Научная статья на тему 'O‘QITUVCHINING MA’NAVIY QIYOFASIDA IJODIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMI'

O‘QITUVCHINING MA’NAVIY QIYOFASIDA IJODIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
214
135
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
faollashtirilish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Salima Abdurizayeva

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga tatbiq etilgan 3-Renesans talablari insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bilan uzviy bog‘langan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs, ya’ni inson kapitalini shakllantirishni nazarda tutadi. O‘qituvchi tomonidan ta’lim tizimi oldidagi mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorlik ko‘rsatkichining ortishi, samaradorlik esa o‘z navbatida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etilishi va faollashtirilishiga bog‘liq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QITUVCHINING MA’NAVIY QIYOFASIDA IJODIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

O'QITUVCHINING MA'NAVIY QIYOFASIDA IJODIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMI Salima Abdurizayeva

Y3nHTH Ta^HH goKTopaHTH https://doi.org/10.5281/zenodo.10010552

O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimiga tatbiq etilgan 3-Renesans talablari insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy tarbiyalash bilan uzviy bog'langan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs, ya'ni inson kapitalini shakllantirishni nazarda tutadi.

O'qituvchi tomonidan ta'lim tizimi oldidagi mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorlik ko'rsatkichining ortishi, samaradorlik esa o'z navbatida o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etilishi va faollashtirilishiga bog'liq.

Ta'lim jarayonida o'quvchi o'qituvchining bevosita rahbarligida, ta'lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari yordamida fan asoslari bo'yicha qonuniyatlar, hodisa va voqealarning mohiyati, o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi va bilim, ko'nikma va malakalarni egallaydi. Bundan ko'rinib turibdiki, o'quvchilar uchun o'quv jarayoni bilish jarayoni, uning faoliyati esa bilish faoliyatidir.

O'qituvchi ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi, boshqaradi, nazorat qiladi, baholaydi va o'qitishdan ko'zda tutilgan ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish orqali shaxsning har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratadi.

O'qituvchi uchun ta'lim jarayoni o'quvchilarning faoliyati bilan uzviy bog'langan va mazkur jarayonni tahlil qiladigan, umumlashtirib, tegishli hollarda o'zgartirishlar kiritadigan jarayon, kasbiy pedagogik faoliyati sanaladi. Darsda o'quvchilarning bilish faoliyati va o'qituvchining pedagogik faoliyati bir-biriga uyg'un ravishda tashkil etilgandagina o'qitishdan ko'zda tutilgan maqsadlarga erishish mumkin.

Ma'lumki, ta'lim-tarbiya jarayoni o'quvchilarning bilim olish, ko'nikma va malakalarni egallash, ularning ilmiy dunyoqarashi, ma'naviy-axloqiy fazilatlari, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish maqsadiga yo'g'rilgan o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi sanaladi.

Ta'lim-tarbiya jarayonida ustoz va tahsil oluvchilar o'rtasida o'zaro hamkorlikni tarkib toptirish uchun avvalo, o'sha jarayonni insonparvarlashtirish, ijodiy muhitni yaratishni taqoza etadi. Bebaho milliy qadriyatlarimiz bo'lgan o'rta asrda yashagan allomalarning pedagogik qarashlari, ma'naviyat durdonalari sanalmish hadislar, hikmatli so'zlar va o'zbek halq maqollarida bu borada juda ko'p purma'no fikrlar bildirilgan.

Ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida hamkorlikni vujudga keltirish, ijodiy muhitni yaratish muammosining muvaffaqiyatli hal etilishi, fan o'qituvchilari va maktab rahbariyatining egallagan bilim, ko'nikma, malakalari va shaxsiy insoniy fazilatlarini egallaganlikdarajasiga bog'liq bo'ladi.

O'qituvchining ma'naviy qiyofasida avvalo u:

• Yumshoq ko'ngilli, ochiq chehrali, shirin so'zli, bolalarni qanday bo'lsa shundayligicha yaxshi ko 'rishi;

• Mehr-muxabbat, qalb qo'rini o'quvchilarga bab-baravvar bo'lib berishi, sinfda ijodiy muhitni yaratish va o'quvchilarning o'quv motivlarini rivojlantiruvchi kuch -rag'batlantirish metodlari ekanligini anglashi;

• O'quvchilarning taqdiri, baxti va kelajagi uchun mas'ul ekanligini chuqur his etishi, ularning nafsoniyati va qadr-qimmatini e 'zozlashi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

• Har qanday pedagogik vaziyatda o'kuvchilarga qo'pollik qilmaslik, haqorat qilish va baqirish, tahdid va qo'rqitishdan o'zini tiyishi zarurligini anglashi;

• O'quvchilarni tushuna olishi, ularning his-tuyg'ularini qadrlashi, tashvishlari, iztiroblarini yengishga yordam berishi, yoshlik va psixologik rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlarini bilishi;

• Bolalarni tushunish ularni hukmiga itoat ettirish emas, balki ularning bugungi hayotiy tajribalariga tayangan holda ertangi hayotga tayyorlashi lozim.

