Научная статья на тему 'BO`LAJAK TABIIY FANLAR O`QITUVCHILARINING AXBOROT TEXNOLOGIYALARI BILAN ISHLASH MEDIA KO`NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINING XORIJIY VA MAHALLIY TAJRIBALARINING TAHLILI'

BO`LAJAK TABIIY FANLAR O`QITUVCHILARINING AXBOROT TEXNOLOGIYALARI BILAN ISHLASH MEDIA KO`NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINING XORIJIY VA MAHALLIY TAJRIBALARINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
728
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
media / ko`nikma / mediasavodxonlik / mediata’lim / mediakompetensiya / mediamadaniyat / metodika / metodologiya / pedagogika / ta`lim / tarbiya / axborot / kommunikatsiya / texnologiya / televizor / ijtimoiy tarmoqlar / internet / OAV / masofaviy ta`lim. / медиа / навыки / медиаграмотность / медиаобразование / медиакомпетентность / медиакультура / методология / методика / педагогика / образование / воспитание / информация / коммуникация / технологии / телевидение / социальные сети / Интернет / СМИ / дистанционное обучение.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Djurayeva Buvsara Abdumannonovna

Maqolada pedagogika oliy ta`lim muassasasi talabalarining ommaviy axborot vositalari bilan ishlash ko`nikmasini shakllantirish bo`yicha ko'plab xorijiy va mahalliy mediapedagog olimlari tomonidan tadqiqotlarining natijalari muhokama qilingan. Mazkur ilmiy tadqiqot ishlarida mediakompetentlikning mohiyati, pedagogik salohiyati va ta'lim jarayonida turli axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish shartlari keltirilgan. Bo`lajak o'qituvchilar ulardan foydalanishga tajribalarning tahlili haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

АНАЛИЗ ЗАРУБЕЖНОГО И ОТЕЧЕСТВЕННОГО ОПЫТА МЕТОДИКИ РАЗВИТИЯ МЕДИА НАВЫКОВ РАБОТЫ С ИНФОРМАЦИОННЫМИ ТЕХНОЛОГИЯМИ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ЕСТЕСТВОЗНАНИЯ

Рассмотрены исследования многих зарубежных и отечественных ученых-медиапедагогов по формированию у студентов педагогического вуза навыков работы со средствами массовой информации и их раскрытие в своей научно-исследовательской работе сущности медиакомпетентности анализ педагогического потенциала и условий использования различных информационно-коммуникационных технологий в образовательном процессе, рассматриваемых как средство формирования будущих педагогов к их использованию.

Текст научной работы на тему «BO`LAJAK TABIIY FANLAR O`QITUVCHILARINING AXBOROT TEXNOLOGIYALARI BILAN ISHLASH MEDIA KO`NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINING XORIJIY VA MAHALLIY TAJRIBALARINING TAHLILI»

Djurayeva Buvsara Abdumannonovna,

T.N.Qori Niyoziy Nomidagi O'zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqoti instituti tayanch doktoranti

BO'LAJAK TABIIY FANLAR O'QITUVCHILARINING AXBOROT TEXNOLOGIYALARI BILAN ISHLASH MEDIA KO NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINING XORIJIY VA MAHALLIY TAJRIBALARINING TAHLILI

UOK: 371.123

DJURAYEVA B.A. BO LAJAK TABIIY FANLAR O QITUVCHILARINING AXBOROT TEXNOLOGIYALARI BILAN ISHLASH MEDIA KO NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINING XORIJIY VA MAHALLIY TAJRIBALARINING TAHLILI

Maqolada pedagogika oliy ta'lim muassasasi talabalarining ommaviy axborot vositalari bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirish bo'yicha ko'plab xorijiy va mahalliy mediapedagog olimlari tomonidan tadqiqotlarining natijalari muhokama qilingan. Mazkur ilmiy tadqiqot ishlarida mediakompetentlikning mohiyati, pedagogik salohiyati va ta'lim jarayonida turli axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish shartlari keltirilgan. Bo'lajak o'qituvchilar ulardan foydalanishga tajribalarning tahlili haqida fikr yuritilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: media, ko'nikma, mediasavodxonlik, mediata'lim, mediakompetensiya, mediamadaniyat, metodika, metodologiya, pedagogika, ta'lim, tarbiya, axborot, kommunikatsiya, texnologiya, televizor, ijtimoiy tarmoqlar, internet, OAV, masofaviy ta'lim.

ДЖУРАЕВА Б.А. АНАЛИЗ ЗАРУБЕЖНОГО И ОТЕЧЕСТВЕННОГО ОПЫТА МЕТОДИКИ РАЗВИТИЯ МЕДИА НАВЫКОВ РАБОТЫ С ИНФОРМАЦИОННЫМИ ТЕХНОЛОГИЯМИ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ЕСТЕСТВОЗНАНИЯ

Рассмотрены исследования многих зарубежных и отечественных ученых-медиапедагогов по формированию у студентов педагогического вуза навыков работы со средствами массовой информации и их раскрытие в своей научно-исследовательской работе сущности меди-акомпетентности анализ педагогического потенциала и условий использования различных информационно-коммуникационных технологий в образовательном процессе, рассматриваемых как средство формирования будущих педагогов к их использованию.

