Научная статья на тему 'BO`LAJAK CHIZMACHILIK O`QITUVCHILARNING GRAFIK KOMPETENTLIGINI MUHANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI ASOSIDA SHAKLLANTIRISH METODIKASI'

BO`LAJAK CHIZMACHILIK O`QITUVCHILARNING GRAFIK KOMPETENTLIGINI MUHANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI ASOSIDA SHAKLLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
406
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompyuter grafikasi / kompetensiya / grafik kompetentlik / metodika. / computer graphics / competence / graphic competence / methodology.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ashirbaev, Azim Ozodovich, Abduazizov, Bunyodbek Islomjon O’g’li

Mazkur maqolada bo`lajak chizmachilik o`qtuvchilarning grafik kompetentligini muhandislik kompyuter grafikasi asosida shakllantirish metodikasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF FORMATION OF GRAPHIC COMPETENCE OF FUTURE DRAWING TEACHERS ON THE BASIS OF ENGINEERING COMPUTER GRAPHICS

This article highlights the methodology of forming the graphic competence of future teachers of drawing based on engineering computer graphics.

Текст научной работы на тему «BO`LAJAK CHIZMACHILIK O`QITUVCHILARNING GRAFIK KOMPETENTLIGINI MUHANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI ASOSIDA SHAKLLANTIRISH METODIKASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BO'LAJAK CHIZMACHILIK O'QITUVCHILARNING GRAFIK KOMPETENTLIGINI MUHANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI ASOSIDA SHAKLLANTIRISH METODIKASI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-5-l 18-126

Ashirbayev Azim Ozodovich

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti "Muhandislik va kompyuter grafikasi" kafedrasi dotsenti Abduazizov Bunyodbek Islomjon o'g'li Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi mutaxassisligi magistranti

Mazkur maqolada bolajak chizmachilik o^qtuvchilarning grafik kompetentligini muhandislik kompyuter grafikasi asosida shakllantirish metodikasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: kompyuter grafikasi, kompetensiya, grafik kompetentlik, metodika.

В данной статье освещена методика формирования графической компетентности будущих преподавателей черчение на основе инженерной компьютерной графики.

Ключевые слова: компьютерная графика, компетентность, графическая компетентность, методика.

This article highlights the methodology of forming the graphic competence of future teachers of drawing based on engineering computer graphics.

Keywords: computer graphics, competence, graphic competence, methodology.

Zamonaviy ta'limda oliy ta'lim muassasalaridagi ta'lim sifatini ta'minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida professor-o'qituvchilarning kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta'lim va innovatsion texnologiyalar, ilg'or xorijiy tajribalarni o'zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi. Natijada zamonaviy raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash jarayonining sifat bosqichi rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi ilg'or boshqaruv tajribasini milliy qadriyatlarga uyg'unlashtirish, boshqaruv personallari kompetensiyalarini aniqlash, ularni kompetentlik sohalari bo'yicha

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

klasterlash, diferensiyalashtirish hamda o'rta bo'g'in rahbari psixologik kompetentligini optimallashtirish sharoitlari rivojlanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PF-5763-son "Oliy va o'rta maxsus ta'lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmonlari, 2018 yil 30 maydagi PQ-3755-son "Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son "Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari ta'lim sifatini yanada takomllashtirmoqda1.

Innovatsion texnologiyalarni hayotga tadbiq etish, sohaga oid ilm-fan, fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borish, belgilangan ustuvor yo'nalishlar asosida ta'lim tizimida ilm-fanning zamonaviy yutuqlarini joriy etish, sohaga oid ishlab-chiqarish korxonalarida oliy ta'lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bazasida tadqiqot va o'quv ilmiy markazlarni - ya'ni texnoparklarni bosqichma-bosqich tashkil etish orqali fan bilan ta'lim hamda ishlab chiqarishning o'zaro integratsiyasini ta'minlash asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu jarayonda nafaqat rahbar va pedagoglarning balki malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayoniga jalb etilgan oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarining ham ijodiy-intellektual salohiyatini, amaliy malaka va ko'nikmalarini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, jumladan, oliy, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida faoliyat yurituvchi ilmiy daraja va unvonga ega bo'lgan pedagoglarning salohiyatini ko'tarishdek asosiy maqsad belgilanadi.

Pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonida, o'qituvchi-amaliyotchilar shaxsiga yangicha yondashish hozirgi ijtimoiy taraqqiyotning zarur talabidir2.

"Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi" va "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda ta'lim mazmunini yangi shakl va ko'rinishlarini joriy etish, talabalarning faoliyatini rivojlantirishga, va talabaning shaxsiy fikrini kamol toptirishga xizmat qiladigan, ijodkorlikka yo'naltiruvchi natija beradigan talimni tashkil etishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishga erishish muhim vazifa ekanligi uqtirilgan.

1 Hayitov Oybek Eshboevich Oliy Ta'lim Muassasasi O'rta Bo'g'in Rahbarlari Psixologik Kompetentligini Modellashtirish Toshkent-2020

2 Akmal Yusufovich Axmedov BO'LAJAK O'QITUVChlLARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI ShAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIXATLARI. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 2020

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J) SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimizda manan yetuk, ruhan soglom, uyg'un kamol topgan avlodni tarbiyalash uchun zarur imkoniyatlar bazasini yaratishga erishildi. "Oliy talimini rivojlantirish Davlat dasturi"ning samarali amalga oshirilganligi buning yorqin dalilidir. Talim-tarbiya samaradorligini oshirishda asosiy omil sifatiga qaralayotgan talim texnologiyalarni ayniqsa, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish multimediya resurslaridan oqilona foydalanishdan, buning ijoboy natijasi bolgan bo'lajak o'qituvchi pedagogok kadrlarning bilish qobiliyatini o'stirishdan iborat. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarning afzallik tomoni shundaki, talabaning mustaqil fikrlashga, dunyoqarashini kengaytirishga, tinglashga va mushohada etishga, intilish va izlanishga, tafakkurni rivojlantirishga, o'z ustida mustaqil ishlashga o'rgatadi3. Muhandislik kompyuter grafikasida ham talabalarning chizmalarini yanada oson va qulay oqishlari uchun va chizmani yahshi tasavvur qilishlari uchun AutoCad, 3DMax, Power point, Paint, dasturlaridan foydalana olishi zarur. Oqituvchi va bo'lajak chizmachilik "oqituvchisi" talaba birgalikda faoliyat yuritadi. O'qituvchi boshqaruvchi sifatida talabaga turli yo'nalishlarni ko'rsatadi. Talaba dars mashg'uloti jarayonida faol harakat qilib, o'zi mustaqil fikr yuritadi. Darsda malakalarini samarali ravishda qo'llashga o'rgatish dars samaradorligini oshiradi. Talimning barcha bosqichlarida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ayniqsa, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali va oqilona foydalanish va yuqori samaradorlikka erishishga alohida ahamiyat berish darkor.

Bo'lajak o'qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagoglarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o'ziga xos o'rin tutadi. Ayniqsa, ta'limni modernizatsiyalash bilan bog'liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bo'lajak o'qituvchilarni amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda o'qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda.

Kasbiy kompetentlik tashhisi kasbiy shakllanishning mohiyatli xarakteristikalariga diagnostik, kommunikativlik, boshqaruv va proektiv o'quvlar guruhlarini kiritish lozim. Pedagogning bilish faoliyati ko'p jihatdan o'rganilayotgan narsalarning murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan chegaralarning ta'siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda tutadi. Mazkur holda o'z-o'zini tartibga solish xususiyatlari o'z bilim va malakalarini

' www.ziyo.net

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

doimo takomillashtirish zarurati, boshqa odamlarga qaratilgan o'z hatti-harakatini qatiy muovfiqlashtirish bilan tavsiflanadi4.

Hozirgi kunda OTMlarda o'qitilayotgan «Kompyuter grafikasi» fanining o'rni va ahamiyati, ijtimoiy hayotimizda zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy ehtiyojlarning qondirilishida hamda barcha soha mutahassislarini o'z ish faoliyatlarini avtomatlashtirish imkoniyatlarining kengligida deb qarash mumkin. Shuning uchun ham, ayni paytda Respublikamiz OTMlarda kompyuter grafikasini turli sohalarga bo'lib o'rganish, uning imkoniyatlaridan qator sohalarda foydalanishning metodik asoslarini yaratish, kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda hayotimizga kirib kelayotgan yangi sohalar (ixtisoslashgan rassom, mahsus effektor, vektorli art-ustasi, CAD-ustasi, modeler, animator, teksturachi, vizualizator va h.k) kabi malakali mutaxassislar bilan ta'minlash masalasi OTMlarda «Kompyuter grafikasi»ni fan sifatida o'qitilishiga bo'lgan ehtiyojning oshishiga olib keldi. Bugungi kunda OTMlarda «Kompyuter grafikasi» va chizmachilk o'qituvchilarining grafik kompetentligini oshirishda, kompyuter grafikasi fanini o'qitishda talabalarni fanga nisbatan maqsadli harakatlarini shakllantirish va shu orqali biror bir natijaga erishish mumkinligini singdirishda, kerakli pedagogik va psixologik vositalarni amalda qo'llash va ularni ilmiy asoslash muhimdir.

