INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© X.B. Norbo'tayev1^, © G.Z. Muhammadiyeva2^_
1Termiz Davlat Pedagogika Instituti, Termiz, O'zbekiston 2Termiz Davlat Pedagogika Instituti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish mazmuni, o'qitishning ilmiy-metodik ko'lamini kengaytirish mazmuni zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanib bayon qilingan.
MAQSAD: o'quvchilarning ekologik madaniyatini, ekologik tafakkuri, ularning dunyoqarashi, hatti - harakati, umumiy madaniyati, tabiiy fanlarni o'qitishda atrof - muhit muhofazasi, kreativlik mazmuni, shakllari, o'qitish metodlari, yo'llari, imkoniyatlari va vositalarini maqsadga muvofiq holda ishlab chiqish, boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish imkoniyatlarini aniqlash.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, ijtimoiy-psixologik so'rovnoma, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasi faktorli tahlil orqali tasdiqlandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: o'quvchilar ekologik tafakkurini rivojlantirish o'quvchilarning faktlarni tahlil qilishlari, hodisa va jarayonlarni o'rganishda bog'lanishlar mexanizimini yaratish, insoniy qadriyatlarning kelib chiqishini madaniyat, jamiyat, uning institutlari va shaxsda kuzatilishi, maqsadli va vositali qadriyatlarning korrelyatsion tahlili, ta'lim va tarbiya jarayonida ijobiy munosabat mezonlarini kiritish asosida rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
XULOSA: bolalik davri inson hayotining ilk betashvish bosqichi hisoblanadi. Bolalar atrof-muhit va unda ro'y berayotgan hodisalarni anglashga hissiy yondashadilar. Buning natijasida ularda, asta-sekin hodisalar mohiyatini ifodalovchi shaxsiy qarash, sifat va mustaqil munosabat shakllanib, ularning ruhiyatida saqlanib qoladi.
Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, tabiat, jamiyat, inson, tabiiy fanlar, ekologiya, madaniyat, tafakkur, kreativ, tushunchalar, ko'nikma, malaka, kompetensiya, mashg'ulot, atrof-muhit, fanlararo aloqadorlik, muammo, tushuncha, ekologik madaniyat, o'quvchilar, yondashuv, o'quvchi, estetik hissiyot, takomillashtirish, ko'rgazmalilik, shakllantirish.
Iqtibos uchun: Norbo'tayev X.B., Muhammadiyeva G.Z. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish texnologiyasi // Inter education & global study. 2024. №5. B.329-340.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ТЕХНОЛОГИЯ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ КРЕАТИВНОГО ПОДХОДА В ФОРМИРОВАНИИ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ_
© Х. Б. Норботаев1Н, © Г.З. Мухаммадиева1Н
1Термезский государственный педагогический институт, Термез, Узбекистан 2Термезский государственный педагогический институт, Термез, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье описано содержание совершенствования креативного подхода в формировании экологической культуры у учащихся начальных классов, расширение научно-методического масштаба обучения с использованием современных образовательных технологий.
ЦЕЛЬ: развитие экологической культуры, экологического мышления, мировоззрения, поведения и общей культуры учащихся, разработка методов, способов, возможностей и инструментов обучения естественным наукам, охране окружающей среды и креативности соответствующим образом, а также выявление возможностей совершенствования креативного подхода в формировании экологической культуры у учащихся начальных классов.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования использовались методы интервью, социо-психологического опроса и наблюдения, а статистическая надежность полученных результатов была подтверждена факторным анализом.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: разработаны рекомендации и предложения по созданию механизмов для учащихся по анализу фактов, изучению событий и процессов, прослеживанию истоков человеческих ценностей через культуру, общество, его институты и индивидов, и введению критериев положительных отношений в образовательный процесс для развития экологического мышления учащихся.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: детство считается первым беззаботным этапом жизни человека. Дети эмоционально подходят к пониманию окружающей среды и происходящих в ней событий. В результате у них постепенно развиваются личные взгляды, качества и независимые отношения, которые выражают суть событий и сохраняются в их психике.
Ключевые слова: начальная школа, природа, общество, человек, естественные науки, экология, культура, мышление, креативность, понятия, навыки, компетентность, урок, окружающая среда, междисциплинарные связи, проблема, понятие, экологическая культура, учащиеся, подход, ученик, эстетические чувства, совершенствование, наглядность, формирование.
