Научная статья на тему '3-SINF O’QISH DARSLARIDA ERTAKLARNI INNOVATSION O’QITISH USULLARI'

3-SINF O’QISH DARSLARIDA ERTAKLARNI INNOVATSION O’QITISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие медицинские науки»

CC BY
91
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’qish darslari / ta’lim / tarbiya / pedagogika / ertak / innovatsiya.

Аннотация научной статьи по прочим медицинским наукам, автор научной работы — Samandarova Nozima

O’zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmuni yosh avlodni ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Mustaqillikni mustahkamlash uchun olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy sohalardagi islohatlar inson huquqi va erkinliklarini himoya qiluvchi demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishni ko’zda tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «3-SINF O’QISH DARSLARIDA ERTAKLARNI INNOVATSION O’QITISH USULLARI»

3-SINF O'QISH DARSLARIDA ERTAKLARNI INNOVATSION O'QITISH USULLARI

Samandarova Nozima

TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8051528

Annotatsiya. O'zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmuni yosh avlodni ma'naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Mustaqillikni mustahkamlash uchun olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma 'naviy sohalardagi islohatlar inson huquqi va erkinliklarini himoya qiluvchi demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishni ko'zda tutadi.

Kalit so'zlar: o'qish darslari, ta'lim, tarbiya, pedagogika, ertak, innovatsiya.

Amalga oshirilayotgan o'zgarishlarning bosh maqsadi ham insonning moddiy va ma'naviy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunday mashaqqatli murakkab yo'lda bizga doimo mash'ala bo'ladigan, yo'limizni charog'on yoritib turadigan ota-onalarimiz, bobolarimiz, ajdodlarimizning ibratli hayot saboqlari bor. Milliy qadriyatlarni tiklash, ma'naviyatni yuksaltirish, ayniqsa sharqona odob-ahloq an'analariga e'tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. Har bir xalqning ta'lim -tarbiyaga oid an'analari borki, ular pedagogik fikr taraqqiyotiga xizmat qilib, bola tarbiyasi haqidagi tasavvur va qarashlarni ifodalaydi. Har bir ota-ona o'z farzandini barkamol bo'lishini istaydi. Shuning uchun ham xalqimizda "Farzandlar kamoli - ota-ona jamoli" degan naql bor. Huddi mana shu narsa, ota-onalarning orzu-umidi ham, an'ana sifatida avloddan-avlodga o'tib keladi. Dunyodagi har bir millatning, shu jumladan, o'zbeklarning ham aqliy-ruhiy qiyofasi, ya'ni milliy mentaliteti, o'ziga xos tarixiy-etnik tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlari doirasida shakllangani bois, uning jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy jarayonlarga bo'lgan munosabati ham turlicha bo'lishi shubhasiz. Zero, milliy o'ziga xosliklar uzoq tarixiy davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar tabiiy geografik o'rnashuv, o'zaro etnomadaniy aloqalar, diniy mansubliklar asosida qaror topadi va aynan mana shular hamda xalqning ruhiy-psixologik qarashlari negizida qadimiy an'analar, urf-odatlar va marosimlar shakllanadi.

Shu ma'noda hozirgi sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarning samaradorligi ta'lim, shaxs ma'naviyati hamda uning yuksak kasb mahoratiga bog'liq. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyaev ta'lim sohasidagi islohatlarning asl mohiyati haqida fikr yuritar ekan: "Kelajak bugundan boshlanadi, hozir tarbiya masalasiga e'tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz! Ma'naviy va axloqiy poklanish, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o'z-o'zidan kelmaydi, hammasining zaminida tarbiya yotadi. Zero, bugungi yosh avlodga o'tmishimiz kim ekanligini anglatish, biz kimning avlodi ekanligimizni yetkazish eng dolzarb masalalardan biridir" deb ta'kidlaydi va bugungi kunda jamiyatning yangilanishi, hayot taraqqiyoti va istiqboli barcha sohadagi islohatlar samaradorligi yuqori malakali ongli mutaxassislar tayyorlashga bog'liq ekanligini alohida uqtirib o'tadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga o'zbek xalqining Milliy ma'naviy merosini, qadriyatlarni, o'rgatish muammosini pedagog va psixolog olimlar bir qator tadqiqot ishlarida ma'lum ma'noda o'rgandilar. Ana shunday olimlarimiz sirasiga O.Musulmonova, X.Ziyoyev, T.Mahmudov, E.Yusupov, J.Tulenov, Q.Nazarov H.I.Ibrohimov, H.D.Norqulov va boshqa olimlar mustaqillikning mohiyati, uning ma'naviy asoslari, milliy qadriyatlarimiz, ilmiy

merosimizni yoshlar ongiga singdirish yo'llari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligida shaxs ongini shakllantirish masalalarini tadqiq etishgan.

