Научная статья на тему 'BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI'

BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1545
200
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
biologiya / yangi kontsepedagogik texnologiyasiya / texnologiya / metod / bilish faoliyati / zamonaviy ta’lim / biology / new conceptual pedagogical technology / technology / method / cognitive activity / modern education

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Supayeva, Aziza Nuralli Qizi

Ushbu maqolada biologiya fanini o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari haqida fikr yurutilgan. Hozirgi ta’lim tizimida bilimlarni egallashning yangi kontsepedagogik texnologiyasiyasi va biologiya fanini o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirishda o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning yo'llari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO INCREASE EDUCATIONAL EFFICIENCY IN TEACHING BIOLOGY

This article discusses ways to increase the effectiveness of teaching biology. The new conceptual pedagogical technology of knowledge acquisition in the current education system and ways to organize students' learning activities in order to increase the effectiveness of education in the teaching of biology are analyzed.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI»

BIOLOGIYA FANINI O'QITISHDA TA'LIM SAMARADORLIGINI

OSHIRISH YO'LLARI

Supayeva Aziza Nuralli qizi

Toshkent shahar,Yunusobod tumani 86-maktab biologiya fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada biologiya fanini o'qitishda ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari haqidafikryurutilgan. Hozirgi ta'lim tizimida bilimlarni egallashningyangi kontsepedagogik texnologiyasiyasi va biologiya fanini o'qitishda ta'lim samaradorligini oshirishda o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishningyo'llari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: biologiya, yangi kontsepedagogik texnologiyasiya, texnologiya, metod, bilish faoliyati, zamonaviy ta 'lim

АННОТАЦИЯ

В этой статье рассматриваются способы повышения эффективности обучения биологии. Анализируются новая концептуальная педагогическая технология получения знаний в действующей системе образования и способы организации учебной деятельности студентов с целью повышения эффективности обучения при преподавании биологии.

Ключевые слова: биология, новая концептуальная педагогическая технология, технология, метод, познавательная деятельность, современное образование.

ABSTRACT

This article discusses ways to increase the effectiveness of teaching biology. The new conceptual pedagogical technology of knowledge acquisition in the current education system and ways to organize students' learning activities in order to increase the effectiveness of education in the teaching of biology are analyzed.

Keywords: biology, new conceptual pedagogical technology, technology, method, cognitive activity, modern education

KIRISH

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng, ta'limga et'ibor yanada oshdi. Hozirda zamonaviy ta'lim tizimidan foydalanilib, biologiya fanida zamonaviy ta'lim bu - darslarni noan'anaviy tarzda tashkil etish bo'lib, uning muhim belgisi aniq, natijali maqsadga erishishdir. Noan'anaviy ta'lim texnologiyasi an'anaviy ta'lim texnologiyasidan farq qilib, o'quvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga

sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e'tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy harakterga ega bo'ladi.

Biologiyadan ma'lumki, ta'limni pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish xususida ajdodlarimiz ham bir qancha izlanishlar olib borganlar. Sharqning buyuk allomalari Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Fargo'niy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulugobek kabi qomusiy olimlar o'z asarlarida maktab va madrasalarda insonni aqliy kamolotga yetkazishda o'qitishning turli usullari va vositalaridan foydalanishga katta ahamiyat berganliklarini ta'kidlab o'tishgan.

Hozirgi ta'lim tizimida bilimlarni egallashning yangi kontsepedagogik texnologiyasiyasi - noan'anaviy ta'lim texnologiyalarining uslublarini qo'llashni taqazo etmoqda. Noan'anaviy ta'lim texnologiyasi: Hamkorlikda o'rganish, modellashtirish, tadqiqot(loyiha) texnologiyalariga bo'linadi va u yaxlit uzviy tizim asosida olib boriladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi, so'zsiz, o'quv jarayoniga tizim sifatida yondashishdir. Noan'anaviy ta'lim berish usuli ta'limiy maqsadni amalga oshirish bo'yicha ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi bilan hamkorlik faoliyatining asosi hisoblanadi. Usullar: ta'lim oluvchi bilishi, udallashi va qadrlashi lozim bo'lgan ko'zlanayotgan natijalarga erishishni ta'minlaydi. Bunda ta'lim-tarbiyada ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar o'zaro funksional bog'liqda bo'lib, bir butunlikni, ya'ni pedagogik jarayon majmuini tashkil qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Biologiya fanini o'qitishda ta'lim samaradorligini oshirish yo'llarini tahlil etib o'rganar ekanmiz. Biologiya mutaffakirlarimiz ta'lim jarayonini samarali yo'llarini tashkil etishni quyidagicha izohlashgan:

Ibn Sino bolani maktabda o'qitish va tarbiyalash masalasiga katta ahamiyat berib, «Tadbir ul manozil» asarining maxsus bo'limini ana shu masalaga bag'ishlagan. Kitobning «Bolani maktabda o'qitish va tarbiyalash» bo'limida bolani maktabga jalb qilish haqida to'xtalgan. Uning ta'kidlashica, maktabga barcha kishilarning bolalari jalb etilishi va hamma bolalar birga o'qitilishi va tarbiyalanishi lozim. U bolani uy sharoitida yakka o'qitishga qarshi bo'lgan, bolani maktabda jamoa bilan o'qitishning foydasini quyidagicha ifodalagan:

1. Agar bolalar birga o'qisa, zerikmaydi, ularda fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat qilishadi, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi o'qishning yaxshilanishiga yordam beradi.