Для цитирования: Норботаев Х.Б., Мухаммадиева Г.З. Технология совершенствования креативного подхода в формировании экологической
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №5
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
культуры у учащихся начальных классов // Inter education & global study. 2024. №5. С. 329-340.
TECHNOLOGY FOR IMPROVING CREATIVE APPROACHES IN FORMING ECOLOGICAL CULTURE AMONG PRIMARY SCHOOL STUDENTS_
© Xo'shboq B. Norbo'tayev1®, © Gulnoza Z. Muhammadiyeva2® 1Termiz State Pedagogical Institute, Termiz, Uzbekistan
1Termiz State Pedagogical Institute, Termiz, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: this article describes the content of improving creative approaches in forming ecological culture among primary school students, expanding the scope of scientific and methodological teaching by using modern educational technologies.
AIM: to develop the ecological culture, ecological thinking, worldview, behavior, and general culture of students, to devise methods, ways, opportunities, and tools for teaching natural sciences, environmental protection, and creativity in an appropriate manner, and to identify opportunities for improving creative approaches in forming ecological culture among primary school students.
MATERIALS AND METHODS: in the research process, methods such as interviews, socio-psychological surveys, and observations were used, and the statistical reliability of the obtained results was confirmed through factor analysis.
DISCUSSION AND RESULTS: recommendations and suggestions have been developed for creating mechanisms for students to analyze facts, study events and processes, trace the origins of human values through culture, society, its institutions, and individuals, and introduce criteria for positive relationships in the educational process to develop students' ecological thinking.
CONCLUSION: childhood is considered the first carefree phase of human life. Children emotionally approach understanding the environment and events occurring in it. As a result, they gradually develop personal views, qualities, and independent attitudes that express the essence of events, which remain in their psyche.
Key words: primary school, nature, society, human, natural sciences, ecology, culture, thinking, creativity, concepts, skills, competence, lesson, environment, interdisciplinary connections, problem, concept, ecological culture, students, approach, student, aesthetic feelings, improvement, visual aids, formation.
For citation: Xo'shboq B. Norbo'tayev, Gulnoza Z. Muhammadiyeva (2024) 'Technology for improving creative approaches in forming ecological culture among primary school students', Inter education & global study, (5), pp. 329-340. (In Uzbek).
Bugungi kunda tabiatni muhofaza qilish jahon hamjamiyatining umumiy global muammosiga aylandi. Jumladan, o'tgan davr mobaynida dunyo jamiyat hayotining
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
barcha sohalarini isloh qilish barobarida, insonlarga ekologik barqaror hayot sharoitini yaratish har bir davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Shu munosabat bilan umumbashariy va mintaqaviy ekologik xavf, uning kelib chiqish sabablari, inson va tabiat, jamiyat va tabiat orasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish, ekologik halokatga yo'l qo'ymaslik hozirgi kunning muhim muammolaridan hisoblanadi.
Jahonda tabiatni ekologik mantiqiy ya'ni tushuncha nuqtai nazaridan o'zlashtirish qadriyatlarning mazmunini belgilaydigan mezonga aylanadi. Ayni paytda ekologik inqiroz va halokatlar oldini olishning tarixiy zaruriyati bu qarashlarni nazariy ong darajasiga ko'tardi. Ayniqsa, tabiatga antropogen va texnogen ta'sirning kuchayishi bilan ekologik madaniyatni rivojlantirishning obyektiv zaruriyati yuzaga keldi. Har qanday tarixiy davr rivojlanishining ichki harakatlantiruvchi mexanizmi tabiat va jamiyat o'rtasidagi ziddiyatlarga bog'liq bo'lgan. Bu ziddiyatlarning hal qilish vositalari ijtimoiy ongning turli shakllarini xususan, ekologiyaga oid tushunchalarni kreativ yondashuv asosida takomillashtirish, axborot ta'lim muhiti sharoitida rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda [1].
Jumladan, ekologik muammolar echimi tabiat va jamiyat majmuasining ichki mutanosibligi, biosfera muvozanati insonning tabiatga nisbatan ijtimoiy ekologik tushunchalarni shakllantirish asosida axloqiy-madaniy mazmunga ega bo'lishi mumkin. Ekologik tushuncha insoniyatning tarixiy rivojlanish jarayonida tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan nazariy-ilmiy g'oyalarning majmuasi bo'lmasdan, ma'lum jamiyatda yashayotgan shaxslarning ruhiy holatlari, hissiyotlari, kayfiyatlari va intilishlarini ham qamrab ekologiya maqsad-manfaatlari doirasida mushtarakligini ifodalaydi.
