INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© M.N. Bo'ranova1^_
1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: Maqolada umumta'lim maktablarida ekologik xavfsizlik madaniyatini takomillashtirish mazmuni, shakl va metodlari, nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyati, o'quvchilarga tabiiy fanlarga oid materiallarni o'qitishda ekologik xavfsizlik madaniyatini uzviylikda tashkil qilish, bu jarayonda o'quvchilarning tabiatga moslashishi, unda beriladigan bilimlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, o'qitishda innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi, shuningdek, o'quvchilar shaxsiga individual va umumiy yondashish orqali boshlang'ich sinf oquvchilarida ekologik madaniyatni shakillantirish infratuzilmasi keltirilgan.
MAQSAD: O'quvchilarga ekologik ta'lim-tarbiya berish kompleks holda umumiy tarbiya bilan bog'liq tarzda amalga oshirilmog'i lozim. umumta'limda ekologik tmadaniyat vatanparvarlik hislarini rivojlantiradi, chunki Vatan jonajon o'lka, uning tabiati, xo'jaligi, odamlar turmushi orqali bilib olinadi, idrok qilinadi. Chunki jonajon tabiatga muhabbatni rivojlantirish vatanparvarlik tarbiyasida eng muhim omil hisoblanadi.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot miqdoriy va sifatli tadqiqotlarni birlashtirgan aralash usullardan foydalanadi. Materiallarga kurs dasturlari, o'quv rejalari, onlayn o'quv platformalari va baholash vositalari kiradi. Usullar talabalar va o'qituvchilarning so'rovlarini, amaliy mashg'ulotlarni kuzatishni va talabalarning faoliyati ma'lumotlarini tahlil qilishni o'z ichiga oladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: ekologik ekspertiza hayot muhiti, insonning sog'ligi va tabiiy resurslarga belgilangan meyorlardan ortiq darajada salbiy ta'sirning oldini olish maqsadida loyihalash bosqichida o'tkaziladi. Tabiatdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda tabiiy muhitning me'yoridan ortiq ifloslanganligi, tabiiy resurslardan foydalanganlik darajasi va uning moddiy holati joriy qilingan. Buning natijasida to'plangan mablag'lar turli ekologik tadbirlarga sarflanishi mumkin.
XULOSA: oquvchi yoshlarning atrofimizdagi olamni muntazam o'rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o'quvchilarda tabiat to'g'risida, o'z yashab turgan joyi va mamlakatning barcha tabiiy boyliklar haqida bir butun tasavvur hosil qilish lozim. Tabiiy fanlarni o'qitish jarayonida o'quvchilarni dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish,
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
tabiatga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go'zallikni tushunish darajasida tarbiyalashni talab etadi.
Kalit so'zlar: ekologik, madaniyat, ekologik xavfsizlik, tabiiy fanlar, metod, shakl, o'quvchi, dars, ta'lim, tushuncha, uzviylik, innovatsion ta'lim texnologiyalari, individual, umumiy yondashish, mazmun, mohiyat.
Iqtibos uchun: Bo'ranova M.N. Umumta'lim maktablarida ekologik xavfsizlik madaniyatini takomillashtirish. // Inter education & global study. 2024. №5. B.154—161.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ КУЛЬТУРЫ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В
ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ_
© М.Н. Буронова1^
1Термиский государственный педагогический институт, Термиз, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: Статья общеобразовательная экологическая риск-культура модернизация содержания, форм и методов, теории, практики и воспитательной значимости естественных дисциплин по материалам, разработанным экологической риск-культурой, организована членами, в том числе образовательная программа включает в себя обучение инновационным технологиям, обучение индивидуальным и общим навыкам, а также обучение экологическим культурам и инновациям в кельтских университетах.
