INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© N.N. Donayeva1^_
1Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Denov, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: ushbu maqolada axborot muhiti sharoitida talabalarda ma'naviy yetuklikni shakllantirish xususida bayon etilgan. Shaxsning ma'naviy yetukligi, talabalarning ma'naviy kamolot darajasini rivojlantirishga qo'yilgan talablar, universitet talabalarining mediakompetentligi rivojlanish ko'rsatkichlari, mediapsixologiya va uning asosiy vazifalari haqida ma'lumot berilgan. Talabalarning axborotdan to'g'ri foydalana olish kompetensiyasini shakllantirishda ma'naviy yetuklik ko'nikmalarini tarkib toptirishda ma'lum tavsiyalar berib o'tilgan.
MAQSAD: dunyoda talaba-yoshlarga oid amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarda ma'naviy yetuklikni shakllantirish uchun ma'naviy-axloqiy tarbiyalashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois talabalarda ma'naviy-axloqiy dunyoqarashini rivojlantirishning strategik maqsadlarini belgilash va ularga erishish bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, qadriyatlar asosida barkamol shaxs ma'naviyati va dunyoqarashini shakllantish, axborot-kommunikatsiyalari vositasida talabalarda ma'naviy yetuklikni rivojlanganligini tashxis etishning interaktiv tizimini ishlab chiqish dolzarb vazifaga aylandi.
MATERIALLAR VA METODLAR: talabalar ong-u tafakkuridagi ma'naviy bo'shliq o'rnini ma'naviy yetuklik kompetensiyasi orqali to'ldira olishlikni tashkil etish, mazkur sohaga doir ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: ta'kidlab o'tish joizki, talabalarning axborot muhiti sharoitida ma'naviy yetukligini shakllantirish xususan, ma'anviy yetuklikka oid bilimlarni yaxshiroq qo'llash muammosini alohida tadqiq qilish, bu sohadagi yutuq va kamchiliklarni, istiqbolli yo'nalishlarni aniqlash va ularni tadqiq qilish dolzarb muammo hisoblanadi.
XULOSA: Yuqoridagilardan kelib chiqib, talabalarda axborot muhiti sharotida ma'naviy yetukligini shakllantirish va rivojlantirish mazmuni takomillashtirish, mediakompetentligini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish zaruriyati aniqlandi.
Kalit so'zlar: ma'naviy kompetentlik, ma'naviyat, axborot muhiti, kasbiy ma'naviyat, mediakompetentlik, axborot madaniyati, "axborotdan toliqish sindromi"i, mediata'lim, mediapsixologiya.
Iqtibos uchun: Donayeva N.N. Axborot muhiti sharoitida talabalarda ma'naviy yetuklikni shakllantirishda mediakompetentlikning o'rni. // Inter education & global study. 2024. №5. B.146-153.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
РОЛЬ МЕДИАКОМПЕТЕНЦИИ В ФОРМИРОВАНИИ ДУХОВНОЙ ЗРЕЛОСТИ
СТУДЕНТОВ В ИНФОРМАЦИОННОЙ СРЕДЕ_
© Н.Н. Донаева1Н
1 Институт предпринимательства и педагогики Денова, Денов, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье описывается формирование нравственной зрелости студентов в информационной среде. Приведены духовная зрелость личности, требования к развитию духовной зрелости студентов, показатели развития медиакомпетентности студентов вузов, медиапсихология и ее основные задачи. Даны определенные рекомендации по формированию навыков духовной зрелости при формировании компетенции студентов правильно использовать информацию.
ЦЕЛЬ: научные исследования, направленные на духовно-нравственное воспитание, приобретают все большее значение для формирования духовной зрелости в проводимых в мире научных исследованиях, касающихся студенческой молодежи. Поэтому актуальной задачей стало проведение системной работы по постановке и достижению стратегических целей развития духовно-нравственного мировоззрения учащихся, формированию на основе ценностей духовности и мировоззрения гармонично развитой личности, разработке интерактивной системы диагностики развития духовной зрелости учащихся средствами информационно-коммуникационных средств.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: организация возможности восполнения духовного пробела в сознании студентов посредством компетенции духовной зрелости, направленной на повышение эффективности научных и методических исследований в данной области.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: следует отметить, что формирование духовной зрелости учащихся в условиях информационной среды является актуальной проблемой, в частности, отдельным исследованием проблемы лучшего применения знаний о духовной зрелости, выявления достижений и недостатков, перспективных направлений в данной области и их исследования.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исходя из вышесказанного, выявлена необходимость совершенствования содержания формирования и развития духовной зрелости учащихся в условиях информационной среды, разработки методики развития медиакомпетентности.