Tabiatni ekologik mantiqiy ya'ni tushuncha nuqtai nazaridan o'zlashtirish hissiyoti, tafakkuri va axloqiy qadriyatlar mazmunini belgilaydigan mezonga aylanadi. Ayni paytda ekologik inqiroz va halokat oldini olishning tarixiy zaruriyati bu qarashlarni nazariy ong darajasiga ko'tardi.
Atrof-muhitga jiddiy munosabatlarning poydevori, asosan uzluksiz ta'limning asosiy bo'g'ini hisoblangan boshlang'ich ta'limda o'rgatiladi. Shuning uchun ekologik ta'limning natijasi maktab ta'limining birinchi bosqichiga bog'liq. Jumladan, psixologik-pedagogik tadqiqot ishlari kichik yoshdagi o'quvchilarning bilish faoliyatlari cheklanganligi haqida ilgarigi tushunchalarni ko'rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlang'ich ta'limning barcha tarkibiy qismlarini o'zgartirish va yangilashga asos yaratadi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va darsning didaktik talablarga mos keladigan, maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasi. Ta'kidlash joizki, tabiatga ekologik madaniy munosabat stixiyali tarzda vujudga keladigan hodisa emas. Insonning tabiatga nisbatan moddiy munosabati ma'naviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida insonni o'rab turgan ijtimoiy-madaniy muhit ta'siridagi ekologik merosning tarixiy rivojlanish jarayoni natijasidir.
Ekologiya fanini rovojlantirish, tabiatni muhofaza qilishga doir amalga oshirilayotgan ishlar hozirgi kunda ham davom etayapti. Jumladan, G.Z.Abdullayeva o'z tadqiqot ishlarida ekologik ongga ekologik ijtimoiy munosabatlarning in'ikosi sifatida baho beradi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Ekologik ongning idarajalari ekologik munosabatlarning rivojlanish xususiyatlariga mos keladi. Lekin o'z navbatida ekologik munosabatlar ham ekologik ongning "Moddiylashuvi" jarayonidir, bu bir tomondan. Ikkinchi tomondan, ekologik ong ekologik munosabatlarning obyektiv va subyektiv mavjudlik shart-sharoitlarini ham aks ettiradi [3].
Shu bois ekologik ong, ekologik madaniyat, ekologik munosabat bog'lanishlarini sabab-oqibat tarzida qarash maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, ekologik ongning rivojlanishi ekologik munosabatning nofaol in'ikosi bo'lmasdan, balki shu munosabatlarni tavsiflovchi manbaga, mexanizmga bog'liq, ya'ni ekologik ehtiyojlarga borib taqaladi. Bunda ekologik madaniyat ekologik ehtiyojlarni qondirishning texnologik jarayoni sifatida qaralmog'i kerak.
H.Bozorovaning tadqiqot ishi talabalarda ekologik madaniyatni shallantirishning ilmiy-pedagogik asoslariga bag'ishlangan bo'lib, unda ekologik madaniyatga quyidagicha ta'rif beradi:
Ekologik madaniyat-bu tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo'llay bilish faoliyati, atrof-muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko'rsatkichi, ongli va mas'uliyatli yondashuv. Unda tabiat bilan inson o'rtasida o'zaro oqilona mas'uliyatli munosabat tarkib topadi. Shuningdek, ekologik madaniyatning asosiy tarkibiy qismini ekologik ong tashkil etadi. Ekologik ong inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro aloqalarni ifodalovchi bilim, tushuncha, tasavvur, munosabat, harakatlar majmui deb ta'kidlaydi [6].
N.Nishonovaning ilmiy-tadqiqot ishida ekologik madaniyatga: "Ekologik madaniyat-bu tabiatni muhofaza qilish, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, ekologik his -tuyg'ularning shakllanishi, faol hayotiy nuqtai nazarda turish, ekologik bilimga ega bo'lishdan iborat" deb ta'rif beradi va uning shakllanish mexanizmini ekologik bilim, ekologik ong, ekologik his -tuyg'u, ekologik e'tiqod, ko'nikma, malaka va nihoyat ekologik faoliyat tarzida ko'rsatadi [15].
Sh.Avezovning ilmiy-tadqiqot ishida o'quvchilarning o'lkashunoslik faoliyatini tashkil etish jarayonida ekologik ta'lim-tarbiya mazmuni bo'lib, unda asosiy e'tibor o'quvchilardagi ekologik madaniyat tushunchasining nazariy sharhlanishi va uning o'lkashunoslik ishlari jarayonida shakllantirilishiga qaratilganligi ta'kidlab o'tilgan [4].
