Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ATROF-MUHITGA IJOBIY MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ATROF-MUHITGA IJOBIY MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3815
271
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologiya / ekologik tarbiya / ekologik ta’lim / ekologik munosbat / shakllantirishdagi texnika / usul / uslub / atrof-muhit. / ecology / ecological education / ecological education / ecological relations / techniques in formation / method / style / environment.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bovanova, Umida Abduvahabovna

Mazkur maqolada boshlang‘ch sinf o’quvchilarini atrof-muhitga ijobiy munosabatda tarbiyalash shakllarining asosiy yo‘nalishlari, usullari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL FEATURES OF FORMATION OF A POSITIVE ATTITUDE TO THE ENVIRONMENT IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

This article describes the main directions and methods of educating primary school students in a positive attitude to the environment.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ATROF-MUHITGA IJOBIY MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA ATROF-MUHITGA IJOBIY MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

Bovanova Umida Abduvahabovna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi e-mail: umidabovanova@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada boshlang'ch sinf o'quvchilarini atrof-muhitga ijobiy munosabatda tarbiyalash shakllarining asosiy yo'nalishlari, usullari berilgan.

Kalit so'zlar: ekologiya, ekologik tarbiya, ekologik ta'lim, ekologik munosbat, shakllantirishdagi texnika, usul, uslub, atrof-muhit.

ABSTRACT

This article describes the main directions and methods of educating primary school students in a positive attitude to the environment.

Keywords: ecology, ecological education, ecological education, ecological relations, techniques in formation, method, style, environment.

АННОТАЦИЯ

В данной статье описаны основные направления и методы воспитания у учащихся начальных классов положительного отношения к окружающему миру.

Ключевые слова: экология, экологическое образование, экологическое образование, экологические отношения, приемы в образовании, метод, стиль, среда.

KIRISH

Mamlakatimizda mavjud aksariyat maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni tabiat va atrof-muhit bilan tanishtirish mashg'ulotlari tashkil qilinganligi e'tiborga molik. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, «Eng muhim masala - aholining ekologik madaniyatini oshirish haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur. Albatta, bunday muammolarni faqat ma'muriy yo'l bilan hal etib bo'lmaydi, bunga yosh avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, unga daxldorlik hissini tarbiyalash orqali erishish mumkin»1. Shu boisdan ham mamlakatimizda maktabgacha ta'lim muassasalarning 70 foizida ekologik ta'lim uchun maxsus xonalar bor va ularning 16 foizida bolalar tabiatni parvarish qilishni o'rganadigan «Atrof-muhit so'qmoqlari»