Ключевые слова и понятия: медиа, навыки, медиаграмотность, медиаобразование, меди-акомпетентность, медиакультура, методология, методика, педагогика, образование, воспитание, информация, коммуникация, технологии, телевидение, социальные сети, Интернет, СМИ, дистанционное обучение.

3

DJURAYEVA B.A. ANALYSIS OF INTERNATIONAL AND LOCAL EXPERIENCE OF NATURAL SCIENCES' FUTURE TEACHERS IN THE DEVELOPMENT OF MEDIA SKILLS IN WORKING WITH INFORMATION TECHNOLOGIES

The research of many foreign and domestic scientists-media educators regarding pedagogical university students skills for working with the media formation and their disclosure in their research work of the essence of media competence analysis of pedagogical potential and conditions for the use of various information and communication technologies in the educational process, considered as a means of forming the readiness of future teachers to use them.

Key words ad concepts: media, skills, media literacy, media education, media competence, media culture, methodology, methodology, pedagogy, education, upbringing, information, communication, technology, television, social networks, Internet, mass media, distance learning.

Kirish.

Davlat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqi ko'p jihatdan uning intelektual potensiyali bilan belg-ilanadi. Chunki ilmiy potensiyali yuqori darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg'or bo'ladi. Shuning uchun mamlakatimizda ta'lim tizimini tubdan isloh qilish davlat ahami-yatiga molik bo'lgan ustuvor vazifa sifatida yon-dashilib, katta e4ibor qaratilyapti. Yuqori mal-akali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga erishish uchun ta'lim jarayonini tashkil qilish va boshqa-rishning o'ziga xos talablari mavjud. Birinchi-dan, o'quvchi talabalarning kasbiy bilimlarini o'zlashtirish darajasi davlat ta'lim standartlari talablariga mosligini ta'minlash bilan bog'lq. Ikkinchidan, o'quvchi talabalarning mustaqil ijodiy faolligini davlat ta'lim standartlarida bel-gilangan bilim, ko'nikma va malakalar doirasini to'liq qamrab olishga erishish. Jamiyatning bu tarzda jadal rivojlanishi, yuqori malakali kadr-larga bo'lgan ehtiyoji o'qituvchidan intelektual qobiliyatlarini namoyon qilgan holda, ijtimoiy talablarni qondirishni taqozo etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi "Raqamli 0'zbekiston-2030" stategeyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079 sonli Farmoniga asosan mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoq-lar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora- tad-birlar amalga oshirilmoqda.

Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqo-

batbardoshligini oshirish, shuningdek, 20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivo-jlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Xarakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazi-falar ijrosini ta'minlash maqsadida:

Axborot texnologiyalari va kommunikatsi-yalarini rivojlantirish vaziligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi va sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2020 yil yakuniga qadar 13 ta namunaviy tumanlarda IT infratuzilmasini yaratishni, kompyuter uskunalari bilan jihozlan-ishni nazarda tutgan holda maktabgacha va umumta'lim maktablari hamda sog'liqni saqlash muassasalaini raqamlashtirishni yakunlash bo'yicha choralar ko'rish, shuningdek, axborot tizimlarini joriy etish va mas'ul xodimlarni o'qitishni tashkil etsin, deb takidlanadi1.

Mavzuninig dolzarbligi. Bo'lajak tabiiy fan-lar o'qituvchilarining o'z mutaxassislik fanini o'qitishda metodik tayyorgarligini takomillashti-rishda ta'lim jarayonini maqsadga muvofiq tarzda tashkil etishda, bu jarayonning maqsadi, vazifalarini yaxshi tushunishlarida, innovatsion ta'lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va raqamli texnologiyalarni har tomonlama chuqur o'zlashtirishlari zarur bo ladi. Zamonaviy axborot jamiyatida media ta'lim, ta'lim jarayonida mediadan foydalanish, zamonaviy o'qituvchining ommaviy axborot vositalari bilan ishlash ko'nikmasini shakllanishda, ommaviy

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil

5 oktyabrdagi "Raqamli 0Nzbekiston-2030" stategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora tadbirlari toNg>isida"gi PF-6079-sonli Farmoni. - https://lex.uz/ru/ docs/-5030957

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 12 (109)

5

axborot vositalari yordamida ta'lim mohiyatini, ochib berish, pedagogik salohiyatining oshishi va turli ommaviy axborot vositalaridan foydalan-ish shartlarini tushunishiga, ta'lim jarayonida (axborot texnologiyalari, Internet, ijtimoiy tar-moqlar, ekran san'ati, televizor, reklama, interaktiv o'yinlar, kompyuter animatsiyasi va boshqa-lar), pedagogik modellar va ulardan foydalan-ishga tayyorligini shakllantirish vositasi sifatida qaraladi. Shuning uchun bo'lajak tabiiy fanlar o'qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmasini rivojlantirish orqali ularning mediakompetentligini rivojlantirish masalasi ilm oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisobla-nadi. Bunda zamonaviy ilmiy texnikaviy taraqqi-yot talablariga mos holda, bo'lajak tabiiy fanlar o'qituvchilarining media borasidagi bilimlarini takomillashtirish orqali mediakompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillshtirish pedagogik yo'nalishdagi tadqiqotlar ichida muhim ahamiyatga ega.

