"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARI KASBINI TAKOMILLASHTIRISHGA QO'YILADIGAN MALAKAVIY TALABLAR Panjiyev Qurbonniyoz Berdievish
Xalqaro Nordik universiteti Musiqa ta'limi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori (DCs), professor v.b., Turon Fanlari akademiyasi akademigi https://doi.org/10.5281/zenodo.10157360
Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak musiqa o 'qituvchilari kasbini takomillashtirishga qo'yiladigan malakaviy talablarini belgilashda ularni kasbiy ijrochilik, musiqiy-nazariy bilimlarni o'zlashtirishlaridagi faolliklari, bu borada o'zbek xalq musiqa ijodining imkoniyatlari, O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ta'lim islohotlari samaradorligi, yoshlarni musiqa kasbini egallashlaridagi malakaviy talabalar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: musiqa, ta'lim, pedagogika, malaka, talablar, kasbiy ijroshilik, musiqiy-nazariy bilimlar, islohot, o'qitish, tizim, kuy, qo'shiq.
Аннотация. В данной статье изложены квалификационные требования к освоению молодёжью профессии учителя музыки, виды деятельности в процессе приобретения данной профессии будущими учителями музыки, в усвоении ими навыков профессионального исполнительства, музыкально-теоретических знаний,
рассматриваются возможности узбекского народного музыкального творчества, а также отмечается эффективность образовательных реформ Республики Узбекистан.
Ключевые слова: музыка, образование, педагогика, навык, квалификационные требования, профессиональное исполнительство, музыкально-теоретические знания, реформа, обучение, система, мелодия, песня.
Abstract. This article expounds the qualification requirements for young people to master the profession of a music teacher, the types of activities in the process of acquiring this profession by future music teachers, in their acquisition of professional performance skills, musical theoretical knowledge, the possibilities of Uzbek folk musical creativity are considered, and the effectiveness of the educational reforms of the Republic Uzbekistan is noted too.
Keywords: music, education, pedagogy, skill, qualification requirements, professional performance, musical theoretical knowledge, reform, training, system, melody, song.
Kirish. Musiqa ta'limi - inson musiqiy bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo'lib, individual ruhiy rivojlanishni va musiqiy bilimlarni o'zlashtirishni o'z ishiga oldi [5]. Musiqa ta'limi jarayoni bo'lajak musiqa o'qituvchilarining yuqori tayyorgarlikka ega bo'lgan professor-o'qituvchi rahbarligida orttiriladigan bilim, ko'nikma va malakaviy kompetentsiyalarni egallashiga, ularni kasbiy (ijodiy) iste'dodlarini namoyon etishga xizmat qilish bilan bir qatorda, fikrlash va ijodiy faoliyatlarini shakllantirishga yo'naltirilganligi, o'zbek xalq qo'shiqlarini mazmun-mohiyatini oshishga e'tibor qaratishi lozimligini ko'rsatadi.
Musiqa ta'lim mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o'tishi asosida to'plagan boy tajribalari natijasida, uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari shu faoliyatdan ko'zda tutilgan maqsadlarni to'liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya'ni, modullik tizimga asoslangan o'qitish metodikasi va texnologiyalarini o'zida takomillashtirib bormoqda, musiqa ta'limi sohasida ham so'ngi yillarda musiqani o'qitish faoliyat turlarini takomillshatirish masalalariga jiddiy e'tibor qaratildi. O'zbekiston ijtimoiy hayotida, jumladan oliy ta'limi tizimida XXI asrning ikkinchi o'n
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
yilligida katta o'zgarishlar yuz berdi [1]. Respublikada musiqa ta'limi tizimi bilan bir qatorda pedagogika sohasining bakalavriat ta'lim tizimida vokal xonandaligi, sholg'u ijroshiligi kabi yo'nalishlarida kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-2021 o'quv yilidan pedagogika institutlari oshildi. Ko'pgina nodavlat oliy ta'lim muassasalarida musiqa o'qituvchisi kasbini beruvchi kadrdar tayyorlash yo'lga qo'ilib, uchbu tizimni takomillashtirish bo'yicha samarali ishlar yo'l qo'yildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimsha shora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-sonli qarori ijrosi yuzasidan soha vakillari, tajribali professor-o'qituvchilar, metodistlar tomonidan "Maktabgasha, umumiy o'rta, professional va oliy ta'lim tizimlarida musiqa ta'limining uzviyligini ta'minlash kontseptsiyasi" tayorlandi. Uchbu kontseptsiya o'z mazmun mohiyatidan kelib shiqqan holda har bir ta'lim sohasi, fanlar bo'yicha davlat ta'lim standarti, malaka talabalari, dasturlarni ishlab shiqishda yo'l ko'rsatuvshi, strategik uzviy hujjat hisoblandi. Unga binoan musiqa fani bo'yicha O'zbekston Respublikasi "Uzluksiz ta'lim dasturlari" majmuasini tayyorlashning maqsad va vazifalari belgilandi [3]. Shuningdek, o'quv va fan dasturlarini takomillashtirish jarayonida xalqaro tajribalar jumladan, Angliya, Bolgariya, Rossiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Finlyandiya tajribasi o'rganildi. Shuningdek, umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturlarini tahlil qilishda YuNISEF ko'magida Singapur, Koreya, Yaponiya, Gonkong dasturlari, Prezident maktablari bilan Kembridj tajribasi, shuningdek, ko'pgina oliy ta'lim muassasalairda Finlandiya ta'lim texnologiyasi o'quv dasturlari o'rganildi va amaliyottga tadbiq etilmoqda.
Asosiy qism. Professional ta'lim dasturlari YuNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta'limning xalqaro standart tasniflagishi (MSKO) darajalari bilan uyg'unlashgan holda tasdiqlandi. U hujjat bilan 8 ta malaka darajasiga mos ravishda "Bilimlar", "Mahorat va ko'nikma", "Kompetentsiyalar", "Malakaning mos darajasiga erishish yo'llari" belgilandi.
Bunda asosiy maqsad bo'lajak musiqa o'qituvchilarini musiqiy qobiliyatini shakllantirish, o'stirish, rivojlantirish va ruhan, ma'naviy va ma'rifiy xislatlarini tarbiyalash uchun, kelajakda malakali mutaxassis kadr sifatida zarur bilim, ko'nikma va malaka kompetentsiyalar bilan maqsadli va belgilangan tizim asosida qurollantirishga xizmat qildi.
O'zbk qo'shiqlari vositasida ta'lim berish, yoshlarga musiqa bilim berish, ularda ko'nikma malaka va pedagogik kasbiy kompetentsiyalarni hosil qilish, yangi ijodiy qobiliyatlarini oshishga, o'z ustida muntazam ishlashga undashga qodir bo'lgan ijodiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalaydigan kuchli vositadir.
