Научная статья на тему 'AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH VA TA’MIRLASH ISHCHILARINI KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUV ASOSIDA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH METODIKASI'

AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH VA TA’MIRLASH ISHCHILARINI KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUV ASOSIDA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

6569
397
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetentlik layoqati / kompetensiya / ta’mirlash (T) / samaradorlik / avtotransport korxonalari / texnik xizmat ko’rsatish (TXK) / kompetensiyaviy yondoshuv / kasbiy kompetensiya / tayyorlash / qayta tayyorlash / malakasini oshirish / samarali tashkil etish. / Competence / competence / repair / efficiency / trucking companies / maintenance / competence-based approach / professional competence / training / retraining / advanced training / effective organization.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Akmal Azimov, Abdularim Muxtarov

Ushbu maqolada avtotransport korxonalarini ish jarayonlarini samarali tashkil etishda bilimli, malakali va kompetentlik layoqati shakllangan nozimlik, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’limi ishchilariga bog’liqligi va ushbu ishchi xizmatchilarni kompetensiyaviy yondoshuv asosida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish metodikasi, uning samarali natijalari keltirib o’tilgan. Bundan tashqari avtotransport korxonalarida texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’limi ishchilarga qo’yilgan asosiy talablar, kompetensiyaviy yondoshuv asosida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, tayyorlash va malakasini oshirishning samaradorlik ko’rsatgichlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF TRAINING AND RETRAINING OF MAINTENANCE AND REPAIR WORKERS IN MOTOR TRANSPORT ENTERPRISES ON THE BASIS OF A COMPETENT APPROACH

This article describes the dependence of knowledge, skills and competence of employees of the department of maintenance, repair and repair on the effective organization of work processes of transport enterprises and the methods of training, retraining and advanced training of these employees on the basis of a competency approach. Its effective results are given. In addition, the main requirements for employees of the department of maintenance and repair of motor transport enterprises, indicators of the effectiveness of the formation, training and retraining of professional competencies on the basis of a competency approach.

Текст научной работы на тему «AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH VA TA’MIRLASH ISHCHILARINI KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUV ASOSIDA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH METODIKASI»

AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH VA TA'MIRLASH ISHCHILARINI KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUV ASOSIDA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH METODIKASI

Akmal Azimov Abdularim Muxtarov

"Transport vositalari muhandisligi" "Avtomobil va avtomobil xo'jaligi"

kafedrasi mutaxassisligi magistranti

Jizzax politexnika instituti Jizzax politexnika instituti

E-mail: [email protected] E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada avtotransport korxonalarini ish jarayonlarini samarali tashkil etishda bilimli, malakali va kompetentlik layoqati shakllangan nozimlik, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash bo'limi ishchilariga bog'liqligi va ushbu ishchi xizmatchilarni kompetensiyaviy yondoshuv asosida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish metodikasi, uning samarali natijalari keltirib o'tilgan. Bundan tashqari avtotransport korxonalarida texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash bo'limi ishchilarga qo'yilgan asosiy talablar, kompetensiyaviy yondoshuv asosida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, tayyorlash va malakasini oshirishning samaradorlik ko'rsatgichlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: kompetentlik layoqati, kompetensiya, ta'mirlash (T), samaradorlik, avtotransport korxonalari, texnik xizmat ko'rsatish (TXK), kompetensiyaviy yondoshuv, kasbiy kompetensiya, tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, samarali tashkil etish.

METHODS OF TRAINING AND RETRAINING OF MAINTENANCE AND REPAIR WORKERS IN MOTOR TRANSPORT ENTERPRISES ON THE BASIS OF A COMPETENT APPROACH

Akmal Azimov Abdularim Mukhtarov

"Vehicle Engineering" department Master in specialty "Automotive and

Jizzakh Polytechnic Institute Automotive"

E-mail: [email protected] Jizzakh Polytechnic Institute

E-mail: abdukarim@ gmayl. uz

ABSTRACT

This article describes the dependence of knowledge, skills and competence of employees of the department of maintenance, repair and repair on the effective

organization of work processes of transport enterprises and the methods of training, retraining and advanced training of these employees on the basis of a competency approach. Its effective results are given. In addition, the main requirements for employees of the department of maintenance and repair of motor transport enterprises, indicators of the effectiveness of the formation, training and retraining of professional competencies on the basis of a competency approach.

