Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABI O‘QUVCHILARI EKOLOGIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNINIG MAZMUN MOHIYATI'

UMUMTA’LIM MAKTABI O‘QUVCHILARI EKOLOGIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNINIG MAZMUN MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
486
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tabiat / ekologiya / ekologik madaniyat / ekologik ong / ekologik ta’lim -tarbiya / atrof-muhit / vatanparvarlik. / Man / process / national values / universal values / world view.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Kamolova, Shohsanam Nuriddinovna, Fayziyeva, Sojida Ilxom Qizi

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ekologik madaniyatini shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg‘otish va undan oqilona foydalanish masalalariga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE OF SECONDARY SCHOOL STUDENTS

This article is one of the most pressing issues of our time and focuses on the inimportance of enriching the studentъs worldview. Issues of human development are considered.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABI O‘QUVCHILARI EKOLOGIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNINIG MAZMUN MOHIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

UMUMTA'LIM MAKTABI O'QUVCHILARI EKOLOGIK

MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNINIG MAZMUN MOHIYATI

Kamolova Shohsanam Nuriddinovna

Jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti o'qituvchisi,

Fayziyeva Sojida Ilxom qizi

Tabiiy fanlar fakulteti biologiya va uni o'qitish metodikasi yo'nalishi 1- bosqich

magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarining ekologik madaniyatini shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg'otish va undan oqilona foydalanish masalalariga qaratilgan.

Kalit so'zlar:Tabiat, ekologiya, ekologik madaniyat, ekologik ong, ekologik ta 'lim -tarbiya, atrof-muhit, vatanparvarlik.

АННОТАЦИЯ

Данная статья является одной самых актуальных проблем нашего времени и фокусируется на важности обогащения мировоззрения студента. Рассмотрены вопросы, связанные с этапами развития человека.

Ключевые слова: Личность, процесс, национальные ценности, универсальные ценности, мировоззрение .

ABSTRACT

This article is one of the most pressing issues of our time and focuses on the inimportance of enriching the studentbs worldview. Issues of human development are considered.

Keywords: Man, process, national values, universal values, world view.

KIRISH

Yoshlarni barkamol insonlar etib voyaga etkazish, yot mafkuralar, xurujlardan asrash, ularda turli g'oyaviy tahdidlarga qarshi kurash ko'nikmalarini shakllantirish davlatimiz siyosatining muhim yo'nalishlaridan sanaladi. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish" vazifalari belgilangan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bugungi kundagi barcha o'zgarishlar yaqin kelajakda davlatimizning siyosiy va iqtisodiy barqarorligini, shaxs ma'naviyatini yuksaltirishni ta'minlashga yo'naltirilgan. Jamiyatimiz taraqqiyoti ma'naviy va jismoniy sog'lom avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosatiga ko'tarilgan bir paytda hayotning o'zi har-bir kishidan, ayniqsa yoshlardan ma'naviy sog'lomlik va ma'rifiy etuklikni talab qilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi. Bu qarorga ko'ra, Mamlakatda ekologik xavfsizlikni ta'minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, qulay ekologik holatni barqaror saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini ta'minlash hamda sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish kun tartibidagi dolzarb masalaga aylangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi va kelajak avlodlarimiz uchun chiroyli "Ona tabiat sandig'iga" toza suv, beg'ubor atmosfera havosi, juda boy er osti boyliklari, xilma-xil o'simlik va hayvanot dunyosi, go'zal tabiat manzaralarini yig'ib borish odatini milliy urfga aylantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. Ekologiya va inson, ularning o'zaro munosabatlari o'zaro ta'sir xususiyatlari qadimdan odamlarni qiziqtirib kelgan muammolardan biridir. Bizga ma'lumki, ekologik tarbiya masalasi bilan ilk bora qadimgi yunon mutafakkirlari shug'ullanishgan.