ЦЕЛЬ: экологическое воспитание учащихся должно осуществляться в комплексе в связи с общим воспитанием. в общем образовании экологическая Т культура развивает чувство патриотизма, так как Родина познается, воспринимается через живой край, его природу, хозяйство, жизнь людей. Потому что развитие любви к живой природе-важнейший фактор патриотического воспитания.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании используются смешанные методы, сочетающие количественные и качественные исследования. Материалы включают программы курсов, учебные планы, онлайн-платформы обучения и инструменты оценки. Методы включают опросы студентов и преподавателей, мониторинг практических занятий и анализ данных об успеваемости учащихся.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: экологическая экспертиза проводится на стадии проектирования с целью предотвращения негативного воздействия на среду обитания, здоровье человека и природные ресурсы в степени, превышающей установленные критерии. Важное значение в природопользовании имеет совершенствование экономического механизма. В настоящее время введены более чем нормальные уровни загрязнения природной среды, степень использования природных ресурсов и ее материальное состояние. Собранные в результате этого средства можно потратить на различные экологические мероприятия.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: опираясь на систематическое изучение окружающего нас мира текучей молодежью, необходимо сформировать у младших школьников целостное
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
представление о природе, о месте своего проживания и обо всех природных богатствах страны. Преподавание естественных наук требует формирования у учащихся основ научного понимания мира, воспитания гуманного отношения к природе, патриотизма и понимания красоты.
Ключевые слова: экология, культура, экологическая безопасность, естественные науки, метод, форма, ученик, урок, образование, понятие, преемственность, инновационные образовательные технологии, индивидуальный, общий подход, содержание, сущность.
Для цитирования: Буронова М.Н. Совершенствование культуры экологической безопасности в общеобразовательных школах. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 154-161.
IMPROVING THE CULTURE OF ENVIRONMENTAL SAFETY IN SECONDARY SCHOOLS_
© Marg'uba N. Bo'ranova1®
1Termiz State Pedagogical Institute, Termiz, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: In the article, the content, forms and methods of improving the culture of environmental safety in secondary schools, the theoretical, practical and educational significance, the organization of the culture of environmental safety in continuity when teaching students materials related to Natural Sciences, the adaptation of students to nature in the process, the step-by-step implementation of the knowledge given in it, the effectiveness, through an individual and general approach to the personality of students, the infrastructure for shaping ecological culture in primary school streamers is presented.
AIM: environmental education of students should be carried out in a complex in connection with general education. in general education, ecological culture develops a sense of patriotism, as the Motherland is known and perceived through the living land, its nature, economy, and people's lives. Because the development of love for wildlife is the most important factor in patriotic education.
MATERIALS AND METHODS: the study uses mixed methods combining quantitative and qualitative research. Materials include course programs, curricula, online learning platforms, and assessment tools. The methods include surveys of students and teachers, monitoring of practical classes, and analysis of student academic performance data.
DISCUSSION AND RESULTS: environmental assessment is carried out at the design stage in order to prevent negative impacts on the environment, human health and natural resources to an extent exceeding the established criteria. The improvement of the economic mechanism is of great importance in environmental management. Currently,
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
more than normal levels of pollution of the natural environment, the degree of use of natural resources and its material condition have been introduced. The funds raised as a result of this can be spent on various environmental activities.
CONCLUSION: based on the systematic study of the world around us by fluid youth, it is necessary to form a holistic view of nature, of their place of residence and of all the natural resources of the country in younger schoolchildren. Teaching natural sciences requires students to form the foundations of a scientific understanding of the world, nurture a humane attitude to nature, patriotism and an understanding of beauty.
Key words: environmental, culture, environmental safety, Natural Sciences, method, form, student, lesson, education, understanding, continuity, innovative educational technologies, individual, general approach, content, essence.
Yangi O'zbekistonda iqtisodiy munosabatlarga o'tish jarayonida tabiatdan foydalanishning o'ziga xos iqtisodiy mexanizmi shakllanmoqda. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyotining amaliyotga tadbiq etilishi - inson va tabiat o'rtasidagi munosabatlarni muvozanatga keltirishda muhim rol o'ynaydi. Tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish, unga nisbatan mas'uliyat hissini shakllantirish va ekologik ta'lim- tarbiyani takomillashtirish iborat. Turli mamlakatdagi ekologik vaziyat, tabiatdan foydalanish xususiyatlari ko'p jihatdan aholining ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatiga bog'liqdir. Asosan, ekologik ta'lim - tarbiya oiladan, bog'chadan, umumta'lim va oliy o'quv yurlarigacha uzluksiz davom etishi lozim. Tabiatga mehr-insonlar oqibatdir.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "2017-2021 -yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi" da mamlakat xavfsizligining ustuvor yo'nalishi sifatida fuqarolarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta'minlash, atrof-muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon еtkazadigan ekologik muammolarning oldini olish zamonamiz uchun eng muhim vazifalardan biri ekanligi qayd etiladi. Shuningdek, strategiyada shu vaqtgacha ayrim hollarda mavjud bo'lgan uchta mohiyatan a'loqador tushunchalar, ya'ni inson uning hayot xavfsizligi va ekologiya o'zaro birlashtirilib, inson hayoti uchun yaratilgan imkoniyatlar ichida eng zarur talab- xavfsizlik ekanligi ta'kidlanadi [1].