Keywords: Competence, competence, repair, efficiency, trucking companies, maintenance, competence-based approach, professional competence, training, retraining, advanced training, effective organization.

KIRISH

Bugungi kunda avtomobil transporti xizmatlaridan foydalanish hayotimizning barcha sohalarida keng ko'lamda va ommaviy ravishda qo'llanilmoqda. Avtomobillardan foydalanish uning turlari bo'yicha yuk va yo'lovchi tashishda, maxsus ishlarni bajarishda mehnat unumdorligini, kam vaqt sarfini va iqtisodiy samaradorlikni oshirishi bilan ajralib turadi. Barcha transport turlari bo'yicha hozirda avtomobil transporti xizmatlarida foydalanish ortib bormoqda, avtotransport xizmatlaridan foydalanishda umumiy ko'rsatgichlar bo'yicha yo'lovchilarning 80 %, yuklarning 75 % miqdorlari ushbu transport turiga hissasiga to'g'ri keladi.

Avtomobillarda yuk va yo'lovchi tashishni tashkil etishni avtotransport korxonalar (ATK) amalga oshiradi va aynan yo'lovchi tashuvchi avtotransport korxonalarini ish jarayonlarini samarali tashkil etish, mamlakat iqtisodiyotiga, jamiyat hayotiga katta foyda keltirib davlat rivojanishiga katta hissa qo'shadi.

O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi to'rtinchi yo'nalishining uchinchi bandida aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta'minlovchi yo'l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, aholiga transport xizmati ko'rsatishni tubdan yaxshilash, yo'lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostantsiyalarni qurish hamda rekonstruktsiya qilish belgilab qo'yilgan [1]. Transport sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish, bu sohani tubdan yangilash, takomillashtirishda, mavjud tuzilmalarni modernizatsiya qilish bilan birga ushbu sohada faoliyat olib boruvchi kadrlarning, xususan ATK dispetcherlari, haydovchilar va texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash (TXK va T) mutaxassislarning malakali, bilimli va kompetentlik layoqatiga ega bo'lishi bilan uzviy bog'liqdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Respublikamiz transport sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini ilg'or xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida tubdan takomillashtirish, o'quv jarayoniga o'qitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, tarmoq ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida 2020-yil 4-mayda PQ-4703-sonli qarori imzolandi [2]. Unga ko'ra, transport sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib, mehnat bozoridagi raqobatbardosh oliy ma'lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, shuningdek, ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish,transport sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo'yicha fundamental, amaliy va innovatsion izlanish va tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini, shu jumladan raqamli va boshqa zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo'yicha takliflar ishlab chiqish kabi masalalarni tashkil etish choralari belgilangan.

Avtotransport korxonalari ish samaradorligini oshirishda bilimi, malakali va yuqori kompetensiyaga ega kadrlarni o'qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yaratish eng asosiy ishlardan hisoblanadi .

Kuchli bilimli, malakali va o'z ishining yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash tizimlarini yaratish bo'yicha ilmiy adabiyotlarda "kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchalari tobora ko'proq qo'llanilmoqda va ushbu yondoshuv asosida mutaxassislarni tayyorlash ularni malakasini oshirish ta'lim tizimidagi eng samarali metodlardan ekanligi ta'kidlanmoqda.

Umunan olganda, kompetensiya, kompetentlik tushunchasi o'ta murakkab, ko'p qismli, barcha fanlar uchun mushtarak bo'lgan tushunchalardir. Shu boisdan uning talqin va izohlari tarkibiga ko'ra va ma'no, mantiq mundarijasi jihatidan turli-tumandir. Terminning mohiyati "samaradorlik", "moslashuvchanlik", "yutuqlilik", "muvaffaqiyatlilik", "tushunuvchanlik", "natijalilik", "uquvlilik", "xossa", "xususiyat", "sifat", "miqdor", "o'lchov" kabi tushunchalar asosida tavsiflanmoqda. Umumiy qilib aytganda, "Kompetentlik - aniq bir kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni egallaganlik xususiyatidir" [3].