l.Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - T.: O'zbekiston, NMIU, 2018. - B. 570.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tashkil qilingan. O'zbekistonda barcha boshlang'ich maktablarda atrof-muhit mavzulari 1chi va 2chi sinflarda «Atrofimizdagi dunyo» va 3chi va 4chi sinflarda «Inson va tabiat» fanlarida o'tiladi. Biroq umumta'lim va o'rta maktablarda aynan ekologiya darslari yo'q. Faqatgina atrof-muhitga tegishli ba'zi mavzular tabiiy fanlar va salomatlik va sog'lom turmush tarzi fanlari mavzulariga singdirilgan xalos. Shuningdek, bioxilmaxillik, inson va yer, suv - hayot manbai mavzularida 5-dan 9-sinfga qadar qo'shimcha o'quv materiali sifatida qo'llanmalar yaratilgan xalos. 2005 yilda «Boshlang'ich maktabda ekologik ta'lim» metodologik qo'llanma ishlab chiqilgan bo'lsa, 2009 yilda 5-dan 9-sinfgacha o'qituvchilar uchun «Inson va tabiat» qo'llanmasi chop etilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirishning asosiy yo'nalishi - aniq-obrazli tafakkurdan mavhum-mantiqiy tafakkurga o'tish hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayoni dastlab bilishning hissiy bosqichida sodir bo'ladi. Ya'ni bola atrof muhit haqida dastlab 5 ta sezgi a'zo orqali tasavvurga ega bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirishda tafakkur shakllari ham ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, boshlang'ich sinf o'quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirishda tasniflash, taqqoslash, o'xshatish, sintez, mavhumlashtirish, umumlashtirish, tizimlashtirish yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib, o'quvchilarda atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirish to'g'risida doimiy qayg'urishga yo'naltirilgan o'quv faoliyatini tashkil etish ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Afsuski bugungi kunda biz kundalik ishlarga va tashvishlarga berilib, tirik va jonsiz tabiat dunyosi abadiy emasligini, unga insoniyat tomonidan ko'proq zarar ko'rsatayotganligini bevosita his qilmayapmiz. Bu jarayon albatta bolalikdan ta'lim va tarbiyani uzviyligini ta'minlash asosida olib borilishi lozim. Bundan kelib chiqadiki, ekologik ta'limning asoslari hatto maktabgacha yoshda bolalar ongi va ruhiyatiga singdirib borish dolzarb hisoblanadi. Shu o'rinda ekologiya so'zining etimologiyasiga to'htalib o'tsak. Ekologiya so'zi yunoncha oikos - «vatan, uy» va logos - «fan, ta'limot» ma'nosidagi so'zlardan tashkil topgan bo'lib, birgalikda yashaydigan tirik organizmlarning o'zaro va tevarak-atrofdagi muhit bilan munosabatini, shuningdek, olam va biosfera o'rtasidagi munosabat masalalarini o'rganuvchi fan nomini bildiradi2.

5.O'zbek tilining izohli lug'ati, 5 jildli. 5-jild. - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008. - B.25

221

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ekologik tarbiya, avvalambor, bolalarni insonparvarlik, xayrixohlik, hissiy munosabat va ularning atrofidagi dunyoga qiziqishini tarbiyalashga xizmat qiladi. Zero, atrof-muhitni bolaga ta'siri juda katta. Chunki har kuni bolalar u yoki bu shaklda atrof-muhitdagi turli narsalar yoki hodisalar bilan aloqaga kirishadilar ya'ni ular qushlarni, hasharotlarni, hayvonlarni, qishda, qor parchalarini, kuzda, sarg'aygan barglarni, yomg'irni kuzatishadi, tabiat haqidagi she'rlar va hikoyalarni tinglashadi. Va tabiat hodisalari, o'simliklarga g'amxo'rlik qilishni o'rganadilar. Tabiat bolalarni birinchi navbatda o'zining go'zalligi, ranglarining yorqinligi, xilma-xilligi bilan o'ziga jalb qiladi. Shu boisdan «Ekologik tarbiya maktabgacha yoshda, maktab davrida, maktabdan keyingi, mahalla, mehnat jamoasi hamda keksalik davrida tur-licha mazmun, shakl va metodlar hamda yondashuvlarda amalga oshiriladi»3. Bolalar birinchi aniq bilim va tajribani ham shu tabiatdan oladi.

