INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
ZAMONAVIY MAKTAB O'QUVCHILARNI MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA KOGNITIV-PSIXOLOGIK TO'SIQLARNING TASIRI
© H.T. To'xtayev
1H
flDenov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Denov, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: ushbu maqolada o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirish masalalari yoritilgan. Maqolada tarbiya jarayonining inson xulq-atvoriga, ichki kechinmalariga va ijtimoiy munosabatlariga ta'siri tahlil qilinadi.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - ma'naviy-axloqiy tarbiya jarayonlarini takomillashtirish, psixologik to'siqlarni bartaraf etish va o'quvchilarda ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni shakllantirish uchun samarali usullarni aniqlashdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot davomida ma'naviy-axloqiy tarbiyaga oid adabiyotlar va psixologik manbalar tahlil qilingan. Shuningdek, psixologik to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan metodlar sinovdan o'tkazilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, o'quvchilarda ma'naviy-axloqiy ko'nikmalarni shakllantirish nafaqat dars jarayonida nazariy bilimlarni o'zlashtirish orqali, balki ularning amaliy faoliyatida ham namoyon bo'ladi. Psixologik to'siqlarni bartaraf etish jarayoni tarbiyaning samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi tasdiqlandi.
XULOSA: ma'naviy-axloqiy tarbiyani takomillashtirish o'quvchilarda ijtimoiy -madaniy qadriyatlar va mustaqil fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Psixologik to'siqlarni aniqlash va ularning oldini olish bu jarayonning muvaffaqiyatini ta'minlaydi.
Kalit so'zlar: ma'naviy-axloqiy tarbiya, psixologik to'siqlar, ta'lim jarayoni, ijtimoiy qadriyatlar, mustaqil fikrlash, tarbiya samaradorligi.
Iqtibosuchun: To'xtayev H.T. Zamonaviy maktab o'quvchilarini ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda kognitiv-psixologik to'siqlarning tasiri.// Inter education & global study. 2024. №9(1). B.500-505.
ВЛИЯНИЕ ПОЗНАВАТЕЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ ПРЕПЯТСТВИЙ В ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОМ ВОСПИТАНИИ СОВРЕМЕННЫХ ШКОЛЬНИКОВ
© Х.Т. Тухтаев1 и
1 Институт предпринимательства и педагогики Денова, Денов, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье рассматриваются вопросы совершенствования духовно -нравственного воспитания учащихся в условиях современного общества. особое
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)
Nmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
внимание уделено влиянию воспитательного процесса на формирование личности, её поведение и социальные отношения.
ЦЕЛЬ: основная цель исследования — разработка методов и подходов, направленных на устранение психологических барьеров и совершенствование процесса духовно-нравственного воспитания учащихся.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: исследование проводилось на основе анализа литературных источников по вопросам воспитания и психологических барьеров, а также изучения педагогических методов, способствующих формированию духовно -нравственных ценностей.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты исследования показывают, что успешное духовно-нравственное воспитание требует не только усвоения теоретических знаний, но и их применения в практике. устранение психологических барьеров способствует повышению эффективности воспитательного процесса и формированию у учащихся устойчивых нравственных качеств.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: совершенствование духовно-нравственного воспитания учащихся является важным элементом образовательного процесса, способствующим их личностному росту и формированию моральных ценностей. Выявление и устранение психологических барьеров позволяет добиться значительного повышения качества воспитания.
Ключевые слова: духовно-нравственное воспитание, психологические барьеры, образовательный процесс, моральные ценности, личностный рост, воспитание.
Для цитирования: Тухтаев Х.Т. Влияние познавательных и психологических препятствий в духовно-нравственном воспитании современных школьников.// Inter education & global study.2024. №9(1). С. 500-505.
THE EFFECT OF COGNITIVE-PSYCHOLOGICAL OBSTACLES IN THE SPIRITUALMORAL EDUCATION OF MODERN SCHOOL STUDENTS_
©Hasan T. Toxtayev1®
1Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy, Denov, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article explores the improvement of moral and ethical education for students in the context of modern society. it emphasizes the impact of education on personality development, behavior, and social relationships.
