Научная статья на тему 'BARQAROR TARAQQIYOT VA ETNOEKOLOGIYA'

BARQAROR TARAQQIYOT VA ETNOEKOLOGIYA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

1789
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
barqaror taraqqiyot / etnoekologiya / etnoekologik madaniyat / biologik xilma-xillik. turizm / agroturizm / innovatsiya / sayyoh / madaniy meros.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Olimjon Isomiddinovich Abdug‘aniyev, Shaxloxon Xakimjon Qizi Turdiboeva, Hamidaxon Rustamjon Qizi Abdullayeva

Ushbu maqolada barqaror taraqqiyotni ta‟minlashda muhim bo„lgan etnoekologik madaniyatni tadqiq etishning geografik jihatlariga, uslub va yondoshuvlariga e‟tibor qaratilgan. Shuningdek, qishloq xo„jaligida tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida to„plangan ko„nikma, malaka va tajribalar asosida agroturizimni rivojlantirish istiqbollari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BARQAROR TARAQQIYOT VA ETNOEKOLOGIYA»

BARQAROR TARAQQIYOT VA ETNOEKOLOGIYA

Olimjon Isomiddinovich Abdug'aniyev

Geografiya fanlari nomzodi Farg'ona davlat universiteti geografiya kafedrasi dotsenti [email protected]

Shaxloxon Xakimjon qizi Turdiboeva

Farg'ona davlat universiteti geografiya kafedrasi o'qituvchisi shahloturdiboeval 993@gmail .com

Hamidaxon Rustamjon qizi Abdullayeva

Farg'ona davlat universiteti Geografiya mutaxassisligi 2-kurs magistranti

khamida.kodirova@mail .ru

Ushbu maqolada barqaror taraqqiyotni ta'minlashda muhim bo'lgan etnoekologik madaniyatni tadqiq etishning geografik jihatlariga, uslub va yondoshuvlariga e'tibor qaratilgan. Shuningdek, qishloq xo'jaligida tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida to'plangan ko'nikma, malaka va tajribalar asosida agroturizimni rivojlantirish istiqbollari yoritilgan.

Kalit so'zlar: barqaror taraqqiyot, etnoekologiya, etnoekologik madaniyat, biologik xilma-xillik. turizm, agroturizm, innovatsiya, sayyoh, madaniy meros.

Jaxonda ekologik muammolarning keskinlashuvi ayniqsa, tabiiy resurslarining degradatsiyasi, dunyo okeani va oqar suvlarning ifloslanishi, kislotali yomg'irlar yog'ishi, ozon tuynugi, iqlim o'zgarishi kabi holatlar tabiat-inson-jamiyat o'rtasidagi muonosabatlarni optimallashtirishda eng samarali yo'llarni qidirib topish zarurligini taqozo etmoqda. Ekologik muammolarning tobora global ahamiyat kasb etib borayotganligi inobatga olinib, so'nggi yillarda muhim ustuvor vazifalar bilan bir qatorda atrof muhit muhofazasi, ekologik madaniyat, ekologik ta'lim-tarbiya, ekologik ma'rifat masalalariga alohida e'tibor berilmoqda. Ekologik ta'limning dolzarbligi mamlakatimiz tabiati, ekotizimlari, atrof muhitni beqarorlik va izdan chiqishdan asrash, aholining ekologik

ANNOTATSIYA

KIRISH

madaniyatini oshirish, ushbu o'ta jiddiy, hayotiy masalalarga

May, 2022

aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar hissa qo'shishi zarurligi bilan belgilanadi [2].

