Научная статья на тему 'EKOLOGIK MADANIYAT – SALOMATLIK GAROVI'

EKOLOGIK MADANIYAT – SALOMATLIK GAROVI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
509
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ma’naviy barkamollik / ekologik ta’sir / ekologik madaniyat / demografik joylashuv. / Spiritual perfection / ecological impact / ecological culture / demographic location.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Maxmatkulov, Iskandar Xolmuratovich

Maqolada tabiat bilan hayvonot o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi oqibatida insonlar salomatligiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillar, zararlangan mintaqalardagi yuzaga kelayotgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va ularni bartaraf etishda ekologik madaniyatning o‘rni yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECOLOGICAL CULTURE IS A GUARANTEE OF HEALTH

The article discusses the factors that affect human health as a result of the imbalance between nature and animals, the complex socio-economic problems that arise in the affected areas, and the role of environmental culture in overcoming them.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK MADANIYAT – SALOMATLIK GAROVI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

EKOLOGIK MADANIYAT - SALOMATLIK GAROVI

Maxmatkulov Iskandar Xolmuratovich

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali assistenti

ANNOTATSIYA

Maqolada tabiat bilan hayvonot o 'rtasidagi muvozanatning buzilishi oqibatida insonlar salomatligiga ta'sir ko'rsatayotgan omillar, zararlangan mintaqalardagi yuzaga kelayotgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va ularni bartaraf etishda ekologik madaniyatning o 'rni yoritilgan.

Kalit so'zlar: Ma'naviy barkamollik, ekologik ta'sir, ekologik madaniyat, demografik joylashuv.

АННОТАЦИЯ

В статье описаны факторы, влияющие на здоровье человека из-за дисбаланса между природой и животными, сложные социально-экономические проблемы в пострадавших регионах и роль экологической культуры в их преодолении.

Ключевые слова: духовное совершенствование, экологическое воздействие, экологическая культура, демографическая локация.

ABSTRACT

The article discusses the factors that affect human health as a result of the imbalance between nature and animals, the complex socio-economic problems that arise in the affected areas, and the role of environmental culture in overcoming them.

Keywords: Spiritual perfection, ecological impact, ecological culture, demographic location.

KIRISH

"Insonning tabiat ishlariga aralashuvi oxir-oqibat kulfat keltiradi, Yer sayyorasi tezlik bilan keksayib boryapti ".

K.E. Siolkovskiy

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi bunyodkorlik ishlari birinchi galda inson qadrini ulug'lash, har tomonlama kamol topgan, ma'nan boy, axloqan yetuk, jismonan baquvvat, intellektual rivojlangan komil insonni shakllantirishdek oliy maqsadlarga qaratilgan. Ushbu ulkan maqsadlarga erishish xalqimizning ma'naviy va ma'rifiy barkamolligi bilan chambarchas bog'likdir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ma'naviy va ma'rifiy barkamollikni inson salomatligisiz tasavvur qilish juda qiyin. Sog'lom turmush tarzi - bu insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiluvchi ko'nikmalarga ega bo'lishi asosida hayotiy faoliyatini yo'lga qo'yishi hamda salomatligining yuqori darajada bo'lishiga erishishni ta'minlash shakli bo'lib, u kun tartibiga rioya qilish, faol jismoniy harakat asosida organizmni chiniqtirish, sport bilan shug'ullanish, to'g'ri va sifatli ovqatlanish, gigiena qoidalariga rioya qilish, ekologik muloqot va madaniyatga erishish, umuminsoniy va o'zbekona qadriyatlar asosida ma'naviy tarbiya olish, zararli odatlardan o'zini tiya bilish holatlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi.

Inson salomatligi to'g'risida gap ketganda uning tabiatga nisbatan munosabati, ya'ni tabiat ne'matlaridan hisoblangan yer, suv, quyosh va havoga nisbatan madaniyati va ushbu munosabatlarning sog'likka ta'siri haqida so'zlamoq maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda o'ta dolzarb va targ'ibot kilinishi juda zarur bo'lgan muammolardan biri ekologik muammolar bo'lib, dunyo xalqlari hayotiga xavf tug'dirmoqda. Bizni o'rab turgan va biz yashab turgan tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi muvozanatning buzilishi oqibatida insonlar salomatligiga katta putur yetmoqda, zararlangan mintaqada murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yuzaga kelmoqda. Bularga Orol dengizi fojiasi, atmosferaning ozon qatlamida hosil bo'lgan tirqishlar, global ob-havo kataklizmalari, radiatsiya, sunami, suv toshqinlari, texnogen falokatlar va boshqa ko'plab ekologik nomutanosibliklar kiradi. Bu muammolarning oldini olishda barcha davlat arboblari, yirik mutaxassis olimlar, keng jamoatchilik vakillari va xalqlar birlashgan holda kurash olib borishlari kerak.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tabiatni biz, odatda, onaga tenglashtiramiz, unga qiyoslab ona tabiatimiz deb ataymiz. Ammo, unga bo'lgan muomala va munosabatimiz hamma vaqtlarda ham xuddi shu onaga bo'lgan munosabat singari bir xilmi? Hamma gap ham ana shunda.

