Научная статья на тему 'EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYADA XORIJIY TAJRIBA'

EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYADA XORIJIY TAJRIBA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2978
270
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologik ta`lim / xorijiy tajriba / ekologiyalashtirish / atrof-muhit / axborot / tabiat / environmental education / foreign experience / environmentalization / environment / information / nature

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abdullayeva, Maxsuda To‘lanovna, Maqsudova, Gulnora Maxammadjonovna

Ushbu maqolada ekologik ta`lim hamda tarbiyada bir nechta xorijiy tajribalar muhokama qilinadi. Bu borada rivojlangan davlatlarning ekologik tarbiyasini mamalakatimizga ham joriy etish bo`yicha bir nechta muhim tavsiyalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FOREIGN EXPERIENCE IN ECOLOGICAL EDUCATION AND TRAINING

This article discusses several foreign experiences in environmental education and training. In this regard, a number of important recommendations have been made for the introduction of environmental education in developed countries

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYADA XORIJIY TAJRIBA»

Scientific Journal Impact Factor

EKOLOGIK TA'LIM VA TARBIYADA XORIJIY TAJRIBA

Abdullayeva Maxsuda To'lanovna

Farg'ona davlat universiteti, Ekologiya kafedrasi dosenti, q/x.f.n Maqsudova Gulnora Maxammadjonovna

Farg'ona davlat universiteti, Ekologiya kafedrasi o'qituvchisi

Ushbu maqolada ekologik talim hamda tarbiyada bir nechta xorijiy tajribalar muhokama qilinadi. Bu borada rivojlangan davlatlarning ekologik tarbiyasini mamalakatimizga ham joriy etish bo^yicha bir nechta muhim tavsiyalar berilgan

Kalit so zlar: ekologik talim, xorijiy tajriba, ekologiyalashtirish, atrof-muhit, axborot, tabiat

В статье обсуждается зарубежный опыт экологического образования и обучения. В связи с этим был сделан ряд важных рекомендаций по внедрению экологического образования в развитых странах.

Ключевые слова: экологическое образование, зарубежный опыт, экологизация, окружающая среда, информация, природа.

This article discusses several foreign experiences in environmental education and training. In this regard, a number of important recommendations have been made for the introduction of environmental education in developed countries

Keywords: environmental education, foreign experience, environmentalization, environment, information, nature

Chet mamlakatlarda ta'lim va tarbiyani ekologiyalashtirish O'zbekistonga nisbatan barvaqt boshlangan. Shimoliy Yevropa va Amerika mamlakatlarida atrof-muhitni muhofaza qilish strategiyasidan uning holatini hamma bosqichda nazorat qilishga tomon qaratildi. Mazkur davlatlarning ichki va tashqi siyosatlarining barcha sohalarida atrof-muhit muhofazasi masalalari kiritilganligi nazoratga olinib, insoniyatning atrof-muhitdagi barcha faoliyati barqaror rivojlanish tamoyillarida to'liq mos kelishiga xalqaro hamjamiyat etibori kuchaytirildi. Yangicha yondoshuvning diqqatga sazovor tomonlaridan biri jamoatchilikka turli xil ekologik axborotlarni erkin olish va tarqatishlariga keng huquqlar berilganligidadir.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Ekologik ta'lim va tarbiya orqali kishilarda, jumladan, yoshlarda koinotdagi yagona hayot mavjud bo'lgan Yer sayyorasi haqidagi tasavvurlar, o'z yashash muhiti to'g'risidagi bilimlar, atrofimizdagi olam, tabiat va insonlarni o'zaro uzviy bog'langanlik haqidagi ilmiy-nazariy dunyoqarashlar, o'z o'lkasi va vatanining ekologik tizimlari (ekotizimlari), ularning paydo bo'lishi, evolyutsion rivojlanishi, antropogen o'zgarishi, makon va maydon bo'yicha tarqalish qonuniyatlari, undan kelib chiqadigan hususiyatlari, boyliklari, holati, kelajak istiqbollari, milliy, regional va global miqyosdagi tabiat va jamiyat munosabatlari, amaliy ekologik ko'nikma va malakalar, Yer yuzasi atrof-muhitini muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmularini qayta tiklashga oid muammolarni anglash va ularning yechimini topishga doir to'g'ri qarorlarni qabul qilish kompetensiyasi, ularni tanlagan kasblarga qarab ekologik ta'lim va tarbiya shakllantiriladi va rivojlantiriladi [2, 34-b.].

