Научная статья на тему 'TALABALARNI XOR DIRIJYORLIGI BO’YICHA AMALIY FAOLIYATGA TAYORLASHNING SAMARALI SHAKL VA USLUBLARI'

TALABALARNI XOR DIRIJYORLIGI BO’YICHA AMALIY FAOLIYATGA TAYORLASHNING SAMARALI SHAKL VA USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
269
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim tizimi / pedagogika / musiqa madaniyati / xor-dirijyorligi / shakl va uslub / metodika / dirijyorlik harakatlari / education system / pedagogy / music culture / choir conducting / form and style / methodology / conducting actions.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kazakov, Adilbek Madrimovich

Mazkur maqolada davlatimiz tomonidan musiqa madaniyatiga berilayotgan e’tibor hamda o’zgarishlar bayon etilgan. Shuningdek, talabalarni xor dirijyorligi bo’yicha amaliy faoliyatga tayorlashning samarali shakl va uslublari bo’yicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVE FORMS AND METHODS OF PREPARING STUDENTS FOR PRACTICAL ACTIVITIES IN CHORUS CONDUCTION

This article describes the attention and changes that our state pays to music culture. Recommendations are also given on effective forms and methods of preparing students for practical activities in choral conducting.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI XOR DIRIJYORLIGI BO’YICHA AMALIY FAOLIYATGA TAYORLASHNING SAMARALI SHAKL VA USLUBLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

TALABALARNI XOR DIRIJYORLIGI BO'YICHA AMALIY FAOLIYATGA TAYORLASHNING SAMARALI SHAKL VA USLUBLARI

Kazakov Adilbek Madrimovich

Urganch Davlat Universiteti San'atshunoslik fakulteti katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada davlatimiz tomonidan musiqa madaniyatiga berilayotgan e'tibor hamda o 'zgarishlar bayon etilgan. Shuningdek, talabalarni xor dirijyorligi bo'yicha amaliy faoliyatga tayorlashning samarali shakl va uslublari bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, pedagogika, musiqa madaniyati, xor-dirijyorligi, shakl va uslub, metodika, dirijyorlik harakatlari.

EFFECTIVE FORMS AND METHODS OF PREPARING STUDENTS FOR PRACTICAL ACTIVITIES IN CHORUS CONDUCTION

Kazakov Adilbek Madrimovich

Senior lecturer at the Faculty of Art History of Urgench State University

ABSTRACT

This article describes the attention and changes that our state pays to music culture. Recommendations are also given on effective forms and methods of preparing students for practical activities in choral conducting.

Keywords: education system, pedagogy, music culture, choir conducting, form and style, methodology, conducting actions.

ЭФФЕКТИВНЫЕ ФОРМЫ И МЕТОДЫ ПОДГОТОВКИ СТУДЕНТОВ К ПРАКТИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПО ХОРОВОМУ

ДИРИЖИРОВАНИЮ

Казаков Адильбек Мадримович

старший преподаватель факультета истории искусств Ургенчского государственного университета

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассказывается о внимании и изменениях, которые наше государство уделяет музыкальной культуре. Также даны рекомендации по эффективным формам и методам подготовки студентов к практической

деятельности по хоровому дирижированию.

400

Scientific Journal Impact Factor

Ключевые слова: система образования, педагогика, музыкальная культура, хоровое дирижирование, форма и стиль, методика, дирижерские действия.

Kelajak bugundan boshlanadi - deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko'rsatuvchi ruhiy va ma'naviy hamda ta'limiy - tarbiyaviy jarayonning qay maqsadga yo'naltirilganligi va undan kelib chiqadigan vazifalarga chambarchas bog'liqdir. Bugungi kunda Respublikamizda kelajagimiz bunyodkorlari bo'lmish yosh avlod tarbiyasiga, ayniqsa, bo'lg'usi pedagog kadrlarni umummadaniy, g'oyaviy - siyosiy, ma'naviy va intelektual salohiyatini yuksaltirish, ularni har tomonlama yetuk shaxs va ta'lim - tarbiya ishlari uchun asosiy masullikni his etuvchi va unga tayyor bo'lgan mutaxassis kadrlar qilib yetishtirishga juda katta e'tibor berilayotganli bejiz emas.

