Научная статья на тему 'О‘QUV JARAYONIDA VOKAL VA MUSIQIY ESHITISH QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH'

О‘QUV JARAYONIDA VOKAL VA MUSIQIY ESHITISH QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
699
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
musiqa / pedagogika / xonanda / vokal / ovoz apparati / kuylash / vokaliz / tovush / nafas / musiqiy eshitish / talaba / maqsad / vazifa. / music / pedagogy / singer / vocal / vocal apparatus / singing / vocalization / sound / breathing / listening to music / student / goal / task.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Alimbekova Oydin

Oliy ta’limning musiqapedagogika fakultetlari talabalarining xonandalik va musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun asosiy nazariy ishlanmalar umumlashtirilgan, Xonandatalaba ovozining о‘ziga xos fazilatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Xonandalik va musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirish bugungi kunda professional musiqa ta’limi tizimining dolzarb vazifasi ekanligi ta’kidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOP VOCAL AND MUSICAL LISTENING SKILLS IN THE LEARNING PROCESS

The main theoretical developments on the formation and development of singing and musical auditory skills among students of music and pedagogical faculties of higher educational institutions are summarized, special attention is paid to the development of specific qualities of the student's singing voice.It is emphasized that the formation of the ability to sing and listen to music is an urgent task of the system of professional music education today.

Текст научной работы на тему «О‘QUV JARAYONIDA VOKAL VA MUSIQIY ESHITISH QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH»

O'QUV JARAYONIDA VOKAL VA MUSIQIY ESHITISH QOBILIYATLARNI

SHAKLLANTIRISH Alimbekova Oydin

O'zDSMI Vokal kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6585076 Annotasiya. Oliy ta'limning musiqa -pedagogika fakultetlari talabalarining xonandalik va musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun asosiy nazariy ishlanmalar umumlashtirilgan, Xonanda - talaba ovozining о 'ziga xos fazilatlarini rivojlantirishga alohida e 'tibor beriladi. Xonandalik va musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirish bugungi kunda professional musiqa ta'limi tizimining dolzarb vazifasi ekanligi ta'kidlanadi.

Kalit so'zlar: musiqa, pedagogika, xonanda, vokal, ovoz apparati, kuylash, vokaliz, tovush, nafas, musiqiy eshitish, talaba, maqsad, vazifa.

РАЗВИВАТЬ НАВЫКИ ВОКАЛЬНОГО И МУЗЫКАЛЬНОГО СЛУХА В

ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ Аннотация. Обобщены основные теоретические разработки по формированию и развитию певческих и музыкальных слуховых навыков у студентов музыкальных и педагогических факультетов высших учебных заведений, особое внимание уделяется развитию спеsифических качеств певческо-студенческого голоса. Подчеркивается, что формирование умения пет и слушат музыку является актуальной задачей системы профессионального музыкального образования на сегодняшний день.

Ключевые слова: музыка, педагогика, певеs, вокал, голосовой аппарат, пение, вокализация, звук, дыхание, слушание музыки, ученик, цель, задача.

DEVELOP VOCAL AND MUSICAL LISTENING SKILLS IN THE LEARNING

PROCESS

Abstract. The main theoretical developments on the formation and development of singing and musical auditory skills among students of music and pedagogical faculties of higher educational institutions are summarized, special attention is paid to the development of specific qualities of the student's singing voice.It is emphasized that the formation of the ability to sing and listen to music is an urgent task of the system of professional music education today.

Keywords: music, pedagogy, singer, vocal, vocal apparatus, singing, vocalization, sound, breathing, listening to music, student, goal, task.

KIRISH

"Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o'zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan hayotbaxsh g'oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda."[1-1]

Musiqa - talabalarda estetik xissiyotlarni tarbiyalash orkali ularning ma'naviy, g'oyaviy va axlokiy dunyosini takomillashtirishda, oliyjanob fazilatlarni kamol toptirishda ta'sirchan vosita bo'lib xizmat qiladi. Qachonki pedagog talabalarning fikrlari va his tuygulariga e'tibor bergan holda ularning musiqiy, ijodiy qobilyatlarini rivojlantirsa, san'at asarini tushunish, sevish va qadrlashni o'rgatsa, fakat shundagina musikaning katta tarbiyaviy imkoniyatlari amalga oshadi.

