Научная статья на тему 'EKOLOGIK TA’LIM TARBIYA YOSHLAR NIGOHIDA'

EKOLOGIK TA’LIM TARBIYA YOSHLAR NIGOHIDA Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
780
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zardushtiylik / ekolog-agroximik / ekolog-texnolog / ekotizim / ekologik ta’lim / ekologik madaniyat

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — M.T.Abdullayeva, M.Xabibullayeva

Ekologik madaniyat ham umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismi, uning muhim ko'rsatkichi hisoblanadi. Usiz insonni to'la ma'noda madaniyatli, ma'naviyatli deb bo'lmaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK TA’LIM TARBIYA YOSHLAR NIGOHIDA»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

EKOLOGIK TA'LIM TARBIYA YOSHLAR NIGOHIDA M.T.Abdullayeva, dotsent, M.Xabibullayeva, talaba, Farg'ona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ekologik madaniyat ham umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismi, uning muhim ko'rsatkichi hisoblanadi. Usiz insonni to'la ma'noda madaniyatli, ma'naviyatli deb bo'lmaydi.

Kalit so'zlar: Zardushtiylik ,ekolog-agroximik, ekolog-texnolog, ekotizim, ekologik ta'lim, ekologik madaniyat.

ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В ГЛАЗАХ МОЛОДЫХ

ЛЮДЕЙ

Аннотация: Экологическая культура также является составной частью общечеловеческой культуры и является ее важным показателем. Без него человека нельзя назвать культурным, одухотворенным в полном смысле этого слова.

Ключевые слова: зороастризм, эколог-агрохимик, эколог-технолог, экосистема.

ENVIRONMENTAL EDUCATION IN THE EYES OF YOUNG PEOPLE

Annotation: Ecological culture is also an integral part of universal culture and is an important indicator of it. Without it, a person cannot be called cultured, spiritualized in the full sense of the word.

Keywords: Zoroastrianism, ecologist-agrochemist, ecologist-technologist, ecosystem.

KIRISH. Ekologik ta]lim -tarbiya orqali kishilarda jumladan yoshlarda koinotdagi yagona hayot mavjut bo'lgan .Yer sayyorasi haqidagi tasavvurlar, o'z yashash muhiti to'g'risidagi bilimlar,atrofimizdagi olam tabiat va insonlarni o'zaro uzviy bog'langanlik haqidagi ilmiy nazariy dunyoqarashlar o'lkasi va vatanini ekologik timimlari ularning paydo bo'lishi evolyusion rivojlanishi,antropogen o'zgarishlari,makon va maydon bo'yicha tarqalish qonunyatlari undan kelib chiqadigan xususiyatlari boyliklari,holati kelajak istiqbollari,milliy ,regional va global miqyosdagi tabiat va jamiyat munosabatlari, amaliy ekologik ko'nikma va malakalar .Yer yuzasi atrof muhitni muhofaza qilish uning boyliklaridan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat va majmualarini qayta tiklashga oid muammolarini anglash va ularni

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. echimini topishga doir to'g'ri qarorlarni qabul qilish kompotensiyasi ularni tanlangan

kasblarga qarab ekologik ta'lim va tarbiya shakllantiriladi va rivojlantiriladi.

Ekologik madaniyat - bu tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo'llay bilish faoliyati, atrof-muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko'rsatkichi, ongli va ma'suliyatli yondashuvdir. Ekologik bilim va ekologik madaniyatning tayanch fazilatlari:

1) axloqiy-ekologik onglilik shaxsning muhim madaniyatlilik sifati bo'lib, uning atrof - muhitni hissiy bilish jarayoni atrof - muhitdagi obyektlar va hodisalarni sezishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, ziyraklik va teranlik asosida tabiat muhofazasi bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishi lozimligini nazarda tutadi; 2) ekologik ma'suliyatlilik shaxsda munosabat va ma'sullikni tarbiyalashda namoyon bo'ladi, bunday munosabat shaxsning bilib-bilmay, uzoqni o'ylamay tabiatga ko'rsatgan salbiy ta'siri oqibatlarini anglash va bunday ta'sirni bartaraf etish istagi natijasidagina shakllanadi;

3) ekologik irodaviylik shaxsning o'zi va o'zgalarning atrof - muhitdagi hatti-harakatlarini baholashi va nazorat qilishi shaxsdagi qat'iyatlilik, tejamkorlik, ozodalik va pokizalik bilan bog'liq. Shaxsning ekologik madaniyatini shakllantirishda ekologik qadriyatlar alohida ahamiyatga ega, ularga tabiatni asrab-avaylashga intilish, tashabbuskorlik, izchillik, mehnatsevarlik va ongli faollik kabilar kiradi. Masalan, ekologik qadriyatning bir turi, ya'ni global, mintaqaviy va lokal ekologik muammolarni bilish yer, suv, energetik muammolar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, bioxilma-xillikni saqlash, cho'llanish jarayoni, atmosfera havosining ifloslanishi kabi tushunchalar bilan chambarchas bo'gliq.

