TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATI VA KASBIY MADANIYATINI
OSHIRISH OMILLARI Abduraxmanova Zilola Patidinovna
Farg'ona davlat universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.6582550
Annotatsiya. Hozirgi kun talabi tarbiyachining kasbiy mahorat, bilimdonligi, zukkoligi, ijodkorligi bilan birga shaxsiy sifatlarni ham takomillashtirishni ham taqozo qiladi. Ushbu maqolada bo'lajak tarbiyachining pedagogik mahorati va kasbiy madaniyatini oshirishdagi muammolari haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: pedagog, tarbiyachi, kompetensiya, pedagogik mahorat, kasbiy kompetensiya, pedagogning funksional vazifalari, pedagogik qobiliyat, pedagogik texnika, pedagogik kvalimetriya, pedagogik munosabat.
ФАКТОРЫ ПОВЫШЕНИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО МАСТЕРСТВА И ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ ВОСПИТАТЕЛЯ
Аннотация. Сегодняшний спрос требует от воспитателя совершенствования своих профессиональных навыков, знаний, смекалки, творческих способностей, а также личностных качеств. В данной статье рассматриваются проблемы формирования педагогического мастерства и профессиональной культуры будущего педагога.
Ключевые слова: учитель, воспитатель, компетентность, педагогическое мастерство, профессиональная компетентность, функциональные обязанности учителя, педагогическое умение, педагогическая техника, педагогическая квалиметрия, педагогическое отношение.
FACTORS TO IMPROVE THE PEDAGOGICAL SKILLS AND PROFESSIONAL
CULTURE OF THE EDUCATOR
Abstract. Today's demand requires the educator to improve his professional skills, knowledge, ingenuity, creativity, as well as personal qualities. This article discusses the challenges of developing a future educator's pedagogical skills and professional culture.
Keywords: teacher, educator, competence, pedagogical skills, professional competence, functional responsibilities of the teacher, pedagogical ability, pedagogical technique, pedagogical qualimetry, pedagogical attitude.
KIRISH. Pedagogik mahoratga erishish pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatining taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqorolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
So'nggi yillardagi ilmiy yondashuvlar bu holatga nisbatan quydagicha xulosa qilishga imkon berdi: pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi induviduallikning yorqin ko'rinishi sifatida tushuniladi. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta'rif pedagogik mahorat mazmun -mohiyatini ancha to'g'ri yoritadi. "Tarbiya va o'qitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkonini ta'minlovchi san'at bo'lib, talabaga mehr qo'ygan va o'z kasbini sevgan, har bir pedagogning qiladigan ishi. O'z ishining mohir ustasi bo'lgan pedagog-bu yuksak daraja madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning tegishli
sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyotini mukammal egallagan mutaxasisdir".
Hozirgi zamon pedagogining shaxsi uchun eng muhim asos- bu insonparvarlik. Pedagog juda yuksak darajadagi madaniyatga ega bo'lgan shaxs. U juda ko'p narsani bilishi kerak. Hozirgi zamonda o'zi o'qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo'lishi kerak. Tarbiyalanuvchilarni har kuni mashg'ulotlarni o'rgatib borish uchun o'zi muntazam o'qib, o'rganib, o'z bilimini to'ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak.
Pedagogik mahorat - tug'ma yoki nasldan-naslga o'tuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Bu ko'p qirrali pedagogik faoliyat zamirida ijodiy mehnat yotadi. Agar pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qarasa, u holda birinchi o'ringa uning integral sifati -mahoratidan iborat. Pedagogik mahoratga berilgan ta'riflar shuncha ko'p bo'lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir jihatlari albatta ifodalanadi.
ADABIYOTLAR SHARHI. Mahorat-bu yuqori va yuksalib boruvchi tarbiya va o'qitish san'atidan iborat. Pedagog o'z ishining ustasi, o'z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o'qitish va tarbiyalash metodikasini har tamonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo'lgan mutaxassisdir. Bo'lajak mutaxassislarning mahoratini oshirishda ma'ruza darslarining o'rni qanchalik zarur bo'lsa, seminar mashg'ulotlarining o'rni ham shunchalik muhimdir.
