Научная статья на тему 'BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA MILLIY VOKAL-XOR IJROCHILIGI MUAMMO VA YECHIMLARI'

BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA MILLIY VOKAL-XOR IJROCHILIGI MUAMMO VA YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
102
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
vokal-xor ijrochiligi / musiqa madaniyati / repertuar / ijro imkoniyati / pedagog kompetensiyasi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Saodat Muzafarova

Mazkur maqolada bolalar musiqa va san’at maktabida vokal-xor ijrochiligi yо‘nalishi vazifa va muammolari, olib borilayotgan ilmiy-metodik ishlar tahlili, aniqlangan muammolar yechimlariga doir tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA MILLIY VOKAL-XOR IJROCHILIGI MUAMMO VA YECHIMLARI»

BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABLARIDA MILLIY VOKAL-XOR IJROCHILIGI MUAMMO VA YECHIMLARI Saodat Muzafarova

O'zDSMI "Vokal" kafedrasi dotsenti, O'zbekiston respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat

xodimi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8044015

Annotatsiya. Mazkur maqolada bolalar musiqa va san'at maktabida vokal-xor ijrochiligi yo'nalishi vazifa va muammolari, olib borilayotgan ilmiy-metodik ishlar tahlili, aniqlangan muammolar yechimlariga doir tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: vokal-xor ijrochiligi, musiqa madaniyati, repertuar, ijro imkoniyati, pedagog kompetensiyasi.

Inson kamolotida musiqa san'ati, xususan xor ijrochiligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bugungi kunda yurtimizda mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga ola biladigan, intiluvchan va serg'ayrat yoshlarni musiqa orqali tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 -yil 2-fevraldagi 112-son "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'risida"gi qarori bolalar va yoshlarga "ularning qalbida milliy madaniyatga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlash..." (1.1), musiqa san'atini o'zlashtirishlarida milliy va jahon musiqasining nodir kuy va qo'shiq namunalarini o'quv repertualariga kiritish o'ta muhim ishlardan biri bo'ldi.

Ushbu kesimda bolalar musiqa va san'at maktablarida milliy vokal-xor ijrochiligi masalalari muammosining dolzarb ekanligini alohida ta'kidlash zarur deb hisoblaymiz.

O'zbekistonning musiqa san'atida ommaviy ijro an'anasi, xususan, jamoa bo'lib kuylash ijrochiligi tarixan chuqur ildiz otganligi ma'lum. Bu kasbiy ijroda ham, havaskorlik yo'nalishida ham kuzatib kelingan. Mustaqillik davriga kelib vokal -xor ijrochiligi san'ati turli shakllar, uslub va ko'rinishlarda o'z yo'lini davom ettirdi. E'tiborli tomoni shundaki, bu yo'nalishdagi ijrochilikka turli yoshdagi bolalar (boshlang'ich va o'rta sinf maktab bosqichi, maktabdan tashqari ta'lim tizimi va hokazo) jalb etilganligiga qaramay, vokal-xor ijrochiligi hali ham o'zining mustahkam o'rniga ega emas.

O'zbekiston madaniyati rivoji davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi hamda hukumat va jamoat tashkilotlari tomonidan ommaviy ijroga e'tibor yil sayin tobora kuchayib kelayotganligini nazarda tutib, yosh avlodga milliy vokal-xor ijrochiligi an'analarining davomiyligini keng targ'ib etish orqali tarbiyalash, milliy va jahon musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazish, bolalarda musiqa madaniyatini shakllantirish - bolalar musiqa ta'limi, xususan xor ijrochiligining muhim masalalaridan deb hisoblaymiz.

"Bolalar musiqiy madaniyati" tushunchasi keng qamrovli bo'lib, quyidagilarni o'z ichiga

oladi:

• bolalarning ijtimoiy-badiiy shaxsiy tajribasi - ahloqiy estetik qarashlari, hissiyotlari, did va ehtiyojlari;

• bolaning musiqiy rivojlanganligi - musiqa san'atiga qiziqishi, musiqaga emotsional munosabati, musiqiy kuzatuvchanligi, tinglash madaniyati va turli xil badiiy musiqa namunalariga bo'lgan ehtiyoji;

• bolaning musiqiy bilimlari - musiqani idrok va ijro etish uchun lozim bo'lgan tasavvur, bilim, malaka va kо'nikmaga eganligi, san'at va hayotga hissiy munosabati, rivojlangan musiqiy-estetik didi, musiqaga bo'lgan tanqidiy saralash munosabati va h.k.