Atrof-muhit bilan bunday aloqa, bir tomondan, bolaning hissiy tajribasini boyitadi, boshqa tomondan, uning tasavvurini kengaytiradi va bolaning atrof-muhit to'g'risida turli savollari va qiziqishlarini paydo bo'lishiga katta yordam beradi. Bolalar odatda juda qiziquvchan, tabiat hodisalari va narsalariga katta e'tibor bilan qaraydigan bo'ladilar. Bu esa ota-onalar va o'qituvchilar uchun bolani atrof-muhit to'g'risida yanada ko'proq bilim olishlari uchun munosib shart-sharoit yaratib berishni taqozo etadi. Ota-onalar va o'qituvchilar oldida turgan bunday vazifalar jumlasiga bolalarda atrof-muhit jonli va jonsiz narsalarga bo'lgan muhabbat va hurmat tuyg'usini rivojlantirish, ularning tabiat haqidagi o'z tasavvurlarini boyitish, bolaga nafaqat bilim berish balki o'z hissiyotlarini erkin ifoda etish imkoniyatini berish juda muhimdir. Shu boisdan ham boshlang'ich sinf o'quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirish ularni o'zlarini va atrofida sodir bo'layotgan barcha narsani to'g'ri tushunishga o'rgatadi. Bolalarning o'zi mehr va muhabbatga muhtoj. Shu bilan birga, ular barcha jonzotlarga befarq va beqiyos darajada o'zlarining mehrlarini berishga qodirdir. Qani endi ulardagi bu mehr-oqibatni saqlab qolishni imkoni bo'lsa. Buning uchun avvalo bolalarni tabiatda ham, odamlar orasida ham o'zini to'g'ri tutishga o'rgatish lozim. Bolaning mehribon, sabr-toqatli, tinch va osoyishta bo'lib o'sishi va baxtli bo'lishi uchun biz kattalar bolalik inson hayotining muhim qismi ekanligini esdan chiqarmasligimiz kerak.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirishda bolalar bilan ishlashda qo'llanilishi mumkin bo'lgan ba'zi usul va metodlarni ko'rib chiqishimiz e'tiborga molik. Atrof-muhitga ijobiy munosabat nuqtai nazaridan metod - bu tarbiyachi va bolalarning birgalikdagi faoliyati usuli

3Ismoilov A., Axadov R. Ekologik ta'lim-tarbiya. - T.: «O'qituvchi», 1997. -18-b..

222

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'lib, uning davomida ekologik bilim, ko'nikmalarni shakllantirish qobiliyatlari va atrof-muhitga munosabatni tarbiyalash jarayoni samarali amalga oshiriladigan usuldir. Atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirishdagi texnika esa bu muayyan usulning o'ziga xos elementidir.

Atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirish usulini tashkil etadigan texnikalar qanchalik boy va xilma-xil bo'lsa, o'quv va bilim vazifasi shunchalik muvaffaqiyatli hal qilinadi. Shu boisdan ham N.J.Isakulova «Uzluksiz ta'lim jarayonida o'quvchilarga fanlararo ekologik tarbiya berishda variativ didaktik funksiyalarni quyidagilardan iborat ekanligini alohida qayd etadi:

- ekologik mazmunda mashq bajarish, masalalar yechish, diktinat va bayonlar yozishda qo'shimcha topshiriqlardan foydalanish;

- ekologik mazmundagi darslarni fanlararo bog'lanishda turli uslublarning bir nechtasidan foydalangan holda tashkil etish;

- darsdan tashqari mashg'ulotlarni o'quvchining turli qiziqishlari asosida turli uslublardan foydalanib olib borish;

- ekologik mazmundagi testlarni o'tkazishda mazmunning bir xilligiga e'tibor bergan holda savol-javoblar xilma-xilligiga erishish;

- fanlararo ekologik tarbiya berish yuzasidan o'quvchi bilimi, ko'nikma va malakalarini baholash xilma-xilligini inobatga olish. Mazkur variativ didaktik funksiyalarning har biri bajarilishida bir vaqtning o'zida har xillikka erishishga e'tibor beriladi»4 degan edi.

Atrof-muhit haqida fikrlashning asosiy shakllari va bolalar faoliyati uslublariga muvofiq 4 ta usul mavjud:

1. Atrof-muhit haqidagi vizual usullar (kuzatish, namoyish qilish, tekshirish). Vizual usullar - o'simliklar, hayvonlar, jonsiz va tirik tabiatning tabiiy hodisalari to'g'risida aniq ma'lumot to'plashning eng maqbul usullaridir. Uning yordami bi lan bola nafaqat ob'yektlarning tashqi parametrlarini (rangi, tuzilishi, hidi, shakli va boshqalar), balki ularning atrof-muhit bilan aloqalarini ham o'rganadi.

