Научная статья на тему 'TALABALARNING MEDIAMADANIYATINI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA'

TALABALARNING MEDIAMADANIYATINI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

587
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy axborot texnologiyalari / talabalar / media / madaniyat / mediamadaniyat / mediata‟lim / mediasavodxonlik / mediabilimdonlik / mediamahorat / mediakompetentlik / modern information technologies / students / media / culture / media culture / media education / media literacy / media literacy / media skills / media competence.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shahlo Muhammadaliyevna Askarova

Mazkur maqolada media va mediamadaniyat tushunchalarining mazmuni va mohiyati yotilgan, shuningdek, talabalarning mediamadaniyatini rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligi haqida so„z yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the content and essence of the concepts of media and media culture, as well as the fact that the development of students' media culture is a pressing pedagogical problem

Текст научной работы на тему «TALABALARNING MEDIAMADANIYATINI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA»

TALABALARNING MEDIAMADANIYATINI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Shahlo Muhammadaliyevna Askarova

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada media va mediamadaniyat tushunchalarining mazmuni va mohiyati yotilgan, shuningdek, talabalarning mediamadaniyatini rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligi haqida so„z yuritiladi.

Kalit so'zlar: zamonaviy axborot texnologiyalari, talabalar, media, madaniyat, mediamadaniyat, mediata'lim, mediasavodxonlik, mediabilimdonlik, mediamahorat, mediakompetentlik

This article discusses the content and essence of the concepts of media and media culture, as well as the fact that the development of students' media culture is a pressing pedagogical problem.

Keywords: modern information technologies, students, media, culture, media culture, media education, media literacy, media literacy, media skills, media competence.

Dunyo rivojlanishining asosiy tendentsiyalari orasida axborotlashgan jamiyatga o'tish muhim vazifa, ya'ni jamiyatning barcha jabhalarida media vositalarining ta'siri dolzarb muammo sanaladi. Yevropa Ittifoqi Parlament Assambleyasining qonunchilik yig'ilishi tavsiyasiga binoan dasturiy vositalarning ishlab chiqarilishi yoshlar va kattalarning mediakompetentligi shakllanishiga turtki bo'ladi, shuningdek, zamonaviy jamiyatning media madaniyatiga ta'sir etadigan ajralmas omil sifatida qaraladi[3].

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhitiga asoslangan axborotlashtirilgan jamiyatning tarkibiy qismlari - bu media, til hamda madaniyatdir. Aynan biz yashayotgan dunyoning tili va madaniyatini insondagi mediakompetentlik tashkil etadi. Dunyoda mediakompetentlikning ahamiyati turli xalqaro tashkilotlar, jumladan, YuNESKO tavsiyalarida alohida ta'kidlanib, bo'lg'usi pedagoglar mediakompetentligini rivojlantirish g'oyasi qo'llab-

ABSTRACT

KIRISH

quvvatlangan.

June, 2022

Mediamadaniyat pedagogikada umumiy tarzda shaxsning turli ko'rinish, janr va shakllardagi mediamatnni tanlash, foydalanish, tanqidiy tahlil qilish, baholash, yaratish va uzatish, sotsiumda mediafaoliyatining murakkab jarayonlarini tahlil qilishga tayyorlikda namoyon bo'ladigan integrativ sifati tarzida qaraladi. Shuning uchun pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediamadaniyatini rivojlantirish masalasi fan va amaliyot oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bunda zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot talablariga mos holda pedagogik oliy tatlim muassasalari talabalarining mediamadaniyatini oshirish borasidagi bilimlarini takomillashtirish orqali mediakompetentlikni rivojlantirish texnologiyasini yaratish pedagogik yo'nalishdagi tadqiqotlar orasida alohida ahamiyat kasb etadi.

Respublikamizda ta'lim tizimi tubdan isloh qilinib, uzluksiz ta'lim, jumladan, oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, olib borilgan islohotlar bugun o'z samarasini bermoqda. Mazkur jarayonlarni amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhitidan samarali foydalanib, milliy kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni barkamol va yetuk etib voyaga yetkazish o'qituvchi-pedagoglarning asosiy vazifalari sirasiga kiradi. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi" da sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabi yo'nalishlar belgilanib, bu borada pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediamadaniyatini rivojlantirish samaradorligiga erishish katta ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Zamonaviy tezkor va shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda ta'lim faoliyati samaradorligi talabalarda shakllangan mediaga oid bilim, ko'nikma va malakalar darajasiga bog'liq. Shu bois pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediamadaniyatini rivojlantirish muammosi bo'yicha qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasida mediata'lim muammolari S.Beknazarova, Ya. Mamatova, S.Sulaymanova va boshqa bir qancha olimlar tomonidan o'rganilib, ilmiy-metodik asoslari ishlab chiqilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlaridan A.Veryaev, L.Zaznobina, N.Zmanovskaya, A.Milyutina, Ye.Nikitina, G.Onkovich, V.Protopopova, A.Fyodorov, I.Fateeva va boshqa olimlar mediata'limni tashkil etish bo'yicha salmoqli izlanishlar olib borgan.

