Научная статья на тему 'YOSH AVLODGA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTISH VA UNING ISTIQBOLLARI'

YOSH AVLODGA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTISH VA UNING ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
106
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologik ta’lim / madaniyat / ekologik xavfsizlik / ijtimoiy qadriyatlar / sog’lom muhit yaratish / yoshlar tarbiyasi / tabiatni asrash / biosfera / ekotizim / tabiiy resurslar / antropogen omillar. / ecological education / culture / ecological safety / social values / creation of a healthy environment / youth education / nature protection / biosphere / ecosystem / natural resources / anthropogenic factors.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shamsidinova, Gulchehra Do’smurodovna

Ekologik tarbiya – shaxsda ekologik ong va madaniyatni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta’lim, jismoniy, ruhiy, ahloqiy, ma’naviy-ma’rifiy pedogogik jarayon. Bu jarayonda yuqorida ta’kidlanganidek, xalqimizning amaliy urf-odatlari va qolaversa, oila muhiti muhim o’rin tutadi. Ekologik madaniyat orqali sog’lom turmush muhitini yaratish, rivojlanish va odamlar taraqqiyot ehtiyojlarini qondirish uchun qiziqishlariga va tabiiy o’zgartirish, xulq munosabati ifodalangan madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni hisobga olish zarur. Ekologik madaniy qadriyatlar bu tabiat ekotizimida yashash, ishlash va rivojlanish jarayonida odamlar tomonidan yaratilgan barcha qadriyatlardir. Ushbu maqolada, yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish va uning istiqbollari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE FOR THE YOUNG GENERATION AND ITS PROSPECTS

Ecological education is a continuous psychological, moral and educational pedagogical tendency aimed at the formation of the environmental culture of the individual. At the same time, folk customs and traditions, as well as the environment for human upbringing, play an important role. In order to create a healthy living environment through ecological culture, to meet the development and development needs of people, it is necessary to take into account cultural and social values expressed in interests and natural changes and relationships. Ecological cultural values are all values created by people in the process of living, working and developing in the natural ecosystem. This article outlines thoughts and opinions on the formation of an environmental culture among young people and its prospects.

Текст научной работы на тему «YOSH AVLODGA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTISH VA UNING ISTIQBOLLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

YOSH AVLODGA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTISH VA

UNING ISTIQBOLLARI

Shamsidinova Gulchehra Do'smurodovna

Navoiy davlat pedagogika instituti Biologiya kafedrasi professori E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Ekologik tarbiya - shaxsda ekologik ong va madaniyatni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta'lim, jismoniy, ruhiy, ahloqiy, ma'naviy-ma'rifiy pedogogik jarayon. Bu jarayonda yuqorida ta 'kidlanganidek, xalqimizning amaliy urf-odatlari va qolaversa, oila muhiti muhim o 'rin tutadi.

Ekologik madaniyat orqali sog 'lom turmush muhitini yaratish, rivojlanish va odamlar taraqqiyot ehtiyojlarini qondirish uchun qiziqishlariga va tabiiy o 'zgartirish, xulq munosabati ifodalangan madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni hisobga olish zarur. Ekologik madaniy qadriyatlar - bu tabiat ekotizimida yashash, ishlash va rivojlanish jarayonida odamlar tomonidan yaratilgan barcha qadriyatlardir. Ushbu maqolada, yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish va uning istiqbollari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.

Kalit so'zlar: ekologik ta'lim, madaniyat, ekologik xavfsizlik, ijtimoiy qadriyatlar, sog'lom muhit yaratish, yoshlar tarbiyasi, tabiatni asrash, biosfera, ekotizim, tabiiy resurslar, antropogen omillar.

Экологическое воспитание - практическое воспитание, физический, умственный, нравственный, духовно-воспитательный педагогический процесс, направленный на формирование у человека экологического сознания и культуры. В этом процессе, как было сказано выше, большую роль играют практические традиции нашего народа и, тем более, семейная среда.