Talabalarning kuylash va musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirish bugungi kunda musiqiy kasbiy ta'lim tizimining dolzarb vazifasidir.Musiqa ta'limi tizimini yangilanishi, yangi maqsad va vazifalar talabalardan o'quv bilim va ko'nikmalarini yanada ongli ravishda o'zlashtirishni talab qiladi,ular orasida vokal va musiqiy eshitish qobiliyati asosiy o'rinni egallaydi. Vokal pedagogik amaliyotni ilmiy asoslashga urinishlar qadimgi italyan maktabi mavjud bo'lgan vaqtdan beri uzoq vaqt davomida amalga oshirildi, biroq vokal metodologiyasiga oid ko'pchilik mahalliy va xorijiy ilmiy ishlarda qo'shiqchilik san'atining izchil ilmiy asoslangan nazariyasi berilmagan. Xonanda talabalarni rivojlantirish va tarbiyalash, ularning ijro mahoratini oshirish muammosiga bugungi kunda musiqashunoslik va pedagogikada katta e'tibor qaratilmoqda.Hozirgi kunda musiqa pedagogikasi talabalarning kuylash va musiqiy eshitish qobiliyatlari tizimini shakllantirish muammosini о'rganishda ma'lum yutuqlarga erishmoqda. Ilmiy adabiyotlarni tahlili talabalarning kuylash va musiqiy eshitish qobiliyatining ayrim masalalarini chuqur o'rganilganini va keyingi tadqiqotlar uchun tegishli nazariy tamoyillar mavjudligini ko'rsatadi. Shu bilan birga, ovoz postanovkasi va vokal mashg'ulotlarida o'quvchilarning ovoz va eshitish qobiliyatini rivojlantirish muammosi nazariy va amaliy jihatdan yetarlicha o'rganilmagan va ishlab chiqilmagan. Ovoz musiqiy eshitish qobiliyati bilan bevosita bog'liq, musiqiy eshitish qobiliyatisiz ovozni to'g'ri shakllantirish mumkin emas. Ovozning sifati sog'lom eshitish apparati holatiga bog'liq, xuddi eshitish apparati ovoz apparatining sog'lig'iga bog'liqdek: bu yerda aloqa ikki tomonlamadir - biri ikkinchisisiz mavjud bo'lolmaydi. Musiqiy eshitish - ovozning asosiy regulyatori. Musiqiy eshitish ovoz a'zolarining faoliyati, nutq, musiqa yoki qo'shiq tinglash orqali amalga oshiriladi, biz "ichimizda" va ba'zan ularni baland ovozda takrorlaymiz va shundan keyingina idrok qilamiz. Ovoz xosil qilishdan oldin uning kelajakdagi tovushini tasavvur qilishimiz kerak. Talabalarning ichki eshitish qobiliyatini tarbiyalash uchun ularga ongli intonasiyani o'rgatish muhimdir.Bunga notaga qarab kuylash, a kapella, ya'ni musiqiy cholg'u jo'rnavozligisiz kuylash (talabaning diqqatini jamlash) yordam beradi. Zamonaviy sharoitda xonanda - aktyorlarni tayyorlash san'at va madaniyat oliy o'quv yurtlarining teatr san'ati fakultetlarida olib boriladi, shu bilan birga kuylash va musiqiy eshitish qobiliyatini tarbiyalash nuqtai nazaridan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Davlat ta'lim standarti talablari asosida talabalar professional xonandalik ovoz hosil qilish va vokal metodikasi asoslarini bilish bilan birga ansamblda kuylash (duet, trio va h.k.) ko'nikmalarini ham egallaydi. TADQIQOT METODOLOGIYASI

