Научная статья на тему 'TA’LIM BЕRISH JARAYONIDA NAZARIYA VA AMALIYOT BIRLIGINI TA’MINLASH'

TA’LIM BЕRISH JARAYONIDA NAZARIYA VA AMALIYOT BIRLIGINI TA’MINLASH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2079
155
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nazariya va amaliyot / innovatsion pedagogik texnologiyalar / interfaol metodlar / yer tuzish / yer kadastri / kommunikativ / yerdan foydalanish / yer tuzish tadbirlari. / theory and practice / innovative-pedagogical technologies / interactive methods / land management / land cadastres / land use / land survey of measures

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sayfuddin Raximovich Sharipov

Maqolada Respublikamizda yerlardan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishni ta’minlash sohasidagi tayorlanayotgan kadrlar sifati va raqobatbardoshligi hamda ta’lim berish jarayonida nazariya va amaliyot birligini ta’minlash masalasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENSURING THE UNITY OF THEORY AND PRACTICE IN THE EDUCATIONAL PROCESS

The article reflects the quality and competitiveness of trained specialists with higher education in the field of organizing the effective use and protection of land resources of the Republic, as well as the issues of ensuring the unity of theory and practice in their learning.

Текст научной работы на тему «TA’LIM BЕRISH JARAYONIDA NAZARIYA VA AMALIYOT BIRLIGINI TA’MINLASH»

TA'LIM BERISH JARAYONIDA NAZARIYA VA AMALIYOT BIRLIGINI

TA'MINLASH

Sayfuddin Raximovich Sharipov

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Yerdan foydalanish kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada Respublikamizda yerlardan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishni ta'minlash sohasidagi tayorlanayotgan kadrlar sifati va raqobatbardoshligi hamda ta'lim berish jarayonida nazariya va amaliyot birligini ta'minlash masalasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: nazariya va amaliyot, innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, yer tuzish, yer kadastri, kommunikativ, yerdan foydalanish, yer tuzish tadbirlari.

ENSURING THE UNITY OF THEORY AND PRACTICE IN THE

EDUCATIONAL PROCESS

Sayfuddin Rakhimovich Sharipov

Senior Lecturer, Department of Land Management, Tashkent Institute of Irrigation and

Agricultural Mechanization Engineers

ABSTRACT

The article reflects the quality and competitiveness of trained specialists with higher education in the field of organizing the effective use and protection of land resources of the Republic, as well as the issues of ensuring the unity of theory and practice in their learning.

Keywords: theory and practice, innovative-pedagogical technologies, interactive methods, land management, land cadastres, land use, land survey of measures

KIRISH

Hozirgi kunda jahon andozalari talablariga mos keladigan yetuk mutaxasis kadrlar tayyorlashga bo'lgan talab va extiyoj oshib bormoqda. Bu esa har bir ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatayotgan rahbar va pedagog xodimlar oldiga zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarini, ilg'or metod va usullarni ta'lim jarayonida samarali qo'llay olish ko'nikma va malakalarini shakllantirish vazifasini qo'yadi.[4] Bugungi davr talab etayotgan innovatsiyalarni amalga oshirish uchun esa ilmiy-ta'limiy sohaning

o'zi ham eng zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o'z faoliyatiga tatbiq qilishi lozim. Bu ish ilmiy-ta'limiy sohaning innovatsion rivojlanishini boshqarishga mo'ljallangan texnologiyalar, mexanizmlar va usullarni takomillashtirishni taqozo qiladi. [5]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Keyingi bir yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma'noda ta'lim tizimidagi o'zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 8 maydagi PQ 3702 son

qarorida, "......kadrlar tayyorlash borasidagi bugungi kunda o'z yechimini kutayotgan

dolzarb muammolar va kamchiliklar keltirib o'tilgan. Bunga:

birinchidan, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, jadallik bilan joriy etilayotgan zamonaviy intensiv, tejamkor texnologiyalar hamda ilg'or tajribalar fan dasturlarida o'zining ayesini topmaganligi, ta'lim yo'nalishlari bo'yicha zamonaviy talablar asossida yaratilgan metodik qo'llanmalarbilan to'liq ta'minlanmaganligi hamda institut o'quv laboratoriya bazasi ma'nan va jismonan eskirganligi natijasida talabalar zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmaganligi sababli bitiruvchilarning mutaxasisligi bo'yicha ishga joylashishida muammolar mavjud;

ikkinchidan, mutaxasislar tayyorlash yuzasidan ehtiyojlar chuqur taxlil qilinmaganligi oqibatida sohaga innovatsion va axborot kommunikatsion