Bugungi kunda inson va biosfera o'rtasidagi muvozanat buzilgan bo'lib, inson hayotiga (mamlakatlar, hududlar, jamiyatlar, olamning bir butunligi, atrof-muhitga) kutilmagan tahdidlar yuzaga kelmoqda. Ular insonning yashash shart-sharoitlariga asosli xavf tug'dirmoqda. Agar ekologiyada avvallari atrof-muhit birinchi o'rinda turgan bo'lsa, bugungi kunda aynan inson omili eng muhim qadriyat sifatida talqin qilinib, birinchi o'ringa chiqmoqda.
Inson hayotiga bo'lgan xavf-xatarlarni oldini olish juda muhim ijtimoiy-siyosiy
For citation: Marg'uba N. Bo'ranova. (2024) 'Improving the culture of environmental safety in secondary schools', Inter education & global study, (5), pp. 154-161. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ahamiyat kasb etmoqda. Insonning xavfsiz sharoitda yashashi oliy qadriyat sifatida baholanib, ekologik xavfsizlik madaniyati inson huquqlarini ta'minlash qatoridan o'rin olgan. Shu kungacha ayrim hollarda mavjud bo'lgan qadriyatlar, ya'ni inson uning yashash shart-sharoitlari, ekologik ta'lim o'zaro yaxlitlashib, ular xavfsizlik tushunchasi negizida birlashmoqda hamda yagonalik, ya'ni butunlikni kasb etmoqda.
XXI asrga kelib insoniyat tamadduni o'zining tarixiy-iqtisodiy taraqqiyotida shunday darajaga borib etdiki, odamzod bundan keyin ya'ni istiqbolda qanday yashashi lozim, uning yashash tarzi va dinamikasi qay darajada bo'lishi darkor degan savollarga aynan bugun javob izlashi zarur. Insoniyat yuz yil avvaliga taraqqiyot omillarini inson hayotiga bo'lishi mumkin bo'lgan tahdidlarni belgilab olish, ularga bugundan tayyor turishi taqozo qilinmoqda. Shuning uchun "Barqaror rivojlanish" islohoti Rio-de Janeyroda o'tgan xalqaro Kongress tomonidan taklif qilindi [3].
Zamonaviy ta'limning strategik vazifalaridan biri, nafaqat tez o'zgarayotgan atrof-muhit sharoitiga to'la adaptasiya bo'la oladigan, balki turli tahdid va transformasiyalarga preventiv tayyor, o'z texnik bilimi, ko'nikma va malakalarini atrof-muhitning salbiy va o'ta salbiy tezkor, mohiyati o'zgaruvchan alternativ echimlar topa oladigan, favqulodda vaziyatlarda qarorlar qabul qilishdan cho'chimaydigan, barqaror rivojlanishi ta'minlay oladigan kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Akademik N.N.Moissev "Inson va biosferaning koevolyusiyasi" terminini taklif etdi. Insonning barqaror rivojlanishi uchun uning o'zini emas, balki atrof-muhitdagi shart-sharoitlarning ungga bo'lgan ta'sirini nazarga olmoq zaruriyatga aylanadi.Agar "Ekologiya" terminida so'nggi vaqtlargacha asosan atrof-muhit buzilishi, mazkur jarayonda inson keltirgan zarar nazarga olingan bo'lsa keyinchalik "Barqaror rivojlanish"da - inson hayotining barqarorligini ta'minlash ko'zda tutildi. N.N.Moissev taklifida- inson mavjud bo'lishning bosh sharti sifatida-xavfsizlik biosferaga aloqadorligi borasida gapirildi, chunki insoniyat rivoji bugungi kunda aynan biosfera ichida kechayotganligi va inson ham uning unsuri eknligi nazarga olinadi [9].