Чтобы создать здоровую среду обитания посредством экологической культуры, удовлетворить потребности развития и развития людей, необходимо учитывать культурные и социальные ценности, выражающиеся в интересах и природных изменениях и отношениях. Экологические культурные ценности - это все ценности, созданные людьми в процессе жизни, работы и развития в природной экосистеме. В данной статье изложены мысли и мнения о формировании экологической культуры среди молодежи и ее перспективах.

Ключевые слова: экологическое образование, культура, экологическая безопасность, социальные ценности, создание здоровой окружающей среды,

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023

образование молодежи, охрана природы, биосфера, экосистема, природные ресурсы, антропогенные факторы.

ABSTRACT

Ecological education is a continuous psychological, moral and educational pedagogical tendency aimed at the formation of the environmental culture of the individual. At the same time, folk customs and traditions, as well as the environment for human upbringing, play an important role.

In order to create a healthy living environment through ecological culture, to meet the development and development needs of people, it is necessary to take into account cultural and social values expressed in interests and natural changes and relationships. Ecological cultural values are all values created by people in the process of living, working and developing in the natural ecosystem. This article outlines thoughts and opinions on the formation of an environmental culture among young people and its prospects.

Key words: ecological education, culture, ecological safety, social values, creation of a healthy environment, youth education, nature protection, biosphere, ecosystem, natural resources, anthropogenic factors.

KIRISH

Bugungi kunda atrof-muhitni sog'lomlashtirish, aholini ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, biologik xilma-xillikni asrash, iqlim o'zgarishlarining oldini olish dolzarb muammolar hisoblanadi va ularni ijobiy hal qilish insoniyatning kelgusi taraqqiyotini belgilaydi. Yoshlarda yer sayyorasi haqidagi tasavvurlar, o'z yashash muhiti to'g'risidagi bilimlar, tabiat va insonlarni o'zaro uzviy bog'liqligi haqidagi ilmiy-nazariy dunyoqarashlar, ekologik tizimlar, ularning paydo bo'lishi, evolyutsion rivojlanishi, antropogen o'zgarishi, milliy, mintaqaviy va global miqyosdagi tabiat va jamiyat munosabatlari, amaliy ekologik ko'nikma va malakalar, atrof-muhitni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish ularni tanlagan kasblariga qarab ekologik ta'lim va tarbiya shakllantiriladi va rivojlantiriladi.

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga doir kadrlar tayyorlash tizimini qayta ko'rib chiqish ekologik qonunchilik bazasini har tomonlama tahlil qilish va uni amaliyot bilan bog'lash mexanizmini yaratish, milliy ekologik ta'limning majburiylik prinsipini amalda qo'llash, ekologik ta'limni barqaror rivojlanish qoidalariga mos ravishda qayta ko'rib chiqish kabi masalalarni hal etishga undaydi. Hozirgi vaqtda ekologiyaning asosiy vazifasi tiriklikning yashashiga yordam berishdir, chunki antropogen omillarning tabiatga salbiy ta'sir qilishi kuchayib bormoqda, natijada jamiyat va tabiat orasidagi muvozanat buzilib, atrof-muhitga salbiy ta'sir