Hozirgi kunda kelajagimiz bunyodkorlari bo'lmish o'quvchilarni ma'naviy yetuk, aqliy barkamol, jismonan sog'lom, milliy, madaniy qadriyatlarga ongli munosabatda bo'ladigan, shuningdek fan sirlarini chuqur egallagan har tomonlama bilimli insonlar qilib tarbiyalash jamiyatimizni rivojlantirishga qaratilgan barcha vazifalar ichida ustivor ahamiyat kasb etib turibdi. Ta'limning barcha bo'g'inlarida va fanlar yo'nalishlarida bo'lgani kabi o'quvchi - yoshlarni axloqiy, estetik, ma'naviy jihatdan yetuk va milliy g'oyalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ularning badiiy tafakkurini o'stirishda umumta'lim maktablarida "musiqa madaniyati" fani o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasi muhim o'rin egallaydi.

Musiqa o'qituvchilarini dirijyorlik faoliyatiga tayyorlash, albatta professional mustaqil kasbiylik talablaridan farq qiladi. Bunga yuqorida aytganimizdek, o'qituvchilik kasbini va musiqa darslarini mazmun va mohiyati nuqtai - nazaridan qarash o'rinli bo'ladi. Ya'ni, musiqa o'qituvchisi professional dirijyor sifatida emas musiqa darslarida xor ijrosini boshqarish layoqatiga ega bo'lgan dirijyor sifatida namoyon bo'ladi. Bunda o'qituvchi - dirijyor birinchi navbatda bolalar xor jamoalarini tuzilishi xususiyatlari bilan birga ularning ovoz imkoniyatlarini nazariy va amaliy metodik asoslarini yaxshi bilishi kerak bo'ladi. Chunki, umumta'lim maktablarida har bir sinf alohida uyushgan bir xor jamoasi sanaladi. Bu jamoalarning xor rahbarlari va dirijyori esa bevosita musiqa o'qituvchisining o'zidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dirijyorlik kursining asosiy maqsadi bo'lg'usi musiqa o'qituvchilari talabalarga dirijyorlik sirlarini o'rgatish jarayonida ularni jamoaviy ijrochilikni boshqarishga tayyorlash bilan birga, ularga ma'naviy, mafkuraviy tarbiya berish, g'oyaviy, badiiy -

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

estetik tarbiyalash, ulaming badiiy ijrochilik mahoratini (xor, vokal ijrochiligi bo'yicha) o'stirish, asosiy va eng zarur dirijyorlik o'quvi va ko'nikmalarini shakllantirish, o'zbek qardosh, chet el kompazitorlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi xor asarlari, shuningdek xor ijrosiga moslashtirilgan, qayta ishlangan xalq qo'shiqlari bilan yaqindan tanishtirib borish, turli janr, xarakter, mavzu va turli tarkib, tipdagi xorlar uchun mo'ljallangan asarlarni professional darajada tahlil qilaolish va ularga dirijyorlik qilaolish malakalarini rivojlantirishdan iborat. Dirijyorlik kursi fan sifatida o'quv mashg'ulotlari jarayonida quyidagi vazifalarni amalga oshirish bo'yicha tizimli o'quv ishlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

- Talabalarda milliy musiqamizga hurmat, muhabbat, uni o'rganishga qiziqishni, shu orqali ularda milliy ong, milliy g'oya, milliy mafkurani shakllantirish, ularni Davlat ta'lim Standarti talablariga javob beraoladigan yuqori malakali mutaxassilar qilib yetishtirish;

- Talabalarni bo'lg'usi musiqa o'qituvchisi, xor rahbari va dirijyori sifatida badiiy didini rivojlantirish, xor asarlarining badiiy qimmatini va ularning ijrosini boshqarish, baholay olishga o'rgatish;

