Научная статья на тему 'MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISH'

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
14
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kompetensiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ozod Abdug‘aniyev

O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsadga erishishda ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan, Yangi tahrirda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonunning 7-moddasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining natijaviyligi oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifasini qo‘yadi. Mazkur vazifani amalga oshirishda oliy ta’lim talabalarining har biridan yuksak kasbiy salohiyat va insoniy sifatlarga ega bo‘lish talab etiladi deb belgilab qo‘yilgan ham mamlakatimiz ertasi bo‘lgan talaba-yoshlarni axborot-texnologiyalaridan unmli foydalangan holda kasbiy salohiyatli va kompetensiyalarini rivojlantirish orqali yetuk kadrlar sifatida tarbiyalash maslasi davrning o‘zi taqozo etmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISH

Ozod Abdug'Aniyev

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Ilmiy kotibi,

p.f.f.d (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10012196

O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlardan ko'zlangan pirovard maqsadga erishishda ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan, Yangi tahrirda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risidagi" Qonunning 7-moddasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining natijaviyligi oliy ta'lim muassasalari faoliyati samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifasini qo'yadi. Mazkur vazifani amalga oshirishda oliy ta'lim talabalarining har biridan yuksak kasbiy salohiyat va insoniy sifatlarga ega bo'lish talab etiladi deb belgilab qo'yilgan ham mamlakatimiz ertasi bo'lgan talaba-yoshlarni axborot-texnologiyalaridan unmli foydalangan holda kasbiy salohiyatli va kompetensiyalarini rivojlantirish orqali yetuk kadrlar sifatida tarbiyalash maslasi davrning o'zi taqozo etmoqda.

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 yanvar kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi raisligida onlayn shaklda o'kazilgan «Global Janub ovozi» sammiti yalpi majlisida nutqi "Bugun Yangi O'zbekistonda keng ko'lamli islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Siyosatimizning markazida inson qadri va uning manfaatlarini ta'minlash eng ulug' maqsad va vazifa etib belgilangan. Taraqqiyot strategiyamizning asosiy mazmuni - qonun ustuvorligi va inson kapitalini rivojlantirish, adolatli va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir. Mamlakatimizda amonaviy ta'lim va kasb-hunarlarni egallash imkoniyatini kengaytirish uchun barcha sharoit yaratilmoqd" deb takidlaganlari ham bejiz emas.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrda qabul qilgan O'zbekiston Respublikasida Oliy ta'lim tizimining 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida[1]"gi Farmonida "2030 yilgacha Oliy ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi"da milliy ta'lim tizimini yangi natijaga erishishga yo'naltirishda "Universal bilimlar, ko'nikmalar, malakalarning yangi tizimi, shuningdek, ta'lim oluvchilarning mustaqil faoliyat va shaxsiy mas'uliyat tajribasi, ya'ni zamonaviy asosiy kompetensiyalar" sifatida xizmat qilishi keltirib o'tilgan[1].

Xususan, Yangi O'zbektiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish shiddat bilan rivojlanib globallashib integratsiyalanayotgan dunyo shiddat bilan o'zgarib, milliy o'zlikni anglashi, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, shaxs ma'naviyatini mustahkamlash jarayonlarida turli yot g'oyalarning salbiy ta'siri ortib, odamlarning ongi-shu'uri va qalbi uchun kurash kuchayib borayotgan bir davrda ta'lim-tarbiya, targ'ibot va tashviqot ishlari jarayonida umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, milliy g'oya, millat va ularning o'zaro bog'liqligi masalasining dolzarbligi yanada oshmoqda. Xalqning ma'naviy hayotida o'zligini anglash muhim o'rin tutadi. Shunday ekan, talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishda ayni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalanishini ta'lim-tarbiya jarayonining avvalo, milliy o'z-o'zini anglashining mazmun-mohiyatini, xalq, millat tushunchalari hamda ularning o'zaro aloqadorlik jihatlariga alohida e'tibor qaratish lozimligi qayd etilmoqda. Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

pedagogik-psixologik jihatlarini tahlil etar ekanmiz, biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqotlarni o'rganish doirasida avval, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning ishlaridagi ilmiy imkoniyatlarni tahliliga to'xtalib o'tishni lozim deb topdik.

Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishdaning pedagogik hamda psixologik rivojlantiruvchi sifatlari, ta'lim mazmuni va mohiyati, shakl va tamoyillarini ifodalab: "kompetensiyani bu," - olimlar tomonidan bildirilgan fikrlarning etimologik tahlilini ham ta'kidlash lozim. Dunyo olimlari tomonidan ushbu tushunchani o'rganish jarayonida quyidagi fikrlarga to'xtalib o'tilgan[2]. "Kompetensiya" tushunchasi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Ta'limda kompetensiyaviy yondashuv deb, avvalo, "Competence" so'zi "to compete" so'zidan kelib chiqqan bo'lib[2], "u yoki bu soha bo'yicha bilimdonlik" deya e'tirof etilgan. Jumladan, olib borilgan ilmiy taraqqiyotda pedagogika fani ushbu tushuncha tahliliga nafaqat jahonda, balki mamlakatimiz olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borilayotganini ham keltirib o'tish lozim. Kompetensiyaviy ta'limda faoliyat ko'rinishlari uchun tadqiqotning yakuniy maqsadi kompetensiyalarni shakllantirish masalasi turib uning rivojlantirilishi ham eng ustuvor jihatlardan biri sifatida qaraladi[2].

Sharq mutafakkirlaridan Jaloliddin Rumiy [3] o'z qarashlarida "Jismoniy mansublik bilan birga ruhoniy, ma'naviy yaqinlikka ham ishonadi va u ma'no ahlini avliyo farzandi" deya ta'kidlaydi. Xususan, yoshlar ma'naviy-ruhiy yetukligi o'z davrida mutafakkir olim qarashlarida o'z ifodasini topgan[3].

Ma'lumki, Yangi O'Zbekiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishda ta'lim jarayonida talabalarga, vatanparvarlik, milliy iftihor ruhida shakllanadigan bilishning o'ziga xos shakllaridan biridir deb etirof etish mumkin. Demak, shaxsning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, jamiyat, ijtimoiy qatlami, siyosiy partiya va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining muayyan maqsadlari ifodasi, ularni bu yo'lda birlashtirishi, uyushtirishi, faoliyatga undashi, safarbar qilishi»[4] deb ifodalab o'tgan.

Xorij olmilarida Hutmacher Walo[9; 11-b.] ta'limda kompetensiyaviy jihatlarga to'xtalib o'tar ekan: "Ta'lim tizimida yosh avlodda dahldorlik xissini uyg'otish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda, madaniyat, til, din vakillari bilan ijtimoiy munosabatlarda madaniyatlararo munosabatlarda" kompetensiyalarni rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi[9].

I.Frumin[5; 38-b.] tadqiqotlarida ta'limda kompetensiyani ma'lumotlar va malakalarning oddiy kombinasiyasi sifatida qaralmaydigan va haqiqiy masalalarni hal etishga yo'naltirilgan ta'limiy natijaning yangi turi sifatida e'tirof etadi. Ta'lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishning yo'nalishlari u asosiy kompetensiyalar, umumlashgan maqsadli ko'nikmalar, amaliy predmetli ko'nikmalar va hayotiy malakalar deb atagan va ular orasida eng muhimi asosiy kompetensiyalar g'oyasi hisoblanadi deb ifodalab o'tgan[131].

Olim L.Davidov[6] tadqiqotlari doirasida kompetensiya masalasiga alohida urg'u berib, bir aniq sifatlarni rivojlantirishda kompetensiyaviy ta'limning o'zaro aloqador va o'zaro bog'liq bilim, ko'nikma va malaka, amaliy faoliyat tajribasi sifatida qarash muhim o'rin tutadi[6].