Uzoqqa borib o'tirmaylik, tabiat ne'matlaridan biri bo'lgan suvga bo'lgan shafqatsizlarcha munosabat natijasida nafaqat o'zbek xalqi, balki butun Markaziy Osiyo xalqlari Orol dengizining qurishidek insoniyat tarixidagi eng falokatli, global ekologik muammoni o'z boshidan kechirmoqda. Balandparvoz shiorlar-u besh yillik rejalarni bajarish, tabiatni inson hukmiga bo'ysundirishga qaratilgan behuda urinishlar, yirik suv omborlari qurilishi, kanal va anhorlar qazib sho'rxok cho'l zona yerlarida paxta plantatsiyalarining tashkil etilishi Orolbo'yi mintaqasida ekologik nomutanosiblikni keltirib chiqardi. Buning mislsiz darajadagi salbiy oqibatlarini sanab o'tsak cheki yo'q: qachonlardir moviy to'lqinlari mavjlanib turgan dengiz

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'rnini sho'rxok, qup-quruq qumliklar egallagani, ilgari turli kema va qayiqlar bilan gavjum qirg'oq bo'yining huvillab qolgani, metallomga aylangan, zang bosib yotgan kemalar, baliqchilik va boshqa soha korxonalarining inqirozi, tuzli qum bo'ronlari, go'zal tabiat manzarasining qaqrab yotgan cho'l-biyobon bilan almashinishi, qancha insonlarning o'z yashab turgan vatanidan, kasbidan mahrum bo'lishi. Tabiatga yomon munosabatda bo'lish - bu o'z sog'lig'imizga yomon munosabatda bo'lishdir.

Negaki, inson ham ana shu ona tabiatning bir bo'lagi. Tabiatni sog'lomlashtirmasdan turib, odamlar sog'lig'ini yaxshilash to'g'risida gap ham bo'lishi mumkin emas. Tabiatning sog'lig'i aynan biz yuqorida qayd etgan suv, tuproq, havo, quyosh nurining sofligida namoyon bo'ladi.

Ma'lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilmu ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanadi, aynan shu davrda uning qalbida ma'naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo'la boshlaydi. Farzandlarimiz ongu shuuriga tabiatga mehr-muhabbatni, ekologik madaniyatning ilk saboqlarini singdirishni aynan mana shu davrdan boshlash kerak. Chunki bu yoshda bolaning beg'ubor ongi bamisoli bosma qog'oz singari oiladagi, yon-atrofdagi barcha voqea-hodisalarni, ularning zamiridagi taassurotlarni o'ziga shimib-singdirib oladi. Uning o'zini o'rab turgan tabiatga, muhitga nisbatan munosabati, ota-onasiga, bobo va momolariga mehri va hurmati kundan-kunga takomillashib boradi. Bu ekologik madaniyat shakllanayotganligidan dalolat beradi.

Atrof-muhit, urf-odatlarda tan olingan me'yorlar va tartib-qoidalar oilada bolalarning shaxs sifatida shakllanishiga kuchli ta'sir qiladi. Bola, asosan, oilada o'sib-ulg'ayadi, rivojlanadi, o'z his-tuyg'ulari va xatti-harakatlarini nazorat qilishni o'rganadi. Ota-onalar bolaning kayfiyati, ahvoli va xulqi u yashayotgan sharoitga bog'liq bo'lishini yaxshi bilishi kerak. Shu bilan birga, farzandlariga sog'lom bo'lish uchun gigiena qoidalariga rioya qilish shartligini oz-ozdan uqtirib borishlari lozim. Bu esa oilada sog'lom turmush tarzining shakllanishiga olib keladi.

Xalqimizning «Qush uyasida ko'rganini qiladi», degan dono maqoli mana shu azaliy haqiqatni yaqqol aks ettiradi. Bolada ijobiy xislatlarning shakllanishida oila bilan birga maktab, mahalla-kuy, tengdoshlari va umuman, atrof-muhitning ta'siri katta. Bugungi kunda har bir oila oldidagi vazifalardan biri bu bolalar ongida yoshligidanoq ekologik ong va ekomadaniyatni shakllantirish, ularni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga o'rgatish, noyob tabiatni asl holicha kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash hissini vujudga keltirish orqali atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo'lgan salbiy ta'sirning oldini olishdan iborat.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Buning uchun barchamiz, xususan, yoshlarimizning ongida Ona-er, Ona-tabiat, Ona-Vatanga, uning boyliklariga bo'lgan yuksak e'tibor, mehr-muhabbat, chuqur ehtiromni, ya'ni vatanparvarlik tuyg'usini yanada yuksaltirish lozim. Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida oilalar mustahkamligi, farzandlar barkamolligi, ham ma'nan, ham jismonan sog'lom avlodni voyaga yetkazish, ularning baxtu saodati va farovon kelajagini ko'rish orzusi mujassamligini alohida ta'kidlash joiz. Ekologik madaniyatni shakllantirishda bolalar muassasalari, maktab va akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv yurtlari va ayniqsa tibbiyot tashkilotlarining o'rni beqiyos bo'lib, ushbu ma'rifat o'choqlarida ekologiya soatlarining tashkil etilishi bu borada olib borilayotgan tadbirlar samaradorligini oshiradi. Yon atrofni ko'kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari, hasharlarni o'tkazib borish, gul, daraxt ko'chatlari, nihollar ekish tabiatni yashartiradi, uning yanada go'zal, beg'ubor, sof bo'lishiga imkoniyat yaratadi.

