INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© M.X.Qilichova1H_
Jizzax davlat pedagogika universiteti, Jizzax, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada, Sharof Rashidovning yozuvchi sifatidagi roli va uning asarlari kontekstida yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning ahamiyati haqida umumiy ma'lumot beriladi. Shuningdek, bu mavzuning dolzarbligi va o'rganilayotgan masalaning nazariy asoslari taqdim etiladi.
MAQSAD: maqolaning asosiy maqsadi Sharof Rashidov asarlaridan yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda foydalanishning samaradorligini baholash va bu jarayonda duch keladigan muammolar va echimlarini o'rganishdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot metodologiyasi, ishlatilgan usullar, o'tkazilgan so'rov va tajribalar, shuningdek, asosiy tahliliy materiallar haqida ma'lumot beriladi. Asarlardan olingan misollar va ularning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: Sharof Rashidovning asarlari yoshlar tarbiyasida qanday qo'llanilganligi, ularning ma'naviy-axloqiy saviyasiga ta'sirini muhokama qilish orqali tadqiqot natijalari taqdim etiladi.
XULOSA: maqola yakunida, Sharof Rashidov asarlarining yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashdagi ahamiyati va kelajakdagi tadqiqotlar uchun tavsiyalar beriladi.
Kalit so'zlar: Sharof Rashidov, yoshlar tarbiyasi, ma'naviy-axloqiy tarbiya, adabiyot va tarbiya, milliy qadriyatlar, adabiy ta'sir.
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПРОИЗВЕДЕНИЙ ШАРАФА РАШИДОВА В ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОМ ВОСПИТАНИИ МОЛОДЕЖИ_
© М.Х.Киличова1И
1Джизакский государственный педагогический университет, Джизак, Узбекистан Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье даются общие сведения о роли Шарофа Рашидова как писателя и значении духовно-нравственного воспитания молодежи в контексте его творчества. Также представлена актуальность данной темы и теоретические основы изучаемого вопроса.
Iqtibos uchun: Qilichova M.X Sharof Rashidov asarlaridan yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda foydalanish masalalari. // Inter education & global study. 2024. №7. B.
312-318.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ЦЕЛЬ: основная цель статьи - оценить эффективность использования произведений Шарофа Рашидова в духовно-нравственном воспитании молодежи и изучить проблемы и пути их решения, возникающие в этом процессе.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: представлены методология исследования, использованные методы, исследования и эксперименты, а также основные аналитические материалы. Анализируются примеры из произведений и их воспитательное значение.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты исследования представлены путем обсуждения того, как произведения Шарофа Рашидова используются в воспитании молодежи и их влияние на их духовно-нравственный уровень.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в конце статьи дано значение произведений Шарофа Рашидова в духовно-нравственном воспитании молодежи и рекомендации для дальнейших исследований.
Ключевые слова: Шароф Рашидов, воспитание молодежи, духовно-нравственное воспитание, литература и образование, национальные ценности, литературное влияние.
Для цитирования: Киличова М.Х. Использования произведений Шарафа Рашидова в духовно-нравственном воспитании молодежи. // Inter education & global study. 2024. №7. С. 312-318.
THE ISSUES OF USING THE WORKS OF SHAROF RASHIDOV IN SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF YOUTH
© Marhabo X. Qilichova1®
1Jizzakh State Pedagogical University, Jizzakh, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article provides general information about the role of Sharof Rashidov as a writer and the importance of spiritual and moral education of young people in the context of his works. Also, the relevance of this topic and the theoretical foundations of the studied issue are presented.
AIM: the main purpose of the article is to evaluate the effectiveness of using Sharof Rashidov's works in the spiritual and moral education of young people and to study the problems and solutions encountered in this process.
MATERIALS AND METHODS: research methodology, used methods, surveys and experiments, as well as basic analytical materials are provided. Examples taken from works and their educational value are analyzed.
DISCUSSION AND RESULTS: the results of the research are presented by discussing how sharof rashidov's works are used in the education of young people and their influence on their spiritual and moral level.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
CONCLUSION: at the end of the article, the importance of Sharof Rashidov's works in the spiritual and moral education of young people and recommendations for future research are given.