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda 2030 yilgacha mo'ljallangan kun tartibida amalga oshirilishi kerak bo'lgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo'lib, u 17 ta barqaror taraqqiyot maqsadlari asosida iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik yo'nalishlardagi masalalarga echim topishga qaratilgan. Bu maqsadlar o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, rivojlanish yo'llari haqida ma'lumot beradi va uchta fundamental tamoyilga, ya'ni inson huquqlari, tenglik va barqarorlikka asoslanadi [1]. Etnoekologik madaniy meros nafaqat ushbu uch yo'nalish doirasida barqaror rivojlanishga samarali ko'mak berishi, balki barqaror rivojlanishning zaminida yotuvchi tinchlik va xavfsizlikni ta'minlanishiga ham yordam berishi mumkin [5].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ekologik muammolarning tobora global ahamiyat kasb etib borayotganligi inobatga olinib, so'nggi yillarda muhim ustuvor vazifalar bilan bir qatorda atrof muhit muhofazasi, ekologik madaniyat, ekologik ta'lim-tarbiya, ekologik ma'rifat masalalariga alohida e'tibor berilmoqda. Ekologik ta'limning dolzarbligi mamlakatimiz tabiati, ekotizimlari, atrof muhitni beqarorlik va izdan chiqishdan asrash, aholining ekologik madaniyatini oshirish, ushbu o'ta jiddiy, hayotiy masalalarga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar hissa qo'shishi zarurligi bilan belgilanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev (2018) xalqimizning tabiatdan foydalanish an'analiriga yuksak baho berib - «Xalqlarimizning tabiatga uning boyliklarini asrab-avaylagan holda munosabatda bo'lish va umumiy suv resurslaridan birgalikda foydalanish borasida ko'p asrlik an'analariga suyangan holda biz haqiqatan ham ulkan natijalarga erishamiz» degan fikrlari bugungi kunimiz va mamlakatimiz uchun dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi «2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5863-son Farmonida ko'zda tutilgan «aholining ekologik madaniyatini oshirish, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga alohida e'tibor qaratgan holda keng ko'lamli targ'ibot faoliyatini tashkil etish ishlarini kuchaytirsin» degan vazifani echimida geografiya hamda ekologiya fanlari

May, 2022

95

chorrahasida shakllangan etnoekologiya ilmiy yo'nalishining alohida o'rni borligiga e'tibor qaratish zarurdir.

Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan atrof-muhit holati o'rtasida o'zaro bog'liqlik mavjudligini butun dunyoga ovoza qilgan dastlabki asarlardan biri AQSHlik biolog olima Reychel Karson (1965) tomonidan yozilgan «Soqov bahor» («Silence spring») asari hisoblanadi. Olima atrof-muhit ifloslanishi ma'lum chegaragacha davom etishini, undan ortsa tabiiy muhit inqirozga yuz tutishi mumkinligini asoslab bergan [9, 10].

Bu sohada italiyalik sanoatchi Aurelio Pechchei Rim klubi - xalqaro jamoat tashkilotini (analitik markaz) tuzgan, klub a'zolari D.Forresterning «Mirovaya dinamika» (2003) hamda D.Medouzning «Predelbi rosta» (1991) nomli asarlari jahon rivojlanishining atrof-tabiiy muhitga bog'liq tomonlarini tahlil etish bilan ko'pchilikni diqqatini tortdi. Rim klubida qilingan ma'ruzada ular tomonidan "Agar shu tarzda aholi soni, industriyalashtirish va atrof-muhitni ifloslanishi davom etsa, oziq-ovqat ishlab chiqarish va tabiiy resurslar miqdorini tugashi o'z chegarasiga etishi, undan so'ng birdaniga boshqarilmaydigan tarzda aholi sonining kamayishi va ishlab chiqarish xajmini kamayishi kuzatilishi" bashorat qilingan [10, 11].

Bu borada, ekologik muammolarning yuzaga kelishiga boshqa sabablar bilan bir qatorda umumiy etnoekologik madaniyatning unutilishi, an'anaviy tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish tizimiga mensimasdan munosabatda bo'lish kabi omillar ham sabab bo'lishi ko'rsatib o'tilgan. SHuning uchun ham, ko'p asrlar davomida shakllangan mintaqa xalqlarining tabiat (atrof-muhit) va jamiyat (inson) o'rtasidagi o'zaro munosabatlarida takomillashib borgan etnoekologik madaniyat namunalarini ta'lim tizimidan o'rgatib borish maqsadga muvofiq [4, 5, 6].

NATIJA VA MUHOKAMALAR

Barqaror rivojlanishning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik yo'nalishlari hamda tinchlik va xavfsizlik masalalari bo'yicha chora-tadbirlari alohida emas, balki bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Jahonda mazkur yo'nalishdagi tadqiqotlarga, jumladan, tabiiy landshaftlarni va bioxilma-xillikni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, cho'llanish va erlarning degradatsiyasini to'xtatish bilan bog'liq muammolar echimiga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Ayni paytda, dunyo miqyosida landshaftlarning yaxlitligi va xilma-xilligini saqlash, degradatsiyaga uchragan landshaftlarni qayta tiklash, shuningdek, halqaro va milliy ahamiyatga molik bo'lgan noyob biologik turlarning uzoq muddatda ishonchli muhofazasini ta'minlay oladigan muhofaza

May, 2022

96

etiladigan tabiiy hududlarning yaxlit tizimini tashkil etishning ilmiy asoslarini takomillashtirish muhim hisoblanadi [6, 7, 8, 14, 15]. Ushbu maqsadlar negizida keng ishtirokka asoslangan boshqaruv hamda o'zining qadriyat tizimini tanlash erkinligi bo'lishi lozim.

