Научная статья на тему 'INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINIF O’QUVCHILARIDA EKOLOGIK KOMPITENSIYALARNI SHAKILLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI'

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINIF O’QUVCHILARIDA EKOLOGIK KOMPITENSIYALARNI SHAKILLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
346
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang’ich ta’lim / metod / integratsiya / ekologiya / madaniyat / ekologik madaniyat / shakllantirish / yashil makon dasturi / tabiiy fanlar / o’qish / ob-havo / fanlarni biritktirish / to’ldirish. / primary education / method / integration / ecology / culture / ecological culture / formation / green space program / Natural Sciences / study / weather / science unification / filling.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — A. Hayitov, Sh. Mansurova

Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitiladigan fanlarni integratsiya qilish orqali ekologik madaniyatini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini ko’rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR THE FORMATION OF ECOLOGICAL COMPETENCES IN PRIMARY CLASS STUDENTS ON THE BASE OF AN INTEGRATIVE APPROACH

The article indicates the pedagogical conditions for the formation of the ecological culture of Primary School students through the integration of the subjects taught.

Текст научной работы на тему «INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINIF O’QUVCHILARIDA EKOLOGIK KOMPITENSIYALARNI SHAKILLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINIF O'QUVCHILARIDA EKOLOGIK KOMPITENSIYALARNI SHAKILLANTIRISHNING PEDAGOGIK

SHART-SHAROITLARI Hayitov Anvar Isomiddin o'g'li

Nizomiy nomidagi TDPU o'qituvchisi Mansurova Shaxlo Azizbek qizi

Nizomiy nomidagi TDPU 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7294980

Annotatsiya. Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitiladigan fanlarni integratsiya qilish orqali ekologik madaniyatini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, metod, integratsiya, ekologiya, madaniyat, ekologik madaniyat, shakllantirish, yashil makon dasturi, tabiiy fanlar, o'qish, ob-havo, fanlarni biritktirish, to'ldirish.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ФОРМИРОВАНИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ КОМПЕТЕНЦИЙ У ШКОЛЬНИКОВ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ НА ОСНОВЕ

ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА

Аннотация. В статье показаны педагогические условия формирования экологической культуры учащихся начальных классов через интеграцию преподаваемых предметов.

Ключевые слова: начальное образование, метод, интеграция, экология, культура, экологическая культура, образование, зеленое пространство, естествознание, чтение, погода, интеграция наук, наполнение.

PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR THE FORMATION OF ECOLOGICAL

COMPETENCES IN PRIMARY CLASS STUDENTS ON THE BASE OF AN

INTEGRATIVE APPROACH

Abstract. The article indicates the pedagogical conditions for the formation of the ecological culture of Primary School students through the integration of the subjects taught.

Keywords: primary education, method, integration, ecology, culture, ecological culture, formation, green space program, Natural Sciences, study, weather, science unification, filling.

KIRISH

Respublikamizda tabiatni parvarishlash, asrab-avaylash, uni qo'riqlash va havoni ham toza qilish uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Tabait boyliklardan: suvdan, yerdan o'rinsiz foydalanish ekalogiyani o'zgartirib yuboradi. Bu ishlarni quyidagi dasturlar misolida ko'rishimiz mumkin: "Sog'lom avlod" davlat dasturi va "Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi" ishlab chiqildi, "Ekosan" xalqaro jamg'armasi tuzildi, Bundan tashqari, Orol dengizi bo'yicha dastur, Ozon qatlamini buzayotgan moddalardan foydalanishni to'xtatish bo'yicha milliy dastur, "Yashil makon" dasturi, "Obod mahalla" dasturlar ham yo'lga qo'yigan. Ekologik partiyasi tomonidan ham orqali mamlakatimizda ob-havoni toza qilish tabiatni asrab avaylash va parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, "Yashil makon" dasturining 2-bandida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko'chat ekish, ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlarda faol ishtirok etish haqida fikrlar alohida e'tibor qilinib berilgan[1].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish bo'yicha joylarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, yakka tartibdagi va ko'p kvartirali uylarni, mahalla binolari va guzarlarini ta'mirlash, piyoda yo'laklarini barpo etish, tungi yoritish uskunalarini o'rnatish, shuningdek, boshqa infratuzilma obyektlarini qurish hamda ta'mirlash ishlarini moliyalashtirishga aholi va tashabbuskor tadbirkorlar mablag'lari, homiylik va xayriya mablag'lari, tijorat banklari kreditlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablag'lar jalb qilish choralarini ko'rsin kabi ta'kidlab o'tilgan[2].

"Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida"gi O'zbkiston Respublikasin qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqidagi qarorning 50-moddasida "Fuqarolar atrof tabiy muhitiga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar" deb qo'yilgan[3].

Jamoatchilik e'tiborni ekologik sog'lomlashtirish va atrof-muhit muhofazasi muammolarini izchil suratda hal etish zaruriyatga qaratgan holda, Ekoharakat mamlakatimizning barcha fuqarolarini Ona Vatanimizning bebaho tabiiy boyliklari kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylashdek oliy vazifani bajarishda faol ishtirok etishga chaqiradi. Atrof-muhit holatiga e'tiborsiz munosabatda bo'lish tabiy resurslardan me'yordan ortiq foydalanish va ekologik talablarni mensimaslik Orol dengizining qurishi, cho'llanish, yer va suv resurslarining tanazzuli, o'simlik va hayvonot dunyosi genofondning yomonlashuvi, biologik xilma-xillikni qisqarishi, ko'p miqdordagi sanoat, maishiy va boshqa chiqindilarning hosil bo'lishi kabi bir qator global va mintaqaviy ekologik muammolar paydo bo'lishiga olib keladi. Hozirgi davirda inson va tabiat, fan-texnika taraqqiyoti va atrof-muhit, jamiyat va ekalogiya o'rtasida nomunosiblik vujudga kelmoqda. Bularning barchasi ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish masalalarini ko'ndalang qo'ymoqda.

METOD VA METODOLOGIYA

Maqoladagi masalamizni to'liq yoritishdan har bir tayanch tushunchalar mohiyatini bilib olishimiz lozim. Biz quyida shu asosiy tushunchalar ta'rifini berib o'tamiz.

R.A. Mavlonova shunday yozadi: "Integratsiya - "butun" degan ma'noni bildiradi, demak, bu tafakkur o'sishi jarayonining turli qism va integratsiya atama va uslubiy nuqtaiy nazardan hodisa sifatida nima ekanligini korib chiqaylik[4]. «Integratsiya» sozi lotincha integratio-tiklash, to'ldirish, «integer» butun sozidan kelib chiqqan. Integrativ ta'lim jarayonida o'quvchi, olamning yaxlitligini, koinot, tabiat konunlarini, tabiat, jamiyat va insonlarning o'zaro munosabatlari haqida xar tomonlama bilimlarga ega bo'lib kamol topadi[4]. Tabiat go'zalligini xis qila olish, undan zavqlanish, e'zozlash ko'nikmalariga ega bodadi. Ta'limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qo'llash ayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta'lim muassasalari o'quv jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi lozim.[4]

Ekologiya (yunoncha — „uy", „turar joy") — organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni o'rganadigan biologiya fanlari majmui. Ekologiyani organizmlar va ular bilan atrof muhit o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'rganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi[5]. Ekologiya o'rganadigan ob'yektlariga ko'ra, umumiy va xususiy ekologiyaga ajratiladi.

Agar «madaniyat» va «kultura» atamalarining qo'llanish tarixiga e'tibor bersak, «madaniyat» arabcha «madina» so'zidan olinganligi va «shahar» degan ma'noni anglatishini ko'ramiz. «Kultura» so'zi esa yuqorida yozganimizdek, lotinchadan olingan bo'lib, «ishlov

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

berish, parvarishlash» ya'ni tuproqqa va yerga ishlov berish kabi ma'nolarni anglatgan[6]. Keyinchalik mazkur atamalarning mazmun-mohiyati o'zgarib borgan.

Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit to'g'risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg'usiga ega bo'lish, o'simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko'paytirish borasida qayg'urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko'rsatkichidir[5].

Boshlang'ich ta'limda hozirgi vaqtda maktab o'quvchilarini ekologik tarbiyalash pedagogik nazariya va amaliyotda ustuvor yo'nalishga aylanib bormoqda. Bu sayyoramizdagi qiyin vaziyat bilan bog'liq: tez o'sish aholi soni, demak, uni oziq-ovqat bilan ta'minlash, sanoatni mineral xom ashyo bilan ta'minlash muammosi, energiya muammosi va albatta, tabiiy muhitning ifloslanishi bularning barchasi yer yuzida hayotning mavjudligiga tahdid soladi. Bunday holatning eng muhim sabablaridan biri aholining ekologik savodsizligi, ularning tabiatga aralashuvi oqibatlarini oldindan ko'ra olmaslikdir[5].

