Научная статья на тему 'TARIX DARSLARIDA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH'

TARIX DARSLARIDA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1934
208
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’limning texnik vositalari / texnik vositalar / yordamchi texnik vositalar / grafoproyektor / matnli vositalar / tasvirli vositalar / modelli vositalar / real vositalar. / teaching aids / technical aids / auxiliary technical aids / overhead projector / text aids / visual aids / model aids / real aids.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Rano Izzatova

Ushbu maqolada ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishda ta’limning texnik vositalari, ularning o’rni, texnik vositalardan unumli va samarali foydalanishning ahamiyati haqidagi ma’lumotlar turli nazariy va amaliy tahlillarga asoslangan holda yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF TECHNICAL TOOLS IN HISTORY LESSONS

This article provides information on the technical means of education, their role in improving the efficiency of the educational process, the importance of effective and efficient use of technical means, based on various theoretical and practical analyzes.

Текст научной работы на тему «TARIX DARSLARIDA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH»

TARIX DARSLARIDA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH

Ra'no Izzatova

Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim jarayonini samaradorligini oshirishda ta'limning texnik vositalari, ularning o'rni, texnik vositalardan unumli va samarali foydalanishning ahamiyati haqidagi ma'lumotlar turli nazariy va amaliy tahlillarga asoslangan holda yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: ta'limning texnik vositalari, texnik vositalar, yordamchi texnik vositalar, grafoproyektor, matnli vositalar, tasvirli vositalar, modelli vositalar, real vositalar.

USE OF TECHNICAL TOOLS IN HISTORY LESSONS

Rano Izzatova

Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

This article provides information on the technical means of education, their role in improving the efficiency of the educational process, the importance of effective and efficient use of technical means, based on various theoretical and practical analyzes.

Keywords: teaching aids, technical aids, auxiliary technical aids, overhead projector, text aids, visual aids, model aids, real aids.

KIRISH

O'zbekiston milliy taraqqiyotining eng mas'uliyatli bosqichi-ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotining keskin burilishi davrini boshidan kechirmoqda. XX asr tugab, jamiyatimiz har bir fuqarosi XXI asr ibtidosida, ortda qolgan yillarni sarhisob qilish va kelajak hayotining turli jabhalari rejasini belgilab olish muammosiga duch kelishi ijtimoiy fan olimlari zimmasiga katta vazifalami yuklaydi. Yuqoridagilar jamiyat hayoti barcha jabhalarining muvaffaqiyatini belgilab beruvchi, shu bilan birga, ulaming poydevori hisoblanuvchi ta'lim-tarbiya sohasiga ham to'laligicha tegishlidir.

Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimi yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to'g'ri yo'l topa olish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir

kadrlaming yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb- hunar dasturlarini ongli ravishda puxta o'zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g'oyani ilgari suradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOLOGIYASI

O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda belgilab qo'yilganidek, kadrlarni tayyorlash faoliyatini amalga oshirish uchun kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta'minlaydi. Kadrlarni tayyorlash kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta'minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.

Ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash milliy modelida "kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta'minlash jarayonining ishtirokchisi" sifatida namoyon bo'ladi.

MUHOKAMA

Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlaming shakllanishi, ta'limning dunyo ta'lim tizimiga integrasiyalashuvi, demokratiyalash va taraqqiy ettirish jarayonlarining rivojlanishi ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. Kadrlar tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o'zlashtirish zarurligi ko'p marta takrorlanib, ularni o'quv muassasalariga olib kirish zarurligi aytib o'tilgan. Uzoq yillardan beri pedagogik texnologiyalarga o'quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish deb qarab kelindi. Faqat XX asrning 70-yillaridan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha ta'lim vositalari sifatida yangicha talqin etila boshlandi.

Ta'lim vositalari - o'quv materialini ko'rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o'qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi. Ta'lim vositalari quyidagilarga bo'linadi:

1. Ta'lim berishning texnik vositalari

2. Yordamchi texnik vositalari

3. O' quv - uslubiy materiallar

Ta'limning texnik vositalari - o'quv materialini ko'rgazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi, talabalarga o'quv materialini

tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi (diaproyektor, grafoproyektor, doska-bloknot, doska-stend, flipchart, videofilmlar).

Yordamchi ta'lim vositalari - grafiklar, chizmalar, na'munalar va boshqalar (model-mulyajlar, diagrammalar, sxema, xaritalar va boshqalar).