• O'quvchilarning ishonchiga kirish va bu ishonchni oqlash, bola ko 'nglidagi o'zgarishlar va qalbidagi hayajoni, uning his tuyg'ulari va intilishlarini tushunib, bolalar hayotiga o'z kishisi sifatida kirib ularni tarbiyalash bilan chuqurroq mashg'ul bo'lishlari, shundagina bola o'z ta'lim-tarbiyasida o'qituvchiga safdosh sifatida hamkori bo 'lib qoladi.

Ta'lim-tarbiya jarayonida ijodiy muhitni shakllantirishda o'qituvchi quyidagilarga e 'tibor qaratishi lozim:

• O'qituvchi har doim yangilikka intilishi, o'zi tashkil etgan va boshqarayotgan jarayon orqali ta'lim-tarbiyadan ko'zlangan maqsadga erishishi va barkamol shaxs shakllanishiga imkon yaratayotganiga ishonch hosil qilishi kerak. Bunda ta'lim-tarbiya jarayonida yuzaga kelgan pedagogik vaziyatlarni tahlil qilishi va undan chiqishning eng maqbul yo'lini qo'llashi, ba'zi o'quvchilarning uquvsizligi, o'jarligi, injiqliklariga chidam bilan bardosh berishi tushkunlikka tushmasligi, ularni rivojlantirish va tarbiyalashning eng samarali metodlari va vositalarini qo'llash ko'nikmalarini egallagan bo'lishi lozim.

• O'qituvchining o'zi o'quvchilarga ijodiy muhityaratish, ularni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash, barkamol shaxs timsoliga aylanishi, ya'ni o'qituvchi o'zining g'oyaviy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy yetukligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlariga hurmat va ona Vatanga sadoqati, kasbiga va o'quvchilarga bo'lgan mehr-muxabbati bilan shaxsiy namuna ko'rsatishi kerak. Shundagina o 'qituvchi o'zining pedagogik faoliyati va samarali mehnati bilan Vatan ravnaqi vayangi O'zbekistonning buyukkelajagiga o'z hissasini qo'shadi.

• O'qituvchining yuqori darajadagi ma'naviyati, muloqot va kiyinish madaniyati, qattiqqo'lligi, talabchanligi, vazminligi, kamtarligi, sezgirligi, samimiyligi, ziyoliligi, odamshavandaligi, turmushga va mehnatga nisbatan mehr-muxabbati, kelajakka bo'lgan ishonchi va matonati o'quvchilarni maftun etishi, boshqacha so'z bilan aytganda, o'qituvchi shaxsi o'quvchilarning hayotiy idealiga aylanishi lozim.

• O'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonida yagona axborot manbai emas, balki mustaqil ta'lim olishga yo'llash orqali o'kuvchilarga o'quv materialini yetkazish, ular ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish, aqliy, ma'naviy-axloqiy va jismoniy, shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik prinsiplari va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiya vositachisi sanaladi. O'qituvchi ushbu vazifalarni amalga oshirar ekan, o'quvchilarga uning shaxsidagi o'ziga xos xususiyatlar, fikri, voqea va hodisalarga munosabati, dunyoqarashining ta'siri bo'ladi. Insonparvarlashgan munosabatni o'zida mujassamlashtirgan o'qituvchi nafaqat bilim, ko'nikma va malakalarni, balki tayanch va fanga oid xususiy kompetensiyalarni tarkib toptirish barobarida o'zining xarakteridagi xususiyatlari, dunyoqarashi va mehr muxabbatini o'quvchilarga singdiradi, ya'ni ularga odamiylik namunasi bo'lib qoladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

O'qituvchiyuqorida qaydetilgan shaxsiy sifatlari va insoniy fazilatlari bilan o 'quvchilar qalbidan joy oladi va o'z o'qituvchisini yaxshi ko'rishi orqali bilimlar olamiga kirib boradi, jamiyatdagi ma'naviy qadriyatlarni o'zlashtira boshlaydi.

O'quvchilarni zamonaviy kasbga yo'naltirish orqali ularning ichki o'quv-bilish motivlarini rivojlantirish, ularni ta'lim-tarbiya jarayonidan ko'zlangan maqsadlarga erishishga safarbar eta olgan o'qituvchi tom ma'nodagi kasbiy baxtga erishishi muqarrar.

