Научная статья на тему 'QADRIYATLI YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI O‘QUVCHILARDA OB’EKTIV DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASH'

QADRIYATLI YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI O‘QUVCHILARDA OB’EKTIV DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
15
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
bugungi kun pedagogidan katta mahorat talab / tomonlama

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jamoliddin Fozilov

Ma’lumki, ta’lim-tarbiya vositasida butun insoniyatning ongi, tafakkuri, dunyoqarashi hamda insoniylik kabi xislatlari shakllantiriladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda ta’lim-tarbiya biz uchun milliy qadriyat hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida ajdodlarimiz yaratgan bebaho ma’naviy-pedagogik merosdan foydalanish va ularni yoshlar ongiga singdirish bugungi kun pedagogidan katta mahorat talab etadi. Mutaffakkirlarimiz yaratgan ma’naviy meros yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda eng muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QADRIYATLI YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI O‘QUVCHILARDA OB’EKTIV DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

QADRIYATLI YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI O'QUVCHILARDA OB'EKTIV DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHGA

TAYYORLASH Jamoliddin Fozilov

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil

izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10002906

Ma'lumki, ta'lim-tarbiya vositasida butun insoniyatning ongi, tafakkuri, dunyoqarashi hamda insoniylik kabi xislatlari shakllantiriladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda ta'lim-tarbiya biz uchun milliy qadriyat hisoblanadi.

Ta'lim-tarbiya jarayonida ajdodlarimiz yaratgan bebaho ma'naviy-pedagogik merosdan foydalanish va ularni yoshlar ongiga singdirish bugungi kun pedagogidan katta mahorat talab etadi. Mutaffakkirlarimiz yaratgan ma'naviy meros yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda eng muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

Ijtimoiy borliqda yuz bergan o'zgarishlar bo'layotgan voqea va hodisalar, tushunchalarni tadqiqot ob'ektiga aylanishiga sabab bo'ladi. Ijtimoiy borliqdagi o'zgarishlar va ularni anglash jarayonlari bir-biriga bog'liq hodisalar sifatida yangi tushunchalarni tadqiqot ob'ektiga aylantiradi. Xususan, "Qadr", "qadrlash", "qadr-qimmat", "qadrshunoslik", "qadriyat" tushunchalarining tadqiqotlar ob'ektiga aylanganini ana shunday ehtiyojlar bilan izohlash mumkin. Har bir qadriyatning negizida, mohiyati va ahamiyatida tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma'naviy taraqqiyotga ta'sir etish imkoniyatlari yotadi[5].

Milliy qadriyatlarning, millatning ijtimoiy ideallari orzu-intilishlari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, uning negizida kishilar va jamiyatning kelajak haqidagi ijtimoiy sog'lom fikrlari, tasavvurlari, orzu-umidlari, hayotiy andozalari yotadi.

Ma'lumki, milliy qadriyatlar har bir millatning fazilatlarini va tarixiy taraqqiyotini ko'rsatib beruvchi mezon hisoblanadi. Mana shunday mezon asosida o'quvchilarta'lim berish, o'zimizgagina xos bo'lgan qadriyatlar an'anasi bilan tarbiyalash muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Ma'lumki, qadriyat - bu inson va jamiyatning muayyan ehtiyojini qondiradigan, manfaatlariga xizmat qiladigan qadrli narsalar va tuyg'ulardir. Shunday ekan, o'quvchilarning o'zini-o'zi tarbiyalashida umumbashariy va milliy qadriyatlardan ta'sirchan vosita sifatida foydalanish alohida ahamiyatga ega.

So'nggi yillardagi tajribalar shuni ko'rsatadiki, farzandlarimizda xushmuomalalik, insof va iymon hamda o'zini-o'zi tarbiyalashda diniy qadriyatlar muhim vosita hisoblanadi. Shuning uchun o'quvchilarni halollik, poklik, vatan manfaatlari yo'lida fidoyilik ko'rsatish ruhida tarbiyalashda, ularga o'zliklarini anglatish va o'zlarini-o'zlari tarbiyalash ko'nikmalarini singdirishda milliy, diniy qadriyatlar muhim o'rin egallaydi[2].

Aksiologik yondashuv asosida o'quvchi-yoshlarda ob'ektiv dunyoqarashni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish zaruriyatini ham nazariy, ham amaliy jihatdan ilmiy asoslash talab etiladi. Bunday yondashuv qadriyatlarga, ular bilan bog'liq jarayonlarga nisbatan qo'llanilganida yaxshi ilmiy va amaliy natija beradi. Bunda qadriyatlar tartibsiz namoyon bo'ladigan va bir-biri bilan bog'lanmagan ijtimoiy hodisalar sifatida emas,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

balki u yoki bu davr, ijtimoiy sub'ektlar va boshqalar bilan bog'langan aksiologik sistemalar hamda ularning elementlari sifatida namoyon bo'ladi.

