Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASHNING HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASHNING HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
90
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviy meros / manaviy tafakkur / odob-ahloq / norma / munosabat / mahalla / jamoatchilik hamkorligi / ahloqiy kamolot / halollik / iymon / vijdon / ma’naviy xislatlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — To‘Xtayev Hasan Toshpo‘Latovich

Ushbu maqolada o‘quvchi-yoshlarni milliy ma’naviy meroslar asosida axloqiy tarbiyalashda Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ma’naviy merosidan foydalanish va ular orqali yosh avlodda ijobiy sifatlarni shakllantirish? tarbiyalashning hamkorlik texnologiyalari nazarda tutiladi. Shuningdek, muallif tomonidan qadriyat tushunchasi mazmuni, uning mohiyati borasidagi ilg‘or xorijiy tadqiqotlar tahlil qilingan. Qadriyat tushunchasining o‘ziga xos xususiyatlari falsafiy-psixologik tushunchalar sifatida belgilangan norma va munosabat kategoriyalaridan farqi keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASHNING HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASHNING HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARI To'xtayev Hasan Toshpo'latovich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi

doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10115460

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'quvchi-yoshlarni milliy ma'naviy meroslar asosida axloqiy tarbiyalashda Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ma'naviy merosidan foydalanish va ular orqali yosh avlodda ijobiy sifatlarni shakllantirish? tarbiyalashning hamkorlik texnologiyalari nazarda tutiladi. Shuningdek, muallif tomonidan qadriyat tushunchasi mazmuni, uning mohiyati borasidagi ilg'or xorijiy tadqiqotlar tahlil qilingan. Qadriyat tushunchasining o'ziga xos xususiyatlari falsafiy-psixologik tushunchalar sifatida belgilangan norma va munosabat kategoriyalaridan farqi keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviy meros, manaviy tafakkur, odob-ahloq, norma, munosabat, mahalla, jamoatchilikhamkorligi, ahloqiy kamolot, halollik, iymon, vijdon, ma'naviy xislatlar.

Аннотация. В данной статье предусмотрено использование духовного наследия мыслителей Средней Азии и формирование положительных качеств у молодого поколения в нравственном воспитании учащейся молодежи на основе национального духовного наследия. Также автор проанализировал передовые зарубежные исследования содержания понятия ценности и его сущности. Отличительные особенности понятия ценности отличаются от категорий норм и отношений, определяемых как философско-психологические понятия.

Ключевые слова и фразы: духовное наследие, духовное мышление, манеры, норма, отношение, соседство, общественное сотрудничество, нравственная зрелость, честность, вера, совесть, духовные качества.

Abstract. This article envisages the use of the spiritual heritage of Central Asian thinkers and the formation of positive qualities in the young generation in the moral education of students on the basis of national spiritual heritage. Also, the author analyzed advanced foreign research on the content of the concept of value and its essence. The distinctive features of the concept of value are distinguished from the categories of norms and attitudes defined as philosophical-psychological concepts.

Keywords: spiritual heritage, spiritual thinking, manners, norm, attitude, neighborhood, community cooperation, moral maturity, honesty, faith, conscience, spiritual qualities.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2021-yilning eng muhim ustuvor vazifalari haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim"[1, 6-b] deya e'tirof etdi.

Ayni shu maqsadlarni amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son «Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori[2] qabul qilindi. Mazkur

Qarorning III- bob 10-bandida umumiy o'rta ta'lim muassasalarining I-XI sinflari uchun «Odobnoma», «Vatan tuyg'usi», «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari», «Dinlar tarixi» fanlarini birlashtirgan holda «Tarbiya» fani joriy etildi.

Butun dunyoda yoshlar ma'naviyatini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar zamirida ularni milliy ma'naviy meroslar asosida axloqiy tarbiyalashga yo'naltirilgan tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda milliy-ma'naviy meros, milliy an'ana va urf-odatlar, Islom dini va hadisshunos allomalarimizning hadis g'oyalari asosida yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari yetakchi o'rinni egallaydi. Bu esa yoshlarning dunyoviy, falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy hamda diniy tasavvurlari va tushunchalarini shakllantirish, jamiyatdagi voqea va hodisalarga ijtimoiy faol munosabatda bo'lish ko'nikmalarini oshirish bo'yicha istiqbolli ilmiy yo'nalishlarni amalga oshirishga bevosita bog'liq holda amalga oshmoqda[4].

Tarbiyaviy ishlarning rejali va aniq maqsadli bo'lishi hamda hamjihatlik bilan amalga oshirilishi axloqiy tarbiyaning muvaffaqiyatini ta'minlaydi.

Xorijlik olimlardan atoqli pedagog va adip A.S.Makarenkoning "o'nta yuqori malakali, o'z holicha ishlaydigan o'qituvchidan malakasi past, bir yoqadan bosh chiqaradigan beshta o'qituvchi afzal"[5] degan fikrini unutmaslik kerak.

