EKOLOGIK TA'LIM BUGUNGI KUNNING DOLZARB MUAMMOSI
Abdimo'min Shaxanovich Tursunov
Termiz muhandislik-texnologiya instituti assistenti abdimomintursunov641 @gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada yoshlarda ekalogik madaniyatni shakllantirishda ekalogik ta'lim-tarbiyaning o'rni yoritilib o'tilgan. Ekologik ta'lim va tarbiyalash tizimini maktabgacha ta'lim muassasalarida, umumiy ta'lim maktablarida, keyingi ta'lim bosqichlarida ham davom ettirish zarurligi, tabiatni asrash va ekologiya masalasi davlat siyosati darajasigacha olib chiqilganligi, ta'lim muasssasalarida yoshlarga ekologik ta'lim-tarbiya berib borilishi aytib o'tilgan.
Kalit so'zlar: Ekologik madaniyat, atrof-muhit musaffoligini saqlash, tabiiy resurslar, ekologik tarbiya, ekologik ong, "yashil makon" umummilliy dasturi, ekologik vaziyat, mahallada ekologik muhit, tabiatga nisbatan munosabat, "inson-tabiat-jamiyat", "yashil bog'lar", "yashil jamoatchilik parklari"
ABSTRACT
This article highlights the role of ecological education in the formation of ecological culture among young people. It is necessary to continue the system of ecological education and upbringing in preschool educational institutions, general education schools, and at the next stages of education, the issue of nature conservation and ecology has been brought to the level of state policy, ecological education for young people in educational institutions education is mentioned.
Keywords: Ecological culture, preservation of environmental purity, natural resources, ecological education, ecological consciousness, national program "green space", ecological situation, ecological environment in the neighborhood, attitude towards nature, "man-nature-society", "green parks" , "green public parks".
KIRISH
Bugungi kunda dunyoda tabiatda ro'y berayotgan ekologik muammolar oqibatlarini bartaraf etishda ekologik ta'lim va madaniyatning o'rni nihoyatda muhimligini ko'rsatmoqda. Jumladan, ekologik madaniyat bu shaxsning atrof-muhitga ma'suliyatli munosabatiga oid bilim, ko'nikma, qadriyat, ma'naviy va ahloqiy me'yorlar hamda ularni amalda ongli ravishda samarali qo'llay bilish faoliyatining yuksak
June, 2023
82
ko'rsatkichlari majmui ekanligini yosh avlodga singdirish orqali ularda tabiatga bo'lgan munosabatni rivojlantirishni taqazo etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Yoshlarda ekologik tarbiyani shakllantirish bo'yicha qancha olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo'lib, maqolada ushbu tadqiqotchilarning fikrlarini o'zaro solishtirish orqali qiyosiy tahlil qilgan holda o'rganilgan. Shuningdek, maqolada qiyosiy tahlil metodidan tashqari, tarixiylik, izchillik, xolislik kabi ko'plab metodlardan ham foydalangan holda mavzu mohiyatini ochishga harakat qilingan.
Yurtimizda tabiatni asrash maqsadlarida aholining ekologik madaniyatini shakllantirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 30.12.2021y. №PF-46-sonli "Respublikada ko'kalamzorlashtirishishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga binoan "Daraxt, butalar va yashil hududlarni muhofaza qilish hamda ularning maydonlarini kengaytirish, ushbu sohada mas'ul tashkilotlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish" bo'yicha tegishli ko'rsatmalarning berilishi bu boradagi davlat miqyosida alohida e'tibor berilayotganligidan dalolat beradi.