Bugungi kun o'quvchilarini atrofdagi qamrab olgan gadjetlar olami har tomondan yangi axborotlar bilan ta'minlab turgan bir vaqtda ma'naviyat, qadriyat haqida fikr yuritish o'quvchilarni biroz zeriktirishi mumkin. Lekin biz pedagoglar har bir muhim axborotni berish jarayonida ularni o'tmish qadriyatlari bilan tanishtirib borishga erishishimiz lozim.

Oddiygina to'g'riso'zlik, qat'iyatlilik, mas'uliyat tushunchalarining lug'aviy ma'nosini anglatishning o'ziyoq ba'zi yoshlar e'tiborini tortishi mumkin. Ammo bunday natijaga to'g'ridan to'g'ri erishish qiyin hol albatta[3].

Bizga ma'lumki, dars jarayonida o'quvchilarni mavzular doirasida kundalik hayot bilan bog'liq voqea-xodisalarga e'tiborini ortishga harakat qilamiz, bunday atrofdagi inson qadri bilan bog'liq masalalar o'quvchilarni diqqatini tortishi mumkin. Chunki hozir ko'pgina ommaviy axborot vositalarida sotsial roliklar ancha rivojlanib qoldi. Masalan, yoshi katta, boquvchisiz yoki juda qashshoq insonlarni yashash tarzi bilan bog'liq holatda unga blogerlar tomonidan yordam tashkil etish videobloklari yoki yoshlar tilida vaynlar juda ommabop tusga kirdi. Shuningdek, nogiron insonlarga jumladan, ko'zi ojiz kishilarga yordam ko'rsatish yoki aksincha e'tiborsiz qoldirish holatlari aks etgan sahnalar ham qaysidir ma'noda o'quvchini ob'ektiv yondashuvga jalb etadi.

Ta'kidlash joizki, biz kattalar ko'p holatda o'quvchi yoki bolalar uchun o'rnak bo'lishimizni unutib quyamiz. Ko'p holatlarda mardlik, to'g'riso'zlik, ishonch, mas'uliyat haqida gapiramiz, ularga mazmunini anglatishimiz bilan bir qatorda unga amal qilmasligimiz o'quvchilarni dunyoqarashlarini o'zgarishiga sabab bo'ladi.

Hozirgi davrda yoshlarni oila va unda saqlanib kelayotgan azaliy qadriyatlar ta'sirida axloqan tarbiyalash muammosi ko'plab nazariy va empirik izlanishlar predmetiga aylanmoqda. Zero, bunday yondashuv o'tmish allomalarning falsafiy-g'oyaviy qarashlari, oila va oilaviy tarbiya masalalariga bag'ishlangan o'gitlari ma'no-mohiyatiga mosdir. Sharqning buyuk mutafakkirlari sanalmish Ahmad al-Farg'oniy, Mahmud -az -Zamaxshariy, Abu Nasr al-Farobiy, Abu Bakr Muhammad ibn Al Abbos Al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi o'nlab allomalar qarashlarida bola tarbiyasida eng muhim ijtimoiy omil sifatida oila, ota-onalarning dunyoqarashlari,tarbiya uslublari va bunda jamiyat e'tirof etgan normalarning oila qadriyatlariga muvofiqligi tamoyili o'z ifodasini topgan[2].

Dunyoga dong'i ketgan qomusiy olimlarning asarlarida berilgan fikrlar zamirida ham insonning tabiat, atrof-muhit jamiyat va inson faoliyati bilan bog'liq voqea hodisalarning rivojlanib borishida qadriyatli yondashuv moohiyatiga e'tibor qaratilgan.

A.Navoiy asarlarida sadoqat, to'g'riso'zlik, ishonchni suiste'mol qilmaslik va vafo tuyg'ularini o'z g'azallari mazmuniga singdirgan. Zahiriddin Muhammad Bobur o'z asarlari Vatan sog'inchi, mas'uliyat, maqsad sari olg'a intilish kabi tushunchalarni ko'p uchratish mumkin. Shuningdek, bobokalonimiz Amir Temurning ma'naviy merosidan bizgacha etib kelgan "Temur tuzuklari" asarining tub zamirini anglagan har bir voyaga etayotgan o'quvchi shaxsi uchun ham pedagogik ham psixologik tomondan fikrlar, tarbiyaga yo'naltirilgan g'oyalar va albatta bevosita sarkardaning o'z boshidan o'tkazgan voqealarning tarbiyaviy ahamiyati yoshlarning ma'naviyat va qadriyatni anglash haqidagi tushunchalarini shakllantirish va rivojlanishga juda katta ta'sir qiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Bobokalonimiz Mirzo Ulug'bek har doim, ilm-fan va tinchlik tarafdori bo'lganlar. Ularning yulduzlar ilmiga bog'liq ko'plab asarlarida ham bevosita yoshlarning ilm olishi, ularga kitobni do'st qilish, har bir ilm oluvchi yoshidan qaty nazar ham dunyoviy va albatta diniy bilimlarni egallashga yo'naltirishi lozim deyilgan.