Qo'shiqlar dasturi juda keng,ammo san'at oliy o'quv yurtlarining musiqa va san'at fakultetlariga umumiy musiqiy tayyorgarligi va ovoz qobiliyati turli darajadagi, eng muhimi, ovoz apparatining fiziologik yetukligi turlicha bo'lgan yoshlar keladi.Oliy o'quv yurtlarida o'quv jarayonini tashkil etish ta'lim va talabalarning mustaqil ishini individuallashtirishga asoslanadi.Ta'lim jarayonini amalga oshirish o'quvchilarning individual xususiyatlarini o'rganish va hisobga olish, o'qitishning faol shakllari va usullarini, yangi texnologiyalarni joriy etish,individual rejalar va o'quv dasturlarini ishlab chiqish asosida amalga oshiriladi. "Xonanda aktyorning kasbiy mahoratini oshirish vazifalarini amalga oshirishni vokal mahorati ustida ham, aktyorlik texnikasini va umuman shaxsni takomillashtirish bo'yicha doimiy, tinimsiz ishsiz tasavvur qilib bo'lmaydi". [4-3]

"Qo'shiq kuylash - bu avvalom bor musiqa. Ammo inson ovoz apparati noyob musiqiy asbobdir: tembrning boyligi va musiqiy nyuanslarni ifodalashning nozikligi bilan hech narsa

tenglasha olmaydi, eng muhimi bu gapiradigan asbobdir"(5-14).Xonanda talabaning ovozini shakllantirish va rivojlantirish uchun juda ko'p vaqt kerak bo'ladi. Kuylovchi talaba oliy o'quv yurtida tahsil olib, o'zi tanlagan san'at yo'nalishi bo'yicha professional faoliyat ko'rsatish imkoniyatini beruvchi shunday bilim va ko'nikmalarni egallaydi.Oliy ta'lim san'at muassasalarining o'quv jarayonining tashkiliy tuzilishi uchun ta'limni tashkil etishning individual shakllari alohida ahamiyatga ega. Bunday shakllar, V. Rajnikov fikriga ko'ra, talabalarning musiqiy qobiliyatlarni, individual xususiyatlarni va uning shaxsiy ma'lumotlarini, o'zining "badiiy va vokal salohiyatini" aniqlash va rivojlantirish uchun maqbul sharoitlarni yaratadi. Sinfda talabaning o'z tushunchasini yaratishga intilishi o'qituvchining harakatlaridan ko'ra ko'proq bo'lishi kerak.Bu darsning va butun jarayonning dinamikasidir. [6-106]

Xonanda aktyor-talaba tayyorlash tizimidagi maxsus fanlar o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ular individual ta'lim shaklidan iborat. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, ushbu darslarning mazmuni faqat maxsus bilim, ko'nikma va malakalarni (ijro, tarjima, improvizasiya, texnik )o'zlashtirishga qaratilgan faoliyat bilan cheklanmaydi. Vokal va musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirish vokal ta'limining birinchi kursidan boshlanadi. Talabaning vokal va musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirishda asosiy narsa tartibga solinadigan ichki tasvirni yaratish, u kuylamoqchi bo'lgan tovush haqidagi tushunchalar. "Pedagogning javobgarligi nihoyatda katta, negaki talaba taqdiri ko'p jihatdan unga bog'liq. To'g'ri yoki noto'g'ri yo'nalish berish pedagogga bog'liq bo'lajak natija aynan shunda ko'rinadi". [6-81] Pedagogning birinchi vazifasi talabani to'g'ri ovozni shakllanishini tasavvur qilish uchun talablarning to'g'riligiga ishontirishdir. Shu sababli, talaba tomondan o'qituvchiga to'liq ishonch kerak, ayniqsa, birinchi bosqichlarda, talabaning tovushni eshitishi o'z-o'zini nazorat qilish uchun hali yetarli darajada rivojlanmagan va uning ichki ovozli tasviri ovozning haqiqiy tovushiga mos kelmaydi. Talaba umumiy bilimlardan tash qari, vokal sinfida individual darslarda ko'nikmalarga ega bo'ladi. Aynan individual darslarda ovoz nihoyat shakllanadi: ko'nikma va qobiliyatlar, bo'lajak xonandaning o'ziga xosligi, didi va boshqalar.