Ключевые слова: духовная компетентность, духовность, информационная среда, профессиональная духовность, медиакомпетентность, информационная культура, «синдром информационного истощения», медиаобразование, медиапсихология.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Для цитирования: Донаева Н.Н. Роль медиакомпетенции в формировании духовной зрелости студентов в информационной среде. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 146-153.
THE ROLE OF MEDIA COMPETENCE IN FORMING SPIRITUAL MATURITY IN STUDENTS IN THE INFORMATION ENVIRONMENT
© Nozimaxon N. Donayeva1H
1Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy, Denov, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION: this article describes the formation of students' moral maturity in the information environment. The spiritual maturity of the person, the requirements for the development of the spiritual maturity of students, the development indicators of media competence of university students, media psychology and its main tasks are given. Certain recommendations have been given for the formation of the skills of spiritual maturity in the formation of the competence of students to use information correctly.
AIM: scientific research aimed at spiritual and moral education is becoming increasingly important for the formation of spiritual maturity in scientific research conducted in the world concerning student youth. Therefore, an urgent task has become to carry out systematic work on setting and achieving strategic goals for the development of the spiritual and moral worldview of students, the formation of a harmoniously developed personality based on the values of spirituality and worldview, the development of an interactive diagnostic system for the development of spiritual maturity of students by means of information and communication means.
MATERIALS AND METHODS: organization of the possibility of filling the spiritual gap in the minds of students through the competence of spiritual maturity aimed at improving the effectiveness of scientific and methodological research in this field.
DISCUSSION AND RESULTS: it should be noted that the formation of students' spiritual maturity in an information environment is an urgent problem, in particular, a separate study of the problem of better applying knowledge about spiritual maturity, identifying achievements and shortcomings, promising areas in this field and their research.
CONCLUSION: based on the above, the need to improve the content of the formation and development of spiritual maturity of students in an information environment, the development of methods for the development of media competence has been identified.
Key words: spiritual competence, spirituality, information environment, professional spirituality, media competence, information culture, "information exhaustion syndrome", media education, media psychology.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
For citation: Nozimaxon N. Donayeva. (2024) 'The role of media competence in forming spiritual maturity in students in the information environment', Inter education & global study, (5), pp. 146-153. (In Uzbek).
Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSH, Fransiya kabi bir necha mamlakatlarda ma'nan yetuk, barkamol shaxsga xos fazilatlar majmuining ishlab chiqilganligini alohida e'tirof etish lozim. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarning yaxlit tizimini yaratish, yoshlarni mediamakonda turli xil axborot xurujlaridan himoya qilishning tashkiliy-tadqiqiy jihatlarini takomillashtirish, ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni samarali yo'lga qo'yish, talabalarning ma'naviy-axloqiy kompetensiya (fazilat)larini, axborotlar bilan ishlash madaniyatini tizimli tarkib toptirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Respublikamiz olimlaridan M.Kaxxarova[1], G.Maxmutova[2], N.Norqulova[3], Z.Salieva[4], Sh.Taylakova[5], U.Utanov[6], M.Quronovlarning[7] tadqiqotlarida talabalarning ma'naviy salohiyatini yuksaltirish, talaba-yoshlarda ma'rifatparvarlik fazilatini rivojlantirish, pedagogik fanlarni o'qitish jarayonida talabalarda pedagogik madaniyatni shakllantirish, jamiyatda ma'naviy-axloqiy muhit barqarorligini ta'minlash, milliy ma'naviy meros asosida oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalarda odob-axloq fazilatlarini tarbiyalash, talabalarni ma'naviy yetukligini shakllantirishning ijtimoiy pedagogik xususiyatlari, ma'naviy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, talabalarning ma'naviy yetuk shaxs qiyofasini shakllantirish, talabalarni madaniy, shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish masalalari yoritib berilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan L.Suprunova[8], S.Troyanskaya[9], Ye.Shiyanov[10], G.Shevelyova[11] lar oliy ta'lim bitiruvchilari kompetensiyalari tarkibini aniqlash, pedagogik madaniyat tizimida talabalarni ma'naviy-axloqiy shakllantirish, ta'lim jarayonida shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishining pedagogik omillari masalalaro o'rganilgan.
Xorijlik olimlardan K.Anderson[12], M.Entoni[13], N.Olt[14], V.Lesniak[15], P.Govard[16] kabilar ma'naviy shakllanish istiqbollari, butun hayot davomida uzluksiz ma'naviy rivojlanish tizimi, ma'naviy shakllanishning psixologik va integrativ modeli tadqiq etilgan.