Xuddi shunday, farzandlarni qadriyatli yondashuv asosida tarbiyalash haqidagi qimmatli manbalar Al Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino kabi bobolarimizdan qolgan meros asarlarda o'z aksini topgan.

Ibn Sino amaliy ilmlar sifatida insonning xatti-harakatini tashkil etishga asos bo'ladigan ilmlarni tushungan. Kishilik jamiyati, muayyan bir mamlakat va xal^ni idora qilish, o'zi yashab turgan uy xo'jaligini bosh^arish, oilaviy munosabatlarni tartibga solish, shaxsning o'z-o'ziga munosabatini ifodalovchi amaliy bilimlar mutafakkirning ta'biricha ma'naviyat, odob-axlo^ haqidagi bilimlardir. Uning fikricha, ob'ektiv zaruriyat shaxsning bilim egallashga bo'lgan ehtiyojini vujudga keltiradi. Inson o'z ehtiyojlarini qondirish, vujudga kelgan muammolarni hal etishda aql-idroki, irodasi, bilimlariga tayanadi. Shaxsning bilimlari, iste'dodi, amaliy tajribasi asosida shakllangan ma'naviyat uning faoliyatini takomillashtiradi.

Ibn Sino insonlar hamisha o'zini yomon nu^sonlardan ongli ravishda tiyib yurishi kerak deb ta'kidlaydi va bunday salbiy illatlarni alo=ida ko'rsatib o'tadi: ochko'zlik, zulmkorlik, aldov, rashk, o'ch olish, tuhmat qilish kabilar. Mazkur ta'limot o'quvchilarning o'zini-o'zi tarbiyalashida muhim pedagogik ahamiyatga ega.

Yuqoridagi fikrlar zamirida mutafakkirlarning o'z asarlarida yoshlar tarbiyasiga e'tibor qaratishni ular vositasida o'quvchilarning ob'ektiv dunyoqarashlarini shakllantirish o'ziga xos ahamiyat kasb etishini ta'kidlangan. Shuni unutmaslik kerakki, uzluksiz pedagogik jarayonning asosini odob, ezgulik, rostgo'ylik, ishonch, hurmat ko'rsatish ma'naviy-axloqiy tarbiya tashkil etadi. Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida pedagogik jarayon ko'p qirrali bo'lib, ta'lim-tarbiyani o'zaro mutanosib tashkil etishni muvaffaqiyatli olib borishga tayyorlash samaradorligini oshirishga e'tiborni qat'iy talab etadi.

Umumiy holatda, pedagogik jarayonning muhim xususiyatlaridan yana biri o'quvchilar egallaydigan bilim, ko'nikma va malakalar, nazariy bilim va tushunchalar, qoidalar tizimi o'quv jarayoni faoliyatining asosini tashkil etadi. Bu borada maktabdagi o'quv predmetlari doirasidagi bilimlar, malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishi; psixologik-pedagogik keng ma'lumotga ega bo'lish, qobiliyat; pedagogik tafakkur va pedagogik odob, pedagogik texnika; g'oyaviy e'tiqod, axloqiy qiyofa, ma'naviy yuksaklik, ichki madaniyat, tashkilotchilik, sabr-toqat, matonat, pedagogik layoqatga ega bo'lish; talabchanlik, qat'iy intizom kabi xislatlarni tarkib toptirish asosiy xususiyatlardan hisoblanadi.

Shunday ekan, ta'lim bosqichining qaysi qismida bo'lmasin, ta'lim shakllarining turlaridan qat'iy nazar, o'quvchilarning ta'lim-tarbiya masalalariga e'tibor qaratish, ularni tarbiyalash qadriyatli munosabatni tashkil etishi va qadriyatli yondashuvdan foydalanishga e'tibor qaratishi, bu bevosita ulardagi ob'ektiv dunyoqarashni shakllanishi va rivojlanishiga asosi bo'lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizda qadriyatshunoslik masalalari kengroq va chuqurroq ishlana borgani, bu borada ilmiy, nazariy va amaliy bilimlar ko'paygani sari aksiologiya masalalarining mazmuni va ko'lami kengayib, ahamiyati esa tobora ortib boraveradi. Bu esa kelajakda mavzuni kengroq va atroflicha izohlash imkonini yaratadi, deb umid qilamiz.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE

TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

_October 19-20, 2023_

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni.// O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. - T., 2017. - B.39.

2. X.I.Ibraimov, M.Quronov. Umumiy pedagogika (darslik). -T., "Shaffof", 2023, 416-bet.

3. G'oziev E. Psixologiya/ Yosh psixologiyasi: -T.: O'qituvchi, 1994. -B.178.

4. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

5. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi (Aksiologiya). -T.: O'zbekiston faylasuflar Milliy jamiyati, 2004. -B.53.

6. https://www.elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/14345-2021-07-28-05-57-45

7. Ibraimov X. I. Креативност как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и култура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.

8. Ibragimovich X. I. O'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - S. 209-214.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.