Научная статья на тему 'MАKTАBGАCHА TА’LIM TАSHKILOTI TАRBIYАCHISINING KАSBIY KOMPETENTLIGI'

MАKTАBGАCHА TА’LIM TАSHKILOTI TАRBIYАCHISINING KАSBIY KOMPETENTLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3028
189
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kompetensiya / kompetentlik / umumiy / maxsus / ekstremal / metodik / ijtimoiy / shaxsiy / kasbiy kompetentlik / bilim / ko‘nikma / rivojlanish. / competence / competence / general / special / extreme / methodical / social / personal / professional competence / knowledge / skills / development.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xoliqova Rahima Rasuljonovna

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisida kasbiy kompentlikni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha nazariy bilimlar va uslubiy ko‘rsatmalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROFESSIONAL COMPETENCE OF THE TEACHER OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION

The article presents theoretical knowledge and guidelines for the formation and development of professional competence of a preschool teacher.

Текст научной работы на тему «MАKTАBGАCHА TА’LIM TАSHKILOTI TАRBIYАCHISINING KАSBIY KOMPETENTLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MАKTАBGАCHА TА'LIM TАSHKILOTI TАRBIYАCHISINING ^SB^

KOMPETENTLIGI Xoliqova Rahima Rasuljonovna

Farg'ona davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6749166

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisida kasbiy kompentlikni shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha nazariy bilimlar va uslubiy ko'rsatmalar berilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, kompetentlik, umumiy, maxsus, ekstremal, metodik, ijtimoiy, shaxsiy, kasbiy kompetentlik, bilim, ko'nikma, rivojlanish.

ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КОМПЕТЕНТНОСТЬ ВОСПИТАТЕЛЯ ДОШКОЛЬНОЙ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ

Аннотация. В статье представлены теоретические знания и методические указания по формированию и развитию профессиональной компетентности воспитателя дошкольного образования.

Ключевые слова: компетенция, компетентность, общая, специальная, экстремальная, методическая, социальная, личностная, профессиональная компетентность, знания, умения, развитие.

PROFESSIONAL COMPETENCE OF THE TEACHER OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION

Abstract. The article presents theoretical knowledge and guidelines for the formation and development of professional competence of a preschool teacher.

Key words: competence, competence, general, special, extreme, methodical, social, personal, professional competence, knowledge, skills, development.

KIRISH.

Ta'lim sifatinining takomillashib borishi natijasida bugungi kun yoshlarining ma'naviy qiyofasi va maqsadlari ham o'zgacha ko'rinish kasb etmoqda. Har bir yosh kadrlar o'z faoliyatini o'ziga xos yo'nalishda tashkil etish yo'llarini aniqlashga intilib bormoqda. Shu o'rinda maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari hamda ushbu faoliyatga kirib kelayotgan bo'lajak tarbiyachilar ham o'zida kasbiy layoqatni oshirish uchun tinimsiz izlanishda davom etmoqdalar.

Zamon rivojlanib borar ekan, har bir faoliyat o'zida yangicha usullarni qo'llash zaruratini keltirib chiqaradi. Xususan, maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishning eng muhim bo'g'inida turganliklari tufayli, mazkur yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi pedagoglar zimmasiga chuqur mas'uliyatni yuklaydi. Bu mas'uliyatli vazifani samarali ado etishda tarbiyachi o'zida kasbiy kompetenlikni shakllantirgan bo'lishi g'oyatda muhimdir.

Kompetenlik - kasbiy mahorat belgisi sifatida pedagogdan talab qilinayotgan xususiyatdir. "Kompetentlik" so'zining ma'nosi xabardorlik, obro', o'z sohasi bo'yicha keng qamrovli tushuncha va tajribaga ega bo'lish bilan belgilanadi. Kompetentsiya-shaxsiy sifat bo'lib, turli xil vaziyatda pedagogik faoliyat va ijtimoiy hayotda ifodalanadigan qobiliyat, bilim, ko'nikma va malaka hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

"Kompetentsiya" va "kompetentlik" atamalari o'zakdosh so'zlar bo'lib, ular g'arb ilmiy adabiyotida XX asrning 60 yillari oxiri, 70 yillarda paydo bo'ldi. "Kompetentsiya" atamasi milliy pedagogikada XX asrning 90 yillaridan e'tiboran ishlatila boshlandi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ta'lim jarayonida kompetentli yondashuv asosida faoliyat olib borish nazariyalari g'arb olimlari J. Raven, L. Stross, J. Moreno, S.G. Vershlovskiy, Yu.N. Kulyutkin , V.Yu. Krichevskiy, A. V. Xutorskiy, V.A. Slastenin kabilar tomonidan ilgari surilgan.

