- talabalarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, talabalar tomonidan bayon qilingan turli-tuman fikrlar va g'oyalarni bag'rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o'quv jarayonidagi faolligini ta'minlash, har bir talabada uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ishonchni qaror toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag'batlantirish;

- o'quv jarayonini talaba shaxsining xususiyatlari, ehtiyojlari va intelektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish;

- talabalarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal

6 . Karimova M. O., Saidullaeva A. R. PEDAGOGICAL BASIS OF THE USE OF UNIVERSAL AND NATIONAL VALUES IN THE SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF CHILDREN IN THE FAMILY //PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology. - 2020. - T. 17. - №. 7. - C. 8547-8555.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qilishda tayyor, standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga undash;

- kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi bo'lgan kognitiv bilimlarni amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol mashg'ulot shakllari va metodlarini tanlash va tatbiq etish.

Pedagogik kreativlik - pedagogning an'anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta'lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta'minlashga xizmat qiluvchi yangi g'oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo'lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:

1) o'qituvchilar tomonidan o'quv fanlarini past o'zlashtirayotgan va ularini o'rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e'tiborlarini fan asoslarini o'zlashtirishga jalb etish;

2) o'qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag'batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.

Demak, kreativlik - shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik xislatlarlari bilan bog'liq ko'nikmalar majmui sifatida namoyon bo'ladi. Kreativlik o'z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko'ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, interfaol ta'lim metodlari va texnologiyalari talabalarda kreativlik qobiliyatlarining shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi hamda ularda kreativlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan interfaol o'qitish jarayoni o'zining muayyan mazmuni, vositalari, pedagogik shart-sharoitlari, xususiyatlari va usullariga ega bo'lishi shart.

Talabalarning pedagogik ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalishlarini tizimli tarzda o'rganish, bunda ularning kreativ faoliyatni tashkil etishida uchraydigan psixologik to'siqlarni bartaraf etishning samarali yo'llarini belgilash lozim bo'ladi.

Talabalarning kreativ qiziqishlari va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan g'oyalar, kontseptsiyalar hamda ilg'or pedagogik tajribalar asosida o'qitish jarayonini tashkil etish kreativlikni rivojlantirishga nisbatan mazmunli-faoliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Talabalarning kreativlik ko'nikmalarini rivojlantirish asosida ulardagi ixtisoslashgan ya'ni pedagogik kreativlik kompetentligini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish, bunda zamonaviy axborot - komunikatsiya texnologiyalari, innovatsion strategiyalar, interfaol ta'lim metodlari va texnologiyalaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq.

Ta'lim muassasalari talabalarning kreativ kompetentligini uzluksiz rivojlantirishga yo'naltirilgan o'qitish dasturlarini va texnologiyalarini takomillashtirib borish, shuningdek ta'lim oluvchilarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy axborot-metodik ta'minotni yaratish jarayon samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Oliy ta'lim muassasalarida talabalar kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning reproduktiv, ijodiy-izlanish va novatorlik bosqichlari samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi ijodiy yo'naltirilgan ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va ta'lim oluvchilarning kreativ ko'nikma va malkalarini rivojlanishining o'zgarishini baholab borish lozim.

REFERENCES

1. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun. O'RQ-637-son. 2020-yil 23-sentyabr. https://lex.uz/

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-2909-son Qarori. Qonun xujjatlari to'plami milliy bazasi. 2017

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni //O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi «O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini to'g'risida»gi PF-5847-son Farmoni. Qonun xujjatlari to'plami milliy bazasi https://lex.uz/

5. Ruziev E.I., Ashirboev A.O., "Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi" -T.: «Fan va texnologiya», 2010.

6. Raxmonov I., Qirg'izboyeva N., Ashirboyev A., Valiyev A., Nigmanov B. Chizmachilik. -T.: "Voris nashriyot", 2016

7. Ishmuxamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. - T.: TDPU, 2005 y. 2.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8. Raxmonov I., Valiyev A., Valiyeva., Muhandislik grafikasi fanini o'qitishning zamonaviy texnologiyalari. -T.: "Navro'z", 2015

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9. Abduraxmonov A., Chizmachilikdan grafik topshiriqlar tizimi. -T.:Cho'lpon,

10. A.N.Valiyev., B.R.Haqberdiyev., N.X.Gulomova., Z.A.Boboyeva., Nigmanov B. Chizmachilik. -T.: "O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi", 2020.

11. Ibragimova G.N. Interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik q'obiliyatlarini rivojlantirish. / Monografiya. - T.: «Fan va texnologiyalar», 2016. -77-b.

12. A.Umronxo'jayev., Maktabda chizmachilik o'qitishni takomillashtirish. - T.: O'qituvchi, 1993.

13. Davletshin M.G., Jalilova S.I. Oliy maktabda ta'lim jarani samaradorligining psixologik tomonlari - T.:TDPU, 2001. - 10

14. Zeer, E. F. Modernizatsiya professionalnogo obrazovaniya / E.F. Zeer. - M.: MPSI, 2005. - 216 s. 84.

15. Karimova, M. O., & Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of universal and national values in the spiritual and moral education of children in the family. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(7), 8547-8555.

16. Karimova M., Tuychieva R. THE PEDAGOGICAL BASICS OF TRAINING STUDENTS FOR PROFESSIONAL, MORAL AND EDUCATIONAL FUNCTION //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. - T. 1. - №. 10. - S. 311317.

17. Muslimov N., Usmonboeva M., Sayfurov D., Turaev A. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. - T.: Sano standart, 2015.

18. Xodjaev B. Pedagogik aksiologiya. - T., —Fan va texnologiyall nashriyoti, 2012. - 165 b.;

19. O'rta Osiyo xalqlari xurfikrliligi tarixidan. - T.: Fan, 1990. 104-bet.

20. www. tdpu. uz

21. www. pedagog. uz

22. www. Ziyonet. uz

23. www. edu. Uz

2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.