Shu boisdan boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitish jarayonida milliy ma'naviy merosga tayanish, xalqimizning ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik, mehmondo'stlik kabi an'analari, andishalilik, insoflilik, mehr-oqibat, or-nomus kabi fazilatlarini chuqur o'rganish va ularni o'quvchilar qalbiga singdirish asosiy vazifa sifatida belgilab berilgan. Zero, aynan shu fazilatlar orqali, avvalo, har bir insonning o'z qalbida, so'ng boshqalar qalbida ajdodlar hayot va ijodiga nisbatan ehtirom tuyg'usini shakllantirish samarali bo'lishi ayni haqiqatdir.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga milliy meros, ma'naviy qadriyatlarni o'rgatish alohida ahamiyatga ega. Natijada, o'quvchida ularga nisbatan shaxsiy munosabat tarkib topib, asta-sekinlik bilan bolaning ma'naviy dunyoqarashi ham shakllana boshlaydi. Bugungi globallashuv davrida, o'quvchilar xalqimiz o'tmishiga hurmat mavqeidan, unga faxr hissi bilan yondashishni o'rgansalar, keyingi hayotida yangi yutuqlarga erishadilar [6].

Shuning uchun, boshlang'ich sinfdanoq o'quvchilarda milliy axloqiy sifatlarni, orzu-istaklarini, iymon-e'tiqodlarini, dunyoqarashlarini milliy ma'naviy meros asosida shakllantirib bormas ekanmiz, ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi. Buning uchun, shubhasiz, kelajagimiz bo'lmish farzandlarimizning, barkamol, axloqli bo'lib tarbiyalanishlariga erishishda faqat milliy ta'lim-tarbiya ko'nikmalariga ega bo'lishimiz darkor.

O'quvchi-yoshlarning rivojlanishi va ijtimoiylashuvida ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish asosida ularni axloqiy tarbiyalashga ehtiyoj seza boshladi.

Ma'naviy-axloqiy tarbiya bevosita "qadriyat", "axloq" tushunchalari bilan bog'liq ekan, qadriyat tushunchasining mazmun mohiyatini aniqlashtirishga urinib ko'ramiz. Faylasuf olim J.Tulenov qadriyatlarni to'rt turga bo'lgan bo'lib[7], uning muhim turlaridan biri tabiiy qadriyatlar bo'lib, unga insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan tabiiy sharoitlar: yer va yer osti boyliklari, suv, havo, o'rmonlar, o'simliklar dunyosi, hayvonlar va boshqalar, ikkinchi bir turi iqtisodiy (mehnat predmetlari, ishlab chiqarish qurollari, moddiy ne'matlar) uchinchi bir turi ijtimoiy-siyosiy (erkinlik, tenglik, adolat, tinchlik, xalqaro do'stlik), to'rtinchi bir turi ma'naviy qadriyatlar, bunga ilmiy, falsafiy badiiy, diniy g'oyalar va boshqalar kiradi.

Qadriyat tushunchasi quyidagi to'rt asosiy belgi bilan farqlanib turadi:

1. Qadriyat — bu hissiyotlar, tuyg'ular bilan chambarchas aloqador bo'lgan fikrlar hamda ishonch. Qadriyat faollashgan vaqtida u tuyg'ular bilan aralashib ketadi. Misol uchun, mustaqillik, erkinlik muhim qadriyati bo'lgan insonlar agar ularning mustaqilligi yoki erkinligi xavf ostida qolsa, bezovtalanishadi, uni himoya qila olishmasa, chuqur tushkunlikka tushishadi va undan foydalana olishsa, baxtli bo'lishadi.

2. Qadriyat inson tomonidan istalayotgan, ko'zlanayotgan, uning harakatlariga sabab bo'lib xizmat qilayotgan maqsadni anglatadi. Ijtimoiy tartib, adolat, mehr-shafqat muhim qadriyati bo'lgan insonlar ushbu maqsadlarga erishishga intilishadi.

3. Qadriyatlar transsendentdir, ya'ni ular muayyan harakat va vaziyatlar bilan chegaralanmaydi. Misol uchun, odob va rostgo'ylik qadriyatlari ham ta'limga, ham ishga, ham sportga, siyosatga, oilaga, do'stlar va boshqa insonlarga birday taalluqli bo'ladi. Bu xususiyat qadriyatni muayyan aniq harakat, ob'ekt yoki vaziyatlarga nisbatan taa'lluqli bo'lgan torroq tushunchalar: norma va munosatdan farqlab turadi.

4. Qadriyatlar standart sifatida xizmat qiladi. Ular tanlovni yoki harakatlar, hodisalar, insonlarga nisbatan bahoni (shu jumladan, insonning o'ziga nisbatan ham) boshqarib turadi. Qadriyatlar insonning o'z o'zini baholashida asos hisoblanadi.

Insonlar nima yaxshi yoki yomon ekanligi, nima adolatli yoki adolatsiz, nima qilish to'g'ri va maqsadga ega, nimadan qochish, uzoqroq yurish kerakligini o'zlarining qadriyatlariga mos, muvofiqligi yoki nomuvofiqligidan kelib chiqib hal etishadi.

