Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATI: ISLOHOTLAR, MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA ISTIQBOLLARI HAQIDA FIKR VA MULOHAZALAR'

TA’LIM SIFATI: ISLOHOTLAR, MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA ISTIQBOLLARI HAQIDA FIKR VA MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9890
948
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fan va texnika / ta’lim / tarbiya / o‘quv dasturi / davlat ta’lim standarti / bilim / ko‘nikma / malaka / kompetensiya / kasbiy sifat / mantiqiy fikrlash / metod / texnologiya va b.q. / science / education / upbringing / curriculum / state educational standard / knowledge / skills / qualifications / competence / professional quality / logical thinking / method / technology / etc.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mavlyanov, Aminjon, Achilov, Ganijon Bobojonovich, Ubaydullayev, Eldor Ixtiyor O‘g‘li

Ushbu maqolada bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi muammolar, ularni bartaraf etish hamda istiqbolini beligilash yo‘lidagi fikr va mulohazalar, jumladan, o‘quv dasturlarni takomillashtirish, o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash, ilmiy tadqiqot ishlarini davr talablari asosida tashkil etish, bu borada xorij tajribalaridan foydalanish, ta’lim oluvchilarning kasbiy sifatlari hamda mantiqiy fikrlash operatsiyalarni rivojlantirish kabilar haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

QUALITY OF EDUCATION: OPINIONS AND COMMENTS ON REFORMS, PROBLEMS, SOLUTIONS AND PROSPECTS

This article discusses the problems of improving the quality of education today, their solutions and perspectives, including the improvement of curricula, training design, organization of research in accordance with the requirements of the time, the use of foreign experience in this area, professional qualities and the development of logical thinking operations.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATI: ISLOHOTLAR, MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA ISTIQBOLLARI HAQIDA FIKR VA MULOHAZALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

TA'LIM SIFATI: ISLOHOTLAR, MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA ISTIQBOLLARI HAQIDA FIKR VA MULOHAZALAR

Mavlyanov Aminjon

fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Achilov Ganijon Bobojonovich biologiya fanlari nomzodi, dotsent Ubaydullayev Eldor Ixtiyor o'g'li

" Ekologiya va tabiatdan foydalanish" yo'nalishi 2-bosqich talabasi Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyati filiali

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kunda ta 'lim sifatini oshirish yo 'lidagi muammolar, ularni bartaraf etish hamda istiqbolini beligilash yo 'lidagi fikr va mulohazalar, jumladan, o'quv dasturlarni takomillashtirish, o'quv mashg'ulotlarini loyihalash, ilmiy tadqiqot ishlarini davr talablari asosida tashkil etish, bu borada xorij tajribalaridan foydalanish, ta'lim oluvchilarning kasbiy sifatlari hamda mantiqiy fikrlash operatsiyalarni rivojlantirish kabilar haqida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: fan va texnika, ta'lim, tarbiya, o'quv dasturi, davlat ta'lim standarti, bilim, ko'nikma, malaka, kompetensiya, kasbiy sifat, mantiqiy fikrlash, metod, texnologiya va b.q.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются проблемы повышения качества образования, их решения и перспективы, в том числе совершенствование учебных программ, проектирование обучения, организация исследований в соответствии с требованиями времени, использование зарубежного опыта, профессиональные качества и развитие операций логического мышления и д.р.

Ключевые слова: наука, образование, воспитание, учебная программа, государственный образовательный стандарт, знания, умения, навыки, компетентность, профессиональное качество, логическое мышление, метод, технология и др.

ABSTRACT

This article discusses the problems of improving the quality of education today, their solutions and perspectives, including the improvement of curricula, training design, organization of research in accordance with the requirements of the time, the use of foreign experience in this area, professional qualities and the development of logical thinking operations.

Scientific Journal Impact Factor

Keywords: science, education, upbringing, curriculum, state educational standard, knowledge, skills, qualifications, competence, professional quality, logical thinking, method, technology, etc.

Ma'lumki, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo'shadigan malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bevosita ta'lim tizimining rivojiga bog'liq bo'lib, bu borada mustaqil fikrlaydigan, ijodkor, tadbirkor, tashabbuskor shaxsni voyaga yetkazish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qolmoqda. Bu vazifalar respublikamiz Prezidentining qator farmon va qarorlari [1-5] da o'z aksini topgan.