Ta'lim tizimida ham boshqa sohalardagi kabi axborot xizmati tizimini rivojlantirishning ahamiyatini, uning o'quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga bevosita taalluqli ekanligi bilan izohlash o'rinli. Ta'lim tizimining qaysi turi va qaysi jabhasi bo'lmasin axborot xizmati va ta'minoti talab darajasida bo'lmasa, u albatta o'quv-tarbiya jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatib, ta'lim sifatining pasayib ketishiga olib keladi. Bu o'z navbatida axborot ta'minoti optimallashganligining ham buzilishiga sabab bo'ladi. Natijada u ta'lim tizimidagi o'quv-tarbiya, madaniy-ma'rifiy, ijodkorlik masalalarini yechish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bilan bog'liq barcha tashkiliy-pedagogik, psixologik, iqtisodiy yo'nalishlardagi faoliyatlarining izdan chiqishiga olib keladi. Shu ma'noda, ta'lim
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
tizimida axborot tizimi va ta'minotining optimal variantini ilmiy-nazariy asoslash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Talabalarning ma'naviy kamolot darajasini rivojlantirishga qo'yilgan talablar belgilab o'tilgan: BKMda barkamollikka intilish tuyg'ularini shakllantirish; BKMda ma'naviy yetuklik sari intilish tuyg'ularini tarbiyalash; BKMni tayyorlashda ta'lim dasturidagi fanlar bo'yicha va ularga tegishli ma'lumotlarni vaqtli matbuoatdan muntazam ravishda foydalanish orqali amalga oshirishga erishish; BKMning yangi badiiy va kasbiy adabiyotlar bilan muntazam ravishda tanishib borishida axborot-resurs markazlaridan samarali foydalanishga erishish; kasbiy ma'naviyat, ma'naviy-axloqiy jihatlar bilan tarbiyalangan bo'lajak kichik mutaxassislarni tayyorlashni amalga oshirish; ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha ommaviy-tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishning mukammal rejasini ishlab chiqish va ularni olib borishning innovatsion uslublarini yaratish bilan qiziqish; yuksak ma'naviyatli shaxsiy fazilatlarga ega bo'lish.
Tadqiqotimiz davomida talabalarda ma'naviy yetuklikni shakllantirishda mediakompetentlikning o'zizga xos ahamiyati haqida ham to'xtalib o'tmoqchimiz. Media -lotinchada vosita, o'rtada turuvchi, degan ma'nolarni beradi. U ma'naviy (axborot, bilim) ehtiyojlarini qondirish vositasi. Pichoq, olov, suv kabi xolis vosita. Vrachning qo'lidagi pichoq bemorni sog' qiladi. Jinoyatchining qo'lidagi pichoq esa sog'ni bemor qiladi. Olovning yo'g'i odamni muzlatsa, ko'pi kuydiradi. Ko'p suv g'arq qilsa, suvsizlik qaqratadi. Media ham shunday. Agar me'yorda, kompetentli foydalanilsa, media donolar uchun -bilimlar manbai. Nodonlar uchun - balolar manbai[17,18]. Demak, gap mediada emas, undan foydalanuvchilarda, aniqrog'i - har bir yigit-qizning mediama'naviyatiga bog'liq bo'lib chiqayapti.
Shablin M.S. tomonidan animatsion kompozitsiya vositasida pedagogik oliy ta'lim muassasalari talabalari mediakompetentligini shakllantirishning pedagogik texnologiyasi ishlab chiqilgan, asoslab berilgan va tajriba-sinovdan o'tkazilgan. Bu texnologiyada animatsion kompozitsiya yaratish, pedagogik oliy ta'lim muassasalari talabalarining ijodiy salohiyatini rivojlantiradigan tasviriy va texnik faoliyatning rang-barang turlarini kiritish, topshiriq va mashqlarning maxsus tizimidan foydalanishdan iborat umumiy maqsad va natija bilan birlashgan san'at turlarining o'zaro hamkorligiga yetakchi o'rin ajratilgan[19].