Ekologik amaliyot - yuksak ekologik ma'naviyatli va ma'rifatli shaxs imkoniyatini uning hayot va mehnat faoliyatida qo'llay olishning motivatsiyalanganlik darajasi. Ya'ni ekologik ong va madaniyatni hayotiy faoliyatda nechoqlik zarur ekanligini his etish va uning ijobiy natijalaridan bahramand bo'la olish sharoitining muayyan ma'muriy boshqaruv birliklar yoki iqtisodiyot tarmoqlari doirasida yaratilganligi. U davlat, jamiyat va korporativ uyushmalarning olib borayotgan ekologik konsepsiyasida, siyosatida, qonunuchiligida, harakatlar dasturi va ish rejalarida, prioritet tadqiqotlar yo'nalishlarida, kadrlar tayyorlash va ularni amalda tatbiq etilganligida namoyon bo'ladi.

Ekologik ta'lim, tarbiya va amaliyot mohiyati uning uch yo'nalishdagi tadqiqot qilish, o'rgatish va amalga joriy etish predmetida o'z aksini topadi:ekotizimlarni (tabiiy va antropogen o'zgargan) muhofaza qilish; ekotizimlarning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish;buzilgan ekotizimlarni qayta tiklash.

Ekologiyaning maqsadi - hozirgi va kelajak avlodlarning barqaror rivojlanishini ta'minlovchi ekotizimlar xavfsizligiga erishish uchun ekologik ta'lim, tarbiya va amaliyot birligini ta'minlash.Ushbu maqsadga erishmoq uchun milliy miqyosda quyidagi ekologik tusdagi vazifalarni bajarish talab etiladi: ekologiyaning umume'tirof etilgan ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish; uning tarixi, hozirgi holati va kelajak istiqbollarini turli ekotizimlar doirasida uzviy bog'langan holda baholash; ekologik konsepsiya va harakatlar dasturini ishlab chiqish; taktik va strategik ekologik rivojlanish rejalarini qabul qilish; ekologiya va atrof-muhit

Scientific Journal Impact Factor

muhofazasiga doir kadrlar tayyorlash tizimini qayta ko'rib chiqish; ekologik qonunchilik bazasini har tomonlama tahlil qilish va uni amaliyot bilan bog'lash mexanizmini yaratish; milliy ekologik ta'limning majburiylik prinsipini amalda qo'llash; ekologik ta'limni barqaror rivojlanish qoidalariga mos ravishda qayta ko'rib chiqish kabi masalalarni hal etishga undaydi [9, 2-b.]

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqqiyot kafolatlari" asaridagi ushbu jumlalarga e'tibor qaratishimiz ham juda zarur: "Ochiq e'tirof etish kerakki, uzoq yillar mobaynida eski-ma'muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida bu muammo bilan jiddiy shug'ullanilmagan. Aniqrog'i, bu muammo ayrim jonkuyar olimlar uchungina tadqiqot manbai, o'z mamlakatining kelajagiga, tabiiy boyliklarini saqlab qolishiga befarq qaramagan, bu haqda qattiq tashvish chekkan odamlarning esa "qalb nidosi" bo'lib kelgan" [1, 3-b.].

Davlat siyosatiga monand ravishda ekologik ta'lim ham kuchaydi. Chet el olimlari bir necha o'n yilliklar mobayonida quyidagi muammolar ustidan izlanishlarni olib bomoqdalar. Masalan:

- V.E.Girusov, V.I.Danilov-Danilyan, H.A. Karmaev, I.I.Kravchenko, G.A.Kuznetsov, H.H. Moiseev, N.F.Reymers, A.D.Ursul, R.G.Barker, W.R.Catton, D.D.Chiras, R.E.Dunlap va boshq. ekologik ta'lim asoslarining falsafiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa jihatlarini;

