Научная статья на тему 'BO’LAJAK TARBIYACHILARNING KOMUNIKATIV KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA MENTAL ARIFMETIKADAN FOYDALANISH'

BO’LAJAK TARBIYACHILARNING KOMUNIKATIV KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA MENTAL ARIFMETIKADAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
209
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
komunikativ faoliyat / kompetentlik / mental arifmetikasi / ijodiy fikrlash / chap va o’ng yarim sharlar / mayda matorika / diqqatni jamlash konstruktivlik / kommunikativlik / tashkilotchilik. / communicative activity / competence / mental arithmetic / imaginative thinking / left and right hemispheres / fine motor skills / concentration / constructiveness / communicativeness / organization.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — R. O’Rolova, O’. Ashirova

Ushbu maqolada bo’lajak tarbiyachilarning komunikativ kompetentsiyalarini rivojlantirishda mental arifmetikadan foydalanish usullari haqida so’z boradi. Komunikativ kompetentsiya haqida ma’lumotlar berilgan, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining komunikativ kompetentligini takomillashtirishda mental arifmetikaning foydali xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF MENTAL ARITHMETICS IN THE DEVELOPMENT OF COMMUNICATION COMPETENCES OF FUTURE TEACHERS

This article talks about the methods of using mental arithmetic in the development of communicative competence of future teachers. Information about communicative competence is given, useful possibilities of mental arithmetic in improving the communicative competence of a teacher of a preschool educational organization are highlighted.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK TARBIYACHILARNING KOMUNIKATIV KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA MENTAL ARIFMETIKADAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BO'LAJAK TARBIYACHILARNING KOMUNIKATIV KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA MENTAL ARIFMETIKADAN FOYDALANISH O'rolova Roziya Abdukarim qizi

Guliston davlat universiteti 2- bosqich magistranti Ashirova O'g'iloy Abduvali qizi

Guliston davlat universiteti 2- bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7130324 Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak tarbiyachilarning komunikativ kompetentsiyalarini rivojlantirishda mental arifmetikadan foydalanish usullari haqida so'z boradi. Komunikativ kompetentsiya haqida ma'lumotlar berilgan, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining komunikativ kompetentligini takomillashtirishda mental arifmetikaning foydali xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: komunikativ faoliyat, kompetentlik, mental arifmetikasi, ijodiy fikrlash, chap va o'ng yarim sharlar, mayda matorika, diqqatni jamlash konstruktivlik, kommunikativlik, tashkilotchilik.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕНТАЛЬНОЙ АРИФМЕТИКИ В РАЗВИТИИ КОММУНИКАТИВНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ Аннотация. В данной статье говорится о методах использования ментальной арифметики в развитии коммуникативной компетентности будущих педагогов. Приведены сведения о коммуникативной компетентности, выделены полезные возможности ментальной арифметики в совершенствовании коммуникативной компетентности воспитателя дошкольной образовательной организации.

Ключевые слова: коммуникативная деятельность, компетентность, ментальная арифметика, образное мышление, левое и правое полушария, мелкая моторика, концентрация, конструктивность, коммуникативность, организованность. USE OF MENTAL ARITHMETICS IN THE DEVELOPMENT OF COMMUNICATION

COMPETENCES OF FUTURE TEACHERS Abstract. This article talks about the methods of using mental arithmetic in the development of communicative competence offuture teachers. Information about communicative competence is given, useful possibilities of mental arithmetic in improving the communicative competence of a teacher of a preschool educational organization are highlighted.

Keywords: communicative activity, competence, mental arithmetic, imaginative thinking, left and right hemispheres, fine motor skills, concentration, constructiveness, communicativeness, organization.

KIRISH

Kommunikativlik - bu tarbiyachi- pedagogning alohida xususiyati bo'lib, unda o'quvchilar va hamkasblari bilan o'zaro hamkorlik muloqoti nazarda tutiladi. Bunda pedagogik faoliyatning samaradorligi uning muloqotchanligiga bog'liq bo'ladi. Muloqot didaktik asosga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Shu bilan birga bu komponent tarbiyachining bolalar bilan muloqotda bo'lishiga, o'quvchilarga yondashish uchun to'g'ri yo'l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq o'zaro aloqa bog'lashga, pedagogik shaklning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatidir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Kommunikativ kompetentlik - ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, tarbiyalanuvchilar, o'quvchilar hamda talabalar bilan samimiy muloqotda bo'lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta'sir ko'rsata olish.

