Научная статья на тему 'Pedagogik faoliyatni tashkil etishda bo’lajak pedagogning kasbiy faoliyatga oid kompetentligini rivojlantirish'

Pedagogik faoliyatni tashkil etishda bo’lajak pedagogning kasbiy faoliyatga oid kompetentligini rivojlantirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1888
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
shaxsiy / kasbiy / maxsus kompetensiya / salohiyat / ijodiy izlanuvchanlik / kasbiy faoliyat / kompetentlik / perseptiv qobiliyat / faollik / mahorat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sojida Muxammadovna Raxmonova, Shahnoza Raxmatullayevna Hikmatova

Maqolada pedagogik faoliyatda muvofaqiyatga erishish, innovatsion kasbiy faoliyatni samarali tashkil etishda pedagogning o’rni, bo’lajak pedagoglarning shaxsiy, kasbiy hamda maxsus kompetensiyalari, pedagogik qobiliyatlar va uning ta’limiy jarayonlardagi ahamiyati, ta’limiy muhitning yaratilishida bo’lajak pedagogning kasbiy salohiyati shakllantirish haqida umumiy ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Pedagogik faoliyatni tashkil etishda bo’lajak pedagogning kasbiy faoliyatga oid kompetentligini rivojlantirish»

Pedagogik faoliyatni tashkil etishda bo'lajak pedagogning kasbiy faoliyatga oid kompetentligini rivojlantirish

Sojida Muxammadovna Raxmonova [email protected] Buxoro davlat universiteti Shahnoza Raxmatullayevna Hikmatova Vobkent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Annotatsiya: Maqolada pedagogik faoliyatda muvofaqiyatga erishish, innovatsion kasbiy faoliyatni samarali tashkil etishda pedagogning o'rni, bo'lajak pedagoglarning shaxsiy, kasbiy hamda maxsus kompetensiyalari, pedagogik qobiliyatlar va uning ta'limiy jarayonlardagi ahamiyati, ta'limiy muhitning yaratilishida bo'lajak pedagogning kasbiy salohiyati shakllantirish haqida umumiy ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: shaxsiy, kasbiy, maxsus kompetensiya, salohiyat, ijodiy izlanuvchanlik, kasbiy faoliyat, kompetentlik, perseptiv qobiliyat, faollik, mahorat

Development of professional competence of the future pedagogue in the organization of pedagogical activity

Sojida Mukhammadovna Rakhmonova rakhmonovasoj [email protected] Bukhara State University Shahnoza Rakhmatullayevna Hikmatova Vobkent District Department of Preschool and School Education

Abstract: In the article, the role of the pedagogue in effective organization of innovative professional activity, personal, professional and special competencies of future pedagogues, pedagogical skills and their importance in educational processes, the professional role of future pedagogues in the creation of an educational environment are discussed in the article. General information about capacity building is provided.

Keywords: personal, professional, special competence, potential, creativity, professional activity, competence, perceptive ability, activity, skill.

So'ngi yillarda mamlakatimiz ta'lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy, malakali, raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlash, shuningdek, pedagogika

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 634 [Ml^^^H

sohasida ta'lim, ilm-fan va amaliyot uyg'unligini ta'minlash keng isloh qilinmoqda.

Uzluksiz ta'lim tizimini amalga oshirish jarayoni g'oyat murakkab jarayondir. Yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashda ko'p qirrali vazifani faqat yuksak malaka va pedagogik mahoratga ega bo'lgan pedagoglar bilangina amalga oshirish mumkmligini ta'kidlash lozim.

Shunday ekan, o'qituvchilik bu san'atdir. Bu san'atga osongina erishib bo'lmaydi. Haqiqiy vatanparvar va mehnatsevar, salohiyatli, bilimli, zamonaviy mahoratga ega, mustaqillik g'oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan kishilargina erisha oladilar.

Pedagogik mahorat bo'lish bu tug'ma talant yoki nasldan-naslga o'tuvchi xususiyat emas, balki uning negizida izlanish va ijodiy mehnat, mashaqqat yotadi.

Bo'lajak pedagog doim harakatda, izlanishda, har jabhada faol har bir sohaga oid bilim va malakaga ega bo'lishi lozim.

