Научная статья на тему 'TA’LIMDA PЕDAGOGIK QADRIYATLAR'

TA’LIMDA PЕDAGOGIK QADRIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3867
195
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Qadriyat / pedagogik qadriyatlar / ta’limiy qadriyatlar / tarbiyaviy qadriyatlar / qadriyatlar tizimi. / Values / pedagogical values / educational values / educational values / value system.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Akbar To’xtayevich Gulboyev

Maqolada pedagogik qadriyatlar tushunchasi, turlari, shakllari hamda pedagogik qadriyatlar tizimining o‘ziga xos qarashlari haqida so‘z yuritilgan. Muallif pedagogik qadriyatlarning qadriyatlar tizimi bilan aloqadorligi va pedagogik aksiyologiyaga sohasidagi tadqiqotlarni ilmiynazariy jihatdan tahlil qilib bergan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL VALUES IN EDUCATION

The article is devoted to the concept, types, forms and features of pedagogical values. The author analyzed researches in the field of pedagogical axiology from the scientific and theoretical point of view and pointed to the connection of pedagogical values with the general value system.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA PЕDAGOGIK QADRIYATLAR»

TA'LIMDA PEDAGOGIK QADRIYATLAR

Akbar To'xtayevich Gulboyev

BuxDU Pedagogika kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi

a.t.gulboev@buxdu.uz

ANNOTATSIYA

Maqolada pedagogik qadriyatlar tushunchasi, turlari, shakllari hamda pedagogik qadriyatlar tizimining o'ziga xos qarashlari haqida so'z yuritilgan. Muallif pedagogik qadriyatlarning qadriyatlar tizimi bilan aloqadorligi va pedagogik aksiyologiyaga sohasidagi tadqiqotlarni ilmiy- nazariy jihatdan tahlil qilib bergan.

Tayanch tushunchalar: Qadriyat, pedagogik qadriyatlar, ta'limiy qadriyatlar, tarbiyaviy qadriyatlar, qadriyatlar tizimi.

PEDAGOGICAL VALUES IN EDUCATION ABSTRACT

The article is devoted to the concept, types, forms and features of pedagogical values. The author analyzed researches in the field of pedagogical axiology from the scientific and theoretical point of view and pointed to the connection of pedagogical values with the general value system.

Supporting concepts: Values, pedagogical values, educational values, educational values, value system.

KIRISH. Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida ijtimoiy hodasilarga munosabat xilma-xil tarzda namoyon bo'ladi. Xususan, mustaqilligimizning birinchi kunidan boshlab, hayotimizning barcha jabhalarida qadriyatlar, milliy tiklanish, milliy ong, milliy g'urur, milliy iftixor kabi atamalar tez-tez ishlatiladigan bo'lib qoldi. Bu bejiz emas. Zotan, mustaqillik ayni paytda milliy tiklanish hamdir. Uni esa mazkur tushunchalarsiz tasavvur etib bo'lmaydi.

Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o'ziga xos mezon vazifasini o'taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo'layotgan faoliyat turlariga baho beriladi. Yosh avlodning hayotiy mo'ljallari, "zamon qahramoni" haqidagi tasavvurlari ham ma'naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. Milliy g'oyani obyektiv anglashda qadriyatlar va ma'naviyat olamini bilish va uni amaliy o'rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy

olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma'naviy taraqqiyotga ta'sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi.

Pedagogik qadriyatlar - bu pedagogik faoliyatga xos bo'lib, ular nafaqat pedagogik ehtiyojlarni qondirishga imkon beradi, balki uning ijtimoiy va kasbiy faolligini o'zida ifoda etadi. Pedagogik qadriyatlar hayotda o'z-o'zidan tasdig'ini topmaydi. Ular jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy aloqalarga bog'liq.

O'qituvchining ongida mustahkamlangan pedagogik qadriyatlar uning shaxslararo muloqotida, ijodiy faoliyatida, o'quvchi shaxsining rivojlanishida, kasbiy hamkorlikda, ma'naviy qadriyatlar almashinuvidagi kasbiy yo'nalishlari tizimini hosil qiladi.