TADQIQOT NATIJALARI

Ko'nikma uzoq mehnat natijasida yuzaga keladi va buning uchun sabr-toqat va qat'iyatlilik kerak bo'ladi.Talaba birinchi navbatda alohida tovushlarni to'g'ri gapirish va kuylashni , oddiy vokal mashqlarni, oddiy asarlarni o'rganishi kerak va shundan keyingina ovoz apparati va uning malakasi takomillashib, repertuarni asta-sekin murakkablashtirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Ovozni to'g'ri shakllantirish uchun, odatda, vokal darsida alohida maqsad va vazifalar ustida ishlanadi. Alohida mushak texnikasi ko'rinishida, masalan, nafas olish, og'izni ochish, esnash qobiliyati va boshqalar o'zlashtiriladi. Alohida-alohida amalga oshiriladigan barcha qisman mayda vazifalar, keyin yaxlit muvofiqlashtirishga birlashtirilishi kerak. Bular kelajakdagi umumiy mahoratning bir qismidir. Vokal diksiyasi ustida ishlashni birinchi darslardanoq boshlash kerak. Diksiyani rivojlantirishning eng yaxshi vositalaridan biri bu solfedjio, maqollardan foydalangan holda artikulyasiya-matn mashqlari, tilni burish va she'r o'qishdir.Bunday mashqlar tildagi kamchiliklarni tuzatishga va diksiyaning turli stavkalarini o'zlashtirishga yordam beradi. Ovozni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biri talabani o'zini o'zi boshqarishni o'rgatishdir. O'zini to'g'ri nazorat qilishni tarbiyalash har doim mashg'ulotlar davomida mashq qilinishi kerak va bu nazorat tuyg'usi ustun bo'lib qolmasligi va vokal mashg'ulotlarini texnik mashqlarga aylantirmasligi uchun buni juda yumshoq, beparvo qilish

kerak. Talabani boshidanoq uning qo'shiq aytishiga, ovozli xotira va eshitishda qayd etilishi kerak bo'lgan tebranish, mushak, turli jismoniy va intellektual his-tuyg'ularini kuzatishga o'rgatish kerak. Talaba o'z qo'shiqchiligiga baho berishni, kamchiliklarni tuzatishni o'rganishi kerak. Ovoz hosil bo'lish paytidagi harakatlarning umumiy majmuasidan tovush hujumi aniq farqlanadi. Ovoz chiqarganda uni eshitish, rezonator, nafas olish va boshqa sezgilar yordamida boshqarish oson. Qismlar ustida ishlash o'z-o'zidan maqsad bo'lib qolmasligi kerak. Talabani vokal va musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirish jarayonini shartli ravishda uch bosqichga bo'lish mumkin. Birinchi bosqich - ovoz apparatining to'g'ri ovoz faolligini, ba'zi unlilarda va ovoz diapazonining cheklangan qismida to'g'ri tovush hosil bo'lishini topish. Ikkinchi bosqich -vokal va musiqiy eshitish qobiliyatlarini saqlash va takomillashtirish, har xil turdagi tovush yo'naltirishni o'zlashtirish, ovoz apparatining to'g'ri tamoyillarini butun diapazonga o'tkazish. Uchinchi bosqich - avtomatlashtirish, silliqlash va ish uchun ko'plab variantlarni topish. Bu avtomatizmga olib keladigan to'g'ri tovush hosil qilinishi va yo'naltirilishi bosqichi, ovoz apparatining to'liq "erkinligi" va ovozni to'g'ri tovush yo'naltirilishi chegarasida o'zgartirish qobiliyatidir. Qo'shiq aytishni o'rgatish tushuntirishlar bilan boshlanadi: nafas olish, tovush xujumi, tovush hosil qilish va hokazo. Shunda talaba nima qilishi kerakligi haqida ma'lum bir tajriba yoki g'oyaga ega bo'ladi. Bularning barchasi tovush tasvirini shakllanishi uchun muhimdir. Bu davrda talaba o'z-o'zini nazorat qilish qobiliyati yetarlicha rivojlanmaganligi sababli, o'qituvchi kuylab tushuntirishi alohida ahamiyatga ega. Keling, vokal va musiqiy eshitish qobiliyatlarini shakllantirish bosqichlariga alohida to'xtalib o'tamiz va ularni rivojlantirishning oqilona metodologiyasini belgilashi kerak bo'lgan xarakterli xususiyatlarni qayd etamiz. Birinchi bosqich shunday o'rganish davrini o'z ichiga oladi: aniq vazifani bajarishga urinishlardan uni to'g'ri bajarishgacha, ya'ni ovoz apparati organlarining nisbatan yaxshi muvofiqlashtirilgan ishiga qadar.Boshqa hollarda bo'lgani kabi, dastlab organlar va mushak guruhlarining muvofiqlashtirilmagan ishi tufayli hamma narsa juda nomukammal, taxminiy, noqulay bo'ladi. Bu harakatni amalga oshirish uchun unda ishtirok etmasligi kerak bo'lgan mushaklarning ishtirok etishi bilan izohlanadi, lekin ovoz apparatining irodaga bo'ysunmagan organlari yangi funksiyaga xali ham moslasha olmagan bo'ladi. Ushbu bosqichning xarakterli xususiyatlari: qo'shimcha harakatlar, yetarli darajada bo'lmagan mustahkamlik. Topshiriqning bir qismini bajarishga urinib, talaba boshqalarga e'tibor bermaydi (masalan, nafasini kuzatib, pastki jag'ini tushirishni unutadi va hokazo). Birinchi bosqich eng mas'uliyatli bosqichlardan biridir, chunki noto'g'ri shakllangan vokal va musiqiy eshitish qobiliyatlari takrorlash paytida mustahkamlanadi, stereotipga aylanadi va kelajakda ulardan xalos bo'lish qiyin kechadi. Bunday tajribalar asab tizimi uchun har doim qiyin. Birinchi kurs talabalarining aksariyati institutga yaxshi shakllangan vokal va eshitish qobiliyatlari bilan keladi. Bu talabalar to'garaklarga (vokal, ansambllarda, xorlarda kuylash) qatnashgan yoki tabiatdan shunday bo'lishimumkin. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, bu talabalarning aksariyati ushbu ko'nikmalarni, ba'zan esa to'liq o'zgartirishlari, ovoz imkoniyatlarini yanada ko'proq rivojlantirishi kerak bo'ladi. Qiyinchilik shundaki, talabalar ba'zan ularga yengil repertuar nima uchun berilganligini nima uchun ular ko'p vaqtlarini ovoz sozlash mashqlari va vokalizlarga bag'ishlaganlarini tushunmaydilar, ular darhol to'g'ridan- to'g'ri qiyin va katta qo'shiqlar kuylashni xoxlaydilar. Va faqat bir muncha vaqt o'tgach, o'qituvchi nima uchun bunday qilganligini tushunishadi. Shuning uchun qayta tayyorlashdan ko'ra o'rgatish osonroq. Ovoz