Mashhur pedagog Abdulla Avloniy ham o'z asarlarida o'qituvchi shaxsi va uning faoliyati borasidagi qarashlarni ifodalashga alohida o'rin beradi. Allomaning qayd etishicha, bolaning sog'lom bo'lib o'sishida ota-onalar o'ziga xos rol o'ynasalar, uning fikriy jihatdan taraqqiy etishida o'qituvchining o'rni beqiyos ekanligini tahkidlaydi. Xususan, bolalarning aqliy qobiliyatlarini shakllantirish muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifa» ekanligini tahkidlab, «fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog'liqdur»[2] - deydi.
Yan Amos Komenskiy o'z davrida o'qituvchining bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi roliga katta baho berib, o'qituvchilik «er yuzidagi har qanday kasbdan ko'ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» ekanligini tahkidlaydi. Muallifning fikricha, pedagog o'z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o'z qadr-qimmatini to'la baholay bilishi zarur. Ya.A.Komenskiy o'qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlarning namoyon bo'lishi maqsadga muvofiqligiga urg'u beradi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o'z ishini sevuvchi, o'quvchilarga otalaridek muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg'otuvchi, o'quvchilarni o'z ortida ergashtiruvchi va diniy ehtiqod.
K.D.Ushinskiy o'qituvchi mahnaviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomilashtirib borish maqsadga muvofiq ekanligi to'g'risidagi fikrni ilgari suradi. Mazkur g'oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim -o'qituvchilarni tayyorlovchi tizimni ilk bor asoslaydi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI. Maktabgacha ta'lim hayoti kichik pedagogik jarayon bo'lib juda xilma - xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa pedagogdan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab qiladi.
Tarbiyachining kasbiy mahorati - bu ma'lum shaxsiy (bolalarni sevishi, mehribonligi, hayrixohligi va h.k) va kasbiy (bilimdonligi, javobgarlikni his qilishi, ijodkorligi eruditsiyasi va h.k.)
fazilatlarining yig'indisi hisoblanib, u pedagogik-psixologik, usuliy tayyorgarligida, bolalarni tarbiyalashning optimal yo'llarini izlab topishida namoyon bo'ladi. Shuning uchun tarbiyachining kasbiy mahorat, bilimdonligi, zukkoligi, ijodkorligi bilan birga shaxsiy sifatlarni ham takomillashtirishni ham taqozo qiladi. Mohir, avvalo mafkuraviy tayyorgarlikka ega bo'lishi lozim. Bu deganimiz Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an'analarni bo'lishi va ularni yoshlar ongiga yetkazib tarbiyalanuvchilarni ota-bobolarimiz yaratgan boy merosga hurmatni tarbiyalay olishi kerak. Buning uchun avvalo murabbiyning o'zi milliy qadriyatlarning mohiyat mazmunini chuqur anglashi, ularga hurmat e'tiqodi bo'la olishi darkor, Ijtimoiy hayot qonunlarini aniq tushunish, milliy-ahloqiy qadriyat, mafkura mazmunini anglash tarbiyalanuvchilarda bobolar, avlodlar ruhiga hurmatni, ilmiy dunyoqarash asoslarini tarbiyalash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagik sohada: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish, ruhiy pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, xaqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik qat'iylik va maqsadga intilish, vazminlik, o'zini tuta bilish kasbiy layoqatlilik.
Bilim sohasiga: keng ilmiy saviya, ma'naviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish.
Faoliyatlar kishini o'ziga duch kelgan hodisalarni tahlil qilish va umumlashtirish tajribasi bilan boyitadi.
Pedagogik malaka-egallagan bilim va ko'nikmalarni faoliyatning ma'lum turini egallab olish, yaxshi bajara olish qobiliyatidir.
Bu fahm-farosat va bilimlarning chinakam ilmiyligi, tarbiyadagi qiyinchiliklarning yengishga qodir bo'lgan nufuzli rahbarlik bolalar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo'lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo'lgan qobiliyat mujassamdir.