5. Qadriyatlar ahamiyati jihatidan tartiblanadi, ieararxiya yaratadi va nisbatan barqaror afzalliklar tizimini hosil qiladi. Bu ierarxiyaviylik qadriyatlarni norma hamda munosabatlardan farqlab turadi.

6. Turli xil qadriyatlarning nisbiy afzalligi inson harakatlarini boshqarib turadi. Har qanday attityudda yoki xulqda ikki yoki bir necha qadriyatlar aksi bo'ladi. Misol uchun, insonning diniy muassasalarga tashrifi an'analarga, konformizmga va xavfsizlikka mos kelsa, ko'p hollarda, gedonizm va stimulyatsiya kabi qadriyatlariga putur yetkazadi[7, 8, 9].

O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirish asosida ularda bir qator sifatlar namoyon bo'ladi. Ular: o'z-o'zini boshqarish, o'z-o'ziga doimo tanqidiy qarash, kamchiliklarni o'zidan qidirish, o'z-o'ziga talabchan bo'lish, hamma joyda aniq ishlarni vijdonan bajarish, o'z-o'zini tarbiyalash, bunda kuchli va kuchsiz tomonlarni aniqlash, axloqiy tarbiyalanganligini, bilimlarni yaxshi egallaganligi, axloqiy tuyg'ularning rivojlanganligi, maqsadga intilish, dovyuraklik va hal qiluvchanlik, mustaqil fikrga ega bo'lish, talabchanlik, tashabbuskorlik, mustaqillik, o'z-o'zini idora qilish va tuta bilish tashkil etadi.

Pedagogik faoliyatda hoh u boshlang'ich sinf o'qituvchisi bo'lsin, hoh u yuqori sinf o'qituvchisi bo'lsin dars mashg'ulotlarida ma'naviy-axloqiy tarbiya mazmunini xalqimizning necha ming yillik tarixida ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan milliy-ma'naviy meroslar, an'ana va urf-odatlari, Islom dini va hadisshunos allomalarimizning ta'limiy-tarbiyaviy g'oyalari bilan boyitish maqsadga muvofiqdir. Chunki, bu usullar axloqiy tarbiya negizini tashkil etib, o'quvchilarning ma'naviy axloqiy tarbiyalashni takomillashtirishda xizmat qiladi.

Xulosa, biz yuqorida tahlil qilgan, tilga olgan ilg'or, iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakat tadqiqotchilari ham qadriyat, axloq fenomenlari mohiyati, ularni shakllantirish muammolari haqida olib borgan ilmiy tadqiqotlarida, qadriyatlar transdentligi, ya'ni ularni dunyoviy (immenent) hodisalar bilan ham, inson ongi, shuuriga, mohiyatiga xos hisoblanuvchi ilohiylik

(diniy, afsonaviy, ishonchga asoslanuvchi), ya'nikim trans sendentlik xususiyatlariga ega deb hisoblashadi. Bu holat bizga, boshlang'ich sinf o'quvchilarida ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz, bugungi avlod e'tiqodi, ishonchiga, hayot ma'nosiga asos bo'lib kelayotgan Islom dini manbalaridan, o'z hayoti, ilmiy asarlari, tajribasi bilan el-u xalqqa namuna bo'lib kelayotgan keksalar, mehnat faxriylari, din vakillari, serfarzand, serdavlat ota-onalar o'gitlari, namunasidan unumli, o'rinli foydalanish lozimligi haqidagi xulosamizni to'g'ri yo'nalishda deb hisoblashimizga imkon beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2021 yilning eng muxim ustuvor vazifalari xakidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - Toshkent, 2021 y., 25 yanvar. [Elektron resurs] https://lex/uz

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora tadbirlari to'g'risida. 2017 yil 1 dekabr // PQ-3420-son. [Elektron resurs] https://lex.uz

4. O'zbekiston Respublikasining Prezidentining Qarori. "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida". 2017 yil 28 iyul // Xalq so'zi, 2017 yil 29 iyul. PQ-3160-son. [Elektron resurs] https://lex.uz/docc/4071203

5. Pedagogika / A. Q. Munavvarovning umumiy tahriri ostida. — T.:O'qituvchi, 1996. - 280 b.

6. Adizov B.R. "Boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari", -Toshkent: «Fan», 2007. - 120 b.

7. Tulenov J. Hayot falsafasi: T.: O'zbekiston, 1993. - 340 b.

8. Schwartz S.H. Culture matters: National value cultures, sources and consequences // Chiu C._Y. et al. (eds). Understanding culture: Theory, research and application. N.Y.: Psychology Press. - p.221-229

9. Schwartz S.H. Value orientations: Measurement, antecedents and consequences across nations// Jowell R. et al. (eds). Measuring attitudes cross_nationally: Lessons from the European Social Survey. L.: Sage, 2007. P. 161—193.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.