- Dirijyorlikning eng asosiy ko'rsatmalari, ishoralari, harakatlar turlari, dirijyorlik texnikasining sirlarini o'rgatish, asarlarga dirijyorlik (mustaqil) qilaolish malakalarini hosil qilish;

- Musiqa pedagogikasining tizimlilik, izchillik, ilmiylik, davomiylik, oddiydan murakkabga o'tish, individual yondashish, guruh va jamoa bilan muloqat o'rnata olish kabi didaktik tamoyillarga amal qilishni o'rgatish;

- Badiiy ijroni mukammal variantini oldindan eshita bilish va unga erishish ustida rejali ish olib bora olishga o'rgatish; Dirijyorlik sinfidagi mashg'ulotlar tizimida fan bo'yicha talabalar bilimi va ko'nikmalariga qo'yilgan talablar quyidagilarni o'z ichiga oladi.

- Dirijyorlik sxemalari, harakatlari. Ijroni boshqarishni yordamchi unsurlari bo'yicha puxta bilim va malakalarga ega bo'lish va uni amaliyotda qullay olish uchun eng avvalo quyidagi eng zarur jihatlarni yaxshi o'zlashtirishi lozim;

- Yaxshi rivojlangan qo'shiqchilik qobiliyati va uquvga ega bo'lish, ashulachilik nafasi, ovoz tayanchini yaxshi his eta olish, "auf takt", "ijroni boshlash", "ijroni davom ettirish", "ijroni tugatish" kabi dirijyorlikning bosh elementlarini puxta o'zlashtirishga erishish;

- Dirijyorlik harakatlarini ifodali va ta'sirchan bo'lishi, panja va barmoqlarning mayin, egiluvchan (plastik) va nafis harakatlanishiga erishish;

Scientific Journal Impact Factor

- Jo'rli dinamik belgilar va asar partiturasida uchraydigan belgilami, ovoz harakatchanligi (ligato, non ligato, stakkato, fermato) va boshqa temp o'zgarishlarini aniq ko'rsatib beraolish;

- Jo'rsiz (akapella) asarlarni va jo'rli asarlarni xor partiyalariga bo'lib o'rgataolish va ularni ijrosini tahlil qilib, badiiy yetuk ijroga erishish;

- Xorning turlari (maktab xor jamoalari - kichik, o'rta, katta yoshdagi bolalar xorlari, aralash to'rt ovozli xor) va ularning imkoniyatlarini, xususan, bolalar xorini tashkil qilish yo'llarini, bolalar ovoz diapozonlarini, ularning psixologik, fiziologik xususiyatlarini yaxshi bilgan bo'lishi va shunga ko'ra xor uchun repertuar tanlay bilishi lozim;

- qo'shiqchilik nafasi, badiiy ijroni ifodaviy vositalar - diksiya, intoniasiya, registr, tessituralarni aniq bilishi, asarlarni xor imkoniyatlariga ko'ra transpozisiya qilaolishi malakalariga ega bo'lishi lozim;

- dirijyorlik fani musiqa nazariyasi va amaliyotiga bog'liq fanlar, chunonchi, solfedjio, vokal ijrochiligi (xorda kuylash vokal kuylashga asoslanadi), cholg'u ijrochiligi (fortepiano) musiqaning nazariy asoslari, musiqa asarlari tahlili, musiqa tarixi, musiqa o'qitish metodikasi, xor va xorshunoslik asoslari kabi fanlar bilan uzviy bog'liqligi tufayli ushbu fanlarga tegishli bilimlar bilan uyg'un holda dirijyorlik mashg'ulotlarida talabalarning ushbu fanlar bo'yicha bilim , tushuncha, ko'nikma va malakalariga tayaniladi. O'z navbatida talabaning ta'kidlab o'tilgan fanlar bo'yicha bilimlari amaliy faoliyatda mustahkamlanib, takomillashib borishiga ahamiyat beriladi.