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida zamonaviy bilim va yangicha yondashuvlarga ehtiyoj mavjud. Shu bois, ta'lim sifatini oshirishda o'quv jarayonini davr talablariga mos holda tashkil etish, davlat ta'lim standarti va o'quv dasturlarini takomillashtirish, yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratish, zamonaviy innovasion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, mavjud muammolarni bartaraf qilish ertangi istiqboldagi yutuqlarimiz kafolatidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Fan va texnika jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko'plab ilmiy bilim, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib boradi. Bu, bir tomondan, fan-texnikaning yangi sohalari rivojlanishi tufayli uning differensiallashuvini ta'minlayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayoni vujudga keladi. Bunday sharoitda malakali pedagoglarga bo'lgan talab ortib, fanning fundamental asoslari, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuqori bo'lgan hamda zamonaviy innovasion pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo'llay oladigan ijodkor pedagoglarni tayyorlash talab etiladi.

Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida pedagogik innovatsiyalardan foydalanish jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Bu o'z navbatida, mamlakatda modernizatsiya jarayonining tez sur'atlarda rivojlanayotganligi sababli ayni davrda ta'lim sohasiga yangiliklarni tizimli ravishda kiritishga alohida e'tibor qaratishni taqozo etadi. Ammo, bu sohaga o'qitishning yangi mazmun, shakl, metod va vositalarini joriy etish bo'yicha pedagogik ilmiy-tadqiqotlarning joriy etish darajasini hozircha yetarli deb bo'lmaydi.

Darhaqiqat, yangilangan ta'lim tizimini joriy etishda har bir pedagog ta'limga oid yangiliklarni muntazam o'rganib, ularni o'z mehnat faoliyatida izchil qo'llay

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

bilish mahoratiga ega bo'lishi muhim. Bugun fan va texnika sohasidagi yangiliklarni o'quv dasturi mazmuniga tez kiritish talab etiladi va bu orqali zamonaviy bilimlarni shakllantirishga zamin hozirlanadi. Bundan tashqari zamonaviy o'qitish texnologiyalari, ular bilan bog'liq metodik yondashuvlar bo'lajak pedagoglarda zaruriy bilim, muhim qonuniyat va ko'plab fundamental tushunchalarni chuqur va mustahkam shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi.

Ta'limning sifatini oshirishda pedagoglar bilim va kasbiy mahoratining davr talablariga mosligi, o'qitishda innovasion ta'lim texnologiyalaridan oqilona foydalanishi, tashkil etilayotgan darslarning samaradorligi, ta'lim oluvchi yaxshi o'zlashtirishi uchun har bir mavzuning pedagogik va axborot texnologiyalarni qo'llagan holda o'tilishini ta'minlash talab etiladi. O'qitishda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'limni amaliyotga joriy etish, ta'lim oluvchilarda egallagan bilimlarini hayotda qo'llay olish, kasb tanlash, mustaqil ta'lim olish, o'quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan biridir.

Bugungi kunda respublikamizda ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, o'qitishning innovatsion texnologiyalarini joriy etish, mustaqillik, ijodkorlik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik kabi kasbiy sifatlarga ega yoshlarni tayyorlash hamda pedagoglarni rag'batlantirish maqsadida katta ahamiyatga ega, sazovor ishlar amalga oshirilmoqda.

Lekin, tahlil va o'rganish natijalari hozirgacha ta'lim tizimimizda saqlanib kelayotgan muammolar borligini ko'rsatmoqda. Jumladan:

- ta'lim muassasalarida malakali pedagoglarning yetishmasligi, ularni tayyorlashda amaliyotga joriy etilgan o'quv reja va dasturlarining yaratilishida sohadagi islohotlar to'liq inobatga olinmasligi hamda ular mazmunan eskirganligi;

- ta'lim oluvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashda hamda iqtidorli yoshlarning kreativ g'oyalarni amaliyotga tatbiq etilishida tizimli va innovasioln faoliyat to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi;

- pedagoglar tomonidan ta'lim oluvchilarning intellektual qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan o'quv mashg'ulotlari tashkil etilmaganligi;