Key words: Sharof Rashidov, youth education, spiritual and moral education, literature and education, national values, literary influence.
For citation Marhabo X. Qilichova (2024) 'The issues of using the works of Sharof Rashidov in spiritual and moral education of youth', Inter education & global study, (7), pp. 312-318. (In Uzbek).
Mamlakatimizda yoshlarni Vatanga sadoqatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi hisoblanadi. Chunki o'sib kelayotgan yosh avlod Yangi O'zbekistonni barpo etuvchi asosiy kuch sanaladi. Bu borada ayniqsa oliy ta'lim dargohlari talaba yoshlarining xizmatlari salmoqli bo'ladi. Sababi, ular mamlakatimizning ertangi istiqboli Uchunchi renessansning poydevorini yaratuvchi ilk kadrlari bo'lib kamolga yetishadi.
Yurtimizda 2023-yilda 7 ta yangi oliy ta'lim muassasasi faoliyati yo'lga qo'yilgan va ularning soni jami 213 taga yetgan. 213 ta oliy ta'lim muassasasidan 116 tasi davlat, 67 tasi nodavlat, 30 tasi esa xorijiy oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi. 2023/2024-o'quv yili natijalariga ko'ra 213 ta oliygohda 1 mln 300 ming nafardan oshiq talaba tahsil oladi. Bu ko'rsatkich yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi 2022-yilgi 38 foizdan 42 foizga oshganlini ko'rsatadi. [1] Ushbu ko'rsatkichni 2030-yilda esa kamida 50 foizga yetkazish rejalashtirilgan.[2i
Bugungi globallashuv davrida zamonaviy, rivojlangan davlatlar eng ko'p kapitalini va eng ko'p e'tiborini yoshlarga qaratmoqda. Bu borada prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev "... yoshlarni jismoniy va ma'naviy barkamol insonlar etib tarbiyalash biz uchun g'oyat muhim vazifa bo'lib qolmoqda"-degan, edi. [3, 254.]
Darhaqiqat, bugungi yoshlar ertangi kunda davlat taraqqiyotini ta'minlovchi asosiy kuch hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan oliy ta'limga qamrab olingan talaba yoshlarni nafaqat ilm-fan bilan qurollantirish, balki ularni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash masalasi ham dolzarbligi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada ayniqsa millat qahramonlarining jasorati, ajdodlarning ma'naviy merosidan unumli foydalanish zarur. Bu borada xalqimizning buyuk farzandi, atoqli davlat arbobi va yozuvchi, el-yurtimiz uchun fidoyi rahbar, betakror va benazir shaxs Sharof Rashidov asarlaridan foydalanish, unga munosib vorislarni tarbiyalab, kamolga yetkazish davr talabi hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi va mavzu bo'yicha adabiyotlarni tahlili. Maqola mavzusi nazariy usullar, jumladan, tahliliy-sintetik, qiyosiy-taqqoslash, anologiya hamda obyektiv va tizimli tahlil usullari asosida o'rganildi. G'arb va Sharq olimlarining tadqiqotlari ham qiyosiy tahlil qilindi.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE б
Гсс] (л
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Mn7
Scientific theoretical and methodical journal 2024, №7
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Keyingi yillarda, yoshlarning ma'naviyatini shakllantirishga oid bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, M.Quronov, J.G'.Yuldoshev, O.Musurmonova, M.Inamova, U.Maxkamov, S.Nishonova, A.K.Minavvarov, N.Almetov, D.Ruziyeva, N. Egamberdiyeva, Sh.Xalilova, Sh.Shodmonova kabilarning qator ishlarida yoshlarni ma'naviy-axloqiy, estetik, jismoniy jihatdan rivojlantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida vatanparvar, mas'uliyatli, insonparvar qilib tarbiyalash, komil insonni o'stirish, milliy tarbiyaning ilmiy-pedagogik jihatlari hamda ijtimoiy sohani yanada takomillashtirish borasida muayyan tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar. Shuningdek, texnologik yondashuv asosida ta'lim samaradorligini oshirish va talabalarni ma'naviyatini shakllantirishda G'.Yo'ldoshev, N.N.Azizxodjayeva, M.Q.Pardayev, N.Saidahmedov, L.V.Golish, R.J.Ishmuhamedov, A.U.Arziqulov, M.Ochilov, O'.Tolipov va boshqalarning ilg'or qarashlaridan keng foydalanildi.
Talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlarini takomillashtirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari, shaxsning ruhiy jarayonlari va uning rivojlanishi kabi masalalar qator psixolog olimlar Z. Abidova, Sh. Barotov, V.Karimova, D.Sobirova, M.Saipova, E. Goziyev va boshqa olimlar tomonidan ham tadqiq qilingan.
Xorijiy va Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan S.Heller, N.L.Berezniskaya, E.Betti, E.Bikkerman, N.V.Pivovarova, E. Rierdon Betti, T.Adorno, M.Xorkeymer, J.Ellport, S.Mendus kabi olimlar talaba yoshlarni ma'naviy-axloqiy qilib tarbiyalashning ilmiy-nazariy asoslari, uning ijtimoiy va ma'naviy yo'nalishlari, zamonaviy tendensiyalari kabi masalalarini o'rganganlar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishning mazmunini yoritib berish, talaba yoshlarning yangicha dunyoqarashga ega bo'lishlari va mustaqil fikrlay olishlari, muammoli vaziyatlarni hal qila olishlari va har qanday vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qilish kabi XXI asr ko'nikmalarini rivojlantirishga bag'ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish zaruriyati har qachongidan ham ko'proq sezilmoqda.
Sharof Rashidov faylasuf olim Abu Nasr Farobiy aytgan to'rt insoniy fazilatga ega inson edi. Bu fazilatlar nazariy fazilatlar, tafakkur fazilati, yaralma (hayot jarayonida vujudga keluvchi) fazilatlar hamda amaliy san'at (kasb) fazilatlaridir. Aynan mana shu insoniy fazilatlarga ega bo'lgan Sharof Rashidov shaxs sifatida bugungi yoshlarga o'rnak bo'ladi. [4, 179.] U nafaqat davlat arbobi, balki ziyoli insonligi bilan ham qadri ulug' insonga aylangan edi. U o'sha tuzum ta'zyiqlariga qaramasdan o'zbek tilida kitoblar yozdi. U tarixiy-afsonaviy "Ikki dil dostoni", "G'oliblar", "Bo'rondan kuchli", "Qudratli to'lqin", "Kashmir qo'shig'i" asarlarida haqqoniy voqealarni qalamga olgan edi.
Sharof Rashidov ijodi pedagogik tafakkur taraqqiyoti insonning ma'naviy-ahloqiy kamolotida, umumbashariy ma'naviy tarbiya, an'analar, qadriyatlar yuksalishida muhim bosqich bo'ldi. Sho'rolar davri bo'lishiga qaramay sharqona axloq-odob qobig'ida komil inson, adolatli jamiyat va davlatni yuksaltirishning ma'naviy asosini yaratishga muvaffaq bo'ldilar. Ijtimoiy tengsizlikni jamiyat a'zolarining o'zaro kelishuvi, bir-birlariga insoniy
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
munosabati, ilm olish, mehnat qilish, davlatni adolat bilan boshqarish asosida nizolarni bartaraf etish mumkin degan mushohadani ilgari surdilar.
Bu davr ma'naviy qadriyatlari mazmunida insonning ichki va tashqi ruhiy holati, hissiyoti, mehnatga, turmushga munosabati, mehr-oqibati, muhabbati, sadoqati, bilimga (ilmiy va dunyoviy) intilishi, ma'naviy kayfiyati, aql-idroki, erki, insonni tabiatning eng buyuk mahsuli sifatida kuylash, tasvirlash, ulug'lashdan iboratdir. Eng muhimi oliy ahloq, ma'rifatli va adolatli jamoa g'oyasi olg'a surildi.