Oliy ta'lim muassasalari talabalarining axborot kommunikatsion texnologiyalar fanlari orqali mediamadaniyatni

June, 2022

1068

rivojlantirish borasida xorijiy mamlakatlarida S.Blumeke, D.Buckingham, U.Carlsson, K.Domaille, A.Silverblatt, Mc.Mahon, W.Potter, C.Worsnop kabilar olimlar tadqiqot ishlarini olib borgan.

Pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi hamda kompetentligi muammosi R. Isyanov, N.Muslimov va boshqa bir qancha olimlar tomonidan o'rganilgan. Ta'limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish muammolari U.Yuldashev, A.Abduqodirov, U.Begimqulov, F.Zakirova, M.Mamarajabov, N.Taylakov, S.Tursunov, A.Eminov va boshqa bir qancha olimlar tomonidan tadqiq etilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning tez taraqqiy etishi natijasida "media" atamasi paydo bo'ldi. "Media" atamasi lotin tilidan (media, medium so'zidan) olinib, qo'llanma, vositachi ma'nolarini anglatadi[1, 60].

Media - bu jamiyatda to'g'ri va aylanma kommunikativ aloqa tizimi bo'lib, insonlar bilan vaqtincha o'zaro aloqadorlikni yuzaga keltiruvchi va ularni qiziqtiruvchi, chalg'ituvchi makondir.

"Media" atamasi - XX asrda dastlab ommaviy madaniyatni shakllantiruvchi vositalarga nisbatan qo'llangan [4, 223].

Yevropa Ittifoqi hujjatlarida ta'riflanishicha, mediata'lim - (media education) olingan axborot asosida o'z fikrini bildirishga qodir bo'lgan mas'uliyatli fuqarolarni tarbiyalash maqsadida mediaga tanqidiy va o'ylab munosabatda bo'lish sifatida tushunish kerak bo'lgan mediakompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan ta'lim. Bu fuqarolarga zarur axborotlardan foydalanish, uni tahlil qilish, ular bilan bog'liq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy manfaatlarni identifikatsiya qilish.

Mediamadaniyat - turli media asarlarni tahlil qilish, baholash, yaratish uchun zarur bo'ladigan bilim, ko'nikma va malakalar yig'indisi[2, 15].

Mediamadaniyat - shaxs madaniyati uchun zarur qism bo'lib, ommaviy media turlari, ular orqali tarqatilayotgan axborotlar bilan tanishish, ularni tanlash, saralash, tahlil qilish va baholash asosida tegishli sohalar bo'yicha nazariy bilim, amaliy ko'nikma, malakalarni o'zlashtirish, puxta egallash, ushbu bilimlarni kasbiy, kundalik, madaniy, ma'naviy va ma'rifiy (amaliy) faoliyatda mahorat bilan qo'llay olish qobiliyatlarining yig'indisi.

Mohiyatiga ko'ra shaxs tomonidan mediamadaniyatning o'zlashtirilishi stixiyali jarayon bo'lmay, bir necha bosqichda evolyusion rivojlanishga asoslanadi. Shaxsda mediamadaniyatni shakllanish jarayonining umumiy mohiyati: mediasavodxonlik,

June, 2022

1069

mediabilimdonlik, mediamahorat va mediakompetentlikda o'zining to'liq ifodasini topadi.

Mediata'lim yoshlarda mediamadaniyatni va savodxonlikni shakllantirib, ma'naviy estetik va intellektual jihatdan ularning nutqini, muloqot qilish va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantiradi.

Bugungi axborotlashgan jamiyatda internet tarmog'i yordamida turli sahifalardan, jumladan, Youtube, Mytube, Facebook, Telegram, Instagram, WhatsApp, Twitter kabi axborot uzatish vositalaridan olinaètgan turli xil ko'rinishdagi axborotlarni yopish va taqiqlash, uzatilayotgan turli syujetlarni chegaralashning imkoniyati kamroq bo'lganligi sababli, kata sahnada — Mediata'lim tushunchasining paydo bo'lishi, uning kelajakda ta'lim sohasida rivojlanishi imkoniyatlarini yanada orttirib yuboradi[2, 24-25].