Musiqa ta'limi bakalavriat ta'lim yo'nalishining kasbiy faoliyat turlari - pedagogik, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy, tashkiliy boshqaruv, ishlab shiqarish etib belgilandi. Ta'lim yo'nalishi o'quv rejasi bloklar, fanlarga ajratilgan umumiy soat foizlar tahlil qilindi. Unga ko'ra, o'quv rejada keltirilgan fanlar aynan bo'lajak musiqa o'qituvchilarini kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga xizmat qilish lozimligini ko'rsatdi. 2020-2021 o'quv yili uchun ishlab shiqilgan o'quv rejada keltirilgan fanlar aynan o'zbek milliy xususiyatidan kulib shiqqan holda qayta ishlab shiqish lozimligini ko'rsatdi.
Bo'lajak musiqa o'qituvchisining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga ahamiyat berilar ekan, shu o'rinda "XXI asr vabosi" deb nom olgan va butun dunyoga katta havf solib turgan "ommaviy madaniyat" o'zining "girdobi"ga asosan millati, madaniyati, urf-odati, san'ati, milliy estetik tarbiyasidan yiroqroqda bo'lgan tajribasiz, o'quvsiz shuningdek, milliy qadriyatlardan uzoqroqda bo'lgan yoshlarni tortib borayotganligini ham unutmasligimiz lozim. Dunyoning
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
shiddat bilan rivojlanib, axborot uzatish jadallashi, uyali telefon orqali internet tarmoqlariga ulanish, yaroqsiz va keraksiz ma'lumotlarni olish va jo'natish o'sib kelayotgan yoshlarning ongiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmasdan qolmayapti.
Bugungi zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanib borishi jarayonida yoshlarni "ommaviy madaniyat"ga ko'r-ko'rona taqlit qilib borishi, ta'lim va tarbiya masalasiga har qashongidan ham jiddiyroq e'tibor qaratishni taqozo etmoqda. Ustida shet el bayroqlari yoki turli yarim-yalong'osh qizlar sura'ti tuchirilgan kiyimlarni kiyib, qulog'ida nauchnik taqib, shovqinli tovuchlardan iborat bo'lgan ritmlarni "kuy-ohang" sifatida qabul qilayotgan yoshlarimizni ko'rib, ko'rmaslikka olish nohaqlikdir. Bunday yengil, shovqinli ritmik tovuchlar yoshlar ongi va tafakkurini sayozlashtirib, kishik qolibga solib qo'yadi. Bu esa ertaga ularni xalqimiz madaniyati va ma'naviyatiga xos bo'lmagan turli oqimlar ta'siriga oson tuchib qolishiga olib keldi [12]. Xuddi ana shu salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida bo'lajak musiqa o'qituvchilarini o'zbek xalq qo'shiqchilik ijodiyoti vositasida kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish borasida aynan ta'lim-tarbiya jarayonida milliy musiqaga alohida e'tibor qaratishi lozimligini ko'rastadi. Shunki milliy musiqa san'atining mazmunan rang-barangligi, alla, yor-yor, o'lan, qo'shiq, terma, yalla, terma, lapar, katta ashula, maqom va boshqa qaysi bir janr bo'lmasin, u o'zining dilbar ohangi, sho'x usullari nola-yu, serjilo qoshirmalari bilan o'zbek millatining tabiatini, o'zgaga o'xshamas udum va urf-odatlarini musiqiy ohanglar orqali tarannum etadi va har bir o'quvchi yosh uni tuchunadi, his hayajon bilan idrok etish va undan qalb to'la zavq-shavq olishi tabiiy holdir [5].
Ta'lim tizimida talaba yoshlarni o'zbek xalq qo'shiqchilik ijodi asosida tarbiyalashda ta'lim va tarbiyaning birligiga erishish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuni alohida nazarda tutmoq lozimki, bu tarbiyaning muvaffaqiyati quyidagi pedagogik shart-sharoitlar ta'limoti orqali amalga oshirib borishi mumkin. Ular quyidagilardir:
- dastur asosida tashkil etiladigan har bir o'zbek xalq musiqa ijodi nuqtai nazardan aniq maqsadga qaratilganligini ta'minlash;
- dars uchun musiqiy materiallarni, o'rgatish metodlarini, uslub va vositalarni to'g'ri tanlay
olish;
- o'qituvchi tomonidan har bir talabaning o'ziga xos xususiyatlarini, musiqiy qobiliyatlarini, ijro va idrok imkoniyatlarini hisobga olishi;
- talabalarda kasbiy musiqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan mantiqiy, maqsadga muvofiqlik uzluksizlikning ta'minlangan bo'lishligi;
- musiqiy estetik tarbiya jarayonida o'qituvchi tomonidan talabalarning hissiy, ijodiy va ahloqiy faoliyatlarining mutanosibligi ta'minlangan bo'lishligi ko'zlangan maqsad sari yetaklaydi.
O'zbek xalq qo'shiqchilik ijodiyoti tarbiyasida ta'lim bilan tarbiyani muchtarak bo'lishligi ta'limning ilmiy ongli, ko'rgazmali, tuchunarli, o'zlashtirilgan bilimlarni mustahkam bo'lishi kabi tamoyillarga jiddiy amal qilgan holda olib borilishiga erishish lozim [6]. Shuning uchun ham musiqiy fanlarni o'qitishda o'qituvchi o'z oldiga talabalarni musiqiy estetik madaniyatlarini takomillashtirishni maqsad qilib qo'ysa, u holda quyidagi asosiy ko'rsatkishlar provard natijaga erishiniladi:
- talabalarda o'zbek milliy qo'shiqchilik ijodiyotiga nisbatan qiziqish va havas tobora orta
boradi;
- darsdan tashqari musiqa mashg'ulotlari jarayonida talabalarning ijodiy faolligini va tashabbusi orta borishida o'zbek xalq qo'shiqlari va uning mazmun mohyatini tuchunadi;
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
- o'zbek xalq qo'shiqlari o'zining xuchohang, she'r mazmunini oshib berishda musiqani hamohangligi, asarlardan xuchsozlik, xuchovozlik va undan go'zallikni anglay olishni, unga o'z munosabatini bildira olish malakalarini shakllantirib boradi;
- musiqiy estetik faoliyat uchun zarur bo'lgan bilim ko'nikma va tajribalarni o'zlashtirgan bo'ladi;
- talabalarda o'zbek xalq musiqa san'ati ta'sirida avvalam bor milliy o'zlikni anglash, millat va milliy mentalitetga xos bo'lish, insoniy go'zallikka intilish, rostgo'ylik, do'stlikni qadrlash kabi axloqiy estetik tuchunshalarni tarkib topadi. Auditoriya mashg'ulotlarida o'zini tuta bilishi, muommala, kiyinish kabi estetik madaniyatning bir qator sifatlari takomillashadi.
O'zbek milliy qo'shiqchilik san'ati hamda uni o'qitish, ta'limiy va tarbiyaviy jihatlari haqida gap ketar ekan talaba-yoshlarda eng avvalo sog'lom didni shakllantirib borish e'tiborda bo'lishi kerak [7].
