Научная статья на тему 'TIBBIY TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING KASBIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI'

TIBBIY TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING KASBIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

186
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‟lim / pedagogika / texnologiya / uzluksiz ta‟lim / elektron ta‟lim / raqamli ta‟lim. / education / pedagogy / technology / continuing education / electronic education / digital education.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nigora Narimmatovna Akbarova

Maqolada tibbiy ta‟limda o„quvchilarni kasbiy madaniyatini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri ekanligi, shuningdek, bo„lajak hamshiraning kasbiy madaniyati mazmuni va tarkibi, kasbiy madaniyatni shakllantirishda tibbiy ta‟limni o„rni, kasbiy madaniyatni shakllantirish bosqichlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the article, the formation of the professional culture of students in medical education is one of the urgent tasks, as well as the content and structure of the professional culture of the future nurse, the role of medical education in the formation of professional culture, and the stages of professional culture formation.

Текст научной работы на тему «TIBBIY TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING KASBIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI»

TIBBIY TA'LIMDA O'QUVCHILARNING KASBIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Nigora Narimmatovna Akbarova

Professional ta'limni rivojlantirish instituti mustaqil tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada tibbiy ta'limda o'quvchilarni kasbiy madaniyatini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri ekanligi, shuningdek, bo'lajak hamshiraning kasbiy madaniyati mazmuni va tarkibi, kasbiy madaniyatni shakllantirishda tibbiy ta'limni o'rni, kasbiy madaniyatni shakllantirish bosqichlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, pedagogika, texnologiya, uzluksiz ta'lim, elektron ta'lim, raqamli ta'lim.

ABSTRACT

In the article, the formation of the professional culture of students in medical education is one of the urgent tasks, as well as the content and structure of the professional culture of the future nurse, the role of medical education in the formation of professional culture, and the stages of professional culture formation.

Keywords: education, pedagogy, technology, continuing education, electronic education, digital education.

KIRISH

Jahonda zamonaviy tibbiy ta'lim amaliyotida o'rta tibbiy xodimlarni, xususan tibbiyot hamshirasining kasbiy maqomiga qo'yiladigan talablar o'zgarganligi bois, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash talablari ham o'zgarib takomillashib bormoqda. Endi ularning kasbiy faoliyati nafaqat kasbiy bilim va kompetensiyalar bilan balki, shaxsning aksiologik xususiyatlari (axloqiy, ma'naviy) bilan belgilana boshladi. Hamshiralarning kasbiy faoliyatiga qo'yiladigan talablar ularning kasbiy o'sish motivatsiyasiga va bemorlar bilan kasbiy munosabatda bo'lishga tayyorligini (bemorlar bilan hamkorlik, hamdardlik, mulohaza asosida aloqalarni o'rnatish qobiliyati) hisobga olgan holda shakllana boshlandi.

Jahon miqyosida sog'liqni saqlash va tibbiy ta'lim sohasidagi rivojlanish tendensiyalari ta'lim sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Uzluksiz tibbiy ta'lim akkreditatsiya markazi (Accreditation Council for Contuining Medical Education - ACCME) va Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi (American Medical Assosiation) kabi nufuzli

September, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

65

tashkilotlar tomonidan tibbiy ta'limni samarali tashkil etishda innovatsion pedagogik muhitni yaratish, o'qitishning yangi paradigmalarini ishlab chiqish hamda nazariya va amaliyot integratsiyasini rivojlantirish tavsiya qilingan. Bu esa, ta'limda innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vizuallashtirilgan didaktik vositalarning integrativ imkoniyatlaridan samarali foydalanish usullarini tadqiq etish tibbiy ta'lim tizimini modernizatsiyalashga xizmat qilishini ko'rsatadi.

Mamlakatimizda professional ta'lim negizida sifatli tibbiy ta'lim tizimini joriy etishga qaratilgan tub islohotlar natijasida o'rta tibbiy xodimlar tayyorlashning malaka talablari, kasbiy standartlari, o'quv dasturlari takomillashtirildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5-maydagi «Sog'liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to'g'risida»gi PF-6221-sonli Farmonida Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti va yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, o'rta tibbiyot xodimlari maqomini oshirish nuqtai nazaridan ularning malaka talablari, vazifalari, vakolatlari, javobgarligi, ixtisoslik yo'nalishlarini kengaytirish, lavozimlarini, shuningdeq o'quv dasturlari va rejalarini to'liq qayta ko'rib chiqqan holda, o'rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish masalalari belgilandi.

Shu bois, professional ta'limda tibbiyot texnikumlari va kollejlarida tibbiyot hamshiralarini tayyorlash mazmunini takomillashtirish, ularning, kasbiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya berish usullarini tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Respublikamizda mutaxassisning kasbiy madaniyatini rivojlantirish, sog'lom turmush tarzi va uning falsafiy, pedagogik masalalari bir qator olimlar tomonidan o'rganilgan.