2. O'zaro suhbatda bolalar bir-birlariga kitobdan o'qib olganlarini, kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar.

3. Bolalar birga to'planganlarida bir-birlarini hurmat qila boshlaydilar, do'stlashadilar, o'quv materiallarini o'zlashtirishda bir-birlariga yordamlashadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o'rganadilar.

Ibn Sino o'z asarlarida o'quvchiga ta'lim-tarbiya berishda quyidagi tamoyillarga amal qilish kerakligini ta'kidlaydi: birdaniga darslik bilan band qilib qo'ymaslik; yengildan og'irga o'tish; jamoa bo'lib o'qitishga e'tibor berish; bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi, qobiliyatini hisobga olish va hokazolar haqida o'z fikrini yozib qoldirgan.

Burxoniddin az-Zarnujiy «Ta'lim oluvchiga ta'lim berish va ta'lim berish yo'llari» risolasida ilm va kasb-hunar o'rganishning asosiy shartlari sifatida o'quvchida jiddiy istak, kayfiyat bo'lishi lozimligini, shundan keyin yaxshi muallim hamda yetarlicha vaqt zarurligini yozgan. Yapon olimi T. Sakamoto tomonidan "o'qitish texnologiyasi - bu o'qitishning maqbulligini ta'minlovchi yo'l-yo'riqlar tizimi bilan bog'liq bilimlar sohasi" ekanligi e'tirof etiladi.

Rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani "belgilangan o'quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat" deb tushuntiradi pedagogik texnologiyani fan sifatida e'tirof etish.

K.K Selevko tomonidan ham ma'qullandi: "Pedagogik texnologiya o'qitishning birmuncha oqilona yo'llarini taqdim qiluvchi fan sifatida ham ta'limda qo'llaniladigan usullar, printsiplar va regulyativlar sifatida ham, real o'qitish jarayoni sifatida ham mavjuddir". Olimning ta'kidlashicha "pedagogik texnologiya" tushunchasi ta'lim amaliyotida ierarxik darajada ishlatiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ta'lim jarayonida o'quvchi o'qituvchining bevosita rahbarligida, ta'lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari yordamida organik olamning qonuniyatlari, hodisa va voqealaming mohiyati, o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi va bilim, ko'nikma hamda malakalarni egallaydi.

Biologiya fanini o'qitishda ta'lim samaradorligini oshirishda o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning quyidagi yo'llari ko'rsatilgan:

1. Bilimlarni o'zlashtirish jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyati quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:

• o'quv materiali bilan dastlabki tanishish; • o'quv materiallarini o'rganish;

www.ziyouz.com kutubxonasi

• o'zlashtirilgan bilimlarni awal o'zlashtirilgan bilimlar bilan taqqoslash;

• bilimlarni tizimga solish va mustahkamlash;

• o'zlashtirilgan bilimlarni yangi holatlarda qo'llash.

656

2. O'quvchilarning bilish faoliyatini mustaqil ish asosda tashkil etish:

• muammoli vaziyatlarni keltirib chiqarish;

• o'quv topshiriqlarining maqsadini aniqlash;

• mustaqil izlanish orqali savollarga javoblar topish;

• nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalar asosida javoblarning to'g'riligini tekshirib ko'rish;

• bilimlarni tizimga solish va mustahkamlash;

• bilim, ko'nikma va malakalami yangi vaziyatlarda qo'llash.

3. O'quvchilarning bilish faoliyatini ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etish:

• o'quv faoliyatini amalga oshirish maqsadi, borishini aniqlash;

• o'quv faoliyatning modelini tuzish;

• jaoliyatni bajarish namunasini ko'rsatish;

• o'quvchilar tomonidan ishni bajarish;

• Faoliyatni takrorlash va xatosiz bajarishni o'rganish.

4. O'quvchilarning bilish faoliyatini axloqiy sifatlarni shakllantirish maqsadida tashkil etish:

• o'qituvchining ko'rsatmasi yoki tavsiyasiga binoan, tavsiya etilgan adabiyotlami topish;

• qo'shimcha o'quv adabiyotlar bilan tanishish;

• o'rganilgan axborotlarni tahlil qilish va baholash;

• adabiyot muallifming jamiyatning ma'naviy-ma'rifiy sohasida yoki fan rivojiga qo'shgan hissasini aniqlash va baho berish;

• o'quvchilarning o'z xulqi va axloqiy sifatlarini rivojlantirish yuzasidan umumiy xulosasi.

Biologiya fanini o'qitish jarayonining samaradorligini oshirishda quyidagilar e'tiborga olinishi lozim:

- O'qitish jarayonining maqsadiga erishish uchun uning mazmuniga mos holda, vosita, metod va shakllarini tanlash.Ularning tahsil oluvchilarining motivi, ehtiyoji, qiziqishiga uyg'unligi.