N.Ashurovaning ta'kidlashicha, "Ekologik madaniyat" tushunchasi kishilarning tabiatga munosabat darajasini tavsiflaydi. Ekologik madaniyatli kishi tabiatga, atrof-muhitga o'z tuqqan onasidek munosabatda bo'ladi. Shuningdek, tabiatni o'z uyidek ko'radi, uni doimo e'zozlab, toza, musaffo holatda saqlashga harakat qiladi [5].
E.O.Turdiqulovning ilmiy-tadqiqot ishlarida tabiiy o'quv fanlarini o'qitishda o'quvchilarga ekologik ta'lim berishning mazmuni, uni o'rganishning shakl va metodlari, shuningdek, tabiiy fanlarning o'zaro aloqadorligi asosida ularning ekologik mazmuni xususida so'z yuritilgan [8].
N.J.Isaqulovaning tadqiqot ishlarida boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik tarbiyaga oid tushunchalarni shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslarida kichik maktab
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
yoshidagi o'quvchilarni atrof-muhitga ehtiyotkor va g'amxo'r bo'lishga, ekologik tafakkurni taraqqiy ettirishga o'rgatish jarayonlari tahlil etilgan [11].
Mavjud tadqiqot ishlarida, asosan, o'quvchilarga ekologik ta'lim-tarbiya berish, ekologik madaniyatni shakllantirishning maqsadi, mazmuni, vazifalari, shakl, metod va vositalari, shuningdek, insonning tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabati, ekologik madaniyati, shaxsiy va ijtimoiy qiziqishlarining o'zaro aloqadorligi, istiqboldagi ekologik andoza asosida mavjud vaziyatlar o'rganilgan.
Shuningdek, boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirishda, taqqoslash, sintez qilish, abstraktlash, umumlashtirish va xulosa qilish singari hayoliy jarayonlar kreativlik mahsuli hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan yondashadigan bo'lsak, o'qitish tizimini modernizatsiyalash, pedagogik faoliyat samaradorligini ta'minlashning asosiy shartlaridan biri-boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativ yondashuvni takomillashtirishdan iborat [12].
Kreativlik tushunchasi (lot, ing. "create"-yaratish, "creative"-yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma'nosini anglatadi. Haqiqatdan esa yangi, (o'ziga xos) yanada sayqallangan moddiy va ma'naviy bog'liqliklarni yaratishdir.
Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o'ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish nuqtai nazaridan qaralsa, hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug'atlariga asoslanib o'qituvchining kreativligi deb uning fikrlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta'riflash mumkin [13].
Kreativlik ijodiy fikrlash qobiliyati sifatida ko'pincha qobiliyatning muhim ko'rsatkichi darajasida qabul qilinadi. Hozirgi vaqtda aksariyat o'quvchilarda ijodkorlikni qanday tan olish kerakligi va hatto ijodkorlik mavjudligi haqida umumiy qabul qilingan ko'rsatmalar atroflicha takomillashmagan. Masalan, kimdir matematik muammolarni shakllantirish va hal qilishda juda ijodiy va original bo'lishi mumkin, ammo yozuvchi bo'lolmaydi. Bundan tashqari, kimdir bir yoki bir nechta sohada ijodiy bo'lishi mumkin, lekin faqat hayotining muayyan davrlarida [18].
Hozirgi vaqtda taklif etilayotgan o'quv dasturlariga ijodiy yondashish, shuningdek, o'quvchilar salohiyatini rivojlantirishga e'tibor qaratish zarur. Zamonaviy jarayon o'quvchilarning individual xususiyatlarini, ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olishi kerak. Iqtidorli o'quvchi nafaqat ko'rish, balki o'ziga ishonishga, o'z ahamiyatini anglashga, qiziq savollarga mustaqil ravishda javob berishga, o'z-o'zini anglash jarayoniga hissa qo'shishga yordam berishi kerak [13].
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda kreativ yondashuv jarayoni uning ijodiy faoliyatida paydo bo'ladi va rivojlanadi. Kreativlik o'quvchining ijodiy faoliyatida ijodiy intilishi, ijodiy qobiliyati, kreativ maqsadi, yo'nalishi va o'zini boshqara olishida ko'rinadi. Uni o'zini faolligi, o'z-o'zini boshqara olishi bilan etuk rivojlanayotgan shaxsga aylanayotganini bildiradi.
