Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY TAMOYILLARI'

BOSHLANG`ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1852
148
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PEDAGOGIK MAHORAT / TAJRIBA SINOV / MUSTAQIL TA'LIM / O'QISH SIFATI / TA'LIM METODLARI / YANGI YONDOSHUV

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Janbayeva M.S., Qorayev S.B.

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilarining sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning yangi pedagogik tamoyillari ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN PRINCIPLES OF ORGANIZATION OF EXTRACURRICULAR ACTIVITIES IN PRIMARY SCHOOLS

This article discusses new pedagogical principles for the organization of extracurricular activities for primary school students in general secondary schools.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY TAMOYILLARI»

Janbayeva M.S.

Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

Ilmiy rahbar: Qorayev S.B.

Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti

O'zbekiston Respublikasi

/

BOSHLANGICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY TAMOYILLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning yangi pedagogik tamoyillari ko 'rib chiqilgan.

Kalit so 'zlar: pedagogik mahorat, tajriba sinov, mustaqil ta 'lim, o 'qish sifati, ta'lim metodlari, yangiyondoshuv.

Marjan Smatillayevna Janbayeva Master of Chirchik State Pedagogical Institute Scientific advisor: Qoraev S.B.

Associate Professor of Chirchik State Pedagogical Institute

Republic of Uzbekistan

MODERN PRINCIPLES OF ORGANIZATION OF

EXTRACURRICULAR ACTIVITIES IN PRIMARY SCHOOLS

Annotation: This article discusses new pedagogical principles for the organization of extracurricular activities for primary school students in general secondary schools.

Keywords: pedagogical skills, experimental testing, independent learning, quality of teaching, teaching methods, new approach.

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida takidlangan: siyosiy tuzumiing o'zgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari g'oyalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o'qituvchining ijodkorlik faoliyatinn qaytadan qurmoq lozimdir.

Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o'zlashtirib, ilg'or tajribalarga suyanib o'quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o'rtoqlik-do'stlik, o'zaro hamkorlik, hamjihatlik, o'z-o'zini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash mahoratini o'zlashtirishdan iborat. Ular:

- sinfning boshlang'ich jamoasini tarbiyalash va ularda o'zaro munosabat aloqalarini yaratish.

- o'quvchilar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarida jamoaga jipslashtirish.

- shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo'yishga o'rgatish.

- jamoada bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va sahiylik, do'stona hamkorlik mavjud bo'lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylanadi.

Kichik yoshdagi maktab o 'quvchilar jamoalari tashkil qilishda o 'qituvchidai turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi:

l.O'qituvchi jamoa azolarini yangi sharoitga (maktabning I sinfidan boshlab) moslashuv davrida ularga ishonch, xurmat, xushmuomalalik, talablarni to'g'ri qo'ya bilish shu bilan birga o'quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bulish talab etiladi;

2.O'quvchilar jamoasidagi etaklovchi kuch tayanch o'zagini tanlash;

3.Jamoa azolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish;

4.Jamoada yangi anana, qonun-qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish;

5.Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy tasiri ko'p darajada o'quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o'quvchilar jamoasininig xilma -xil ishlarni qanday yo'lga qo'yishlariga bogliqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o'quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir.

Tarbiya jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan manaviy axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e'tiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi. Mustaqil O'zbekistoning, istiqlol va istiqboli uchun fidoiylik ko'rsatuvchi avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o'zgacha xarakter kasb etmoqda:

• fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini anglab oluvchi;

• vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi;

• diniy bag'rikenglik va mehr-muravvatli bo'lish;

• davlat siyosatini tushunish unga fidoiy bo'lish;

• o'zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;

• yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda;

• maqsadni aniqligi va uni to'g'ri yo'naltirish madaniyati;

• tarbiyachi-o'qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati;

- o'zini anglash, mustaqil fikrlovchi etiqodligi va ixtiyorlik.

Maktabgacha talim muassasa tarbiyachilarini tarbiyachilik faoliyati va uni amalga oshirish metodikasini «Uchinchi ming yillikning bolasi» qo'llanmasidan foydalanishni tavsiya etamiz.

Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, "Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari dasturi"dagi g'oyalarni bolalarning ongida o'/ziga xos va mos ravishda singdiradi.

- Xalqimizning boy manaviy, anana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan foydalanish.

- O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e4iqodni tarbiyalash.- YUrt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.

- Mehrli-muruvvatli va bag'ri kenglik.

Ayniqsa bog'cha va kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning talimiy-tarbiyaviy faoliyatlari o'ziga xos xususiyatga ega: o'quvchilarda hayotiy tajribalarning kamligi, o'quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur munosabat bildira olmasligi kabilar.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o'ziga xos qoidalarga egadir:

• Har bir sinfjamoasining tarbiyalangan darajasini o'rganish.

• O'quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini qanday his etishi.

• Kundalik o'zgarishlarga o'quvchilarshshg munosabati.

• O'quvchilarning sharqona milliy urf-odat, ananalar haqidagi bilim darajasi.