Yuksak badiiy didni tarbiyalashda san'atning hamma turlari muhim va ularning har biri o'z xususiyati va imkoniyatiga ega. Mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalari pedagogika sohasi musiqa ta'limida kasbiy musiqiy tarbiyani amalga oshirish, talabalarda yuksak pedagogik badiiy didni tarbiyalash uchun zaruriy zamin hozirlab berishni, yoshlarga san'at asarlarining estetik mohiyatini singdirishni muhim tarmog'idir. Shu munosabat bilan oliy ta'lim muassasalarida tayyorlanayotgan bo'lajak musiqa o'qituvchisida kasbiy-pedagogik musiqa tarbiyani amalga oshirishda ularning musiqiy ma'lumotlariga alohida e'tibor berish, ularni dastur talablariga muvofiq aynan kasbiy faoliyatlarida zarur bo'lgan bilim bilan qurollantirish, o'zbek musiqa san'ati haqida bilim -ma'lumotlarni shuqur, puxta o'zlashtirishga erishish eng muhim vazifalardandir. Talabalarda kasbiy faoliyat bilan bog'liq bo'lgan malaka talablarini amalga oshirishda ta'lim tizimining butun hayoti barobar qatnashsada, biroq, aynan musiqiy-nazariy mashg'ulotlarining alohida ahamiyati bor. Ya'ni bu jarayonda o'zbek xalq qo'shiqlari ta'sirshan vositadir. Bu borada eng ma'suliyatli vazifa musiqa o'qituvchilariga topshiriladi. Talaba yoshlarning har bir o'rganilayotgan asarni diqqat va e'tibor bilan tinglashiga, uning ifoda vositalari va mazmunini to'la idrok etishiga o'rgatishi zarurki, bu shunshalik odat tusiga kirib boradi va badiiy didni o'stirishda muhim rol o'naydi. Bundan tashqari talaba darsni badiiy did tarbiyasining quyidagi asosiy vositalaridan foydalangan holda olib borishi kerak. Jumladan:
qiziqarli repertuar tanlashda asarning nota matni bo'lishi; o'zida ijroshilik malakalarini puxta o'zlashtirish va tarbiyalashda musiqiy sholg'ular bilan ta'minlanishi; xonandalik malakalarini o'stirib borishda ovoz bilan ishlashda jihozlangan auditoriya; musiqa tinglash va tahlil qila bilishda ovoz eshitiish uskunalari; musiqa sholg'ularida ijroshilik mahoratini doimiy ravishda mustahkamalab borishda musiqiy sholg'ular mavjudligi [11].
Musiqaning hayotimizda tutgan o'rni beqiyos. U ona allasi bilan mehr-muhabbat, ezgulik, muruvvat tuyg'ulari qalbimizga joylaydi [2]. Ayniqsa, milliy qadriyatlarimiz bo'lgan raqs, folklor, xalq qo'shiqchilik san'atida ma'naviy me'rosni asrab-avaylab kelishda o'ziga xos omilar mavjud. Xalqimizning ma'naviy kamolotida barsha san'atlarning o'ziga xos o'rni bor. Jumladan, qo'shiqchilik san'ati ham bu borada alohida ahamiyat kasb etishi va uning bu boradagi o'rni bor. Negaki, qo'shiqni har kuni televidenie, radio to'lqinlari, ko'sha-kuyda, bozorlarda, hatto avtotransport vositalarida ham eshitamiz. Quloqqa yoqadimi-yo'qmi eshitish (tinglash)ga majburmiz. Yoshi ulug'lar ham bu holatga ko'nikib bo'lishdi. Shuning uchun bugun qaerga bormaylik, kim bilan suhbatlashmaylik, gap aylanib o'zbek xalq qo'shiqchilik ijodiyotiga xos bo'lmagan ijroshilarga kelib taqaladi. Haqiqatan, yangi-yangi ovozlar ko'payib boryapti, biroq,
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA lGl3-yil, ll - noyabr
ular ayrim holarda nimani kuylayotganligi yoki bunday aytimlar orqali nima demoqshi ekanligini o'zlari ham ba'zi hollarda tuchunmay qolayotganligi, endi o'sib kelayotan uzluksiz ta'lim tizimi yoshlarining ongi va shuuririga salbiy ta'sir ko'rsatayotganligi tashvishli hol.
Mamlakatimizda iste'dodli yoshlarning emin-erkin ijod qilishi uchun barsha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, "O'zbekiston - Vatanim manim", "Yagonasan, muqaddas Vatan", "Nihol", "Yangi avlod", "Yangi nomlar", "Kelajak ovozi" [2] kabi ko'rik-tanlovlar va nodavlat oliy ta'lim muassasalarida musiqa o'qituvchisi kasbini beradigan Respublika iqtisodiyot tarmoq sohalari uchun kadrlar tayyorlanishi, uchba talabalarning dunyo mamlakatlari orasida festivallar iste'dodlarning yuzaga shiqishida katta omil bo'lyapti. Bu sohaga muayyan tayyorgarliksiz kirib kelayotgan xonandalar ham oz emas. Ana shunday "musiqiy ukuvi yo'q", "ruhiy tayyorgarligi past" xonandalar tufayli sayoz, tumtaroq matnli qo'shiqlar ko'payib bormoqda. Bu borada ommaviy axborot vositalari orqali tez-tez shiqishlar ham bo'lyapti. Bugun qo'shiq ijroshiligi san'ati va qo'shiqchi xonandalar oldida talay vazifalar turibdi. '
Bu o'rinda bo'lajak musiqa o'qituvchilarining kasbiy bilimlarni o'zlashtirish, o'zida bilish qobiliyatlarini hamda fikrlash qobiliyatlari va harakatlarini hosil qilishda yo'l ko'rsta oladigan ijodiy faoliyat jarayoniga ehtiyoj zarurdir. Bu passiv jarayon emas, balki talabani ijodkorlikka, tabiat va jamiyatni tuchunishga undaydigan, kelajakda o'z o'rnini topishga xizmat qiladigan faol, ijodiy faoliyat va mehnat jarayonidir. Musiqa ta'limi yo'nalishida ta'lim oluvshi bilmaslikdan bilishgasha, noto'g'ri va noaniq bilishdan tobora to'liqroq va aniqroq, shuqurroq bilishgasha bo'lgan yo'lni bosib o'tadi. Bu degani u o'z ustida ijroshilik mahoratini oshirib, uni tobora takomillashtitib boradigan uzluksiz faoliyat turidir.