O'quvchilarda ekologik savodxonlik va madanoyat ta'lim tarbiya muassalari va amalga oshiriladi. Boshlang'ich talim o'quvchilariga ekologik tarbiya berishda milliy hususiyat va tomonlarga asosiy e'tiborni qaratishimiz lozim. Bular suv, yer, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Ota bobolarimiz: "Suv-tabiat in'omi, hayot manbai"-deb bejiz aytishmagan[7]. Maktabda o'quvchilarni ekologik tarbiyalashda bunday ma'lumotlarni berib boorish o'qtuvchilarning asosiy vazifasi bo'lmog'i darkor. Atrof-muhitga, tabiat boyliklariga e'tiborsiz bo'lish butun sayyoraga jiddiy zarar yetkazishi ma'lum. Inson bilan tabiat, atrof muhit bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatish pedagogika nazariyasi va amaliyotida dolzarb muammoga aylandi. Ayniqsa umumta'lim maktablarida maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishish zarur. Ta'lim muassalarida rkalogik tarbiya berish mazmuni quydagilarni o'z ichiga oladi:- atrof muhit va uning shaxsiy ma'naviy dunyosiga ta'siri; -tabiat va uning axamiyatini anglash; -tabiatga muhabbatni shakillantirishda maktab va oilaning hamkorligi; -o'z tumani, shaharni, qishloqni va maktab hovlisini ko'kalamzorlashtirishda, hatto sinif xonasidagi gullarni parvarishlashga qiziqtirish; -oiladagi ,maktabdagi tabiatni, o'simliklar va hayvonot dunyosini e'zozlashga o'rgatish, jonvor va qushlarni parvarish qilish; -yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an'ana va udumlarni qayta tiklash, ularga etiborini kuchaytirish zarur[5].

TADQIQOT NATIJASI

Ta'lim muassasasida fanlarni integratsiya qilib o'quvchilarning bilimlarini, dunyoqarashini kengaytirishimiz kerak. Tabiiy fanlar fanini o'qish fanida yana kengroq tushuntirilsa, tabiatni asrash haqida mazmunli hikoyalar keltirib aytilsa, atorf-muhitga yanada ehtiyotkorona munosabatda bo'ladi.

