INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
HARBIY KADRLARNI TAYYORLASHNING DOLZARB MUAMMOLARI
Shamshiev Ravshan Rustam o'g'li
CHOTKMBY da qurollanish va otish kafedrasi oqituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7440159
Annotatsiya. Ushbu maqolada harbiy xizmatchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish yo'nalishlari, mexanizmlari, rivojlantirishning shart-sharoitlari va imkoniyatlaridan unumli foydalanish to'g'risida mulohaza yuritilgan hamda bu sohadagi ayrim muammolar yechimlari bilan birgalikda korsatib o tilgan.
Kalit so'zlar: o'quv jarayoni, harbiy xizmatchilar, pedagog kadrlar, kompetentlik, kompetensiya, rivojlantirish, shakllantirish.
АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ПОДГОТОВКИ ВОЕННЫХ КАДРОВ
Аннотация. В данной статье рассмотрены направления, механизмы, условия и возможности формирования профессиональной компетентности военнослужащих, а также показаны некоторые проблемы в этой сфере вместе с их решениями.
Ключевые слова: образовательный процесс, военнослужащие, педагогические кадры, компетентность, компетентность, развитие, формирование.
ACTUAL PROBLEMS OF TRAINING MILITARY PERSONNEL
Abstract. In this article, the directions, mechanisms, conditions and opportunities for the development of military servicemen's professional competence have been discussed and some problems in this field have been solved together with their solutions.
Keywords: educational process, military personnel, pedagogical personnel, competence, competence, development, formation.
KIRISH
Qurolli Kuchlarimizning ilk shakllanish yillaridanoq professional harbiy kadrlarni tayyorlash va harbiy xizmatchilarning soha bo'yicha bilimlarini oshirish, ko'nikmalarini mustahkamlash masalasiga katta e'tibor qaratildi. Ushbu ustuvor masala bugun ham o'z dolzarbligini yo'qotgani yo'q.
Harbiy xizmatchilarning o'quv jarayonida kasbiy kompetentligini shakllantirish uchun real hayotda va kasbiy amaliyotda asosiy kompetentligini qo'llash qobiliyatiga ega bo'ladigan oliy harbiy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari tarkibini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. O'quv jarayonida kompetentli yondashuv, harbiy xizmatchilarning kasbiy va boshqa shaxsiy sifatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lib, ularning intellektual salohiyati va jangovar qobiliyatlarini oshirish imkonini beradi.
Kompetentli yondashuvning maqsadi ta'lim sifatini ta'minlashdir. Ta'lim tizimini takomillashtirish muammolari bo'yicha chop etilgan hujjatlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, ta'lim mazmunining yangilanishida asosiy birlik sifatida kompetentlik va kompetensiya qaralmoqda.
ADABIYOTLAR SHARHI
«Kompetensiya» va «kompetentlik» tushunchalari ilk bor AQShda qo'llangan bo'lib, «insonning bilimlariga asoslangan, ijtimoiykasbiy hayoti faoliyatida belgilangan shaxsiy va intelluktual tajribasi» sifatida talqin etilmoqda [3].
1804
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
«Kompetensiya», «kompetentlik», «kompetentli» tushunchalarining o'zi adabiyotlarda va lug'atlarda keltirilgan. Masalan, «Inglizcha-o'zbekcha lug'at»da quyidagicha ta'rif keltiriladi: «kompetensiya» «kompetent» (lot. competense - omilkorlik, xabardorlik, biror belgilangan sohani tushunadigan, biladigan; competent - bilimdon; o'zining qonuniy huquqiga ega bo'lgan, biror ishni hal qilish yoki bajarish [4].
Kompetentlik va kompetensiya tushunchalari I.V.Petrova, Ye.V.Sadon, O.Ye. Gavrilova, A.V.Tarasova kabi olimlarning ilmiy ishlarida keltirilgan. Shuningdek, YUNESKOning «The competent teacher 2010-2020» konsepsiyasida ham kompetentlik tushunchasining zamonaviy talqini hamda amaliy ahamiyati alohida yoritib o'tilgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda harbiy xizmatchilarning o'quv jarayonida kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo'yicha alohida ilmiy izlanishlar olib borilmaganligini inobatga olsak, Qurolli Kuchlar tizimida harbiy ta'lim-tarbiya yuzasidan mavjud muammolar, ya'ni harbiy xizmatchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish kabi masalalar ilmiy jihatdan aniqliklar kiritishni talab etadi.