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

kuchaymoqda. Havo, suv, tuproq turli chiqindilar bilan ifloslanmoqda, ekotizimlar buzilishi natijasida ekologik inqirozlar kelib chiqmoqda. Hozirgi ekologik ta'lim orqali vujudga kelayotgan ekologik madaniyat - turmushning barcha yo'nalishlarida, ma'naviyatga va ekologik siyosatga amal qilishdir. Ekologik madaniyat doim o'zgarib va rivojlanib turuvchi insoniyatning tabiatga odamiylik bilan javob berishidir. Yuksak ekologik madaniyatli inson biosferada tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish orqali munosabatda bo'lishdir. Ekologik madaniyat -bu insoniyat tomonidan tabiat va jamiyat birligini va taqdirini tushunishdir. Tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishning yo'llaridan biri yuqori samara beradigan tabiiy resurslar bilan bir qatorda, kam, samaralilaridan ham foydalanishdir. Yer osti boyliklaridan asosiy elementlar bilan birga uchraydigan boshqa ma'danlarni ham ajratib olib, ma'dansiz chiqindilarni xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarida ishlatish, ya'ni chiqindisiz texnologiyaga erishish, dehqonchilikda unumsiz, notekis, botqoq, sho'rxok va toshloq yerlarni xo'jalik ehtiyojlari uchun yaroqli holga keltirish bunga misol bo'la oladi. Jamiyatning ekologik madaniyati uning tabiatga nisbatan aqlli munosabati ko'rsatkichi yoki indikatoridir.

METOD VA METODOLOGIYA

Ekologik madaniyat bu tabiatga imkoni boricha zarar keltirmaslik, tabiat va jamiyat taqdiri birligini tushunishdir. Yoshlarda tabiatdan uning boyliklariga zarar yetkazmazmagan holatda foydalanish kerakligini o'rgatish ekologik ta'lim tarbiyaning asosi hisoblanadi. Bunday maqsadlarga erishda Oliy o'quv yurtlarida turli kasb egalari uchun alohida dasturlar, metodik qo'llanmalar yaratilgan bo'lib, ularda har bir mutaxassislik bo'yicha tabiatga salbiy ta'siri, atrof - muhit muhofazasi muammolari o'z aksini topgan bo'lishi zarur. Yoshlarda ekologik ta'lim tarbiya masalariga chuqur yondoshishda maxsus ekologik ta'lim tarbiya dasturi va metodik qo'llanmalar asosida amalga oshiriladi.

Ekologik ta'lim va tarbiya olgan mutaxassislarda atrof-muhitning tuzilishi, unda bo'lib o'tayotgan voqealar, ekologik o'zgarishlar hamda xalq xo'jaligining turli tarmoqlaridan chiqayotgan chiqindilarni yig'ish, qayta ishlash bilan zararli moddalar miqdorini kamaytirish, tabiatni saqlash borasidagi ilg'or tajribalarni umumlashtirish va keng joriy qilish, tabiiy boyliklardan foydalanishda isrofgarchilikka yo 'l quymaslik, natijada atrofmuhit muhofazasini yuqori darajada olib borishda turli yoshdagi, kasbdagi aholini jalb qila bilish bilimi va mahorati bo'lishi kerak.

Ekologik ta'lim va tarbiyani amalga oshirishda turli aholi guruhlarini atrofmuhit muammolarini hal qilish uchun o'qitish va qayta o'qitish kurslarida, fakultetlar da "Ekologik ta'lim asoslari", "Atrof-muhit'', "Atrof-muxitning dolzarb muammolari", "Atrof-muhitning tozaligi va inson salomatligi", "Tabiat va tabiiy boyliklardan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

tejamkorlik bilan foydalanish", "Ekologiya va yoshlar tarbiyasi", "Qishloq xo'jaligi ekologiyasi", "Ijtimoiy ekologiya", "Avtotransport va atrof-muhit", "Biologik xilma-xillik" kabi qisqa kurslar ma'lum o'quv dasturlari asosida o'tiladi. Shu bilan bir qatorda, turli xo'jaliklar, korxonalarga ekskursiyalar va tajribali dehqonlar, ishchi-texnik-muhandislar bilan uchrashuvlar tashkil qilib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lash vositasida turli guruhlarga atrof-muhitni o'rganishga, undagi ekologik salbiy holatlarni tuzatishga qiziqish uygotish mumkin.