postanovkasi darslarning dastlabki bosqichida talabaning nafas olishini kuzatish kerak. Darsda talabalar ikkita nafas olish muammosiga duch kelishadi - sekin va majburiy nafas olish. Sust nafas bilan , qo'shiq nafasini tayanchini yaratish uchun yetarli kuchi bo'lmaydi, chunki, diafragma va qorin mushaklari rivojlanmagan bo'ladi. Tayanchni sezmaganligi uchun talaba ongsiz ravishda tomoq mushaklarini chirantirib siqib chiqazishga urinadi, shu yo'l bilan tovush yetishmovchiligini qoplamoqchi bo'ladi va shu bilan u ovoz paychalariga zarar yetkazib qo'yishi mumkin bo'ladi. Talabaning ikkinchi xatosi bu, majburiy, haddan tashqari ortiqcha bosimli nafas olib kuylash. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun nafas olishda erkinlik va bir xillikka erishish kerak.Talabaga sportchilar kabi muntazam ravishda mushaklarni mashq qilish orqali muammoni bartaraf qilishni o'rgatish lozim. Vokalchining nafas olishi oddiy nafas olishdan qisqa o'tkir nafas olish va uzoq nafas chiqazish, shuningdek, jarayonning boshqarilishi bilan farq qiladi. Odatda, biror kishi ongsiz, "avtomatik" ravishda nafas oladi, qo'shiqchi esa diafragma va press mushaklarini nazorat qilib nafasni boshqaradi. Sabab? Chiqayotgan kuylayotganda nafasni teng taqsimlash va uzoqroq nafas olish uchun. Vokal san'atining hozirgi kungacha bo'lgan butun tarixi shuni ko'rsatadiki, har qanday nafas turi yordamida professional ovozga erishish mumkin. Nafas olishning qo'shiq turi har bir xonanda uchun vokal apparatining qulayligi va individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohida tanlanadi. Shuningdek, nafas olish turi qo'shiq kuylash uslubiga yoki xonanda tomonidan bajarilgan ishlarga bog'liqdir. Lirik asarlar shaffofroq tovushga intiladi, ya'ni bu yerda ko'krak nafas turidan foydalanish o'rinli bo'ladi, ammo ovozning to'liqligi va kuchini talab qiladigan dramatik asarlar, ehtimol , qorin nafas yordamida ijro etiladi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, zamonaviy san'atdagi qo'shiqchilar ko'pincha aralash tipdagi nafasdan foydalanadilar. Eng muhimi, nafas olish va tovushni muvofiqlashtirish shartini bajarish, nafas olish asta- sekin, sakrash va silkinishlarsiz o'tkazilishi kerak. Nafas olish ustida ishlagandan keyingina qo'shiq aytishga o'tish kerak. Qo'shiq aytishda ham "qo'shiq" ham "maxsus" mashqlar qo'llaniladi. Har bir bo'g'inda faqat ikkita tovush aytiladigan qo'shiqlardan boshlash tavsiya etiladi. Keyinchalik tovushlarni bittaga ko'paytirib borish mumkin. Ovoz sozlash mashqlari orqali talabaning diqqatini jamlab, pardalarni past balandligini eshitish qobiliyatini rivojlantiradi, vokal apparatini tayyorlaydi. Aynan mashqlar yordamida vokal texnikasi va maxoratini egallash mumkin. Ba'zi mashqlar har bir darsda yangilanadi, boshqalari qo'shiq kuylash mahoratini avtomatlashtirish vositasi sifatida muntazam ravishda takrorlanadi. Mashqlarni tanlash aniq vokal, texnik va ijro vazifalariga bog'liq, har bir mashq muayyan vazifani bajarishi kerak. Shuni esda tutish kerakki, mashqlar ovoz chiqarish uchun "yordamchi" material emas, balki ijrochining ashula vositalarini o'zlashtirishning kalitidir. Vokal va texnik malakalarni shakllantirishda tovush fonasiyasining boshlanishi katta ahamiyatga ega. Birinchi darslardanoq talabaning e'tiborini tovushning boshlanishiga, ya'ni nafas olish, nafasni ushlab turish va hokazolarga qaratish kerak. Har bir keyingi bosqich avvalgisidan ko'ra qiyinroq bo'lishi va unga asoslanishi kerak. Har bir vazifa qiyinroq bo'lishi yoki talaba qanday qilishni biladigan yangi versiyasi bo'lishi kerak. Qo'shiq ovozini rivojlantirishning dastlabki bosqichi talaba uchun eng qiyin, shuning uchun vaqt talab etadi.