Aristotel, Gerodot, Gippokrat, Demokrit, Pifagor va boshqalar barcha ijtimoiy va psixologik hodisalarni tushuntirib berish uchun yagona bo'lgan, umumiy tamoyillarni, nazariyalarni qidirib topishga, xalqlarning turli psixologik xususiyatlariga ega bo'lishi sabablarini tushuntirib berishga harakat qilganlar. Psixologik xususiyatlarning vujudga kelishini ular asosan, tabiiy-geografik muhitning ta'siri bilan bog'laganlar. Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-375) "Havo, suv va quruqlik"- deb nomlangan traktatida odamlarning turli psixologik va jismoniy xususiyatlarini bevosita iqlim sharoiti bilan belgilanishi mumkingligini ta'kidlagan, ya'ni u geografik determenizm tamoyillini ilgari surgan.

Odamlarning oliy nerv faoliyati tiplari ularning vujudga kelishini ular iste'mol qilayotgan oziq-ovqatlar bilan bog'lab tushuntirishga ham urinishgan. Pifogor (Eramizdan avvalgi 570-500) fikriga ko'ra hayvon go'shti va yog'ini ko'p iste'mol qilinishi qattiqqo'lik va dag'allikni vujudga keltirishi va aksincha o'simlik mevalari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

va sabzavotlarni mutassil iste'mol qilinishi esa tana faoliyatini suslashtirib, odamlar tabiatini muloyimlashtiradi. Arestotel (eramizdan avvalgi 384-322) haddan ortiqcha issiq yoki sovuq iqlim sharoitida yashaydiganlar qattiqqo'l, shavqatsiz bo'ladi deb hisoblagan. Qadimgi YUnonlar madaniyatida inson demurg, yaratuvchi sub'ekt sifatida qadriyat kabi e'zozlangan: xususan, qadimgi quruvchilar yo'l o'tkazayotganda tog' duch kelib qolsa sharq quruvchilari kabi tog'ni aylanib o'tmasdan uni yorib yo'l o'tkazishga harakat qilganlar. SHarqda esa tabiatga nisbatan biologik, ya'ni ekologik munosabat mavjud bo'lgan. SHarqda tabiatga tirik organizm kabi munosabatda bo'lish hukmronlik qilgan. [1.12]. Insoniyat paydo bo'lgandan buyon ekologiya muammosi hammani o'ylantirib keladi.

Abu Nasr Farobiyning ko'plab asarlarida inson ekologiyasi muammolari etakchi o'rin tutadi. Jumladan, olimning "Inson a'zolari haqida" nomli asarida inson a'zolariga xos bo'lgan turli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini alohida-alohida o'rganish, organizmning salomatligini tiklash uchun kerakli oziq-ovqatlarga e'tibor berish zarurligiga diqqat qaratilgan. Binobarin, insonning ruhiy va jismoniy holati tashqi omillar, muhit ta'siriga bog'liq, bu jarayonlar zamonaviy ekologiya fanining asosini tashkil etadi.

Ekologik bilimlar rivojiga o'zining munosib hissasini qo'shgan mutafakkirlardan yana biri Abu Rayhon Beruniy bo'ladi. Beruniy tomonidan 152 ta asar yozilgan bo'lib, ulardan tabiiy muhitdagi dialektik rivojlanishning ilmiy asoslari yoritilgan. "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" va "Hindison" asarlari Abu Rayhon Beruniyning jahonga mashhur asarlari sanaladi. Ularda yosh avlod uchun o'ta muhim bo'lgan o'simlik va hayvonlarning tuzilishi, ularning tashqi muhit bilan o'zaro aloqasi haqida qiziqarli ma'lumotlar keltirilgan. Bu manbalarda turli tropik o'simliklar va hayvonlar to'g'risida ma'lumotlarning keltirilishi nabobat va hayvonot olamining tashqi muhit bilan aloqasini, yil fasllari almashinuvining o'simlik va hayvonot olamiga ta'sirini yoritishga xizmat qilgan. Chunonchi, "qushlarning tog'lardan pastga, tekisliklarga tushishi, chumolilarning o'z inlariga berkinib olishlari havoning sovishidan dalolat beradi"- deydi olim.