2. Atrof-muhit haqidagi yetarli darajada tasavvur hosil bo'lishi uchun og'zaki usullar (suhbat, hikoya, badiiy adabiyotni o'qish usullari: tushuntirish, ko'rsatma, pedagogik baho, savol, masalan uy gullari yoki uy hayvonlari haqida hikoya tuzish) ham muhim ahamiyat kasb etadi.

4. Isakulova N.J. Uzluksiz ta'lim jarayonida o'quvchilarga fanlararo ekologik tarbiya berish nazariyasi va amaliyoti. Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya avtoreferati. - Toshkent.: 2012. -

B.17.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Atrof-muhit haqidagi muhim tasavvurlarni shakllanishida amaliy usullar ham qo'l keladi. Amaliy usullar bu turli mashqlar, elementar tajribalar, modellashtirish, bolalar tajribasiga, amaliy vaziyatlarga, qidiruv harakatlariga, so'rovnomalarga asoslanib, modelga muvofiq ish tutishdir.

4. O'yin usullari esa bu atrof-muhit haqidagi didaktik o'yinlar, o'yin holati, o'yinchoqlar bilan harakatlar, harakatlarga taqlid qilish, yashirish va qidirish, ochiq maydonda o'ynash, epizodik o'yin texnikasi, topishmoqlardan iboratdir. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirishda ekologik loyihalar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ekologik loyiha - bu avvalo tadqiqot jarayonida muayyan vazifalarni hal etishdir. Ekologik loyihalarning vazifalar ko'lami har xil bo'lishi mumkin, u loyihaning vaqti, yoshi va shunga mos ravishda bolalarning imkoniyatlari, maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim dasturlarining mazmuni bilan belgilanadi (har qanday loyiha umumiy ta'lim maydoniga mos kelishi kerak). Ekologik loyihalar bolalar faoliyatining barcha turlari va barcha ta'lim sohalarini birlashtirishni o'z ichiga oladi, shuning uchun loyiha faoliyati davlat va jamiyat talablariga muvofiq yaratiladi. Zero, «...O'zbekiston boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga ega. Biroq bizning eng katta boyligimiz - bu xalqimizning ulkan intellektual va ma'naviy salohiyatidir»5.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirish jarayonidagi turli shakl va usullar bolalarning yosh xususiyatlariga qarab tanlanishi kerak. Kichik va o'rta maktabgacha yoshdagi bolalar, tabiiyki eng oddiy kuzatish usullaridan foydalanadilar va o'z tadqiqotlari natijalarini asosan rasm va qissa shaklida umumlashtiradilar. Bolalarning yoshi qanchalik katta bo'lsa, o'qituvchining yetakchilik roli shunchalik kam bo'ladi, tadqiqotning hajmi esa shunchalik katta bo'ladi.

Ekologik loyihalarni amalga oshirishda ota-onalar ishtirok etishi ham muhim zarurat hisoblanadi. Bu, ayniqsa, bolalarni o'z ota-onalari bilan birgalikda hunarmandchilik, rasm chizish va birgalikda tajriba o'tkazishda juda muhimdir. Shu boisdan ham ota-onalarni turli darajadagi tanlovlar va ko'rgazmalarda faol ishtirok etishi juda muhimdir. Chunki ota-onalar ham o'z farzandlari bilan birgalikda turli darajadagi rasmlar, fotosuratlarni to'playdilar va farzandlari bilan birgalikda tabiat mahsulotlaridan hunarmandchilik buyumlarini tayyorlaydilar. Bu jarayonda har bir oilaning faol ishtiroki e'tibordan chetda qolmaydi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining

2. Shavkat Mirziyoyev. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2016. - B. 13. 2016. - B. 13.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ekologik tarbiyasi barcha oila a'zolarining ekologik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan doimiy tarbiyalash jarayoni bilan chambarchas bog'liqdir.