- pedagoglar tomonidan innovasion pedagogik texnologiya va metodlarini amaliyotga keng joriy etilmasligi;

- ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro hamkorlik to'liq yo'lga qo'yilmaganligi;

- o'quv mashg'ulotida ta'lim oluvchilarga bahslashish, o'zining fikrini bayon etishga imkon juda kam berilishi; ayrim mashg'ulotlarda pedagoglar eski ma'lumotlarni takrorlash bilan cheklanib qolayotganligi, ularning talab darajasida

Scientific Journal Impact Factor

tayyorgarlik ko'rmaganligi, bilim va kasb saviyasining pastligi jiddiy muammo bo'lib qolmoqda, kompetentliklari esa yetarli darajada emasligi sezilmoqda.

Bu muammolarni bartaraf etish pedagoglarning malakasini muntazam oshirishni, bunda alternativ usullarni qo'llash hamda tinimsiz izlanishlarini yo'lga qo'yish kabi vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi. Bu o'z navbatida pedagoga katta mas'uliyat yuklaydi.

Hozirda o'quv dasturi mazmuni va strukturasini qayta ko'rib chiqish juda muhim. U pedagog uchun "ko'zgu" vazifasini bajarishi lozim. Chunki, inson ko'zgu (oyna)ga qarab o'zining butun bir vujudini ko'radi. Shuning uchun ham pedagog o'z fani bo'yicha o'quv dasturiga qarab, butun bir faoliyatini, o'quv mashg'ulotida ta'lim oluvchilarga yetkazishi lozim bo'lgan jarayon borishini, unda amalga oshirishi lozim bo'lgan vazifalarni eslaydi. Lekin, amaldagi fan dasturlarida o'ziga yarasha kamchiliklar mavjud: jumladan:

- kirish qismida fanning dolzarbligi va ahamiyati to'liq ochib berilmasligi;

- fanni o'qitishda maqsad va vazifalarning chuqur, aniq yoritib berilmasligi yoki haddan tashqari ko'pligi;

- ta'lim oluvchilarga qo'yilayotgan malaka talablarining bugungi kun talablari asosida shakllantirilmaganligi, bu borada ishlab chiqaruvchilar bilan o'zaro hamkorlikning yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi;

- kursdan kursga o'tishda yoki bitiruvchilarda malaka talablarini egallaganlik darajasini aniqlovchi mezonlar va ko'rsatkichlarning ishlab chiqilmaganligi;

- malaka talablarini ishlab chiqishda ta'lim oluvchilarning kasbiy sifatlari (mustaqillik, ijodkorlik, tadbirkorlik, tashabbuskorlik) hamda mantiqiy fikrlash operatsiyalari (tahlil qila olish, klassifikatsiyalash, solishtirish, taqqoslash, umumllashtirish, xulosa chiqarish, amaliyotga joriy etish kabi) kabi omillarga deyarli e'tibor berilmasligi;

- o'quv dasturlari strukturasini yangilash va o'zgartirish zaruriyati;

- o'quv jarayonini loyihalash mexanizmlarini kiritish zaruriyati;

- pedagogik va axborot texnologiyalarining hamda mustaqil ta'limning to'g'ri talqin etilmaganligi;

- foydalaniladigan adabiyotlar ro'yxatiga yillar bo'yicha chegara qo'yilganligi va boshqalar.

Yuqoridagi kabi kamchiliklarni barataraf etish bilan biz zamonaviy o'quv dasturlarning yaratilishiga erishamiz. Buning uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim deb hisoblayman:

Scientific Journal Impact Factor

- birinchidan, fan dasturining kirish qismida o'qitiladigan fanning dolzarbligi va ahamiyati, uning maqsad va vazifalari, uning kelajakda nima kerakligini ochib berishga alohida e'tiborni qaratish lozim. Buni fanga tegishli hayotiy misollar, fan va texnologiyalar, ishlab chiqarish sohalarida erishilayotgan yutuqlarni inobatga olib yoritib berilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bu albatta ta'lim oluvchilarda fanga bo'lgan boshlang'ich motivatsiyani uyg'otishga, kelajakka bo'lgan ishonch kurtaklarining yuzaga kelishiga yordam beradi;

