Научная статья на тему 'INTERFAOL O'QITISH METODLARI VA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TARBIYACHILARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI'

INTERFAOL O'QITISH METODLARI VA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TARBIYACHILARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1142
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kreativlik / qobilyat / maktabgacha ta'lim tashkilotlari / ijodiy / faoliyat / creativity / ability / preschool organizations / creativity / activity

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilafruz Xudayberdiyevna Ziyadullayeva

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kreativlik qobiliyatlarini interfaol o`qitish metodlari va texnologiyalari asosida rivojlantirishning ahamiyati. Ta'lim samaradorligini oshirishdagi yana bir o'ziga xos zamonaviy yondoshuvlaridan biri bu interfaol ta'lim metodlari va texnologiyalari asosida nafaqat o'qitish, balkim shaxsni kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish sanaladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the importance of developing the creative abilities of educators of preschool education on the basis of interactive teaching methods and technologies. Another unique modern approach to increasing the effectiveness of education is to develop not only teaching, but also the creative abilities of the individual on the basis of these interactive teaching methods and technologies.

Текст научной работы на тему «INTERFAOL O'QITISH METODLARI VA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TARBIYACHILARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI»

INTERFAOL O'QITISH METODLARI VA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TARBIYACHILARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI

Dilafruz Xudayberdiyevna Ziyadullayeva

Samarqand davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kreativlik qobiliyatlarini interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalari asosida rivojlantirishning ahamiyati. Ta'lim samaradorligini oshirishdagi yana bir o'ziga xos zamonaviy yondoshuvlaridan biri bu interfaol ta'lim metodlari va texnologiyalari asosida nafaqat o'qitish, balkim shaxsni kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish sanaladi.

Kalit so'zlar: kreativlik, qobilyat, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, ijodiy, faoliyat

ABSTRACT

In this article, the importance of developing the creative abilities of educators of preschool education on the basis of interactive teaching methods and technologies. Another unique modern approach to increasing the effectiveness of education is to develop not only teaching, but also the creative abilities of the individual on the basis of these interactive teaching methods and technologies.

Keywords: creativity, ability, preschool organizations, creativity, activity

KIRISH

Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llash dunyoviy ta'lim tizimining tobora rivojlanib borayotgan muhim tendentsiyalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda aksariyat o'quv fanlari, shu jumladan, pedagogika turkum fanlarini o'qitish jarayonida ham pedagogik texnologiyalari va boshqa interaktiv vositalardan samarali foydalanilmoqda.

Ta'lim samaradorligini oshirishdagi yana bir o'ziga xos zamonaviy yondoshuvlaridan biri bu interfaol ta'lim metodlari va texnologiyalari asosida nafaqat o'qitish, balkim shaxni kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish sanaladi.

METODOLOGIYA

Tarbiyachining kasbiy mahorati. Tarbiyachining kasbiy mahorat - bu ma'lum shaxsiy (bolalarni sevishi, mehribonligi, hayrixohligi va h.k) va kasbiy (bilimdonligi, javobgarlikni his qilishi, ijodkorligi eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarining yig'indisi hisoblanib, u pedagogik-psixologik, usuliy tayyorgarligida, bolalarni tarbiyalashning optimal yo'llarini izlab topishida namoyon bo'ladi. Shuning uchun tarbiyachining kasbiy mahorat, bilimdonligi, zukkoligi, ijodkorligi bilan birga shaxsiy sifatlarni ham takomillashtirishni ham taqozo qiladi.

Hozirgi zamon pedagogi fan va texnika taraqqiyotining eng so'nggi yutuqlaridan foydalanishi, o'z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qo'llay olishi taqozo etiladi.

Shu sababli tarbiyachi-pedagoglarning ish faoliyatini yanada yuksaltirish, kasbiy mahoratlarini va kreativligini oshirish asosiy vazifalaridan biri sifatida qaralmoqda.

Kreativlik o'zi nima degan savol tug'iladi? Kreativlik (lot., ing. "create "-yaratish, "creative" yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma'nosini ifodalaydi.

Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o'tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.

Ko'pgina tarbiyachilar o'zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin:

- birinchidan, aksariyat tarbiyachilar ham aslida "kreativlik" tushunchasi qanday ma'noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar;

-ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar.

Ma'lumki, kreativlik - shaxsning akmeologik darajadagi faoliyat bosqichi bo'lib, bu qo'yilgan masala yoki muammo yuzasidan o'z fikrini bayon qilish, o'zgalarning fikrlarini ijodiy qayta idrok etish, refleksiya, o'z nuqtai nazarini asoslab berish va himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lishga tayanadi. Shaxs kreativ faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini bilish mayllari, ehtiyojlari, faolligi, mustaqillik, tashabbuskorlik, nostandart tafakkur, improvizasiya kabilar tashkil etib, ular bevosita shaxsning yo'nalganligi va kreativ qobiliyatlari bilan uyg'unlashadi. Oliy ta'lim muassalaridagi ta'lim jarayonining asosiy vazifasi esa, shaxsning mana shu ehtiyojlarini ta'minlash

uchun zarur pedagogik shart-sharoitni yaratish va samarali metodik ta'minotni vujudga keltirishdan iborat.