• Qomusiy marifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari. Mazkur qoidalar bog'chada sodda holda qo'llaniladi.

Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o'rinlidir. SHundagina har bir o'qituvchi-tarbiyachilarning betakror, bir-biriga o'xshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy tasirga ega bo'lib maqsadga erishtira oladi.

Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:

• Vatanga muhabbat va insonparvarlik.

• Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.

• Manaviy tarbiya (axloq va odob).

• Iqtisodiy tarbiya.

• Ekologik tarbiya.

• Go'zallik tarbiyasi.

• Jismoniy barkamollik (sog'lom avlod uchun).

• Ota-onalar bilan ishlash.

Yuqoridagi omillarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga javob berishi kerak.

• Tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular davr talabiga javob berishi.

• Tanlangan mavzular milshy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo'lishi.

• Tarbiyaviy tadbirlar uzviylik qoidasiga amal qilgan bo'lishi.

• MavzulaT o'quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo'lishi.

Tarbiyaviy tadbirlarni гejalashtiгishda «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy

tushuncha va tamoiyllari» dastuгi. O'zbekiston Respublikasi «Kamolot ijtimoiy harakati» dastuгi mos qilib olindi. Quyidagi keltirilgan гeja tahminiy bo'lib, o'z shart-sharoitingizga qaгab ijodiy o'zgarishlar kiгitish mumkin.

Tarbiyaviy tadbirlar rejalaridan namunalar

Dastlabki rejaga O'zbekiston Respublikasi Xalq Talimi Vazirligi «Madaniy merosga - ixlos» yuzasidan tuzilgan Nizom asos qilib olindi, u quyidagi mazmunga ega:

1. Vatan g^ururi - kamolot mulkining asosi (I-II sinflar uchun).

a) tug'ilgan uy, ko'cha, shahar va o'lkalarining tarixi.

b) Ыг bolaga etti qo'shni ota-ona ekanligi.

v) atrof tabiatidagi o'simliklaming nomi va uni muhofaza qilish.

g) o'lka tarixiga oid (tarixiy, obidalaг, kimlaг yashagan, iqtisodiy boyligi, sanati va kelajak rejalar) malumotlar.

e) kindik qoni to'kilgan joyning tuprog'i aziz hissini singdirish.

2. Turmush madaniyati

a) sharqona oila.

b) ota-ona mehri, ularning borligidan fahrlanish.

v) oilada sharqona urf-odatlar, ananalar qonun va qoilalarga amal qilish.

g) qariyalar tarixini o'гganish, ularning yaxshi fazilatlari bilan chuquгlashish va g'amxo'rlik qilish.

d) turmush va bozor iqtisodiga sharqona munosabat uyg'otish.

e) jismoniy barkamollik va sport.

3. O 'zbek tilining sofligi - xalq iftixori

a) har bir millatni ona tili va unga mehrli milliy g'ururini gul tojisi ekanligi (xalqning maqol, rivoyat, hikoyatlaridan foydalanish).

b) o'zbek tilnning tarixi, rivoji.

v) o'zbek tilining istiqboli.

g) «Til bilgani elni biladi» (dunyo tillarining mohiyati haqida).

d) millatlararo totuvlik.

4. O'zbek milliy urf odat, rasm-rusumlar va marosimlar

a) oilaviy urf-odatlar.

b) rasm-rusmlar va ularning tarixi.

v) marosimlar ularning turlari, tarixi va mazmuii.

III-IV-sinf o'quvchilari uchun Vatan g'ururi kamolot mulkiniig asosi:

a) O'zbekiston hududi va uning tarixi haqida malumot.

b) O'zbekiston o'tmishdagi podshox va xonlar, ulardagi sifatlar.

v) O'zbekiston tabiati, hayvonoti va o'simlik olami. g) o'tmish va mustaqil O'zbekiston.

d) butun dunyo o'zbeklari nima bilan faxrlanishlari.

e) O'zbekiston madhiyasida milliy g'urur. Turmush madaniyati:

a) oilaning iqti'sodi ildizi, uni boshqarishda oila azolarining hamjihatligi. Byudjet taqsimoti.

b) oilaviy ananalar va unga nisbatan sadoqat hissi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

v) oilaviy marosimlar. Oilaning har bir azosining o'rni va burchi. g) oila istiqboliga hiyonat qilmaslik.

d) oila azolarining burchi.

e) zamonaviy oilaning shakli, manaviy go'zalligi. SHarqona oila jihozi. Sog'lom tan. Sport xonadon ko'rki.