texnologiyalarni joriy etish, .....geoinformatika kabi yo'nalishlarda oliy ma'lumotli

kadrlarga ehtiyoj mavjud;

uchinchidan, professor o'qituvchilarning ilmiy salohiyati, kasbiy bilim darajasi, shuningdek, amaliy tajribalarini doimiy oshirib borish mexanizmlarini joriy etish. Ularning kasbiy kompitentligini oshirishda soha bo'yicha xorijiy ilmiy tadqiqot va oliy muassasalarning ilg'or tajribalaridan samarali foydalanilmayapti;

to'rtinchidan, ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlashning tizimli tashkil etilmaganligi, ilmiy izlanishlarning sohada mavjud dolzarb ilmiy muammolar yechimlariga qaratilmaganligi oqibatida ilmiy faoliyatning zamonaviylik va natijadorligik darajasi pastligicha qolmoqda;

beshinchidan, talabalarning ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarini sohaviy korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan chambarchas bog'lanmaganligi oqibatida bitiruvchilarning amaliy ko'nikmalari talab darajasida emas.[1]

MUÖOKAMA

Yuqoridagi kamchiliklardan kelib chiqib institutimizda mavjud salohiyatdan samarali foydalanishni tashkil etish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy va ilmiy pedagogik salohiyatni oshirish, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jarayonlarini tubdan takomillashtirishga qattiq kirishildi.

Bugungi kun talabasini sakson daqiqalik o'quv mashg'uloti davomida shunchaki tinglovchi sifatida auditoriyada ushlab turish mushkul. Negaki, u ko'p xajmli, tezkor axborot oqimi mavjud bo'lgan muhitda yashamoqda. Ta'lim berish jarayonida nazariya va amaliyot birligini ta'minlagan holda, innovatsion texnologiyalar, interfaol ta'lim usullari yordamida aynan manashu masalaga yechim topish mumkin. Ya'ni, bunda o'qituvchi va talabaning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish, talabaning ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, mustaqil fikrlashga undash, bilish extiyojlarini, olgan bilimlarini amaliyotda qo'llay olish ko'nikma va malakalarini shakllantirish kabi xususiyatlar yotadi. Buning uchun birinchi navbatda darslarning ta'limiy maqsadini belgilashda o'zlashtirish darajalari asosida yondashish, belgilangan vaqt va mavjud sharoitda ko'zlangan ta'limiy natijalarga kafolatli erishishni ta'minlash eng maqbul usullar va vositalarni tanlash va ularni qo'llay bilish eng muxim vazifadir. Undan tashqari o'quv mashg'ulotlarining shakli va turlari bo'yicha ta'lim texnologiyasi, darsning o'qitish modeli, texnologik xaritasi va uni ilovalarini tayyorlash, ta'lim texnologiyasi elementlari hamda o'qitishning loyiha usuli va keys texnologiyalaridan kengroq foydalanish zarur. Hozirgi kunda faqat innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda darslarni tashkil etsakgina ta'limda samaraga erishamiz. Ushbu texnologiyalar kundan kunga doimiy ravishda rivojlanib kelayotgan texnologiyadir. Bugungi kunda zamonaviy dars jarayonida quyidagi asosiy talablarni hisobga olish zarur.-dars jarayonida qo'llaniladigan usullarni talabalarning shaxsiy qobiliyatlariga yondoshuv asosida amalga oshirish;

-dars talaba shaxsiga yo'naltirilgan bo'lib, o'qituvchi va talabaning o'zaro faol munosabatlarda bo'lishlarini ta'minlash;

-darsni talabalarning yuqori darajadagi qiziqishi, aqliy faolligi va muvoffaqiyatga erishuviga qaratish;

-dars beriladigan bilim mazmuniga ko'ra, turli pedagogik usul va uslublardan foydalanish;

-darslarni nazariya va amaliyoni o'zaro bog'lagan holda tashkil etish;

-darsda vaqtdan unumli va maqsadli foydalanib, sifat va samaradorlikligini ta'min

etuvchi nazorat turlaridan foydalanish.

NATIJA

Interfaol o'qitishning asosiy mohiyati - o'qitish jaгayonida baгcha talabalaг bilish jarayonining ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etilayotgan muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni aniqlaydi, uni hal etish yo'llarini izlab, eng maqbul variantni tavsiya etadi.