NATIJALAR. Pedagogik aksiologiyaga oid adabiyotlarda pedagogik qadriyatlarning xilma-xil tasniflari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:

1) ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar: ta'limning hamma uchun ochiqligi va bepulligi, millatidan qat'i nazar barcha fuqarolarning bilim olishdagi teng huquqliligi, talabalarni va ota-onalarning ta'lim muassasasini tanlash erkinligi;

2) intellektual qadriyatlar: bilishga ehtiyoj, qiziqish va faollik, o'quvchi-talabalarning ijodiy faoliyati, fikrning go'zalligi va so'z bilish faoliyati vositasi sifatida;

3) axloqiy qadriyatlar: talabaning burch va shaxsiy majburiyatlari, uning pedagogik jarayonning subyekti bo'lish huquqi, bilimlarni egallashdagi axloqiy rag'batlar va motivlar, vatanparvarlik va fuqarolik, mehnat va boshqa kishilarning mehnatini hurmat qilish;

4) kasbiy-pedagogik faoliyatga doir qadriyatlar: o'qituvchi-tarbiyachini mehnat qilishga chorlash, tanlagan kasbiga mas'uliyat bilan yondashuv, pedagogning mahorati, uning izlanishli-tadqiqotchilik, innovatsion faoliyati, kommunikativ qobiliyati, talabalar bilan muloqotdagi ijobiylik, pedagogik mahorat.

MUHOKAMA.Kasbiy yo'nalganlik tizimiga asoslangan holda, pedagogik qadriyatlar quyidagicha tasnif etiladi:

1. Maqsadli qadriyatlar: shaxsiy Men va kasbiy Men yig'indisidagi bo'lajak o'qituvchining shaxsiy konsepsiyasi. o'qituvchi pedagogik faoliyat maqsadlarini amalga oshirish yo'llarini qidirar ekan, o'zini va o'zgalarni rivojlantirish yo'lidagi o'z kasbiy strategiyasini tanlab oladi. Binobarin, maqsadli qadriyatlar davlatning ta'lim siyosatini va pedagogika ilmining rivojlanish darajasini aks ettiradi. Bu qadriyatlar subyektlashgan holda pedagogik faoliyatning ahamiyatli omillariga aylanadi va vositali qadriyatlarga ta'sir ko'rsatadi. Ular nazariya, metodologiya, pedagogik texnologiyalarni egallash natijasida shakllanib, pedagogning kasbiy ta'limi asosini tashkil etadi. Shaxs uchun zaruriy qadriyatlar quyidagi maqsadli qadriyatlarni o'zida aks ettiradi: o'qituvchi mehnatining ijodiy va serqirralilik tavsifi, uning nufuzi va ahamiyatliligi, jamiyat oldidagi yuksak mas'uliyat, o'zini namoyon qilish, bolalarga mehr va boshqalar. Bunday qadriyatlar ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchi shaxsining,

talabalar jamoasi va pedagogik jamoaning rivojlanishi bilan bog'liq pedagogik faoliyatda o'z ifodasini topadi.

2. Vositali qadriyatlar: pedagogik muloqot, texnika va texnologiya, monitoring, innovatika, intuitsiya tizimi. vositali qadriyatlar maqsadli qadriyatlarga erishishda vosita bo'lib xizmat qiladi (mehnat natijalarining jamiyatda tan olinishi, shaxsning qiziqishlari va qobiliyatlarini pedagogik faoliyat tavsifiga muvofiqligi, kasbiy o'sish va b.).

3. Munosabatli qadriyatlar: pedagogik jarayon ishtirokchilarining munosabati, kasbiy-pedagogik faoliyatga munosabat.

4. Sifat qadriyatlari: shaxsning xulq-atvor, faoliyatga doir xilma-xil sifatlari.

5. Bilishga oid qadriyatlar: o'qituvchilik kasbining bilishga doir qadriyatlari nazariy darajada talabalarning o'qituvchilik kasbiga doir qadriyatlarni e'tirof etishi va qabul qilishi bilan bog'liq .