O'quv - uslubiy materiallar - o'quv materiallar, o'zlashtirilgan o'quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil ishlashlarini faollashtirishga yordam beradi (ish varaqasi, eslatma, nazorat varaqasi, matnlar).

Ta'lim vositalari qo'llashda o'qituvchi, o'quvchi hamda darsni samarali o'tkazish uchun alohida variantlarini to'g'ri tanlash muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi uchun vositalar: o'quv predmetini o'qitish metodikasi bo'yicha qo'llanmalar, shaxsiy metodika, murakkab masalalar bo'yicha metodik tavsiyalar, o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar, mantiqiy strukturalar muhim ahamiyat kasb etadi. O'quvchi uchun vosita darslik, o'quv qo'llanma yoki o'qituvchining ma'r uza matnlari, jadvallar, turli-xil xaritalar, topshiriq kartochkalar va hokazolar, dars o'tkazish uchun plakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar, etalonlar, namoyish qilish jihozlari, laboratoriya amaliy ishlami o'tkazish uchun jihozlar, audiovizual vositalar, diafilm, videoyozuvlar, diopozitivlar hammasi ta'limning texnik vositalariga kiradi. Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to'ldirishi ya'ni uyg'unlashuvi kerak. Yuqorida sanab o'tilgan ta'lim vositalaridan samarali foydalanish uchun o'qituvchi qaysi vositani qachon qo'llashini mashg'ulot maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda belgilab olishi muhimdir.

Ta'lim vositalari oltita turga bo'linadi:

1. Matnli vositalar.

2. Tasvirli vositalar.

3. Audio vizual vositalar.

4. Yordamchi (jixoz) vositalar.

5. Modelli vositalar.

6. Real vositalar.

Matnli vositalar - o'qituvchi va o'quvchilar uchun: o'quv predmetini o'qitish metodikasi bo'yicha qo'llanmalar, shaxsiy metodika, o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar, mantiqiy strukturalar, fan darsliklari, mavzu yuzasidan kelib chiqqan holda tarixiy - badiiy adabiyotlar, fan bo'yicha ma'ruzalar matni.

Tasvirli vositalar- o'quv materialini ko'rgazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; talabalarga o'quv materialini tushunishlariga va

yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi (videoproyektor, videofilmlar, rasmlar, haykallar, portret).

Audio vizual vositalar - matnga ovoz berish, Lingafon vositalari, radio eshittirishlaridan foydalanish, stenogramma materiallari, turli xildagi disklar va hokazolar.

Yordamchi (jixoz) vositalar- grafoproyektor, doska-bloknot, doska- stend, flipchart va boshqalar).

Modelli vositalar - grafiklar, chizmalar, sxema, xaritalar

Real vositalar- tarix darslarida muzey eksponatlari, maket va mulyajlar, arxeologik materiallar, tarixiy obyektlar va b.

NATIJALAR

Tajribalarga ko'ra, tarix ta'limida quyidagi texnik vositalardan foydalanish samarali xisoblanadi:

- oddiy texnik vositalar: karta va o'quv sur'atlarni qo'yish uchun mo'ljallangan yog'ochdan yoki boshqa materialdan yasalgan oddiy qurilmalar, ko'chma sinf doskasi, sinf devoriga ilinadigan ikki yoqlama ochiladigan sinf doskasi va boshqalar kiradi.

- ovozli apparatlar: magnitafon, komputer va boshqa texnik vositalarda eshittirish uchun disk va plastinkalar. Bu vositalarni tarix darslarida qo'llash turli olimlar asarlarini yohud darsdan tashqari televideniya yoki radioda berilgan darsga oid eshittirishlarni yozib olib o'quvchilarga yetkazishda va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ovozli texnika vositalariga radio va audio eshittirishlar ham kiradi. O'qituvchi tarix darsida o'quvchilar bilan radio orqali yoki oldindan audio ko'rinishda yozib olingan darsga aloqador yozuvlar orqali darsni yanada sermazmun va qiziqarli tarzda olib borishi mumkin. Tarix darslarida texnik vosita sifatida magnitafondan ham foydalanish mumkin. Radio va televideniya orqali beriladigan o'quv va sinfdan tashqari ishlarga bag'ishlangan eshittirishlar tarixiy voqealarning ishtirokchilari, mehnat qahramonlari, yozuvchilar, ijtimoiy-arboblar bilan o'tkazilgan uchrashuv materiallari ana shu magnitafon yozuvlarida o'z ifodasini topishi mumkin. Bu darslar qayta takrorlanmaydi, lekin yozib olingan magnitafon tasmasidagi yozuvlar uzoq yillar davomida va istalgan vaqtda darsda hamda darsdan tashqari mashg'ulotlarda foydalanish mumkin. Har xil ko'rsatuv asboblari va qo'llanmalari tarix ta'limining yana bir texnik vositalari hisoblanib, ular epidiaskop, diapozitiv, diafilmlar, o'quv kinofilmlaridan iborat.