NATIJALAR. Ekologik ma'naviyatli shaxsni tarbiyalash bog'chalar, maktablar, lisey, kollejlar, oliygohlarda mutaxassislar tomonidan olib borilishi maqsadga muvofiq.

Aholining boshqa tabaqalarida esa O'zbekiston ekologik partiyasi va boshqa ko'ngillilar, tashkilotlar tomonidan targ'ibot ishlari yo'lga qo'yilishi mumkin. Ekologik ta'limning nazariy asosi - atrof muhit muhofazasiga oid ta'limni bog'cha, maktab, katta-kichik o'quv yurtlari, oliy o'quv yurtlarida ma'lum o'quv reja va dasturlari asosida olib borish hamda malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Yig'ilgan tajribalar umumlashtirilib bir pedagogik shaklga keltirilib o'quv dasturi darsliklari tuzilishi lozim.

Oliy va o'rta maxsus ta'limga ega bo'lgan tarbiyachi, ekologik metodist, ekologik pedagog, ekologik instruktor, injener-ekolog, ekolog-agroximik, ekolog-texnolog kabi mutaxassislar tayyorlanishi lozim. Ekologik ma'naviyatli shaxs tabiatdagi obyekt va hodisalarni qiyoslay olishi, ongli tushunchalar hosil qilishi, tabiatga munosabatni oldindan rejalashtirishi, atrof-muhitdagi o'zgarishlarga nisbatan ziyrak bo'lishi, tabiatga qiziquvchan bo'lishi, tabiat go'zalligini his eta olishi, tabiatni muhofaza

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. qilishda qat'iyatli bo'lishi, tabiatga zarar yetkazmaslik, boshlangan ishni oxirigacha

yetkazishi, atrof-muhit muhofazasida tashabbus ko'rsatishi, tabiatni asrash uchun

yangi g'oyalar, ekologik bilimlarni targ'ib qilishi, ijtimoiy foydali mehnatga havas

hissini shakllantirishi, mehnat malakalarini egallashi, o'z-o'zini nazorat qila olishi,

tabiat bilan munosabatga kirishish va undagi faoliyatda me'yor darajasini belgilashni

bila olishi, vatanparvarlik, ona tabiatga mehr-muxabbat hissiyotiga ega bo'lishi, o'zi

yashab turgan uy, mahalla, shahar tabiatini sevishi, undan g'ururlanishi, uni ardoqlashi

lozim, tabiat boyliklaridan bugungi va kelajak avlodlar ehtiyojlarini qondirishni

hisobga olgan holda barqaror foydalana olishi, atrof - muhitni obod qilishga intilish,

uni ozoda va xushmanzara holda saqlashi, tabiatni asrab-avaylashda, tabiat boyliklarini

maqsadli ishlatishda jonbozlik namoyon eta olishi, atrof - muhit, obyekt va boshqa

narsa-hodisalarga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishi, o'zining ekologik bilimlarini

muntazam ravishda tabiatni asrab-avaylashga oid qadriyatlarimizga tatbiq qilishi

lozim. Ekologik madaniyatni rivojlantirishda boshqaruvning o'rni faqatgina Davlat

xizmati bilangina emas, balki jamoatchilik rolini oshirish bugungi demokratik, huquqiy

davlat qurish yo'lidagi ekologik bilimlarni targ'ibot qilish, aholining ekologik

saviyasini ko'tarish borasida bir muncha ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin shunga

qaramay bu sohada bir qator kamchiliklar ham mavjud. Insoniyat qadimgi

zamonlardanoq tabiatning bir qismi ekanligini anglab, u o'zining harakatlari bilan

tabiat o'rtasidagi munosabatlarni ongli ravishda boshqariladiganligini his qilib kelgan.

Lekin insoniyat tabiatdan foydalanib uni qayta tiklanishiga e'tibor qaratilishini kech

bo'lsa-da, tushunib yetdi. Insonlar madaniyati shakllanib rivojlana borar ekan, tabiat

in'omlari bo'lmish o'simlik va hayvonot dunyosi turlarini bir qanchasini

madaniylashtirib, o'zlari uchun foydalanishni amalga oshirish jarayoni hozirda ham

davom etayotgan jarayondir.