Mavzu bo'yicha ilmiy izlanishlarning qisqacha tahlili.

Bo'lajak o'qituvchilarining o'z mutaxassis-lik fanini o'qitishda metodik tayyorgarligini takomillashtirishda ta'lim jarayonini maqsadga muvofiq tarzda tashkil etishda, bu jarayonning maqsadi, vazifalarini yaxshi tushunishlarida, innovatsion ta'lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va raqamli texnologiyalarni har tomonlama chuqur o'zlashtirishlari zarur bo'ladi. Zamonaviy axborot jamiyatida media ta'lim, ta'lim jarayonida mediadan foydalanish, zamonaviy o'qituvchining ommaviy axborot vositalari bilan ishlash ko'nikmasini shakllantishda, ommaviy axborot vositalari yordamida ta'lim mohiyatini, ochib berish, pedagogik salohiyatining oshishi va turli ommaviy axborot vositalaridan foydalanish shartlarini tushunishiga, ta'lim jarayonida (axborot texnologiyalari, Internet, ijti-moiy tarmoqlar, ekran san'ati, televizor, reklama, interaktiv o'yinlar, kompyuter animatsiyasi va boshqalar), pedagogic modellar va ulardan foy-dalanishga tayyorligini shakllantirish vositasi sifatida qaraladi1.

Mustaqil davlatlar hamdo'tligi mamlakatlari olimlaridan A.V. Sharikov2, T.I. Myasnikova 3, A.V. Fedorov4, A.A. Milyutina 5, E.Yu. Nikitina6, G.B. Onkovich, O.A. Imanova7, M.S. Shablin 8, B.A. Iskakov9, N.V. Zmanovskaya10, D.A. Mezentseva11 va boshqalar mediata'limni tashkil etish bo'yicha salmoqli izlanishlar olib borishgan.

Zamonaviy ta'lim o tezkor va shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda talabalarning nafaqat bilim, balki media bo'yicha ko'nikma va malakalarni egallash darajasiga bog'liq. Shu bois pedagogika oliy ta'lim muassalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish muammosi bo'yicha qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshiril-gan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasida

1 Федоров А.В, Медиаобразование в зарубежных странах. Монография. -Таганрог: Изд-во. Кучма,2003. - С. 238.

2 Шариков А.В. Концепция медиаобразования во второй ступени средней образовательной школы. М.: Академия педагогических наук СССР, 1991. 23 с.

3 Мясникова Т.И. Развитие медиакомпетентности студентов университета. Автореферат диссертации

на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. - Оренбург. 2011.

4 Федоров А.В. Развите медиакомпетенности и критического мышление студентов педагогического вуза. МОО ВПП ЮНЕСКО Информация для всех. 2007. - С. 616.

5 Никитина Е.Ю, Милютина А.А. Формирование медиа-компетенции младших школьников на уроках русского языка. Монография. - М.: 2015. 202 С.

6 Онкович Г.В. Концептуальное поле украинских учебных программ медиаобразовательной направленности // Медиаобразование, 2013. С. 73-82.

7 Иманова О.А. Методика развития деятельностной компоненты медиакомпетентности учащихся старших классов средствами информационных технологий автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. - Киров: 2010.

8 Шаблин М.С. Педагогоческая технология формирования медиакомпетентности студентов педвузов средствами анимационной композиции; автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. - Краснодар: 2012.

9 Искаков Б.А. Развите медиакомпетентности учителей в условиях ресурсного центра. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандитата педагогических наук. - Барнаул: 2013. - С.24.

10 Змановская Н.В. Формирование медиа образованности будущих учителей: дис . ...канд. пед.наук. - Иркутск: 2004. - С.15.

11 Мезенцева Д.А. Формирование медиакомпетенции у студентов из кнр в процессе самостоятельной учебной работы с текстами англоязычных сми. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. - Санкт-Петербург: 2015.

6

mediata'lim muammolari S. Beknazarova1, Ya. Mamatova va S. Sulaymanova2 lar boshqa bir qancha olimlar tomonidan o'rganilib, ilmiy-metodik asoslari ishlab chiqilgan. S.S. Babad-jonov3, pedagogika oliy ta'lim muassasalarida «informatika va axborot texnologiyalari» fanini o'qitish jarayonida talabalarning mediakompe-tentligini rivojlantirish texnologiyasi pedagogik muammo sifatida o'rganilgan.