I-sinf tabiiy fanlar darsligidagi I-bob Atrofimizdagi olam bobidagi 2- mavzu "Jonli va jonsiz tabiatni o'rganamiz"[7] mavzusini bevosita tabiat bilan bo'glab tushuntirish, undan misollar keltirish, iloji bo'lsa tabiatga olib chiqib tushuntirish yana maqsadga muvofiq bo'ladi. Mana shu mavzuni I-sinf O'qish darsligidagi uchinchi bobdagi "Bahor kelgach" mazvusi [8] bilan bog'lasak va shu mavzuni tabiiy fanlar darsligidagi mazvu bilan to'ldirib tushuntirib ketsak bo'ladi. Ikki fandagi mavzular mazmunan bir-biriga qanday bog'lanadi. Aynan jonli va jonsiz tabiatni bahor faslida tushuntirish juda ma'qul ish. Chunki tabiat jonsiz paytda jonli paytga qish faslidan chiqib bahor fasliga o'tayotganda ro'y beradi. Bu jarayonni esa quyida hikoya bilan tushuntirib beramiz. "Qish faslining oxirgi kunlarida juda uzoq va oppoq bo'lgan osmonning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bulutlarini bir chekkaga surib Quyosh bobo kulib keldi va shundan boshlab bahor fasli kelganini bildirib qo'ydi. Shunda bulutlar qochib osmonni yuzini ochib berdi va ko 'm-ko'k musaffo paydo bo'ldi. Bahor fasli kirib kelib kunlar juda isiy boshladi va havo harorati iliq bo'lib qolgani daraxtlarning o'zidan kurtaklar chiqishiga unday boshladi. Kurtak chiqarayotgan daraxt esa quyosh nuridan bahramand bo'lib yanada ko'proq kurtaklashiga sabab bo'ladi. Kurtaklangan joylarda esa yam-yashil chiroyli, inson qo'li bilan ham chizolmaydigan ajoyib bargchalar paydo bo'ladi va kattalashadi. Shu davrda hamma daraxtlar uyg'onib yana chiroyli tabiatimizga qaytidi. Bu esa bevosita insonlarning ham kayfiyatini ko'taradi, kayfiyati ko'tarilgan inson esa oilasiga, ishlariga va barcha-barcha insonlarga juda iliq munosabatda bo'lishiga turtki bo'ladi. Har bir kurtak ochayotgan daraxt chiroyli bo'lib gullaydi, bu esa tabiatniyanada chiroyli qilib qushlarni o'zininggo'zalligi bilan rom qiladi. Qushlar ham ulardan sevinib butun tabiat bo'ylab sayrab yurishadi. Keyinchalik asalarilar orqali gullari changlanib, meva tugishi boshlanadi. Bahor fasliningiing keyingi oylarida mavalar kattalashib dovcha undan keyin esa pishib haqiqiy meva holatiga o 'tadi. Bundan ko'tishimiz mumkinki, oddiy bir kichik novcha shoxidan butun bir daraxt paydo bo'lib, undan burglar chiqarib, meva ham paydo bo'lib, kattalashib shirin meva holatiga keldi. Budan eng yaxshi insonlarga va tabiatning o'ziga ham xush yoquvchi jarayon esa har "bahor" faslida ro'y beradi. Hurmatli bolajonlarning tabiatning bunday ajoyib ne 'matiga har bir isnon qadriga yetishi kerak. Eng asosiysi uni sara, parvarishlab voyaga yetkazsak, biz insonlarga barglaridan keladigan toza havo hamda mevasidan yeb tanamizga juda ko'p ozuqa olamiz. Demak, biz insonlarning sog'ligi va kayfiyatimizga yaxshi bo'lishiga yordam bo'ladigan bunday ne'matlarni asrab, parvarishlab, keying avlodga qol'dirishimiz kerak" deb tushuntiriladi. O'qish darsimizda huddi shuni hikoya tarzda aytsa bo'ladi. Hikoyadan ma'lumki, biz tabiatning qanday qilib jonlanishini "hikoya" tarzda, o'qituvchining mimika, pontamimika va ovoz to'nlari bilan mazmunli va qiziqarli qilib o'quvchilarga yetkazib berdik. Bu holatdan ko'rishimiz mumkinki, o'qish fani orqali "tabiiy fanlar", "biologiya", "psixologiya (inson kayfiyatini ko'tarishga xizmat qilgan)", "falsafa (bu jarayon tabiat qonuni ekanligi ta'kidlangan)", "odam va uning salomatligi" kabi fanlari bir-biri bilan uzviy bog'langan. Ma'lumotlar qiziqarli, mazmunli va o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan darajada so'zlab berildi. Boshqa fanlardagi bilimlardan foydalanib hikoya aytilishi ushbu fandagi ma'lumotlga qo'shimcha tarzda to'ldirilib, yanada ajoyib va mazmunli hikoya bo'ldi. Bundan ko'rishimiz mumkinki, mazmunan bir-biriga yaqin fanlarning ma'lumotlarini biriktirish ma'qul ish bo'lganligini ko'rib o'tdik. Umumiq maqsad uchun ham yaxshi xizmat qildi. Umumiy maqsad esa o'quvchilarning bilimlarini oshirish, dunyoqarashlarini kengaytirish va eng asosiysi ekologik madaniyatini shakllantish edi. Bu maqsadga o'qituvchi ushbu hikoya orqali erishdi.

Fanlarni integratsiya qilib o'quvchilarning bilimlarini, dunyoqarashini kengaytirishimiz kerak. Tabiiy fanlar fanini o'qish fanida yana kengroq tushuntirilsa, tabiatni asrash haqida mazmunli hikoyalar keltirib aytilsa, atorf-muhitga yanada ehtiyotkorona munosabatda bo'ladi[9].

MUHOKAMA

Tabiatimiz yam-yashil va ob-havomiz toza bo'lishi uchun biz insonlar daraxtlarni parvarishlashimiz, ularni asrab-avaylashimiz, ularga ishlov berishimiz, ularni ko'paytirishimiz va zarar yetkazmasligimiz lozim. Buning uchun esa nafaqat ta'lim muassalarida ko'chada va uyda ham atrof muhitga bo'lgan munosabatga doir yaxshi fikirlarni, parvarishlashga oid so'zlarni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

insonlarga ko'proq ulashishimiz kerak[10]. Ayniqsa, bolalar yoshligini inobatga olib tabiatni asrab avaylashga oid, parvarishlashga ularga zarar yetkazmaslikga ularni ko'paytirishga, umuman olganda, ekologik madaniyatni shakillantirish muhim hisoblanadi.