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Ekologik ta'lim va tarbiyani olib borishda ommaviy axborotning roli juda katta. Birgina televideniya orqali ekologik mazmundagi ko'rsatuvlarning doimiy ravishda berib borilishi aholi, ayniqsa, yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarga ekologik ta'lim-tarbiya berish orqali ularda yuksak ekologik ong, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhit muhofazasi, biologik xilma-xillikni muhofaza qilishdek yuksak vazifalarni bajarishga hissa qo'shish zarur. Xalqimizni milliy hamda diniy qadriyatlari shaxsiy gigena, tozalik va ozodalikdan tortib o'zi yashab turgan joyini turli xil chiqindilar bilan ifloslantirmaslik, tabiat ne'matlarini isrof qilmaslik, atrofni ko'kalamzorlashtirishni keng targ'ib etadi. Ushbu tushunchalar insonlarning yoshligidanoq o'z oilasidagi keksa avlod vakillari tomonidan ular ongiga singdirib boriladi. Demak insonda dastlabki tushunchalar o'z oilasi paydo bo'ladi. Keyinchalik tushunchalar bog'cha, maktab, litsey, oliy o'quv yurtlarida kengaytiriladi va rivojlantiriladi.

Ekologik tarbiyaning keyingi rivojlanishi va samarasi eng avvalo oilada qo'yilgan poydevorga bog'liq ekanligini bugun hayotning o'zi yaqqol ko'rsatib turibdi. Global miqyosda ekologik muammolar yanada kuchayib, uning ta'siri O'zbekistonda ham yaqqol sezilayotgan, insoniyatning atrof - muhitga bo'lgan salbiy ta'siri yanada ortib borayotgan, tabiat ne'matlaridan ayovsiz foydalanilayotgan bugungi sharoitda bu yanada dolzarblik kasb etadi.

Ekologik tarbiya - shaxsda ekologik ong va madaniyatni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta'lim, jismoniy, ruhiy, ahloqiy, ma'naviy-ma'rifiy pedogogik jarayon. Bu jarayonda yuqorida ta'kidlanganidek, xalqimizning amaliy urf-odatlari va qolaversa, oila muhiti muhim o'rin tutadi. Har bir oilada yoshi kattalar ommaviy axborot vosilari, gazeta va jurnallarda ekologik madaniyatni shakllantirish, hayvonot va qushlar dunyosi, o'lkashunoslik, ekoturizm kabi mavzularidagi film va ko'rsatuvlarni o'z farzandlari bilan birga ko'rib, muhokama qilishlari hamda ona tabiat qo'ynida amaliy ishlarni bajarish, yani bog'lar yaratish, turli daraxt va gul ko'chatlari o'tkazish, uy hayvonlarini parvarishlash, tomorqada turli - xil ekinlarni yetishtirish orqali yosh avlodda ekologik ta'lim tarbiya asosli ravishda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

shakllantirilishi mumkin. Tomchilardan yig'ilib, dengiz bo'ladi degan naqlga muofiq ekologik sohasida qilinayotgan kichik - kichik ishlar yig'ilib, pirovord natijada o'lkamiz tabiati musaffoligini saqlab qolishda va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim omil bo'ladi. Keksa avlodning oilada yurish-turishi, hatti-harakati, pand-nasihati, hayotiy, tajribasi shu oilada o'sayotgan yosh avlodga o'rnak va ibrat bo'ladi.

Ekologik madaniyat yoshlar va tabiat o'rtasidagi munosabatlarda haqiqat -xayrixohlik - tabiatni avaylash qadriyatlarini namoyish etadi. Hozirgi davrda fan va texnikaning rivojlanishi yoshlar farovonligida sezilarli yaxshilanishlarni amalga oshirdi va yashash joylari ko'p yo'nalishlarda kengaytirildi, ammo ekologik muhit yomon ta'sir ko'rsatmoqda. Zero "Qush uyasida ko'rganini qiladi" degan maqol bejizga aytilmagan. Yoshlarda ta'lim tarbiya, ekologik madaniyatning yanada oshishida keksa avlodlarning o'rni beqiyos, ularning bilim va tushunchalari yoshlarning ekologik ongi va ekologik madaniyatini yanada yuksalishida o'rnak va ibratdir.