O'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi hamda kompetentligi muammosi R.G. Isyanov4, N.A. Muslimov 5, A.X. Maxmudov6 va boshqa bir qancha olimlar tomonidan o'rganilgan.

Ta'limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish muammolari N.I. Taylaqov 7, U.Yu. Yuldashev, M.E. Mamarajabov va S.K. Tursunov8 va boshqa bir qancha olimlar tomonidan tadqiq etilgan.

Аmmo pedagogika oliy ta'lim muassasalarida «Ta'limda va axborot texnologiyalari» fanini o'qitish jarayonida bo'lajak tabiiy fanlar o'qituvchilarning axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmasini rivojlantirish metodikasini yaratishga extiyoj bor.

Respublikamiz oliy ta'lim muassasalarida "Ta'limda axborot texnologiyalari" fanini o'qitish tizimini takomillashtirish bo'yicha bir qancha

1 Бекназарова С.С. Медиаобразование для подготовки преподавателей: создание потенциала для информационного общества. Монография. - Т.: Фан, 2016. 106-С.

2 Mamatova Ya., Sulaymanova S., O'zbekiston mediate'lim taraqqiyoti yo'lida. O'quv qo'llanma. - Tashkent: Extremum-press, 2015. 94 b.

3 Babadjonov S.S., Pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi. // Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya avtoreferati. - Toshkent: 2018.

4 Исянов Р.Г. Кластерный подход в формирование модульной компетентности преподавателей высших образовательных учреждений. - Т.: ТГПУ, 2014. - С.69.

5 Muslimov N.A., Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped.fan. dok... dis. Avtoreferat. -T.: 2007. - 47 b.

6 Maxmudov A.X. Bo'lajak magistrlarni kompetentli tayyorlashning didaktik ta'minotini takomillashtirish. Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. - T.:2017.

7 Taylaqov N. I. Uzluksiz ta'lim tizimi uchun informatikadan o'quv adabiyotlari yangi avlodini yaratishning ilmiy pedagogic asoslari. - T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005. 160 b.

8 Yuldashev U.Y, Mamarajabov M. E, Tursunov S.k. Pedagogik Web-dizayn. O'quv qo'llanma. - T.: Voris, 2013.

pedagogik tadqiqotlar mavjud. Ammo, "Ta'limda axborot texnologiyalari" fanidan bo'lajak tabiiy fanlar o'qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako'nikmasini rivojlantirish uchun o'quv metodik qo'llanmalar yaratishning asosiy komponentlarini to'liq qamrab oladigan tizimli tadqiqotga ehtiyoj mavjud. Shu ma'noda, Respublikamiz pedagogika oliy ta'lim muassasalari uchun o'qitish metodikasini yaratish mazmunini takomillashtirish va mavjud o'qitish metodikasi hamda texnologiyalarini qayta ko'rib chiqishni taqozo etadi.

Maqolaning ilmiy yangiligi. Bo'lajak o'qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo'yicha ko'plab xorijiy va mahalliy mediapedagog olimlari tomonidan tadqiq qilinishi va ularning o'z ilmiy tadqiqot ishlarida mediata'limning mohiyatini ochib beri-shi, pedagogik salohiyati va ta'lim jarayonida turli axborot kommunikatsion texnologiyalar-dan foydalanish shartlari, bo'lajak o'qituvchilar ulardan foydalanishga tayyorligini shakllan-tirish vositasi sifatida o'rganilgan, ammo aynan "Bo'lajak tabiiy fanlar o'qituvchilarining media ko'nikmalarini rivojlanritish metodikasi" yetarli darajada o'rganilmagan.

Tadqiqotning maqsadi: Bo'lajak tabiiy fanlar o'qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.

Tadqiqotning ob^ekti: Bo'lajak tabiiy fanlar o'qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmasini rivojlantirish jarayoni.

Tadqiqotning predmeti: Bo'lajak tabiiy fanlar o'qituvchilarning axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmasini rivojlantirish metodi-kasining shakl, usul va vositalari tashkil etadi.

Tadqiqotda tizimlilik, qiyosiy-mantiqiy tahlil-dan foydalanildi.

Tadqiqotning usullari: Tadqiqotda mavzuga oid ilmiy manbalar, didaktik materiallar, DTS, o'quv reja va dasturlari, o'quv-me'èriy hujjatlar, darslik va o'quv-metodik adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish; suhbat, kuzatish, anketa, test, pedagogik tajriba-sinov metodlaridan foy-dalanildi.

Asosiy qism Ta'lim tizimida olib borilayot-gan tub islohotlar har bir shaxsdan bilim, yuk-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 12 (109)

7

sak madaniyat, yuqori malaka, ijodkorlik, jamiyat oldida mas'uliyatni his etishni talab qiladi.