Pedagog pedagogik faoliyatda muvofaqiyatga erishishi uchun avvalo o'zi tarbiyalangan, innovatsion kasbiy bilimga ega, kuchli ta'sir etuvchi, ergashtira oluvchi qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. Shundagina jamiyatning ijtimoy vazifalarini ijobiy hal eta oladi va u quyidagi shartlar asosida faoliyat yuritishi lozim.

- kasbiy faoliyatni tashkil etishda yangicha yondashuv

- ilg'or va ijodiy izlanuvchanlik

- demokratik boshqaruvni egallashi

- ta'lim oluvchining erkin fikrlashiga sharoit yaratish

- bola shaxsiga xurmat bildirish

- pedagogning nutq madaniyati.

Malakali pedagoglarni tarbiyalash jarayonining muvaffaqiyati sifatida ma'naviy-axloqiy sifatlarga ham e'tibor qaratish muhim sanaladi. Chunki yosh avlodni har jihatdan kamol toptirishda bu sifatlarning o'rni beqiyosdir.

Bo'lajak pedagog asosan nutq madaniyatiga etibor qaratishi lozim. Uning nutq texnikasi mukammal, fikrlari teran va nutqi ravon, aniq va tushunarli bo'lishi muhum. Chunki nutq va unda ifodalangan so'z kishiga ta'sir etuvchi qudratli psihologik kuchga ega. U mazmuni bilan, so'zlovchining aytilayotgan fikrini ifoda qilish uslubi bilan ham ta'sir darajasi va qudratini yanada orttirish mumkin. Bolaga nutq orqali tasir o'tkaza olish kabiy faoliyat jarayonida yaxshi natija beradi. Har bir ta'lim oluvchining, shaxsiy qobiliyatlariga tayangan holda, intellektual salohiyatini hisobga olgan holda yondashiladigan bo'sagina ta'limiy faoliyat o'z maqsadiga erishadi. Ta'limiy faoliyat, kasbiy faoliyat muvaffaqiyati kaliti bu nutq madaniyati desak mubolag'a bo'lmaydi.

"Ingliz dramaturgi B.Shou aytganidek, "Ha" so'zini aytishning 50 dan ortiq uslubi bor, "Yo'q" so'zini ham shuncha uslubi bor, ammo bu so'zni yozishni faqat bir

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848

635

uslubi bor" deydi. Bu fikming zamirida muloqot madaniyatiga doir juda nozik ko'chirim ma'no yashiringan.

Bundan tashqari pedagog tashkilotchilik qobilyatiga ham ega bo'lishi, to'g'ri qaror qabul qilishni bilishi, diqqatni teng taqsimlash qobiliyatiga ega bo'lishi, ta'limni bolaga moslashtira olishi, har bir bolaga uning menligini inobatga olgan holda individual yondosha olishi muhum sanaladi.

Pedagog mahoratli bo'lsagina ta'lim oluvchiga ijtimoiy ta'limiy muhitni yarata oladi, ta'limni aynan bolaga moslashtira oladi, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olgan holda ta'lim jarayonlarini tashkil eta oladi. Bola shaxsini hurmat qilish, ta'lim jarayonida holislilik, izchillik va tizimlilik, naan'anaviylik, kreativlik pedagogik yarayonni yaxshilashga xizmat qiladi.

Bo'lajak pedagog ham shaxsiy, kasbiy hamda maxsus kompetensiyalarga ega bo'lmog'i lozim.

Pedagogning shaxsiy fazilatlari uning ta'lim berish va tarbiyalay olish mahoratiga ta'sir ko'rsatadi. "Shaxsiy kompetentsiya - o'quv jarayonida o'quvchilarning o'zini o'zi anglash asosidir"

Shaxsiy fazilatlarga ya'ni shaxsiy kompetensiyalariga quyidagilar kiradi:

- talabchanlik

- adolatlilik

- bag'rikenglik

- halollik

- yetakchilik

- xayrixohlik

- insonparvarlik

- kirishimlilik

- mehribonlik va hokazo

Kasbiy kompetensiya pedagogning kasbiy faoliyati uchun zarur bo'lgan bilim, mahorat, ko'nikmalar majmuyidir.