- ikkinchidan, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda katta o'zgarishlar bo'lmoqda. Respublikamizga xorijdan ko'plab yangi texnika va texnologiyalar, investisiyalar kirib kelmoqda, qolaversa o'zimizda ham ishlab chiqarilmoqda, yangi-yangi korxona hamda ishlab chiqarish tashkilotlari barpo etilmoqda. Albatta ertaga ularda mustaqil ishlay oladigan, ularni boshqara oladigan mutaxassis zarur. Shuning uchun bugungi kunda biz kelajak uchun tayyorlayapgan mutaxassislarimizga ular tomonidan qo'yilayotgan zamonaviy malaka talablarini aniq, to'g'ri, pala-partish qilmasdan, "bizdan ketdi - egasiga yetdi" tarzida ish qilmasdan o'rganib, kerak bo'lsa ushbu korxona va tashkilotlarga borib, ko'z bilan ko'rib, ularning yetakchi, tajribali mutaxassislari bilan hamkorlikda shakllantirish lozim. So'ngra ushbu tayyor malaka talablari o'quv dasturida o'z aksini topishi lozim;

- uchinchidan, amaldagi o'quv dasturlarida soatlar taqsimotini jadval shaklida berish. O'quv rejadagi fan mavzusi soatlari taqsimoti o'quv dasturida o'z aksini topishi maqsadga muvofiq. Chunki, pedagog dasturni ochganda soatlarni izlab yurmaydi, o'quv rejasiga murojaat qilmaydi. Bu ishni osonlashtiradi va vaqtni tejaydi;

- to'rtinchidan, o'quv dasturida fanni o'qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish deb: aqliy hujum, bumerang, sinkveyn, konseptual jadval kabi interfaol usullar yozilganini kuzatamiz. Axir ular pedagogik texnologiyalar emas-ku, ular pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan interfaol usullardir. Axborot texnologiyalari bo'yicha esa biron bir texnologiya nomi yozilmagan. Demak, bu noto'g'ri yondashuv va talqin. Shuning uchun bunday kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim:

fanni o'qitishda foydalaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar deb:

- ta'lim oluvchining ijtimoiy va bilish faolligini ta'minlashga yo'naltirilgan -shaxsiy-insonparvarlik;

- o'quv jarayonining texnologik darajasini to'liq ifodalash, amalda joriy etishga yo'naltirilgan - loyihalash;

- mustaqillik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, hamkorlik, ijodkorlik kompetentligini shakllantirishga yo'naltirilgan - muammoli o'qitish;

Scientific Journal Impact Factor

- ta'lim oluvchida ijodkorlik, yangilik yaratish qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan - evristik o'qitishni e'tiborga olish.

Pedagogik texnologiyalar asosida yaratilan interfaol usullar deb, bunda ta'lim oluvchining:

- mustaqil va ijodiy ishiga yo'naltirilgan - kichik guruhlarda ijodiy izlanish;

- bilim doirasini, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ilmiy maqola, risola va kitoblar bilan tanishtirish orqali, bilim olish va fanga bo'lgan qiziqishini orttirish, avval o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakasini yangi vaziyatlarda qo'llash orqali yangi bilimlarni egallashiga yo'naltirilgan - erkin fikrlash;

- tinglash va muloqot qilish ko'nikmasini, turli nuqtai nazardan tushunish malakasini rivojlantirish, bahsli masalalarni hal qilish, tahliliy mushohada yuritish va fikrlash layoqatini oshirish, o'z fikrini shakllantirish mahoratini mustahkamlashga yo'naltirilgan - tanqidiy tafakkur;

- faoliyat, muloqat, hamkorlik, turli hayotiy hodisalarni boshdan kechirishga yo'naltirilgan - diskussiya;

- fikrini hamda mavzuga bo'lgan munosabatini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishiga va to'g'ri xulosa chiqarishiga yordam berish, erkin holda bahslashishga yo'naltirilgan - muloqot;

- shaxsiy funksiyasini dolzarblashtirishga, uning muhim tanlashni amalga oshirish tajribasini to'plashga, tanqidiy qabul qilishga, hayojonli muammolarni ijodiy yechishga refleksiyaga maxsus yo'naltirilgan - dialog;

- mustaqil ishlash ko'nikmasi, ijodiy fikrlash qobiliyati va jamoani boshqarish, yechim qabul qilish hamda uni bajarishni tashkil etish malakasini rivojlantirishga yo'naltirilgan - o'yinni e'tiborga olish.