Talabalarni shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish nuqtayi nazaridan pedagogik qadriyatlarni ikkita katta guruhga tasnif etish mumkin: ijtimoiy-pedagogik va shaxsiy-pedagogik qadriyatlar.

Ijtimoiy-pedagogik qadriyatlar turli ijtimoiy tizimlarda ish olib boruvchi va ijtimoiy ongda namoyon bo'luvchi qadriyatlarning tavsifi va mazmunini aks ettiradi. Bu ta'lim sohasidagi jamiyat faoliyatini tartibga soluvchi g'oyalar, tushunchalar, me'yorlar, qoidalar, an'analar majmuidir.

Shaxsiy-pedagogik qadriyatlar ijtimoiy-psixologik ta'lim sifatida yuzaga chiqib, ularda o'qituvchi shaxsining maqsadlari, motivlari, ideallari va boshqa dunyoqarashga oid xususiyatlari aks etadi. Bu xususiyatlar majmui uning qadriyatlar yo'nalishi tizimini tashkil etadi. Qadriyatlar yo'nalishi sifatidagi aksiologik "Men" nafaqat kognitiv (bilishga doir) tarkibiy qismlarni, balki insonning ichki yo'nalganligida muhim o'rin tutuvchi hissiy-irodaviy tarkibiy qismlarni ham o'z ichiga oladi. Unda ham ijtimoiy-pedagogik, ham pedagogik qadriyatlarning individual-shaxsiy tizimiga asos bo'lib xizmat qiluvchi kasbiy-jamoaviy qadriyatlar o'rin olgan .

Shuningdek, o'z navbatida pedagogik qadriyatlarni bunday xilma-xilligi ularni umumiy tarzda ta'limiy va tarbiyaviy qadriyatlarga ajratishga imkon beradi.

Ta'limiy qadriyatlar shaxsga ilmiy-nazariy bilimlarni berish, unda yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash, uning har tomonlama barkamol bo'lib voyaga yetishida muhim ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega bo'lgan, shuningdek, o'ziga xos ahamiyat kasb etuvchi obyektiv va subyektiv omillar majmuasidir.

Tarbiyaviy qadriyatlar ijtimoiy hayot va inson ongida xilma-xil muddatlarda mavjud bo'lishi; mazkur qadriyatlarning barcha jamiyatlar uchun bir xil ahamiyatga ega bo'lmasligi; tarbiyaviy tizimlarda mavjud bo'la olishi va pedagogik samaradorlikni belgilashga xizmat qiladi. Ana shu bilan bog'liqlikda tarbiyaviy qadriyatlar absolyut -shu jumladan, genetik manbadan yuzaga keluvchi umuminsoniy qadriyatlar; vaqt bilan

bog'liq (vaqtinchalik) - aniq-tarixiy; barqaror - mental, etnik; individual-shaxsiy kabi turlarga bo'linadi.

Agar qadriyat din, mafkura, san'at kabi ijtimoiy ong shaklidan alohida ajratib qaralsa, u holda uning mustaqil ma'no-mohiyatiga nisbatan shubha uyg'onadi. Chunki inson yoki jamiyatning biror-bir ehtiyojlarining qondirilishi nafaqat moddiy, balki ideallik bilan aloqadorlikni aks ettiradi. Ehtiyojning o'zi ham ijtimoiy hayotning qator shart-sharoitlari va o'ziga xosliklarini aniqlab beradi. Demak, qadriyat inson va jamiyatning tashqi olamga munosabatining, ularning ichki ehtiyojlari va voqelikka munosabatlari bilan uyg'unlashuvi natijasida yuzaga keladi. Mazkur munosabatning barqaror xususiyat kasb etishi inson faoliyatining maqsadi va motivlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi "qadriyatli yo'nalganlik" atamasi bilan ifoda etiladi.