Sharof Rashidov o'zining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarida insonning oliy maqsadga erishishi, adolatli jamoa qurishi uchun milliy urf-odatlar, an'analar, qadriyatlar vositasida tafakkurni shakllantirish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish lozim, degan qoidani olg'a surdi.
Bunga misol qilib, uning quyidagi fikrini keltirishimiz mumkin. "Inson tajribasi inson bilan birga olamdan o'tadi, inson tafakkuri inson bilan birga zavol topadi. Zero, umr bebahodir. Zakovatning ibtidosi -xalq dilida, el xotirasidadir. U bir okeandirki, tog' irmoqlari va buloqlarni bunyod etadi". [5, 11.]
Sharof Rashidovning fikricha, inson kundalik faoliyatida aql-idrokka, tafakkur qudratiga tayanib ish ko'rmog'i lozim. Uning umumpedagogik va didaktik g'oyalari negizini tashqi muhit va insonning jismoniy sog'lomligi orqali ma'naviy kamolotga erishishi, vatanni sevish va jasorat ko'rsatish muammosi orqali o'z asarlarini ifodalagan.
Sharof Rashidov asarlaridan yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda foydalanish quyidagi ma'naviy samaradorlikka erishishda xizmat qiladi.
Birinchidan, Sharof Rashidov asarlaridan foydalanib yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish uchun muhim bo'lgan talaba shaxsida, ma'naviy-axloqiy tarbiyaning milliy ma'naviy qadriyatlar bilan uyg'unligini, uzviyligini, yaxlit bog'liqligini e'tirof etgan holda milliy ma'naviyatga ishonch, e'tiqod his-tuyg'ularini rivojlantirish zarurligi aniqlandi. Ikkinchidan, Sharof Rashidov asarlaridan foydalanib yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish o'tmishga bo'lgan ishonch sababli uning mazmuni zamonaviy jamiyatlardagi millatlar, irqlar, elatlar, xalqlar, madaniyatlar, qarashlar, mafkuralar xilma-xilligi sharoitida o'zaro hamkorlik va bir-birini qabul qilish, dunyo xalqlarining bir-birini anglash jarayonini, ular o'rtasidagi o'zaro barqarorlik, tinchlik-totuvlikni bildiradi. Uchinchidan, uzluksiz ta'lim jarayonida talabalarda Vatan, oila, mahalla, millatga sadoqat, yurt, xalq, mehnatkash fuqaro manfaatini o'z shaxsiy manfaatidan ustun qo'yish tuyg'usini tarbiyalash va fidoiy, insonparvar, adolatparvar, mehnatsevar fuqaro bo'lish ishtiyoqi va ehtiyojini tarkib toptirish hamda ularga mas'uliyat, burch, fuqarolik majburiyati kabi tushunchalarni shakllantirishda Sharof Rashidov asarlaridan foydalanishning ilmiy- nazariy hamda pedagogik ahmiyati haqida ma'lumot berib, bu tushunchalarni o'zlarida tarbiyalash malakalarini hosil qilish, ma'naviy-axloqiy tarbiya asosi ekanligi aniqlandi. To'rtinchidan, Sharof Rashidov asarlaridan foydalanib yosh avlodni tarbiyalash yo'llari to'g'risidagi fikrlari, insoniy burch, mas'uliyat, majburiyatni tarbiyalashning asosi hisoblanib, talabalar qalbida hayot hamda insoniylik his-tuyg'ularini junbushga keltirib, ma'naviy-axloqiy tarbiyaning asosini tashkil eta olishga ko'maklashadi. Chunki, ajdodlarimizning yosh avlod tarbiyasi to'g'risidagi ta'limoti ma'naviy-axloqiy ong, tafakkur, iymon-e'tiqod, burch, mas'uliyat, majburiyat kabi
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