Media-ta'lim dasturining asosiy bo'limlari («media agentliklari», «media kategoriyalari», «media texnologiyalari», «media tili», «media vakillik» va «media auditoriyasi» kabi media-ta'limning asosiy tushunchalarini o'rganish bilan bog'liq).

Bugungi kunda ta'lim samaradorligini oshirish bilan bevosita aloqador bo'lgan bir qator hozir-gacha yechimini topmagan muammolar mavjud. Bu muammolar ta'lim sohasini axborotlashti-rish, zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida pedagog kadrlar tayyorlash, pedagoglarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologi-yalardan foydalanish malakasining yetarli emas-ligi bilan bog'liq bo'lmoqda. Bu muammolarning muhim qirralaridan biri sifatida pedagoglarning o'zlaridagi ta'limni axborotlashtirishga bo'lgan munosabatlarini ko'rsatish mumkin. Shu nar-sani ta'kidlash joizki, axborotlashtirish sharoitida pedagogning roli yanada oshadi1.

Hozirda ta'lim muassasalari zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologi-yalari asosida jihozlanmoqda. Bu o'z navba-tida pedagoglarning o'z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuvlarini talab etadi. O'quv jarayonida yangi texnologiyalarni joriy etilishi, o'qituvchini texnik vositalar tomonidan siqib chiqishga emas, balki uning vazifalari, rolini o'zgartiradi, o'qituvchilik faoliyatining murakk-ablashuviga olib keladi.

Dunyoda mediakompetentlikni rivojlan-tirishning asosiy bosqichlari sifatida quyidagilar e tirof qilinadi:

Bular zaruriy o'quv integratsiyasini media ta'lim bilan amaliyotini boshladi. Media ta'lim san'at, geografiya va ijtimoiy fanlarga kiritildi.

Sharikov A. V, «Mediata'lim» tushunchas-ini aniqlash media ta'limni «ta'lim nazariyasi va amaliyotida muayyan va avtonom bilimlar soha-sining bir qismi sifatida ko'riladigan zamonaviy ommaviy axborot vositalarini o'zlashtirish uchun nazariya va amaliy ko'nikmalarga o'rgatish» deb ta'riflaydi; matematika, fizika, geografiya va shu kabi boshqa sohalarni o'qitishda yordamchi

1 https://www.researchgate.net/ publication/314724552[62-C]

vositalardan foydalanishdan ajralib turishi kerak deb ta'kidlaydi.

Kontseptual asos: ijtimoiy-madaniy nazariya, «tanqidiy fikrlash» rivojlanish nazariyasi ele-mentlari, semiotik, madaniy, axloqiy va ekologik media ta'lim nazariyalari. Madaniy komponent (ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi natijasida media shakllanishi zarurati) va ijtimoiy komponent (ommaviy axborot vositalarining pedagogikasidan xabardorlik ijtimoiy rolining ahamiyati), A.V. Sharikov kontseptsiyasiga ko'ra, ommaviy axborot ta'limining ijtimoiy-madaniy nazariyasining asosiy qoidalari:

- media rivojlanishi tabiiy ravishda har bir yangi sohada yangi tashkilotning boshqaruv tizimining bir qismi paydo bo'lishi bilan bog'liq maxsus kasb-hunar ta'limi zarurligiga olib keladi;

- ommaviy axborot vositalarining ommavi-yligini hisobga olgan holda, mutaxassislar, birin-chi navbatda, maxsus media-(disciplin-modul) larning o'qituvchilari aholining keng qatlamlarini media tiliga o'rgatish kerakligini;

- ushbu tendentsiya jamiyatda ommaviy axborot vositalarining roli tobora kuchayib borayotganidan va natijada media-ta'lim jarayo-nini yanada rivojlantirishida mediapedagoglarga ishonisihligini ta'kidlaydi.

Ta'limga mediata'limni joriy qilishning maqsad va vazifasi quyidagilardan iborat:

- shaxsning ijtimoiy-madaniy rivojlan-ishida, ommaviy axborot vositalarining roli;

- auditoriyani aloqa nazariyasining asosiy tushunchalari va qonunlari bilan tanishtirish;

- ommaviy axborot vositalari auditoriyasini qabul qilish va tushunishni rivojlantirish;

- ommaviy axborot vositalarini tahlil qilish, talqin qilish, baholash, auditoriyani tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;

- o'quvchilarning media-kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish.

Tashkiliy shakllar: Ta'lim muassasasining o'ziga xos xususiyatlarini (masalan, tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda), uzluk-siz ta'lim tizimidagi turli bosqichlarning o'zaro bog'liqligini (masalan, talabalarning kasbiy tayy-orgarligini) hisobga olgan holda media-ta'lim bazasi (Profili) va kengaytirilgan kurslari orqali shakllantiriladi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 12 (109)

8

Media ta'lim usullari quyidagilarga ko'ra tas-niflanishi mumkin, olingan bilim manbalari:

- og'zaki (ma'ruza, hikoya, suhbat, tush-untirish, munozaralar);

- ko'rgazmali (mediatekstlarning tasvirlari va namoyishi);

- amaliy (media materiallarida turli xil amaliy vazifalarni bajarish).