MUHOKAMA

Vokal va musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirishning keyingi bosqichi -takomillashtirish bosqichi. Asosiy koordinasiyalar allaqachon topilgan, ammo ular hali ham yetarlicha aniq emas, diapazonning cheklangan qismida, barcha unlilarda emas, ular so'zda

SS

gavdalanmaydi. Ularni bajarish talabaning e'tiborini talab qiladi. Ushbu bosqichda talaba yaxshi joylashtirilgan ovozning ovoziga mos keladigan eng yaxshi akustik sifatlarni shakllantirish uchun harakatni (minimal energiya sarflagan holda) to'g'ri taqsimlay oladi. Tabiatan kuchli ovozga ega bo'lmagan va mashqlar yordamida kerakli natijaga erishganlar, bu muhim bosqich ekanligini bilishadi, bunda kamroq kuch sarflanadi va ovoz yanada jo'shqin va yaxshi boshqariladi. Ushbu bosqichning asosiy xususiyati, kuylayotganda turli to'sqinliklarni bartaraf etish uchun aniqlangan aloqani rivojlantirish, buning natijasida to'g'ri tovush hosil qilish jarayoniga to'sqinlik qiladigan hamma narsa bartaraf etiladi. Keyingi darslarda shakllangan vokal va musiqiy eshitish qobiliyatni saqlab qolishga alohida e'tibor berish kerak. Ushbu bosqichda o'qituvchining doimiy ko'rsatmalari, to'g'ri tovush hosil qilish sifatiga erishish, qo'llanilishi kerak bo'lgan usullarni o'zlashtirish zarur. Vokal-eshitish qobiliyatlarini aniqlash va ularni avtomatlashtirish bosqichi miyada dinamik stereotiplarning kuchayishiga mos keladi. Bu bosqichda ko'nikmalar oson, silliq, erkin, ko'p e'tibor talab qilmasdan bajariladi. Ovoz barcha kerakli fazilatlarga ega, u butun diapazonda bir tekis va erkin eshitiladi, bu talabaga asosiy e'tiborni qo'shiqni qo'shiq mazmuniga xotirjam o'tkazishga imkon beradi. Asab tizimining funksionalligi asta-sekin kengayib boradi, tizimli mashg'ulotlar natijasida kerakli harakat yoki tovushga erishiladi. Talaba, ta'bir joiz bo'lsa, professional tovush chegarasidan chiqmay, o'z ovozi bilan "o'ynaydi". Dastlabki bosqichlarda ma'lum bir monoton tovushga, dinamik va tembr nyuanslarining kamtarligiga, so'zning ekspressivligi talablariga dosh berish kerak. Ko'rib chiqilayotgan bosqichda e'tibor deyarli to'liq vazifalarni bajarishga qaratilishi mumkinligi sababli, o'qituvchi darslar uchun turli xil ovozli yetakchi qo'shiqchilarning murakkabroq musiqiy materialidan foydalanishi mumkin.