Alloma insonni tabiatning bir qismi deb hisoblash bilan birga ularning turli irqqa mansubliklarini quyidagicha izohlaydi: "Odamlar tuzilishlarining rang, sur'at, tabiat va axloqda turlicha bo'lishi faqatgina nasablarning turliligidan emas, balki tuproq, suv, havo va erning, odam yashaydigan joylarning turlichaligidan hamdir[3.63]. Bugungi kunda yoshlarni ekologik tasavvurlarini tarbiyalash, ekologik madaniyatni shakllantirish masalasiga jiddiy e'tibor qaratish muhim vazifalardan biridir. Abu Nasr Farobiyning insoniyat tomonidan tabiatga ko'rsatilayotgan ta'sirning doimiylik kasb

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

etishini, tabiiy va sun'iy tanlanish muammosini atroflicha baholash zarurligi haqidagi fikrlari e'tiborga molikdir. Olimning nuqtai nazariga ko'ra, borliqdagi mavjud narsalar abadiy emas, ya'ni "Ular abadiy-boqiy bo'la olmaydilar, chunki ular havo, suv, tuproq va olovga bo'linadilar, birlari boshqasiga aylanadilar va b alki har bir unsur boshqasida mavjuddir. Misol tariqasida hayvonot dunyosini oladi, u to'rt unsurdan biridir" [2.19].

Ekologik tafakkur, ekologik madaniyat va milliy o'zini-o'zi anglash-shallantirilishi va rivojlantirilishi lozim bo'lgan o'zaro bog'liq jarayonlardir.

"Ekologik tafakkur", "ekologik ong" negizida inson tabiat kuchlarini tushunish va ular ustidan o'z hukmronligini o'tkazishdan oldin unga qadriyat sifatida qarash, uning bilan ehtiyotkorona munosabatda bo'lish zaruriyatini anglash imkonini beradigan yangi obrazlar va belgilar tizimini yaratadi.

"Pedagogika fanidan izohli lug'at"da "madaniyat" tushunchasiga shunday ta'rif berilgan: madaniyat - insonning egallagan bilimlari va hosil qilgan tajribalariga asoslangan malakali harakatlari yoki mehnat faoliyatining mahsulidan bunyod bo'lgan narsalar, boshqalarga zavq uyg'ota oladigan ijtimoiy xodisadir.

Ekologik madaniyat-kasbiy faoliyatda qaror qabul qilish uchun ekologik javobgarlikni his qilish, tabiat muhofazasidagi bilimlarga egaligi, jahon va xududiy darajada ekologik muammolarni ochishda qatnashishga tayyorgarligi va boshqalar. [5.173, ]. SHu bilan birga individual ekologik tasavvurlar tabiiy muhit bilan o'zaro ta'sirga kirishish tajribasiga mos ravishda shakllanadi, alohida olingan ind ividning tajribasi esa sotsiumning tabiat bilan bo'lgan munosabatlar xususiyatlari bilan belgilanadi. Mazkur xususiyatlar maishiy ekologik tasavvurlarda o'z aksini topgan bo'lib, ular o'z navbatida, ekologik jihatdan ahamiyatli vaziyatlardagi xulq-atvorning konkret shakllarini tanlash bilan bevosita bog'lanadi. Umumta'lim maktab O'quvchilarni ma'naviy boy, jismonan sog'lom qilib tarbiyalash maqsadida dastlab, ularning ekologik madaniyat darajasining shakllanganligini aniqlash lozim. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ekologik tasavurlarini mushohada qilish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish asosan psixik jarayonlar asosida kechadi. Tabiatga muhabbat ulkan va murakkab xissiyotdir. U bolaning ruhiy va aqliy dunyosini o'z ichiga oladi va murakkab jarayonni hosil qiladi. Bu xissiyotni tarbiyalashni bolaning esini taniy boshlaganidan tarbiyalab borsak, unda tabiatga muhabbat, tuyg'ular shakllanadi. Bolalikda tug'ilgan bu hislar maktab yillari shakllanib boyiydi va unga tabiatshunoslik darsi yordam beradi. O'quvchi tabiat go'zalligini qabul qilibgina qolmasdan balki, uni muhofaza qilishni va uni ko'paytirishni ham o'rganadi. Pedagogik yo'nalishda ekologik ta'lim va tarbiya

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

berish ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim deganda o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan tabiat bilan inson o'rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi. Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta'lim-tarbiya umumiy ta'lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo'lib, maktabda barcha fanlarni o'qitishda amalga oshirilishi ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatini shakllantirishdan iboratdir. Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo'nalishlari mavjud. Bu yo'nalishlar ichida pedagogik yo'nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasidan kelib chiqadi.