Ijodiy faoliyatni tashkil qilishda bo'lajak musiqa o'qituvchisining vazifasi o'zbek xalq qo'shiqlari ustida muntazam va mustaqil ishlashini qo'llab quvvatlashidir. SHuning uchun ham talabalarning ishki kuchlarini uyg'otuvshi va unga qoniqish olib keladigan beixtiyoriy, ijodiy musiqa ijroshiligini tashkil qilish o'ta muhimdir. Aynan mustaqil ta'limni, fikrlashni tarbiyalash, musiqa ta'limining ijodiy vazifalarning asosiy maqsadidir. Bu maqsad to'la - to'qis amalga oshirish mumkin, lekin buning uchun o'quv faoliyati faollashadigan, bo'lajak musiqa o'qituvchilarini fikrlashga undaydigan, ularda ijodiy muhitni yaratadigan, o'z ustida muntazam ishlaydigan, agarda talaba xonandalik mahorati kuchli bo'lsa, ko'proq sholg'u bilan (albatta yoshiga mos) kuylashi, agar sholg'u ijroshiligida moyillik kuchli bo'lsa, shalib kuylash bo'yicha ko'proq ustida mashq qilishi lozim bo'ladi. Bunda talaba tomonidan ijro repertuari asosida musiqa asarini bosqishma bosqish o'rgatib borishi va mustaqil uyda muntazam shug'ullanib, uchbu asarni taktma takt va ritmik ijrosini o'rgatib borish lozim bo'ladi.
Musiqiy ma'lumotlarni o'zlashtirishga qaratilgan barsha amaliy ish shakllarining o'zida ularni ijodiy yo'lga yo'naltirish imkonini beradi. Bo'lajak musiqa o'qituvchilari o'quvchi yoshlar bilan ishlash jarayonida o'zlarini bor mahoratlarini ularga namoyish etishlari lozim. O'z faoliyatlarida o'zbek xalq qo'shiqlarini kasbiy tayyorgarligida qanday qo'llash kerak va uni qanday ijro etish kerakligini o'zlarining mahoratlarida ko'rtarishlari shart. Ijod qilish istagi va ijod qilishga bo'lgan ishtiyoqni singdirish talabaning kelgusi faoliyatining xohlagan sohasiga o'zining ta'sirini ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonunining 3-modda asosiy tuchunshalar mazmunida ta'lim bilan tarbiyani birgalikda olib borish masalasi asosiy vazifa qilib belgilangan[1]. Bugungi kunda davr va zamonni shiddat bilan rivojlanishi musiqa ta'limi tizimini
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
tubdan takomillashtirish, yuqori ijroshilik mahoratiga ega bo'lgan iste'dodli malakali kadrlarni tayyorlash masalasidir.
Musiqa ta'lim yo'nalishi talabalarida musiqiy-nazariy fanlarni o'qitish jarayonida ta'lim va tarbiyani bevosita bir-biri bilan bog'lab olib borishi kerak. Bu ishda o'zbek xalq qo'shiqlarining imkoniyatlari benihoya kattadir. Musiqa inson ruhi va aqliy rivojiga o'zining ta'sirini o'tkazadi va uning estetik hissiyotini faollashtiradi.
Ijodiy faollik talabalar tafakkurining o'sishga, xotiraning rivojlanishiga, musiqani ongli idrok etishga yordam beradi. Bunda talabalarning yoshi va imkoniyatlariga mos keladigan repertuar tanlash, ularning ijodiy faolligini oshirish zaruriy shartidir. Repertuar tanlashda o'zbek xalq qo'shiqlarining mazmunan boy, rang-barang, ko'rinishlarini talabalarning yoshi va idrokiga mos, qolaversa, tarbiyaviy qimmatga ega bo'lishi kerak.
Musiqiy-nazariy fanlari dars mashg'ulotlarining samarali bo'lishi guruhda o'quvchilarni ijodiy faolligini oshirishga ham bevosita bog'liq. Talabalarning ijodiy faolligini oshirish ularning so'z mahoratiga, muloqat qilish san'atiga ega bo'lishni taqozo etadi. O'zlashtirilayotgan dars mashg'uloti qiziqarli hikoya va suhbati bilan diqqatini asar mazmuniga, musiqiy obrazlarga jalb etadi. Kompozitor va bastakorlarning ijodiy biografiyasiga oid hikoyabop qiziqarli voqea va lavhalardan parshalar keltirishi bilan bir qatorda, biron bir asarning yaratilishi tarixini bayon qilishi, orqali talabalarning bilish qobiliyatini o'stirishi lozim. Musiqa haqidagi bilimlar doirasini yangi ma'lumotlar bilan boyitadi [12].
Oliy ta'lim muassasalari pedagogika sohasi musiqa ta'lim yo'nalishlarida auditoriya mashg'ulotlarini tashkil etish samaradorligini oshirishda eng qulay vositalarni izlab topish, innovatsiyalar kiritishga harakat qilish tavsiya etiladi. Kasbiy-pedagogik ishlarni tashkil etishda asosiy e'tibor talaba shaxsining kasbiy tayyorgarligiga qaratilishi lozim. Bunda yillar davomida to'plangan ijobiy tajribalardan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Talabalarni kasbiy jihatdan tarbiyalash jarayonida xalq pedagogikasi asoslariga tayanish, sharq mutaffakkirlarining dono fikr-mulohazalaridan, shuningdek, jahon umuminsoniy qadriyatlaridan foydalanish lozim[6]. Auditoriya mashg'ulotlari jarayonida musiqiy-nazariy bilimlar mazmunini birinshi navbatda tizimli va majmuali tatbiq etishga ko'ra uch vazifa birligi "ilmiy, rivojlanib borish", "psixologik va pedagogik jarayonlar muchtarakligi, ta'lim jarayonida va jamiyat talablarini e'tiborga olish", "yangisha bilimlarg a amal qilish" kabi bir qator qoidalar asosida tarkib topishini ko'rsatdi. Ular asosida talaba shaxsiyatiga nisbatan yo'nalish belgilaniladi. Bu maqsadlarga erishish uchun talabalar bilan aynan o'zbek xalq qo'shiqlari vositasida o'zlarining kasbiy tayyorgarliklarini takomillashtirib borishlari lozim.
Buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy qadriyatlari, ming-ming yilliklarni qamragan betakror va jozibali madaniyatiga asoslangan ma'naviy merosimizni qayta tiklash, asl holatini saqlash va uni kelajak avlodga yetkazish maqsadida mamlakatimizda ulkan ishlarni amalga oshirilib kelinmoqda. Qolaversa, jamiyat taraqqiyotini yuksaltirishning yana bir muhim asosi iqtisodiy va siyosiy barqarorlikka erishish, ozod va obod Vatan, erkin va farovon jamiyat qurish yo'lida yoshlarga bo'lgan e'tibori naqadar yuksakligidan dalolat beradi.
Inson shaxsini, uning yuksak ma'naviy fazilatlarini kamol tortirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, yosh avlodni boy madaniy merosimiz hamda tarixiy qadriyatlarimizga hurmat va e'tibor, mustaqil Vatanimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi [8]. Bu o'rinda milliy musiqa san'ati yosh avlod ma'naviyatini shakllantirish va
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA lGl3-yil, ll - noyabr
yuksallantirishda katta ijtimoiy tarbiyaviy, kasbiy-pedagogik kasb etuvshi dolzarb ilmiy va amaliy pedagogik muammo ekanligini ko'rsatmoqda.