Transport sohasi bo'yicha mutaxassisning kompetentlik layoqati juda muhim hisoblanadi, ayniqsa ushbu soha mutaxassisi uchun kasbiy kompetentlik layoqati uning samarali faoliyat natijasining eng asosiy ko'rsatgichi hisoblanadi.

Kasbiy kompetentlik yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarni bir qator olimlar xususan, V.M.Karimovaning olib borgan izlanishlari va tadqiqotlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari Muslimov N.A. Kasb ta'limi o'qituvchilarining

kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyalari [5] bo'yicha ko'plab samarali izlanishlar olib borgan va bo'lg'usi mutaxassisda kasbiy kompetentlik layoqatini shakllanishi ishlab chiqarish jarayonlarini samaradorligiga ta'sirlari to'g'risida ko'plam mulohazalarni bayon etgan.

Kasbiy kompetentlik-mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishi hisoblanadi. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi.

Avtotransport korxonalari texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishchilarini tayyorlash, ularni doimiy malakasini oshirib borish va kompetensiyaviy yondoshuv asosida tayyorlash natijasida, transport xizmatlar sifatining oshishiga, avtomobil ekspluatatsiya xususiyatlarining yaxshilanishiga va ATKdagi avtomobillar texnik tayyorgarlik koeffitsientining doimiy yaxshilanishiga erishish mumkin. Kompetensiyaviy yondashuv asosida nafaqat TXK va T mutaxassislarini balki ATKning barcha xodimlarini, boshqaruvga ma'sul rahbar xodimlarni ham tayyorlash va doimiy malakasini oshirib borish zarur, bundan maqsad mutaxassislarga ish joyidagi mehnat funktsiyalarini samarali bajarish uchun zarur bo'lgan qobiliyat va ko'nikmalarni o'zlashtirish va maxsus kompetentlik layoqatini shakllantirish hisoblanadi [4].

Kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim - o'rganuvchilarda egallangan bilim, ko'nikma va malakalarni o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'limdir.

Zamon talablari asosida ishlab chiqarilayotgan avtomobillar tuzilishi, tarkibiy qismlari, ishlash prinspi, murakkab tizimlarning qo'llanilishi, kuzov qismiga polimer va kompozit materiallarning qo'llanilish [6] TXK va T mutaxassislar uchun doimiy o'z sohasi bo'yicha doimiy izlanishni, o'z ustida ishlash talablarini qo'yadi va mutaxassisda kompetentlik layoqati shakllanishini talab qiladi. Bugungi kunda mutaxassis kadrlarga kompetensiyaviy yondoshuv asosida ta'lim berish, tayyorlash ta'lim tizimida eng samarali va ishlab chiqarish talablariga javob beradigan yondoshuv hisoblanadi.

NATIJALAR

Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish stantsiyalari va avtotransport korxonalari oliy ta'lim muassasalarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida, texnikumlarda va kasb-hunar maktablarida texnik-muhandislarini, ATKning boshqaruv, nozimlar, TXK va T ishchi mutaxassislarini kompetensiyaviy yondoshuv asosida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ishlab chiqarish jarayoni samaradorligini oshirib ATK rivojlanishiga, uning keljakdagi istiqboliga ijobiy ta'sir etadi. ATKlarda mavjud harakatlanuvchi takibning ya'ni avtomobillarning vaqt o'tishi bilan eskirishi va ishdan chiqishini oldini olishda TXK va T xodimlarini o'z ishini qay darajada bilishi, mavjud muammolarni yecha olishi va ish jarayonini samarali tashkil eta olishi kabi kompetentlik layoqatlariga bog'liq hisoblanadi.

ATKning boshqaruv, nozimlik, TXK va T bo'limi ishchi mutaxassislarini kompetensiyaviy yondoshuv asosida tayyorlash quydagi natijalarni beradi:

- o'quv-tayyorlov jarayonining tarkibi va mazmuni izchillik, kontekst, andragogik va modullik tamoyillari asosida tashkil etilishi bilan o'rganuvchida bilim, ko'nikma va malakalarining uyg'un rivojlanishi, bu bilan birga mutaxassisda maxsus kompetentlilikning shakllanishi;

- o'quv-tayyorlov maqsadlari, mazmuni va o'qitish texnologiyasini ishlab chiqishda, bo'lg'uvsi mutaxassisning ta'lim darajalarini taksonomik modelini yaratish orqaliva mutaxassislarning raqobatbardoshligi parametrlari bilan birlashtirilgan holda, malakaviy dizayndan foydalanishning samarali ekanligi;

- professional ta'lim tizimida avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish stantsiyalari va avtomobil transporti korxonalariga malakali TXK va T mutaxassislarini xalqaro talablar asosida, mutaxassisligi bo'yicha yetuk kadrlar tayyorlanishi va natijaviy xususiyatlari sifatida mutaxassisda asosiy kasbiy kompetentsiyalarining shakllanganligi.