- O'qitish jarayonini loyihalash,o'qitish mazmuni va maqsadga erishish vositalarini tanlash, o'quv materialini turli usullar yordamida yetkazish va ongli o'zlashtirishga erishish.

- Tahsil oluvchilarning o'quv operatsiyalarini bajarish,o'qituvchi va tahsil oluvchilarning o'quv ishlarini samarali tashkil etish.

Scientific Journal Impact Factor

- O'qitish jarayonida teskari aloqani tashkil etish, nazorat va o'quv materialini o'zlashtirish jarayoniga tegishli o'zgartirishlar kiritish va o'z-o'zini nazoratini amalga oshirish.

- Tahlil va o'z-o'zini tahlil qilish, o'qitish natijasini baholash.

- Darsni, o'qitishning boshqa shakllari(darsdan,sinfdan, maktabdan tashqari ishlar,ekskursiyalar) bilan uyg'unlikda tashkil etish.

Ushbu 1-rasmda o'qitish jarayoni modelini tahlil etilgan.

Bundan tashqari, samaradorlikni oshirishda o'qitish jarayonining tashkilotchisi,boshqaruvchisi bo'lgan o'qituvchi faoliyati muhim rol o'ynaydi.

O'qituvchining faoliyati yosh avlodning aqliy, axloqiy, ruhiy, jismoniy qobiliyatlarini uyg'un ravishda rivojlantirsh maqsadida ta'lim mazmuniga binoan ularning o'quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va boshqarish sanaladi. U quyidagilardan iborat:

■ O'quv materialini tanlash,sistemaga solish,mantiqiy ketma-ketlikda loyihalash;

■Tahsil oluvchilarning o'quv materialini qabul qilish, anglash va ongli

o'zlashtirish imkonini beradigan o'qitish vositalari,metodlari va shakllarini tanlash;

■ Pedagogik jarayonni yaxlit holda har bir tahsil oluvchilarning o'qitish maqsadlariga muvofiq o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish,ularning bilimlar tizimi va bilimlarni o'zlashtirish usullarini egallashlariga erishish;

■ O'zining va tahsil oluvchilarning mashg'ulot davomidagi faoliyatini rejalashtirish;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

■Tahsil oluvchilaming bilimlar va ko'nikmlarni o'zlashtirish usullarini egallashga qaratilgan ongli va faol faoliyatini tashkil etish va rag'batlantirish metodlarini belgilash;

■Tahsil oluvchilar tomonidan o'quv topshiriqlarini bajarilish sifatini orttirish yo'llarini belgilash;

■ Nazorat,o'qitish natijalarini tahlil qilish va tahsil oluvchilar shaxsini rivojlantirish bo'yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan tadbirlarni belgilash;

■ O'qitish jarayonining natijasiga muvofiq mazkur jarayonni tashkil etish va boshqarish yuzasidan tegishli o'zgartirishlar kiritish;

O'qituvchining ta'lim jarayonini boshqarish vazifasi o'qitish jarayoniga faqat tegishli o'zgartirishlar kiritish bilan cheklanmasdan balki, mazkur jarayonning subyekti bo'lgan tahsil oluvchilar shaxsida axloqiy sifatlarning shakllanishi, ma'naviy yuksalishni ko'zda tutadi.Bunday faoliyatni boshqarish uchun o'qituvchi avvalo faoliyat turlari, unga ta'sir etuvchi tashqi va ichki omillar, istiqboldagi maqsad va vazifalarni loyihalashi, olinadigan natijalarni faraz qilishi zarur.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, biologiya fanini o'qitishda ta'lim samaradorligini oshirishda o'qituvchi va o'quvchi ya'ni tahsil oluvchining o'rni birdekdir. Hozirgi zamon ta'lim-tarbiya jarayonida o'z hukmronligini saqlab kelayotgan an'anaviy ta'lim, o'quvchilami yalpi o'qitishni va o'quvchilaming bilish faoliyati passiv tinglovchi sifatida tashkil etishni nazarda tutadi. O'qitish ishlarini tashkil etishda o'rta saviyali o'quvchi nazarda tutiladi, o'quvchilarning mustaqilligi e'tibordan chetda qoladi, o'quv faoliyati o'qituvchi tomonidan boshqariladi.

REFERENCES

1. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2000.

2. Sayidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: Moliya, 2003.

3. Tolipova J.O., G'ofurov A.T.. Biologiya ta'limi texnologiyalari. - T.: O'qituvchi, 2002.

4. Tolipova J.O.,. G'ofurov A.T. Biologiya o'qitish metodikasi. Pedagogika oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik. - T.:, Moliya-iqtisod, 2007.

5. Tolipova J.O., G'ofurov A.T. Biologiya o'qitish metodikasi. O'quv-metodik qo'llanma. - T.: «Bilim» 2004.

6. Azimov va boshqalar. Biologiya. Metodik qo'llanma. - T.:, Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti. 2002.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.