INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
DIDAKTIK QADRIYATLI YONDASHUV ASOSIDA OLIY PEDAGOGIK TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING AMALIY IMKONIYATLARI
Nilufar Jalilova
O'zPFITI II-bosqich tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10003333
Madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan qadriyatli yondashuv va qadriyatlarga yo'nalganlik shaxsning ijtimoiy-madaniy sub'ekt sifatidagi xulq-atvori va xatti-harakatlarini belgilab beruvchi muhim asosdir.
Ta'limga qadriyatli yondashuv 1980- yillarda AQSh ta'lim tizimida haqiqiy amaliy ehtiyojga aylanib, o'sha davrda shakllagan qadriyat va ta'lim uyg'unligi tamoyiliga ko'ra, qadriyat va ta'lim albatta bir-birini taqozo etadi. Qadriyatlar avvalo axloqiy me'yorlarda o'z ifodasini topadi, "chunki qadriyatlarning avloddan-avlodga o'tishi har doim sivilizatsiya funksiyasi bo'lib kelgan".
Didaktik qadriyatlar ham o'ziga xos madaniy hodisa, tushuncha, bilim va malakalardir. Ularni o'rganish va qo'llash ta'lim taraqqiyotining qonuniyatlarini ochib beradi hamda ta'limni milliy va umuminsoniy asosda rivojlantirish imkonini yaratadi. Shunga ko'ra, biz o'z ishimizda didaktik qadriyatlarning tarixiy takomillashuvini nazarda tutgan holda, ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratib o'rganish zarur deb hisoblaymiz:
I.Tarixiy retro-didaktik qadriyatlar;
II. Innovatsion didaktik qadriyatlar;
III. Istiqbolga qaratilgan didaktik qadriyatlar.
Biz didaktik qadriyatlarning komponentlari deganda Sharq va G'arbda ishlab chiqilgan ilg'or ta'lim nazariyalari, ta'lim konsepsiyalari, Sharq allomalarining barhayot didaktik qarashlari, optimal didaktik metod, usul va vositalarni tushunamiz hamda didaktik qadriyatlarni belgilashda tarixiylik, milliylik, milliy-tarixiy tajribaga tayanish kabi prinsiplarga asoslanamiz. Shuningdek, ta'lim nazariyasini milliy asosda rivojlantirish hamda maktablarga milliy mentalitetimizga mos zamonaviy ta'lim innovatsiyalarini kiritishni birlamchi ahamiyatga molik hodisa sifatida e'tirof etamiz.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
October 19-20, 2023
L A
Bixeyviorizm yondashuvi
Kognitiv yondashuv
Konstruktiv yondashuv
»Takrorlash, rag'bat, jazo va motivatsiyadan foydalanib talabalarga ilm o'rgatishdir.
»O'quvchining dars materilaini o'zlashtirishga intilishi, ijobiy pedagogik axloq normalarini shakllantirilishi takroriy muhit orqali amalga oshiriladi deb qaralgan. O'quvchilarning individual xususiyatlari e'tibordan chetda qolgan.
•Kognitiv nazariya har bir shaxsga individual kognitiv xususiyatlariga va turli darajada tushunish qobiliyatiga ega bo'lgan alohida shaxs sifatida qaraydi. o'z-o'zini aks ettirish va yodlash bilan bog'liq tadbirlar ham talabalarning o'quv salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi.
•Talabalarga mavzuni tushuntirishda ularga amaliy masalalar va interfaol baxs-munozaralardan foydalaniladi.
_y
A
•Konstruktivizm nazariyasi birinchi navbatda bilimni faqat ongda mavjud bo'lgan jarayon sifatida ko'rib chiqishga qaratilgan bo'lib, motivatsiyani asosiy omilga aylantiradi.Fikrlar ko'lamini kengaytirish maqsadida talabalar guruh oldida o'z mulohazalari bilan chiqish qiladilar.