XULOSA

Musiqiy ijrochilik talablari talabani kerakli ko'nikmalarni topishga majbur qiladi, bu esa dinamik va tembr ovoz imkoniyatlarini rivojlanishiga olib keladi. Shunday qilib, vokal va eshitish qobiliyatini rivojlantirish va shakllantirish muammosi har doim vokal o'qituvchilari oldida turgan, nazariyani va o'qitish usullarini takomillashtirish masalalari doimo dolzarb bo'lib qoladi. Ular doimiy ravishda amaliyotchi - pedagog va tadqiqotchilarning diqqat markazida bo'ladi. Ularni hal etishning hozirgi bosqichdagi ahamiyati ham umumiy tarzda ta'kidlangan. Vokal-eshitish qobiliyatini rivojlantirish jarayoni murakkab va ko'p vaqtni talab qiladi. Vokal va eshitish qobiliyatini shakllantirish o'qituvchi oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Xonanda - talabaning kasbiy mahorati, uning ijodiy kamoloti va kelajagi ana shunday mahoratlarni o'zlashtirishga bog'liq.

Adabiyotlar

1. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori -2021/26/03-1b

2. Mirziyoyev Sh.M.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. 2017-yil

3. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda quramiz.2017-yil

4. Polyanskiy K.A. Aktualniye problemi professionalnogo stanovleniya pevsa-aktera // Pedagogika iskusstva. 2012. - 3 b.

5. VP. Morozov "Vokalniy slux i golos". Iz-vo "Muzika", M.1965 -14 b.

6. Rajnikov V.G. "Dialogi o muzikalnoy pedagogike". Klassika-XXL-2017-106 b.

7. Razzoqova M. Akademik xonandalik asoslariga kirish. Toshkent- "Sharq" -2015

8. Pirmatov SH. Vokal texnikasi asoslari.Toshkent - Turon.2011 - 81b.

9. Dmitriyev L.B. «Osnovi vokalnoy metodiki».Moskva, 1970

10. S.P. Yudin "Formirovaniye golosa pevsa". Iz-vo "Muzgiz", 1962

11. Verbov A. M. V 31 Texnika postanovki golosa: Uchebnoye posobiye. — 3-ye "Planeta muziki" 2017 — (Uchebniki dlya vuzov. Spesialnaya literatura).

12. Rudneva T.I., Levchenko V.V., Solovova N.V., Strekalova N.B. Metodologicheskie podhody k issledovaniyu problem v oblasti professional'noj pedagogiki. Samara,2013.

13. Khoffmann A.E. Fenomen bel'kanto pervoy poloviny XIX veka: kompozitorskoe tvorchestvo, ispolnitel'skoe iskusstvo i vokal'naya pedagogika Moskva, 2008.

14. Cladkopeves R.V. Razvitiye xudojestvenno-tvorcheskogo potensiala vokalistov v VUZax kulturi i iskusstva: aftoref.dis. Moskva-2008

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.