Ma'lumki, OTMga kelgunga qadar talabalar «Kompyuter grafikasi» fani bo'yicha kerakli boshlang'ich bilim va ko'nikmalarga ega bo'lsalar, ularning grafika fanlarida zarur bo'lgan fazoviy tasavvurlari, chizmani o'qiy olish xususiyatlari shakllanadi. Bu esa, bunga oid kurslarni o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimidan boshlanishi maqsadga muvofiqligidan dalolat beradi. Qator tadqiqotchilarning bu boradagi ilmiy izlanishlari tufayli, amaliy tadbig'i ta'lim jarayoniga katta samaralar bera oladigan ilmiy natijalarga erishilmoqda.

Kompyuter grafikasi - kompyuterdagi grafika yoki kompyuter yordamida yaratilgan grafikadir. Kompyuter grafikasi rasm chizish va modellashtirish vositasi sifatida ishlatiladi. Agar kompyuter grafikasi monitordagi rasm deb tushunilsa, u holda kompyuter grafikasi kompyuter bilan bir vaqtda paydo bo'lgan deyish mumkin. Ba'zan, kompyuter grafikasini ro'yobga kelishini kompyuter o'yinlari paydo bo'lgan vaqt - yil bilan bog'laydilar. Boshqacha qilib aytganda, kompyuter grafikasi - bu yangi axborot texnologiyalarining jadal rivojlanib borayotgan yo'nalishlaridan biri hisoblanib, u avtomatik loyihalash tizimining mazmunini tashkil etadi. «Zamonaviy avtomatik loyihalash tizimi chizmani «elektron chizmaga» aylantiribgina qolmay,

4 Shoxboz, D. (2019). THE ESSENCE OF TEACHING ENGINEERING COMPUTER GRAPHICS AS A GENERAL TECHNICAL DISCIPLINE. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

balki kompyuter texnikasi o'zining ma'lumotlar bazasi kengligi va ob'ektlarni geometrik modellashning samarali usullaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. Jumladan AuotoCAD dasturida ham berilgan grafik topshirqni talaba yahshi tasavvur qila olishi va uning ortogonal proeksialari frontal, gorizontal va profil ko'rinshlarini o'qiy olishi uchun qulayliklarga ega. (1-rasm)

1-rasm (AuotoCAD) dasturi 3D MAX dasturida ishlash ham talabaning fazoviy tasavvurini oshiradi va rivojlantiradi.(2-rasm)

2-rasm (3D MAX) dasturi Bunday kompyuter dasturlari bolajak "Muhandislik kompyuter grafikasi" o'qituvchilarining grafik kompetentligini oshirishda muxum ahamiyat kasb etadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Grafik dasturlarda axborot bilan ishlash insonning ko'rish, eshitish va sezish organlariga qaratilgan bo'ladi, ya'ni, axborot berish uchun tasvir va tovushdan keng foydalaniladi. Asosiy maqsad, axborotni tasvir va tovushga aylantirishdan iborat. Bugungi kunda juda ko'plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo'lsada, ular bir birlaridan o'zaro qo'llanilish sohalariga qarab farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o'z faoliyatlari uchun qulay bo'lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyatlari ham ma'lum bir sohaga yo'naltirilgan. Shuning uchun, grafik dasturni tanlashda, avvalom bor, uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo'llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o'zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Talaba ongida grafik kompetentlikni rivojlantirish uchun, avvalo, unda fanga nisbatan qiziqish shakllangan bo'lishi va bu qiziqish asosida bilim olishi hamda ularni esda saqlashi, bilimlar yig'ilib ko'nikma va malakalarga aylanishi kuzatiladi5.