Axborot texnologiyalari deb: dasturlashtirilgan, avtomatlashtirilgan, chiziqli texnologiyalarga e'tiborni qaratish;

- beshinchidan, loyihalashni o'quv dasturlariga kiritish. Bu juda muhim. Ma'lumki, pedagogik texnologiyalarning asosiy vazifalardan biri bu, faoliyatni, jarayonni loyihalash hisoblanadi. Shuning uchun ham bu fan dasturida o'z aksini topishi kerak. Jarayonni loyihalashda:

- mavjud ma'lumotlarni tahlil qilish hamda o'quv maqsadlari (ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi)ni aniqlashtirishni;

- o'qitishning texnologik usullari variantlarini tuzishni;

- har bir variantni baholash va optimalini tanlash ya'ni, loyihalanayotgan jarayonning umumiy modelini yaratish va modellashtirishni;

Scientific Journal Impact Factor

- tanlangan texnologik usulni amalga oshirish yo'llarini, ya'ni pedagogning ta'lim oluvchilar o'quv-bilish faoliyatini boshqarish bo'yicha didaktik faoliyati tizimlarini ishlab chiqishni;

- jarayonni moddiy-texnik ta'minlashni tanlash kabilarga alohida e'tibor qaratish lozim;

- oltinchidan, mustaqil ta'lim, mustaqil ishni to'g'ri talqin etish. Ko'pchilik o'quv dasturida laboratoriya ishlari, mustaqil ishlar, seminar mashg'ulotlari alohida -alohida yoritilgan. Axir, bularning barchasi mustaqil ta'lim shakllariga kiradi-ku. Shuning uchun ham ularni fan dasturida "mustaqil ta'lim" nomi bilan alohida paragraf qilib yoritish lozim.

Shu bilan bir qatorda, ayrim fan dasturlarida barcha mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarish shakli sifatida faqat "referat yozish" berilganligini kuzatish mumkin. Bu hozir modadan qoldi-ku. Bugungi kunda t'lim oluvchilarga referat yozish kerak desangiz, ular ARMdagi yoki Internetdagi tayyor ma'lumotlarni ko'chirib yozib kelishadi. Shuning chun ham hozirda ularga kasbiy sifatlarni rivojlantirishga yo'naltirilgan muammoli vaziyatlarni yaratishga oid, shuningdek, muammoli savol va topshiriqlarga javob topishga qaratilgan vazifalarni ko'proq berishimiz maqsadga muvofiq. Bu o'z navbatida ularning o'z ustlarida mustaqil ishlashlariga, ARM va Internet tarmoqlarida izlanishlariga, tajribali pedagoglar bilan hamkorlik qilishlariga, ularning u yoki bu manbalardan ma'lumotlarning ko'chirib olishlari oldini olishga yordam beradi;

- yettinchidan, oxirgi 10-15 yil ichida foydalangan adabiyotlar bo'lishi kerak deyilgan. Bu ayniqsa, pedagogika yo'nalishida mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Chunki, bugungi kunda ajdodlarimiz, avlodlarimiz, bobolarimiz tuzuklaridan foydalanmaslikning iloji yo'q. Shuning uchun foydalaniladigan adabiyotlar ro'yxatiga yillar bo'yicha chegara qo'ymaslik kerak.

Ta'lim sifati, uning maqsad va vazifalarini, mazmunini, shakl, metod, texnologiya va vositalarini to'g'ri tanlash muhim. Har bir mashg'uloti ta'lim oluvchilarda o'quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishga, o'quv adabiyotlaridan kerakli axborotlarni mustaqil topishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Mashg'ulot sifati o'qilayotgan, tahlil qilinayotgan mavzuga pedagogning mas'uliyat bilan yondashishi, uning mazmunini ta'lim oluvchilarga yetkazishga qaratilgan mahorati, mashg'ulotni bugungi kun talabi asosida tashkil etish va boshqarish uslubiy faoliyati bilan belgilanadi. Pedagog mavzuni yoritish uchun uning muhim bo'lgan nazariya bilan asoslanganligi, fikrlarni mantiqan bog'langanligini tushuntira olsa, ma'lum maqsadga

Scientific Journal Impact Factor

erishgan bo'ladi. Buning uchun zamonaviy o'qitish texnologiyalari imkoniyatlari va usullaridan foydalanish zarur [6].