Shu bilan bir qatorda, yoshlarning ekologik madaniyatini oshirishda quyidagi usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega:

□ yoshlar ishtirokida ekologiyaga oid mavzularda seminar treninglar tashkil etish;

□ ekobog'lar barpo etish, ekologik hasharlar va aksiyalar o'tkazishga yoshlarni keng jalb qilish;

□ ekologik mavzularda tanlovlar tashkil etish;

□ ekologik adabiyotlar ko'rgazmasini tashkil etish;

□ talabalarning ilmiy konferensiyalarini tashkil etish va

ijtimoiy reklamalarni ko'paytirish;

□ ekomarafon va boshqa turli sport o'yinlarini o'tkazish;

□ bog'cha va maktablarda ekologik to'garaklar tashkil etish;

□ ekologik sayohatlar uyushtirish;

Yurtimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, o'sib kelayotgan avlodning ekologik madaniyati, dunyoqarashi, bilim va mas'uliyatini oshirib borish bilan bog'liq ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etish, teleko'rsatuvlar, radioeshittirishlar va maxsus dasturlarni muntazam ravishda efirga uzatish.

Ekologik ta'lim-tarbiya jarayoni uzluksizligini ta'minlash yosh avlodning ekologik madaniyatli bo'lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan:

- yoshlarning o'zi yashab turgan shahar, qishloq, mahalla, xonadoniga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'usi, vatanparvarlik ruhini shakllantiradi;

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- tabiat uchun shaxsiy javobgarlik xususiyatlari va shaxsdagi yaratuvchanlik asoslarini shakllantirishga xizmat qiladi;

- inson qalbidagi ezgulik, saxovat, mehr-muruvvat fazilatlarini rivojlantiradi;

- yoshlarda ekologik muammolar yechimini izlab topish ko'nikma va malakalarini rivojlantiradi;

- yoshlar ona tabiatni sevish, ardoqlash, undan g'ururlanish ruhida tarbiyalanadi;

- yoshlarda suvni iflos va isrof qilmaslik tushunchalari rivojlanadi;

- atrof-muhit muhofazasi ijtimoiy zaruriyat ekanligi to'g'risidagi e'tiqodni shakllantiradi;

- yoshlarda ekologik xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan burch, vijdon, odamiylik xususiyatlarini mustahkamlaydi;

- yoshlarni kuzatuvchanlik, atrof-muhit go'zalligini anglash bilan bog'liq bo'lgan qiziqishlar rivojlanadi;

- o'simliklar, hayvonlar tabiatning bir qismi, inson tabiat go'zaligi bilan bog'liq ekanligi, uni asrab-avaylash zarurligini tushunib yetadi;

- yoshlar XXI asr sivilizatsiyasi darajasiga va tabiatga xavf tug'diruvchi kuchli antropogen ta'sirlarga bardosh beruvchi, yangicha odob va axloqqa asoslangan ekologik dunyoqarashga ega bo'ladi;

- O'zbekistonning tabiiy boyliklari: o'simliklari, hayvonot olami, qo'riqxonalar va nodir landshaftlar, tabiat yodgorliklarini, yer, suv, havosini muhofaza qilish bo'yicha qonunlar haqida bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladi;

- yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi qaror topadi;

- energiya va resurs tejovchi texnologiyalar hamda muqobil energiya manbalari xususida yetarli darajada bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladi.

REFERENCES

1. Тухтаев A. Экология. - Тошкент: Укитувчи, 1988.

2. Шодиметов Ю. Ижтимоий экологияга кириш. - Тошкент: Укитувчи, 1996

3. Достходжаева Р.И. Экология. Маърузалар матни. - Тошкент: ТФИ, 2006.

4. Мурадов Ш.О., Холбаев Б.М., Отакулов У.Х., Дониев Х.Ш. Саидов Ш.Э. Экология (мини дарслик). - Карши: НТПЦ "Ойкос", 2005.

5. Радкевич В.А. Экология: Учебник. / Радкевич В.А.- 3-е изд., переработано и дополнено - М.: Высшая Школа, 1997. - 354 с.

6. Киселёв В.Н., Основы экологии: Учебное пособие / В.Н. Киселев- МН.: 1998.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.