Myasnikova T.I. o'zining "Universitet talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish" nomli tadqiqot ishida mediakompetentlik shaxsning media bilan muloqotga yakka tartibdagi (individual) tayyorligini tavsiflovchi (xarakterlovchi) talabaning formal va noformal ta'lim jarayonida shaxsiy-sub'ektiv o'zlashtirishlari natijasidir, deb qayd etgan [20]. U universitet talabalarining mediakompetentligi rivojlanish ko'rsatkichlarini quyidagicha izohlagan (1-rasm):
Mediapsixologiya psixologiya fanining yangi, jadal rivojlanayotgan sohasi bo'lib, uning predmetini dunyo madaniyatining dinamik tarzda rivojlanayotgan sohasi sifatida zamonaviy mediamadaniyat kontekstida qaraladigan shaxs tashkil qiladi. Mediapsixologiyaning asosiy vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi: shaxsning individual va ommaviy kommunikatsiya vositalari ta'siridagi xulq-atvorini o'rganish; shaxsiy va guruhli
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
mediaeffektlarni tadqiq iqlish; mediamuhitning subyekt rivojlanishi, shaxsning tiklanishi va insonning psixologik o'zini o'zi his qilishiga ta'sirini tahlil qilish; shaxsning mediahimoyalanganligi va mediakompetentligini shakllantirish bo'yicha dasturlarni ishlab chiqish.
media haqidagi klassik axborot va innovatsion tarkibiy qismlarni qamrab oladigan media to'g'risidagi bilimlar
mediadan retseptiv foydalanishda o'z ifodasini topadigan mediaiste'molchilik;
analitik (tahliliy), refleksiv malakalar, baholovchi argumentatsiya (asoslash) qobiliyatini o'z ichiga oladigan mediatanqid;
mediaraqobat, u talabaning zamonaviy media muhitning o'zgaruvchanligi va yangiliklarini hisobga olish malakasi; ta'lim va kasbiy kontekstdagi mediamatnlarni loyihalash kreativ malakalari bilan belgilanadi.
1-rasm. Oliy ta'lim talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish
ko'rsatkichlari.
Shaxsning mediaxabarlarni idrok qilish va qayta ishlashda namoyon bo'ladigan himoya mexanizmlarini tadqiq qilish, axborotning ortiqcha miqdorini qayta ishlash va informatsion pressing natijasida yuzaga keladigan "axborotdan toliqish sindromi"ni o'rganish mediapsixologiyaning muhim yo'nalishi hisoblanadi [20].
Yana bir rossiyalik media bo'yicha yetakchi olim Fedorov A.V. "Pedagogik oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediakompetentligi va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish" nomli yozilgan monografiyasida [21], pedagogik oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediakompetentligi va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish masalalari ("Mediata'lim" mutaxassisligi, davlat ro'yxat raqami № 03.13.30 doirasida) mediata'lim va mediasavodxonlikning umumiy muammolari kontekstida o'rganilgan.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni inobatga olgan holda shuni ta'kidlash mumkinki, bizning fikrimizcha, pedagogik oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirishning eng qulay usuli bu - "Informatika va axborot texnologiyalari" kursini o'qitish jarayonida axborot texnologiyalari, multimedia-texnologiyalar vositasida rivojlantirishdir. Multimedia asoslariga oid, mediakompetentlik darajasini oshirishga qaratilgan maxsus kurslar, nazarimizda, bitiruvchilarga nafaqat oliy ta'lim muassasasida
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ta'lim olish, balki keyingi kasbiy pedagogik faoliyatda ham mediakompetentlikning yuqori darajasini namoyish qilish imkonini beradi.
Bu kurslar multimedia-texnologiyalardan foydalanish sohasida ta'limni davom ettirish uchun ish metodlari, bilish mustaqilligi, tadqiqotchilik faoliyatiga qiziqish, guruhda ishlash malakalarini rivojlantirish, o'zini o'zi nazorat qilish va mas'uliyatni oshirishga ko'maklashadigan ta'lim muhitini tashkil qilish imkoniyatini beradigan prinsiplar asosiga qurilishi lozim. Bunda talabalar axborot-kommunikatsion texnologiyalarini o'zlashtirish, rivojlantirish va takomillashtirish orqali mediakompetentlik layoqatiga ega bo'ladi.
Qisqacha qilib aytganda, yuqorida keltirilgan vazifalarni amalga oshirish bo'lg'usi o'qituvchining xohishiga, xarakteriga va uning kasbiy tayyorgarligiga ham bog'liqdir. Agar inson o'zgarishlardan cho'chimasa, yangi sharoitlarda dadil qadam bilan olg'a intilsa, u qo'yilgan maqsadga qisqa muddatlarda erishadi.