Avtotransport korxonalarida avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish ishlarini nazorat qilish va boshqarish bo'yicha mutaxassisni kasbiy kompetensiyalarga quydagilar kiradi (ATK boshqaruv, nozimlik bo'limi xodimlari):

- avtotransport korxonasini boshqarish, avtoservisning dasturiy va maqsadli usullaridan foydalanish;

- zamonaviy elektron hisoblash texnologiyasidan foydalangan holda avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish narxlarini, uskunalar amortizatsiyasini aniqlash uchun zarur hisob-kitoblarni amalga oshirish;

- avtotransport korxonasida va avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatishda ishlatiladigan ishlarning jadvallarini, buyurtmalarni, ilovalarini, ko'rsatmalarini, diagrammalarini va boshqa texnik hujjatlarini tuzish;

- mehnatni tashkil etish qobiliyati, xodimlarning malakasini oshirish va o'qitish, jamoaviy, kasbiy va ijtimoiy tadbirlarni tashkil etish, avtotransport korxonalari, avtoservis xodimlari bilan ishlash ko'nikmalaridan foydalanishga tayyorligi;

- avtotransport sohasida talab va potentsial ehtiyojlarni aniqlash, avtotransport korxonalari, avtoservislar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish bo'yicha marketing tadqiqotlarini o'tkazish qobiliyatlariga ega bo'ladi.

Avtotransport vositalarini TXK va ta'mirlash bo'yicha mutaxassislarning asosiy kasbiy kompetensiyalarga quydagilar kiradi:

- avtomobil va transport vositalarining ekspluatatsiyasi paytida yuzaga keladigan jarayonlarning fizik mohiyati, ekspluatatsion xususiyatlari, avtomobil tarkibiy qismlari va asosiy agregatlari modifikatsiyasi, ishlash printsiplari, tuzilishi, texnik xususiyatlari haqida bilimlardan professional faoliyatida foydalanishga tayyorligi;

- avtomobilning agregatlari va mexanizmlaridagi ish jarayonlarini tahlil qilish qobiliyati, avtomobil tarkibiy qismlari, mexanizm va tizimlarining har xil holatdagi nosozliklarini aniqlash qobiliyati;

- transport vositalarining tarkibiy qismlari ularning ish holatini kuzatish, transport vositalarining ekologik ko'rsatgichlarini aniqlash, ekspluatatsiya davomida nosozlik oldini olish usullari va vositalarini qo'llash uchun zamonaviy qurilmalar va diagnostika tizimlaridan foydalanish qobiliyati;

- texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash barcha turlari bo'yicha, joriy va kapital ta'mirlash, avtomobilning asosiy tarkibiy qismlari va mexanizmlarini o'rnatish va demontaj qilish bo'yicha bilimlardan foydalanish qobiliyati;

- avtotransport vositasining nosoz qismlarini va detallarini almashtirish yoki ta'mirlash bo'yicha maqbul ko'p mezonli qarorlarni qabul qilish qobiliyati.

MUHOKAMA

Bugungi kun sharoitida mehnat bozorida ustuvor o'rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo'lish ya'ni har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo'lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda.

