Научная статья на тему 'YASHIL MAKON -GO’ZAL MAKON'

YASHIL MAKON -GO’ZAL MAKON Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
117
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologiya / yashil makon / yashil tashabbus / yo’l xaritasi. / Ecology / green space / green initiative / road map.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — U. Yusupova

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining tabiat muhofozasiga oid amaliy harakatlari keng bayon etilgan.Jumladan Yashil makon umummilliy loihasi doirasida yurtimiz bo’ylab va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilgan tadbirlar haqida bayon etiladi.Tabiat muhofozasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GREEN SPACE BEAUTIFUL SPACE

This article describes the practical actions of the Republic of Uzbekistan for the protection of nature, including activities carried out throughout the country and in cooperation with international organizations within the framework of the national project "Green Space". level of government policy.

Текст научной работы на тему «YASHIL MAKON -GO’ZAL MAKON»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

YASHIL MAKON -GO'ZAL MAKON Yusupova Umida Amatbayevna

CHDPU 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7313394

Annotatsiya:Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasining tabiat muhofozasiga oid amaliy harakatlari keng bayon etilgan.Jumladan Yashil makon umummilliy loihasi doirasida yurtimiz bo'ylab va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilgan tadbirlar haqida bayon etiladi. Tabiat muhofozasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan.

Kalit so'zlar:Ekologiya,yashil makon,yashil tashabbus,yo'lxaritasi.

ЗЕЛЕНОЕ ПРОСТРАНСТВО - КРАСИВОЕ ПРОСТРАНСТВО

Аннотация. В данной статье описываются практические действия Республики Узбекистан по охране природы, в том числе мероприятия, проводимые по всей стране и в сотрудничестве с международными организациями в рамках национального проекта «Зеленое пространство». уровень государственной политики.

Ключевые слова: Экология, зеленое пространство, зеленая инициатива, дорожная карта.

GREEN SPACE - BEAUTIFUL SPACE

Abstract. This article describes the practical actions of the Republic of Uzbekistan for the protection of nature, including activities carried out throughout the country and in cooperation with international organizations within the framework of the national project "Green Space". level of government policy.

Keywords: Ecology, green space, green initiative, road map.

KIRISH

Insoniyat hayotida eng ko'p zavq oladigan go'zal narsalardan biri bu tabiat go'zalligidir.Inson tabiat go'zalligidan bahra oladi,zavqlanadi,ilhom oladi,hayotga bo'lgan intilishi yanada kuchayadi.Tabiat insonga kuch bag'ishlaydi.Zero inson tabiat bilan uzviy bog'liqdir.Tabiat qanchalik go'zal bo'lsa insonning go'zallikka intilishi shunchalik kuchayadi.Bu insonning o'ziga ham bog'liq ,insoniyat tamonidan tabiatga munosabat qanchalkik yaxshi bo'lsa,uni asrab avaylasa,atrof-tabiiy muhit tozaligi uchun masulligini chuqurroq anglasa va tabiat go'zalligi uchun o'zining hissasini qo'shsa tabiat yanada go'zallashadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Mamlakatimizning ham bugungi kunda tabiatga bo'lgan munosabati tubdan o'zgardi.Artof-muhit muhofozasi,insonlarda ekologik madaniyatning shakllanishi,tabiat go'zalligini yanada oshirish borasidagi ishlari yanada rivojlanmoqda.Anashunday amaliy ishlarning namunasi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2021-yil 2-noyabrda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ta'sirchan parlament va jamoatchilik nazoratini olib borish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qarorini aytishimiz mumkin.

Ushbu qarorda bir qator vazifalar belgilab o'tilgan :Jumladan:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2021-yil 2-noyabrda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni samarali tashkil etish bo'yicha "Yo'l xaritasi" (keyingi o'rinlarda — "Yo'l xaritasi") ni tuzish.

2. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarigaga kiritish

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari tomonidan saylov okruglaridagi faoliyati davomida "Yashil makon" umummilliy loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini saylovchilarga keng tushuntirilishini tashkil qilish;[1]

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko'chat ekish, ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlarda faol ishtirok etish;

mahalliy Kengashlar deputatlarini keng jalb etgan holda, "Yashil makon" umummilliy loyihasida belgilangan vazifalarning ijrosining ta'minlanishi holati yuzasidan ta'sirchan parlament va jamoatchilik nazoratini olib borish.