Tarix o'qitish tajribasida o'quv audiofilmlaridan foydalanishning quyidagi asosiy usullari mavjud:

a) o'qituvchi o'z bayonini o'quv audiofilmining eng muhim va yorqin kadrlarni ko'rsatish bilan bog'lab olib boradi. Tanlan olingan kadrlarni izohlaydi va tegishli xulosa chiqaradi.

b) 10-15daqiqalik qisqa o'quv audiofilmlari qatnashgan dars o'tkazadi

c) Maxsus kino darsi tashkil etiladi

d) Darsdan tashqari vaqtda audiofilm tomosha qilinadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, tarix darslarini zamonaviy va samarali texnik vositalar yordamida olib borish o'quvchilarni bu fanni yaxshi va mukammal o'zlashtirishlariga, fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Абдурахманова Ж. Н. (2020). Инновацион тажриба майдони - "мактаб-лаборатория"нинг таълим тизимидаги урни. МуFаллим х,ем узликсиз билимлендири. (Issue 1) -Б. 22-26.

2. Gafforov Ya. X. (2019). THE STATE OF HUSTORICAL EDUCATION IN UZBEKISTAN DURING WORLD WAR II. USA(Philadelphia) . -P. 173-175.

3. Botir Boltabaevich Baymetov, Khusan Kholmuratovich Muratov. Self Sketches as a Tool in the Professional Training of a Future Artist-Teacher. Solid State Technology. 2020/2/29. Vol.63 № 2 (2020). 224-231.

4. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.

5. Тошев, С. (2020). Узбекистоннинг совет мустамлакачилиги даври тарихини урганишда турк тилидаги манбаларни урни. In Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадкщотлари методлари ва методологиясининг долзарб масалалари (pp. 121-127)

6. JI Suyundikovich. (2020). TARIXNI O'QITISH METODIKASI RIVOJLANISHI TARIXIDAN. Fan va ta'lim, 1 (5), 195.

7. Mardonov, Sh., Toshtemirova, S., Ahmadjonov, B., & Koshanova, N. (2020). Structure and Mechanisms of Action of The Educational Cluster. International Journal of Psychological Rehabilitation, 27(07), 8104-8111.

8. Toshev S. (2020). TARIX FANINI O'QITISHNDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Science and Education, 1(Special Issue), 6

9. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils' Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

10. Toshtemirova, S. (2020). Factors Affecting the Quality of Education and the Importance of the Education Cluster to Address Them. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 151-156.

11. Абдурахманова Ж. Н. (2019). Тарих фанини укитиш усуллари ва уларнинг самарадорлиги // Ta'lim, fan va innovatsiya. T.: 1(4), 35-39.

12. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.

13. Toshtemirova, S.A. (2019). Klaster yondashuvi asosida mintaqaviy ta'lim tizmini boshqarish. NamDU ilmiy axborotnomasi, 1(11), 361-367.

14. Gaffarov, Y. (2019). Technical approach in the education system. International Journal on Integrated Education, 2(6), 40-41. Retrieved from http ://journals.researchparks.org/ index.php/IJIE/article/view/195

15. Абдурахманова, Ж. Н., Тоштемирова, С.А. (2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and Education, 1(Issue 7), 436-442.

16. Matchonov S. (2020). Adabiyot darslarida Tahlil va talqin uyg'unligi // Til va adabiyot ta'limi. 7-son. -B. 8-11.

17. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.

18. Shukurullo Mardonov. Art Pedagogical and art therapeutic technologies in the art classes. International Journal of Research in Economics and Sosial Sciences, 10 (Issue 6), 26-36.

19. Тошев, Солежон Ах,матжонович.(2020). Узбекистон совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347353

20. Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Student Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272-274.

21. Раимова, А. (2020). Вклад Шира Захидова в развитие киноискусства Узбекистана. Science and Education, 1 (7), 594-599.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.