- G.V.Akopov, A.A.Aldashev, A.A.BrudnLiy, E.V.Girusov, A.D.Ioseliani, D.N.Kavtaradze, N.M.Mamedov, V.I.Medvedev, E.I.Cherdimova, B.A.Yasvin, D.H.Meadows, D.L.Meadows, J.Randers, A.W.Wiecker i boshq. Insonlarni tabiatga munosabatini keskin o'zgartiruvchi ekologik ta'lim mazmuni va mohiyati, tuzilishi, ekologik ong va madaniyatni shakllantirish masalalarini;

- S.N.Glazachev, V.P.Gorlachev, N.S.Dejnikova, O.N.Kozlova, I.I.Mazur, O.G.Tavstuxa va boshq. ekologik ta'limning asosiy maqsadi sifatida ekologik madaniyatni shakllantirilishini;

- A.F.Baranov, N.B.Dementev, Yu.I.Mixalchenko, J.B.Moiseeva, O.V.Popova, B.I.Strelets, L.F.Tararina va boshq. Uzluksiz ekologik ta'lim tizimini hamda uning mintaqaviy jihatlarini;

- A.N.Zaxlebniy, I.D.Zverev, V.M.Sen-kevich, G.P.Sikorskaya, I.T.Suravegina, Ch.M.Geesteranus, J.C.Smith, L.F.Schmore, A.J.Suvan va boshq. Umumiy ekologik ta'lim va tarbiyaning nazariy-metodik asoslarini aniqlashni;

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

- V.I.Blinnikov, G.S.Kamerilova, S.S.Kashlev, A.B.Mironov, O.D.Duncan, S.Foresman va boshq. umumta'lim muassasalarining pedagogik kadrlarini ekologik ta'lim va tarbiyaga tayyorlashni;

- E.I.Efimova, I.N.Kondrashova, H.A.Liz, N.M.Mamedov, K.A.Romanova, U.Halbach va boshq. Turli darajadagi kasbiy ta'lim muassasalarida ekolog mutuxassislarni tayyorlashning turli yo'nalishlarini tahlili va ilmiy-amaliy ishlanmalarni yaratishga harakat qilmoqdalar [7, 38-b.].

MUHOKAMA

Xalqaro standartlarga monand ravishda ekologik ta'limda atrof-muhit haqida, atrof-muhit yordamida va atrof-muhit uchun ta'limlari mavjud. Bu uchta komponent ekologik ta'lim va tarbiyaning bo'laklangan masalalarini bir butun yechimini ta'minlaydi. Masalan, G'arbiy Yevropada bolalar maxsus xo'jaliklarda yovvoyi hamda uy hayvonlari bilan muloqotda bo'lishi, hattoki ularni parvarish qilish orqali ekologik ta'lim va tarbiya uch yoshdan boshlanadi.

Avstriyada kasbiy ekologik ta'lim va tarbiyaga zamin tashyorlash maktab dasturlariga kiritilgan. Masalan, maxsus maktab loyihalarini tashkillashtirish ("Maktab bog'i", "Atrof-muhit tarixi", "Maktabda ekologiya","Ekologik ustaxona", "Tabiat uchun ijodiyot"); tabiatni muhofaza qilish aksiyalarini o'tkazish ("Ozon", "Alp faoliyati"); turli xil didaktik materiallar va maxsus o'quv qo'llanmalarini tayyorlash; pedagog-ekologlar uchun seminarlar hamda bolalarning ekologik ta'limida ishtirok etuvchi barcha mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslari; ekologik ta'lim masalalari bo'yicha jurnal va gazetalar nashri; "Atrof-muhit, maktab va jamoat" shu yo'sindagi maxsus ekologik ta'lim dasturlarini tayyorlash; ekologik ta'lim masalalari bo'yicha umumdavlat ma'lumotlar bankini yaratish; koordinatsion funksiyalarni amalga oshirish; bolalarni ekologik ta'limi bilan bog'liq bo'lgan maktab va maktabdan tashqari ekologik ta'lim, turli loyihalar faoliyatida ishtirok etishni hohishini bildirganlarni o'qituvchi va boshqa mutaxassislarga konsultatsiyalar. Avstriyaning oliy kasbiy ta'lim bosqichida ekologik ta'lim to'g'ridan to'g'ri maxsus va kasbiy fanlarni tanlov asosida o'qitishdan boshlanadi. Umumiy ekologik ta'lim va tarbiya esa umumiy ta'lim tizimiga kiritilgan.