Umumta'lim maktablarida faoliyat ko'rsatadigan o'qituvchi shuni unutmasligi kerakki, maktab "musiqa madaniyati" darslari tarkibida qo'shiq kuylash, ya'ni jamoa bo'lib (xor bo'lib) kuylash yetakchi faoliyat hisbolanadi. O'z - o'zidan ravshanki, jamoaviy ijrochilik dirijyorlik boshqaruvisiz bo'lmaydi. Bu faoliyatda o'qituvchi ham xor rahbari, ham dirijyor, ham xonanda, ham konsertmystr (cholg'uchi akkompaniyator) vazifalarini bajarishga to'g'ri keladi. Shuning uchun oliy ta'limdagi tahsil jarayonida dirijyorlikka tayyorlashning eng muhim usul va shakllari haqidagi bilimlar ular uchun ortiqchalik qilmaydi, aksincha ular bu boradi bilim va malakalarini doimiy ravishda takomillashtirib borishlariga to'g'ri keladi. Musiqiy ta'limning oliy pelagogika tizimdagi mavjud bosqichida musiqa fanlarining o'qitishning asosiy vazifalaridan biri - ijodkor shaxsni shakllantirish hisoblanadi. Bu vazifa musiqa o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda katta ahamiyatga ega, zero har qanday mustaqil faoliyat - ijoddir. Shu o'rinda talaba va o'quvchilarning tashabbuskorligini, ijodiy izlanishlarini rivojlantirishga nimalar ijobiy ahamiyat kasb

Scientific Journal Impact Factor

etadi yoki asosiy turki bo'ladi degan savolga kengroq to'xtalib o'tishni joiz deb bilamiz. Masalan, o'quv jarayoniga taniqli dirijyor - pedagog G.G. Golik tavsiya etgan uslubga binoan bastakorlik ijodi elementlarini ko'rsatish mumkin. Bular talabalarning xor asarlarining she'riy matnlari, xor aranjirovkalari asosidagi mustaqil izlanishlari bo'lishi mumkin. Bu esa dirijyorlik qilayotgan asarga o'z ijodiy "qarashlari", "fantazasi" ni yaratishga, tashabbuskorligini, ijodiy tasavvur qilish, o'z kuchiga ishonchini oshirishiga yordam beradi.

Xor-dirijyorligi o'quv kursidagi pedagogik jarayoniga o'qitishning muammoli texnologiyalarini kiritish ham sezilarli darajada foydali ahamiyat kasb etadi. O'qitishning bu shaklida talabaga asarning shakli, tuzilishi, o'lchovi, lad - tonalligi, xarakteri haqidagi muammoli savold tashlanadi va sinfdagi talabalar unga o'zlarini javoblarini bildirishadi va amaliy ko'rsatib berishlari so'raladi. Xor asarlarini tahlil qilish ham talabalarni asarlarga dirijyorlik qilishda asarni to'lalicha idrok qilish, eng muhim jihatlarni tushunish, bilish va dirijyorlik jarayonida e'tiborda tutish, qolaversa asarni dirijyorlik yo'nalishida oson o'zlashtirishlarida qo'l keladi. Chunki, asarni nazariy tomondan yaxshi o'zgarmasdan turib unga amaliy yondashish, ya'ni dirijyorlik qilish bilan ko'zlangan maqsadga erishish to'g'risida fikrlash mantiqan noto'g'ridir. Xor asarlariga dirijyorlik qilishni rejalashtirishda asarni butunligicha tahlil qilish, talabalarda asarlarni tahlil qilish malakalarini shakllantirish o'ziga xos pedagogik yondashuvlarni talab qiladi. Bu o'rinda dirijyor pedagog V.L. Jivov tomonidan tavsiya etilgan muammoli izlanishlar topshiriqlarni qo'llash ham samarali uslublardan biri hisoblanadi. Masalan, xor partiturasining nazariy ijrochilik tahlilida shunday savol muammoli bo'lishi mumkin. "Siz o'z ijrochilik fíkrlaringizni qanday dirijyorlik usullari yordamida gavdalantirasiz? Yoki ifodalaysiz?" bu o'rinda talabani musiqiy tafakkuri, bilim va ko'nikmalari darajasi, ijodiy fantaziyasi, asarni xarakteri, g'oyaviy - badiiy mazmunini qanchalik tushunishi, his qilish va uni badiiy ifodalash mahorati katta rol o'ynaydi. Nota matnini to'g'ri o'qish asosida talaba o'qituvchining bevosita yordami asarga dirijyorlik qilishning o'ziga xos "to'qimasi" ni o'z hayolida ishlab chiqqan tarzda interpritasiya elementlari bilan moslab beradi.