O'qituvchining maqsadga muvofiq tashkil etgan ta'lim-tarbiya jarayoni asosida o'quvchilar fan asoslari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalar, tayanch va fanga oid xususiy kompetensiyalarni o'zlashtirishlari bilan bir qatorda aqliy, jismoniy, ruhiy va ijtimoiy-axloqiy rivojlanishning muayyan darajasiga erishishi zarur. Bunda nafaqat o'qituvchining hamkorligi, balki o'quvchilar o'rtasida ijodiy va qulay ijtimoiy-psixologik muhitning yaratilishi muhim o'rin tutadi.

Pedagogik jarayon ishtirokchilari o'rtasida ijodiy va qulay ijtimoiy-psixologik muhitning yaratilishi o'quvchilarning tahsil olishdagi qiyinchiliklarni yengishiga, ular o'rtasida hamjihatlik, o'zaro yordam vujudga kelishiga imkon beradi.

Pedagogik jarayonda ijodiy va qulay ijtimoiy-psixologik muhitning yaratilishi o'quvchilarda:

• Tahsil davomida o'quvchilar tomonidan bilim, ko'nikma, malaka, tayanch va fanga oid xususiy kompetensiyalarni o'zlashtirish, shuningdek, o'quv-bilish faoliyatini tashkil etishdagi qiyinchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, mazkur faoliyatni samarali tashkil etish usullarini bilish va ularni takomillashtirish, boyitishga intilishni paydo qilib, bunda o'qituvchi va o'rtoqlarining rag'bati vayuqori darajadagi muloqot madaniyati ularning o'quv motivlarini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi.

• Tahsil olishga bo'lgan qiziqish va ehtiyojlari, o'quv mehnati ko'nikmalarini egallash hohish-istagining vujudga kelishiga imkon yaratadi.

• Irodasini chiniqtirish, kuch-g'ayratini o'quv maqsadlariga erishishga safarbar etish, o'z iqtidori, bilimi va kuchini sinab ko'rishga intilishpaydo bo'ladi.

Sinf jamoasi, shuningdek, ta'lim muassasadagi yuqorida qayd etilgan ijodiy muhit jamoaning jipslashishi, o'quvchilarning ijtimoiy-foydali faoliyatga tayyor bo'lishi, o'quvchi shaxsining rivojlanishiga, tahsil olishga bo'lgan ehtiyoji va qiziqishlarining ortishiga, o'qituvchisi va o'z o'rtoqlariga hamkor, ijodiy yordam berishga shay bo'lishiga olib kelishi shubhasiz.

Samaradorlikni oshirishda o'qitish jarayonining tashkilotchisi va boshqaruvchisi bo'lgan o'qituvchi faoliyati muhim rol o'ynaydi.

O'qituvchining faoliyati yosh avlodning aqliy, axloqiy, ruhiy, jismoniy qobiliyatlarini uyg'un ravishda rivojlantirish maqsadida ta'lim mazmuniga binoan ularning o'quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va boshqarish sanaladi. Ushbu faoliyat quyidagi:

- o'quv materialini tanlash, sistemaga solish, mantiqiy ketma-ketlikda loyihalash;

- tahsil oluvchilarning o'quv materialini qabul qilish, anglash va ongli o'zlashtirish imkonini beradigan o'qitishning samarali vositalari, metodlari va shakllarini tanlash;

- pedagogik jarayonni yaxlit holda har bir tahsil oluvchilarning o'qitish maqsadlariga muvofiq o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish, ularning bilimlar tizimi va bilimlarni o'zlashtirish usullarini egallashlariga erishish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

- tahsil oluvchilarning bilimlar va ko'nikmalarni o'zlashtirish usullarini egallashga qaratilgan ongli va faol faoliyatini tashkil etish va rag'batlantirish metodlarini belgilash;

- tahsil oluvchilar tomonidan o'quv topshiriqlarini bajarilish sifatini orttirish yo'llarini belgilash;

- nazorat, o'qitish natijalarini tahlil qilish va tahsil oluvchilar shaxsini rivojlantirish bo'yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan tadbirlarni belgilash;

- o'qitish jarayonining natijasiga muvofiq mazkur jarayonni tashkil etish va boshqarish yuzasidan tegishli o'zgartirishlar kiritish kabi bosqichlardan iborat bo'ladi.

O'qituvchining ta'lim jaryonini boshqarish vazifasi o'qitish jarayoniga faqat tegishli o'zgartirishlar kiritish bilan cheklanmasdan balki, mazkur jarayonning sub'ekti bo'lgan tahsil oluvchilar shaxsida axloqiy sifatlarning shakllanishi, ma'naviy yuksalishni ko'zda tutadi. Bunday faoliyatni boshqarish uchun o'qituvchi avvalofaoliyat turlari, unga ta'sir etuvchi tashqi va ichki omillar, istiqboldagi maqsad va vazifalarni loyihalashi, olinajak natijalarni faraz qilishi zarur.