O'zbek tili sofligi xalq iftixori:

a) tilning tarixini o'rganish. Dastlabki turkiy tilda yozilgan asarlarni o'rganish (Mahmud Qoshg'ariy, Alisher Navoiy).

b) tilshunos olimlar bilan uchrashuv.

v) sof o'zbek tili sirlari, til o'rganish haqida donolar hikmatlari. g) SHarqona o'qishning ohangdorligi haqida malumot berish. d) SHarqshunoslik va til-adabiyotlar ilm maskanlariga tashrif buyurish. Milliy urf-odatlari, rasm-rusmlar va marosimlar:

a) milliy urf-odatlari kelib chiqish tarixi, unga amal qilishning ijobiy tomonlari.

b) xalq folklor va yodgorliklarida rasm-rusum, irim-sirimlarni asoslab berilishi.

v) turli millat xalqlarining urf-odatlari va ularga munosabat. g) ajdodlarimizning kiyinishi, yurish-turishiga o'zbekona munosabat bildirish. Hozirgi zamon talablari-chi? To'g'rimi? Sanat va madaniyati me'morchiligi:

a) sanatning sharqona ko'rinishlari. Ajdodlarimiz sanati tarixi.

b) sanat ustalari (o'tmish va hozir).

v) sanat maskanlari va uning turlari. sanatga munosabat.

d) milliy sanatning kelajagi.

e) me'morchilik tarixi. Madaniy me'morchilik koshonalariga sayohat va uni o'rganish.

yo) qo'li gul ustoz va shogirdlar hayoti va kelajagi. z) me'morchilik ko'rinishlari (tanlab o'rganish). Bobolardan bolalarga nasihat va pandlar:

a) o'zbek xalqining qadimiy yodgorliklari.

b) A.YAssaviy, Bahovuddin Naqshbandiy, Gazzoliy, Haziniylar ijodiyotida odob-axloq masalalari.

v) o'zbek shoiralarining pandlari. Zebiniso, Zavqiy, Nodira, Anbar Otin..

g) Zamonaviy shoir va shoiralar. Uchrashuv va kechalar tashkil qilish. Ularning ijodiyotiga tashabbus qilishga undash.

O'zbekona insoniy, yuksak axloqiy sifatlar

a) allomalarning o'g'il va qizlarga aytgan nasihatlari.

b) qizlik iffati, hayosi, g'ururi.

v) oila va jamo'at mehnatiga to'g'ri munosabatda bo'lish.

g) inson go'zalligini anglatuvchi belgilar.

Xulosa: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'quv-chilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo'sh vaqtlarida o'quv-tarbiya jarayonini to'ldiradi. U o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbus-korligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o'ziga xosligi shundaki, to'garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o'smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o'sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma'naviyligida ishtirok etishi murakkab qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam bo'lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo'lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta'minlaydi.

Maktabda va sinfdan tashqari ishlar jarayonida o'quvchi-larning bir-biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o'quvchilarning bir-biriga bo'lgan muomala madaniyati ham shakllanadi. O'quvchi o'qituvchiga taqlid asosida yoki do'stlari orasida o'rgangan tarbiyasi muomilasiga ta'sir qilishi mumkin. O'qituvchi o'quvchilar orasida muomala madaniyatini shakllantirish uchun avvalambor o'quvchining o'ziga bo'lgan muomalasini, e'tiborini o'rganishi kerak.

Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to'ldiradi. Ularning dunyoqarashi to'g'ri shakllanishiga va axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarishi bilan bog'lanishaga zamin yaratadi.

III -Bob. Tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o'tkazish metodikasi.

Sinf rahbari tomonidan o'tkaziladigan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarga sinf tarbiyaviy soatlari ham kiritiladi, (yil davomida 30-34 soat dars jadvaliga kiritiladi), u soddalashtirilgan, barcha sinflar uchun qulay quyidagi andozaga tushirilishi mumkin. Avvalgi adabiyotlarda berilgan rejalashtirish chizmasiga "Bajarilish turi" qo'shimcha sifatida kiritildi. Maqsad, rejalashtirilgan mavzu masalan, "Ota-onam - suyangan tog'im" yuzasidan suhbat, kecha, konferentsiya uchrashuv, ekskursiya va hokazolar o'tkazish mumkin. Albatta, bu tadbirlarning barchasini bir o'quv yilida o'tkazib, sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasida bu mavzu har yili takrorlanib, bajarilish turi o'zgartirib boriladi. Sinf rahbari mehnatining unumli bo'lishida bu usul ancha samara beradi.

Adabiyotlar:

1. Samaridin Barakayevich Qorayev, Marjan Smatillayevna Janbayeva. (2021). BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH. Academic research in educational sciences, 2(4).

2. Samaridin Barakayevich Qorayev, Sarvinoz Baxtiyorovna Allayorova. (2021). Boshlang'ich sinf o'quvchilarini pirls xalqaro baholash dasturi tizimiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari. Academic research in educational sciences, 2(2).

3. Кораев, с.б. (2018). Умумий урта таълим муассасаларида укув-ишлаб чикариш мажмуаларини ташкил этишнинг долзарблиги. Таълим, фан ва инновация 4, 28-31.

4. M. Tilakova, S. Qoraev. (2020). RECOMMENDATIONS FOR STUDENTS'CREATIVE ABILITY DEVELOPMENT. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 184-189.

5. Мавжуда Тилакова, Самариддин Кораев, (2020). УКУВЧИЛАР КРЕАТИВЛИК КОБИЛИЯТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ БУЙИЧА ТАВСИЯЛАР. Academic research in educational sciences, 4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.