O'zbekiston Resrublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan o'quvchi-yoshlarni ijodkorligini shakllantirish, ularni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, musiqa san'at turlari bo'yicha o'z iqtidorlarini namoyish etish borasida tavsiya etilgan 5 ta tashabbusning "Yoshlarni musiqa, rassomlik, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, qobiliyatlarini namoyon qilishni ta'minlash shoralari"ni ko'rish kabi qator vazifalar 1-Tashabbusda belgilab berildi.
Oliy ta'lim muassasalari pedagogika sohasi musiqa ta'limi yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etishda aynan musiqa san'ati turlari bo'yicha to'garaklarni o'rni katta ahamiyatga ega bo'lib, dars mashg'ulotlaridan tashqari ta'lim - tarbiya ishlarini olib borishda uchbu vositalardan unumli foydalanish yaxshi natijalarni berdi. Musiqa san'ati turlari bo'yicha oliy ta'lim tizimida tashkil etiladigan to'garaklarning "Xor bo'lib kuylash", "Xalq sholg'u asboblari to'garagi", "Vokal", "An'anaviy xonandalik", "Estrada xonandaligi", "Folklor jamoasi", "Teatr" va "Raqs to'garaklaridan keng foydalanishni tavsiya etiladi [11].
Qo'shiqni kuyini o'rgatish - birinshi bandning matni yodlangandan so'ng, qo'shiqning kuyini o'rgatishga kirishish mumkin. Bu ish talabalarning ham o'qituvchining ham diqqat e'tiborini talab etadi. Kuyni o'rgatish oldida uni biron musiqa asbobida shalib yoki qo'shiqning birinshi bandini aytib talabalarga yaxshi eslatib o'tish kerak. Natijada ular o'rganilayotgan qo'shiq to'g'risida ansha to'la taassurot olishadi. Shubhasiz, talabalar oldiga qo'shiqning notasi, sholg'u asboblarda ijroshilik mahoratiga ega bo'lgan bo'lajak musiqa o'qituvchilari ijrosida ansambl bo'lib kuylash biz kutgan natijani beradi va o'zbek xalq qo'shiqchilik vositasida ularning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga xizmat qiladi. Keyinshalik talabalar ijroni puxta o'zlashtirish jarayonida mukammal musiqiy obrazni tarkib topganligiini xis etadilar. Qo'shiqning kuyini o'rganib olishda muayyan izshillik mavjuddir. Odatda kuy musiqa tarkiblari bo'yicha o'rganib boriladi. Dastlab birinshi tarkib, so'ngra ikkinshi, uchinshi va h.k. Tarkiblar tahlil qilinadi va o'rgatiladi. O'qituvchi ularning har birini ohangi bilan aytadi va ikki-uch marta shalib beradi, undan keyin o'zi bilan birgalikda ma'lum tarkibni ohangi bilan aytishni talabalardan talab qiladi. Odatda, talabalar dastlab qo'shiqni dadil aytisha olmaydi, ammo bir nesha bor takrorlash tufayli tobora dadil aytadigan bo'lishadi. Bordi-yu o'rganilayotgan tarkib talabalarga yetarli darajada tuchunarli bo'lmasa, uni yana bir marta shalib va aytib beradi. Bu o'rinda me'yorni bilish va xatto ma'lum bir tarkib o'zlashtirilmagan taqdirda ham, uni o'rganish ustida uzoq to'xtalib qolmaslik lozim. Shuni unutmaslik kerakki, bunday holda talabalarning diqqati zaiflashadi, shu sababdan ular sharshab, passivlashib qolishadi, bu esa ta'lim natijasiga salbiy ta'sir qiladi. Shuning uchun qo'shiqni qiyin joyiga keyinroq yana qaytish ma'qul.
Qo'shiqning murakkab va nozik ovoz sakramalari bor joylarini sinshiklab o'rgatish lozim. Bu paytdagi qiyinshiliklar odatlanilmagan intonatsiya (davra)lar bilan, qo'shiq quyidagi sakrashlar bilan, alteratsiya kabilarning noqulayligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin [5]. Bunday qiyinshiliklarni qunt va g'ayrat bilan bartaraf qilish zarur, agar kuy tamomila to'g'ri o'rganib olinmasa, xatolarini tuzatish nixoyatda qiyin bo'ladi, ba'zan esa ularni tuzatish mumkin bo'lmaydi. Bu xolda, o'qituvchi xatolarga yo'l qo'ymasligi uchun qo'shiqni uyda takrorlamaslikni talabalarga uqtirib qo'yadi. SHuningdek, kuyni ritmik tomondan murakkabligi tufayli, uni o'rganish qiyinshiliklari yuz berishi mumkin. Kuyning talabalar idroki uchun murakkab bo'lgan ritmik shaklini shapak shalib, qo'shiq bo'g'inlarini ko'rsatish yo'li bilan osonlashtirish mumkin.
" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, ll - noyabr
Qo'shiqning ma'lum bir bo'g'ini kuylanayotgan joylari talabalarni dam-badam qiynab turadi. Bunday joylarni she'r bilan kuylamay, balki "lya" singari neytral bo'g'inlar bilan kuylash foydali bo'ladi; bunday kuylash idrok etishni osonlashtiradi va tezlashtiradi. Tez tempda (sur'atda) yozilgan qo'shiqlarni faqat sekin tempda o'rganish lozim, aks xolda, intonatsiya va ritm aniqlashtirilmay qoladi, demak, qo'shiq pala-partish ijro etilgan bo'ladi. SHu sababli, kuyni yaxshi o'zlashtir gandan keyingina tempni kompozitor tomonidan ko'rsatilgan darajaga asta-sekin yaqinlashtirish mumkin. Bundan tashqari, tez templi qo'shiqlarni o'rgatishda ularning solalarini aniq talaffuz etilishiga erishish, qo'shiq tamomila o'rganib bulgunga qadar harakat qilish zarur. SHaxdam qo'shiqlar o'rganilganda shoshilish va xovliqish yaramaydi. Sekin aytiladigan qo'shiq ustida shaqqonlik bilan ishlash zarur, aks holda talabalar xotirasida noaniq usullar qolib ketsh oqibatida qo'shiq o'rganilishi yoki tashlab ketib qolish kabi salbiy xolatlarga uchrab qolish mumkin bo'ladi.