Xulosa qilib aytganda, talaba egallagan bilim, ko'nikma va malakalariga tayangan holda berilgan muammoni ongida tahlil qiladi va xulosa chiqaradi. «O'qituvchining kasbiy kompetentligi» tushunchasiga berilgan ta'rif va tavsiflarni umumlashtirib, uni quyidagicha talqin etish mumkin: O'qituvchining kasbiy kompetentligi - pedagog faoliyatida kasbiy kompetentlik muhim jihatlaridan biri bo'lib, pedagogning faqatgina kasb va kasbiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq barcha ehtiyoj, qobiliyat, mahorat, bilish va qiziqishlarini ifodalaydi.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Valiyev A.N. About the features of the perspective of simple geometric shapes and problems in its training (ilmiy metodik maqola). SECTORAL RESEARCH XXI: CHARACTERISTICS AND FEATURES, March 26, 2021. Chicago, USA. 107-111

2. Валиев А.Н. Об Особенностях Перспективы Простых Геометрических Фигур И Проблемах В Ее Обучении. (ilmiy metodik maqola). Центральноазиатский журнал теоретических и прикладных наук, Том 2 № 4 (2021): 54-61 стр.

3. Khalimov M., Soliddinova S. The knowledge gained by students in engineering graphics and its transformation to experience and skill. Asian Journal of

5 Shoxboz Dilshodbek o'g'li Dilshodbekov; Aldiyar Alisher o'g'li Abdulxatov: MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI OQITISHDA ZAMONAVIY GRAFIK DASTURLARDAN FOYDALANISH METODIKASI SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 ISSN: 2181-1601

XULOSA

betlar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Multidimensional Research (AJMR), Year: 2021, Volume: 10, Issue: 1, First page: (260) Lastpage: (264) Online ISSN: 2278-4853. Article DOI: http://dx.doi.Org/10.5958/2278-4853.2021.00040.9

4. Mirzaliev Zafar Eralievich, Khalimov Mohir Karimovich, Malikov Kozim Gofurovich, Abdukhonov Botir Husniddinovich. Method of using a new mechanism for the construction of axonometric projections. Young scientist, ISSN: 2072-0297 International scientific journal, No.8 (142) / 2017 part II, -pp. 1-6 Kazan. https://elibrary.ru/item.asp?id=28395835

5. Валиев Аъзамжон Нематович. (2021). Об Особенностях Перспективы Простых Геометрических Фигур И Проблемах В Ее Обучении. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(4), 54-61. Retrieved from https://caiotas.centralasianstudies.org/index.php/CAJOTAS/article/view/116

6. Dilshodbekov Shoxboz Dilshodbek Ugli, & Abduazizov Bunyodbek Islomjon Ugli. (2022). MODULAR TECHNOLOGY OF TEACHING ENGINEERING COMPUTER GRAPHICS TO FUTURE TEACHERS DRAWING. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758), 3(01), 101107. https://doi.org/10.37547/philological-crips-03-01-17

7. N. Valiev. (2021). ABOUT THE FEATURES OF THE PERSPECTIVE OF SIMPLE GEOMETRIC SHAPES AND PROBLEMS IN ITS TRAINING. International Engineering Journal For Research & Development, 6(2),

7. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/5MT2R

8. Ugli, D. S. D., & Ugli, A. B. I. (2022). MODULAR TECHNOLOGY OF TEACHING ENGINEERING COMPUTER GRAPHICS TO FUTURE TEACHERS DRAWING. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758), 3(01), 101-107.

9. Shoxboz Dilshodbek O'G'Li Dilshodbekov, & Aldiyar Alisher O'G'Li Abdulxatov (2022). MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI O'QITISHDA ZAMONAVIY GRAFIK DASTURLARDAN FOYDALANISH METODIKASI. Scientific progress, 3 (3), 7-14.

10. Zaitov, S. R. (2022). CHIZMA GEOMETRIYA FANIDAN MUSTAQIL ISHLARINI BAJARISHDA AXBOROT TA'LIM TEXNOLOGIYASINING O'RNI. БАРЦАРОРЛИК ВА ЕТАКЧИ ТАДЦИЦОТЛАР ОНЛАЙН ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 219-223.