Talabaning mustaqil dirijyorlik usullari qanchalik o'ziga xos va asar mazmuni va mohiyati, dirijyorlik qoidalariga to'g'ri kelishiga ko'ra ajoyib bo'lsa, musiqaning badiiy xususiyatlarini dirijyorlik sxemalari, ishoralarida aks ettirish shunchalik muvofaqiyatli, yorqin, ijro esa ko'tarinki ruhda bo'ladi. Partituralar ustidagi taxminiy ishlar jarayonida "oqlangan matn" uslubidan foydalanish mumkin. Bu uslubni qo'llanish mazmuni quyidagicha bo'lish mumkin. Masalan, o'qituvchi tomonidan bir asar tanlanadi. U asar jo'rli yoki jo'rsiz bo'lishi mumkin. Deylik, Sh. Yormatov

Scientific Journal Impact Factor

tomonidan jo'rsiz xor uchun moslashtirilgan. "Boychechak" (bolalar xalq qo'shig'i) qo'shig'ini o'qituvchi uni oldindan yozib tayyorlab qo'yadi, lekin, asar muallifi ham, asar nomi ham, she'riy matn ham yozilmaydi. (nota matni bo'ladi). Asarning o'lchovi, tempi, lad - tonalligi, har xil nyunslari (dinamik belgilari ham) ko'rsatilmaydi. Talaba esa na shu partituraning frazirovkasini, ovoz xarakterini va asar ijro uslubini, ohang tuzilmasini (melodiya) anglashi, tezlik, nyunslarini, mazmunini, nafasni joylashtirish, musiqiy ovozni o'ylab topishi, imkoniyat darajasida matn tuzishi kerak bo'ladi. Uning vazifasi musiqani ichki eshituv bilan his etib, mu4siqiy ma'nodorlikni idrok etishdan iboratdir. So'nggi bosqichda esa musiqani eshitib unga dirijyorlik "to'r"i (setka)ni to'g'ri topishi talab etiladi. Bunday topshiriqlar ko'pincha talabalar qiziqish bilan bajaradilar. Bunday uslublar talabalarning musiqiy tafakkurini faollatiradi, kuzatuvchanligini oshirib, mustaqil faoliyat yuritishga o'rgatadi.

Dirijyorlikka tayyorlashda talabalarning ta'limning ilk bosqichlaridan boshlab mustaqil ishlash, topshiriqlarni mustaqil bajarishga o'rgatish maqsadga muvofiqdir. O'quv mashg'ulotlari jarayonida dirijyorlik texnikasi va mahoratini egallash uchun musiqiy obraz, dirijyorlik qilish uslublari, egallangan bilim, malaka va ko'nikmalar pedagogikaning shaxsiy namunasiga tayanishni taqazo etadi. Bu yo'l - yo'riqlar uchun o'qitishning uch shakli muhim rol o'ynaydi.

- birinchi holdagi o'qitish shaklida eng muhim element bu o'qituvchi namunasi, ya'ni - bosh orentr o'qituvchi namunasidir.

- ikkinchi holda eng muhim asos, u pedagog tomonidan berilgan vazifa, tushuntirish, ko'rsatib berishdir. - uchunchi holat - o'quvchi - talabalar mustaqil ravishda o'ziga xos yo'l - yo'riqlar tarkibini topadilar.