Shuningdek, butun dunyoda ilmiy jamoatchilikning oldida turgan dolzarb masalalardan biri - bu ekologik barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash bilan bog'liq tadqiqotlarni yanada keng ko'lamda olib borishdan iborat. Zero, bugungi kunda barqaror ekologik vaziyatni, atrof-muhit musaffoligini saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning muhim sub'ektiv omili bo'lgan ekologik ongni shakllantirish, fuqarolarning tabiatga bo'lgan munosabatlarini o'zgartirish maqsadida "mahalliy budjetlarning qo'shimcha manbalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan aholiga bepul ko'chat tarqatish uchun mahalla fuqarolar yig'inlariga ko'chatlar yetkazib beradi hamda "yashil bog'lar" va "yashil jamoat parklari"ga daraxt ekish maqsadida kelgan fuqarolarni ko'chat ekish uchun zarur jihozlar bilan ta'minlaydi" [1:4-5] aniq takliflar asosida jamiyatning eng quyi tizimidan boshlab tabiatni asrash bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda mahalla fuqarolarining ayniqsa, yoshlarning ekologik ongi va madaniyatini yuksaltirish bilan bog'liq masalalarni tadqiq qilish orqali ularning atrof muhit sofligini ta'minlashdagi mas'uliyatini yanada oshirib borish bugungi kunning asosiy vazifasiga aylandi.
Tarixiy taraqqiyotdan ma'lumki, inson tabiatning bir bo'lagi sifatida mavjud tabiiy ne'matlardan o'z ehtiyojini doimiy ravishda qondirib kelgan. Ammo bugungi kunda bu ehtiyojlarning
June, 2023
83
Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 6 | 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
oshib borishi va isrofgarchilikka yo'l qo'yilishi ko'plab muammolarni keltirib chiqardi. Ayniqsa, tabiat muvozanatining buzilishida antropogen ta'sirning oshib borayotganini alohida ta'kidlash joiz. Zero, insoniyat taraqqiyotining bugungi bosqichida ilm-fan, texnika shu darajada rivojlandiki, bu yadro energiyasi, quyosh energiyasi, kimyo sanoatining rivojlangani, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgani, axborot texnologiyalarining rivojlantirilgani va fan-texnikaning boshqa yanada murakkab sohalarining o'zlashtirilgani bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga tabiatning yer osti va yer usti boyliklaridan sof iqtisodiy manfaatlar yo'lida foydalanish "tabiat-jamiyat-inson" tizimidagi munosabatlarning kun sayin buzilishiga, bu esa o'z navbatida, aql bovar qilmas yangi ekologik muammolarning yuzaga kelishiga olib kelmoqda. Bu muammolarni bartaraf etish bugungi kunda insoniyatning oldidagi eng dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda.
Bu borada O'zbekiston Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2022-yil 21-dekabrdagi Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga yo'llagan Murojaatnomasida: "Tabiatimizni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelgusi yilda har bir mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi kerak. Bu borada mavjud vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirish uchun ekologiya va atrof-muhitni asrash bo'yicha sa'y-harakatlarimizni, xususan, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarimizni kuchaytiramiz." [1:90], deb ta'kidlagan edi. Darhaqiqat, bugun barcha xalq, millat va elatlarning vazifasi - bu atrof-muhitga ziyon yetkazmagan holda tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishdan iborat.
Ma'lumki, "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko'chatlarini ekish belgilangan edi. Bunday keng ko'lamli tashabbusning amalga oshirilishi natijasida shaharlarimizdagi yashil maydonlar hududi hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirilishi rejalashtirilgan. Umuman bu loyiha bo'yicha kelgusi besh yilda 1 milliard tup daraxt ko'chat ekilishi maqsad qilingan. Bu kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda yoshlarning o'rni va ularga tabiatni asrash bo'yicha berilayotgan ekologik ta'limning o'rni muhimdir. [1],
Yoshlarga beriladigan ekologik ta'lim tarbiyaning asl maqsadi yoshlar ongini ma'naviy jihatdan boyitish, ularda ekologik madaniyatni shakllantirish, vatanimiz uchun chinakkam sodiq insonlar bo'lib kamol topishlariga zamin yaratishda ko'maklashishimiz, shuningdek, havoning musaffoligi, suvning sifati, tuproqning tozaligi kelajak sog'lom avlod uchun kafolat ekanligini, ular ongiga sindirishdan iborat. Yoshlarimiz ongiga ekologik ta'lim tarbiyani singdirishda nafaqat ona tabiat haqidagi nazariy bilimlar,
June, 2023
84
balki amaliy mahorat ham katta rol o'ynaydi. Ekologik tadbirlar ona tabiatga bo'lgan mehr va mas'uliyatni shakllantirib, ularga turli xildagi sayohatlar, ekologik muammolar doirasidagi kechalar misol bo'lishi mumkin. Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha ta'lim berish-bu tabiatni muhofaza qilish masalalarini nazariy va amaliy jihatdan o'zlashtirishga yo'naltirilgan o'qitish tizimidir. Umumiy va maxsus ekologiya asoslarini bilish har bir zamonaviy kishi uchun zarur bo'lgan madaniyat elementi hisoblanadi. Ekologik savodxonlikka erishish yo'lida insonlarning ekologik bilim darajasini oshirish hamda mamlakat va hududlar bo'yicha atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbaalar to'g'risida ma'lumotlar berish muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday ma'lumotlarga ega bo'lish, umumiy ekologik holatni ko'z oldiga keltirish, tabiatga va insonlar salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarni cheklash va yo'qotish bo'yicha amaliy faoliyatida ishtirok etish uchun zarur.