Bolalarda musiqa madaniyatini shakllantirish maqsadida musiqiy ta'lim-tarbiyani hayotiy talablar bilan bog'lab olib borish; bolalarning musiqa-xor san'atiga mehr, qiziqishini o'stirish; musiqiy-badiiy didni, musiqa haqida bilim, malakalar doirasini tarkib toptirish; bolalarda milliy vokal-xor ijrochiligiga ehtiyojni rivojlantirish; cholg'u va qo'shiq ijrochiligi jarayonida nota savodxonligini amalga oshirish (o'z partiyasini notaga qarab kuylay olish); iqtidorli bolalarning musiqiy rivojlanishlari uchun sharoit yaratib berish va ulardagi qobiliyatni o'stirish; xor asarlarining badiiy-g'oyaviy mazmuni vositasida bolalarda ahloqiy-estetik qarashlarni tarbiyalash kabi qator vazifalar belgilanadi. Bu vazifalarni hal etish borasida ko'rib chiqilishi lozim bo'lgan bir necha masalalar va muammolarga e'tiborni qaratishni lozim deb hisoblaymiz. Bular:

- respublikada xor janrlarining yangilanish uslublari, sintez janrlarning paydo bo'lishi hamda o'zbek kompozitorlari xor ijodiyotida yaratilgan asarlarning mohiyati, musiqiy tili, dramaturgiyasi, ijro yo'nalishi va darajasi;

- sohaga oid amaldagi mavjud va yangi tajribalar tahlil va tadqiq etilishi, xalqona va milliy kuylashning zamonaviy uslub va usullarini qo'llash yo'llarini belgilash.

Kuy-qo'shiq kishilarning shaxs bo'lib ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanishi va yashashi uchun tarixan asosiy ruhiy, ma'naviy omil hisoblanib kelingan. Shunday ekan, jamoa ijrosida qo'shiqlarning tarbiyaviy ahamiyati, ta'sirchanligi yanada kuchayadi va albatta, jamoa -xor ijrochiligi bolalar tarbiyasida eng yuqori o'rinlarda turishi lozimligi hech shak-shubhasizdir.

Vokal-xor ijrochiligi yoshlar badiiy faoliyatining eng ommaviy shaklidir. Ularning barcha yosh guruhlarini jadal badiiy faoliyatga va umumlashuvga chorlaydi. Jamoa bo'lib kuylash yosh avlodni xalq qo'shiqchiligi merosiga, shuningdek, milliy, yevropa kl assik musiqa durdonalariga qiziqish tug'dirib birlashtiradi hamda ahillik va birdamlikka chaqirib, ulardagi ba'zi bir fiziologik, psixologik nuqsonlarni bartaraf etishda ham yordam beradi.

Musiqa pedagogikasi yetuk olimlarining ta'kidlashlaricha xorda k uylashning qator foydali jihatlari mavjud:

• xorda kuylaydigan bolada, avvalo, ovoz imkoniyatlari, eshitish qobiliyati rivojlanib, chiroyli kuylashni o'rganadi va undan zavq oladi;

• o'z ovozini boshqa ovozlar bilan moslagan holda, garmoniyaga, ya'ni hamohanglikka erishishga intiladi;

• keyinchalik, u musiqa sohasida faoliyat yuritmasa ham, barcha ishda garmoniyaga, garmonik uyg'unlikka intiladi, mutanosiblikni qidiradi va yetishadi.

Mazkur muammolarni ilmiy tadqiqot mavzulari sifatida chuqur va tizimli o'rganish hamda bolalar vokal-xor milliy ijrochiligining uslublarini amaliyotga tadbiq etish bolalar milliy vokal-xor ijrochiligining Respublika musiqa madaniyatida o'zining yuqori o'rinlarini egallashga xizmat qiladi deb o'ylaymiz. Pedagog-kadrlar malakasini oshirish borasida ham muammolar mavjudligi, masalani tizimli ravishda amalga oshirish lozimligi tahlil etildi.

O'quv mashg'ulotlari amaliy tarzda olib borilishi asnosida, asosiy e'tibor ijrochilik mahoratiga qaratilishi tabiiy holat, lekin tanlangan asarning yaratilish tarixi, uning mualliflari hayoti va ijodiy faoliyati, turli xonandalar tomonidan ijro variantlarining o'ziga xosligi haqida berilishi lozim bo'lgan nazariy ma'lumotlar ham o'quvchining sohaga oid bilimini oshiradi.

107

Vokal-xor ijrochiligi yo'nalishida kadrlar tayyorlash, repertuar, jumladan milliy ruhdagi repertuarlar yaratish o'z yechimini kutayotgan muammolardan biridir. Shu xususida b olalar musiqa va san'at maktabining vokal ijrochiligi yo'nalishidagi repertuarlar tahlil qilinganda aksariyat asarlar mazmunan eskirganligi, milliy ruhdagi vatanparlik hissiyotlarni kuchaytirishga qaratilgan asarlar kam ekanligi aniqlandi.

