Научная статья на тему 'TARIX FANINI O'QITISHDA “TARIXIY EMPATIYA” USULI'

TARIX FANINI O'QITISHDA “TARIXIY EMPATIYA” USULI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

358
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
samarali o'qitish / tarixni o'qitish / tarixni samarali o'qitish / tarixiy empatiya. / Effective teaching / history teaching / effective history teaching / historical empathy

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Solejon Ahmatjonovich Toshev

Tarix fani ta’limning barcha bosqichlarida o’z o’rniga ega bo’lgan mustaqil ijtimoiy fan sifatida barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ushbu maqolada milliy va xorijiy adabiyotlarni tahlil etish orqali tarixiy ta'limni qanday qilib yanada samarali tashkil qilish mumkinligini muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

“HISTORICAL EMPATHY” METHOD IN TEACHING HISTORY

History as an independent social science, which has its place in all stages of education, is considered important in educating a harmoniously developed generation. This article discusses how to organize historical education more effectively by analyzing national and foreign literature.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O'QITISHDA “TARIXIY EMPATIYA” USULI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 TARIX FANINI O'QITISHDA "TARIXIY EMPATIYA" USULI

Solejon Ahmatjonovich Toshev

Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Tarix fani ta'limning barcha bosqichlarida o'z o'rniga ega bo'lgan mustaqil ijtimoiy fan sifatida barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ushbu maqolada milliy va xorijiy adabiyotlarni tahlil etish orqali tarixiy ta'limni qanday qilib yanada samarali tashkil qilish mumkinligini muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: samarali o'qitish, tarixni o'qitish, tarixni samarali o'qitish, tarixiy empatiya.

"HISTORICAL EMPATHY" METHOD IN TEACHING HISTORY

Solejon Ahmatjonovich Toshev

Teacher of Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

History as an independent social science, which has its place in all stages of education, is considered important in educating a harmoniously developed generation. This article discusses how to organize historical education more effectively by analyzing national and foreign literature.

Keywords: Effective teaching, history teaching, effective history teaching, historical empathy

KIRISH

Mustaqillik yillarida O'zbekiston tarixini xolisona o'rganish, o'zbek xalqining qadimiy va boy tarixiga haqqoniy baho berish ustuvor vazifaga aylandi. O'zbek xalqining hayoti va taqdiriga keskin burilish yasagan mustaqillik soyasida ilm-fan, xususan milliy o'zlik va ma'naviy yuksalish asosi bo'lgan tarix fani ham o'ziga xos rivojlandi. O'zbekiston tarixini xolisona yoritishda O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" asarida aytilganidek, "... jahondagi ilg'or tajribalarni chuqur o'rganish amalda joriy etishni oldimizda turgan keng ko'lamli vazifalarni amalga oshirishning muhim shartlaridan biri, deb hisoblaymiz" .

Empatiya yunoncha - "ehtiros", "azob", "tuyg'u",boshqa odamning hozirgi hissiy holati bilan ongli hamdardlik ma'nosini bildiradi. Tarixiy empatiya esa tarixiy hodisalar va tarixiy shaxslar hayotini o'zida his etish demakdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Tarixiy empatiyani shakllantirish usullaridan biri tarixiy hodisalarni hikoyasi hisoblanadi. Rus tadqiqotchilari asarlarida hikoya usulidan darslarida samarali foydalanish haqida so'z boradi. Ular orasida P. V. Goran , A.A Vagin , P. S. Leibengrublar alohida qayd etiladi. Hikoya orqali bolalarda empatiya shakllanishiga hissa qo'shish uchun A. A Vagin tomonidan aytilganidrek turli xil maxsus vositalardan foydalanish talab etiladi. Tarixiy hodisalarni jonlantirish orqali tarixiy mavzu yanada ishonchli bo'lishiga erishiladi va o'rganilayotgan tarixiy hodisalarning o'ziga xosligini yaxshiroq ochib berishga imkon beradi

Tarixiy bilimlarni tushunish va o'tmishni anglash uchun dalillarni o'rganish va ko'zdan kechirish talab etiladi. Ammo tarixni tashkil etuvchi elementlar nafaqat ular haqida balki, o'tmish voqealari, bugungi kunda ma'lum bo'lgan tajrabilar majmuasi hamdir. Ba'zi tadqiqotchilar tarixiy tafakkur jarayonlaridan foydalangan holda tarixni o'qitish amaliyotlari ko'plab tarixiy muammolar va mavzularni tushunishda muhim hissa qo'shishini ta'kidlaydilar.

