Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFDA PAST O’ZLASHTIRUVCHI O’QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG’ICH SINFDA PAST O’ZLASHTIRUVCHI O’QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1208
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o’quv faoliyati / interfaol ta’lim metodi / ijodiy ishlash / mustaqil amaliyot / topshiriq / namuna / darslik majmui / o’qitish metodikasi / didaktik o’yinlar / boshqotirma / ta’lim ko’nikmalari / audio matn / publitsistik matnlar. / learning activities / interactive teaching method / creative work / independent practice / assignment / sample / textbook set / teaching methodology / didactic games / puzzles / teaching skills / audio text / journalistic texts.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xo’Jamova Gulsevar Abdullajon Qizi

Ushbu maqolada, boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o’zlashtirish maqsadida interfaol ta’lim metodlaridan, vosita va shakllarini to’g’ri tanlab, ulardan foydalanish va ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar haqida fikr yuritilgan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilar qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi mutassil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo;laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlar haqida masalalar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE INTERACTIVE METHODS WHEN WORKING WITH LOW-ACHIEVING STUDENTS IN PRIMARY SCHOOL

In this article, in order to broaden the worldview of students in the teaching of primary school students, the correct choice of interactive teaching methods, tools and forms, their use and activating learners and encouraging independent thinking, being a learner at the center of the learning process’Methods were discussed. To do this, the teaching process should be organized rationally, the teacher should constantly stimulate the interest of students in the learning process, to divide the teaching material into small pieces and to open their content. attack, small group work, discussion, problem situation, reference text, project, role o‘Methods such as games are covered.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFDA PAST O’ZLASHTIRUVCHI O’QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH»

BOSHLANG'ICH SINFDA PAST O'ZLASHTIRUVCHI O'QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH Xo'jamova Gulsevar Abdullajon qizi

Andijon davlat universitetining Pedagogika Instituti 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6574725 Annotatsiya. Ushbu maqolada, boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishda o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o'zlashtirish maqsadida interfaol ta'lim metodlaridan, vosita va shakllarini to'g'ri tanlab, ulardan foydalanish va ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan metodlar haqida fikr yuritilgan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilar qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi mutassil rag'batlantirib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo;laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlar haqida masalalar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: o'quv faoliyati, interfaol ta'lim metodi, ijodiy ishlash, mustaqil amaliyot, topshiriq, namuna, darslik majmui, o'qitish metodikasi, didaktik o'yinlar, boshqotirma, ta'lim ko'nikmalari, audio matn, publitsistikmatnlar.

ИСПОЛЬЗОВАТЬ ИНТЕРАКТИВНЫЕ МЕТОДЫ ПРИ РАБОТЕ С НЕУСПЕВАЮЩИМИ УЧАЩИМИСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация. В данной статье в целях расширения мировоззрения учащихся при обучении младших школьников, правильному выбору интерактивных методов, средств и форм обучения, их использованию и активизации обучающимися и поощрению самостоятельного мышления, нахождению ученика в центре учебного процесса методы обсуждались. Для этого учебный процесс должен быть организован рационально, преподаватель должен постоянно стимулировать интерес учащихся к процессу обучения, делить учебный материал на мелкие кусочки и раскрывать их содержание, атака, работа в малых группах, дискуссия, проблемная ситуация,ссылочный текст, проект, роль o oхватываются такие методы, как игры.

Ключевые слова: учебная деятельность, интерактивный метод обучения, творческая работа, самостоятельная практика, задание, образец, комплект учебников, методика обучения, дидактические игры, ребусы, педагогические навыки, аудиотекст, публицистические тексты.

USE INTERACTIVE METHODS WHEN WORKING WITH LOW-ACHIEVING

STUDENTS IN PRIMARY SCHOOL Abstract. In this article, in order to broaden the worldview of students in the teaching of primary school students, the correct choice of interactive teaching methods, tools and forms, their use and activating learners and encouraging independent thinking, being a learner at the center of the learning process'Methods were discussed. To do this, the teaching process should be organized rationally, the teacher should constantly stimulate the interest of students in the learning process, to divide the teaching material into small pieces and to open their content. attack, small group work, discussion, problem situation, reference text, project, role o'Methods such as games are covered.

Keywords: learning activities, interactive teaching method, creative work, independent practice, assignment, sample, textbook set, teaching methodology, didactic games, puzzles, teaching skills, audio text, journalistic texts.