11. P. Adilov, N. Tashimov, S. Seytimbetov (2019). Computer-Test Control o f Knowledge o f Students in Engineering Graphics. International Journal of

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Progressive Sciences and Technologies (IJPSAT). Vol. 17 No. 2 November 2019, pp. 193-195

12. Muslimov, Sherzod Nazrullayevich (2019) "THE ROLE OF PERSONALITY-ORIENTED EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONALLY-GRAPHIC COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL SCIENCES," Scientific Bulletin of Namangan State University: Vol. 1 : Iss. 6, Article

13. Muslimov Narzulla Alikhanovich, Urazova Marina Batyrovna, Muslimov Sherzod Narzulla ugli. (2020). DEVELOPMENT OF DESIGN TECHNOLOGY FOR FUTURE VOCATIONAL EDUCATION TEACHERS, MODEL OF TRAINING AND BASIC INDICATORS OF DISSERTATION. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/ Egyptology, 17(7), 10534-10551. Retrieved from https://www. arch ives.palarch.nl/indexphp/jae/articl e/view/4088

14. Tashimov, N. (2019). Ways of Development of Cognitive and Graphic Activity of Students. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1),

15. Shoxboz, D. (2019). THE ESSENCE OF TEACHING ENGINEERING COMPUTER GRAPHICS AS A GENERAL TECHNICAL DISCIPLINE. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

16. Халимов, М. К. Сравнение продуктивности учебной доски и проектора в преподавании предметов, входящих в цикл инженерной графики / М. К. Халимов, Р. Р. Жабборов, Б. Х. Абдуханов, А. А. Мансуров. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2018. — № 6 (192). — С. 203-205. — URL: https://moluch.ru/archive/192/48066/

17. Eraliyevich, S. H. (2021). Shaping Students' Spiritual Worldviews Through Fine Arts. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(05), 79-

18. Султанов Х.Э. Талабаларни касбий фаолиятга тайёрлашда кургазма ва танловларнинг урни/ Педагогика илмий-назарий ва методик журнал//Т.: №!, -2016. Б. -116.

19. Sultanov Kh.E., Marasulova I..M., Bakhriev I.S. Ankabaev R..T. The Need for Creation of a Cluster of Pedagogical Innovations in the System of Continuous Education/International Journal of Psychosocial Rehabilitation// Vol. 24, Issue 05, 2020 ISSN: 1475-7192: -P.6588.

80.

212-214.

86.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

20. Султанов Х.Э, Innovation technology clusters use of technology in illustration/ International Journal of Psychosocial Rehabilitatio//- Vol. 24, Issue 04, 2020 ISSN: 1475-7192: -3876.

21. Rustam Ravshanovich, J. (2021). Formation of Creative Abilities of Students by Teaching the Genre "Landscape" of Fine Arts. Spanish Journal of Society and Sustainability, 1, 1-8. Retrieved from http://siss.indexedresearch.org/index.php/siss/article/view/1

22. Sultanov X.E., Ataxanova, S.O., Xalilov R.Sh. The importance of exhibitions and competitions in organizing fine art clubs in schools. (2020) /Journal of Critical Reviews, 7 (15), 2519-2523. doi:10.31838/jcr.07.15.336

23. Haytboy Eralievich Sultanov, Innovation technology clusters use of technology in illustration/ International Journal of Psychosocial Rehabilitatio//- Vol. 24, Issue 04, 2020 ISSN: 1475-7192: -3872-3877.

24. Kholmuratovich, M. K., Mardanaqulovich, A. S., Ravshanovich, J. R., Sharifovna, K. U., & Shodiyevna, B. O. (2020). Methodology of Improving Independent Learning Skills of Future Fine Art Teachers (On the Example of Still Life in Colorful Paintings). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05).

25. Muratov, K. K., & Tadjieva, F. M. (2021). Issues of Improving the Technology of Organization and Management of Independent Learning Activities of Students in the Fine Arts. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 5(11), 521-525.

26. Muratov , H. (2021). THE IMPORTANCE OF ORGANIZATION AND MANAGEMENT INDEPENDENT EDUCATION IN THE LEARNING PROCESS. Збгрник наукових праць Л'ОГОЕ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.40

27. Shuhratovich, I. U. (2020). Application of innovation in teaching process. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(5),

28. Shuhratovich, I. U., Eraliyevich, S. X., & Tursunmurotovich, S. S. Illustration and the Influence of Illustrator on Children's Understanding of Fairy Tales and Works of Art in Books. International Journal of Psychosocial Rehabilitation ISSN, 1475-

4-8.

7193.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.