MUHOKAMA

Bugunig zamonaviy ta'lim holati ta'lim tushunchasini qayta ko'rib chiqish va aniqlashtirishni, shaxsga yo'naltirilgan pedagogikaning toifalari va tamoyillarini tahlil qilish jarayoniga kirishni talab qiladi. Pedagogik ongning yangi modeli asta-sekin o'qituvchining ta'lim oluvchiga bevosita ta'sir etish amaliyotidan voz kechadi va ta'lim oluvchining o'z rivojlanish imkoniyatlarini ta'minlash uchun barcha pedagogik makonning tuzilishini yanada samarali tashkil etishga imkon beradi. Shunday qilib, har bir o'qituvchi o'z darslarini qiziqarli va mazmunli bo'lishga intiladi, bu esa ta'lim oluvchininglarning mavzuga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Xususan, tarix darslarida faktlarni assimilyatsiya qilish emas, balki turli davrlarning qadriyatlarini rivojlantirish, o'tmish odamining o'rniga o'zini qo'yish, uning fikrlarini, harakatlarini tushunish qobiliyati orqali shaxsni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Bularning barchasi tarixiy empatiya yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Tarix darslarida badiiy adabiyot namunalaridan foydalanish ham tarixiy haqiqatni aniqlashtirishga, o'tmishning yorqin tasvirlarini yaratishga yordam beradi. Bundan tashqari, tarixiy voqealarni hikoya qilishda turli xil namoyishlarni qo'llash samrali hisoblanadi. Misol uchun, moddiy madaniyat obektlarining tasviriy

ko'rinishlari, o'qitishning texnik(audio-vizual) vositalari shular jumlasidandir. Bularning barchasi o'quvchilarga tarixiy davrning muhitini tasavvur qilish, o'zini o'tmishda tarixiy hodisalar ichida his qilish tuyg'usini boshdan kechirish imkonini beradi.

Tarixiy empatiya shakllanishining yana bir usuli, bu shaxsiyatdir. Ta'lim oluvchining qalbida taqdirlar, harakatlar, hayot sharoitlari, tarixiy shaxsning faoliyati haqida tasavvur taixiy shaxsning holati va faoliyatini ijtimoiy hayotdagi odatiy hodisa sifatida tushunishga imkon beradi

NATIJALAR

Tarixiy empatiya shakllantirish quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi:

■ Xayoliy sayohat. Tarix darsi jarayonida o'tmish kishisini ko'rishimiz mumkin bo'lgan narsani tasvirlash talab etiladi. Misol uchun: "Men XVIII asrdagi Qo'qon xonligiga boraman va...", ".. ..keling, feodal qal'asiga kiraylik..." singari kirish so'zlari yordamida ta'lim oluvchilarni o'rganilayotgan tarixiy davrga boshlab borish va tarixiy sayohat uyushtirish tarixiy empatiya shakllantirish usullaridan biri hisoblanadi. Bunday vazifalarning ijobiy tomoni shundaki, ta'lim oluvchilar tarixiy tafsilotlarga e'tibor berishadi .

■ Xayoliy intervyu. Bir talaba tarixiy shaxsga aylanadi, qolgan ta'lim oluvchilar unga savollar beradi. Beriladigan savollar tarixiy qahramon hayoti va faoliyatiga oid bo'lishi talab etiladi. Ushbu turdagi topshiriq oldingi vazifani bajarishga qodir bo'lgan dars ishtirokchilarini yaxshi tayyorgarligini talab qiladi.