Kreativlik-bu elementlarning o'zaro bog'liq qobiliyatlarni tizimlashtirib turadigan integrativ jarayon. Shuningdek, ijodiy kreativlik-bu xayolot, uyushqoqlik, xayolparastlik,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
o'zini namoyon I qilish (fikrlash tezligida, fikrlash va xatti-harakatlarning moslashuvchanligida), tafakkurning aniqligi, o'ziga xosligi, boy tasavvur, yuqori estetik qadriyatlarga sodiqlik, noaniqlikka qarshilik, o'zini-o'zi boshqarish va o'ziga ishonch, muammoli tasvirning batafsil darajasi.
Kreativlikning mohiyatini aniqlash va bayon etishga doir ilmiy izlanishlar jarayonida ijodkorlik nazariyasi yoki ijodkor shaxsni rivojlantirish nafaqat xorijlik, balki mamlakatimiz olimlarida ham qiziqish uyg'otgan.
Pedagogikada kreativlik deganda, insonning-ijodga qobiliyatliligi tushuniladi va intellektning rivojlanish darajasi bilan aloqadorlikda tahlil qilinadi. Jumladan, A.Aripjanova oliy ta'lim muassasalari pedagoglari tarkibining kreativ salohiyatini rivojlantirish bilan bog'liqlikda kreativlik tushunchasining mohiyatini quyidagi tarzda bayon etgan: kreativlik maqbul imkoniyatlarni safarbar etish orqali, shaxsning muammoni qabul qilishi, yangi, noodatiy mahsulni yaratish qobiliyati deb, ta'kidlaydi [2].
G.N.Ibragimovaning fikricha, kreativlik-shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik xislatlari bilan bog'liq ko'nikmalar majmui sifatida namoyon bo'ladi. Kreativlik o'z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intuitsiya, natijalarni oldindan ko'ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi [9].
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda kreativ yondashuvni samarali tashkil etish o'quvchilarda ma'naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo'lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o'quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko'nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon bo'lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Axloqiy tarbiyaning asosi axloq va axloqiy me'yorlardir.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirishda xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy g'oyaning o'quvchilar ongida aks etishidir. Kreativlik, axloqiy faoliyat ko'nikmalari hamda axloqiy madaniyat ta'lim-tarbiya jarayonida yo'lga qo'yilayotgan axloqiy, ijtimoiy-g'oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, debatlar xalq xo'jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilm-fan, madaniyat, ishlab chiqarish hamda sport sohalarida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritish bilan O'zbekiston Respublikasi nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro'e'tiborining oshishiga o'zining munosib hissasini qo'shayotgan shaxslar hayoti va faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlardan samarali foydalanish orqali shakllantiriladi.
Kreativlik, o'quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, uni samarali tashkil etishda ong, his - tuyg'u hamda xulq-atvor birligiga erishish maqsadga muvofiqdir. Zero, ular birligida ma'lum kamchiliklarning yuzaga kelishi ham o'quvchilarning komil shaxs bo'lib kamol topishlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Dunyoqarash tabiat, jamiyat va inson tafakkuri hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarash va e'tiqodlar tizimidir [14].
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni kreativ yondashuv
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
asosida takomillashtirishda quyidagi vazifalar hal etilishi zarur:
o'quvchilarning ta'lim jarayonida o'zlashtirgan ekologik bilimlarini yanada oshirish; ularning tabiat va atrof-muhit ekologiyasi to'g'risidagi tasavvurini boyitish; o'quvchilarda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash ijtimoiy zaruriyat ekanligi to'g'risidagi e'tiqodni shakllantirish;
o'quvchilarda ekologik faoliyat ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni tarbiyalash hamda ularning tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash jarayonida faol ishtirok etishlariga erishish.
Shuningdek, boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda kreativlikni tashkil etish jarayonida axloqiy mazmundagi suhbat, bahs-munozara, konferentsiya, seminar hamda debatlardan foydalanish o'zining ijobiy natijalarini beradi.
O'quvchilarda tabiatga nisbatan to'g'ri munosabatni qaror toptirish, mehr-muhabbatni uyg'otish, atrof-muhit musaffoligiga erishish ekologik muammolarni hal etish yo'lida muhim bosqich sanaladi. Ekologik ta'lim o'quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo'naltirilgan ta'limiy jarayondir [10].