Musiqiy obraz va bilimlar tizimi, dirijyorlik harakatlarini bajarish usullari haqidagi tasavvurlarga suyangan holda asarlarga dirijyorlik qilish ustida ishlaydilar. Bizning mazkur tadqiqot ishimizni bajarish davomida sinovdan o'tkazgan va o'zimiz samarali deb hisoblagan uslublardan yana biri haqida to'xtalib o'tamiz. Mazkur ish uslubi boshqalardan amaliy malakalarga tayangan holda talabalarda ishlash ko'nikmasini shakllantirishni ko'zda tutadi. Buning uchun "dirijyorlik sinfi" da egallangan bilimlarga tayangan holda xor jamoasi bilan ishlash (xorga dirijyorlik qilish) yoki xuddi xor bilan ishlashga yaqin sharoitini (muhitni) sinfda yaratish kerak. Bunda bir talaba dirijyor, qolganlar xor ishtirokchilari sifatida qatnashadilar. Dastlabki mashg'ulotlarda talabalar navbat bilan o'qituvchining bevosita ko'mag ida bajariladigan vazifalarni ketma - ketligi (reja) asosida tanlangan asarni xorga o'rgatish, dirijyorlik qilishga kirishadilar. Bunda ovoz sozlash, asarni e'lon qilish, nota yozuvidagi ovoz partiyalarini xor jamoasi ishtirokchilariga tarqatish,

Scientific Journal Impact Factor

konsertmeystr jo'rligida ovoz partiyalari bilan ishlash, so'ngra 1 - 2 ovozni qo'shish, asarni kichik qismlarga bo'lib ishlash, auf takt, nafas, ijroni boshlash, cho'zimlarda ushlab turish, konsertmeystrgsha so'ngra xorgako'rsatish - barchasini o'qituvchi nazoratida bajariladi. Bu jarayon davomli tarzda amalga oshirganda eng samarali uslub bo'lib, asta - sekinlik bilan talabani xor bilan ishlash, xor ijrosini boshqarish, nazorat qilish, xor va musiqani eshitish, o'z harakatlarini xor ishtirokchilariga tushunarli bo'lishi, o'z hatti - harakatini nazorat qilish, yutuq va kamchiliklarni sezish va kelgusi mashg'ulotlargacha ularni bartaraf etish ustida mustaqil ishlashlariga katta yordam beradi. Bunday uslubda ishlaganda talabalarda ijodiy tasavvur va taqqoslash malakalari yaxshi rivojlanadi.

Musiqa o'qituvchisi uchun asar nota yozuvini (matnini) qog'ozdan o'qish (chitka va listka) juda muhimdir. Dirijyorlik sinfida ham bunga alohida e'tibor qaratiladi. Tanlangan asarlarni qog'ozga qarab o'qishni doimiy ravishda mashq qilib borish kerak bo'ladi. Bunda talabalar nota matnini solfedjio uslubida ko'z bilan taxminan kuzatibtanishadilar bunda tezlik, ladotonal reja, o'lcham, asarning ohangdorlik xususiyatlari (kuy tuzilmasi), ritmika mustaqil yoki o'rnini bosuvchi jo'r ovoz shakllari farq qiluvchi yoki takrorlanuvchi iboralarni aniqlaydilar. Pedagogika oliy o'quv yurtlaridagi "musiqiy ta'lim" ixtisosligi bo'yicha "dirijyorlik" o'quv fanini bugungi kundagi tashkil etilishi, biz tomonimizdan ilgari surilgan, nazariy -pedagogik g'oyalar, amaliy tavsiyalarni bevosita amaliyotda qanday natijalar berishi o'rganish, taqqoslash, umumlashtirish, tahlil qilish maqsadida tajriba - sinov ishlarini tadqiqotimiz asosiy o'rinlaridan biri sifatida olib borishga harakat qildik.