Ekologik ta'limda dunyoqarashni ekologiyalashtirish ham muhim yo'nalishlardandir. Bunga erishishning muhim vositasi insonlarning o'z ustida ishlashlari, tabiat sirlarini o'rganishda va ekologik bilimlarni doimo oshirib borishiga bo'lgan intilishlaridir. Dunyoqarashni ekologiyalashtirish, ekologiyaga doir fanlarni to'la o'zlashtirish bilan birga, iqtisodiy, siyosiy, texnikaviy, huquqiy va boshqa sohalarning ekologik munosabatlarini bilish orqali amalga oshiriladi.
Biz buni to'g'ri anglagan holda yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ma'naviy qadriyatlarimizda ilgari surilgan g'oyalarga tayanishimiz kerak. Bu g'oyalar yoshlarning tabiatga va hayvonot dunyosiga bo'lgan ijobiy munosabatini shakllantirishda, umuman "tabiat-jamiyat-inson" tizimi munosabatlarini uyg'unlashtirishda beqiyos ahamiyatga ega.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, islom dini xalqimizning tabiatga munosabatini to'g'ri shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. U ona Vatanimizning tabiatini asrab-avaylashga bo'lgan mehr-muhabbatni kuchaytiradi va uni asrash orqali o'sib kelayotgan avlod uchun zarur hayotiy shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
XULOSA
Aytish mumkinki, "tabiat-jamiyat-inson" tizimi munosabatlarini muvozanatga keltirishda, tabiat in'om etgan ne'matlardan oqilona foydalanish, tabiatni asrab-avaylashga oid g'oyalardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zero, ma'naviy qadriyatlarimiz asosida farzandlarimizning ongiga atrof-muhitni ozoda tutish, havoning ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik, mamlakatimiz tabiatini, hayvonot va o'simlik dunyosini asrash kabi tushunchalarni singdirib borishimiz kerak. "Tabiatimizni asrab-
June, 2023
85
avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelgusi yilda har bir mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi kerak. Bu borada mavjud vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirish uchun ekologiya va atrof-muhitni asrash bo'yicha sa'y-harakatlarimizni, xususan, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarimizni kuchaytiramiz." [2:100] - deb takidlab o'tdi davlatimiz rahbari Murojaatnomasida.
REFERENCES
1. Sh.M.Mirziyoev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - T.: O'zbekiston, 2017.
2. Sh.M.Mirziyoev. Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. - T.: O'zbekiston, 2023.
3. M.No'monov. Islomda tabiatga munosabat. -T.: Movarounnahr, 2011.
4. Sh.Otaboev, S.Mirvaliev va E.Tursunov - Ekologiyada madaniyat va ma'naviyat muammolari. -T.: Nishon noshir nashriyoti, 2009 y.
5. Sayyid Mubashshir Taroziy Sof tabiat dini / Tarj. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. - T.: Hilol-nashr, 2019.
June, 2023