Xususan, inson olamning xilma-xilligini, tuzilishi va xususiyatlarini sezgi a'zolari orqali amalga oshiradi. Sezgi bu psixik jarayon bo'lib, narsa va hodisaning ayrim xususiyatlarini o'zida aks ettiradi va kreativlik (ijodiy) yondashishni yuzaga keltiradi. Sezgi a'zolari: ko'rish, eshitish, hid bilish, teri orqali sezish va ta'm bilish orqali olamning ayrim xususiyatlarini seza oladi. Masalan, tog'ni ko'radi, otning kishnashini eshitadi, gulning hidini sezadi, asalning shirinligini ta'm bilish a'zosi orqali sezadi, olmaning ranggini ko'radi.
Tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlari tartibga solinib, yaxlit obrazlarga birlashuvi natijasida idrok etiladi. Boshlang'ich sinflarda idrokning zaif tomonlari ta'limning dastlabki bosqichida uchraydi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda fazo, vaqt va harakatni idrok qilish ta'lim jarayonida o'qituvchi yordamida amalga oshiriladi. Sezgilari orqali olamning ayrim xususiyatlarini: ranggini, ta'mini, hidini seza oladi. Mana shu ayrim xususiyatlarning tartibga solinishi natijasida yaxlit olamni idrok qiladi. Kishi tasavvurida idrok qilingan narsa va hodisalar gavdalanadi. Masalan, olma so'zi eshitilganda uning qanaqaligi, mazasi tasavvur qilinadi.
boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirishda hissiy muhitni e'tiborga olish, albatta, kerak. O'quvchi qiziqishlari orqali uni o'rab turgan tabiiy muhit va uning boyliklari, tabiat sir-asrorlari, o'simlik va hayvonot olami haqidagi bilimlarni egallashga harakat qiladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish tabiiy fanlar misolida amalga oshiriladi. Shu bois boshlang'ich sinflarda tabiiy fanlarni o'qitish jarayonida ekologiyaga oid tushunchalarni kreativ yondashuv asosida takomillashtirish o'quvchilarda atrof-muhitga mas'ullik munosabatini tarbiyalash, umuminsoniy va axloqiy-ekologik qadriyatlarni qaror toptirishda axloq-odob, ehtiyotkorlik, tejamkorlik, tozalik-sog'lik, atrof-muhitni muhofaza qilishga oid ekologik tarbiya mazmunidagi fikrlarga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, kimda kim bir ko'chat o'tqazsa, yo bo'lmasa ekin eksa-yu, ular hosilidan odamlar, qushlar,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
hayvonlar bahra olsa, bu ham o'sha odam uchun sadaqa hisoblanadi, deb yozadilar Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Ushbu o'git mazmun mohiyatida o'quvchilarning ekilgan har bir ko'chatni sindirmasdan uni parvarish qilishga yordam berishlarini ta'kidlagani ehtimoldan xoli emas.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni takomillashtirishni kechiktirib bo'lmas zaruriyatga aylantirdi. Tobora chuqurlashib borayotgan ekologik inqiroz nafaqat jahon miqyosida balki, mamlakatimiz taraqqiyotiga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Masalan, dehqonchilik va chorvachilik ishlarini yo'lga qo'yish noqulay tabiiy omillar hisobiga qiyinlashmoqda, atrof-muhit va ichimlik suvi sifatining buzilishi tufayli aholining yashash sharoiti qiyinlashib, turli xil kasalliklarga chalinishi ko'payib bormoqda. Bunday ekologik inqirozning bosh sababchisi tabiiy jarayonlar bo'lsa ham, ammo ular antropogen omil - inson faoliyati ta'sirida vujudga kelgan. Shu bois bu inqirozni sof tabiiy-tarixiy, tadrijiy jarayon sifatida baholash yoki suv etishmasligiga bog'lab qo'yish yaramaydi [7].
O'quvchilarga tabiat haqidagi bilimlarni o'qitishdan maqsad-tabiat komponentlarini asrab-avaylash hamda tabiatga nisbatan shaxsning axloqiy rivojlanishini tarbiyalashdir. Atrofdagi tabiat deganda, nimani tushunish mumkin? Atrofdagi tabiat-bu o'simliklarning inson uchun hayotbaxshligi, hayvonlarning turli - tumanligi, zilol suv, toza havo, tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar, ona-er, foydali qazilmalar, unumdor tuproq, ob - havo, kishilar mehnati va hokazo. Bularning barchasini inson his qilmog'i lozim. Atrofdagi tabiatga ma'lum darajada noto'g'ri o'zgartirish kiritilsa, natijada ekologik muammolar shakllanishiga imkoniyat yaratiladi.
