Научная статья на тему 'BO’LAJAK JISMONIY MADANIYAT O’QITUVCHILARI TA’LIM JARAYONINI AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TASHKIL ETISHINING AFZALLIGI'

BO’LAJAK JISMONIY MADANIYAT O’QITUVCHILARI TA’LIM JARAYONINI AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TASHKIL ETISHINING AFZALLIGI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

109
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot jarayoni / kasbiy va pedagogik mahorat / jamiyat talablari / pedagogik mahorat / zamonaviy axborot texnologiyalari / axborotlarni yaratish / information process / professional and pedagogical skills / social requirements / pedagogical skills / modern information technologies / information creation.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Dilshod Xolboyevich Eryigitov

Ushbu maqolada bo‟lajak jismoniy madaniyat o‟qituvchilari ta‟lim jarayonini axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida tashkil etishining afzalligi haqida so‟z borgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the advantages of future physical education teachers in organizing the educational process on the basis of information and communication technologies.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK JISMONIY MADANIYAT O’QITUVCHILARI TA’LIM JARAYONINI AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TASHKIL ETISHINING AFZALLIGI»

BO'LAJAK JISMONIY MADANIYAT O'QITUVCHILARI TA'LIM JARAYONINI AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TASHKIL ETISHINING AFZALLIGI

Ushbu maqolada bo'lajak jismoniy madaniyat o'qituvchilari ta'lim jarayonini axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida tashkil etishining afzalligi haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: axborot jarayoni,kasbiy va pedagogik mahorat, jamiyat talablari, pedagogik mahorat, zamonaviy axborot texnologiyalari, axborotlarni yaratish.

This article discusses the advantages of future physical education teachers in organizing the educational process on the basis of information and communication technologies.

Keywords: information process, professional and pedagogical skills, social requirements, pedagogical skills, modern information technologies, information creation.

Har qanday ta'lim va tarbiya tizimi ma'lum bir ijtimoiy, ilmiy-texnik, iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi va rivojlanib boradi. Jamiyatning har bir a'zosi, o'zining kundalik faoliyatida, uzluksiz ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshishiga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, o'qituvchi ham o„z kasbiy va pedagogik mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi asosida oshirib borishi mumkin. Bo'lajak jismoniy madaniyat o'qituvchilari mehnat faoliyati jarayonida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi uchun avvalo o„z axborot muhitini shakllantirishga zamin yaratishi kerak. Zamonaviy axborot texnologiyalari o„z muhitida axborot obyektlarini, ularning o'zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to „plash texnologiyalari va vositalarini, shuningdek,

Dilshod Xolboyevich Eryigitov

Jizzax davlat pedagogika instuti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

February, 2022

axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlashtirib boradi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakatimizda va jahonning rivojlangan davlatlarida ta'lim sohasini isloh qilish jarayonida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, zarur axborotlarni mustaqil izlab topish, muammoni qo'ya bilish va uning echimini hal etish, olingan bilimlarni tanqidiy tahlil eta olish va ushbu bilimlar asosida yangi masalalarni yechishda qo'llash uchun yo'naltirilgan. Ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va bunda o'qituvchilarning ko'nikma va malakalarini oshirish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog'ini tashkil etish to'g'risida»gi 2005-yil 28- sentyabrdagi PQ-191 sonli Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risi- da»gi 2002-yil 6-iyundagi 200-sonli, "O'qituvchi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli qarorlarining qabul qilinishi mazkur masalaga davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida e'tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi. Hozirgi kunda umumta'lim maktablari va oliy ta'lim muassasalari bo'lajak jismoniy tarbiya mutaxasislari o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar va ilmiy-texnik taraqqiyot shiddat bilan o'sib bormoqda. Bo'lajak jismoniy tarbiya mutaxasislari va o'quvchilarning fikrlashi va qabul qilish faoliyatida yangi g'oyalar, yangi zamonaviy axborot texnologiyalarini o'zlashtirish ma'lum bir vaqtni talab etadi.

NATIJALAR

Bo'lajak jismoniy madaniyat o'qituvchilari ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmunining rang- barangligi - o'quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqib taklif etilayotgan holatlardan tanlash imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta'lim tizimida ham o'z aksini topishi zarur. Bo'lajak jismoniy madaniyat o'qituvchilari har xil sathli o'qitishni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etishi bunday muammoning yechimi bo'la oladi. Bo'lajak jismoniy madaniyat o'qituvchilari hozirgi ta'lim muassasalarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish, ta'lim jarayonida bunday texnologiyalarni qo'llashning eng muhim ko'rsatkichlaridan biri

ekanligi pedagog olimlar tomonidan e'tirof etilmoqda. Jumladan,

February, 2022

U.Sh.Begimqulov ta'lim muassasalarida kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasini yaratish zarurligini, gipermatn va multimedia, o'qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishni, zarur axborotlarni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilinadigan ma'lumotlar bazasini yaratishni taklif etadi.