Avtotransport vositalari doimo ko'payishi va ulardan ko'proq foydalanilishi natijasida, ekspluatatsiya xarajatlari oshib bormoqda. Bu xarajatlarning bor-yo'g'i 12-15 % texnik xizmat va ta'mirlash uchun sarflanadi. Shu bilan birga, yuk tashish

tannarxi boshqa mahsulotlar (yonilg'i va moy mahsulotlari, shinalar, haydovchilarning ish haqi va h.k.) uchun ketadigan xarajatlarning qiymatiga, TXK va ta'mirlash sifatiga hamda muhandis-texnik xizmati (MTX)ning samarali ishlashiga uzviy bog'liqdir.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, yo'lovchi tashuvchi ATKlarda ish faoliyati samaradoligi birinchi navbatda harakatlanuvchi tarkibning ekspluatatsion xususiyatlari, texnik tayyorgarlik koeffitsienti va nozimlik xizmatining samarali tashkil etilishiga bog'liq va bu jarayonlarni olib boruvchilarning, amalga oshiruvchilarning kompetentlik layoqati ish sifatini belgilab beradi. Xususan, malakali, yuqori kompetensiyaga ega TXK va T ustalari, boshqaruv va nozimlik (dispetcherlik) bo'limi xodimlari ATK ish faoliyatini samarali tashkil etuvchilar hisoblanadi. Ish jarayonidagi samaradorlikni doimiy saqlanishi va oshib borishi avtotransport korxonalarida boshqaruv, nozimlik, TXK va T bo'limi ishchilarini kompetensiyaviy yondoshuv asosida doimiy ravishda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini puxta ishlab chiqish va amalga joriy etish zarur.

REFERENCES

1. 2017-2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, Toshkent sh., 2017 yil 7 fevral, PF-4947-son.

2. "Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori, 04.05.2020, PQ-4703-son.

3. Mengliev B., Ziyodullaeva G. Til ta'limiga kompetentsiyaviy yondashuv//Ma'rifat. - Toshkent, 2014 yil 29 mart, 26 son. - B. 8-9.

4. Птицын А.Э. Моделирование компетентностно-ориентированной подготовки специалистов для автомобильного транспорта. // Сб. "Теория и методика профессионально-педагогического образования". — Самара: СГППК, 2003.-С.164-169.

5. Muslimov N.A., va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi/ Monografiya. - T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2013.

6. Azimov A. "Avtomobilsozlik sanoatida polimer va kompozit materiallardan foydalanishning samaradorlik ko'rsatgichlari", ООО «Academic Research», Vol. 1 No. 1, 2020, (DOI: https://doi.org/10.24411/2181-1385-2020-00010).

7. Бегматов, Б. Я. (2020). Техника олий таълим муассасаларида талаба амалиёти таджики. Academic research in educational sciences, (3).

8. Бегматов, Б., Хдккулов, Б., & Хдккулов, К. (2020). Транспорт воситаларини синаш усуллари тахлили. Academic research in educational sciences, (3).

9. Бегматов, Б. Я., & Хдккулов, Б. А. (2020). Кафолат даврида автомобилларнинг техник холатини текшириш. Academic research in educational sciences, (3).

10. Адилов, О. К., Кулмурадов, Д. И., & Бегматов, Б. Я. (2014). Переходные характеристики машины при скачкообразном повороте рулевого колеса. Молодой ученый, (20), 101-104.

11. Нуруллаев, У. А., & Умиров, И. И. У. (2020). Создание программных средств автоматизированной информационной системы транспортных предприятий. Academic research in educational sciences, (1).

12. Адилов, О. К., Умиров, И. И., & Уразов, Б. А. (2020). Методика определения деталей, критических по надежности автомобилей. Academic research in educational sciences, (1).

13. Адилов, А. К., Сувонкулов, Ш. А., Кулмурадов, Д. И., Умиров, И. И., & Бойжигитова, И. А. (2019). Причины изменения технического состояния автомобиля. Актуальные научные исследования в современном мире, (1-2), 116118.

14. Умиров, И. И. У., & Хдмракулов, Ё. М. (2020). Автомобиллардан чикаётган газсимон чикиндиларнинг атмосферага аралашиши. Academic research in educational sciences, (1).

15. Нуруллаев, У. А., & Умиров, И. И. (2020). Улучшения эксплуатационных показателей двигателей газобаллонных автомобилей. Academic research in educational sciences, (3).

16. Адилов, О. К., Умиров, И. И. У., & Барноев, Л. (2020). Транспортни хавфсиз бошкариш курсаткичларини бахолаш. Academic research in educational sciences, (1).

17. Эшонкулов, М. З. (2020). Транспорт воситаларининг ишлаб-чикариш техник база билан таъминланганлик даржаси тадкики. Academic research in educational sciences, (4).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.