Aytish joizki, Barqaror rivojlanish manfaatlari yo'lidagi ta'lim - bu dinamik konsepsiya bo'lib, har qanday yoshdagi va har qanday ijtimoiy guruhga ega bo'lgan insonlar tomonidan ta'lim tizimi, kadrlar tayyorlash, ta'lim, tarbiya, bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishning barcha jihatlarini o'z ichiga oladi. Atrof-muhitning barqarorligi turg'un iqlimni, tabiiy resurslarning barqaror boshqaruvini, landshaftlar va bioxilma-xillikni saqlab qolishni talab qiladi. Bular o'z navbatida iqlim o'zgarishi, xavfli tabiiy hodisalar, kosmik muhit va tabiiy resurslarga oid cheklovlar haqida chuqur ilmiy tushuncha hosil qilishga, bilimlar almashinuvini tashkil qilishga bog'liq. Iqlim o'zgarishi natijasida hamda tabiiy ofatlar sababli yuzaga keladigan salbiy oqibatlarning ko'lamini cheklashda yordamga muhtoj aholi qatlamlarini barqarorligini mustahkamlash o'ta muhim hisoblanadi. Hozirgi kunda biologik va landshaft xilma-xilligini to'laqonli muhofazasini va barqaror rivojlanishning ustuvor jihatlarini ta'minlash hamda ekologik ta'lim tarbiyani takomillshatirish mintaqada muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yaxlit tizimini yaratilganliga bog'liq bo'lib qolmoqda [6, 7, 8, 13, 14].

Mahalliy aholining ekologik madaniyati biologik va landshaft xilma-xillikni saqlash saqlashda muhim o'rin egalaydilar. Xar qanday madaniy landshaftni o'z jamoasi bo'ladi, bu jamoa landshaftni tarkibiy qismi xisoblanib, uni o'zini ona landshafti (boquvchi landshafti) deb xisoblaydi. Masalan, Keniyadagi ayollar qishloq ho'jaligi mahalliy ekinlarini o'stirishda va o'simliklar urug'larini saqlashda muhim o'rin tutadilar. An'anaga ko'ra, ayollar loviyaning bir necha navini bir ekin maydonida o'stiradilar va kasallik tarqalishi yoki iqlim o'zgarishi ehtimolini hisobga olib urug'larning katta zahiralarini saqlab qo'yadilar. Bundan ko'rinib turibdiki, mahalliy aholi, fermerlar, chorvadorlar, baliqchilar va xalq tabiblari biologik va landshaft xilma-xilligini saqlovchi hamda muhofaza qiluvchilarga aylanib borishadilar [3, 5, 7].

Bunda erdan uzoq vaqt uning ekologik jihatidan buzilishiga (sho'rlanish, erning oriqlashi) yo'l qo'ymasdan foydalanish madaniyati, hududga mos ekin va daraxt turlarini tanlash (Qo'qon jo'xorisi, Quva anori, Yozyovon qovuni, Namangan olmasi, Qo'qon gilosi, Sarmazor uzumi, O'zgan gurunchi, Rishton o'rigi kabi) madaniyati, chorvachilikni ham hududga mos hayvon turlarini (Hisor qo'ylari, Namangan echkisi) ko'paytirish

May, 2022

97

madaniyatiga e'tibor qaratiladi. Irrigatsiya va melioratsiyani rivojlantirishda har bir joyning tabiiy geografik, gidrogeologik xususiyatlarini e'tiborga oluvchi sug'orish usullarining (soy-ariq, koriz, ekologik jihatlariga, suvni tejash va navbatlashib sug'orish chig'iriq, quduq) usullariga hamda daryoning suvning miqdoriga qarab ekinlar maydonini hajmini belgilash kabi uzoq yillik kuzatish natijalariga asoslangan agroekologik taqvimni materiallarini o'rganishga alohida e'tibor qaratiladi [10, 11].

Dehqonchilik va chorvachilikni yuritishda mahalliy aholi tomonidan yaratilgan va o'zida tabiatdan foydalanishning ilg'or an'analarini aks ettirgan oilaviy-sulolaviy xo'jaliklarni saqlab qolishda agroturizmni rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Chunki, agroturizmda turist dam olishi yoki hordiq chiqarishi bilan birga, qishloq xo'jaligida mahalliy aholi tomonidan dehqonchilik va chorvachilikni yuritilishini, qishloq aholisining hayoti va urf-odatlari bilan tanishadi hamda qishloq xo'jaligidagi ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi. Masalan, sayyoh dehqon yoki chorvodor bilan uning kundalik hayot va ho'jalik ishlarida birgalikda ishtirok etadi. Dehqon oilasi bilan birgalikda yashaydi va dalada hamkorlikda ular bilan mehnat qiladi. Qishloqdagi ko'plab halq bayramlarning ishtirokchisiga aylanadi.