NATIJALAR. Shuni alohida qayd qilib o'tmoq zarurki, pedagoglik kasbi murakkab va ma'suliyatli kasbdir. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo ongning yagona sohibi bo'lgan inson bilan muloqotda bo'ladi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy, hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo'ladi. Shuning uchun, bilan doimo muloqotda bo'lganda, unga ta'sir ko'rsatish uchun muntazam ravishda psixologiya, tarbiya nazariyasi kabi fanlarni mukammal o'rganib, o'z kasbiy mahorati ustida muttasil ish olib borishi kerak. Bu tarbiyachilarda pedagogik - psixologik va metodik tayyorgarlikni ta'minlaydi. Pedagogik mahorat - pedagogik jarayonda tarkib topadi. Pedagogik jarayon esa kasbiy va shaxsiy tayyorgarlikni yo'lga qo'yib, bo'lajak mutaxassisni mehnatga, hayotga tayyorlash uchun davlat, jamiyat, millat va kelajak avlod oldida javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuning uchun, pedagog shaxsiy va kasbiy fazilatlar egasi bo'lishi lozim. Yuqorida qayd etib o'tilgan va pedagogik mahoratga berilgan ta'rif, hamda - tarbiyachining professiogrammasi xususiyatlari va pedagoglarga qo'yiladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy talablardan kelib chiqib pedagogika nazariyasi pedagogik mahoratni quyidagi asosiy komponent (tarkibiy qism)lardan iborat bo'lishi lozimligini ifodalaydi.
XULOSA VA MUNOZARA. Pedagogik madaniyat-tarbiyachilik burchi, mas'uliyati, qadr-qimmati, vijdoni, axloqiy e'tiqodini nazarda tutib, pedagogning talabchanligi, adolati, komilligi, rostgo'yligi, to'g'riligini anglatadi. Pedagogik mahorat tizimida pedagogik nazokat (takt)-pedagogning pedagogik maqsadga muvofiq, foydali, qimmatli harakatlarining o'lchovi,
me'yori va ta'sir vositasining chegarasi sifatida xarakterlanadi. Pedagogik mahoratning qayd qilingan tarkibiy qismlari pedagogning kasbiy xususiyatlarini boyitadi va uni mohirlik sari yetaklaydi va tarbiyachida pedagogik mahorat malakalarining tarkib topishiga yordam beradi. Ammo, o'z kasbining mohir ustozi bo'lish uchun faqatgina ularga tayanib, ish tutish kutilgan natijani bermasligi mumkin. Buning uchun muntazam ravishda pedagogik fikrlash, pedagogik o'ylash, pedagogik ish tutish lozim bo'ladi. Bu deganimiz, o'z faoliyatini pedagogik hodisalarni, vaziyatlarni tahlil qilish, ularning har bir bog'lanish joylarini anglashga intilish, kunlik natijalarni mustaqil ravishda tahlil qilishi va yangi ta'lim-tarbiyaga doir g'oyalarni avvalgilari bilan taqqoslay olishga odatlanishi ham lozim bo'ladi. Asosiy pedagogik-psixologik muammolarni topa olish ularni hal etishning eng qulay yo'llarini topish ustida o'ylash ham kerak.
Insonparvarlik- insonning qadri erkinligi baxt-saodati teng huquqliligi to'g'risida insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida g'amxo'rlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Pedagoglarning individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o'z imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanish; oldindan aniqlanayotgan vaziyatlarga nisbatan to'g'ri munosabatda bo'lish, o'zgalar muvaffaqiyatini oqilona baholash, moddiy va ma'naviy rag'batlantirishda adolatlilik.
Adabiyotlar
1. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob/ Met.qo'll.U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Inog'omova. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2012.
2. Hoshimov K va boshqalar. Pedagogika tarixi //Pedagogika oliy o'uv yurtlari va dorilfununlar talabalari uchun O'quv qo'llanma. - Toshkent, O'qtuvchi, 1996, - 301-bet.
3. Mahkamov U, Tillaboeva N, Tillaboeva SH. Pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma. T.: 2003 y
4. Uljaevna, U. F. (2020). Didactic games in preschool educational system. Проблемы современной науки и образования, (4-2 (149)), 27-29.
5. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. (2021). Development and education of preschool children. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(2), 326-329.
6. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. DOI: 10.5958/2249-7137.2021. 00358. X "Development and education of preschool children" ACADEMICIA. An International Multidisciplinary Research Journal.(Double Blind Refereed & Peer Reviewed Journal). ISSN, 2249-7137.
7. O'rinova, F. (2019). REPORT ON PROBLEMS IN THE PRE-SCHOOLS OF ORGANIZATIONAL PREVENTIVE CENTERS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(11), 311-315.
8. Oljayevna, O., & Shavkatovna, S. (2020). The Development of Logical Thinking of Primary School Students in Mathematics. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(2), 235-239.
9. Уринова, Ф. У., & Эркинова, Ш. Ё. (2013). Значение инновационной индивидуальной работы в повышении эффективности самостоятельной учебной деятельности студентов. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (12-2).