Ta'kidlash joizki, amaldagi voqelik, shuni tasdiqlaydiki, bir tomondan, ekologik xavfsizlik madaniyati-ma'naviy qadriyatlar, ikkinchi tomondan, ekologik xavfsizlik madaniyati - axloq kategoriyasi, uchinchi tomondan- ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. Inson va tabiat munosabatlarida uning axloq kategoriyasi sifatida ikki qirrasi mavjud bo'lib, biri ijobiy, borliqdagi hayot na'mati va uning rang-barangligini gumanitar qadriyat sifatida anglash va ungga so'zsiz amal qilish jarayoni, ikkinchisi salbiy (o'ta salbiy) - inson egoizmi asosiga qurilgan, borliq inson uchun boylik, manfaat xazinasi degan buzg'unchi fikr, atrof-muhitga mensimay munosabat ko'rsatish aqidasiga qurilgan axloqdir.
Shu nuqtai nazardan, insoniyat tabiat bilan bo'lgan munosabatlarda sodir etilgan xatoliklardan voz kechish, ularning o'rnini to'ldirish, inson va tabiat hayoti borasida turli tajriba o'tkazishlardan voz kechish orqali ekologik xavfsizlik madaniyati o'rnatishga yo'naltirilmog'i lozim. Insoniyat hayotini bugungi kunda atrof-muhitni iqtisoqiy, ma'naviy, texnogen axlatxonaga aylantirish maqsadidan voz kechgan holdagina, ta'minlab berish mimkin. Binobarin, bugungi kunda " Inson-jamiyat-tabiat" uchgligida mavjud xavflarning
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
preventiv oldini olish tizimini ishlab chiqish, inson yashashi uchun biogenetik va texnogen xavflarga yo'l qo'ymaslik chora-tadbirlarini ko'rish darkor.
Atrof tabiiy muhit muhofazasi masalalarining xorijiy G'arb davlarlarida amaliy ekologiya tarkibi o'rganiladi. Atrof tabiiy muhit muhofazasi deganda, eng avvalo, inson faoliyatining tabiatga bo'lgan salbiy va o'ta salbiy ta'sirini oldini olish tadbirlari majmui anglashiladi [5].
Umumta'limda ekologik talim-tarbining bugungi taraqqiyoti va keng tarmoqlanishi globalizasiya jarayonlari bilan uzviy bog'lanadi. Xorijiy davlatlarda atrof-muhit muhofazasi yo'nalishiga quyidagilar kiritiladi: ekologik muhitni yaxshilash maqsadida atmosfera va gidrosferaga chiqindilarni tashlashni chegaralash; mas'uliyat hissini shakllantirish maqsadida qo'riqxonalar va milliy tabiat bog'larini tashkil qilish; ruxsat etilmagan joylarga chiqindilarni tashlashning oldini olish [4].
Darhaqiqat, bugungi jadal rivojlanish davrida, texnika taraqqiyoti yuqori cho'qqilarni zabt etayotgan bir vaqtda, har bir inson, eng muhim bir ehtiyojni qalban his etmog'i lozim. Bu tabiatni asrash ehtiyojidir. Tabiatni asrash kabi muqaddas tuyg'uni, burchni bolaga ona qornidayoq singdirish muhim sanaladi, buning uchun albatta ona o'zi shu tuyg'ular, tushunchalar bilan qurollangan bo'lishi kerak. Maktab ta'limi bola hayotining muhim bir bosqichidir. Bu vaqtda u shaxs bo'lib shakllana boshlaydi. Ana shu jarayonni to'g'ri yo'lga qo'ya oluvchi insonlar ununta'lim maktab o'qituvchilaridir. Ulardan bu borada katta ma'suliyat, yuksak salohiyat, mustahkam bilim talab qilinadi. Ununta'limda mazkur bilimlar biologiya fanlari tarkibida o'qitiladi. O'qituvchilar mazkur fanlarni o'qitishda o'quvchilarga tabiatni asrab-avaylash, uning manbalaridan oqilona foydalanish, odam va uning salomatligi, foydali qazilmalar va ularning davlat iqtisodiga ta'siri kabi tushunchalarni beradi. Umumta'limda mazkur bilimlar asosan biologiya darslarini turli usullar orqali noan'anaviy tashkil etib, o'quvchilarni tabiatga bo'lgan munosabatini to'g'ri shakllanishiga alohida e'tibor berish lozim. Maktabga ilk qadam qo'ygan bolaning murg'ak qalbida ona tabiatga mehr uyg'otish, uni tabiatning faol qo'riqchisi qilib tarbiyalash juda zarurdir. Buning uchun maktab chog'idayoq o'quvchilarda ekologik madaniyatni to'g'ri shakllantirish lozim [2]. O'quvchilarni bizni o'rab turgan tabiat bilan tanishtirish bilan birga, uni asrab-avaylash, muhofaza qilish kerakligini har kun, kerak bo'lsa har on uqdirib borish lozim. Tabiiy fanlarning asosiy maqsadi, o'quvchilarni tabiatni kuzatishga o'rgatish, mehnat ko'nikmalarini egallash va tabiatga ongli munosabatini shakllantirishdan iboratdir.