O'zbek olimlaridan M. Ochilov, N. Sayidahmedov, U. Inoyatov, E. G'oziev, N.N. Azizxodjaeva, N.A.Muslimovlar kompetentlikning ilmiy-nazariy asoslarini yoritib berdilar.[4]

Mazkur olimlar kompetentlikning tuzilishi, turlari va shakllanish bosqichlarini ko'rsatib berganlar. "Kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchalarining umumiylik va farqli jihatlari yoritilib, kompetensiyaning umumiy va maxsus ko'rinishlari farqlangan.

Pedagog kasbiy kompetentligini A.K.Markova quyidagi to'rt jihatini ajratib ko'rsatadi:

1. Maxsus yoki kasbiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish).

2. Ijtimoiy kompetentlik (qo'shimcha faoliyatni hamkorlikda tashkil etish).

3. Shaxsiy kompetentlik (o'z-o'zini rivojlantirish, o'z-o'zini namoyon etish).

4. Individual kompetentlik (o'z-o'zini boshqarish, kasbiy rivojlanish va yangiliklar yaratish).

Pedagog kasbiy kompetentligining to'rt jihati (B.Nazarova):

1. Maxsus kompetentlik (kasbiy faoliyatini yuqori darajada tashkil etish). 2. Ijtimoiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni hamkorlikda tashkil etish, ijtimoiy mas'ullik).

3. Autokompetentlik (o'zini ijtimoiy-kasbiy rivojlantira olish).

4. Ekstremal kasbiy kompetentlik (kutilmagan vaziyatlarda ishlay olish)[6]

Mazkur ilmiy nazariyalar shu kunga qadar olimlar tomonidan ilgari surilgan bo'lib, bugungi kunda ham izlanishlar davom etmoqda. Xususan, tarbiyachining kasbiy kompetentligi, uni shakllantiruvchi jihatlar, rivojlantirish usullari borasida amaliy va ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi. Kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondashish, o'zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olishdir.

Kreativ kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo'ladi:

- muqobil yo'llarni ko'ra olish;

- oddiy va yagona to'g'ri bo'lib ko'ringan holat, fikrlarga tanqidiy yondasha olish;

- yuzaki xulosalardan qochish;

- muammoni chuqur anglab yeta olish;

- istiqbolli fiklay olish;

- an'anaviy bo'lib qolgan va ko'plab mutaxassislar tomonidan tan olinayotgan pedagogik g'oyalarga ko'r-ko'rona ergashishdan qochish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

- tanish ob'ektlarda yangi, kutilmagan tomonlarni kashf eta olish;

- qiyinchiliklardan cho'chimasdan yangilik yaratish va tatbiq qilishga tayyorlik.

Kasbiy kreativ kompetensiyaga ega mutaxassis:

- o'z bilimlarini izchil boyitib boradi;

- yangi axborotlarni o'zlashtiradi;

- davr talablarini chuqur anglaydi;

- yangi bilimlarni izlab topadi, ularni qayta ishlaydi va o'z amaliy faoliyatida samarali qo'llaydi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisida kasbiy kompetensiyani shakllantirish va rivojlantirishda kasbiy kompetenlik sifatlarini pedagog shaxsiy xislatlari bilan muvofiqlashuviga e'tibor qaratish lozim. Pedagogning xulq-atvori va qiziqishlari uning kasbiy yuksalishida ta'sir ko'rsatadi. O'z kasbiga nisbatan mehr, doimiy izlanish va aniq maqsadlar orqali harakatlanish kasbiy kompetenlikni takomillashtiradi.

Tarbiyachining kasbiy kompetentligini ko'rsatuvchi sifatlar quyidagilar sanaladi:

- Pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo'lish;

- O'z ustida ishlash;

- Ta'lim jarayonini rejalashtirish, bolalar bilimini baholay bilish;

- Bolalarda motivatsiyani shakllantirish;

- AKTni bilish;

- Ta'lim faoliyatiga yangilik kiritish;

- Bolalar yosh xususiyatlari va individual ishlash yo'llarini mukammal bilish;

- Xorijiy tillar va zamonaviy sohalardan biri haqida xabardor bo'lish.

Kasbiy kompetentsiyani shakllanishi o'z-o'zini tahlil qilish, zarur narsalarni anglash, o'zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash, o'zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish bosqichlarini qamrab oladi. TADQIQOT NATIJALARI

Tarbiyachilarda kasbiy kompetensiyani rivojlanishini aniqlashda, kasbiy kompetensiya moduli yaratiladi. Ya'ni, bunda kasbiy kompetenlikni tashkil qiluvchi muhim kompanentlarni aniqlashdan oldin, uning yaxlit manzarasi yaratiladi. Kasbiy bilim va tushunchalarni egallashdan avval kasbga nisbatan mehr va qiziquvchanlik aniqlashtiriladi. Qachonki, kasbiy faoliyat egasi o'z faoliyatiga mehnat deb emas, sevimli mashg'ulot sifatida qarasa unda ijodiy qobilyat rivojlanib boradi. Kasbiy kompetensiya moduli bu - qiziqish va ishtiyoq bilan kasbiy bilim va tushunchalarni egallash, bilimlarni amaliy faoliyatda qo'llash asosida kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirish va faoliyatni qadriyat sifatida baholashga erishishdan iborat. Mazkur modul egasiga aylanish kasbiy faoliyatda duch kelinadigan turli holatlarda samarali yechimlardan avtomatik foydalanish ko'nikmasini vujudga keltiradi.