Interfaol metodlaг qo'llanganda talabalaг tanqidiy fikT yuгitish, axboгot manbalaгi va ulami tahlil qilish, muгakkab muammoli vaziyatlarni hal etish, o'rtoqlarining fikrini tahlil qilib asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotda bo'lish, talabalaг biг-birini tushunish, hamkorlikda ishlash ko'nikmalaгini egallaydi.[2] (63-71 b.)

Kasbiy kommunikativ ko'nikmalami shakllantirish ixtisoslik fanlar mazmunini o'zlashtiгish bilan bog'liq bo'lib, ta'lim amaliyotlarida "Munozara dialogla^', "Davra stoli", "Qaгoгlaг shajarasi", "Qaгama-qaгshi munosabat", "Loyihalash usuli" /'Case-study" va boshqa ko'plab turiaridan keng foydalanish lozim. Ammo ulardan yer tuzish va yer kadastri ta'limida foydalanish sohasida sezilaгli ishlaT hali qilingani yo'q. Vaholangki, mazkrn- usullaгdan yeг tuzish daгslaгida xususan, "Yeг tuzish va yeг kadastri" va "Geodeziya va geoinfoгmatika" ta'lim yo'nalishlari hamda "Yeг гesuгslaгidan foydalanish va boshqarish" va "Geodeziya va geoinfoimatika magistratura mutaxasislarini tayyorlash darslarida foydalanish imkoniyati katta. [6]

Respublikamizda ye^a bo'lgan talab yil sayin oshib borayotganligini hisobga olgan holda, yeriaróan samaгali foydalanish va ulami muhofaza qilishni ta'minlab beruvchi yer tuzuvchi kadrlarga talabning kuchayishi, kadrlar sifatiga va raqobatbardoshligiga borib taqaladi. Shu mutaxasislarning kasbiy kommunikativ(aloqa bog'lash yo'llari) ko'nikmalarini shakllantiгish masalasi muhim ijtimoiy masala bo'lib, uni ro'yobga chiqaгish ye! tuzish sohasining kelajakdagi гivojlanishini belgilab beradi.

"O'zdaveгloyiha" davlat ilmiy loyihalash institutida "Yeráan foydalanish" kafedrasining filiali faoliyat ko'гsatadi. Bu kafedгaning filialida talabalaг bilan ishlab chiqaгishning aloqalari bog'liq holda olib boгiladi. Talaba^ ishlab chiqaгish amaliyotini ham shu tashkilotda va uning viloyatdagi bo'limlarida o'tashadi. Bunda talaba yer tuzishning mavjud muammolarini mutaxasislari bilan birgalikda yechish imkoniyatiga ega bo'ladi va talabalaráa kommunikativ ko'nikmalaг shakllanadi. Kafedra filialidagi daгs jaгayonida shaxsga yo'naltirilgan yondashuv talabalar o'гtasida muloqot jarayonini erkin va samarali kechishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishi bilan shug'ullanishiga sharait yaratilsa, u ham amaliyotning Ыг bo'lagini tashkil qilishi mumkin. Ilmiy-tadqiqot ishi bitiruvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va mustahkamlashga ko'maklashadi. U bitimvchini 8-semestrda kafedraning ilmiy tadqiqot ishlarida albatta ishtirok etishini, kurs ishlarini kasbiy (maxsus) siklning

bazaviy fanlari mavzusi bo'yicha bajarilishi va himoya qilinishini, talabaning talabalar ilmiy jamiyati yo'nalishi bo'yicha ilmiy ishlarda faolligini va bitiruv malakaviy ishini kafedraning ilmiy mavzulari bo'yicha bajarilishini nazarda tutadi.

Talabalar ilmiy-tadqiqot ishini tashkil qilish ishlab chiqarish bilan bog'laydigan yana bir yo'nalish ekanligini hisobga olib qo'yidagilarni bajarishimiz zarur: ustoz shogird tizimi asosida sohaga oid yangi me'yoriy hujjatlar, zamonaviy informatsion dasturiy ta'minot mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirish; shshlab chiqarish korxona va tashkilotlaridan malakali, tajribali mutaxasislarni ta'lim jarayonida ishtirokini ta'minlash;

kafedra filialida amaliy mashg'ulotlarida ishlab chiqarishdagi mavjud muammolarni o'rganish, ilmiy - amaliy yechimini izlash;

iqtidorli talabalarni sohaning ilmiy muammoli mavzulari bilan shug'ullanishga jalb etish;

-fanlar bo'yicha kurs ishlarining mavzulari ishlab chiqarishdagi dolzarb muammolar asosida har yili yangilanib turilishi va bu mavzular haqida talabalar o'z vaqtida xabardor qilinishi lozim;