"Kompetentlik" tushunchasi ta'lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni anglatadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Kommunikativ kompetensiya:

- o'z fikrini og'zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

- o'zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;

- muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o'z pozitsiyasini himoya qila bilish.

Mental arifmetikasi -bu yuqori sifatli dastur bo'lib,matematik amalni miyada

kalkulyatordan ham tezroq hisoblashni o'rgatadi. Mental arifmetika dasturi quyidagi malakalarni rivojlantirishga yordam beradi.

Diqqatni jamlash;

Mantiq;

Tasavvur qilish;

Analitik fikrlash;

Ijodiy fikrlash;

Mental arifmetika mayda motorika va aniq arifmetik harakatlar yordamida ikkala yarimsharlarni rivojlantirishga ko'mak beradi. Bo'lajak tarbiyachilarning komunikativ kompetentsiyalarini rivojlantirishda, bolalar aqliy faoliyatini o'stirishga yordam berib, faollik va tashabbuskorlik jihatlarini o'stiradi.

Barmoq uchlarini mashq qildirib, miya hujayralarini yaxshi ishlashiga biz mental arifmetika ham juda katta foyda berishini aytmoqchimiz. Bo'lajak tarbiyachilar ota- onalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yib, bolani yoshligidan qo'l motorikasini rivojlantirishga ko'maklashishimiz kerak. Qanday deysizmi? Ota- onalarga, mayda matorika va mental arifmetikaning foydali xususiyatlari haqida ma'lumot berish orqali, misol uchun bola go'dakligidan turli xil narsalarni ushlashga, o'ynashga harakat qiladi, unga imkoniyat yaratib berish kerak. Keyin bola biroz katta bo'lib, emaklashga harakat qiladi ba'zi ota- onalar bolasini emaklashini istamaydi va majburan yurishga undaydi, bu juda yomon. "Ota- onalarning bunday majburlashlari oqibatida bola bir muhim rivojlanish davridan mahrum bo'ladi va bu bolada turli kamchiliklar keltirib chiqarishi mumkin. Axir emaklash miya rivojlanishiga, bo'yin mushaklarini faollashuviga, nutq qobiliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. Bu bosqichni "sakrab" o'tkazib yuborish mumkin emas."

Zamonaviy tibbiyotda qayd etilishicha, emaklash bosqichini o'tkazib yuborgan yoki tez o'tkazgan bolalar o'z tengqurlaridan nutqning rivojlanish darajasi bo'yicha ancha orqada bo'ladilar.

Bola emaklayotganda uning barmoqlari faol harakatda bo'ladi, bu orqali esa unda mayda motorika yaxshi rivojlanadi, nutqning rivojlanishi mayda matorika bilan uzviy bog'liq,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

shifokorlarning ta'kidlashicha, barmoq uchi va o'z harakatlarini boshqarish ko'nikmasi miyaning nutq uchun javob beruvchi qismlari bilan bevosita bog'liqdir. Bu kabi ma'lumotlami biladigan soha mutaxasisi sifatida biz farzandlarimizni ko'proq emaklashi tarafdori bo'ldik.

Mashg'ulotlarni mental arifmetika usullaridan foydalanish asosida tashkil etish tarbiyalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi, ularni passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi, o'ziga bo'lgan ishonchni oshiradi, eng sust o'zlashtiruvchi bolalarni ham ilhomlantirgan holda harakatlantiradi. Ammo buning uchun tarbiyachilar mental arifmetika bilimlarini yaxshi egallagan bo'lishlari kerak.