Qo'shiq o'rgatish jarayonida har xil usuldan foydalanish zarur. Har bir guruhda xuchovoz, ba'zan musiqaga juda qobiliyatli talabalar bo'lishi tabiiydir. Ular qo'shiq ohangini o'rganishda o'qituvchining yordamshilari bo'ladilar. Guruhdagi parta qatorlari o'rtasida musobaqa uyuchtirgandek bo'lib, talabalarning qo'shiq ohangini qanshalik bilishlarini tekshirib ko'rish foydali bo'ladi, bunday metod talabalarni faollashtirishga yordam qiladi va ijodiy ruxlantiradi. Dastlabki kurslardan boshlab, eng oddiy qo'shiqlarni notaga qarab o'rganishni tashkil etish zarur. Buning uchun o'qituvchi oldindan katta vatmn qog'ozda yoki dars boshlanishiga qadar guruh doskasida qo'shiq yozuvini tayyorlab qo'yadi. Solfedjio qila boshlash oldida talabalarning hammasi ayni bir vaqtda notalarni 2-3 marta o'qib shiqadi, Shundan keyin ular kuyni bir nesha marta solfedjio qilishga so'ngra uni solalari bilan aytishga urinib ko'rishlari lozim. Oliy ta'lim muassasasida dastlabki kursdan boshlab darsda bir ovozlik qo'shiqlardan tashqari, ikki ovozli qo'shiqlar qiyinroq, uch ovozlik qo'shiqlar o'rganiladi. Bunday qo'shiqlarni o'rganishda har bir partiya bir ovozlik qo'shiq o'rganilganidek, sinshiklab o'sha metod bilan o'rganib shiqilmog'i kerak. Bu yerda o'qituvchi o'zini hamisha nazorat qilib borishi va qandaydir bir xor partiyasining ishiga ortiq darajada berilib ketmasligi lozim. Aks holda, dars mashg'ulotlari davrida tartibsizlik va shovqin kabi holatlarni kelib shiqish oqibatlarini oldini olish lozimbo'ladi. Vaholanki, bunga xesh qanday sharoitda aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Goh bir partiya bilan, goh boshqa partiya bilan navbatma-navbatishlash kerak. O'qituvchi birinshi ovozdagi talabalarga boshlang'ish tarkibni o'rgatib bo'lgash, shu tarkibni o'zini ikkinshi ovozdagi talabalarga o'rgatadi. Shundan keyin ikala partiyani albatta birlashitirib, asosiy diqqatni ikkinshi ovozlarga qaratish zarur.
Keyingi tarkiblarning hammasi xudi shu tarzda o'rganiladi. So'ngra ular, bir ovozlik qo'shiqni o'rganilgandagi kabi birlashtiriladi. Talabalarning qo'shiq kuyi vatekstini yaxshi eslab qolishlari uchun bita dars yetarli emas. Shu sababdan, qo'shiq muayyan vaqt davomida ko'p takrorlanadi va asta-sekin o'rganib olinadi. Bu jarayon mustaqil ta'lim bilan albatta mustahkamlanishi shart.
Auditoriyadan tashqari to'garak darslarida qo'shiqlarning badiiy ijrosi ustida ham Ijro etish detallari ustida ishlagandan so'ng qo'shiqni o'rganishga o'z vaqtida o'ta bilish lozim, yuksak ashula hesh qashon yaxshi va qat'iy ovoz bilan yangramaydi. O'qituvchi badiiy obraz ustida ishlar ekan, turli ijroshilik usullarining zarurligini talabalarga yaqqol ko'rsatib berishi va ana shu usullarini beixtiyor emas, balki ongli ravishda bajarishlariga intilishi kerak[10]. Qo'shiq talabalarni zeriktira boshlasa, uning ustida olib borilayotgan ishni vaqtinsha to'xtatish va repertuarda yangi qo'shqlar paydo bo'lganidan keyin, yana shu qo'shiqqa qaytish ma'qul. O'quv
" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
yilining shoragi yoki yarim yili oxirida bir darsni ilgari o'tilgan barsha qo'shiq va ashulalarni takrorlashga bag'ishlash mumkin, buning uchun kishik kontsert uyuchtiriladi, bunda talabalarning hammasi ayni bir vaqtda ham ijroshilar, ham eshituvshilar hisoblanadi. Auditoriya mashg'ulotlaridan tashqari musiqiy ta'lim va tarbiya shaklida talabalar umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi musiqa madaniyati dasrlari, musiqa maktablari, bolalar ijodiyot markazlari, o'quvchilar saroylari, bolalar teatrlariga o'quv yoki malakaviy pedagogik amaliyotni o'tash uchun safarbar etish musiqa to'garaklarida o'zlashtirilgan bilimlarni mustahkamalashda zamin yaratadi.
Tarbiya - har tomonlama yetuk, o'zida axloqiy poklik, ma'naviy boylik va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan insonni yetishtirish nazarda tutiladi. Tarbiya tizimida musiqa san'ati yetakshi o'rinda turadi. Hozirgi kunda musiqa san'atini inson tarbiyasidagi roli ortib bormoqda. Yoshlarimizni ma'naviy yetuk, milliy an'analarga sodiq va sadoqat ruhida "komil inson" etib tarbiyalashda shubhasiz oliy ta'lim muassasalarining pedagogika sohasi musiqa ta'limi ixtisosligi bo'yicha tayyorlanayotgan kadrlarning roli bilan musiqa to'garaklarini faoliyati shak-shubhasiz kattadir. Uchbu kadrlar asosan quyi bo'g'in uzluksiz ta'lim tizimi o'quvchi-yoshlariga bilim asoslarini singdiradi. U o'quvchi-yoshlarni ilmiy dunyoqarashini shakllanishi va mustahkamlanishi yo'lida asosiy poydevor bo'lib hizmat qiladi.
Talaba-yoshlarning badiiy to'garaklar orqali hayotga qiziqishi, ularda kreativ - ijodkorlik qobiliyatlarini shakllanishi va rivojlanishida, ayniqsa, hayotga bo'lgan his-tuyg'ularini o'sib borishida, atrof-muhit, jamiyat taraqqiyotida kuzatish qobiliyati va dunyoqarashini shakllanishida musiqa san'atidan foydalanish davr talabi. Milliy musiqa madaniyatimiz, xususan, musiqa san'ati turlari hisoblangan xonandalik va sholg'i ijroshiligi mahoratini egallagan har qanday inson qalbida yovuzlik, vatanfuruchlik, tajavuzkorlik, fitnakashlik va boshqa insoniylikka xos bo'lmagan xususiyatlardan yiroq bo'lib, qalbida, ongi shuurida bunyodkorlik, ijodkorlik, mehr-muhabbat, Ona-Vatanga sadoqat va millatga hurmat ruhida tarbiyalanadi. Qo'shiq, musiqa insonni tarbiyalaydi, uni ezgulikka, kishilarga yaxshilik qilishga undaydi. Har bir qo'shiq, musiqa orqali insonda yashirinib yotgan qobiliyat va iqtidorlarni topish imkoniyati yuzaga keltiriladi[9]. Xonandalik san'ati odamlardagi yomon sifatlarni bartaraf etishga yordam beradi. Milliy madaniy merosni o'rganish va o'zlashtirish orqali o'zbek millatiga mansubligi bilan faxrlanish hissini uyg'otadi. Milliy musiqiy madaniyat aynan ma'naviy madaniyatimizning muhim tarkibiy qismi sifatida talaba-yoshlar tarbiyasida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Xuddi ana shu xususiyatlarni har bir talaba o'z boshidan keshirmog'i lozim.