Yoshlarimizning ta'lim-tarbiya olishi, ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo'lishi va kelajakda sog'lom inson bo'lishida bevosita Respublikamizdagi tashqi muhit va ekologiyaga ham bog'liq. Atrof muhitimiz qanchalik toza, chiroyli, yam-yashil bo'lsa, insonlar bir-biriga yaxshi munosabatda bo'ladi va toza havodan bahramant bo'lib yuradi[11].

Ma'lumki, tabiatda hamma narsa bir-biriga uyg'undir. Fan texnika yutuqlaridan unumli foydalanayotga inson esa ana shu uyg'unlikni buzmoqda, unga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo'lmoqda. Tabiy boyliklardan: suvdan, yerdan o'rinsiz foydalanish ekalogiyani o'zgartirib yubordi. Qishloq xo'jaligi ekinlarini noto'g'ri rejalashtirish, kimyoviy o'g'itlarni haddan ziyod kop qo'llash yer unumdorligini va inson salomatligiga salbiy tas'sir ko'rsatayabdi. Korxonalardan oqib chiqayotgan zaharli ovqatlar suv havzalarini ifloslantirishi birinchi navbatda hayvonot olomi va o'simliklar dunyosiga ofat keltirmoqda. Transport vositalaridan chiqayotgan tutun-gaz havoning tozaligini buzayapti. Bularning barchasi insondan ekologik madaniyatni talab etmoqda.

Bundan ko'rishimiz mumkinki atrof muhit daraxtlar, atmosfera ham davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Biz yoshlar bu siyosatni muhitni inobatga olib tabiatga nisbatan to'g'ri munosabatda bo'lishimiz va ekologik munosabatni shakillantirishimiz shart hisoblanadi. Ekologik madaniyat esa o'quvchilarimizda maktablarda fanlarni bir-biriga bo'glab o'tilganda, bilimlar amaliyot bilan bog'lab o'tilganda yanada yaxshiroq shakllanib boradi. Chunki bolaga fan doirasida bilimlarni boshqa fanlar bilan bog'lab, to'ldirib o'tilsa dunyoqarashi yana kengroq bo'ladi. Bundan ko'rishimiz mumkinki, fanlar integratsiya yaxshi foyda beradi.

Zahiriddin Muhammad Boburning asaridagi mazmunli jumlalardan foydalanib tabiat haqida bilimlar berilsa yanada yaxshi bo'ladi. Boburning «Boburnoma» asarida ko'rgan-kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, hayvonoti, o'simliklari va odamlari, xalqlar-ning urf-odatlarini tasvirlagan. Unda yer, suv, havo, turli tabiat hodisalariga tegishli ko'plab fikrlar bor. Bobur o'lkani bilgan kishilarni hurmat qiigan, qadrlagan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. Ayniqsa, u gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni ko'paytirishga e'tibor bergan[8].

Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o'rtasidagi muvozanatni saqlaydi, bu borada boshqalarni ham to'g'ri faoliyat ko'rsatishga da'vat etadi, hech bo'lmaganda ko'chalarga axlat tashlanmasligiga, suv va havo ifloslanmasligiga hissa qo'shadi[5].

Ekologik madaniyat tarkibiga tabiatni muhofaza qilish madaniyati, tabiat boyliklaridan foydalanish madaniyati, ekologik tizimni qaytadan o'zgartirish madaniyati ham kiradi. Bular bir kishining yoki hududning vazifasi bo'la olmaydi. Umum insoniyat bunday vazifalarni yechishga birgalikda kirishsagina ekologik muammolar hal bo'ladi.

Yuqoridagi fikirlardan kelib chiqib biz ko'rishimiz mumkinki tabiatimiz qanchalik bizga kerak ekanlgini, uni asrab avaylashimizni, parvarishlashimizni va qanchalik toza saqlashimizni tushinib yetdik.