"Bugun bitta kitob o'qigan bola, ertaga televizor ko'rib o'tirgan o'nta bolani boshqarishi mumkin". Shunday jannatmakon yurtda yashar ekanmiz, bu yurtning tarixini bilishimiz, yurt mustaqilligi uchun fidoyilik qilgan ajdodlarimizni bilishimiz ular bilan faxrlanibgina qolmasdan, o'zimiz ham shu ajdodlarga munosib avlod bo'lishimiz - bu har bir O'zbekiston fuqorosining vazifasidir. Bu yo'lda ezgu maqsad ila qadam qo'yayotgan yosh avlodga to'g'ri tarbiya berishimiz bu hozirgi zamon bilan hamnafas yashab faoliyat olib borayotgan bizning ustuvor vazifamizdir. Bunda esa bizdan albatta zamonaviy va interfaol ta'lim metodlaridan foydalanib yosh avlodga ta'lim berishimiz talab qilinadi.

Yurtimizda ta'lim mazmuniga alohida e'tibor qaratilib, o'quv dasturlarining yangi tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan o'tkazilmoqda, pedogogik texnologiyalar asosida o'quv jarayonining samaradorligi oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan, axborot komminikatsiya vositalaridan, interfaol ta'lim metodlardan foydalanilmoqda. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishda o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o'zlashtirish maqsadida interfaolta'lim metodlardan, vosita va shakllarini to'g'ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. Interfaol metodlar deganda - ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan metodlar tushuniladi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.

Interfaol ta'lim metodlari hozirda eng ko'p tarqalgan va barcha turdagi ta'lim muassasalarida keng qo'llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta'lim metodlarining turlari ko'p bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonining deyarli hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun hozirda mavjud. namunalari bor .Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib, tegishlicha qo'llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta'lim metodlarini ma'lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to'g'ri tanlash muammosini keltirib chiqargan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

O'qitishning interfaol usullarini tanlashda ta'lim maqsadi, ta'lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o'quv muassasasining o'quv-moddiy sharoiti, ta'limning davomiyligi, o'qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e'tiborga olinadi. O'quvchining mantiqan to'g'ri fikrlashi esa pedagogik mahorati yuqori bo'lgan o'qituvchiga bog'liq bo'ladi Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishda o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o'zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to'g'ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. O'qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning ko'pgina metodlaridan foydalaniladi. Bola hayotida bog'chadan so'ng

maktabning dastlabki davrlari muhim o'rin tutadi. Shu bois boshlang'ich ta'lim davri ta'lim jarayonidagi eng mas'uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi.

Bu davrda bolaning zehnini o'stirishga qaratilgan har bir mashg'ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta'lim jarayonini qiziqarli, ta'sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e'tibor qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning o'yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya'ni o'quv faoliyatiga o'tganligi bilan xarakterlanadi. Shunday qilib, boshlang'ich sinflarga o'qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o'ziga xos xususiyatga ega.

Ta'lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o'rganish va amalda qo'llash o'quvchilarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to'g'ri yechimini topishlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'quvchilarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o'quvchilarning bilimlarini mavzuni yaxshi egallashlariga erishiladi. Ota-onadan ko'p eshitish mumkin: "Agar uy vazifasini bajarmasang, do'stlaring yoniga bormaysan", "Maktabni (o'qishni) uch baho bilan tugatsang, dam olishga bormaysan". Bolalar bizning "rag'batlantirish" xulq-atvor sxemamizga shunchalik o'rganib qolganki, biz bolalarni rag'batlantirish, ularning ishini, ijodini, yutuqlariga ijobiy yondashuvdan boshqa usulini tasavvur qila olmaymiz. Va, natijada, biz o'z sa'y-harakatlari uchun mukofotdan boshqa narsaga qiziqmaydigan yoki tashqaridan doimiy nazorat zarurligini his qiladigan odamni tarbiyalaymiz. Zamonaviy texnika, elektron hisoblash mashinasi, kompyuter, audial, vizual asboblarini ta'lim-tarbiya jarayoniga qo'llab samaradorlikni oshirish;