Oliy ta'lim tizimi pedagogika sohasi musiqa ta'limi tizimida musiqa to'garak ishlarining asosiy maqsadi yoshlarimizga musiqa tarbiya ko'nikmalarini singdirish, kasbiy bilim, ko'nikma va tajribalar bilan qurollantirish asnosida o'quvchilarni Vatanga, millatga muhabbatini, komil inson qilib hamda o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, havaskorlik to'garak a'zolarini ko'rik tanlovlarga tayyorlash hozirgi kunda alohida o'rin egallaydi.
Milliy ta'lim va tarbiya o'z mazmunida insonrarvarlik, vatanrarvarlik, milliy g'urur, axloqiy va umuminsoniy fazilatlarni mujassam etishi bilan jamiyat rivojida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda milliy ta'lim va tarbiya oldidagi eng muhim vazifalardan biri ham talaba-yoshlarda milliy ong va milliy madaniyatni tarkib tortirishdan iboratdir [4]. Mazkur masalalardan kelib shiqqan xolda bo'lajak musiqa o'qituvchisining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga ta'sir etuvshi motivlar ishlab shiqildi. Mazkur motivlarning provard natijasi shubhasiz, bo'lajak musiqa o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini ta'minlovshi faoliyat turlarini takomillashtirishga ta'sir ko'rstadi. Xonandalik mahoratini yaxshi egallagan, sholg'u asboblaridan kamida ikkitasida
" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
ijroshilik tajribalariga ega bo'lgan va musiqiy-nazariy bilimlarni yuqori saviyada o'zlashtirgan sa, bo'lajak musiqa o'qituvchisi hisoblangan talaba ertaga umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa o'qituvchisi sifatida to'laqonli faoliyat yuritadi.
O'zbek xalqi milliy qadriyatlari tizimida xalq musiqa ijodiyoti aholi hayotining barsha tomonlarini badiiy aks ettirishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Unda xalqimizning turli davrlaridagi tarixiy-badiiy ko'rinishlari bilan birga xalq pedagogikasining eng ilg'or, oliyjanob g'oyalari umumlashganligi bois, yoshlarning badiiy-estetik va axloqiy, ma'naviy tarbiyasida foydalanish ta'lim sohasiga qo'yilayotgan ijtimoiy buyurtmani bajarishda qo'l keladi. So'ngi yillarda milliy musiqiy boyliklarni tiklash, to'plash, nashr qilish hamda ta'lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishning ilmiy pedagogik asoslarini o'rganish bo'yicha e'tiborga molik ishlar amalga oshirilgan bo'lsa-da, bu o'lkan bebaho xazinaning qamrovi va ko'lami oldida qilinayotgan ishlar ko'lami yanada kengayganligini yanada aniqroq qilib aytadigan bo'lsak mazkur masalada shaxsan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning shaxsiy tashabbusi kuchayganligini ko'rish mumkin.
Qudratli tarbiya kuchi va ta'sirshanlikka ega bo'lgan xalq musiqa ijodiyotidan ta'lim tizimida, xususan, bo'lajak oliy ta'lim muassasalari pedagogika sohasi musiqa ta'limi yo'nalishlarida dars va darsdan tashqari turli madaniy-ommaviy tadbirlar, badiiy havaskorlik to'garaklari, ko'rik-tanlovlarga tayyorlash va undan keng foydalanishni yanada kuchaytirish, birinshidan, ta'lim mazmunini boyitsa, ikkinshidan ta'limning milliy negizini mustahkamlaydi. Oliy ta'lim tizimida auditoriyadan tashqari tashkil etiladigan musiqiy mashg'ulotlarni tashkil etishda quyidagi pedagogik talab va mezonlar asosida ish tutish ijobiy natijalarga erishish imkoniyati mavjudligini ko'rsatdi:
1. Pedagogika sohasi musiqa ta'lim tizimida auditoriya mashg'ulotlaridan tashqari musiqa to'garaklarida musiqa ijodiyoti namunalaridan keng foydalanishda ularni quyidagi ma'lum mezon va talablarga ko'ra tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi:
a) Musiqa san'ati turlari bo'yicha tashkil etiladigan to'garaklarda ishtirok etadigan talaba-yoshlarning san'at turi bo'yicha iqtidorini aniqlash va shu asosda musiqa asarlari repertuarini tanlash va har bir ishtirokshining qiziqishi, shuningdek, mashg'ulotlarni o'zlashtirishini hisobga olish;
b) Repertuar tanlashda talabalarni kasbiy mahorati, musiqiy qiziqishi, qobiliyati va ijroshilik imkoniyatlariga to'g'ri kelishi;
v) Tanlangan asarlarni o'quvchilarning musiqiy dunyoqarashi va tafakkurini, pirovard natijada milliy madaniyatini shakllantirish nuqtai-nazaridan tarbiyaviy ta'sirshanlikka ega bo'lishi;
g) Talabalarda o'qishga, mehnatga, ijodkorlikka, ijodiy izlanish, ijtimoiy foydali ishlarga rag'bat uyg'otishi;
d) O'zbek xalq musiqa ijodiyoti namunalarining hozirgi kunda ham ahamiyatini yo'qotmagan umumhalq bayramlari, madaniy-ma'rifiy va ommaviy tadbirlar mavzulariga mosligi;
s) Asarlarni o'rganish ta'limning boshqa tarkibiy qismlarini (musiqa savodi, musiqa adabiyoti, musiqa ijodkorligi) o'zlashtirish uchun ahamiyatliligi yoki ijobiy ta'sir ko'rsatish xususiyatiga egaligiga e'tiborni qaratilishi shart bo'ladi.
2. O'zbek xalq musiqa ijodiyoti namunalaridan ta'lim va tarbiya maqsadlarida foydalanishda auditoriyada o'rganilgan mavzularni mustahkamlashga xizmat qiladigan nuqtai-
" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
nazaridan yondashish. Bunda, auditoriya va auditoriyadan tashqari jarayonda xalq musiqasi namunalarini o'rganish, ijro etish ishlari ular haqidagi tarixiy, adabiy, nazariy manbalardan imkon qadar ko'proq foydalanish orqali amalga oshirilishini ko'zda tutdi. Bu pedagogik talab musiqiy-nazariy mashg'ulotlarning asosiy faoliyat turlari mazmuni va mohiyatiga muvofiq holda ish yuritishni nazarda tutadi. Ya'ni, erkin tanlov asosida o'rganilgan asar ayni vaqtdagi asosiy maqsad va hal etilayotgan vazifalarga ijodiy yondashish xarakterida bo'lishi lozim.