AIM: the primary aim of the study is to identify effective methods for overcoming psychological barriers and enhancing the moral and ethical education process for students.
MATERIALS AND METHODS: the study is based on the analysis of literature on moral and ethical education and psychological barriers, alongside the exploration of pedagogical methods fostering the development of moral and ethical values.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY_|
DISCUSSION AND RESULTS: the findings indicate that successful moral and ethical education requires not only theoretical knowledge acquisition but also its practical application. addressing psychological barriers enhances the efficiency of the educational process and fosters stable moral qualities in students.
CONCLUSION : improving moral and ethical education for students is a crucial component of the educational process, contributing to their personal growth and the establishment of moral values. identifying and eliminating psychological barriers significantly enhances the quality of education.
Key words: moral and ethical education, psychological barriers, educational process, moral values, personal growth, education improvement.
Bugungi globallashuv jarayonida o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirish inson kamolotining asosini tashkil etadi. Chunki ma'naviy-axloqiy tarbiya kishining xatti-harakatida, odobida, ichki kechinmalarida va, ayniqsa, insonlarning bir-biriga bo'lgan munosabatlarida, g'amxo'rliklarida, hurmat qilishlarida, bilimlarida, his -tuyg'ularida, xulq-atvorlarida, namunali faoliyatlarida namoyon bo'ladi. Ma'naviy-axloqiy tarbiya tuzilishining asosini inson faoliyati tashkil etadi. Chunki faoliyat - bu insonni o'rab turgan dunyoga bo'lgan munosabatining o'ziga xos xususiyatlari, bir maqsadga qaratilgan hayot mazmunidagi o'zgarishlar, tuzatishlar kabilarni tashkil etadi. Faoliyatning asosiy ish turi mehnat hisoblanadi. U insonning jismoniy va ma'naviy rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Mehnat insonning muloqot, o'qish faoliyatlari bilan chambarchas bog'liq.
Psixologik to'siq insonning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquvchi va uning faolligi to'sqinlik qiluvchi psixologik tabiatning ichki to'siqlari sifatida ham tavsiflanadi. Psixologik to'siq organizm darajasida insonning individual xususiyatlari: temperament, neyrodinamik xususiyatlar, tormozlanish va qo'zg'alish jarayonlarining tezligi va hakozalar bilan bog'liq psixik holatlarda namoyon bo'ladi. To'siqlar salbiy hissiy tajribalar, jamiyatning ijtimoiy me'yorlari va talablariga mos bo'lmagan reaksiyalar yoki individual psixologik xususiyatlar shaklida ifodalanishi mumkin va tashvishlanish, ikkilanish, xato qilishdan qo'rqish, shuningdek, o'ziga nisbatan bahoning pastligi va hatto agressiya sifatida ham his qilinishi mumkin. To'siqlar har qanday faoliyatning samaradorligini pasaytiradi, chunki ular stress, noaniqlik va salbiy hissyotlar paydo bo'lishiga hissa qo'shadi, shuning uchun inson vaziyatga etarlicha javob bera olmaydi va turli sohalarda qiyinchiliklarga duch keladi. Psixologik to'siq - bu shaxsning ichki e'tiqodlari bilan mos kelmaydigan holat bo'lib, u o'z maqsadiga erishish, boshqalar bilan muloqot qilishda ochiq bo'lish qiyinlashadi. Modomiki har qanday harakat kuchli hissiy zo'riqishga olib keluvchi ichki qarama-qarshi xarakterga ega ekan, ushbu holatni boshdan kechirish
Forcitation: Hasan T. Toxtayev (2024)'The effect of cognitive and psychological obstacles in the spiritual and moral education of modern schoolchildren ' media competence, (9(1)), pp. 500-505. (In Uzbek).
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
insonning harakatni muvaffaqiyatli bajarishiga to'sqinlik qiladi va faoliyatni amalga oshirish to'xtashiga yoki buzilishiga olib keladi.