Ekologik loyiha natijalari turli xil ko'rgazmalar, bayramlar, ko'ngilochar tadbirlar, yarmarkalar, kitoblar va bukletlar dizayni va boshqalardan iborat bo'lishi mumkin.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ekologik madaniyatni tarbiyalash ushbu yo'nalishdagi ishlar quyidagi tamoyillarni hisobga olgan holda amalga oshadi:

1. Ilmiy ... Ilmiylik prinsipi boshlang'ich sinf o'quvchilarini dastlabki ekologik bilimlar bilan tanishtirishni nazarda tutadi, ular bolaning harakatlari uchun motivasiyani shakllantirish, bilimga qiziqishni rivojlantirish va uning dunyoqarashi asoslarini shakllantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Hatto Ushinskiy ham «bolalar uchun fanni rad qilmaslikni», ya'ni «ilm-fanning turli sohalaridan bolaga va uning dunyoqarashini rivojlantirishga foydali bo'lishi mumkin bo'lgan xabarlarni» tavsiya qiladi. Shu bilan birga, u ta'kidlaganidek, bir tomondan, ilmiy bilimlarni bolalarning tushunchasi darajasiga sun'iy ravishda tushirmaslik kerak, boshqa tomondan, boshlang'ich sinf o'quvchilariga ularning aqliy rivojlanish darajasidan yuqori bo'lgan bilimlarni bermaslik kerak.

2. Mavjudlik prinsipi. Ma'lum bir yoshdagi bola uchun materialning mavjudligi prinsipi juda muhimdir va u ilmiy xarakter prinsipi bilan chambarchas bog'liqdir. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ekologik ta'limidan ilmiy atamalarni chiqarib tashlash kerak, ammo ularning ba'zilarining mazmuni bolalarga tushunarli va jozibali shaklda tushuntirilishi ham mumkin.

3. Insoniyat prinsipi. Ushbu prinsip birinchi navbatda ekologik madaniyat tushunchasi bilan chambarchas bog'liq. Ta'lim nuqtai nazaridan uni qo'llash yangi qadriyatlar, iste'mol madaniyati asoslariga ega bo'lgan, o'z sog'lig'iga g'amxo'rlik qiladigan va sog'lom turmush tarzini olib borishni xohlaydigan shaxsni shakllantirishni anglatadi. Ekologik ta'limning mazmuni, shuningdek, bolaning tabiatning bir qismi sifatida inson to'g'risida va tabiatning ichki qadriyatlari haqidagi g'oyalarini shakllantirishga, sayyoramizdagi barcha hayot shakllariga hurmat bilan munosabatda bo'lishga yordam berishi kerak. Ekologik ta'lim metodikasini tanlashda insonparvarlik prinsipi o'qitish va tarbiyalashning avtoritar modelidan shaxsga yo'naltirilgan modelga, kattalar va bola o'rtasidagi hamkorlik pedagogikasiga, o'qitishni interaktiv shakliga o'tishni anglatadi.

4. Bashorat qilish prinsipi. Bashorat qilish prinsipi odatlarni o'stirishni va ba'zi bir kundalik harakatlarni atrof-muhit bilan bog'liq holda baholashni, tabiatga zarar yetkazadigan bo'lsa, o'z xohish-istaklarini cheklashni o'z ichiga oladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. Faoliyat prinsipi. Faoliyatga asoslangan yondashuv maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ekologik ta'limning asosini tashkil etadi. Bola o'quv jarayonida o'rganadigan ekologik bilim uning atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha turli xil amalga oshiriladigan tadbirlarda faol ishtirok etish motivasiyasini shakllantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Faoliyat prinsipi turli xil ekologik loyihalarning markazida joylashadi.