3. Auditoriyadan tashqari faoliyatda o'rganish uchun tanlab olingan asarlar talabalarni an'anaviy mumtoz va folklor yo'nalishida mustaqil bilimlar olishga bo'lgan talab va istaklariga mos kelishi, to'garak rahbari tomonidan mashg'ulotlarni tashkil etishda e'tiborda tutilishi lozim. Bu pedagogik shart-sharoit o'z mazmunida talaba-yoshlarni musiqiy iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga shiqarish uchun izshil va maqsadli mashg'ulotlar olib borishni nazarda tutadi. SHuningdek, bo'lajak musiqa fani o'qituvchilarni auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarga imkon qadar keng va ommaviy jalb qilishni kuchaytirishni uqtiradi.
4. Xalq musiqa ijodiyotiga murojaat qilganda ularni qaysi mahalliy musiqa uslubga xosligi, janri, ijrodagi sholg'ular ishtiroki, raqs jo'rligi va boshqa shu kabi xususiyatlarga e'tibor berish eng muhim shartlardan biri sifatida hisoblanadi. Shunki, bu jihatlar xalq musiqasini eng muhim xususiyatlarini aks ettiradi va talabalarni umummusiqiy bilish darajasini takomillashuviga, milliy musiqaning o'ziga xos uslublarini, ijroshilik an'analarini shuqur o'zlashtirishlariga ijobiy ta'sir etadi, ta'kidlab o'tilgan ta'lim va tarbiya maqsadlarga erishishni kafolatlaydi.
5. Oliy ta'lim tizimi pedagogika sohasida musiqa o'qituvchisi auditoriya va auditoriyadan tashqari faoliyatda talabalarni xalq musiqa ijodiyoti bilan tanishtirib borishga nazariy, amaliy va uslubiy jihatdan doimiy ravishda tayyorgarlik ko'rib, o'z bilim, ko'nikma va tajribalarini oshirib borishi lozim. Shunki, bu faoliyatda musiqa professor-o'qituvchilari va to'garak rahbarining muvoffaqiyati uning xalq tarixi, madaniyati, urf-odatlari va an'analari, shuningdek, musiqa san'atidan qanshalik keng bilim va ko'nikmalarga ega ekanligiga hamda shaxsiy namunasiga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi.
Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon bo'lib, uzoq vaqt davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, o'rta maxsus ta'lim, oliy ta'lim, mahalla, do'stlari, jamoat tashkilotlari, artof-muhit, ommaviy axborot vositalari, musiqa, san'at, adabiyot, tabiat va musiqiy to'garaklar bevosita ta'sir ko'rsatadi.
Xulosa. Yuqoridagi barsha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o'zaro hamkorlikning ta'sir doirasi orqali talaba-yoshlarni tarbiyalash va tarbiyaning ustunligini ta'minlagan holda, ularni shaxs sifatida shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan muhitni ta'minlashdan iboratdir.
O'zbek xalq musiqa ij odining bosh maqsadi - birinshidan, talaba-yoshlarni bo'sh vaqtlarini maqsadli tashkil etish emas, balki, ularni kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ijodiy qobiliyatlarini tarkib toptirish, kasbga qiziqtirish va mehr uyg'otishdan iborat bo'lishi, shuningdek, ularni milliy musiqiy ruhda tarbiyalash bo'lsa, ikkinshidan, yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, tarixiy an'analariga, urf-odat hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab shiqib amalga joriy etishdir.
Bularni amalga oshirish uchun quyidagi asosiy vazifalarni - birinshidan, shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovshi va musiqiy rivojlanishi, uning iste'dodi va qobiliyatlarini har tomonlama namoyon qilish uchun imkoniyat yaratish bo'lsa, ikkinshidan yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tuchunib olishiga ko'maklashish, o'z-o'zini idora va nazorat qila
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
bilishini shakllantirish, o'z shaxsiy turmuchiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg'otish; uchinshidan, o'quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlari, Vatanimizning boy ma'naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish; to'rtinshidan, har bir talabaning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko'rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga shiqarish va yanada qo'llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash; beshinshidan, insonrarvarlik odobi me'yorlarini shakllantirish (bir-birini tuchunadigan, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlikka, yolg'onshilik, tuhmat, shaqimshilikka qarshi turishni) keng qo'lanishi; oltinshidan, vatanrarvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o'zaro munosabat-muloqotni o'rganish, o'z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo'lib turishi; O'zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Bayrog'iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash; yettinshidan, mustaqil davlatimiz - O'zbekiston Respublikasining ishki va tashqi siyosatiga to'g'ri va xolisona baho berishga o'rgatish. Uning tinshlik sevarlik, demakratiya va boshqa davlatlarning ishki ishlariga aralashmaslik, oshkora-oshiq tashqi siyosatiga va o'z xalqining turmuch darajasini oshirishga yo'naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ishki siyosatini to'g'ri tuchuntirmoq; sakkizinshidan, turmuchda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondoshish fazilatlarini shakllantirish; to'qqizinshidan, sog'lom turmuch tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo'lish istagini shakllantirish; o'ninshidan, yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o'rgatish bo'lajak musiqa o'qituvchilari kasbini takomillashtirishga qo'yiladigan malakaviy talablarini belgilash imkonini beradi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni O'RQ-637-son. 23.09.2020 (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son; Qonunshilik ma'luomtlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021 y., 03/21/721/0952-son).
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi PQ-4038-son qarori bilan O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish kontseptsiyasi. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 30.11.2018 y., 07/18/4038/2243-son, 11.12.2019 y., 06/19/5892/4134-son; 28.09.2020 y., 06/20/6075/1330-son.
3. O'zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi "O'zbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish shoralari to'g'risida"gi 2020 yil 15 maydagi 287-sonli qarori
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish shora-tadbirlari to'g'risida" 2020 yil 26 maydagi PF-6000-son Farmoni. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 27.05.2020 y., 06/20/6000/0673-son.
5. Karomatov F.M. O'zbek xalq musiqasi merosi. XX asr. Terma, yalla, karsak, kirish maqolasi. T. II. T.: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1985. 2-23 b.
6. Muslimov N.A. Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish. T.: T.: Fan, 2004
" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr
7. Ibrohimov O.A. O'zbek xalq musiqa ijodi (metodik tavsiyalar I qism), Toshkent, 1994 y. - 62 b.
8. Muslimov N.A. Bo'lajak o'qituvchining loyihalash faoliyati. 2012. O'quv qo'llanma. 6,1 b.t.
9. Mannopov S. O'zbek musiqasi madaniyati va san'ati tarixiga bir nazar. Farg'ona. 2006. 132
10. Mustafoev Sh. Globallashuv sharoitida talabalarni g'oyaviy-estetik tarbiyalash texnologiyasi (Badiiy to'garaklar faoliyati misolida). Dissertatsiya. 2018. 175 b.
11. Panjiyev Q.B. O'zbek xalq qo'shiqchilik ijodiyoti. O'quv qo'llanma. T.: 2021. 274 b.
12. Panjiyev Q.B. O'zbek xalq qo'shiqlari vositasida bo'lajak musiqa o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish. Pedagogika fanlari doktori dissetratsiyasi. T.: 248 b. Nizomiy nomidagi TDPU kutubxonasi.