TADQIQOT NATIJALARI

Yuqoridagi qarorning ijrosini taminlash maqsadida yurtimizdagi yirik kompaniyalardan biri UZKARD jamoasi ushbu dasturni istiqbolli ijtimoiy tashabbus hamda ichki korporativ madaniyatni mustahkamlash sifatida mamnuniyat ila qo'llab-quvvatladi. Kompaniya xodimlari 500 tup ko'chat ekishdi va Toshkent shahrida bog'lar hududini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish bo'yicha keng ko'lamli rejaga asos solishdi.

Uzcard faoliyati ijtimoiy yo'naltirilgan bo'lib, u nafaqat moliyaviy texnologiyalar sohasida mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash, balki bugungi va kelajak avlodlarning yashash sifati bog'liq bo'lgan jamiyat va atrof-muhit oldidagi mas'uliyat nazariga asoslanib qurilgandir.

2022-yil 9-aprel kuni Uzcard xodimlari tomonidan 500 tup ko'chat ekildi va bu rejalashtirilgan dasturning muqaddimasi bo'ldi.

Tabiatni asrab-avaylash harakati doirasida, "yashil tashabbus"ni qo'llab-quvvatlash maqsadida Uzcard katta bog' hududini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish bo'yicha keng ko'lamli dasturni tatbiq etdi. Unga asosan kompaniya tomonidan o'rindiqlar o'rnatilib, sug'orish va yoritish tizimlari

o'tkaziladi, aholi hordiq chiqarishi uchun joylar yaratiladi, piyodalar uchun yo'lakchalar qilinib, daraxt ko'chatlari ekiladi. Buning uchun poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan Alimkent ko'chasida 14 400 kvadrat metr bo'lgan maydon tanlandi.

Ko'p xodimlar ushbu tashabbusda ishtirok etish jamoani birlashtirganini va jipslashtirganini ta'kidlab o'tdilar, ko'chatlar ekilgan yo'laklarni esa "Uzcard xiyoboni" deb nomlashdi. Bu yerda nafaqat kompaniya vakillari o'z oilalari bilan, balki barcha xohlovchilar kelib sayr qilishlari, sport bilan shug'ullanishlari mumkin. Aksiyada kompaniyaning 200 nafar xodimi ishtirok etib, ularning ko'pchiligi o'z farzandlari bilan kelib, ularni bolalikdan tabiat boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, jamoaviy mehnat va yaxshi amal qilishga o'rgatdilar.

Uzcard jamoasi bolalar va qariyalar uchun respublikada yashil hududlarni kengaytirish qanchalik muhimligini tushunadi va bu loyiha orqali kelajak avlodlarga g'amxo'rlik qilish maqsadida o'z hissasini qo'shishga intiladi.

Do'stlar, daraxtlarni ekib, bu zaminni yanada yaxshi joyga aylantirish vaqti keldi!

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbekiston Respublikasi keying yillarda atrof-tabiiy muhitga nidbatan munosabatini yubdan o'zgartirdi.O'zbekiston Respublikasi Ekoligiya va atrof-muhitni muhofoza qilish davlat qo'mitasi va Ekologiya partiyasi tamonidan ,,Yashil makon'' umummilliy loyixasi doirasida bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.Hususan 2022-yil 20-oktyabrdan ,,Dolzarb 40-kunlik'' tadbiri doirasida yurtimizning barcha hududlarida daraxt ekish ishlari amalga oshirilmoqda.Davlat tashkilotlari mahallalaratrofiga daraxtlar ekilib ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.[2]

Qayd etilishicha ,mazkur tadbir doirasida 20-oktabr kuni Jizzax viloyatida ham bir qatorishlar amalga oshirilgan.Viloyatning Sharof Rashidov tumani ,,Yoyilma''MFY hududidn o'tgan M 39yo'l yoqasiga viloyat Ekologiya boshqarmasi ,,Yo'l ko'kalam''UK va o'rmon xo'jaligi bilan hamkorlikda 1000 tup pavlovniya va catalpa ko'chatlari ekildi.

Ko'chat ekish ishlari mahallabay tizimida tashkil etilib ,,Yoyilma''MFY oqsoqollari,faollari va yoshlarham ishtirok etishmoqda.

Xorazm viloyatda ham ,,Dolzarb 40 kunlik''tadbiri jadallik bilan amalga oshirilmoqda Hazarasp tumanida ham ,,Yashil makon ''umummilliy loyihasining kuzgi mavsumida ko'chatlar ekish ishlari davom ettirilmoqda.Hazorasp tumani hokimligi hodimlari ishtirokida 1000 tup daraxt ko'chatlari ekildi.

Yashil makon umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar yurtimizning barcha hududlarida davom ettirilmoqda.