Jumladan, mashg'ulotda muammoli, modulli, loyihalash, evristik hamda hamkorlikda o'qitish texnologiyalaridan foydalanish ta'lim oluvchilarni ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o'rgatish, mustaqilligini oshirish, ularda o'z qobiliyatiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash, mas'uliyat hissini shakllantirishni ko'zda tutadi. Bu texnologiyalar ularning berilgan topshiriqlarni sifatli bajarishga, o'quv

Bugungi kunda o'quv mashg'ulotlari sifatini oshirish masalasiga yangicha yondashish, bajarilgan ishlar bilan cheklanmasdan, uni muntazam ravishda takomillashtirish, yangi uslub va shakllarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish muhim hisoblanadi. Har bir ta'lim yo'nalishi bo'yicha:

- o'quv mashg'ulotining mantiqiy-tuzilish shaklini (o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishda ketma-ketlik) aniqlash, ularni bevosita hayot talablariga moslashtirish;

- muammoli topshiriqlarni tuzish, ular asosida uslubiy tavsiyalar va ko'rsatmalarni tayyorlash;

- pedagogik texnologiyalarning zamonaviy turlarini qo'llash, tajribadan o'tkazish, natijalariga qarab, o'quv jarayoniga joriy etish;

- shu tariqa ta'lim oluvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishga erishish;

- pedagoglar faoliyatini rag'batlantirishda barchaga bir xil yondashish tamoyillaridan voz kechish, uning o'rniga faolligiga hamda mashg'ulotlar sifatini oshirishga taalluqli bo'lgan muayyan ishining sifati, hajmiga qarab rag'batlantirish lozim.

O'quv mashg'ulotining asosiy maqsad va vazifalarini amlga oshirishda - asosiy e'tiborni maqsad va vazifalarni aniqlashga qaratish, pedagog va ta'lim oluvchilarning samarali hamkorligini yo'lga qo'yish, ilg'or pedagogik texnologiya va ular asosida yaratilgan interfaol usullardan foydalanish, natijalarini baholash tizimini takomillashtirish, uning barcha shakllarini yangi texnika va texnologiya yutuqlarini hisobga olgan holda tashkil etish va amalga oshirish, ta'lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy qobiliyat hamda kasbiy mahoratlarini zamon talablari darajasida shakllantirish, o'quv mashg'ulotini noan'anaviy o'qish va il miy-tadqiqot ishlari bilan uzluksiz aloqasini yaratish, kasbiy, iqtisodiy qiziqishlarni uyg'otish, mustaqil tarzda kerakli ma'lumotlarni yig'ish, muammoni aniqlash, yechimlarini topish, olingan bilim, malaka va ko'nikmalarni tanqidiy tahlil etish va ularni yangi vazifalarni hal etishda qo'llashga tizimli va ijodiy yondashishga qaratish lozim [7].

materiallarini puxta o'zlashtirishga zamin tayyorlaydi.

Scientific Journal Impact Factor

Ushbu muammolarni bartaraf etishda quyidagilarga ko'proq e'tiborni qaratish lozim:

- o'quv dasturlarini ilg'or xalqaro tajribalar asosida tajribali pedagog hamda mutaxassislar bilan kelishgan holda tubdan takomillashtirish, kerak bo'lsa ularning variativ variantlarini ishlab chiqish;

- ta'lim oluvchilarda tanqidiy, kreativ fikrlashni, yangicha yondashuv uslublarida qobiliyatlarini shakllantirish;

- nazariy va amaliy bilimlarni yaxlitligini ta'minlashga yo'naltirilgan ilg'or tajribalarni tatbiq etgan holda yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratish;

- o'quv mashg'ulotida ta'lim oluvchilar faolligini oshirishni nazarda tutuvchi muammoli savol va topshiriqlarni ishlab chiqish hamda debatlarni yo'lga qo'yish;