Ta'lim va tarbiya sharoitida talabalarning yoshi, psixologik xususiyatlarini inobatga olish lozim. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarining media bo'yicha kompetentligining mazmunida quyidagi o'zaro bog'langan elementlar aniqlandi: a) media bo'yicha savodxonlik; b) media bilim bo'yicha motivatsiyasini namoyon qilishga tayyorlik. "Mediakompetentlik"ni yanada rivojlantirish uchun rivojlangan davlatlar tajribalaridan foydalanish, o'quv rejalariga mediakompetentlik tushunchalarini yoritib beruvchi fanlarni kiritish va mediakompetentlik tushunchalarini yoritib beruvchi metodik qo'llanmalar yaratish davr talabidir.
Pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish muammosining holati o'rganilgan. Dunyo xorij olimlarning tajribasi va fikr mulohazalari asosida nazariy metodolik yondashuv aniqlanib o'rganilgan. "Informatika va axborot texnologiyalari" kursini o'qitish jarayonida axborot texnologiyalari, multimedia-texnologiyalar vositasida rivojlantirish. Multimedia asoslariga oid, mediakompetentlik darajasini oshirishga qaratilgan maxsus kurslarni, pedagogik faoliyatda ham mediakompetentlikning yuqori darajasini namoyon qilish imkonini beradi. Jamiyatda o'zining pozitsiyasiga ega ma'naviy yetuk shaxsni kamol toptirish.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Kaxxarova M. Jamiyatda ma'naviy-axloqiy muhit: muammo va yechimlar. Avtoref. ... fal.fan.dok. - T., 2012. - 36 b.
2. Maxmutova G.I. Oliy pedagogik ta'lim tizimida talabalarni ma'naviy shakllantirishning ijtimoiy pedagogik xususiyatlari: Pedagogika fanlari nomzodi. ... diss. - T.: 2004. - 179 b.
3. Norqulova N.T. Affiliatsiya motivi - talabalar ma'naviy qiyofasini shaklantiruvchi ijtimoiy psixologik omil: pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori. ...diss. Avtoref. - T., 2017. - 49 b.
4. Salieva Z.T. Pedagogika oliy ta'lim muassasasi talabalarining ma'naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish: pedagogika fanlari bo'yicha fan doktori. ...diss. - T., 2017. - 243 b.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
5. Taylakova Sh.N. O'quvchi-yoshlar ma'naviyatini ommaviy axborot vositalari asosida takomillashtirish (teleko'rsatuvlar, radioeshittirishlar va internet xabarlari misolida): pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori. ...diss. Avtoref. - T., 2018. - 51 b.
6. Utanov U.Q. Auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar jarayonida talabalar ma'naviyatini rivojlantirish texnologiyasi: pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori. ...diss. Avtoref. - T., 2018. - 44 b.
7. Fazilatli avlod. Uzluksiz ma'naviy tarbiya trilogiyasi. III qism. 7-18 yoshli bolalarni ma'naviy tarbiyalash bo'yicha qo'llanma. Tuzuvchi-mualliflar: A.Qodirov, M.Quronov va boshq. - T.: Muharrir, 2019. - 260 b.
8. Супрунова Л.Л. Компетентностный подход к подготовке выпускников вуза: преимущества и перспективы реализации // Университетские чтения. -Пятигорск, 2008. - С.46-54.
9. Троянская С.Л. Развитие общекультурной компетентности студентов средствами музейной педагогики: (на примере подготовки будущих педагогов). Автореферат диссертации. - Ижевск, 2004. - 20 с.
10. Шиянов Е. Формирование мотивационно-ценностного отношения студентов к педагогической деятельности: дис. канд. пед. наук. - М., 1992. - 165 с.
11. Щевелёва Г.М., Зеленина А.А. Общекультурные компетенции студентов в формировании духовно-нравственных качеств их личности: монография. -Воронеж: ФГБОУ ВПО Воронежский ГАУ, 2012. - 155 с.
12. Anderson K.R. and R. D. Reese (1999). Spiritual Mentoring: A Guide for Seeking and Giving Direction. Downers Grove, IL, InterVarsity Press.
13. Anthony M. J., Ed. (2006). Perspectives on Children's Spiritual Formation. Nashville, TN, B&H Academic.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HDonayeva Nozimaxon Norbo'tayevna, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi, [Донаева Нозимахон Норбутаевна, с Денауский институт предпринимательства и педагогики], [Nozimaxon N. Donayeva, Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy]; manzil: O'zbekiston Denov 190507 Sharof Rashidov ko'chasi 360-uy [адреа ул. Шарофа Рашидова, 360, Денов 190507 Узбекистан], [address: Sharof Rashidov Street 360, Denov 190507 Uzbekistan] https://orcid.org/0009-0004-5206-4644; [email protected]