"Ijtimoiy harakatlarning tuzilishi haqida" deb nomlangan asarda qadriyat va qadriyatga yo'nalganlik tushunchalari o'rtasidagi aloqadorlik ajratib ko'rsatilgan. ya'ni sosium madaniyatida etalonlarga intilishning namoyon bo'lishi asosida jamiyatning funksional ehtiyojlari yuzaga chiqadi .

Pedagogik aksiologiyaga doir adabiyotlarda "qadriyatli ustanovka" tushunchasi ham uchraydi. Garchi ko'pchilik mualliflar "qadriyatli yo'nalganlik" va "qadriyatli ustanovka" tushunchalarini sinonim sifatida qo'llashsa ham, birinchilardan bo'lib M.Rokich ular orasidagi farqni alohida ajratib ko'rsatgan. Uning fikricha, ustanovkani ma'lum bir obyekt (aniq yoki abstrakt, shaxsiy yoki ijtimoiy)ga yoki vaziyatga nisbatan subyekt munosabatida aks etuvchi uzoq vaqt davomida shakllangan bir qancha ishonch, e'tiqodlar majmui deb qarash mumkin . Demak, yo'nalganlikda shaxsning jamiyatdagi me'yorlar bilan inson ehtiyojlari uyg'unlashuvi aks etsa, qadriyatli ustanovkada shaxsning amaliy faoliyatda mazkur munosabatlari tizimini ro'yobga chiqarishga tayyorligi aks etadi.

Pedagogik aksiologiya sohasida tadqiqotlar olib borgan olim B.Xodjayevning ta'kidlashicha, shaxs o'zining ichki pozitsiyasini anglashi va aniq qadriyatlar bilan bog'liqlikda amaliy faoliyatga tayyorligi qadriyatli ustanovkaning mohiyatini belgilab beradi. Ustanovka shaxsning aniq faoliyatga tayyorgarlik holatini aks ettiruvchi kognitiv (bilim, axborot) va affektiv (emotsiya, hissiyot) komponentlar majmui sifatida namoyon bo'ladi .

"Qadriyatlar tizimi" muayyan ijtimoiy subyektlarga (shaxs, millat, jamiyat va boshqalar), biron bir davr, tarixiy bosqich yoki soha bilan bog'liq bo'lgan qadriyat shakllarining o'zaro aloqadorligi va chambarchas bog'liqligini ifodalaydigan tushunchadir.

Tizim, tuzilish, tizimni tashkil etuvchi qismlar, tizimlilik asosida yondashish usuli kabi muammolar, ularning mohiyati, mazmuni va ahamiyatiga doir falsafiy fikrlar pedagogik-psixologik adabiyotlarda nihoyatda misollar ko'p. tizimlilik prinsipi esa ilmiy bilish va tadqiqotlarning asosiy usullaridan biriga aylangan. Eng muhimi, ana shu

prinsip va uni ilmiy bilishda namoyon bo'lish qonuniyatlarining aksiologik tadqiqotlar, qadriyatlar va qadriyat tizimlarining amaliyotini tahlil qilishda kashf etadigan o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish muhimdir. Bu borada tarixiylik mezonining qo'shilishi hamda masala tizimlilik va tarixiy usul qoidalaridan aksiologik tizimlarga tatbiqan foydalanish tarzida qo'yilayotgan muammoni yanada dolzarblashtiradi.

Qadriyatlar tizimi madaniyatning asosini tashkil etib, jamiyat a'zolarining ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlari, qiziqishlari, ularning ijtimoiy harakatlari va xulq-atvorini boshqarishni o'zida aks ettiradi. Qadriyatlarning uchta asosiy tizimini ajratib ko'rsatish mumkin: transsendental (diniy mohiyat nuqtayi nazaridan qandaydir mutlaqlikka ega), ijtimoiy yo'naltirilgan - sotsiosentrik (guruhiy, umuminsoniy, kasbiy, milliy va h.k.) va antropotsentrik (individual).