Ta'lim-tarbiya jarayoni maqsadi, vositasi, natijasini oldindan o'rganish, qayd etish yo'llari bilan o'qituvchining kafolotlangan natijaga erishishini ta'minlash. Ta'limning kafolotlanganlik natijasi samaradorlikni va maqsadga erishishni belgilaydi. Bundan ko'rinadiki, natija maqsadga qancha yaqin bo'lsa, o'quv-tarbiya jarayoni shuncha samarador hisoblanadi va bu ta'limning zamonaviy texnik vositalari va ilg'or texnologiyalarni amalga oshirishning muhim jihatlaridan bo'lib, ikkinchi talqin, ta'lim-tarbiya jarayoni maqsadi, vositasi, natijasini oldindan o'rganish, qayd etish yo'llari bilan o'qituvchining kafolotlangan natijaga erishishini ta'minlash.Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan vositalar ta'lim samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladi.Vosita muayyan o'qitish metodi yoki usullardan muvaffaqiyatli foydalanish uchun zarur bo'lgan yordamchi o'quv materialidir.O'z mohiyatiga ko'ra pedagogik texnologiya vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni ta'minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizimni ifodalaydi.Ta'lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini baholash ham muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalarning imkoniyatidan kelib chiqqan holda ularni amaliyotga tatbiq etishning samaradorligini bir qator mezonlar bilan aniqlash mumkin.

O'qitish tizimida pedagogik texnologiyalarini samarali qo'llash pedagogning kasbiy kompetentligiga ham bog'liq. Shu sababli pedagogik texnologiyalarning samaradorligini pedagog tomonidan ularning qo'llanilishiga ko'ra ham baholash mumkin.Kreativ pedagogikaning maqsadi - shaxs (o'quvchi,)ni o'qishga, ta'lim olishga ijodiy yondashishga, o'zining va o'z kelajagining yaratuvchisi bo'lishga o'rgatishdan iborat."Metod" atamasi

yunoncha "metodos" so'zidan olingan bo'lib, yo'l, haqiqatga intilish, kutilayotgan natijaga erishish usuli ma'nosini anglatadi.

Bundan tashqari, mavzularning izchilligi va tizimliligini hisobga olganlikka e'tibor beradi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan talablar pedagogik texnologiyaning interfaol usullarida o'z aksini topgan. Bular: "Aqliy hujum"Shunday qilib ta'lim jarayoniga interfaol usullarni qo'llashda, o'qituvchi ta'lim jarayonining boshqaruvchisi vazifasida bo'lib, bunda boshqaruv maqsadi ta'limning obyekti va subyekti sifatida o'quvchiga yo'naltiriladi. Demak, pedagogik texnologiya ta'lim mazmuni usul, shakl va vositalar asosida yuzaga keladi. Ushbu jarayon kafolatlangan natijaga erishishga yo'naltiriladi.

Ta'lim tizimi - yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish yo'lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o'quv-tarbiya muassasalari majmui. Respublika uzluksiz ta'lim tizimi- shaxsga ta'lim berish, unda ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo'naltirilib, o'zaro mantiqiy izchillik asosida, oddiydan murakkabga tomon rivojlanib boradigan bir-biri bilan bog'langan bosqichlarni ifodalovchi tarkibiy va tashkiliy elementlar majmuasi hisoblanadi. Boshlang'ich ta'lim 6-7 va 10-11 yoshli bolalarda umumiy o'rta ta'lim olish uchun zarur bo'lgan savodxonlik, bilim va ko'nikma asoslarini shakllantirish maqsadini amalga oshirishga yo'naltirilgan. Mahorat-shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati. Biror sohasidagi moslashuvchan ko'nikma va ijodkorlik asosida hosil bo'lgan kasbiy ko'nikmalarning nazariy darajasidir. Mahorat - san'at, mahorat - izlanish, mahorat - pedagogik texnologiyalarni qo'llay bilish, mahorat - o'qituvchining o'z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish va o'z-o'zini tarbiyalashdir.

Adabiyotlar

1. Акимова М.К. Козлова В.Т. Индивидуальность учащегося и индивидуальный подход. М.: Знание, 1992.

2. Аменд А.Ф. От современных концептуальных основ образования к глу-чинным образовательным технологиям. // Вестн. Челяб. гос. пед. ун-та: Науч. журн. ЧГПУ: Сер.2: Педагогика, психология, методика. Челябинск.- 1997. №2.

3. Дуранов И.М., Дуранов М.Е., Жернов В.И., Лешер О.В. Педагогика воспитания и развития личности учащихся. Магнитогорск, 1996. - 315с.

4. Клементьева Н.Р. Предупреждение трудностей в обучении решению задач у младших школьников // Методология и методика формирования научных понятий у учащихся школ и студентов вузов. Тез. докл. межд. науч.-практ. конф. Челябинск, 1995, 4.1. - С. 186.

5. Безруких М.М., Ефимова С.П. Ребёнок идёт в школу. — М., 2000. — С. 90.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.