6. Integrasiya prinsipi. Integrasiya prinsipi bolaning turli xil faoliyatlarini ekologlashtirishni nazarda tutadi.

7. Izchillik prinsipi. Izchillik prinsipi (har bir keyingi shakllanayotgan g'oya yoki konsepsiya oldingisidan kelib chiqadi va butun tizim uning markaziy yadrosi vazifasini bajaradigan ma'lum bir boshlang'ich pozisiyalarga tayanadi) bo'lsa, bilimlarni ketma-ket o'zlashtirishdir.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirish juda ham murakkab jarayon hisoblanadi. Bu, bir tomondan, rasmiy mantiqning qat'iy doirasiga mos kelmasligi bilan bog'liq. Boshqa tomondan, bola doimo kattalar tabiat hodisalari, narsalarga nisbatan elementar normalar va xatti-harakatlar qoidalarini qanday buzayotganini ko'radi: daraxt shoxlarini sindirish, axlatlarni dam olish joylarida qoldirish shular jumlasidandir. Bunday hollarda, agar bola bunga e'tibor bergan bo'lsa, siz unga kattalar noto'g'ri ish qilayotganini o'z vaqtida aytishingiz kerak bo'ladi. Inson tabiat boyliklaridan oqilona va ehtiyotkorlik bilan foydalanishi kerak, shundagina tabiat ham insonni saxiylik bilan mukofotlaydi. Shu boisdan ham bolaning ekologik madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan barcha harakatlar kattalarni befarq qoldirmasligi kerak.

Bugungi kunda ekologik ta'lim dolzarb muammolarni hal etishda ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shu o'rinda nyega aynan bugungi kunda ekologik ta'lim va tarbiya masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda? Degan o'rinli savol tug'iladi. Odamlarning bilimsizligi atrof muhitni buzilishiga olib kelmoqda, natijada o'simlik va hayvonlarning ayrim turlari yo'q bo'lib ketmoqda, bu esa ekologik muvozanatning buzilishiga olib keladi albatta.

Ekologik ta'lim - bu ma'naviyat, aql, axloq tarbiyasi bo'lib, uni eng kichik yoshdan boshlash talab etiladi. Tabiat bolaga turli tovushlar, hidlar orqali katta ta'sir ko'rsatib uni nafaqat quvontiradi yoki hayratga soladi balki uni atrofdagi olam go'zalligi haqida tuyg'ularini tarbiyalaydi. Bolani o'z atrofidagi go'zallikni ko'rishga o'rgatish, unga jonli va jonsiz tabiat to'g'risida, sayyoramizning kelajagi bog'liq bo'lgan eng aqlli mavjudot sifatida insonning roli to'g'risida elementar g'oyalar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

berishdan boshlanadi. Bu jarayonda o'qituvchi oldida turgan vazifalar quyidagilardan iborat bo'ladi:

1. Axloqiy tarbiya. Yaqin atrof-muhit bilan tanishish asosida atrof-muhitga nisbatan insonparvar, emosional ijobiy, g'amxo'r munosabatni tarbiyalash aynan axloqiy tarbiya asosida amalga oshadi. Shuningdek, bu jarayonda boladagi atrofdagi olam go'zalligini ko'rish qobiliyatini tarbiyalash; tabiat ob'yektlariga nisbatan xushyoqishni rivojlantirish ham ustuvor ahamiyat kasb etadi.

2. Intellektual rivojlanish. Bu jarayonda bolalarda jonli va jonsiz tabiat haqidagi tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, tabiatdagi munosabatlar to'g'risida elementar g'oyalarni shakllantirish; ularning ba'zi harakatlarining atrof-muhit bilan bog'liq oqibatlarini oldindan bilish qobiliyati, bolalar orasida tabiatdagi tirik mavjudotlarning ahamiyatini tushunishga yordam berish; tabiatni asrab qolish istagini tarbiyalash va agar kerak bo'lsa, unga yordam berish (jonli narsalarga g'amxo'rlik qilish) jarayoni bu intellektual rivojlanish bosqichida alohida o'rinni egallaydi.