Kognitiv faoliyat darajasiga ko'ra:

- tushuntirish (o'qituvchi tomonidan ommaviy axborot vositalari haqida aniq ma'lumot, auditoriya tomonidan ushbu ma'lumotni qabul qilish va assimilyatsiya qilish);

- reproduktiv (media materiallarida turli mashqlar va topshiriqlarni o'qituvchi tomonidan ishlab chiqilishi va qo'llanilishi, o'quvchilarning o'rganishi uchun hal qilish usullari);

- muammoli (tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun muayyan vaziyatlarni yoki ommaviy axborot vositalarini muammoli tahlil qilish);

- qisman qidirish yoki evristik, tadqiqot (tadqiqot va ijodiy faoliyatni tashkil etish). Shu bilan birga, turli xil ijodiy vazifalarni o'z ichiga olgan nazariy va amaliy mashg'ulotlar ustunlik qiladi.

T.N.Myasnikova o'zining "Universitet tala-balarining mediakompetntligini rivojlantirish" nomli tadqiqot ishida mediakompetentlik shax-sning media bilan muloqotga yakka tartibdagi (individual) tayyorligini tavsiflovchi (xarakterlov-chi) talabaning formal va noformal ta'lim jarayonida shaxsiy-sub'ektiv o'zlashtirishlari natijasi-dir, deb qayd etgan.

U universitet talabalarining mediakompe-tentligi rivojlanish ko'rsatgichlarini quyidagicha izohlagan:

- media haqidagi klassik axborot va inno-vatsion tarkibiy qismlarni qamrab oladigan media to'g'risidagi bilimlar;

- mediadan repseptiv foydalanishda o'z ifodasini topadigan mediaistemolchilik;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- analitik (tahliliy), refleksiv malakalar, baholovchi argumentatsiya (asoslash) qobiliyat-ini o'z ichiga oladigan mediatanqid;

- mediaraqobat, u talabaning zamonaviy media muhitning o'zgaruvchanligi va yangilikla-rini hisobga olish malakasi;

- ta'lim va kasbiy konteksdagi mediamatn-larni loyihalash kreativ malakalari bilan belgi-lanadi1.

Ommaviy axborot vositalarining etakchi mutaxassislaridan biri A. V. Fedorov shaxsning media qobiliyatini «uning motivlari, bilimlari, aql-zakovati, qobiliyatlari (ko'rsatkichlar: moti-vatsion, aloqa, axborot vositasi, his-tuyg'ular, interpretatsion baholash, amaliy-operatsion va ijodiy faoliyat), ommaviy axborot vositalarini tanlash, ulardan foydalanish, tanqidiy tahlil qilish, baholash, yaratish va turli shakllarda, shak-llar va janrlarda o'tkazish, jamiyatda media faoli-yatining murakkab jarayonlarini tahlil qilish»deb belgilaydi.

MDH davlatrlarining mediapedagog olimi Fedorov A.V. "Pedagogik oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediakompetentligi va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish" nomli monografiyasida, pedagogik oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediakompetentligi va tanqidiy tafakkurini rivo-jlantirish masalalari ("Mediata'lim" mutaxassis-ligi, davlat ro'yhat raqami № 03.13.30 doirasida) mediata'lim va mediasavodxonlikning umumiy muammolari kontekstida o'rganilgan2.

Mezentseva D.A. o'z ilmiy tadqiqot ishida zamonaviy ommaviy axborot vositasi orqali wiki (Википедия) veb-sayti foydalanuvchi-lari birgalikda, veb-sahifalar guruhini yaratish, ma'lumotlarni saqlash, tahrirlash, muhokama qilish uchun umumiy ish joyini tashkil etish zarurligini ta'kidlaydi.

Wiki-saytlar umumiy ish joyiga barcha ker-akli hujjatlarni qo'shib, uni papkalar, sahifalar va havolalar tizimi bilan tartibga solish, tahrir qilish (ish joyida ko'rsatilgan har qanday hujjatning o'zgarishi bilan), sharhlar qoldirish va forum-dagi munozaralarga kirish uchun loyihalar ustida hamkorlik qilish uchun mo'ljallangan, wiki-pochta orqali bir-birlariga xabar yuborish mum-kin. Shunday qilib, wiki saytida ish joyini yaratib, unga va uning talabalariga qo'shiladi, o'qituvchi

1 Мясникова Т.И. Развитие медиакомпетентности студентов университета. Автореферат диссертации

на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. - Оренбург. 2011.

2 Федоров А.В. Развите медиакомпетенности и критического мышление студентов педагогического вуза. МОО ВПП ЮНЕСКО Информация для всех. 2007. - С. 616.