Demak, jamiyatimizdagi har bir inson atrof muhitga bo'lgan munosabatni yaxshilash kerak va ekologik madaniyatimizni shakillantirishimiz kerak. Zero tabiat bu-bizning tirikligimizdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Insonlarning ekologik madaniyatini kuchaytirish masalasini inobatga olib, yuqoridagi muhim malumotlardan kelib chiqib o'quvchilar ekologik madaniyatini shakillantirishga doir quyidagi tavfsiyalarni aytib o'taman:

- o'quvchilarning atrof muhitga doir munosabatni insonlarni ekologik madaniyatni kuchaytirish;

- ta'lim muassalarida ekologiyaga oid sinif va sinifdan tashqari tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish;

- mahallalarimizga ko'proq daraxt ekishimiz, uni parvarish qilishimiz;

- darsliklarimizga ekologik madaniyatni shakillantirishga oid qo'shimcha va mavzu va ertak hikoyalarni berishimiz lozim.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki tabait doim biz uchun hizmat qiladi, biz esa tabiatni undan ko'proq asrab avaylashimiz, parvarishlashimiz va eng asosiy ehtiyot qilishimiz lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi kengashining qarori mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini olib borishga doir chora-tadbirlar to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi kengashining qarori, 25.11.2021 yildagi 1563-IV-son.

2. "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida". O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.04.2021 yildagi PQ-5048-son

3. "Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida"gi O'zbkiston respublikasin qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish. Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 noyabirda qabul qilingan Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda maqullangan.

4. R.Mavlonova, N. Vohidova. "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi". Darslik. 2013 yil.

5. Saodat Toshevna Qosimova, Shokomil shojalilov, O'lga Aleksandrovna Bader "Atrof-muhitni muhofaza qilish va shahar iqlimshunosligi". T.-2018.

6. Vikipediya ochiq ensklopediya. https://uz.wikipedia.org/wiki/Madaniyat.

7. Tabiiy fanlar [Matn]: 1-sinf uchun darslik / K. Suyarov [va boshq.]. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. - 88 b.

8. O'qish kitobi: 1-sinf uchun darslik / Muallif-tuzuvchilar: T. G'afforova, E.Shodmonov, G. Eshturdiyeva; Mas'ul muharrir: S. Mat chonov. — T.: «Sharq», 2017. — 128 b.

9. Yo'dosheva D. Ashurboyeva D. "Ona tili ta'limida zamonaviy pedagogik texnalogiyalar."- T.: Turon Zamin Ziyo. 2018.

10. Hayitov, A. I., & Miltikboyeva, Z. (2022, May). Methods of organization of native language classes in primary classes on the basis of interactive methods. In E Conference Zone (pp. 11-13).

11. Abdushukurova. D, Hayitov, A. I. (2022). Effective ways to organize mother tongue lessons in primary classes on the basis of interactive techniques. Conferencea, 30-32.

12. Bakhtiyarovna, M. Z. (2021). Integrated teaching of primary education. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 1332-1336.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

13. Anvar, H. Integrated Approach to Improving Pedagogical Abilities of Future Primary Education Teachers. JournalNX, 197-201.

14. Akhmedova, M. T., Narmetova, Y. K., Nurmatova, I. T., & Malikova, D. U. K. (2022). Communicative Competence Formation in Future Teachers Based on an Integrated Approach. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(4), 54-60.

15. Dexkonova Ma'mura Ulmasovna. (2022). Pedagogikaning dolzarb muammolari. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(10), 211-212. Retrieved from https://internationaljournals.co.in/index.php/giiri/article/view/2582.

16. Ulmasovna, D. M., & Jamshidovna, F. F. (2022). Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish. pedagog, 1(1), 155-159.

17. Ulmasovna, D. M., & Norxojayevna, D. M. (2022). Boshlangich sinflarda interfaol usullardan foydalanish dolzarbligi (oqish darsi misolida). innovation in the modern education system, 2(18), 914-917.

18. Ulmasovna, D. M., & Behruz, B. (2022). The role of modern educational technologies in the teaching of legal sciences. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(1), 305-309.

19. Sultanova, K., Musaev, K., Akhrarova, Z., Isanova, G., & Dekhkanova, M. (2020). Efficiency of using distance technologies (moodle, Camtasia studio) in teaching process. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2761-2764.

20. Sadinovna, K. D. (2022). Integrative approach to forming ecological culture of future primary class teachers. British Journal of Global Ecology and Sustainable Development, 6, 82-86.

21. Sadinovna, K. D. (2022). Ensuring the Proportion of" NatureSociety-Human" Relationships in Forming the Ecological Culture of Future Primary Class Teachers. Eurasian Scientific Herald, 10, 37-40.

22. Akhmedova, M., Inoyatova, Z., Ergasheva, G., Aripova, G., & Kayumova, S. (2020). Primary classes based on media technologies represent an international rating system for teacher control. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(4), 3872-3885.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.