3. Estetik hissiyotlarni rivojlantirish bosqichida tabiatning go'zalligini ko'rish va his qilish qobiliyati, unga qoyil qolish, uni asrab qolish istagi ustuvor o'rinni egallaydi.

4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni dunyo bilan tanishtirish jarayonida tirik ob'yektlar bilan amaliy faoliyat, kuzatuvlar, tajribalar, tadqiqot ishlari va didaktik materiallar bilan ishlash orqali ekologik madaniyat asoslarini shakllantirish mumkin bo'ladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirish vazifasini amalga oshirish tamoyillari quyidagilardan iborat: material hajmini bosqichma-bosqich oshirish; tabiiy muhitdan birlamchi foydalanish: bolalar bog'chasi va maktab, mahalla hududlarining yashil maydonidagi o'simliklar va hayvonlar; bolalarni sezgir taassurotlarining xilma-xilligiga, so'ngra aniq g'oyalarga, keyin g'oyalarni umumlashtirishga o'tish; amaliy faoliyatning har xil turlaridan keng foydalanish; bolalarda qiziqish va ijobiy his-tuyg'ularni uyg'otadigan metodlardan foydalangan holda kognitiv materiallarni taqdim etish va boshqalar shular jumlasidandir.

N.J.Isakulova fikricha, «Atrofimizdagi tabiat haqidagi bilimlar quyidagicha o'zlashtiriladi:

• jonli, jonsiz tabiatning o'zaro aloqadorligi va farqi;

• tabiat jismlari va ularning xususiyatlari;

• tabiat komponentlari va ularning o'zaro aloqadorligi;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

• tabiat hodisalari va ulaming ta'siri;

• koinot va uning Yer sayyorasi bilan aloqadorligi;

• O'zbekiston tabiati va uni muhofaza qilish;

• atrofimizdagi tabiatga oqilona munosabatlarni shakllantirish;

• hayvon va o'simliklar ishtirokida mashq-masalalar yechish, rasm va haykallarga ishlov berish, ijodiy topshiriq va muammoli savollarni hal etish»6.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirish ekologik ta'limsiz amalga oshmaydi. Masalan, sinfda tabiat burchagi yaratildi, u yerda gullarga g'amxo'rlik qilish paytida bolalar gullarni to'g'ri parvarish qilish qobiliyatiga ega bo'ladilar, har bir gul o'ziga xos go'zalligi va g'amxo'rlikka muhtojligini bilib oladilar. Amaliy faoliyatda bolalarning individual namoyon bo'lishi ularning ekologik tarbiyasi va madaniyati darajasining ko'rsatkichidir. Odatda biz bolalarning e'tiborini gulzorlarga, daraxtlarga, qushlarga, yilning turli vaqtlarida sodir bo'ladigan o'zgarishlarga qaratamiz. Bolalar o'qituvchi yordamida kunning davomiyligi, ob-havo, o'simliklar va hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar to'g'risida xulosa chiqaradilar. Shuningdek, bolalarda kognitiv qiziqishni rivojlantirish uchun qum, yer, loy, qor, muz, suv xususiyatlari bilan tanishish bo'yicha muhim tajribalar o'tkaziladi. Bunday tajriba asosida biz kuzatilgan hodisaning sababini ochib beramiz, bolalarni mustaqil fikr va xulosalar chiqarishga o'rgatamiz. Bu jarayonda tabiiy materiallar bilan o'yinlar tashkil etiladi. Shuningdek, sayr qilish paytida didaktik o'yinlar o'tkaziladi, masalan: «Mevaga nom bering», «Mavsumlar», «Ta'rifi bo'yicha toping», «Bu sodir bo'lganda» va boshqalar. Shamol bilan ishlaydigan o'yinchoqlar yordamida biz shamol yo'nalishi va uning kuchini aniqlashga harakat qilamiz. Biz o'quvchilarda atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirishda badiiy adabiyotdan ham samarali foydalanishga harakat qilamiz.