Bu shaharlarning sershovqin ko'chalari va ishlab chiqarish jarayonida charchagan, ruhiy zo'riqqan insonlarga emotsional dam olish imkonini beradi. SHuningdek, bemalol ta'kidlash mumkinki, O'zbekiston shahar aholisida qishloq joylarida dam olishga bo'lgan juda katta qondirilmagan yashirin talab mavjud. Aynan ushbu omillar agroturizm biznes sifatida ham, hududlarni rivojlantirish vositasi sifatida ham katta salohiyatga ega ekanligini ko'rsatmoqda [12].

Qaltis va og'ir sharoitlarda hayot kechiruvchi mahalliy aholi iqlimdagi o'zgarishlarni va tabiiy ofatlarning asoratlarini birinchilardan bo'lib his qiladilar. Ularning tabiatdan foydalanish bilan bog'liq bilim, malaka, ko'nikma va urf-odatlari tabiiy muhitdagi xavf va tahdidlarni bartaraf etishga mo'ljallangan strategiyalarning o'ziga xos xazinasi hisoblanadi. Tajribalar asosida doimiy takomillashtirilib borilgan va o'zgaruvchan sharoitlarga moslasha olgan bunday strategiyalar tabiiy ofatlar bilan bog'liq xavfni kamaytirishga imkoniyat yaratadi, zarur bo'lganda esa, qayta tiklashga va iqlimdagi o'zgarishlarga moslashishga yordam beradi [3, 4, 5, 8].

Asrlar davomida mahalliy etnoslarda chuqur ildiz otgan an'analarga amal qilinishi suv resurslarini barqaror boshqarish va barchani toza suv ichimligi bilan ta'minlash bo'yicha ko'nikmalarni shakllantirib keldi. Misol uchun, San Kristobal de las Kasas shaharchasidagi (Chyapas shtati, Meksika) suv resurslarini boshqarish tizimlari Mayya xalqlarining muqaddas qarashlariga va an'analariga asoslangan. Ularning fikriga ko'ra,

May, 2022

98

insonlar suv aylanishi jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki insonlar o'zlarining tanasida bo'lgan suvi orqali uning to'xtovsiz yangilanishida ko'mak beradi [3].

Shuning uchun suv qandaydir mahsulot turi sifatida emas, balki umumiy resurs sifatida qaraladi va suv ta'minotini boshqarish butun bir hamjamiyatning vazifasi hisoblanadi. Bu yondashuv ko'pchilik etnoslarning toza ichimlik suviga bo'lgan ehtiyojini ta'minlashdagi yagona imkoniyatidir. SHu sababli ham bunday tizimlarni kelajak avlodlarga etkazib berishni davom ettirish muhim. Boshqa joylarda ham an'anaviy suv resurslarini boshqarish tizimlari muhim hisoblanadi, chunki ular etnosni tashqi suv ta'minlovchilariga bo'lgan bog'liqligini kamaytiradi. Suv resurlarini boshqarish tizimlarini hamda ularga oid qadriyatlarini tan olish va hurmat qilish, ularni kengaytirish va to'xtovsiz kelajak avlodga berib borish - bularning barchasi suv masalasiga oid muammolarga barqaror echim ishlab chiqishda muhimdir.

Mahalliy aholi tomonidan qo'llanilib, avloddan-avlodga o'tib kelgan hamda alohida qadriyat sifatida saqlangan, tabiat bilan uyg'unlikka asoslangan tabiatdan foydalanish madaniyatining keskin o'zgartirilishi barcha tarixiy davrlarda salbiy ijtimoiy-geografik oqibatlarni keltirib chiqargan. Ayniqsa, quruq iqlimli hududlarda mahalliy aholining yer-suvdan foydalanish madaniyatini yetarlicha e'tiborga olmaslik salbiy ekologik oqibatlarga olib kelganligini ko'rish mumkin [10].