Darhaqiqat, o'quvchi yoshlarga ekologik tushunchalar berishning vazifalaridan biri faqat o'tmishning mushtaraklashgan ekologik nazariyalarini, amaliyotini hozirgi davr nuqtai nazaridan baholashga, undan tegishli xulosalar chiqarishga o'rganishdan iborat bo'lib qolmasligi kerak. Hozirgi sharoitda o'tmishning nazariya darajasiga ko'tarilmagan oddiy urf-odatlari, an'analarini rag'batlantiruvchi yoki taqiqlovchi motivlarini, ularni takomillashtirib, bugungi ko'rinishga aylantirish qonuniyatlari ham juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida keltirilgan manbalar, asosan, kreativ faoliyatni rivojlanish darajasi ta'lim muassasasi va ta'lim oluvchilarning o'quv faoliyati natijalarini ham aks ettiradi. Kasbiy kompetentlikni rivojlanishining o'zini umumta'lim muassasasi va o'quvchi faoliyatini, xuddi shunday ma'lum bir vaqtda rivojlanadigan, funksional tuzilmaga ega shaxsning integrativ sifatini shunchaki baholash mezoni deb hisoblash mumkin emas. Bu bilan bog'liqlikda ta'lim oluvchilarning kreativ faoliyatlarining rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlarini belgilab olish muhim vazifa sanaladi.
Tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini anglab etgan holda o'z mustaqil kasbiy faoliyatini tashkil etish, inson faoliyati ta'sirining yaqin va uzoq kelajakdagi oqibatlarini inobatga olish, texnik vositalardan oqilona va ratsional foydalanish, ekologik siyosat, tabiiy olam komponentlari, tabiiy va antropogen ob'ektlar, tabiiy kompleks, tabiiy ekologik tizim, ishlab chiqarish tizimi va ular mohiyati, tahdidlarni oldini olish shakl va metodlari, atrof-muhit va insonga ko'rsatilgan ekologik zararni belgilash va hisoblash, ekologik audit,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ekologik sug'urta, ekologik xavfsizlik tizimini boshqarish kabi yo'nalishlar bo'yicha bilim, ko'nikma, malaka, axloq va tafakkurga ega bo'lishlarini taqozo etadi [17].
Buning uchun har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi, eng avvalo, ekologik tafakkur, ekologik ta'lim-tarbiya va ekologik madaniyat tushunchalarini o'quvchi yoshlarga singdira olishi lozim. Buning uchun hozirgi kunda tabiatga etadigan antropogen ozorni kamaytirishda biolog, geograf, geolog, meterolog kabi kasb egalarining hamkorligi juda zarurdir.
Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarining ekologik bilim olishida asosiy e'tibor atrof-muhit muhofazasi, tabiatdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan texnologiyalarni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan global bilimlarga katta ahamiyat beriladi.
Shuningdek, barqaror rivojlanish, global va hududiy-ekologik muammolarni bilish bilan bog'liq bo'lgan masalalarga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, ekologik tushunchaning asosiy manbalaridan biri o'zbek xalqining ma'naviy qadriyatlari, tabiatni, atrof-muhitni va madaniy meroslarni asrab-avaylash bilan bog'liq qadriyatlarni himoya qilish, saqlash hamda ularni ko'paytirish va kelajak avlodga etkazish bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy mas'uliyat, vijdonlilik, burchga sadoqat, qat'iyatlilik, tashabbuskorlik kabi kreativlik fazilatlari shakllanadi va ular takomillashtiriladi.
Darhaqiqat, bugungi kunda "Ekologik ta'lim-tarbiya" va "Ekologik madaniyat" er yuzidagi sivilizatsiyani saqlab qolishi, tiriklik manbalarining yo'q bo'lib ketish va insoniyat o'limiga qarshi mexanizmlarni ishlab chiqish bilan bog'liq bo'lgan omillardan biridir. Shuning uchun ekologik inqiroz muammosiga "Ekologik ta'lim"ni safarbar etish va sivilizatsiya yutuqlari bilan uyg'un holda har bir davlat ushbu sohadagi qonunchilik loyihalarini qayta ko'rib chiqish hamda insoniyat manfaatlariga muvofiqlashtirishi zarur.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Abduazimova Z.A.Globallashuv jarayonida ekologik axloqni shakllantirishga kontseptual yondashuv. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) diss... avtoref.- Toshkent, 2021. - 53 b.