Shubhasiz, bugungi kunda yoshlar tabiiy dunyoning bizga bo'lgan munosabatiga olib kelishi kerak bo'lgan oqibatlari axloqiy masaladir. Rivojlanish strategiyasida ekologik madaniyat ta'limi faoliyatini takomillashtirish va ekologik madaniyatni shakllantirish barqaror rivojlanish uchun ijtimoiy ishlab chiqarish va ekologik muhit o'rtasidagi munosabatlarni ongli ravishda boshqarish uchun asosdir.

REFERENCES

1. Кодиров, Ж., Тешабоев, Н., Тешабоева, М., Абдуллаева, Г., & Мухторов, Ш. (2021, August). PRODUCTION POSSIBILITIES OF AUTUMN WHEAT VARIETIES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1405. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

2. Turdaliev, A. T., Darmonov, D. Y., Teshaboyev, N. I., Saminov, A. A., & Abdurakhmonova, M. A. (2022, July). Influence of irrigation with salty water on the composition of absorbed bases of hydromorphic structure of soil. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1068, No. 1, p. 012047). IOP Publishing.

3. Хужжиев, С. (2022). ФИТОРЕМЕДИАЦИЯ ПОЧВ, ЗАГРЯЗНЁННЫХ ТЯЖЁЛЫМИ МЕТАЛЛАМИ. ЭКОЛОГИЯ (БИОЛОГИЧЕСКИЕ НАУКИ).

4. Altievich, K. S., Khudargonovich, Y. M., Farhod ogli, S. A., & Komiljonovna, U. G. (2022). ADVANTAGES OF PREPARATION AND USE OF BIOFERTILIZERS FROM BIOMASS OF HIGHER AQUATIC PLANTS. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR), 8(1), 21-25.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

5. Shamsidinova, G. D., Sayfullaev, A. F., Achilova, N. R., & Baratov, U. D. (2021). Prospects for the development of' Education for sustainable ecological development" on the basis of the declaration of Uzbekistan. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 144-149.

6. Sayfullayev,A.F.O. (2023). SHAHARLARNI KO'KALAMZORLASH-TIRISHDA KATALPA DARAXTINING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2), 77-82.

7. Shamsidinova, G. D., Sayfullaev, A. F., Achilova, N. R. va Baratov, U. D. (2021). O'zbekiston deklaratsiyasi asosida "Barqaror ekologik rivojlanish uchun ta'lim"ni rivojlantirish istiqbollari. Osiyo ko'p o'lchovli tadqiqotlar jurnali (AJMR) , 10 (3), 144-149.

8. Shamsidinova,G.D., Tilakova, S. va Ahatova, M. I. (2023). O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2030-YIL BARQAROR RIVOJLANISH DASTURI MAQSADLARINI AMALGA OLISHDA EKOLOGIK MUAMMONI TAHLILI. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR) , 9 (4),

9. Shamsidinova, G. D., Umaralieva, G. K., Giyosova, N. (2022). O'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMINDA ASOSIDA RIVOJLANISH JARAYONLARINI "BARQAROR RIVOJLANISH-2030" DASTURI YANGI MAQSADLARI. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR) , 8 (7), 115-117.

10. Shamsidinova, G. D., Tilakova, S. va Ahatova, M. I. (2023). O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha UNEP DASTURI MAQSADLARI. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) , 8 (4), 100-104

11. Shamsidinova, G. D., Giyosova, N., Hosilova, U., & Sayimova, M. (2022). O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BO'LGAN ISLOLOOTLAR "BARQARAR RIVOJLANISH-2030" DASTURI ASOSIDA TAHLILI. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) , 7 (6), 296-298.

12. Shamsidinova.G.D. va Babaqulova,F.Z. (2021). O'zbekiston Respublikasida Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish. Ruminiya Hujayra Biologiyasi Jamiyatiningyilnomalari , 3379-3382.

95-97.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.