-talabalar o'zlarining ilmiy mavzusi bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishi uchun institut va ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalaridan samarali foydalanishi; soha bo'yicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli va resurstejamkor ilg'or texnologiyalarni joriy qilinishini o'quv jarayonlarida uzluksiz yoritib borish; -mustaqil ilmiy-tadqiqot ishni olib borish uchun talabalar OTMning va ishlab chiqarish korxonasining ARM imkoniyatidan to'la foydalanishi;

-iqtidorli talabalar, talabalar ilmiy jamiyatining konferensiyalarida faol ishtirok etishlari hamda talabalar ilmiy konferensiyasi g'oliblari esa mamlakatning hamda qo'shni davlatlarning OTMlariga ma'ruzalar bilan chiqish imkoniyatiga ega bo'lishlari. ishga joylashtirilgan yosh mutahasislarga kasbiy faoliyatlari bo'yicha kafedralar tomonidan uslubiy yordam ko'rsatib borish;

Talabalarni kommunikativ ko'nikmalari bevosita faoliyat jarayonida shakllanadi, ya'ni biz ta'lim jarayonini shunday tashkil qilishimiz kerakki, unda real ishlab chiqarish muammolari o'quv faoliyati jarayonida o'z yechimini topishi lozim. Bu vaziyat ikki tomonlama faoliyat natijalarining birlashishi kasbiy kommunikativ ko'nikmalarning rivojlanishiga olib keladi.[4]

Kasbiy kommunikativ ko'nikmalarni real xayot sharoitlariga moslashtirgan holda shakllantirishda loyihalash usuli ko'proq avzalliklarga ega bo'lib, unda loyihachilik faoliyati talabalar o'rtasida o'zaro hamkorlikka asoslangan muloqot muhitini yaratishga xizmat qiladi.

www.scientificprogress.uz

Bunda birinchidan, talabalar uchun qator sharoitlar yaratilib, ularda o'z fikrini erkin bayon eta olish ko'nikmasi, savollariga amaliy javob olish, vaziyatni baholash ko'nikmalari rivojlanadi.

Ikkinchidan, muammo yechimlarini real xayot sharoitlariga mos ravishda belgilash, o'zaro xamkorlikni amalga oshirish, aloqalarni bog'lash, o'zaro munosabatlar jarayonini boshqarish, ijodiy tashabbuskorlikni namayon qilish, g'oyalarini ilg'ab olish va rivojlantirish, integratsiyalash, baholash kabi ko'nikmalar shakllanadi. Uchinchidan, shaxsiy mehnat natijalarini o'zining kasbiy faoliyatiga tadbiq qilish, ya'ni taxlil asosida ijodiy masalalarni yechish ko'nikmasi, o'z faoliyatini tanqidiy baholash va prognozlash ko'nikmasi shakllantiriladi.

XULOSA

Yuqorida aytib o'tilgan kasbiy kommunikativ ko'nikmalarni talabalarga loyihachilik faoliyati ya'ni loyihalar texnologiyasi negizida shakllantirish jarayoni o'z ichiga mazmunli qadriatli proyektiv va yakuniy bosqichlarni qamrab oladi. Mazmunli bosqichda talabalar texnik masala va muammolarni taxlil qilish, savol-javob o'tkazish, barcha tashlangan fikrlarni taxlil qilish bilan shug'ullanadilar. Proyektiv bosqichda muammoni yechish sxemasi tuziladi, xamkorlikdagi ish faoliyatini tashkil qilish strategiyasi ishlab chiqiladi va gurux a'zolarining harakat uslublari baholanadi. Yakuniy bosqichda kasbiy kommunikativ ko'nikmalarni baholash, prognozlash va modellashtirish kabi komponentlari shakllantiriladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 8 maydagi PQ 3702 son qarori. www.lex.uz

2. Golish L.V.,"Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish" TDIU, "Iqtisodiyot" 2011. 207 b.

3."Ta'lim texnologiyalari" jurnali № 2, 2014

4."Kasbiy fanlar metodikasi" jurnali № 7, 2013

5. Умурзаков У.П. Таълим тизими ислохртлари Узбекистонда янги уйгониш даври пойдеворини яратади. Халк сузи - 2020. 29 октябрь №228(7730)

6. Шарипов С.Р. Ер тузиш лойих,аларини ишлашда геоахборот тизимларидан фойдаланиш - Инновационные подходы в современной науке - 2018 -169-174 https://scholar.google.ru/scholar?oi=bibs&cluster=18401544451441930939&btnI=1&hl =ru

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.