- o'quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida ta'lim oluvchilar uchun tajribalar o'tkazish, modellar yasash, loyihalash, modellashtirish, muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni bartaraf etish, o'z g'oyalarini hayotga joriy qilishga yo'naltirilgan rag'batlantirish tizimini yaratish;

- respublika va xorijdagi yetakchi mutaxassis-olimlar ma'ruzalarini hamda vebinar mashg'ulotlarini onlayn audio-, videotranslyatsiyalar ko'rinishida tashkil qilish;

- o'quv qo'llanmalarini sohalardan kelib chiqib yaratish. Masalan, fizika darsligi bo'yicha: tibbiyot-fizikasi, transport fizikasi, yengil sanoat-fizikasi va b.q.;

- har bir fan bo'yicha o'quv yili uchun "Fan yo'l xaritasi"ni ishlab chiqish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- pedagoglarning "Tahlil - muammo - yechim - natija" klasteri asosida o'quv mashg'ulotini tashkil etishini yo'lga qo'yish. Ma'ruzalarning ushbu klaster asosida o'tkazilishiga erishish;

- ta'lim oluvchilarning referat yozishlaridan voz kechib, "Tahlil - muammo -yechim - natija" klasteri yo'nalishidagi bitiruv malakaviy ishlarini yo'lga qo'yish;

- ta'lim oluvchilarning bilimlarini baholashda barcha baholash tizimlaridan voz kechib "yaxshi o'zlashtirgan, o'rtacha o'zlashtirgan, past o'zlashtirgan" tizimni kiritish (Izoh: a'lo bu ideal tushuncha. O'zlashtirmadi deb hisoblash noto'g'ri, chunki biz maktabgacha ta'limda, umumiy o'rta ta'limda, profta'limda, qolaversa oliy ta'limda bolani shuncha yillar nimaga o'qitdik);

- ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda quyidagi punktlarga e'tiborni qaratish: tadqiqot ishining tahlili, tahlil asosida aniqlangan muammolar, muammoni yechishga qaratilan maqsad va vazifalar, ularni amalga oshirishga yo'naltirilgan metod, texnologiya va vositalar, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, olingan natijalar va ularning amaliyotga tadbig'i, xulosar va takliflar.

Scientific Journal Impact Factor

Shu bilan bir qatorda:

- pedagoglar o'z kasbiy faoliyati bo'shliqlarni to'ldirish ustida izlansin, o'z ustida muntazam ishlasin;

- ta'lim oluvchilar bilan Internet tarmoqlari yoki telegramm orqali bog'lanib tursin, o'z fani yuzasidan ularga muammoli vazifalarni taklif etib borsin hamda ularning bajarilishini nazorat qilsin;

- hayotiy, turmush, fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog'liq muammolarni hal etishga bag'ishlangan ma'lumotlardan ularni ko'proq xabardor qilsin;

- bugungi kunda televidenie orqali efirga uzatilayotgan darslarni kuzatib borsin, ulardan tajriba olsin, ularni ko'rishni ta'lim oluvchilariga ham taklif etsin;

- ma'ruzalar slaydini yaratsin, ularda loyihalash va modellashtirishga e'tiborni qaratsin, bu o'z navbatida ta'lim oluvchilarning bilimlarni puxta egallashlariga, yaxshi tushunishlariga, kelajakda kerakli ekanligini tasavuur etishlariga xizmat qiladi;

- bugungi kunda o'qitish shakllari, metodlari, vositalari va texnologiyalarini qanday takomillashtirish kerakligi haqida o'ylasin, bu o'z navbatida ta'lim oluvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirada, pedagogga bo'lgan hurmat kuchayadi, o'zaro ijobiy munosabat va hamkorlik vujudga keladi;

- zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ular asosida yaratilgan interfaol usullarni yaxshilab o'rgansing, chunki ayrim pedagoglarimiz pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalarini, uning tamoyillarini, qonuniyatlarini, darsga kiritish mexanizmlarini hanuzgacha bilishmaydi yoki ulardan pala-partish foydalanishadi, bu esa o'z navbatida ta'lim oluvchilar bilimining susayishiga olib keladi;

- bugungi kunda ta'lim oluvchilarning kasbiy sifatlarini shakllantirish va rivojlantirishga yo'naltirilgan - muammoli o'qitish, loyihalash, evristik, modellashtirish, modulli o'qitish texnologiyalaridan ko'proq foydalanishga hamda o'z faoliyatiga joriy etishga harakat qilsin, ularni yaxshilab tushunib olsin;