1-jadval. Empirik organish natijalari.

9

Qo'qon davlat pedagogika instituti Navoiy davlat pedagogika instituti Toshkent viloyat Chirchiq davlat pedagogika institute

Umumiy talabalar Ishtirokchi talabalar Umumiy talabalar Ishtirokchi talabalar Umumiy talabalar Ishtirokchi talabalar

soni soni. soni soni soni soni

322 ta 291 ta 322 ta 271 ta 250 ta 192 ta

Bo'lajak tabiiy fanlar o'qituvchilarining axborot texnologiyalar bilan ishlash ko'nikmasining rivojlanganligini (%)lar hisobida baholanish ko'rsatgichi

60-69,9% 70-89,9% 90-100% 60-69,9% 70-89,9% 90-100% 60-69,9% 70-89,9% 90-100%

203 ta-69% 52 ta-19% 34 ta- 12% 182 ta-65% 57 ta-21% 32 ta-12% 115 ta-60% 48 ta-25% 29 ta-15%

ushbu makonda barcha kerakli o'quv materi-allarini joylashtirish va o'quvchilar tomonidan bajarilgan uy vazifalarini wiki-sayt sahifalarida tekshirish, to'g'rilash va baholash imkoniyatini qo'lga kirilishi haqida fikr yuritilgan1.

Ya. Mamatova, S. Sulaymanovalar tomonidan "O'zbekiston mediata'lim taraqqiyoti yo'lida" o'quv qo'llanma yaratildi. Mazkur o'quv qo'llanma pedagog jurnalistlar o'rtasida muhokama qilish orqali takomillashtiriladi-gan loyiha sifatida taklif etildi. Qo'llanma yan-gicha ommaviy kommunikatsiyalar sharoitida talaba-jurnalistlarga media va axborot savodx-onligi asoslarini o'rgatish orqali ularning kasbiy moslashuvini hosil qilishda ilk urinish sifatida baholanishi zarurligi qayd etildi. Shundagina bo'lg'usi mutaxassis turli mediamaxsulotlari-dagi uyg'unlikni, undagi ko'rsatmalarni, dalil va voqealarning qanday taqdim etilishini anglab yetishi va buni idrok etgan holda o'zi yaratayo-tgan mediakontent vositasida global axborot makoniga millatning, xalqining muayyan qadri-yatlari va dunyoqarashini olib kirishi o'rganilgan. Ya'ni, global media va axborot makonida O'zbekiston xalqlari ovozi, iftixori va shuurini bemalol targ'ib qila olishligi haqida yozilgan2.

Babadjonov S.S. pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarining

mediakompetentligini rivojlantirish texnologi-yasi nomli dissertatsiyasida amalga oshirgan tadqiqoti shuni ko'rsatdiki, pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediakom-

1 Мезенцевэ Д.А. Формировэние медиэкомпетенции у студентов из КНР в процессе с8мостоятельной учебной рзботы с текст8ми 8нглоязычных сми. Авторефер8т диссерт8ции нэ соис^ние ученой степени кaндидaтa педaгогических нaук. - Сaнкт-Петеpбуpг. 2015.

2 Mamatova Ya., Sulaymanova S., O'zbekiston mediate'lim taraqqiyoti yo'lida. O'quv qo'llanma. - Tashkent:

Extremum-press, 2015. 94 b.

petentligini rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqish aynan axborotlashgan jamiyat xususi-yatlaridan kelib chiqib, pedagog kadrlarn-ing axborot mediamadaniyatini «Informatika va axborot texnologiyalari» faniga oid medi-abilim va u bilan ishlash malakalaridan iborat bo'lib qolmay, balki rivojlangan axborotlashgan dunyoqarash, axborotga yo'nalganlik va shax-sning mediabilim hamda mediatahlil malakala-rini emas, balki mediakreativlikni ham nazarda tutadi. Bu esa o'qituvchi mediakompetentligin-ing mazmunini kasbiy pedagogik faoliyat bilan bog'lab, mediasiyosatni amalga oshirish, o'quv dasturlarga media tushunchalarni joriy etish, o'quv-tarbiya jarayonida mediatexnologiyalar-dan foydalanish, zamonaviy axborot-kommuni-katsiya texnologiyalarini rivojlantirish tenden-tsiyalari asosida takomillashtirib borishga zamin yaratdi3.

Tadqiqotning empirik o>ganish natijalari.

"Bo'lajak tabiiy fanlar oqituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko'nikmasini rivojlantirish metodikasi" media-kompetentligining shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida pedagogik eksperimenti Qo'qon davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Toshkent viloyat Chirchiq davlat pedagogika institutlarida o'tkazildi.

Natijalarga ko'ra (1-jadval), bizga tadqiqot muammosining innovatsion tashkiliy- didaktik shakllarini nazariy-metodologik asoslash, amaliy ishlab chiqish, tajribadan o'tkazish va oliy ta'lim muassasalari talabalarining axborot texnologi-yalari bilan ishlash mediako'nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirib amaliyotga

3 Babadjonov S.S., Pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi. Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya avtoreferati. - Toshkent: 2018.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 12 (109)

10

tatbiq qilishdan iborat qilib belgilash imkonini beradi.