tushunchalarning mazmun-mohiyatini teranroq anglash va ular asosida ish yuritishga odatlantirishga xizmat qiladi. Beshinchidan, Sharof Rashidov asarlaridan foydalanib yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning imkoniyati cheksiz bo'lib, o'qituvchilar bu borada metodik jihatdan ta'minlanganligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan qurollanganligi katta ahamiyat kasb etishi asoslandi. Shu jihatdan ta'lim jarayonini o'z darslarini noan'anaviy shakllar asosida talabalarning qiziqishlari, bilim darajasini hisobga olgan holda musobaqa darslari, intellektual ring, teatrlashtirilgan mashg'ulotlar, kichik guruhlarda ishlash, ijod darslari, bahs -munozaralar, loyiha darslari, hamkorlikda o'qish, matbuot konferensiyalari, viktorinalar, mo'jizalar maydoni, ekskursiya darslari, kitobxonlar konferensiyalari, to'garaklar kabi interfaol metod va shakllarda olib borilsa, ushbu darslar samarali natijalarga olib keladi. Oltinchidan, oliy ta'lim muassasalarida Sharof Rashidov asarlaridan foydalanib ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlarini tashkillashtirish talabalar ongiga milliy g'oyani singdirish, ularni barkamol mutaxassislar qilib tarbiyalash hamda ma'naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish asoslarini takomillashtirishning asosiy negizini tashkil etadi. Chunki ma'naviy-ma'rifiy ishlar jarayonida talabalarda mehr-muruvvat, adolat, to'g'rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go'zallikni sevish, undan zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat kabi fazilatlar mushtarak holda rivojlantiradi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Abduqunduzova N. O'zbekistondagi oliygohlar va ulardagi talabalar soni ma'lum qilindi. https://kun.uz/news/
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "0'zbekiston-2030 strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni, 11.09.2023.lex.uz/uz/docs/-6600413.
3. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. T., "0'zbekiston",2021. 254-bet.
4. Qilichova M.X. Mangulikka dahldor siymo // Kasb-hunar ta'limi. Ilmiy-uslubiy, amaliy, ma'rifiy jurnal. T., 4-son. 2022., 178-180-betlar.
5. Rashidov Sh. Saylanma. T., "Ma'naviyat". 2017., 11-bet.
6. Kilichova M.Kh. The use of the works of Sharof Rashidov in the spiritual and moral education of student youth // Current research Journal of pedagogics. July, 2023. P.54-58.
7. Kilichova M.Kh. In the case of a person concerned with eternity- Sharof Rashidov / International scientist research journal. December., 2022. P. 1128-1132.
8. Qilichova M.X. Sharof Rashidov asarlari orqali yoshlarni ma'naviy-ahloqiy tarviyalashning innovatsion pedagogik texnologiyalari // Муаллим х,ем узликсиз билимлендириу. Илимий-методикалык журнал. Нокис., 6-сан, 2023. 576-581 -betlar.
9. Qilichova M.X. Sharof Rashidov asarlaridan yoshlarn ma'naviy - axloqiy tarbiyalashda foydalanishning ilmiy pedagogik muammolari // Kasb-hunar ta'limi. Ilmiy-uslubiy, amaliy, ma'rifiy jurnal. T., 8-son, 2023.204-208-betlar.
10. Qilichova M.X. Yoshlarni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashda Sh.Rashidov asarlaridan
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
foydalanishning o'ziga xosligi // Муаллим х,ем узликсиз билимлендириу. Илимий-методикалык журнал. Нокис., 4-сан, 2023. 169-175-betlar.
11. Qilichova M.X. Talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalshda Sharof Rashidov asarlarining ahamiyati / "Xorijiy tillarni o'qitishning zamonaviy tendensiyalari masalalari (muammo va yechimlar)" mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya to'plami. Jizzax., 2023. 426-429-betlar.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Qilichova Marhabo Xudoyqulovna, o'qituvchi, [Киличова Мархабо Худойкуловна
учительница], [Marhabo X. Qilichova, teacher]; manzil: O'zbekiston, Jizzax viloyati, Sharof Rashidov ko'chasi, 4-uy [адреа Узбекистан, ул. Шароф Рашидов, 4, Джиззах], [address: Uzbekistan, 4, Sharof Rashidov st., Jizzakh]