Bu vazifani bajarish uchun tabiiy fanlarni o'rgatish jarayonida olgan bilimlarni hayot bilan bog'lab, ongli ravishda shakllantirish kerak. Shundagina o'quvchilarning g'oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyasining birligi ta'minlanadi. O'quvchilarning ekologik madaniyati, ularning tabiatga nisbatan javobgarlik hissini shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ekologik bilimning muvaffaqiyatlari faqat o'qituvchining o'quvchiga bergan ekologik ta'lim haqidagi tushunchalarni ongli tushunishida emas, balki uni hayotga tadbiq eta olishi, amal qilishidadir. O'quvchilar qushlarning sayrashiga, o'simliklarning gullashiga havas qiladilar. Lekin ba'zida qushlarni inini buzadilar,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
o'simliklarni toptaydilar. Ular tabiatga qilayotgan bu zararni ataylabdan emas, balki, bilmaslikdan qiladilar. Bu masala o'quvchilarga ekologik tarbiya berishning zaruriyati haqida guvohlik beradi [6].
O'quvchilarga tabiatni qo'riqlash, o'simliklarni ko'paytirish, qushlarni, hayvonlarni parvarish qilish, tabiat boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish haqida uqdirar ekanmiz, hadis ilmida ham tabiatni asrab-avaylash haqida -"Bir tup daraxt kessang, o'n tup nihol ek"- deb aytilganini tushunish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida "Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar" deb takidlanganligini eslatish lozim. Inson tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini, jonli va jonsiz tabiat o'rtasidagi o'zaro bog'lanishlarni bilib olsagina, uning boyliklaridan to'g'ri foydalana oladi. Tabiat boyliklarini qo'riqlash har bir insonning muqaddas burchidir. Tabiiy fanlarining maqsadi ana shu aqidani o'quvchilarga to'g'ri singdira olishdir [8].
Shuningdek, ona tabiatni sevish uni asrab avaylash tabiatni chuqur anglash o'z yurtiga muhabbat hissini shakllantirish jarayonini davom ettirishga qaratilgan. Insonning tabiatga chuqur va har taraflama ta'siri amalga oshayotgan holatlardan biri ilmiy-texnika inqilobi sharoitida inson va jamiyatning tabiatga bog'liqligini, uni saqlab qolish va yaxshilash zarurligini tushunadigan, atrofdagi go'zallikni qadrlay oladigan va tabiat holati uchun o'z zamondoshlari hamda kelgusi avlod oldidagi fuqarolik mas'uliyatiga ega bo'lgan har tomonlama rivojlangan shaxsning shakllanishini mo'ljallovchi umum ekologik madaniyat katta ahamiyat kasb etadi.
Ta'kidlash joizki, bugungi kunda atrof- muhit holatini ishonarli baholash uchun monitoring tizimini takomillashtirish lozim. Atrof- muhit holatini to'g'ri va ishonarli baholash kelajakda yuz berishi mumkin bo'lgan ekologik o'zgarishlarni oldindan bashorat qilish imkonini beradi. Insoniyatning atrof-muhitga ta'siri hozirgi davrda ijtimoiy ekologik vaziyatning kelajakdagi o'zgarishlari to'g'risida turli bashoratlar mavjud [7].