XXI asrda o'zbek xalqi milliy an'analarini o'rganish borasida tarix sahifasiga yangi zarvaraqlar muhrladi. Ayniqsa mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so'ng xalqimizning etnomilliy o'zligini anglash hissini kuchayishi, milliy-ma'naviy meros, tarixiy an'analarga bo'lgan e'tiborning ortishi natijasida o'zbek xalqi etnogenezi va etnik tarix i muammolari dolzarb ilmiy amaliy ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda mustaqil O'zbekistonda yosh avlodning ma'naviyatini yuksaltirishga, ilmiy intellektual salohiyatga o'ta muhim vazifa sifatida qaralmoqda. O'zlikni anglash va manaviy tarbiya ishlarini sifat jihatidan yangi pog'onaga ko'tarish ijtimoiy ehtiyojga aylandi. O'zbekiston Respublikasi hukumati milliy manaviyatimizning mushtarakligiga erishishni davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof etdi.

Xronologik tamoyil asosida yozilgan o'zbek xalqining milliy qadriyatlar sifatida "O'zbek milliy talim-tarbiyasi ananalari tarixidan", "O'zbek xalq pedagogikasi", "O'zbek xalq pedagogikasidan namunalar" kabi ilmiy bayon qilingan materiallar boshlang'ich sinf o'quvchilarini milliy, ma'naviy tarbiyalashda, o'zbek xalqining milliy qadriyatlarini o'rganishda qo'l keladi. Ayniqsa, boshlang'ich sinflarning o'qish, odobnoma, atrof muhitni muhofaza qilish, konstitutsiyani o'rganimiz kabi darsliklarida o'zbek xalqining milliy qadriyatlarini o'rganish xususidagi bo'limlardan foydalanish imkoniyati mavjud.

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining pedagogik faoliyatida talim mazmunini milliylashtirish va shu asosda ma'naviy intellektual talim-tarbiya natijalarini uyg'unlashtirish, o'quvchilarda faollikni oshirishning pedagogik imkoniyatlarini qo'llash o'quvchilarning o'zbek xalqi milliy qadriyatlarini anglashga yordam beradi. Demak, pedagogik talim mazmunidagi milliy, ilmiy ta'lim-tarbiya yo'nalishi tamoyili yana bir bor o'z isbotini topadi.

Tamoyilning mazmun-mohiyati o'quv jarayonida u yoki bu mavzuni yoritish uchun qo'llaniladigan tushunchalar orasidan milliy-ma'naviy va ilmiy, talim tarbiya nuqtai nazaridan eng ahamiyatlilarini ajratib, ularga ilmiy tus berish va izohlashdan iboratdir. Bo shlang'ich sinf o'quvchilarini faollashtirishda milliy-ma'naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ushbu tamoyil asosida mavzularning manaviy tarbiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo'yicha kerakli ko'nikma va malakalarga asta-sekin ega bo'la boradilar.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga o'zbek xalqi milliy qadriyatlarining manaviy talim va tarbiya berish maqsadi, vazifalaridan kelib chiqib tavsiyalar berish zarur. Boshlang'ich sinf o'quv dasturlari mavzularining ma'naviy tarbiyaviy imkoniyatlarini pedagogik tahlil qilish usuli ishlab chiqilib, amaliyotda qo'llanishi kerak. Bu borada avvalo, o'zbekistonlik olimlar N.Abdusamatova, N.Ismatova, D.Ro'ziyeva kabilar fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan, butun jahonga malum va mashhur movarounnahrlik allomalarning intellektual salohiyati, fikrlari, g'oyalari, talimotlari hamda maktab hayotiga va talim tizimida erishilgan ijobiy natijalar namunalari yordamida amalga oshirilib kelinmoqda.

Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti bevosita uning ma'naviy-axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir. Bu negizlar:

• umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

• xalqimizning manaviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

• insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;

• vatanparvarlikdan iboratdir.

Har bir millatning ma'naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning, intellektual salohiyatning birligidan tashkil topadi. Ma'naviy va intellektual meros o'tmishning yutug'i. Uni to'la odilona egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodlarning vazifasidir. O'z madaniy ilmiy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik madaniyatsizlikdir. Ularni boyitib, yuksak darajaga ko'tarishga intilmaslik esa millat va uning istiqboli uchun katta ziyondir. Ma'naviyati va intellektual salohiyati yuksak darajada rivojlangan insongina mustaqillik ravnaqi uchun kurashda o'zida kuch va qudrat topa oladi.

Asrlar davomida xalqning ilmiy ehtiyoji, talabi asosida yaratilgan qadriyatlarida olg'a surilgan ilg'or g'oyalarni o'z ongida yaxlit shakllantirgan, ularning mohiyatini amaliy faoliyatida namoyon qila oladigan, oilaning, xalqning, jamiyatning ma'naviy rivojlanishiga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatadigan shaxs ma'naviy madaniyatli hisoblanadi. Milliy va ma'naviy me'rosdan ma'naviyat va qadriyatlardan to'la bahramand bo'lmagan, ona tilini bilmagan, jamiyatning har tomonlama rivojlanishiga ongli ravishda hissa qo'shmagan inson ma'naviy qashshoqdir. Ma'naviy qashshoqlik esa xalqni, millatni, umuman jamiyatni tanazzulga olib boradi.

Demak, ta'lim-tarbiya jarayonida milliy-ma'naviy meroslar ustivorligiga erishish umumiy ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'quvchilarining ma'naviy madaniyatini shakllantirishda, ularning faolligini oshirishda muhim o'rin tutish bilan birga o'zbek xalqini ng o'zligini anglashning muhim omilidir.

O'zbek xalqi milliy-ma'naviy merosini o'rganish sohasidagi o'sha bo'shliqni to'ldirish, o'quvchi yoshlarni umumjahon fan-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan, ma'naviy madaniyatli insonlar qilib tarbiyalash uchun yangi demokratik ta'lim kontseptsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim bo'ladi. Bunda o'zbek xalqining va respublika hududida yashovchi boshqa xalqlarning milliy, tarixiy va madaniy an'analari, ma'naviy tajribasi ta'lim-tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritilishi zarur. Yangi demokratik ta'lim tizimida:

• o'quvchi shaxsining ilmiy salohiyati hozirgi davrda insoniyat erishgan barcha yutuqlarga suyanishi asosida qurilmog'i;

• intellektual merosni shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustivor bo'lishi;

• intellektual merosni shakllantirishda milliylikdan yiroq va unga zid unsurlardan voz kechmoq zarur;

• milliy-ma'naviy merosdan unumli foydalanish orqali yosh avlodni keng ma'noda faollashtirishga va milliy-ma'naviy merosni asrab avaylab avlodlarga yetkazmoq lozim;

• intellektual meros yangi moddiy ehtiyoj va talablar, yangi texnika va texnologiya, yangi qulayliklar, farovonlikka mos holda shakllanishi zarur;

• ilmiy intellektual mohiyati o'quvchi shaxsida tashabbuskorlik, faollik, ishbilarmonlik, ijodkorlik, tadbirkorlik hislatlarini shakllantirishga davlat qonunlari asosida qaratilgan bo'lishi kerak;

• ma'naviy madaniyatlilikning ushbu mezonlarini shakllantirishning birdan-bir to'g'ri yo'li milliy maktablarni mustaqillik g'oyalari bilan amaliyotga joriy etishdan iboratdir.

REFERENCES

1. Abdusamatova N. "Boshlang'ich ta'lim tizimida integratsiya". Namangan 2019

2. Ismatova N., Ro'ziyeva D., va Ь."ТагЫуа"3^^ иеЬип ёагеНк .Т.^апо^апёаЛ -2020.-96 Ь.

3. Тюнников Ю.С. Анализ инновационной деятелности общеобразователного учреждения: сценарий, подход /Ю. С. Тюнников// Стандарты и мониторинг в образовании. - 2014. № 5. - с.8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.