O'qituvchining o'qitish jarayonidagi rahbarlik roli, tahsil oluvchilarning o'kuv materialini ongli va faol o'zlashtirish faoliyatini boshqarish sanaladi. Buning uchun u:

- ilmiy jihatdan asoslangan o'quv vazifalarini belgilashi.

- tahsil oluvchilar tomonidan ushbu vazifalarni amalga oshirishga imkon beradigan ijodiy va qulay psixologik muhitni vujudga keltirish.

- o'quv vazifalarini hal etish uchun amalga oshiriladigan faoliyat haqida aniq ko'rsatma

berishi.

- tahsil oluvchilar duch kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni faraz qilishi, ularga o'z vaqtida va yetarli darajada yordam ko'rsatishi.

- tahsil oluvchilarda o'zaro hamkorlik, yordam, samimiy muloqot, burch va ma'suliyat hissini vujudga keltirishi zarur.

O'qitish jarayonidagi o 'qituvchi faoliyatining har bir bosqichi tahsil oluvchilar faoliyatining xarakteri va shaxsidagi o'zgarishlarga olib keladi. Shu sababli o'qituvchi faoliyatni amalga oshirishda muayyan bosqichdagi, o'quv fani va uning har bir bo'limidagi o'qitish maqsadlarini aniq bilishi va chuqur taxlil qilishi, ularni evolyusion tarzda amalga oshirishyo'llarini belgilashi lozim.

Ta'lim-tarbiya jarayoniga qo'yilgan buyurtmalarni bajarish uchun avvalo ta'lim jarayonini va pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuvni talab etadi.

Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish o'zida falsafa, psixologiya va pedagogikaning ilg'or insonparvarlik g'oyalarini mujassamlashtiradi. Ushbu g'oya diqqat markazida o'z imkoniyatlarini maksimal darajada amaliyotga qo'llaydigan, ijodiy va ijtimoiy faol, turli hayotiy vaziyatlarni anglab, tahlil qiladigan, mo'ljalni ongli ravishda mustaqil, to'g'ri oladigan shaxsni shakllantirish g'oyasi turadi.

Mazkur g'oyaning asosiy jihati har bir shaxsda mavjud bo'lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida shaxsda ijobiy fazilat va xislatlarni shakllantirish, shuningdek, rivojlantirish sanaladi. Shu sababli ta'lim mazmuni insonparvarlikka yo'naltirilgan gumanistik g'oya va me'yorlarni o'zida mujassamlashtirgan bo'lishi lozim.

Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish orqali pedagogik jarayonda hamkorlik, g'amxo'rlikning vujudga kelishi, o'quvchilar shaxsini hurmat qilish va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

e'zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod qilish va o'z-o'zini rivojlantirishiga qulay ijtimoiy-psixologik va ijodiy muhit yaratiladi. Mazkur jarayonda o'quvchi o'z o'quv faoliyatining sub'ekti sanaladi va o'qituvchi bilan yagona ta'lim jarayonining ikkita sub'ekti hamkorlikda o'quv-tarbiyaviy vazifalarni hal etadi.

Pedagogning o'quvchi shaxsiga bo'lgan insonparvarlashtirilgan munosabati bolalarni sevish, ularning taqdiri uchun qayg'urishi, bolalarga bo'lgan ishonchning yuqoriligi, o'zaro hamkorlikning vujudga kelishi, muloqot madaniyatining yuqori darajada bo'lishi, o'quvchilarni to'g'ridan-to'g'ri majburlashdan voz kechish va aksincha ijobiy rag'batlantirishning ustunligi tufayli ta'lim jarayonidan ko'zlangan maqsadga erishish, bolalar faoliyatida uchraydigan kamchiliklarga chidamli bo'lish, ularni bartaraf etishning eng samarali yo'llarini qo'llashda namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. 4-jild.- T.: "O'zbekiston", 2020. - 40 b.

2. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-sonli Qonuni.

3. O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son Farmoni. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 06/19/5712/3034-son).

4. J. Tolipova Pedagogik kvalimetriya. TDPU bosmaxonasi. 2015y.10 b.

5. Tolipova J.O. Biologiya o'qituvchisining ilmiy-metodik tayyorgarligi darajasini orttirishning nazariyasi va amaliyoti. Monografiya. -T.: Fan. 2005. -14 b.

6. http://www.ziyonet.uz/

7. http://www.istedod.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.