MUHOKAMA. Atrof-muhit sofligi, uning rang-barangligi-yu xilma-xilligini saqlash, ekologik madaniyatni rivojlantirish va uni boshqarish asosan tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi va uning joylardagi tashkilotlari faoliyatiga bog'liq bo'libgina qolmay, joylardagi davlat hokimiyati organlarining ham burchidir. Ularning atrof-muhit muhofazasiga oid Qonun va hukumatimiz qarorlarini bajarishda ma'lum bir sustkashliklarga yo'l qo'yilmoqda. Sabab esa, qishloq xo'jaligida foydalanish uchun qaysidir yillarda ekilgan daraxtlarni parvarishlash, ularning qurigan turlari o'rniga qayta ko'chat ekish yo'li bilan tiklash ishlari qoniqarli darajada emas. Chunki mahsulot hosildorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ixotazorlarning zarurligini tasavvur etolmagan holda ayrim fermerlar tomonidan ixota daraxtzorlarini kesish hollari davom etmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilishda va tabiat resurslaridan oqilona foydalanishda hozirgi kunda qo'llanilayotgan iqtisodiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish, tabiatdan noto'g'ri foydalanganlarga tabiat solig'ini qo'llash hamda jamiyatning ekologik madaniyatini shakllantirishni rivojlantirishda ekologik ta'lim-

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. tarbiyaning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish kerak. Bu bilan respublikamizda

ishlab chiqarishni va insonning tabiatga bo'lgan munosabatini tartibga solish

imkoniyati tug'iladi. Tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona

foydalanish va jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish nafaqat

tabiatni muhofaza qilish organlarining ishi, balki shu zaminda yashayotgan har bir

insonning ona Vatanimizga, uning tabiatiga bo'lgan farzandlik burchidir. Yosh

avlodning ekologik tarbiyasi bugungi kun-dolzarb masalasi ekan, biz, avvalo,

ekologiyaning foydasini, uni asrab-avaylashni bolalarga yoshlikdan o'rgatib

borishimiz zarur. Ekologik duyonqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiya va

ta'lim muassasalariga bevosita bog'liqdir. Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga

alohida e'tibor bilan qaraganlar va bu borada ibratli an'analarni vujudga keltirganlar.

Bolalar go'daklik chog'laridanoq axloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar.

Ularda mehnatga muhabbat, atrof-muhitga hurmat, obodonchilik va

ko'kalamzorlashtirish hissi sabot bilan singdirilgan. Masalan, atrofni ifloslantirmaslik

uchun axlatlarni alohida chuqurchalarga tashlash, hojatxonalarni ariq, soy, bo'loq

suvlaridan uzoqroq joyda kovlash, yong'in chiqmasligi chorasini ko'rish, turli

ehtiyojlar uchun yashnab turgan daraxtda emas, balki qurib qolganlaridan foydalanish,

nihollarni sindirib, payxon qilmaslik, qushlarning uyasini buzmaslik kabi xatti-

harakatlar shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga «Suvga tuflama, uni iflos

qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib bahra oladi», «Gullab turgan mevali

daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o'zing iste'mol qilasan», «Pishib

etilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh ish bo'ladi. Chunki unda ahli

mo'minning nasibasi bor» -deb pandu-nasihatlar qilganlar. Agar diniy qarashlarning

qadimiy tarixiga nazar solsak, ularda tabiat unsurlarining, hayvon va boshqa

jonivorlarning muqaddaslashtirilgani hamda sig'inilgani uchratamiz. Zardushtiylik

dining muqaddas kitobi "Avesto"da borliqning moddiy asosi hisoblangan to'rtta

unsur, tuproq, suv, havo muqaddaslashtirilgan, olovga esa sajda qilingan.

Xulosa. O'rnida ta'kidlash joizki, mamlakimizning har bir fuqarosi ekotizimning yaxshilanishiga munosib hissa qo'shish uchun ekologik qoidalarga qat'iy amal qilsagina, kelajak avlod uchun ulkan tabiiy nemat hadya etgan bo'lamiz.