■ Tugallanmagan jumla usuli - Tarixiy shaxsdan, masalan, Sohibqiron Amir Temurga tegishli bo'lgan iborani davom ettirish so'raladi.("Biz kim mulki Turon..."). Shunday qilib har qanday tarixiy voqeyalarning tugashini taxmin qilish tajribasini amalga oshirish taklif qilinadi.

■ Tarixiy tanlov - "... siz qanday qilardingiz ", " .. ..kimni yoqlardingiz ?", "Siz qaysi toifa tarafidasiz?", va b.». Mazkur savollar asosida ta'lim oluvchi tarixiy hodisalarni o'zida his qilgan holda tarixiy shaxslar o'rnida qaror qabul qilish va tarafni belgilashi mumkin bo'ladi. Chet ellik metodistlar dars jarayonida quyidagi vazifalardan foydalanishni taklif qilishadi: "Agar siz 15 yoshli Shoh Richard III bo'lsangiz, dehqonlarning qo'zg'olonlarida isyonchilar bilan kurashayotganda nimani his qilasiz? Ularning talablariga rozi bo'larmidingiz?" Ushbu vazifani bajarayotganda talabalar nafaqat tarixiy materiallarni bilishlarini, balki mavjud bilimlarni tahlil qilish orqali ham muammo bo'yicha o'z nuqtai nazarini taqdim etishlari kerak bo'ladi.

■ Qayta tiklangan rasm - tarixiy rasmlarning monologlari yoki suhbatlari bilan tanishish. Ushbu turdagi topshiriqni bajarayotganda talabalar tarixiy bilimlarni

namoyish qilishlari kerakligini aniq tasavvur qilishlari talab etiladi, shuning uchun bu vazifa nafaqat darslik asosida, balki qo'shimcha adabiyotlarni jalb qilish bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

Birinchi shaxsdan olingan kompozitsiya - turli janrlardan foydalangan holda bitiklar, xotiralar, kundalik yozuvlariga asosan guvoh yoki ishtirokchi nomidan o'tmish voqealari haqida hikoya qilinadi.

Tarix o'qitish va tarixiy tadqiqot jarayonida ta'lim ishtirokchilari va tadqiqotchilar oldida tarixiy atamalar va tushunchalarni tushunish, izohlash va ulardan foydalanish kabi til bilan bog'liq muhim vazifa turadi. Ingliz tadqiqotchisi Graham Swift in Husbands fikriga ko'ra o'tmish haqida turli yo'llar bilan tushunchalarga ega bo'lish, tarixiy shaxslarninig qarashlari, e'tiqod va faoliyatlarini izohlash va tarixchilar tomonidan tarixiy jarayonlarni ifodalashlari uchun qo'llaniladigan, tarixiy ifoda va tushunchalarni o'zida jamlagan maxsus til "tarixiy til" deb nomanadi

XULOSA

Tarix o'qituvchisining o'ziga xos vazifasi tarixiy tushunchalarni o'rgatish bilan birga uni kelajakga yetkzishni ta'minlashdir. Tarixni o'qitish samaradorligini ta'minlash uchun, tarix o'qituvchisidan ma'lum bilim darajasi va ba'zi o'qituvchilik qobiliyatlariga ega bo'lishi, tarixiy voqealarni, faktlarni, odamlarni, jarayonlarni va o'ziga xoslikni tushunish va tushuntirish uchun transformatsiya, sharhlash, baholash, tahlil va sintez qobiliyatlari va ko'nikmalarga ega bo'lish talab etiladi.

Tarix o'qitish jarayonida boshqa ijtimoiy fanlar bilan o'zaro bog'liqligidan kelib chiqib materiallar tayyorlash, masalan geografiya, fuqarolik bilimlari, diniy madaniyat va axloqshunoslik fanlaridagi ma'lumotlardan foydalanish talabalarga nafaqat mavzularni yaxshiroq o'rganishga yordam beradi, balki umuman ijtimoiy voqeliklarni idrok etish va real hayotni tushunish imkoniyatini beradi.