A.V.Xutorskiy[7] tadqiqotlari doirasida kompetensiya asosida yotuvchi ko'nikma, malaka va faoliyat usullarini ajratib o'rgangan bo'lib, ularni rivojlantirilishi kerak bo'lgan, shaxs sifatlarini bloklarga guruhlagan: kreativ, kognitiv, kommunikativ va dunyoqarashga oid, tashkiliy faoliyatli guruhli bloklarga ajratib ularda shaxsning jismoniy, emotsional, intellektual, qadriyatli va ma'naviy-axloqiy sifatlarni ajaratib tahlil qilgan holda ifodalab o'tgan[7].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

I.Zimnyaya[8;37-b.] o'z izlanishlari doirasida kompetensiyaviy yondashuvning shakllanishini batafsil ko'rib chiqqan, u mahalliy hamda xorijiy olimlarning mazkur yondashuvga oid tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilgan bo'lib, yangi ta'lim paradigmasini shakllantirishning asosiy bosqichlarini ajratgan, bu unga, birinchidan asosiy kompetensiyalarni guruhlashga ajratish, nazariy asoslashga, ikkinchidan, ularning ayrim asosiy, zaruriy nomenklaturasini aniqlashga, uchinchidan esa ularning har biriga kiruvchi komponentlar yoki kompetensiyalar turlarini belgilashga imkon beradi deb ifodalagan.

Olim tomonidan kompetensiyaviy ta'limning komponentlari tarkibi quyidagi jihatlarga ajratgan holda ifodalagan: ya'ni,

- ta'limda kompetensiyaning yuzaga kelishi (ya'ni, motivasion jihatlari);

- kompetensiyaviy yondashuv ta'lim mazmuniga oid bilimga egalik (kognitiv faoliyat);

- kompetensiyaviy yondashuvning turli-tuman standart va nostandart vaziyatlarda namoyon bo'lish jihatlari (ahlaoqiy-xulqiy jihat);

- kompetensiyaviy ta'limning mazmuni va uning ob'ektiga munosabat (qadriyatli-mazmunli faoliyat);

- ta'limda kompetensiyaning namoyon bo'lish jihatlari o'quv-tarbiya jarayoni va natijasi emotsional-irodaviy tartib kabi sifatlarga ajratiladi.

Demak, Yangi O'zbektiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishning asosiy maqsadi yoshlarda bunyodkor g'oyalarning mazmun-mohiyatan sog'lom yoki nosog'lom, ezgu yoki yovuz, bunyodkor yoki buzg'unchi g'oyalarning bo'lishi mumkinligini yoritish hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalanishi muhim pedagogik vazifa sifatida qaralmoqda.

Bizga ma'lumki, umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish talabalarning kundalik fikrlaridan farqli yana o'z tafakkurida paydo bo'lsada, keng jamoatchilik manfaatlarini ifoda etishda o'z milliy qadriyatlari asosida tarbiyalansa muhim o'rin tutadi. Demak, talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish asosiy omil sifatida o'ziga ishonch va e'tiqodga aylanib e'tirof etilganligi sababli talabalarni vatanga sadoqat ishonch, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol topishi, qadrlar tayyorlashda mamlakat taqdiri uchun jon kuydiradigan kadrlar etib tarbiyalash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

REFERENCES

1. Ta'lim to'g'risida"gi Qonun. 2020 yil 23 sentyabr / https://lex.uz/docs/5013007

2. Xalq so'zi. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoev 12 yanvar kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi raisligida onlayn shaklda o'kazilgan majlisdagi nutqi. 2023 y. 13 yanvar. №-8-son.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni // PF-5847-son .

4. Rumiy J. Ma'naviy masnaviy. Muhammad tarjimasi. Tehron, 2001 yil, 7-b. Forscha-o'zbekcha lug'at.

5. Milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar.. (kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalari doirasida). T.: 2002.-19 b.

6. Frumin I. Za chto v otvete? Kompetentnostnbiy podxod kak yestestvennbiy etap obnovleniya soderjaniya obrazovaniya. I.D.Frumin // Uchitelskaya gazeta. - 2002. - № 36. - S. 38-39.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

7. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.