Oliy pedagogika ta'lim tizimida bo'lajak musiqa o'qituvchilarini "Dirijyorlik" fani bo'yicha kasbiy faoliyatga tayyorlash muammosini tadqiq etish bo'yicha tajriba -sinov ishlarini olib borish uchun maxsus ishchi dastur ishlab chiqdik.unda dirijyorlik bo'yicha mashg'ulotlar jarayonida talabalarni fan sirlarini puxta egallash, xor asarlariga dirijyorlik qilish, asarlarni mustaqilo'rganish, ovoz partiyalarini yod olish, asarlarga dirijyorlik qilish rejasini tuzib chiqish, xor bilan ishlash va xor jamoasini boshqarish e'tiborga olindi. Tajriba - sinov ishlari jarayonida tajriba guruhlaridagi talabalarning dirijyorlik malakalaridagi ijobiy o'zgarishlarni aniqlash, qiyosiy o'rganish maqsadida nazorat - guruhlari, tajriba sinov ishlarining bosqichlari (tayyorgarlik, asosiy shakllantiruvchi, yakuniy) aniqlandi, shuningdek ularning obe'ktlari, statistik tahlilning mezonlari aniqlandi. Bo'lg'usi musiqa o'qituvchilarini dirijyorlik faoliyatiga tayyorlash samaradorligini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayonni quyidagi metodlarga tayangan holda o'tkazish lozim deb topiladi:

- pedagogik kuzatuv;

Scientific Journal Impact Factor

- yangi metod va usullarni qo'llash;

- suhbat va savol - javob;

- anketa so'rov;

- bahs munozara;

- pedagogik tajribalarni umumlashtirish, qiyosiy tahlil qilish, xulosalash; -matematik statistika;

XULOSA

Tajriba - sinov ishlarini muvoffaqiyatli kechishiga erishishda obyektiv va subyektiv omillar nazarda tutiladi va ular ma'lum darajada bu faoliyatning samaradorlik kasb etishiga olib keladi:

1. Mashg'ulotlar jarayonida talabalarda dirijyorlik ko'nikma va malakalarini shakllantirishning dastur talablariga mos kelishi va mustaqil pedagogik faoliyatga tayyorgarlik holati;

2. Talabalarning pedagogik faoliyatda dirijyorlik malakalarini to'liq namoyon etishga nazariy va amaliy jihatdan tayyorligi;

3. Egallangan bilim, ko'nikma va malakalarni amaliyotda qullay olishi;

4. Talabalarni ta'lim jarayonidagi faolliklari, ularni o'z ustida ishlash ko'nikmalariga egaligi;

REFERENCES

1. Sharipova G. Musiqa o'qitish metodikasi. Ma'ruzalar. T., TDPU, 2006.

2. Akbarov I. Musiqa lug'ati. T.Oqituvchi 1997 y.

3. Hasanboev J.Yu. Pedagogika nazariyasi. Ma'ruza matni. T. 2002 y.

4. Mansurva G. Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti. O'quv metodik qullanma- Toshkent. 2008;

5. Ismailov Tohir. "MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA RUS KOMPOZITORLARI IJODI ORQALI O'QUVCHILARNING ESTETIK DIDINI RIVOJLANTIRISH" SCIENCE AND EDUCATION IN VOLUME #2 ISSUE #4, APRIL 2021;

6. SHaripova G.. Musiqa va uni o'qitish metodikasi (metodik qo'llanma). Toshkent - 2006.

7. Ismailov Tohir. "CHARACTERISTICS OF KHOREZM DOSTON ART" "Экономика и социум" №3(82) 2021 www.iupr.ru

8. Akbarov I. Musiqa lug'ati. Toshkent - 1997.

Scientific Journal Impact Factor

9. Ismailov Tohir. "THE IMPORTANCE OF RUSSIAN CLASSICAL COMPOSERS IN CLASSES OF MUSIC CULTURE" "Экономика и социум" №1(80) 2021 www.iupr.ru.

10. Ismailov Tohir. "Musical currents and the formation of Russian classical music". "Вестник магистратуры" 2021. №5 (116) ISSN 2223-4047;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.