Hayot mazmunini belgilab beruvchi (yaxshilik, yomonlik, baxt, farovonlik), universal (hayotiy (vital), demokratik, ijtimoiy obro'-e'tibor, shaxsiy rivojlanish, shaxslararo munosabat), norasmiy (an'anaviy, diniy va urbanizatsiyaga oid) va jamoaviy (o'zaro bir-biriga yordam berish va birdamlik). Hayotiy (vital) qadriyatlar deganda, inson hayotini muhofaza qilish va uzaytirishga yo'naltirilgan birlamchi va oddiy ehtiyojlar tushuniladi. Hayot mazmunini belgilab beruvchi qadriyatlar esa murakkab tuzilishga ega bo'lib, butun inson hayotini murakkabliklari va g'aroyibotlarga boyligini ifoda etadi .

XULOSA. Xulosa qilib aytganda, tizimli, subyektiv va faoliyatga yo'naltirilgan yondashuvlar va qadriyatga yo'naltirilgan faoliyatning o'ziga xosliklarini hisobga olgan holda "qadriyat" tushunchasi o'quvchi-talabaning kasbning ijtimoiy ahamiyatini to'liq anglab yetilganligi tavsifida bo'lg'usi pedagogik faoliyatga subyektiv munosabati va bahosini ifoda etishini anglatadi.

Mazkur asosga tayangan holda "qadriyatlar tizimi" tushunchasiga barqaror, doimiy va dinamik-funksional aloqadorlikka ega qadriyatga yo'naltirilgan (baholashga doir) faoliyat asosida kasbiy tayyorgarlik jarayonida shakllanadigan komponentlar (qadriyatning turlari va shakllari) majmuidir, degan xulosaga kelish mumkin.

REFERENCES:

1. Амонов М. Н. ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЕ ОРГАНИЗАТОРСКИХ КАЧЕСТВ У УЧАЩИХСЯ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КОЛЛЕДЖЕЙ //Научное пространство: актуальные вопросы, достижения и инновации. - 2020. - С. 9-14.

2. Amonov M. N. THE PROBLEMS OF DESIGNING PROFESSIONAL SKILLS AND INDEPENDENT TRAINING OF FUTURE TEACHERS IN UZBEKISTAN //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 3.

3. Абдуллаев К. Ф., Жураев Б. Т. Формирование правильной осанки ребенка в семье //Вестник науки и образования. - 2020. - №. 21-3 (99).

4. Гулбоев А. Т. Формирование профессиональных компетенций экономистов //Вестник науки и образования. - 2020. - №. 5-2 (83).

5. Гулбоев А. Т. Гончарное искусство узбеков //Инновационная деятельность в дошкольном образовании. - 2016. - С. 374-376.

6. Гулбоев А. Т. АСПЕКТЫ И ОСОБЕННОСТИ ЦЕЛОСТНОГО ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ПРОЦЕССА //Вопросы науки и образования. - 2021. - №. 10 (135). - С. 29-32.

7. Xodjayev B. Pedagogik aksiologiya. - T.: Fan va texnologiya, 2012. 49-50-b.

8. Kaldibekova A., Xodjayev B. Pedagogik aksiologiya. - T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. 50-b.

9. Egamberdiyeva N.M. Madaniy-insonparvarlik yondashuv asosida talabalarni shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish nazariyasi va amaliyoti (Pedagogika oliy ta'lim muassasalari misolida): Pedagogika fanlari doktori. ... diss. - T., 2010. 131-132-b.

10. Сластёнин В.А., Чижакова Г.И. Введение в педагогическую аксиологию. - М.: Академия, 2013. - С.93.

11. Ortiqov O. R. O'QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 42-47.

12. Ortiqov O. R. GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 5.

13. Ортиков О. Р. Махалла как социально-культурный очаг народа //Научное пространство: актуальные вопросы, достижения и инновации. - 2020. - С. 20-23.