Bo'lajak jismoniy madaniyat o'qituvchilari ta'lim jarayonini boshqarishda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish jarayonida quyidagilarga axamiyat berishlari lozim:

-I- masofaviy o'quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoa o'qituvchilar, kompyuter dasturchilari, tegishli mutaxassislarning birgalikda faoliyat olib borishini ta'minlash;

-I- o'qituvchilar o'rtasida vazifalarning bir maromda to'g'ri taqsimlab berish;

-I- ta'lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil qilishni ta-komillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish monitoringini tashkil etish imkoniyatini yaratadi.

MUHOKAMA

Bo'lajak jismoniy madaniyat o'qituvchilari zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim muassasalari pedagogik faoliyatida qo'llashda bir qancha muhim qoidalarga amal qilishlari lozim. Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida bo'lajak jismoniy madaniyat o'qituvchilarining pedagogik faoliyatida:

-I- ta'limning texnologik asosini zamon talablari darajasida rivoj- lantirish bilan bog'liq bo'lgan murakkab jarayon engillab borishadi;

-I- dars jarayonini zamonaviy texnik vositalar asosida tashkil etish uchun maxsus ko'nikma hamda malakalar shakllantiriladi;

-I- masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo'lgan talablar va o'quv materiallarining sifatini nazorat qilishga ehtiyoj ortadi;

-I- talim jarayonida o'quvchilarning mustaqil faoliyati takomillashib, dars jarayonining samaradorligi o'qituvchidan o'quvchiga ko'chadi;

-I- o'quv jarayonini tashkil etishda, o'quvchining tashkilotchiligi va shaxsiy ishtiroki ortadi;

Shuningdek, bo'lajak jismoniy madaniyat o'qituvchisi ta'lim jarayonida zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan

February, 2022

foydalanish o'quvchi bilan teskari aloqasi vujudga kelishi ta'minlanadi.

Bo'lajak jismoniy madaniyat o'qituvchi kadrlarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish maqsadida hamda o'qituvchilar pedagogik mahoratlarini hozirgi zamon talablari asosida takomillashtirishga mo'ljallangan masofaviy malaka oshirish kurslarini tashkil etish tashabbusi bilan chiqadi. U.Sh.Begimqulov zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida erishilayotgan yutuqlarni inobatga olib, kompyuter texnologiyasini quyidagi jihatlarda ta'lim muassasalari pedagogik faoliyati jarayonlarida qo'llash samarali bo'lishini ta'kidlaydi:

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

1033

XULOSA

Ta'lim tizimi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishining asosiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi, chunki umumta'lim maktablari, oliy ta'lim muassasalari insonni iqtisodiyot, madaniyat, siyosiy jihatdan hayotda qizg'in faoliyat ko'rsatish uchun tayyorlaydi. Shuning uchun ham ta'lim muassasalari bo'lajak jismoniy madaniyat o'qituvchilarining pedagogik faoliyatida ta'lim-tarbiya jarayonining tayanch bo'g'ini sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bo'lajak o'qituvchilar jismoniy tarbiya darsida masofaviy ta'lim tizimida o'qitish ustuvor sanalgan bo'lsa, hozirgi kunda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik online o'qishga va o'rgatishga yo'naltirilgan. Bo'lajak jismoniy madaniyat o'qituvchisi bunday maqsadlarda o'qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi kerakki, u o'quvchilarga nafaqat tayyor bilimlarni o'zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan izlash, mustaqil egallash, o'zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va avvalgi egallangan bilimlardan yangilarini olishda foydalanish imkoniyatini yaratishi kerak. Bunday o'qitishni "rivojlantiruvchi" ham deb atash mumkin. Bilimlarni masofaviy o'zlashtirish fikrlashni rivojlantiruvchi muhim omil hisoblansa ham, bilimlarni har qanday o'zlashtirish yoki egallash o'quvchining fikrlashiga rivojlantiruvchi ta'sir ko'rsatmaydi.

REFERENCES

1. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.- T.: "Nihol" nashriyoti, 2013, 2016.-279b.

2. Sergeev I.S. Osnovbi pedagogicheskoy deyatelnosti: Uchebnoe posobie. - SPb.: Piter. Seriya "Uchebnoe posobie", 2004-316 s.

3. Pedagogika nazariyasi va tarixi // To'xtaxo'jaeva M.X. tahriri ostida. - T.: "Moliya-iqtisod", 2008.- 208 b.

4. . Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. - T.: Moliya, 2003. - 172 b.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.