Shu maqsadda oliy harbiy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari o'qitish jarayonida harbiy xizmatchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida yuzaga kelayotgan kamchilik va muammolarni quyidagilarda ifodalash mumkin [5]:
• tinglovchi va kursantlarga o'z fani bo'yicha ta'lim berishda zamonaviy pedtexnologiyalarni samarali qo'llay olishi darajasini rivojlantirish;
• o'quv jarayonini faollashtirish hamda o'quv materiallarini o'zlashtirishning yuqori darajasiga erishish, tinglovchi va kursantlarni mustaqil fikrlashga va o'z fikrini erkin bayon etishga o'rgatish;
• shaxsiy tarkib bilan o'tkaziladigan konsultatsiyalar hamda harbiy-ilmiy jamiyat a'zolari ishlarining o'z vaqtida tashkillashtirilishi va samaradorligini qattiq nazoratga olish;
• o'quv jarayoni sifatini yanada oshirish choralarini ko'rish, tinglovchi va kursantlarning mustaqil tayyorgarlik darslarini qattiq nazoratga olish;
• mashg'ulotlar davomida tinglovchi va kursantlarning mustaqil fikrlash va o'z fikrini erkin bayon etish ko'nikmalarini rivojlantirish;
• o'qitish jarayoniga qo'yilayotgan kompetesiyalardan kelib chiqan holda harbiy xizmatchilarning kasbiy bilim, qobiliyat va ko'nikmalarini faoliyatga bog'lash va takomillashtirishga layoqatlilik darajasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish zarur.
Harbiy soha nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, fan va texnikaning taraqqiyot darajasi, zamonaviy urushlarning xususiyatlarini hisobga olib, harbiy xizmatchilarning o'quv jarayonida kasbiy kompetentligini shakllantirish va zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida ularning bilim, ko'nikma va malakalarining puxta va chuqur bo'lishini taqozo qiladi. Harbiy xizmatchilarning professional tayyorgarligi, ularning soha bo'yicha nazariy va amaliy bilim, ko'nikma va malakalari qanchalik puxta va mustahkam bo'lsa, ular yangi o'quv materiallarini ham shunchalik ongli, chuqur va puxta egallaydilar.
Harbiy xizmatchining o'quv jarayonida kasbiy kompetentligini rivojlantirishda o'qitishning zamonaviy pedtexnologiyalaridan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega. Oliy harbiy ta'lim muassasalari pedagoglarining vazifasi ta'lim oluvchi harbiy xizmatchilarning o'z-o'zini takomillashtirish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
1805
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Shu boisdan, harbiy ta'lim tizimida mashg'ulotlarning mazmunini chuqur va ko'zlangan maqsadga yetkazish uchun bugungi kunda zamonaviy pedtexnologiyalardan samarali foydalangan holda mashg'ulotlarni qiziqarli tarzda olib borish imkoniyatlarini kengaytirish zarur. Harbiy bilim yurtlarida fan va texnikaning taraqqiy etgan bir davrida tinglovchi va kursantlarga uzluksiz ravishda yangi ma'lumotlarni yetkazish bilan birga mutaxassislik ma'lumotlarini yetkazishda kasbiy ko'nikma va malakalar tizimidan to'g'ri foydalanish, tinglovchi va kursantlarni kasbiy kompetentligi yuqori darajada shakllangan qilib tarbiyalashda harbiy ta'lim o'qituvchisi har tomonlama bilim va malakaga ega bo'lishi lozim. Shuningdek, har bir harbiy ta'lim o'qituvchisi o'z sohasining ustasi, mohir tarbiyachi, jonkuyar va fidoiy bo'lishi uchun o'z ustida tinmay izlanishi, o'z ishiga ijodiy yondashishi, ta'lim oluvchilarni fanga qiziqtira olishi kerak bo'ladi. Bunga erishish uchun esa maxsus fanlar o'qituvchilari va kasb o'qituvchilari o'z mehnat faoliyatining mazmunini to'g'ri rejalashtira olishi, ta'lim jarayoniga o'qitish texnologiyalarini to'g'ri qo'llay olishi, axborot texnologiyalarini bilishi hamda zamonaviy pedtexnologiyalardan mashg'ulot jarayonida samarali foydalana olishi lozim [6].
O'qituvchilar darsga tayyorlanayotganda har xil interfaol metod va usullarni qo'llab, yangi materialni qanday bayon qilishni o'ylaydi. Shu boisdan, hozirgi zamonaviy o'qituvchini harbiy xizmatchilarga ta'lim-tarbiya berishning zamon talabiga javob beradigan ilg'or pedagogik texnologiyalardan xabardor qilib borish bilan birga, ularni amalga oshirish texnologiyalari bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Oliy harbiy ta'lim muassasalari harbiy xizmatchilarning o'quv jarayoniga yangicha yondashuv asosida, «Charxpalak», «Blis-so'rov», «Klaster», «Qarorlar shajarasi», «Rezyume», «BBB» kabi grafikli organayzerlar vositasi hamda «Aqliy hujum», «Delfi», «Bumerang», «Zinama-zina», «FSMU», «Barcha omillarni hisobga ol!», «Intervyu», «6x6x6», «3x4» va boshqa shu kabi zamonaviy interfaol pedagogik texnologiyalarni keng tatbiq etish orqali ularning kompetentligini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki, hozirgi globallashuv sharoitida ishlab chiqarish juda tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Harbiy jangovar texnika va qurol-aslahalar, texnologik jarayonlar uzluk siz takomillashib bormoqda. Bu ma'lum darajada harbiy ta'limda o'z aksini topishi kerak. Demak, pedagog-o'qituvchilar fan va texnika sohasidagi taraqqiyotni uzluksiz kuzatib borishi, ulardan ta'lim oluvchilarni tushunarli shaklda xabardor qilib turishi va o'z mahorati ustida tinmay izlanishlar olib borishi zarur.