2. Aripjanova A.R. Ta'limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta'lim muassasalari pedagoglarining kreativ salohiyatini rivojlantirish: avtoreferat (PhD), 2017. -50 b.
3. Абдуллаева Г.З. Экологическая политика Республики Узбекистан в условиях поэтапной интeгрaции в мировое сообщество: Автореф. дис. канд. полит. наук. -Ташкент, 2001. -22 с.
4. Avezov Sh. Maktabda ekologik tarbiya. -Toshkent: O'qituvchi, 1992. - 62
5. Ашурова Н. Экологическое воспитание учащихся 3 - 4 классов сельских школ: Автореферат дис... канд. пед. наук. - Ташкент, 1993. -18 с.
b.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
Научно-теоретический и методический журнал
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
6. Бозорова Н.Ш. Талабаларда экологик маданиятни шакллантириш-нинг илмий-педагогик асослари): пед. ф.н. дисс. автореф. - Тошкент, 2006. - 22 б.
7. Berdanova P.U. Qoraqalpoq oilalarida bolalarning ekologik madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari (o'smirlar oilasida): p.f.n. diss. avtoref. Toshkent, 205-19 b.
8. Turdiqulov E.O. Inson va havo. O'qituvchilar uchun qo'llanma. -Toshkent: Yozuvchi, 2002. -18 b.
9. Ibragimova G.N. Interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish: pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). diss. avtoref.- T., 2017. - 39 b.
10. Ikromov E. J., Xotamov A. A. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. -Toshkent: "Ibn Sino", 2001. -23 b.
11. Isakulova N.J. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik tarbiyaga oid tushunchalarni shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari.- Ped. fan. nom. diss. avtoreferati. - T., 2006. -20 b.
12. Креативность как ключевая компетентность педагога: монография/ Под ред. проф. М.М. Кашапова, доц. Т.Г.Киселевой, доц. Т.В.Огородовой. -Ярославль: ИПК «Индиго», 2013. - 392 с.
13. Maxmudova D.M. Kreativ faoliyat jarayoni-mustaqil o'quv-bilish faoliyatining eng yuqori darajasi // Uzluksiz ta'lim.- 2021. 2-son. - B. 29-33.
14. Muslimov N., M.Usmonboeva, D.Sayfurov, A.To'raev. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. - T.: "Sano-standart", 2015. - 120 b. 18.Ильин Е.П. Психология творчества, креативности, одаренности. СПб.: - Питер, 2009. - 434 с.
15. Nishonova N.O'. Umumta'lim maktab o'quvchilarining ekologik madaniyatini shakllantirish): ped. f.n. diss....avtoref. - Toshkent, 2001. - 21b.
16. Narbutaev H.B. Improving the knowledge of ecological content in pupils in interdiscipline for teaching biology. International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECS) DOI: 10.9756/INTJECSE/V14I7.110 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.
17. Норбутаев Х.Б. (2018). Развитие экологического мышления у школьников при изучение учебных материалов по биологии развитие экологической мысли учащихся по обучению биологии. Журнал выпускается ежемесячно, публикует статьи по гуманитарным наукам. Подробнее на , 16.
18. Eshboyeva S.K. Pedagogical Fundamentals of Improving the Creative Approach in the Formation of Ecological Concepts in Primary School Students. International Journal of Innovative Analyses and Emerging Technology | e-ISSN: 2792-4025 | Volume: 1 Issue: 6. №6 (November 2021). -P. 81-85.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HNorbo'tayev Xo'shboq Bobonazarovich, o'qituvchi, pedagogika fanlari doktori (DSc).,
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
[Норботаев Хошбок Бобоназарович, педагог, доктор педагогических наук (DSc),], [Khoshbok B. Norbotaev, teacher, Doctor of Pedagogical Sciences (DSc),]; manzil: O'zbekiston, Termiz sh. Islom Karimov k. 288b-uy, [адрес: Узбекистан, ул. Ислам Каримов 288b, г. Термез], [address: Uzbekistan, 288b, Islam Karimov st., Termiz city].
HMuhammadiyeva Gulnoza Zarif qizi, boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi, [Мухаммадиева Гульноза Зарифовна студент 2-го курса начальное образование], [Gulnoza Z. Muhammadiyeva, 2nd year student of primary education]; manzil: O'zbekiston, Termiz sh. Islom Karimov k. 288b-uy, [адрес: Узбекистан, ул. Ислам Каримов 288b, г. Термез], [address: Uzbekistan, 288b, Islam Karimov st., Termiz city].