Dars jarayonida tarixiy materiallar va manbalardan (tarixiy hujjatlar, tarixiy ashyolar, rasmlar, xaritalar) foydalanish juda muhim va foydalidir. Bundan tashqari, tarix darslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internetdan foydalanish o'quvchilarning aqliy rivojlanishiga hissa qo'shibgina qolmay, ularning tarixiy tafakkur va o'rganish darajalarini oshiradi.

REFERENCES

1. Toshev S. (2020). TARIX FANINI O'QITISHNDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Science and Education, 1(Special Issue), 6

2. Жуммагул Номозовна Абдурахманова, Саодат Абдурашидовна Тоштемирова.(2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини

шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and Education.1(7). 436-442

3. Хдйдаров С. Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education" Scientific Journal Oktober 2020/Volume 1 Issue 7. Page 610-617.

4. Тошев, Солежон А^матжонович. (2020). ТУРКИЯДА МАРКАЗИЙ ОСИЁ ТАРИХИНИНГ УРГАНИЛИШИ. Science and Education, 1(7), 625-631

5. Тошев, Солежон Ах,матжонович.(2020). Узбекистон совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347353

6. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.

7. Жуммагул Номозовна Абдурахманова, Саодат Абдурашидовна Тоштемирова.(2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and Education.1(7). 436-442

8. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.

9. Javlonbek Rayimnazarovich Begaliyev. (2020). XIVA XONLIGI TARIXSHUNOSLIGI. Science and Education. 1 (6), 153-160.

10. Nasirov Otabek., Usmanov Farhod, & Begaliyev Javlonbek. (2020). Order of Creation of Joint-Stock Companies in Turkestan in the Late XIX -Early XX Centuries and Participation of Foreign Capital in It. International Journal of Psychological Rehabilitation 24 (7), 8034-8042

11. Toshtemirova S. A. (2019). KLASTER YONDASHUVI ASOSIDA MINTAQAVIY TA'LIM TIZIMINI BOSHQARISH. NamDU ilmiy axborotnomasi. Volume 1 Issue 11. 361.

12. Абдурахманова Ж. Н. (2019). Тарих фанини укитиш усуллари ва уларнинг самарадорлиги // Ta'lim, fan va innovatsiya. T.: 1(4), 35-39.

13. Toshtemirova, S. (2020). Factors Affecting the Quality of Education and the Importance of the Education Cluster to Address Them. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 151-156.

14. Абдурахманова, Ж.Н., Тоштемирова, С.А. (2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and Education, 1(Issue 7), 436-442.

15. Гаффоров.Я.Х. (2020). Мактаб ислохдти ва укитиш услубларини такомиллаштириш. Science and education. Sgientific Journal. 2020, 482.

16. Toshtemirova S. A. Ta'lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo sifatida // Uzluksiz ta'lim.-2020. - № 1 (86). - S.5

17. Тошев, С. (2020). Узбекистоннинг совет мустамлакачилиги даври тарихини урганишда турк тилидаги манбаларни урни. In Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадкщотлари методлари ва методологиясининг долзарб масалалари (pp. 121-127)

18. Тошев, Солежон А^матжонович. (2020). ТУРКИЯДА МАРКАЗИЙ ОСИЁ ТАРИХИНИНГ УРГАНИЛИШИ. Science and Education, 1(7), 625-631

19. Nasirov Otabek., Usmanov Farhod, & Begaliyev Javlonbek. (2020). Order of Creation of Joint-Stock Companies in Turkestan in the Late XIX -Early XX Centuries and Participation of Foreign Capital in It. International Journal of Psychological Rehabilitation 24 (7), 8034-8042

20. JI Suyundikovich. (2020).TARIXNI O'QITISH METODIKASI RIVOJLANISHI TARIXIDAN. Fan va ta'lim, 1 (5), 195

21. Тоштемирова C. (2019). Узбекистонда коллективлаштириш ва унинг о^ибатларини урганишга доир мулохдзалар. Тафаккур зиёси № 3 -Б. 78-80.

22. Mardonov, Sh., Toshtemirova, S., Ahmadjonov, B., & Koshanova, N. (2020). Structure and Mechanisms of Action of The Educational Cluster. International Journal of Psychological Rehabilitation, 27(07), 8104-8111.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.