O'zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida kelajak ijtimoiy ekologik o'zgarishlarni ko'p yil oldinga mo'ljallangan bashoratlarni ishlab chiqish alohida ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishning atrof- muhitga zararli ta'sirini kamaytirishda ekologik nazorat muhim rol o'ynaydi. Ekologik nazoratning xalq xo'jaligida alohida tarmoqlari, ayrim hududlarning ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishi bo'yicha loyihalarni asoslash jarayonida ekologik ekspertiza va ekologik xavfsizlikni ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Mazkur tadbirlarning natijasi sifatida ekologik xavfsizlik va atrof-muhit muhofazasiga alohida e'tibor qaratilayotgan bir paytda ekologik madaniyat tushunchasi mohiyatini hamma ham birdek anglab etayotgani yo'q. Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, ularni muhofaza qilish masalalarini ongli ravishda hal etish uchun oila, maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab bolalarda tabiatga mehr-muhabbat ruhini shakllantirish, ekologiyaga oid bilimlarni ular ongiga singdirish iborat. Bu kelajakda atrof-muhitni muhofaza qila oladigan va tabiatdan oqilona foydalanadigan avlodni shakllantirishning muhim shartidir. Zero, o'sib kelayotgan yosh avlod tabiat haqidagi bilimlarni egallab,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
tevarak atrofning nozikligini, uning go'zalliklarini qalban his qila olsagina, ona Vatanga, uning tabiatiga muhabbati oshadi [10].
Umumta'limdanoq ekologik ta'lim-tarbiyani amalga oshirishning ahamiyati nihoyatda beqiyos. Bugungi kunda tabiatdan ongli ravishda foydalanish va o'quvchilar qalbida tabiatga mehr-muhabbat uyg'otish hamda tejamkorlikka o'rgatish muhim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish, yosh avlod qalbida tabiatga nisbatan hurmat hissini shakllantirish va rivojlantirish muhim masalalardan sanaladi. Bu esa o'z navbatida, biz bo'lajak o'qituvchilar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son farmoni.
2. Avezov Sh. Maktabda ekologik tarbiya-Toshkent: O'qituvchi,1992.-62 b.
3. Герцена А.И.Методика обучения экология в XXI веке // Материалы научно -практическая конференция. - СПб .: Из-во РГПУ, 2002. -89 с.
4. Ziyomuhammedov B. Ekologiya va ma'naviyat.- Toshkent. "Mehnat", 1997. - 104 b.
5. Isaqulova N.J. O'quvchilarga ekologik tarbiya berish nazariyasi va amaliyoti. Monografiya. -T.: "Fan", 2011. -140 b.
6. Ismatov I.Sh. O'quvchilarda atrof-muhitga ma'suliyatli munosabatni shakllantirish (anorganik kimyo misolida): p.f.n. diss....avtoref. - Toshkent, 2006. - 21 b.
7. Ikromov E. J., Xotamov A. A. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. -Toshkent: "Ibn Sino", 2001. -23 b.
1. 8. Ko'chkinov A.Yu. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ekologik tarbiyalash texnologiyalari: diss. pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) -T., 2021. -147 b.
8. Моисеев Н.Н. Коэволюция и биосфера в век компьютеров. Вестник. М:. , 1982. -№ 3. - C. 88-99.
9. Norbo'tayev X.B. Boshlang'ich ta'limda ekologik xafvsizlik madaniyatini takomillashtirish. //Муаллим х,ем узлуксиз билимлендириу. Илмий-методикалык журнал №2 ISSN 2181-7138 Некис-2022. -Б. 93-97.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Bo'ranova Marg'uba Normurotovna, tadqiqotchi, [Буронова Маргуба Нормуротовна, исследователь], [Marg'uba N. Bo'ranova, researcher]; manzil: O'zbekiston, Termiz sh., I.Karimov ko'chasi, 288b-uy [адрес: ул. И. Каримова, 288б, Термезское ш., Узбекистан], [address: st. I. Karimova, 288b, Termez city, Uzbekistan]