• Guruhli ishlar orqali tomonlarni qoniqtiradigan xulosa yoki qarorlarni shakllantirishga imkon beriladi.O'rganilayotgan masalalar realistik kontekstda namoyish etiladi.
Bir necha asrlik pedagogik va didaktik merosimizda bugungi davr uchun zarur va foydali g'oya va qarashlar, ta'limning shakl, usul va vositalari mavjud bo'lib, yosh avlodga berilayotgan ta'lim-tarbiya bugungi kunning mahsuli bo'lmay, insoniyatning bir necha ming yillik yuksak dahosidan vujudga kelgan.
Tadqiqotchi N.E.Temirova haqli ravishda meros hamda qadriyat bir-biriga uzviy bog'liq bo'lishiga qaramay, yagona tushuncha emasligini ta'kidlaydi. Ya'ni, har qanday meros qadriyat bo'la olmaydi, meros taraqqiyot uchun zarur omil bo'lgandagina qadriyat darajasiga ko'tarilishi mumkin.
Didaktik qadriyatlar o'quv jarayonini rivojlantirishga qaratilgan milliy-umuminsoniy ta'lim paradigmalari, ta'limning samarali usul, vosita va metodlari bo'lib, davr talabiga xamohang sifatli ta'lim berishga qaratilgan o'qituvchi-o'quvchi va o'qitish vositalariga oid maqsadli munosabatlarni o'zida jamlaydi. Didaktik qadriyatlar fan-texnika va texnologiyalar taraqqiyotiga monand o'zgarib, davr talabi va ijtimoiy munosabatlar (davlat-jamiyat-ta'lim) ta'sirida yangilanib boradi.
Didaktik qadriyatlar va ulardan pedagogik jarayonda foydalanish mexanizmlari ta'lim mazmuni, jarayoni, pedagog-talaba tizimidagi o'zaro munosabatlarni tashkil etishga asoslanadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
Didaktik qadriyatlarning amal qilish doirasi juda keng bo'lib, ta'lim mazmunida, o'quv faoliyatini tashkil etishda, ta'lim amaliyotini qayta tashkil etish va takomillashtirishda qo'llanadi.
O'tgan asrning 50-80 yillarida G'arb olimlari tomonidan didaktikaning ta'lim-o'quv materiali-o'qituvchi-o'quvchi munosabatlari to'rtligi hamda ta'lim falsafasi negizida bixeviorizm, kognitiv, konstruktiv ta'lim nazariyalari va ularga mos texnologiyalar ilgari surilgan.
So'fizm ta'limotidagi diniy bilimlarni o'rgatish tizimi asosan takrorlashga asoslanadi, bu esa rag'bat (motivatsiya), jazo kabilarni o'z ichiga olgan holda bixeviorizm g'oyalariga yaqindir. XX asr boshlarida Abdurauf Fitrat o'zining "Rahbari najot" asarida AQSh pedagoglari tomonidan taklif etilgan kognitiv yondashuviga yaqin g'oyalarni ilgari suradi. Xususan, Fitrat juz'iy (kichik) masalalar tahlili asosida umumlashma xulosalar chiqarishga o'rgatishni ta'lim jarayonida amalga oshirilishi zarur deb hisoblaydi. Chunki aqliy tarbiyada muhokama va munozara muhim o'rin tutadi. Zero, muhokama hukm va xulosaga tayanadi. Uning asosida muayyan narsa, hodisalar haqida hukm chiqarish va unga ko'ra o'z xulosasiga ega bo'lish yotadi.
2-rasm. Abdurauf Fitratning muhokamani amalga oshirish texnologiyasi
Mazkur texnologiyani oliy pedagogik ta'lim amaliyotida qo'llash uchun talabalar mashg'ulotga oldindan tayyorlanib keladilar. O'qituvchi talabalarga 3ta muammoli masala (hukmlar)ni havola qiladi. Masalan:
Muhokama uchun namunaviy hukmlar:
1. Zamonaviy pedagogik ta'lim tizimida pand-nasihat eskirgan metodlardan biridir.
2. Ta'limda ustoz nuquzi talaba nufuzidan ustunroq bo'lishi lozim.
3. O'qituvchi mavzuni to'liq o'zlashtirganidan keyin baholash hozirgi hozirgi zamonaviy ta'lim vaqt taqsimotiga to'g'ri kelmaydi.