Xulosa qilib aytganda bu kabi harakatlar tabiatni asrash, ekotizimning mavjudligini saqlab qolish yo'lidagi urinishlarning bir qismidir. Uning eng katta qismi esa butun insoniyat e'tiborini ushbu muammoga qaratish, ularni birgalikda, o'zaro hamjihatlikda tabiatni muhofaza qilishga undashdir. Bularning barini boshlang'ich sinf o'quvchilariga tushuntirish kutilgan natijalarni beradi. Shuni hisobga olib, ekologik ta'lim-tarbiyani, asosan, bog'cha va maktablarda amalga oshirish zarur. Boshlang'ich ta'lim tabiatshunoslik darslarida vatanparvar va ekologik tarbiya berishda o'quvchilarninng yosh va individual xususiyatlari, qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olish kerak. Shuning uchun har-bir sinfda osondan murakkabga tomon tamoyiliga asosan 1-2 sinf "Atrofimizdagi olam", 3-4 sinf "Tabiatshunoslik" darsida o'quvchilarda boshlang'ich Vatanparvarlik va ekologik tarbiyani shakllantirishda mavzuga oid ko'rgazmali qurollardan, videolavhalardan zamonaviy pedogogik texnologiyalardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'ladi, o'quvchilarni tabiat, butun borliq haqidagi dstlabki tushunchalarini shaklantirish birmuncha oson kechadi, dars samaradorligi va natijasi yuqori bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyat, Vatanga muhabbat, ona tabiatga nafosat tuyg'ulari shakllanadi.

REFERENCES

1. Doktorov B.Z., Safanov V.V., Firsov B.M.Uroven osoznaniya ekologicheskix problem: profili ob^estvennogo mneniya //Sotsiolog. issled.1992 -12 s.

2. Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida. - Toshkent: YOzuvchi, 2002. - 19 b.

3. Abu Rayhon Beruniy. Meneralogiya.M.:1963 -63b

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. Ho'janazarov O'.E., YAkubjonova SH.T. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish//Toshkent 2018 y. 3b.

texnologiyalar" nashriyoti 2008. - 173 b.

6. Shirin Kamolova, SAMOVOSPITANIE - OSNOVA FORMIROVANIYA GARMONICHNO - RAZVITOGO POKOLENIYA , Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: № 1 (2020): Journal of Pedagogy and psychology in modern education

7. Shirin Kamolova, PREEMSTVENNOST FORMIROVANIYA MIROVOZZRENIYA STUDENTOV NA OSNOVE OB^ECHELOVECHESKIX SENNOSTEY , Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: № 1 (2021): Zamonaviy ta'limda pedagogika va psixologiya fanlari

8. Shirin Kamolova, THE ROLE OF UNIVERSAL AND SCIENTIFIC VALUES IN THE SPIRITUAL DEVELOPMENT OF FUTURE TEACHERS , Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: № 2 (2021): Jurnal pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii (oktyabr)

9. Shirin Kamolova, O'QITUVCHI PEDAGOGIK QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI , Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: Tom 2 № 5 (2022): Jurnal pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii (yanvar)

10. Shirin Kamolova, ISPOLZOVANIE INTERAKTIVNLIX METODOV V OBRAZOVANII YAVLYAETSYA TREBOVANIEM SEGODNYASHNEGO DNYA , Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: № 2 (2021): Jurnal pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii (oktyabr)

11. Shirin Kamolova, AVESTODA AXLOQIY IDEAL VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK KO'RINISHLARI , Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: № 3 (2021): Zamonaviy ta'limda Pedagogika va psixologiya fanlari (Noyabr)

12. Shirin Kamolova, IMPLEMENTATION OF PEDAGOGICAL ETHICS IN FUTURE TEACHERS , Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: № 3 (2021): Zamonaviy ta'limda Pedagogika va psixologiya fanlari (Noyabr)

5. Hasanboyev J. va b. Pedagogika fanidan izohli lug'ati. T.: "Fanva

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.