Daniyadagi ekologik ta'lim va tarbiya muammolari barcha pedagogik kasbiy ta'lim tizimiga kiritilgan. Pedagoglarni tayyorlashda majburiy ekologik ta'lim, fanlararo mustaqil ta'lim, tegishli o'quv materiallarning ommabopligida namoyon etgan. Daniya skandinav davlatlari bilan Shimoliy Sipozium o'tkazish va "Skandaniviyada atrof-muhit sohasida ta'lim", "Boltiq dengizi", "Shimoliy dengiz"

xalqaro va "Toza daryolar", "Kislotali yomg'ir", "Yashil bayroq" milliy ta'lim

162

Scientific Journal Impact Factor

loyihalarini amalga oshirish, dengiz sohillarining ekologik holatini kartalashtirish va o'rganish yo'li bilan uzoq muddatli hamkorlik loyihalarning doimiy qatnashchisidir.

Germaniyada ekologik ta'lim yoshlarni atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini o'zgartirishga va bilimlarini rivojlantirishga, ularning tabiatni muhofaza qilishga tayyorligini oshirishga, o'sib kelayotgan avlodda ekologik mas'uliyatli xulqni shakllantirishga yo'naltirilgan. Bunda asosiy urg'u inson, jamiyat va tabiiy muhit o'rtasidagi munosabatlarni ochib berishga qaratiladi. Ekologik ta'lim va tarbiyada inson omili asosiy bo'lib, u ekotizimlarni halokatli ifloslanishiga olib kelmoqda, degan dunyoqarash mavjud.

Irlandiyaning ekologik ta'lim va tarbiya quyidagi masalalarni hal qilishga qaratilgan: inson va atrof tabiiy muhit o'rtasidagi aloqadorlikning kompleksliligini tushuntirishga yordamlashish; shahar va qishloqlarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik munosabatlarga qiziqishlarini rag'batlantirish; har bir tinglovchiga mas'uliyatli ekologik qarorlarni qabul qilish uchun bilim, munosabat, qadriyat va malakani olishi hamda tabiiy muhitni himoya qilish va takomillashtirish uchun zarur amaliy bilim va ko'nikmalarni berish; individual, guruh va jamoa ongida atrof-muhitda faoliyat olib borish va o'zini tutish bo'yicha yangi ekologik modellarni yaratish va uni amalda tatbiq qilish, alohida fuqaro, turli ijtimoiy guruh va jamoalarda tabiatga yangicha munosabatda bo'lishni shakllantirishga yordam berish; aholining keng amaliy ekologik malaka olishlariga yordam berish; ekologik muammolarni aniqlash va tasniflashni shakllantirish, muammoli masala va vaziyatlarni hal etish, ekologik muammolar yechimini qabul qilish jarayonida ishtirok etish, deb qaraladi.

Shvetsiyada ekologik ta'lim va tarbiya 1970 yilda "Yevropada atrof-muhit" yiliga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish arafasida yaratildi hamda atrof-muhit muhofazasi mavzusi yangi to'qqiz yillik majburiy ta'limga kiritildi. Shu bilan birga atrof-muhit masalalari bo'yicha Milliy dastur tayyorlandi va qabul qilindi. Uning talablariga binoan Shvetsiyada pedagog va o'quvchilar uchun yangi o'quv qo'llanmalar va yo'riqnomalar nashr qilindi. Ekologik ta'lim va tarbiya Yevropaning Skandinaviya yarim orolida joylashgan davlatlarning hamkorligidagi birlamchi masalaga aylandi. Shvetsiyaning atrof-muhitni muhofaza qilish jamiyati va ta'lim bo'yicha Milliy agentligi hamkorligida ekologik ta'lim muammolari bo'yicha umumdavlat axborot tizimi yaratildi.

Yaponiyada yuksak ekologik ma'naviyatli shaxsni tayyorlash atrof-muhit sohasidagi ta'lim dasturlari orqali erishilgan bo'lib, u milliy kasbiy tayyorgarlikning barcha bochqichlarini o'zida qamrab olgan. Yaponlar uncha dinga ko'p kirishmaganlar va shuning uchun ham ularda ikonalar o'rnida go'zallik mehrobi

Scientific Journal Impact Factor

sifatida gulli vaza turadi. Ikebana Yer planetasidagi barcha insonlarga ma'lumdir. Yaponlarning tabiatga munosabati - bu o'zgacha milliy psixologiya bo'lib, uning asosida jamoaviy ong yotadi. Shuning uchun ham ularda ekologik tarbiya qadimiy tarixga egadir.