MUHOKAMA

Xulosa qilib shuni aytish mumkiki, bo'lajak tarbiyachilarning komunikativ kompetentsiyalarini rivojlantirishda mental arifmetikadan foydalanish tarbiyachilar, ularning ota-onalari, hamkasblari oldida uning hurmatini oshishiga olib keladi. Bunday yangi bilimlarni egallagan tarbiyachi pedagogik faoliyatning samaradorligi oshiradi. Shu bilan birga mental arifmetika bilan shug'ullangan bolalarda:

1. Kuchli tasviriy va eshitish xotirasiga ega bo'ladi.

2. Bir vaqtning o'zida tahliliy va ijodiy qobiliyat rivojlanadi.

3. Chet tillarini oson o'zlashtirish qobiliyati rivojlanadi.

4. Xayolda tez hisoblash va matematik bazaga ega bo'ladi.

5. O'ziga ishonch hissi kuchayadi.

6. E'tiborni jamlay oladi.

7. Chap va o'ng miya yarim sharlar uyg'unlikda rivojlanadi.

Tarbiyalanuvchida bunday o'zgarishlarni ko'rgan ota- onasi ham, tarbiyachining pedagogik jamoasi ham bunday bilimlarga ega bo'lgan tarbiyachiga nisbatan hurmati oshadi, tarbiyachining endi ular bilan muloqotga kirishishi osonlashadi.

XULOSA

Hozirgi kunda yurtimizda mental arifmetikaga e'tibor kuchayib bormoqda, tez- tez hududlarda mental arifmetika olimpiadalari o'tkazib kelinmoqda. Olimpiadalarda ishtirok etkan bolalarda o'ziga bo'lgan ishonch ortadi, bilim olishga ishtiyoq kuchayadi. Shuning uchun bu soha jadal rivojlanib bormoqda.

Tarbiyachilar ta'lim berishda mental arifmetika orqali komunikativ kampetentsiyalarini oshirib, tarbiyalanuvchilarni turli ko'nikmalarni egallashiga, tahliliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishiga yordam berishsa, ular kelajakda ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy hayotlarida samarali faoliyat olib borishadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. -T.: "O'zbekiston", 2017. 47-b.

2. Masaru Ibuka: "Uchgacha ayni vaqti". Toshkent "Akademnashr"2021.

3. Masaru Ibuka "Uchdan keyin kech" Toshkent. "Akademnashr"2021.

4. O'rolova O'.R. "Bo'lajak tarbiyachilarning komunikativ kompetentsiyalarini rivojlantirishda ro'lli o'yinlardan qanday foydalanish". Ustozlar uchun. 2022.

5. Ashirova O'.A "Bolalarni aqliy rivojlantirishda erta ta'limning ahamiyati". Journal of New Century Innovations. 2022.

6. Ashirova O'.A, Mavlonova Sitorabonu "Bolalarni aqliy faoliyatini yuksaltirish va ularning mustaqilligini rivojlantirishda erta ta'lim, mayda matorika hamda mental arifmetikaning o'rni". ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ. 2022.

7. Ashirova O'. A, Mavlonova S. A. "Ilk yoshdagi bolalarda emaklashning ahamiyati" maqolasi. Uzbekistan, Tashkent. "RESEARCH AND EDUCATION" ilmiy tadqiqotlar markazi 2022.

8. Jumaev A. O'qituvchi shaxsi shakllanishining ayrim masalalari. Pedagogik ta'lim. -Toshkent, 2007. - № 4. - B. 33-37.

9. Axmadaliyev Murodjon. Pedagogika tizimida o'qituvchilarning kasbiy- metodik tayyorgarligini shakllantirish xususiyatlari. hozir.org. 2020.

10. N. S. Sayidahmedov, S. Abduvohidov. Kasb ta'limi o'qituvchisining pedagogik faoliyati modeli. Fan va texnologiya. 2014

11. Kolpakova N.V. Formirovanie professionalnoy kompetentnosti budushego uchitelya nachalnix klassov sredstvami razvivayushix texnologiy. Diss... kand.ped. nauk. Biysk, 2006.-217s.

12. Lomakina O.Ye. Xorijiy tillarni o'qitish tizimini loyihalashni texnologik asoslari: konsepsiya, nazariya, amaliyot. Monografiya. -Volgograd, "Peremena", 2002, 224-bet

13. https://n.ziyouz.com.

14. https://hozir.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.