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Atrof muhitning joriy holati tahlili, global va mintaqaviy ekologik muammolar, yangi ekologik xavf-xatarlar O'zbekiston Respublikasida aholining hayot sifatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonning ajralmas qismi hisoblangan 2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini (keyingi o'rinlarda Konsepsiya) ishlab chiqish zaruratini vujudga keltirdi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

So'nggi yillarda respublikada ekologik xavfsizlikni ta'minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog'lig'iga zararli ta'sirining oldini olish, shuningdek, hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida texnik va texnologik jarayonlar oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga yangi yondashuvlarni joriy qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Adabiyotlar:

1. Калинин В. Б. Концепции и проблемы // Экология и жизнь. - 1996. С. 62

2. Ясвин В.А. Формирование экологической культуры школьников в разделе «Человек и его здоровье» средствами спецкурса «Экология человека»: автореф: дис. ... канд. пед. наук. - М., 2007. - С. 6

3. Ситаров В.А., Пустовойтов В.В. Социальная экология. - М.: Академия, 2000. - С. 34.

4. Abdullaeva, M. T., & Usmanova, T. E. (2022). Fundamentals of ornamental plant protection. Eurasian Journal of Academic Research, 2(1), 104-104.

5. Abdullaeva, M. T., & Ibragimova, S. S. (2022, January). The role of ecological education in the development of ecological culture in our youth. In International journal of conference series on education and social sciences (Online) (Vol. 2, No. 1).

6. To'lanovna, A. M., & Maxammadjonovna, M. G. (2021). Ekologik ta'lim va tarbiyada xorijiy tajriba.

7. Зокирова, С. Х., Акбаров, Р. Ф., Кадирова, Н. Б., & Махсталиев, Н. С. У. (2020). Характеристика галечниковых почв Ферганской области и их пути к улучшению. Universum: химия и биология, (2 (68)).

8. Xolikulov, M. R. (2020). THE HERB (Capparis spinosa L) IS AN IMPORTANT HONEY PLANT. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(3), 165-170.

9. Зокирова, С. Х., Халматова, Ш. М., Абдуллаева, М. Т., & Ахмедова, Д. М. (2020). Влияние питательных элементов искусственного и естественного экранов в песке на рост, развитие хлопчатника. Universum: химия и биология, (121 (78)), 14-18.

10. Зокирова, С. Х., Халматова, Ш. М., Абдуллаева, М. Т., & Хаджибалаева, Н. М. (2020). Изучение режима орошения хлопчатника в условиях гидроморфных почв. Universum: химия и биология, (2 (68)).

11. Kholikulov, M. R. (2019). Current Status of Plant Resources in The Ferghana Valley and Opportunities To Use Them. Indonesian Journal of Innovation Studies, 8.

12. Gaybullaeva M. F. The Role Of Biomass In Saving Natural Resources //The American Journal of Horticulture and Floriculture Research. - 2021. - Т. 3. - №. 02. - С. 1-6.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

13. Abdullaeva, M. T., Usmonova, T. E., & Inomov, H. E. (2021). Influence of number of seedlings and amount of fertilizers on the development of root system of winter wheat. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 805-809.

14. Abdullayeva, M. T. L., & Maqsudova, G. M. (2021). Ekologik ta'lim va tarbiyada xorijiy tajriba. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 159-165.

15. Yuldashev, I. A. (2020). Pedagogical Bases Of Formation Of Social Activity In Pedagogical Sciences. Теория и практика современной науки, (5), 67-69.

16. Yuldashev, I., & Toshboltaeva, N. I. (2020). Analysis Of Personality Traits In Athlete Activities. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 72-74).

17. Yuldashov, I., & Goynazarov, G. (2021). A need to improve the institutional system for increasing the social activity of young people at the stage of development. Интернаука, (12-3), 18-19.

18. Yuldashov, I., Parpiev, O., Makhmutaliev, A., Tukhtanazarov, I., & Umaralievich, K. U. (2021). Pedagogical bases of formation of physical culture and social culture in Youth. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(11), 54-58.

19. Isroilov, M. (2022). The system of education and its interaction with the concept of spirituality. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(1), 88-93.

20. Ismoilovich, I. M. (2021). THE SOCIETY IS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT PRIORITY IN EDUCATION SYSTEM REFORM FUNCTIONS.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

21. Ismoilovich, I. M. (2021, July). Issues of transformation of educational experience of developed countries. In Euro-Asia Conferences (pp. 227-239).

22. Pulatova N. Ethnoecological Culture Of The Uzbek People Today And Pedagogical Aspects Of Its Formation In Students //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2020. - Т. 2. - №. 11. - С. 485-490.

23. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

24. Салойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

25. Салойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

26. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

27. Сaлoйдинoв, С. К. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения 6rora5a. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.