- ta'lim oluvchilarga kelajakda yaxshi mutaxassis bo'lib yetishishlari da mavjud tajriba va mahoratini ayamasin, xo'ja ko'rsinga dars o'tishdan voz kechsin, chunki yoshlarimizni kelajak kutyapti, Prezidentimiz ularga katta ishonch bildiryapti, qolaversa bu pedagogning obro'si;

- men zo'rman deyishdan o'zini asrasin, tajriba almashsin, bilmaganlarini boshqalardan so'rasin, bilganlarini boshqalarga o'rgatsin, aytishadi-ku so'rab o'rgangan olim, so'ramagan o'ziga zolim deb.

Demak, ilg'or xorij tajribalaridan foydalangan holda o'zimizning tizimlashtirilgan ta'lim sifati borasidagi amalga oshiriladigan ishlarni

Scientific Journal Impact Factor

umumlashtirish va hayotda qo'llash bugungi kunda juda dolzarb Shu maqsadda, keyingi paytlarda o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta'lim dasturlari va o'quv-metodik materiallarni keng joriy etish muhim vazifalar etib belgilandi. Bu o'z navbatida ta'lim muassasalarida o'qitiladigan barcha fanlardan o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish va ular asosida ta'lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda zamonaviy talablarga, pedagogik va axborot texnologiyalariga alohida e'tibor qaratish lozimligini taqozo etadi hamda ta'lim oluvchilarning hayotiy tajribasi, ehtiyoji, qiziqishi hamda imkoniyatlariga tayaniladi.

XULOSA

Bu vazifalarni amalga oshirish orqali malakali mutaxassislarni tayyorlashda xorij tajribalaridan samarali foydalanish, uning asosida o'quv mashg'ulotini tashkil etishga ta'lim muassasalarida yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish zarur. Chunki, o'quv mashg'uloti jarayoni pedagogik ijodkorlikning asosiy maydoni bo'lib, uni tashkil qilish va boshqarishga to'g'ri, innovasion yondashuv ta'lim oluvchilarni bilim olishga, mustaqillikka, ijodkorlikka, tashabbuskorlikka, hamkorlikda ishlashga, kasbiy kompetensiyalarni chuqurlashtirish orqali ta'lim sifatiga e'tibor berishga jalb qiladi [7-9].

Ta'lim sifatini oshirishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, bu yo'ldagi maqsad va vazifalarni aniq belgilash, buning uchun jahonda tan olingan tajribalardan foydalanish, axborot texnologiyalarini pedagogik texnologiyalar bilan uyg'unlashgan holda qo'llash bo'lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy tayyorgarlik sifatini yaxshilashga xizmat qiladi, bu jarayon samaradorligini oshiradi. Ta'lim maqsadlarini oydinlashtirish, o'qitish va o'zlashtirish jarayonlarida qo'llaniladigan turli texnologiya va usullardan foydalanish, mazmunga e'tiborni qaratish ta'lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga olib keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi, PF-4947-sonli Farmoni. (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda).

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

3151-son Qarori. (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda).

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi " O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019 y., 06/19/5847/3887-son).

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoni. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020 y., 06/20/6108/1483-son).

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-son Qarori. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020 y., 07/20/4884/1484-son).

6 Узбекистан Республикаси Президентининг 2020 йил 23 сентябрдаги "Таълим тугрисида"ги ^онун" УР^-637-сон. (^онун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.09.2020 й., 03/20/637/1313-сон).

7. Мавлянов А., ва б.к.лар. "Илгор педагогик технология буйича укув машгулотини лойихалаш" Замонавий таълим. 2016. №2. Б.25-29.

8. Мавлянов А., ва бд.лар. Укув машгулотларини ташкил этишда таълим технологиялари. Укув кулланма. Тафаккур бустони нашриёти. Тошкент, 2013. 142 б.

9. Мавлянов А., ва б.клар. Педагогик технология тамойиллари асосида машгулот машгулотларини олиб бориш технологияси. Укув-услубий кулланма. - Тошкент: Ворис, 2010. - 117 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.