Kasbiy kompetensiya:

- o'z sohasini mukammal bilish

- pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo'lish

- o'z ustida ishlash

- ta'lim jarayonini rejalashtirish, baholash

- ta'limiy muhitni yarata olish

- ehtiyojini anglay olishi

- ta'limda yangicha yondashuv

- zamonaviy pedagogik tehnologilardan o'rinli foydalanish

- perseptiv qobiliyatga ega bo'lish va hokazolar

Maxsus kompetensiya:

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 636

- talabalar ehtiyojini bilishi

- turli yosh xususiyatlarini bilishi

- ta'limni tabaqalashtirish

- ta'limni individuallashtirish

Kompetensiya har qanday sohada puxta bilimni anglatadi. Kompetentlik esa -biron bir ishni samarali qila olish qobiliyatidir. Kasbiy kompetentlik bu - pedagog tomonidan kasbiy faoliyatni samarali tashkil etish va amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishidir.

Xulosa qilib aytganda ta'lim va tarbiya berishda nafaqat ta'lim oluvchiga ta'limning yo'naltirilishi, balki pedagogning pedagogik faoliyatga psixologik tayyorligi muhim sanaladi. Pedagod yosh avlodni tarbiyalashda malakali, mahoratli bo'lishi lozim. Ta'lim jarayoning muvofaqiyatli kechishi uchun pedagog beradigan ma'lumoti haqida chuqur bilimga ega bo'lishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan o'rinli va maqsadli foydalana olishi, sifat va samaradorlikka katta e'tibor qaratmog'i lozim. O'sib kelayotgan yosh avlodni aniq bir maqsad yo'lida har tomonlama kamol toptirish, uning ongi, dunyoqarashi, e'tiqodini o'stirish bugungi kun pedagogining oldiga vazifa qilib qo'yildi. Jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy ta'lim har tomonlama rivojlangan barkamol insonni shakllantirishni va sog'lom mafkurali, yurt ravnaqi yo'lida mustahkam irodali, raqobatbardosh, maqsadli yoshlarni tarbiyalashni taqozo etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. E.A. Migranova, Sh.X. Poziiova Kasbiy pedagogik faoiiyatga kirish / O'quv qo'llamna. - Toshkent: "Tafakkur bo'stoni", 2018 y. - 200 bet

2. O'.J. To'ldoshev. Umumiy pedagogika. - T.: "Fan va texnologiya", 2017 y. -376 bet.

3. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017 yil. -416 bet.

4. A.A. Xoliqov. Pedagogik mahorat. Darslik. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Iqtisod-moliya, 2011 y. -420 bet.

5. G.Niyozov, M.E. Axmedova. Pedagogika tarixidan seminar mashg'ulotlari. O'quv qo'llanma. - T.: "Noshir" 2011 y. -140 bet.

6. R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma. - T.: 2013 y. -279 bet.

7. M.E. Axmedova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. (Pedagogika tarixi). O'quv qo'llanma. O'zR oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: Tafakkur bo'stoni, 2011y. -128 bet.

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848 637

8. N.T. Omonov, N.X. Xo'jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik.- T.: "Iqtisod-moliya" 2009 y. - 240 bet

9. Sh.S. Shodmonova va boshqalar. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. - T.: "Fan va texnologiya" 2019 y. -296 bet.

10. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika. Darslik. - T.: "Sano-standart", 2017 y. -434 bet.

11. S.M.Raxmonova DIDACTIC POSSIBILITIES OF IMPROVING THE METHODOLOGY FOR PREPARING FUTURE EDUCATORS OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION FOR INNOVATIVE PROFESSIONAL ACTIVITIES. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT ISSN: 2792 - 1883 | Volume 2 No. 12 https://literature.academicjournal.io 16.12.2022 y.36-40 bet.

12. S.M. Raxmonova, D.M. Murotovna. Ta'lim jarayonida pedagogning innovatsion kasbiy faoliyati va xususiyatlari. SCIENCE AND EDUCATION. SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 2181-0842 VOLUME 4, ISSUE 5 MAY 2023. https: //drive.google.com/file/d/190Zcnat7oUs SvaN 14XoXW-LO87w895aE/view?usp=sharing. 4.05.2023 y. 862-866 bet

13. S.M. Rakhmonova. System of inclusive education in preschool education development. SCIENCE AND EDUCATION. SCIENTIFIC JOURNAL. ISSN 21810842 VOLUME 4, ISSUE 5 MAY 2023. https: //drive.google.com/file/d/190Zcnat7oUs SvaN 14XoXW-LO87w895aE/view?usp=sharing. 4.05.2023 y. 950-953 bet

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848

638

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.