XULOSA

Har bir millat va etnos o'zi yashaydigan mintaqa hamda atrof-muhitdagi o'zgarishlarga mos keladigan tabiatdan foydalanish va uni muqofaza qilish tizimlarini yaratishgan. Hozirgi kundagi ekologik barqarorlik erlarning hosildorligini oshirishga, biologik va landshaft xilma-xilligini muhofaza qilishga, oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojni bir ma'romda ta'minlashga hamda sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yishga yordam beradigan tabiatdan barqaror foydalanish tizimlariga bog'liq bo'lib qolmoqda. Bu kabi tizimlarni to'xtovsiz takomillashtirish va amaliyotda mustahkamlab borish hamda ularning saqlanib qolinishini ta'minlash dunyodagi ko'pchilik xalqlar uchun oziq-ovqat xavfsizligiga erishishda, tabiat-inson-jamiyat munosabatlarida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun, agrolandshaftlar, ya'ni madaniy landshaftlar ham madaniy merosning bir qismi sifatida muhofazaga olinishi maqsadga muvofiqdir.

Ekologik ta'limni joriy qilishda bu kabi boy bilimlar manbasidan yosh avlodlarni to'laqonli foydalana olishlari uchun

May, 2022

99

imkoniyat yaratilishi zarurdir. Shuning uchun ekologik ta'limni joriy qilishda nomoddiy madaniy merosning boy manba ekanligini tan olish va uning ta'limga oid imkoniyatlari moslashtirish lozim. Buning uchun esa tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishga doir bilimlarni tegishli sohadagi ta'lim dasturlariga integratsiya qilish hamda ekologik muammolar echimida etnoekologik madaniyat, undagi tabiatdan foydalanishning an'anaviy usullari va shakllarini amaliyotga joriy qilinishi bugungi kundagi zaruriyat ekanligini asoslab berish zarurdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi "2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 841-sonli Qarori. https://lex.uz/docs/4013356.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi «Ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi 434-sonli Qarori. https://lex.uz/docs/4354743.

3. Nomoddiy madaniy meros va barqaror rivojlanish. National Commission of Uzbekistan for UNESCO. https://ich.unesco.org/doc/src/34299-UZ.pdf.

4. Ziyomuxammedov B. Ekologiya va ma'naviyat. - T.: «Mehnat», 1997.

5. Abduganiev O. I., Abdurakhmanov G. Z. Ecological education for the purposes sustainable development //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2020. - T. 2. - №. 8. - C. 280-284.

6. Abduganiyev Olimjon Isomiddinovich Comparative analysis of the protected natural territories of the Republic of Uzbekistan and the international Union of nature protection // European science review. 2018. №9-10-1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/comparative-analysis-of-the-protected-natural-territories-of-the-republic-of-uzbekistan-and-the-international-union-of-nature-protection (data obra^eniya: 05.05.2022).

7. Isomiddinovich, Abduganiev Olimjon; Yigitaliyevich, Xolikov Raximjon. Territorial Structure and Stability of Ecological Framework. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, [S.l.], v. 29, n. 2, p. 462-467, nov. 2021.

<http://www.iipsat.es/index.php/iipsat/article/view/3808>. Date accessed: 05 may 2022. doi:http://dx.doi.org/10.52155/ijpsat.v29.2.3808. 8. Isomiddinovich A. O., kizi Shermatova Z. K., kizi Jarkinova M.

ISSN

2509-0119.

Available

at:

I. GEOGRAPHICAL REPRESENTATIVENESS OF

May, 2022

PROTECTED NATURAL TERRITORIES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. - 2021.

9. Ахмадалиев Ю. И. Этноэкологическая культура населения Ферганской долины в конце XIX и начале ХХ века //Социально-экономическая география. Вестник Ассоциации российских географов-обществоведов. - 2015. - №. 4. - С.

10. AXMA^A-THEB ro. H., KOMHTOBA H. y. 3TH03K0.T0rHK MA^AHH£THHHr ^y^y^HH ^H^AT^APH. - 2020.

11. Axmadaliev YU. I. Er resurslaridan foydalanish geoekologiyasi //Toshkent: Fan va texnologiya. - 2014.

12. Qahhorov O.S., Sayfulloev O.O. Buxoro davlat universitetiO'zbekistonda agroturizm - asosiy muammolar, xususiyatlar, islohotlar va soha uchun kadrlar tayyorlash zaruriyati. "Science and Education" Scientific Journal July 2021 / Volume 2 Issue 7. 354-366 b.

13. Abduganiyev O. Formation of legal training aimed at competitiveness in pupils of secondary schools //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2019. - T. 9. - №. 7.

14. Isomiddinovich A. O., Yigitaliyevich X. R. Territorial Structure and Stability of Ecological Framework //International Journal of Progressive Sciences and Technologies. - 2021. - T. 29. - №. 2. - C. 462-467.

15. Isamiddinovich A. O. Hydrogeological Conditions and Features of the Ferghana Valley //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - T. 17. - C. 92-97.

181-187.

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.