O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirish - bu o'z-o'zini boshqarish, o'z-o'ziga doimo tanqidiy qarash, kamchiliklarni o'zidan qidirish, o'z-o'ziga talabchan bo'lish; hamma joyda aniq ishlarni vijdonan bajarish, o'z-o'zini tarbiyalash, bunda kuchli va kuchsiz tomonlarni aniqlash, axloqiy tarbiyalanganligini, bilimlarni yaxshi egallaganligi, axloqiy tuyg'ularning rivojlanganligi, maqsadga intilish, dovyuraklik va hal qiluvchanlik, mustaqil fikrga ega bo'lish, talabchanlik, tashabbuskorlik, mustaqillik, o'z -o'zini idora qilish va tuta bilish tashkil etadi.
Ma'naviy-axloqiy bilimlar o'quvchi faoliyatida ma'naviy ko'nikma va malakalarni shakllantiradi. Demak, ma'naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirish o'quvchilarning maktabda turli ijtimoiy-gumanitar fanlar asoslarini egallashlari borasida paydo bo'ladi. Ma'naviy-axloqiy bilim orqali ma'naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirishga erishiladi. Hayotda, tajribada bilimlilik bilan bilimsizlik ma'naviy-axloqiy tarbiyaning barobar emasligini ko'plab uchratish mumkin. Buning isbotini Imom al-Buxoriy rivoyat qilgan «Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay» yoki «Beshikdan qabrgacha ilm izla» hadislarida ko'rishimiz mumkin. Bilim - o'quvchilarning axloqiy me'yorlarida aloqalari va munosabatlarida namoyon bo'ladi. O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirishda ta'lim-tarbiya jarayoni mazmuni, shakl va metodlarini takomillashtirish alohida o'rin egallaydi. Bu o'qituvchining bilim saviyasiga, pedagogik mahoratiga, san'atkorligi, salohiyatiga bog'liq. O'quvchining darslarda olgan nazariy bilimi, amaliy ko'nikma va malakalari ularning turmushida, xulq-atvorida, jamiyatdagi kishilarga bo'lgan munosabatida namoyon bo'ladi. Ma'naviy-axloqiy tarbiya har bir shaxsni madaniyat, ma'rifat dunyosiga olib kiradi.
Ma'naviyat insonni kamolotga yetkazuvchi eng noyob sifat va fazilatlardir, ana shu insoniy fazilatlar bilan shakllangan barkamol inson jamiyat taqdirida muhim ahamiyat kasb etadi.
Inson ma'naviyatining mohiyati bir-biri bilan uzviy bog'langan aqliy, axloqiy, ilmiy-amaliy, mafkuraviy fazilatlarning yaxlit tizimi ekanligini unutmasligimiz darkor. Vatanparvarlik, millatparvarlik, milliy iftixor tuyg'ulari, ona tiliga hurmat, tabiatni muhofaza etish, har qanday sharoitda ona yurt ma'naviyatini, davlatimiz mustaqilligini qo'llab-quvvatlash, sharqona urf-odatlarimizga, qonunlarimizga, milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qarash va himoyalash, shu bilan birga, g'arb davlatlarining millatimiz, dinimiz va urf-odatlarimizga yot g'oyalariga qarshi kurashishga qodirligi kabi xislatlarning hammasi ma'naviyat bilan bog'liq. Bu o'z navbatida axloq bilan bog'lanib ketadi.
Axloq - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib ta'lim muassasasi o'quvchilarida halollik, poklik, adolatlilik, saxovat, e'tiqod, burch, vijdon, olijanoblik, fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantiradi. Axloq keng qamrovli tushuncha sifatida inson faoliyatining hamma jabhalariga ta'sir ko'rsatadi. Axloq hamma sohada: o'qishda, ishlab chiqarishda, turmushda, oilada, bo'sh vaqtda kishilar xulq-atvorini, insoniy muomala va munosabatlarini tartibga soladi. Axloq ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan farq qilib
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ijtimoiy, iqtisodiy, Isiyosiy, ma'naviy vazifalarni bajaradi. Jamiyatni mustahkamlashda kishilarni yagona maqsadga yo'naltirishda muhim o'rin tutadi.
Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim o'rin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, ma'naviy qiyofasini shakllantirish - jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan, deb bilganlar. Inson axloqiy, umuman, ma'naviy va ma'rifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan: johillikdan odillikka, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka o'tarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido - yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolotning o'zaro kurashi ta'sirida inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida o'zini anglashiga olib kelgan. Bu ikki muqobil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan qalb, aql bilan aqlsizlik, yaxshilik bilan yomonlik o'rtasidagi kurashda ifodalanadi.
Barkamol avlodning ma'naviy-axloqiy tarbiyasiga asosiy omil bo'lib xizmat qiladigan manbalar - bu Islom dinining muqaddas kitobi (Qur'oni karim) hamda buyuk vatandoshlarimiz Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Al-Hakim at-Termiziy kabi muhaddis olimlarning Payg'ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning aytgan ibratli so zlari va ko'rsatmalari bayon etilgan muborak hadislari to'plamlari va ular asosida ta'lim-tarbiya to'g'risidagi yozilgan hamda Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Burhoniddin al-Marg'iloniy, Mahmud az-Zamaxshariy, Abu Ali ibn Sino, Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk siymolarimiz va boshqa mutafakkir allomalar to'plagan ma'naviy-axloqiy tarbiyaga oid asarlari hisoblanadi.
Axloq muayyan jamiyat va davrda o'zgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, so'nishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning o'ziga xos axloq me'yorlari bilan bir qatorda, insoniyat tomonidan qabul qilingan umumbashariy axloq me'yorlari ham bor. Bunday axloq me'yorlari jamiyatning umumiy taraqqiyoti va rivojlanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi.
Insonning ma'naviy-axloqiy tarbiyasida uning xulqqa, hodisalarga berayotgan ma'nosi muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologik to'siqlar ayni ma'no buzilishi, noto'g'ri talsqin etilishi oqibati hisoblanilib, yoshlar ma'naviy-axloqiy tarbiyasida ularning oldini olish choralarining ko'rilishi bu jarayon muvaffaqiyatini ta'minlovchi asosiy omillardan hisoblanadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Alexander HA. Education in Ideology. J. Moral Edn., 2005;34(1):118.
2. Braskamp L, Trautvetter LC, Ward K. How university fosters faith development in students? [Electronic Version]. Spiritual. Higher Edn. Newslet. 2005;2(3):1-6.
3. Chaudhury. Styles of parenting and development of moral reasoning in children. Indian Psychol. Rev. 1992;27(1):129-131.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY_|
4. Chile M, Simpson G. Spirituality and community development: Exploring the link between the individual and the collective. Commun. Develop. J. 2004;39(4):318331.
5. Garcia D, Moradi S, Amato C, Granjard A, Cloninger K. Well-being and morality. Psych. J. 2018;7:53-54.
6. Good M, Willoughby T. Adolescence is a sensitive period in spiritual development. Child Dev. Perspect. 2008;2:32-37.
7. Henry BF. Education as a Moral Activity. Presented at a Centre For Leadership Learning Dinner Seminar at the University of Calgary; c2000.
8. Chorshanbiyevich N. F. IMPACT OF COGNITIVE-PSYCHOLOGICAL BARRIERS ON THE IMPLEMENTATION OF PEDAGOGICAL INNOVATION //World Bulletin of Social Sciences. - 2023. - Т. 26. - С. 75-78.
9. Jana S Moral Development in Children: What are its stages and what you should do; c2018. https://www.momjunction.com/articles/stages-of-moraldevelopment-in-children_0082017/ retrieved on 11-1218.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Toxtayev Hasan Toshpolat ogli, tayanch doktorant, [Тохтаев Хасан Ташполат огли, докторанта.], [Hasan T. To'xtayev, doctoral student]; manzil: O'zbekiston, Surxondaryo viloyati, Denov tumani Bog' ko'chasi 112-uy ^ддрес: Узбекистан, Сурхандарьинская область, Деновский район, улица Бог, 112], [address: Uzbekistan, 112 Bog' street, Denov district, Surkhandarya region.]