Tabiat haqidagi badiiy-falsafiy g'oyalar bolalar hissiyotlariga chuqur ta'sir qiladi. Bular Xudoyberdi To'xtabayev, Abdulla Suyumov, Tuxta Boboyev, Xakimjon Karimov, Baxodir Sarimsokov, Safo Ochil, Qozoqboy Yuldoshev, Said Alimov, Askar Zunnunov, Xamidulla Boltaboyev, Tulan Nizom va boshqalarning asarlarida yorqin ifodalangan. Bolalar bilan bu badiiy adabiyot durdonalarini o'qiganimizdan so'ng, biz ular bilan yaqindan suhbat o'tkazamiz, savollar beramiz. Bu suhbat asnosida bolalar atrof-muhitdagi go'zallik, quvonchni, zavqni ifoda etadilar. Bolalarga g'amxo'rlik va muhabbat namoyon bo'ladigan savollarni berishlari juda yoqimlidir: «Uni kimdir qutqarmaydimi?», «Va ular muzlab qolmaydimi?», «Nega

6.Isaqulova N.J. Ekologik tarbiyaga oid tushunchalarni shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari. // y3^yKcro Ta-MHM TH3HMHga ннновaцнон negarorHK TexHO^oraanap. MaKO^a^ap TynnaMH.- T.: «Extremum press», 2010. -B.40.

228

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

unga hech kim yordam bermadi?» kabi savollar orqali biz bolalarga ishning mazmun-mohiyatini yetkazishga harakat qilamiz. Guruh bolalarga ma'lum bo'lgan «Ona vatan tabiatining bilimdonlari», «Tabiatni asrang», «Qushlar kuni» viktorinalarini, intellektual o'yinlarini o'tkazish ham bu jarayonda muhim hisoblanadi.

Shuni aytish mumkinki, boshlang'ich sinf o'quvchilarida atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirishda bayramlar va tadbirlarning roli katta. Bu kabi bayramlarda tanish bo'lgan musiqa asarlari, she'rlarni yodlash va yang'ilarini yaratish juda muhimdir. Bolalarga ekologik ta'lim berish bo'yicha ota-onalar bilan ishlashda an'anaviy shakllardan foydalanilanish o'rinlidir (ota-onalar yig'ilishlari, konsultasiyalar, suhbatlar). Bunda quyidagilarga alohida e'tibor qaratish muhim: «Daraxt eking», «Qushlarga yordam bering», «Ona Vatan tabiatini asraylik». Bunday aksiyalarda bolalar ota-onalari bilan birgalikda faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bolalar uchun ota-onalarining o'rni va tabiatiga munosabati juda muhimdir. Shunday qilib, kompleks yondashuvni muvaffaqiyatli amalga oshirishning eng muhim sharti - bu kattalar shaxsiy namunasi bilan bolalarga tabiatga to'g'ri munosabatni namoyish etadigan va o'z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tabiatni muhofaza qilishda faol ishtirok etadigan muhitni yaratishdir.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - T.: O'zbekiston, NMIU, 2018. - B. 570

2. Shavkat Mirziyoyev. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2016. - B. 13. 2016. - B. 13.

3. Ismoilov A., Axadov R. Ekologik ta'lim-tarbiya. - T.: «O'qituvchi», 1997. -18-b.

4. Isakulova N.J. Uzluksiz ta'lim jarayonida o'quvchilarga fanlararo ekologik tarbiya berish nazariyasi va amaliyoti. Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya avtoreferati. - Toshkent.: 2012. -B.17.

5. O'zbek tilining izohli lug'ati, 5 jildli. 5-jild. - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008. - B.25

6. Isaqulova N.J. Ekologik tarbiyaga oid tushunchalarni shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari. // Y3nyKCH3 TatnHM TH3HMHga нннoвaцнoн negarorHK TexHonornanap. MaKpnanap TynnaMH.- T.: «Extremum press», 2010. -B.40.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.