O.M.Musurmonova o'z tadqiqotlarida shaxs sog'lom turmush tarzini ma'naviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida ilmiy-pedagogik jihatdan isbotlagan. Shuningdeq sog'lom turmush tarzi qirralari mohiyatini ma'naviy qadriyatlar nuqtai nazaridan asoslab bergan[3].

N.A.Akbarov texnika oliy o'quv yurti talabalarida kasbiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik muammolari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilgan, kasbiy madaniyatni shakllantirishga doir ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqqan[2].

Q.L.Ishonov tomonidan pedagogika kollejlarida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy madaniyatini shakllantirish texnologiyasi yaratildi, pedagogika kollejlarida bo'lajak o'qituvchilarning

September, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

66

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

kasbiy madaniyatini shakllantirish jarayonini takomillashtirish yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilgan[4].

O.Yo.Ernazarova shaxs faoliyatda kasbiy va axloqiy madaniyat uyg'unligi, shaxsning mehnat bozori o'zgaruvchan sharoitlariga moslashib borishini ta'minlovchi konseptual akmeologik texnologiyalarning innovatsion, differensial, yoshga oid, ijtimoiy va pedagogik ta'sir turlari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan[6].

M.P.Imomov tomonidan kollej o'quvchilarining kasbiy madaniyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilib, kollej o'quvchilarida kasbiy madaniyat shakllanganligi holati va uni rivojlantirishning psixologik-pedagogik omillari shart-sharoitlari aniqlangan. Shuningdeq "Kollej o'quvchilarida kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbiy madaniyatni rivojlantirish" maxsus o'quv kursi va uning dasturi ishlab chiqilgan [5].

Tibbiyot yo'nalishdagi professional ta'lim muassasalarda o'quvchilarni tibbiy faoliyatga tayyorlashning nazariy, konseptual va texnologik asoslari muayyan daraja o'rganilgan bo'lsa-da, tibbiyot texnikumlari va kollejlarida bo'lajak hamshiralarni tayyorlashda ularning kasbiy madaniyatini shakllantirish masalasi maxsus o'rganilmagan.

NATIJALAR

Kasb-hunarlar orasida o'rta tibbiy xodimlar, xususan hamshiralik kasbi eng nozigi hisoblanadi. Chunki ular bevosita inson salomatligi va taqdir ustida ishlaydilar. Binobarin, bu ikki tomon madaniyati yoki nutq odobi bir-biriga chambarchas bog'langanligini ko'ramiz. Biz ko'zda tutgan kasbiy madaniyat nutq-muomala, ma'rifat, ma'naviyat bilan va albatta, tibbiy bilimlar bilan ham bog'liqdir. Shu ma'noda, yuqorida keltirilgan fikrlar tibbiyot xodimlarining kasbga munosabati, axloq-odobi, shuningdeq shifokor va bemorlar orasidagi turli munosabatlarni namoyon yetuvchi muhim tushunchalardir.

Yetuk kasbiy madaniyatga ega bo'lgan insongina halollik poklik, iymon, insof, vijdon kabi umuminsoniy qadriyatlarni chuqur egallay olishi mumkin, toki bu qadriyatlar sharqona oqillikka asoslanib shakllanayotgan mustahkam ma'naviy poydevor bo'lib hizmat qiladi. Shuningdek, bo'lajak hamshiralarning kasbiy madaniyatini takomillashtirishga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga qiziqish, buyuk ajdodlarga munosib bo'lishga intilish, har bir fuqaroning salomatligini saqlashda o'z o'rni va rolini anglashga intilish hissini shakllanganligi sezilarli ta'sir etadi. Zamonaviy ta'limda bo'lajak hamshiralarni tayyorlashda nafaqat insoniyatning kasbiy sohada erishgan yutuqlari, bu

yutuqlardan hayotda qanday foydalanish, professional

https://t.me/ares uz

Multidisciplinary Scientific Journal

September, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

malakalarini oshirish, ularda kompetentlikni, umuminsoniy madaniyatni ham takomillashtirish ta'lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.

Bo'lajak hamshiralarni kasbiy madaniyati keng qamrovli tushuncha bo'lib, xodim va bemor o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga daxldor qadriyatlar, me'yorlar va fe'l-atvor andozalarini o'z ichiga oladi.