Xulosa qilib aytganda, bo'lajak tabiiy fanlar o qituvchilarining mediakompetentligini yanada rivojlantirish uchun rivojlangan davlatlar tajrib-alaridan foydalanib, o'quv rejalariga media-kompetentlik tushunchalarini yoritib beruvchi fanlarni kiritish va metodik qo'llanmalar yarat-ish hamda tinglovchilarga, o'quvchilarga yet-kazish, mediamadaniyat, mediasavodxonlik va mediata'lim sohalarini rivojlantirish davr talabi-dir.

Bo'lajak tabiiy fanlar oqituvchilarinig axborot texnologiyalari bilan ishlash

mediako'nikmalarining rivojlantirishi natijasida ta lim-tarbiya ishlarini yuqori saviyada tash-kil qilishi uchun quyidagi takliflarni berishimiz mumkin:

- mashg'ulotlarni davlat ta'lim standartlar-iga muvofiq holda tashkil qilish va olib borishi;

- darslarlarni zamonaviy pedagogik usullar va ko'rgazmali (mediatekstlarning tasvirlari va namoyishi) asosida tashkil qilishi;

- ta'limni tarbiya bilan uzviy holda olib borish, o'quvchilarning ma'naviy-ma'rifiy ongini shakllantirishda, amaliy (media materiallarida turli xil amaliy vazifalarni bajarishi), mediata'lim usullarida oqilona foydalanishi lozim.

Adabiyotlar royxati:

1. http://malaka.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi "Raqamli 0'zbekiston-2030" stategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora tadbirlari to'g>isida"gi PF-6079-sonli Farmoni. - https://lex.uz/ru/docs/-5030957

3. Шариков А.В. Концепция медиаобразования во второй ступени средней об-разовательной школы. - М.: Академия педагогических наук СССР, 1991. 23 с.

4. Мясникова Т.И. Развитие медиакомпетентности студентов университета. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. - Оренбург. 2011.

5. Федоров А.В. Развите медиакомпетенности и критического мышление студентов педагогического ВУЗа. МОО ВПП ЮНЕСКО Информация для всех. 2007. - С. 616.

6. Никитина Е.Ю, Милютина А.А. Формирование медиакомпетенции младших школьников на уроках русского языка. Монография. - М.: 2015. 202 С.

7. Онкович Г.В. Концептуальное поле украинских учебных программ медиаобразова-тельной направленности // медиаобразование 2013. М., 2013. С. 73-82.

8. Иманова О.А. Методика развития деятельностной компоненты медиаком-петентности учащихся старших классов средствами информационных технологий автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. -Киров. 2010.

9. Шаблин М.С. Педагогоческая технология формирования медиакомпетентности студентов педвузов средствами анимационной композиции; автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. -Краснодар. 2012.

10. Искаков Б.А. Развитие медиакомпетентности учителей в условиях ресурсного центра. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандитата педагогических наук.-Барнаул. 2013.-С.24.

11. Змановская Н.В. Формирование медиа образованности будущих учителей: дис . ... канд. Пед.наук. -Иркутск, 2004.-С.15.

12. Мезенцева Д.А. Формирование медиакомпетенции у студентов из КНР в процессе самостоятельной учебной работы с текстами англоязычных сми. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. - Санкт-Петербург. 2015.

13. Бекназарова С.С. Медиаобразование для подготовки преподавателей: создание потенциала для информационного общества. // Монография.-Т.: Фан, 2016. 106-С.

14. Mamatova Ya., Sulaymanova S., O'zbekiston mediate'lim taraqqiyoti yo lida. O'quv qo'llanma. Tashkent: Extremum-press, 2015.94 b.

15. Babadjonov S.S., Pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi. Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya avtoreferati. -Toshkent: 2018.

16. Исянов Р.Г. Кластерный подход в формирование модульной компетентности преподавателей высших образовательных учреждений.-Т.:ТГПУ, 2014.-С.69.

17. Muslimov N.A., Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped.fan. dok...dis. Avtoreferat.T, 2007. - 47 b.

18. Maxmudov A.X. Bo'lajak magistrlarni kompetentli tayyorlashning didaktik ta'minotini takomillashtirish. Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. -T.:2017.

19. Taylaqov N. I. Uzluksiz ta'lim tizimi uchun informatikadan o'quv adabiyotlari yangi avlodini yaratishning ilmiy pedagogic asoslari.-T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005. 160 b.

20. Yuldashev U. Y, Mamarajabov M. E, Tursunov S. k. Pedagogik Web-dizayn. O'quv qo'llanma.-T.:Voris, 2013.

21. https://www.researchgate.net/publication/314724552[62-C]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.