14. Жураев Б. Т. Гуманизация дидактических отношений между учителем и учащимся в педагогических идеях Востока //VIII Лазаревские чтения" Лики традиционной культуры в современном культурном пространстве: ренессанс базовых ценностей?". - 2018. - С. 120-122.

15. Жураев Б. Т. Памятники Бухары-источник воспитания молодого поколения //Проблемы современной науки и образования. - 2020. - №. 11 (156).

16. Жураев Б. Т., Абдурахмонова Д. У. Эстетическое развитие школьников средствами узбекского музыкального фольклора //Вестник Чувашского государственного института культуры и искусств. - 2019. - №. 14. - С. 77.

17. Жураев Б. Т. Гуманизация дидактических отношений между учителем и учащимся в педагогических идеях Востока //VIII Лазаревские чтения" Лики традиционной культуры в современном культурном пространстве: ренессанс базовых ценностей?". - 2018. - С. 120-122.

18. Ходжаев Б. К., Жураев Б. Т. Школьный музей как средство нравственно-эстетического воспитания школьников //Вестник науки и образования. - 2020. -№. 10-4 (88). - С. 60-64.

19. Жураев Б. Т. Социально-духовное развитие студентов //Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития. - 2019. - С. 22-23.

20. Жураев Б. Т. Вопросы нравственного воспитания в эпоху Саманидов //Наука, техника и образование. - 2020. - №. 3 (67).

21. Жураев Б. Т. Развитие науки и литературы в государстве Саманидов //Вестник Чувашского государственного института культуры и искусств. - 2017. -№. 12. - С. 4-6.

22. Жураев Б. Т. Некоторые вопросы наставничества в педагогическом наследии Хусаина Воиза Кошифи //Социально-культурная деятельность: векторы исследовательских и практических перспектив. - 2016. - С. 103-105.

23. ОЛИМОВ Ш. Ш., ХОДЖИЕВА М. Ш. Возможности применения педагогических технологий в образовательном процессе //Молодежь и XXI век-2020. - 2020. - С. 228-231.

24. Курбонова У. У. Модульные технологии-современный способ получения высшего образования //Academy. - 2019. - №. 11 (50).

25. Ходжаев Б. К., Шарипова С. Х. ГРАЖДАНСКАЯ КУЛЬТУРА КАК ВАЖНЫЙ КОМПОНЕНТ ВОСПИТАНИЯ ГАРМОНИЧНО-РАЗВИТОГО ПОКОЛЕНИЯ //ББК 74.48 Р 76. - 2019. - С. 248.

26. Ходжиева М. Ш. Совершенствование аксиологического подхода к педагогической деятельности у будущих учителей //Научный журнал. - 2020. -№. 9 (54).

27. Ходжаев Б. К., Ходжаев Б. Б. Музыкальное искусство как важное средство патриотического воспитания школьников //Современное общество: актуальные проблемы и перспективы развития в социокультурном пространстве. - 2020. - С. 229-234.

28. Ахмедов О. Ш. ОБРАЗОВАНИЕ В БУХАРСКОМ ЭМИРАТЕ (НА ОСНОВЕ ЖИЗНИ И ТВОРЧЕСТВА ПРАВИТЕЛЕЙ) //Вопросы науки и образования. - 2021. - №. 6 (131). - С. 10-13.

29. Ahmadov O. BUXORO BOSMAXONA VA NASHRIYOTLARIGA TEXNIKA SOHASIDAGI YANGILIKLARNING KIRIB KELISH TARIXIDAN (1920-1924- YILLAR) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. -Т. 1. - №. 1.

30. Ahmadov O. БУХОРО АМИРЛИГИДА ЯНГИ УСУЛ МАКТАБЛАРИ ФАОЛИЯТИ. ЮТУ^ЛАРИ ВА МУАММОЛАР //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

31. Shodmonovich A. O. Education in the emirate of bukhara (based on the life and work of the rulers) //Academicia: an international multidisciplinary research journal. - 2020. - Т. 10. - №. 12. - С. 1224-1227.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.