Shuning uchun, bo'lajak hamshiralarni tarbiyalashda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan o'zbek xalqi milliy qadriyatlari, an'analari, Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlariga asoslanmoq kerak. Islom dinining asosi bo'lgan Qur'oni karim va Hadisi sharif, Abu Nasr Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Yusuf Xos Xojib, Amir Temur, Abdulla Avloniy va Sharq mutafakkirlarining asarlarida olg'a surilgan g'oyalarni insonparvarliq halolliq pokliq millatni sevish, mehnatsevarliq hurfikrlilik kabi g'oyalarni singdirish lozim.

MUHOKAMA

Kasbiy madaniyat - tushunchasida kasbiy bilimlar va fikrlar uslubi bilan faol ishlab-chiqarish, kasbiy faoliyat o'rtasidagi aloqadorlik omillari namoyon bo'ladi. Kasbiy madaniyat mazmunida madaniyat va kasbning o'zaro ta'siri xususiyatlari mavjud bo'lib, tarkibiga kasbiy ong, kasbiy faoliyat, kasbiy munosabatlar kiradi.

Kasbiy madaniyat biror faoliyat sohasini kasb qilib olgan va odatda unga maxsus tayyorgarlikdan o'tgan kishilar tomonidan yaratiladi.

Bo'lajak hamshiralarning kasbiy madaniyati deganda uning kasbiy faoliyat doirasidagi, uning shaxsiy sifat tavsifining mohiyati - tizimli ta'limdan iborat deb qarashimiz mumkin. Bo'lajak hamshiralarning kasbiy madaniyati tashkil topgan ko'rsatgichlar darajasi va asosiy tizimli komponentlariga quyidagilarni aytishimiz mumkin:

- intellektual rivojlanish darajasi (eng avvalo, tafakkurning rivojlanishi);

- kasbiy faoliyatning har tomonlama tashkil topishi va darajasi;

- asosiy kasbiy etika, ma'naviy harakter va odob madaniyati;

- o'zaro munosabat madaniyati;

- so'zlashuv madaniyati;

- tashqi ko'rinish madaniyati.

Ma'lumki, hamma kasblar uchun bir xilda kerak bo'lgan odob-axloq qoidalari yoki madaniyati mavjud. Shuningdek har bir kasbga xos madaniyat (kasb madaniyati) ham bor. Masalan, tibbiyot kollejlarida ta'lim beruvchi o'qituvchining kasbiy madaniyati ham o'ziga xos xususiyatlarga ham ega.

https://t.me/ares uz

Multidisciplinary Scientific Journal

September, 2023

XULOSA

Shunday qilib, bo'lajak hamshiralarning kasbiy madaniyati uch bosqichda rivojlanadi:

Birinchi bosqich - kasbiy faoliyat bilim, ko'nikma va malakalarini kompetentlik darajasida egallash, kasbiy va umumiy kompetentlikni egallash bosqichi (o'quv rejadagi barcha fanlar bo'yicha shakllanadi).

Ikkinchi bosqich - kasbiy faoliyatda o'z-o'zini rivojlantirish, shuningdeq kasbiy faoliyatda bilim, ko'nikma va malakalarni qo'llash (o'quv va dimlom oldi amaliyotlarida shakllanadi) .

Uchinchi bosqich - kasbiy faoliyat va kasbiy rivojlanish qadriyat darajasida qaraladi ya'ni, kasbiy faoliyatni juda yaxshi amalga oshirish, kasbiy mahorat darajasi (bevosita kasbiy faoliyatda shakklanadi).

Kasbiy madaniyatni yaxlit akmeologik hodisa va konsultativ ta'sir sifatida tahlil qilganda qadriyatli yo'naltirilgan jihat dolzarb hisoblanadi. Insonning hamma faoliyati o'zining jarayoni, natijasi bilan qadrli, u atrofdagilarning yaxshi munosabatlari, jamiyatda o'z o'rnini belgilashiga imkon beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5-maydagi «Sog'liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to'g'risida»gi PF-6221-sonli Farmoni Farmoni. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).

2. Akbarov N. Texnika oliy o'quv yurti talabalarida kasbiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari: Avtoref. ped.fan.dok. ... dis. - T.: TDPU, 2008. - 45 b.

3. Musurmonova O. Yuqori sinf o'quvchilari ma'naviy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari: Dis. ped. fan. dok. - Toshkent, 1993. - 364 b.

4. Ishonov Q.L. Pedagogika kollejlarida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy madaniyatini shakllantirish texnologiyasi. - T.: Avtoref. Diss. ped.fan.nom. - 45 b.

5. Imomov M.P. Professional ta'lim muassasalari o'quvchilarining kasbiy madaniyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. -Toshkent., 2021. - 152 b.

6. Ernazarova G.O. Kasb-hunar kollejlarida o'quvchilarni akmeologik yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirish. Pedagogika fanlari bo'yicha doktorlik (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. 2017 -Toshkent. - 68 b.

September, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

69

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.