Repertuar tanlashda o'quvchining ijro imkoniyatlari birlamchi bo'lib, pedagog tomonidan tavsiya etilayotgan asar o'quvchining ijro mahoratiga, yoshiga, ovoz turiga mos kelishi lozim. Bu borada pedagogning kompetensiyasi muhim bo'lib, mavjud repertuarni qayta ishlashi, unga zamon ruhini berishi, a'kapella janrida aranjirovka qilishi, sayqallashtirish ham o'z samarasiga egadir.

Makola muallifi, O'zDSMI "Vokal" kafedrasi mudiri, dotsent Saodat Muzafarova tomonidan 2013-yildan boshlab hozirgi kunga qadar 100 ga yaqin zamonaviy o'zbek va jahon estrada qo'shiqlarini xor va vokal ansambllari uchun moslashtirish borasida katta ijodiy ish olib borildi. Bu yangicha talqin bilan qo'rib chiqilgan asarlar bolalar va talabalar jamoa ijrochiligi repertuarini boyitish, yoshlarda ijrochilikning bu turiga qiziqishni yanada o'stirishga xizmat qilmoqda deb o'ylaymiz. Bu aranjirovka qilingan qo'shiqlar - xor uchun "Ko'chalar" (D.Zokirov musiqasi, T.To'la she'ri), "O'rik gullaganda" (M.Leviyev musiqasi, H.Olimjon she'ri), "Bir kam dunyo (Sh.Zokirov musiqasi, J.Hoshimov she'ri), "Jon O'zbekiston" A.Nazarov musiqasi, J.Jabborov she'ri), vokal ansambli uchun "Qaydasan" (I.Akbarov musiqasi, T.To'la she'ri), "Umid" (E.Salixov musiqasi, A.Muxtor she'ri), "Dilbarim" (A.Malaxov musiqasi, E.Vohidov she'ri), "Lola" (O.Nazarbekov musiqasi, Bobur g'azali) alohida o'ringa ega va talaba-yoshlar tomonidan sevib ijro etib kelinmoqda.

O'zDSMI "Vokal" kafedrasi jamoasi ham hozirgi kunda zamon talablariga hamohang innovatsion yangiliklarni milliy vokal-xor ijrochiligi ta'limi tizimiga tatbiq etish asosida sohani yanada rivojlantirish, yosh avlodga oltin meros sifatida xizmat qiluvchi ijro mahorati, ish uslublari va repertuar yaratish, darslik, o'quv qo'llanmalar, bolalar uchun musiqiy atamalar lug'atlarini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqdalar va o'ylaymizki, bu o'quv va metodik ishlarimiz yaqin kelajakda o'zining ijobiy natijalarini ko'rsatadi.

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan bolalar musiqa va san'at maktabining vokal ijrochiligi yo'nalishi o'quv jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan quyidagilarni tavsiya etish mumkin:

-bolalar musiqa va san'at maktabi axborot resurs markazi fondi uchun O'zbekiston davlat san'at va maaniyat instituti professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda yangi avlod adabiyotlarini yaratish;

-bolalar musiqa va san'at maktabidagi pedagoglar malakasini oshirish tizimini qaytadan ko'rib chiqish;

-bolalar musiqa va san'at maktabi ijtimoiy mavqei va kasbiy potensialni ko'tarish maqsadida ilmiy va faxriy unvonlarga ega bo'lgan mutaxassislar va institut professor -o'qituvchilari ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish;

-institut talabalarining malakaviy amaliyotini bolalar musiqa va san'at maktablarida tashkil etish.

Xulosa sifatida qayd etish lozimki, vokal-xor ijrochiligi yo'nalishi bo'yicha oliy ta'limda malakali kadrlarni tayyorlashning asosiy mezoni, bu ta'limning oldingi bosqichlariga, ya'ni bolalar musiqa va san'at maktabidagi mavjud vokal -xor ijrochiligi yo'nalishidagi o'quv

108

jarayoni sifatiga bog'liqdir. Shunday ekan, oliy ta'lim professor-o'qituvchilari bolalar musiqa va san'at maktabi bilan integrallashgan o'quv kurslarini tashkil etish lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-son qarori.

2. Краснощёков В. Вопросы хороведения. - Москва: Музыка, 1969. - 224 стр.

3. Gordon Lambconnexions. Choral Techniques. - Rice University, Houston, Texas. http://cnx.org/content/col11191/1.1/ >273-274.

4. Xо'jayeva M. Umumta'lim maktablarida musiqa о'qitish metodikasi. T.,2008 10 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.