AQSHning kasbiy ekologik ta'lim va tarbiya turli shakl, yo'nalish va metodologik yondashuv, barcha ta'lim va tarbiya mazmuniga ekologik etikani chuqur kirib borishi, aholining atrof-muhitga ehtiyotkorlik va mas'uliyat bilan munosabatda bo'lishini shakllantirish jarayonida keng ommani, ayniqsa, nodavlat jamoat tashkilotlarini jalb qilish bilan birga olib boriladi.

Rossiya Federatsiyasining ekologiya mutaxassisligi bo'yicha oliy kasbiy ta'limning davlat ta'lim standartlarida ekologlar quyidagi faoliyatni yurgazishi mumkin.

Insonni aqli, bilimi, zakovati, mehnati kabilar sivilizatsiyaga olib keldi. Ularda ma'naviyat, ijtimoiy muhit, ruxiy poklikni keltirib chiqardi. Bugun O'zbekiston davlati oldida tabiiy, ijtimoiy, ruxiy, suv, oziq - ovqat, yashash sharoitini yanada yaxshilash kabi vazifalar turibdi [7, 38-b.].

Odamlar o'zlari yashab turgan hududning ruxiy va ijtimoiy xususiyatlaridan kelib chiqib, ma'naviyatlilik darjasiga ega bo'ladilar.

Avvalo, ekologik ma'naviyat, madaniyat, tarbiya, ta'lim kabi tushunchalarni qisqacha ta'rif berib o'tish joizligini aytib o'taylik.

Ma'naviyat tushunchasi - bu kishining egallagan bilimlari, uning hayotida sinovlardan o'tib, ruxiga singib etgan, butun ijtimoiy sifatlardir. Jamiyat a'zolari ma'naviyati darajasi, ruxiy - psixologik holati ta'sir doirasi uning jamiyatda tutgan o'rni, ya'ni mansabi va mavqeyiga qarab belgilanadi. Shuning oqibatida kishilar rahbarga qarab insoniy sifatlaridan ham ruxiy va munosabat darajalaridan ham namuna oladilar [3, 36-b.].

Odamlar ma'naviyatiga yomon ta'sir etadigan ba'zi bir fazilatlar - manmanlik, qo'l uchida salom berish, boshini viqor ila baland tutib yurish, mensimaslik, balandparvozlik bilan buyruq berish kabilar oadmlarda rahbarga bo'lgan ishonchni yo'qota boradi.

Insondagi yaxshi sifat va fazilatlar asosan oilada va ta'lim tarbiya maskanlarda yaratiladi. Ayniqsa, oliy va o'rta maxsus ta'limda ijtimoiy muhit sog'lom bo'lsa, talabalarning ijtimoiy sifati, tayyorgarlik darajasi va bilimi ham yuqori bo'ladi.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

REFERENCES

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Toshkent. 2013 (2-nashri)

2. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar i pedagogik mahorat - T.: TDPU, 2003.

3. Golish L.V., Fayzullaeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish: O'quv uslubiy qo'llanma/ Ta'limda innovatsion texnologiya seriyasi. - T.: 2010.- 149 b.

4. Usmonov B.Sh., Raximov F.X., Dusmuxamedova M.X. "Ta'lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion korpoorativ hamkorlik. Ilmiy-uslubiy qo'llanma. Toshkent. "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti, 2017 y

5. Jo'raev N. "Avesto mo'jizasi" Toshkent. G'ofur G'ulom nomidagi nashr-matbaa ijodiy uyi. 2013

6. Shodimetov. Yu. Ijtimoiy ekologiya. (darslik). Toshkent. 2003 y

7. Nazarov M. Ekologiya fanidan xorijiy mamlakatlarda olib borilayotgan yangi texnologik va pedagogik texnologiyalar. (Malaka oshiruvchilar uchun) Farg'ona davlat universiteti qoshidagi kadrlar malakasini oshirish bo'limi) Farg'ona. 2018 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.