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki,, mediamadaniyatini rivojlantirish — ijtimoiy madaniy kompetentlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi Mediamadaniyat pedagogning media sohasidagi faoliyatining turli bosqichlarida axborot va mediamatnlarning har xil turlariga nisbatar o'rin tutadi.

REFERENCES

1. Worsnop, C.M. (2004). Media Literacy Through Critical Thinking. NW Center for Excellence in Media Literacy, 60р.

2. Бабаджанов С.С. Педагогика олий таълим муассасалари талабаларининг медиакомпетентлигини ривожлантириш технологияси («Информатика ва ахборот технологиялари» укув фани мисолида): п.ф.б.ф.д (PhD) диссер.... Тошкент, 2018. - Б. 36-37.

3. Парламентская Ассамблея Совета Европы. Документ №8753 от 6 июня 2000.

4. Уматалиев З. Медиахавфсизлик ешларимиз келажагининг пойдевори сифатида. —Илмий-педагогик ва укув-методик нашрлар оркали информациявий тахдидларга карши курашиш: профилактика, технология, механизм! республика илмий-амалий конференция туплами. - Т.: 2017. 223 б.

5. Siddikov, В., & Djalalov, B. (2020, December). MODERNIZATION OF EDUCATION-THE FUTURE INNOVATIVE COMPETENCE OF TEACHERS AS A MAIN FACTOR OF FORMATION. In Конференции.

6. Siddiqov, B. S., & Mexmonaliyev, S. N. (2022). PEDAGOGIK AMALIYOTNING BO „LAJAK O „QITUVCHINING KASBIY TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA TUTGAN O „RNI. Academic research in

educational sciences, 3(1), 10-16.

7. Аскарова, Ш. М. (2018). ИННОВАЦИОННАЯ ТЕХНОЛОГИЯ В ОБУЧЕНИИ ЕСТЕСТВЕННЫХ

June, 2022

10?0

ПРЕДМЕТОВ. In Перспективные информационные технологии (ПИТ 2018) (pp. 1221-1225).

8. Аскарова, Ш. М. (2018). СТРАТЕГИЯ ОБЕСПЕЧЕНИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ ИНФОРМАЦИОННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ. In ИННОВАЦИОННЫЕ НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ: ТЕОРИЯ, МЕТОДОЛОГИЯ, ПРАКТИКА (pp. 62-66).

9. Ахмедов, Б. А. (2020). Сиддиков Бахтиёр Саидкулович, Джалалов Бахромжон Бегмурзаевич МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, 9, 60.

10. Ахмедов, Б. А., Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2020). МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, (9 (60)), 20-22.

11. Джалалов, Б. Б. (2018). РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КАДРОВ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА.

In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION (pp. 53-55).

12. Джалалов, Б. Б. (2019). ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 43-44).

13. Джалалов, Б. Б. (2022). BO „LAJAK O „QITUVCHILARNING INNOVATSION KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA SMART-TA'LIMNING IMKONIYATLARI. УЧИТЕЛЬ, 3(4).

14. Мухтаров, Ф. М., & Аскарова, Ш. М. (2018). МОДЕЛИ ОБЕСПЕЧЕНИЯ СИСТЕМЫ БЕЗОПАСНОСТИ ИНФОРМАЦИИ НА ЗАЩИЩАЕМЫХ ОБЪЕКТАХ. In ИННОВАЦИОННЫЕ НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ: ТЕОРИЯ, МЕТОДОЛОГИЯ, ПРАКТИКА (pp. 58-61).

15. Мухтаров, Ф. М., & Аскарова, Ш. М. (2018). ОСОБЕННОСТИ СОЗДАНИЯ ВИРТУАЛЬНЫХ КОММУНИКАТИВНЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ ПРОСТРАНСТВ. ИННОВАЦИОННЫЕ НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ: ТЕОРИЯ, 53.

16. Сыдыхов, Б. Д., ФАРХАДОВ, Т., & Аскарова, Ш. М. (2013). Дидактические особенности совершенствования информационно-логической компетентности будущих учителей в условиях информатизации образования. Педагогические заметки, 6(2), 67-71.

17. Begmurzayevich, D. B. (2022). BO „LAJAK BOSHLANG „ICH SINF O „QITUVCHILARIDA REFLEKSIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(6), 154-160.

June, 2022

1071

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.