Buning uchun oliy harbiy ta'lim muassasalari ofitser-pedagoglari o'z oldiga qo'yilgan mas'uliyatli va dolzarb vazifalarni bajarish, ta'lim-tarbiya jarayoniga bo'lgan yangicha qarashlarni rivojlantirish hamda harbiy xizmatchilarning kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirishlari uchun quyidagi taklif va fikrlarni keltirmoqchimiz. Jumladan:
• o'z kasbiy faoliyatini samarali tashkil etishga undovchi yangi bilimlarni o'zlashtirishga intilish;
• harbiy xizmatchilarda yuksak axloqiy-ruhiy va jangovar fazilatlarni tarbiyalash;
• o'z fani mashg'ulotlarining o'quv-tarbiyaviy maqsadlariga erishish, yangilikka, yangi natijalarga intilib yashash, o'z faoliyatining ahamiyatini oshirish, tinglovchi va kursantlarning umumiy madaniyatini rivojlantirish;
• bo'linma komandirlarining o'quv jarayonini mustahkamlash bo'yicha javobgarligi va rolini oshirish.
XULOSA VA MUNOZARA
IS06
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy jamiyatimizning jadal sur'atlarda rivojlanishi va yangilanishi harbiy-siyosiy vaziyat tez o'zgarib, xavfsizlik sohasidagi xatar va tahdidlar tobora kuchayib borayotganligi bilan ajralib qolmoqda. Shu boisdan, professional harbiy kadrlarni tayyorlash ularning intellektual salohiyati, kasbiy kompetentligini rivojlantirish, jahon hamjamiyatida rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali professional harbiy kadrlarni tayyorlash milliy tizimini yaratish masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o'ynaydi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni. Oliy ta'lim. Me'yoriy hujjatlar to'plami. - T.: «Sharq», 2013.
2. Mirziyoev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi. // «Postda» gaze- tasi, 2017 yil 3-son.
3. ogli Raimov, A. Y. (2022). COMPETITION BETWEEN ENGLAND AND RUSSIA IN CENTRAL ASIAN KHANATES. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD, 7(2), 14-19.
4. Yuzboy ogli, R. A. (2022, April). ANGLIYA ELCHISI ALEKSANDR BYORNSNING BUXOROGA SAYOHATI TAFSILOTLARI. In E Conference Zone (pp. 176-177).
5. Yuzboy o'g'li, R. A. (2022). ANTONY JENKINSON'S VISIT TO THE KHANATE OF BUKHARA AND THE LEADING ROLE OF THE KHANATE OF BUKHARA IN TRADE RELATIONS BETWEEN INDIA AND RUSSIA. PEDAGOGSjurnali, 79(1), 174177.
6. Murodullayeva, N. O. (2022). IMPROVING METHODS OF TREATMENT OF OPTIC NERVE ATROPHY IN CHILDREN. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 673-678.
7. Oripovna, M. N. (2022). IMPROVING METHODS OF TREATMENT OF OPTIC NERVE ATROPHY IN CHILDREN.
8. Одилова, Г. Р., & Муродуллаева, Н. О. (2019). Оценка эффективности применения слезозаменителей при ношении контактных линз. Биология и интегративная медицина, (3 (31)), 67-75.
9. kizi Yunusova, H. R., & Ahmedova, M. A. (2022). THE CASE OF MULTIPLE AUXILIARY VERBS IN THE ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES. International Academic Research Journal Impact Factor 7.4, 7(5), 5-8.
10. Akbarova, R. A. (2019). TEACHING ENGLISH THROUGH STORY TELLING IN ELEMENTARY CLASSES. Scientific Bulletin of Namangan State University, 7(10), 297304.
11. Абдулхаева, Ф. А. (2022). НАЧАЛЬНЫЙ ЭТАП ОБУЧЕНИЯ ГРАММАТИКЕ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА ДЛЯ МЛАДШИХ КЛАССОВ. PEDAGOG, 7(2), 407-411.
12. Kakharova, S. (2022). Speech as a Tool of Pedagogical Activity of the Teachers. American Journal of Social and Humanitarian Research, 3(11), 61-64.
13. Ruzieva, K., & Abdurakhmonov, V. (2022). IN THE ENGLISH LINGUOCULTURE THE CONCEPT OF" CHILD" AND THEIR MEANS.
1807