MUHOKAVA VA NATIJALAR

Interfaol ta'lim jarayonini tashkil etishga qaratilgan pedagogik faoliyat quyidagilar bilan bevosita boliqdir:

- ta'lim oluvchilarni shaxsga yo'naltirilgan ta'lim jarayoniga maxsus tayyorlash;

- mahsuldor ta'lim muhitini tashkil etish;

- muayyan o'quv predmetlari bo'yicha mahsuldor o'quv materiallari va didaktik topshiriqlartizimini tanlash va loyihalashtirish kabilar.

Interfaol ta'lim nazariyasi o'zida kompetentlilikka asoslangan yondashuv hamda loyihachilikka yo'naltirilgan muammoli ta'lim paradigmalarini mujassamlashtiradi. Interfaol ta'lim nazariyasidagi mazkur yondashuvlar va texnologiyalar ta'lim oluvchilarda kreativ tafakkurning turli shakllarini rivojlantirishga yo'naltirilgan innovasion yondoshuvlardan biri ekanligi bilan tavsiflanadi.

Innovasiya - yangilik tushunchasini ifodalab, ta'lim jarayoniga yangiliklarni kiritish va uni o'zgartirish demakdir. Innovasiyalar pedagogik vosita va jarayon sifatida o'quv jarayoniga mashg'ulotlarda, yangiliklar kiritishni taqozo qiladi. Pedagogik jarayonda qo'llaniladigan yangiliklar, uning maqsadi, mazmuni, metodlari va shakllari, o'qituvchi hamda ta'lim oluvchilarning hamkorlikdagi faoliyatlarini tashkil etish usullarini o'zgartirishni talab qiladi. Buning uchun, oliy pedagogik ta'lim jarayonida yangiliklarni qo'llash va ijod qilishga yo'naltirilgan muayyan pedagogik muhitni tashkillashtirish lozim.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachilarning kreativ tafakkurga ega bo'lishlari ularda ijodiy muhitning qanchalik tarkib toptirilganligiga bog'liq. Ma'lumki, tarbiyachilar kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida quyidagi yo'nalishlarda bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari zarur: kreativ faoliyatga nisbatan motivasiyaning qaror topganligi; kreativlik sifatlari; kreativ fikrlash ko'nikmalari;

amaliy kreativ faoliyat jarayonini tashkil etish malakalari, xususan, ixtissoslashgan (pedagogik) kreativlikni ta'minlovchi malakalar.

Jumladan, kreativ faoliyatga nisbatan motivasiyaning qaror topganligi ulardagi:

- kreativlik tushunchasining mazmun-mohiyatini, shaxs kreativligining ijtimoiy-pedagogik zararuatini anglash va to'g'ri baholay olish;

- o'ziga nisbatan ishonch, o'z-o'zini kasbiy va shaxsiy rivojlantirish ehtiyojining qaror topganaligi;

- kreativ faoliyatga yo'nalganlik, jamiyatda va kasbiy faoliyatda o'zining mustahkam pozisiyasiga ega bo'lish istagining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Tarbiyachilarning kreativlik sifatlari qo'ydagilar orqali namoyon bo'ladi:

- shaxsiy-ijodiy yo'nalganlik;

- tavakkalchilikka moyillik;

- fantaziya va ijodiy tasavvurning yuqoriligi;

- mustaqillik;

- murakkab kasbiy vazifalarni hal etishdagi nostandart tafakkur tarzi;

- intelekt darajasi(IQ);

- erudisiya, intuisiya;

- refleksiya;

- tafakkur tezligi, fikrlash ravonligi;

- moslashuvchanlik;

- o'ziga xos (orginal) fikrlar, g'oyalarni ilgari sura olish bilan asoslanadi.

XULOSA

Tarbiyachilarning kerativ fikrlash ko'nikmalari ulardagi kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda harakatga keltiruvchi kuch sanaladi. Aynan mazkur ko'nikmalar ijodiy faollik, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat uchun yo'naltira olish, nosantdart tafakkur tarzini shakllantira olish, muammolarga nisbatan sezgirlik, intelektual qobiliyatlar, hissiy jihatdan erkin va ijobiy fikrlar, konstruktivlik, innovasiyalar transformasiyasi bilan bog'liq divergent tafakkur tarzining shakllanishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Ma'murov B.B. O'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan o'quv-biluv jarayonini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari. Ped. fan. nom.dis. Avtoreferati.-Toshkent:2009. - 26 b

2.Mahkamova M.Yu. Bo'lajak tarbiyachilarning pedagogik muloqotmadaniyatini shakllantirish: Ped.fanl.nomz. ... diss. Avtoref. - T.: 1999. - 22 b.

3. Nishonaliev U. Innovasionnie pedagogicheskie texnologii obucheniya i razvitiya. -V SB. materialov nauchno-prakticheskoy konferentsii "Aktualnie Voprosi professionalnogo vospitaniya molodeji". - Alma-Ata: Resp. izdat. kab. kazaxsk. akad. obrazovaniya im. I.Altinsarina, 2000. - S. 235-240.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.