Maktabgacha ta'lim bolani yangi hayot pog'onasiga tayyorlashdek muhim vazifani bajaradi. Bolaning ijtimoiy hayotga kirib borishining dastlabki bosqichi tabiiyki, oson kechmaydi. Chunki bola faqatgina ota-onadan iborat bo'lgan tor doiradan tashqariga chiqadi va jamoaviy hayotga qo'shiladi. Bu jarayon turlicha individual xususiyatli bolalarga turli xil ta'sir ko'rsatadi. Tarbiyachining vazifasi bolaning jismoniy va ruhiy xususiyatlaridan kelib chiqib, uni jamoaviy hayot tarziga ko'niktirish va jamoada erkin yashash malakasini shakllantirishdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Jamoaviy muhit bolada ijobiy xislatlarni vujudga kelishiga turtki bo'ladi.

MULOHAZA

Kasbiy kompetentlik sifatlariga quyidagila kiradi:

1.Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko'rsatish ko'nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub'ektlar bilan muloqotga kirisha olish.

2.Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo'lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko'zga tashlanadi. Ular o'zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:

2.1) psixologik kompetentlik - pedapsixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o'z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;

gogik jarayonda sog'lom

2.2) metodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta'lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to'g'ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo'llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo'llash;

2.3) informatsion kompetentlik - axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma'lumotlarni izlash, yig'ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o'rinli, samarali foydalanish;

2.4) kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, o'zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;

2.5) innovatsion kompetentlik - pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta'lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish;

2.6) kommunikativ kompetentlik - ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo'lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta'sir ko'rsata olish.

3. SHaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy o'sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o'z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.

4. Texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg'or texnologiyalarni o'zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.

5. Ekstremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to'g'ri harakatlanish malakasiga egalik.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllanishi va rivojlanishida ularning nazariy va amaliy tajribalarga asoslangan bilimlarni chuqur egallab borishlari bilan bog'liq. Tarbiyachilarning kasbiy kompetentlik shkalasi bo'yicha o'zini rivojlantirib borishi asosida ularda kasbiy kompetensiyani tarkib topib borishiga erishiladi. Doimiy ravishda kasbiy o'sishga erishish va kasbiy malakani oshirib borish, kasbiy faoliyatda o'z ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqara olish, mustaqil

ravishda kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, odatiy kasbiy-pedagogik vazifalarni to'g'ri hal qilish va o'z mehnatining natijalarini real baholash malakasiga egalik, mutaxassisligi bo'yicha yangi bilim va ko'nikmalarni mustaqil ravishda izchil o'zlashtirib borish qobiliyatiga egalik kabi bosqichlar asosida o'z imkoniyatlarini o'lchovdan o'tkazish vas hu asosida o'z oldiga yangi vazifa va maqsadlarni belgilab olish mumkin.

1. Asqarova O'.M. Pedagogika: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik / O'.M. Asqarova, M. Xayitboyev, V.S. Nishonov; O'zR oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi. - T.: "Talqin", 2018. - 288 b.

2. Abdullaeva SH.X. Pedagog professional kompetentliligini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari: Psixol.f.d. (DSc) ... dis-ya avtoreferati: 19.00.05. - T.: O'zMU, 2019. - 61 b.

3. Raven Dj. Kompetentnostb v sovremennom ob^estve: vwyavlenie, razvitie i realizatsiya / Raven Dj. Per. s angl. - M. : Kogito-TSentr, 2002. - 396 s. - ISBN 5-89353-052-7

4. Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. - T.: OPI, 2003. 89 b.

5. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005 103 b.

6. Husanov B., G'ulomov V. Muomala madaniyati / Darslik. - T.: "Iqtisod-moliya", 2009. 59

7. F.A.Boltayeva. The Essence of Integrating Innovative Technologies in Preschool Education.

https://literature .academi cjournal.io/index.php/literature/article/view/256

8. Khallokova, M. E. (2018). Important Aspects of Establishing Non-State Educational Institutions. Eastern European Scientific Journal, (2)

9. Khallokova, M. (2022). Modernization of the education system in non-governmental educational institutions. Society and Innovations, 3 (1), 151-157.

Foydalanilgan adabiyotlar

b.

Pindus Journal Of Culture, Literature and ELT.

110 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.