O'qituvchi havola etilgan hukmlarni ma'qul yoki noma'qul ekanini isbotlash uchun zarur adabiyotlar va internet materiallari bilan tanishish va fikrini ular asosida isbotlashni so'raydi.
Mashg'ulot boshlang'ach:
1. Talabalar 4 kishidan 3 guruhga bo'linadilar.
2. Har bir guruh doira shaklida joylashadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
3. Guruh sardorlari oldindan tayyorlangan sandiqcha ichidagi hukmlardan birini tanlab oladi.
4. Guruhlar Fitart metodiga asoslangan muhokama sxemasi bilan tanishtiriladi. (hukm - isbot -dalil - xulosa)
5. Hukm muhokamasi uchun har bir guruhga 10 daqiqadan vaqt beriladi. Guruhdagi 2 talaba hukm ijrochisi sifatida qolganlarni manbalardan yig'ilgan ma'lumotlar bilan tanishtiradilar, 2 talaba isbotlovchilar bo'lib, keltirilgan manbalardan isbot va dalillarni tanlab saralaydilar, xulosani aytuvchi talaba guruh xulosasini shakllantiradi va taqdim etadi (zaruriyat bo'lsa, isbotlovchi talabalar ham jarayonda chiqish qilishlari mumkin).
6. Har bir guruh o'z hukmi yuzasidan fikrlarini bildirgach, o'qituvchi isbot, dalil va xulosalarning asosliligi, ishonarliligiga qarab guruhlarni baholaydi Guruhlar hukmlari bilan tanishilgach, bildirilgan fikrlar asosida muhokama davom ettirilishi ham mumkin. Bunda fikrlar xilma-xilligi va bir hukm doirasida turli guruhlarning fikrlari bilan o'rtoqlashishi imkoni tug'iladi.
O'tmish didaktik merosimiz asosida talabalarni allomalar fikri bilan tanishtirishda "Fikrning asliyatini top", shogirdning ustoz oldidagi burchi haqidagi didaktik qadriyatlarni o'rganishda "Nima uchun" grafikli organayzerlar (fikriy jarayonlarni ko'rgazmali taqdim etish), talabalarni ijodiy-kreativ fikrlashga o'rgatishda Najmiddin Kubroning muroqaba usulidan foydalanish, munozara jarayonida suqrotona savol-javob usulini qo'llash kabilar didaktik qadriyatlarning boy arsenalini tatbiq etishning zaruriyatini ko'rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, o'tmishda ilgari surilgan didaktik qadriyatli yondashuvlardan foydalanish ta'lim amaliyotini foydali va samarali texnologiyalar bilan boyitishda katta ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1. Эволюция ценностей высшого педагогического образование:историко-теоритический аспект,- дис- Булынин А.М. Москва, 1998.
2. Temirova N.E. Talaba yoshlarning ma'naviy shakllanishida milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi. 09.00.01. Falsafa fanlari nomzodi ... diss....- T: 2007.
3. Г.К.Селевко. Современные образовательные технологии: учебное пособие для педагогических ВУЗов и институтов повышения квалификatsiи. - М.: «Народное образование», 1998.
4. Safarova R., Musaev U., Inoyatova M., Musaev J., Akramova G., Nurjanova R., Baqoeva L., Yusupova F.,. Mirzaeva M., Hasanova G., Nematov Sh., Ma'murov B., Mahmudova D. Umumiy o'rta ta'lim mazmunini modernizatsiyalashning didaktik parametrlari. T.: Fan, 2008.
5. B.Ahmedov. Tarixdan saboqlar. T.: O'qituvchi, 1994.