Yuqoridagi tadbirlardan maqsad avvalo yurtimizning tabiatini ,atrof-muhit go'zalligini asrash va atmosfera havosining tozaligini asrash,axoli salomatligini saqlash,turli yuqumli kasalliklarning oldini olishdan iborat.

BMT Taraqqiyot dasturi ko'magida «Yashil Makon» tashabbusi doirasida Orolbo'yi va Surxondaryoni o'rmonzorlashtirish, ularning qum va chang bo'ronlariga chidamliligini oshirish hamda O'zbekiston shaharlarini ko'kalamzorlashtirish bosh rejasini ishlab chiqish loyihasi boshlandi.

«Yashil makon» tashabbusini qo'llab-quvvatlash maqsadida bosh reja va innovatsion moliyaviy yechimlarni ishlab chiqish" qo'shma loyihasi ishga tushirildi, deya xabar qildi BMTTD matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Loyihaning asosiy maqsadi innovatsion uzoq muddatli moliyalashtirish, muvofiqlashtirish va salohiyatni oshirish orqali «Yashil makon» tashabbusining iqlimga chidamliligini oshirishda O'zbekiston hukumatini qo'llab-quvvatlashdan iborat.

Loyiha tashabbusi iyunda BMTTD, Davlat ekologiya qo'mitasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va BMT qochqinlar bo'yicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan ilgari surilgan edi.

Loyihani amalga oshirish uchun hamkorlar tomonidan jami 900 ming dollar ajratilgan bo'lib, bu mablag' orqali 2023 yil dekabrigacha Orolbo'yi va Surxondaryo viloyati hududlarini o'rmonzorlashtirish tashabbusini moliyalashtirish, innovatsion monitoring va nazorat tizimini joriy etish, O'zbekiston landshaftlari va shaharlarini ko'kalamzorlashtirishga qaratilgan bosh rejani ishlab chiqish, shuningdek, Surxondaryo viloyatining qum va chang bo'ronlariga chidamliligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan.Loyiha Moliya vazirligi, O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi, O'zgidromet, Suv xo'jaligi, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirliklari, shuningdek, fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik qiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2022-yil 20 sentabr kuni Davlat ekologiya qo'mitasi, BMTning O'zbekistondagi Taraqqiyot dasturi (BMTTD), BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va BMTning qochqinlar bo'yicha Oliy komissari boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan yig'ilishda ushbu qo'shma loyihaning maqsad va vazifalari, amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar rejasi hamda BMTTDning innovatsion moliyalashtirish yechimi va o'rmonlarni o'stirishga qaratilgan bosh rejasining texnik-iqtisodiy asoslari bo'yicha tayyorlangan dastlabki xulosalari taqdimoti o'tkazildi.Ochilish marosimida BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska «Yashil Makon» nafaqat millionlab ko'chatlar ekish, balki millionlab ko'chatlarni kerakli joyga ekib, ularga to'g'ri g'amxo'rlik qilish ekanini ta'kidladi. U, shuningdek, daraxtlarni parvarish qilishda faqat ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish, o'ylangan va muvofiqlashtirilgan harakatlar hamda barqaror yondashuvlar ijobiy natijaga olib kelishi mumkinligini ta'kidladi.

BMTTD tashkilot tomonidan taklif etilayotgan moliyaviy vositalar mamlakat uchun ixtiyoriy uglerod bozorlariga yo'l ochib berishini, shuningdek, o'rmon plantatsiyalari orqali uglerod zaxiralarining qaytarilishini ta'minlashini va o'rmon ekish bilan bog'liq moliyaviy yukni kamaytirishini qayd etdi.

«Amalga oshirilayotgan qo'shma loyiha shuningdek, „Yashil makon" umummilliy loyihasini qo'llab-quvvatlagan holda mamlakatimizda aholi salomatligi va hudularning iqtisodiy holatini yaxshilash, barqaror ish o'rinlarini yaratishni, ayniqsa, ayollar uchun qulay ish o'rinlarini ko'paytirishni maqsad qilgan» — deyiladi xabarda. [3]

Mamlakatimizda tabiatga munosabatning tubdan o'zgargaini Prezidentimiz tamonidan qbul qilingan 2022-2026 yillarga mo'ljallangan ,,Yangi O'zbekistonning Traqqiyot strotegiyasi to'g'risidagi'' farmonida ham alohida ta'kidlab o'tilgan.Taraqqiyot strotegiyasining aynan79-80-81 maqsadlari ekologiya va atrof muhit muhofozasiga bag'ishlanadi.Ushbu maqsadlarga alohida to'xtalib o'tadigan bo'lsak, jumladan 79-maqsad: Aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish haqidadir.

Xalqaro maydonda atrof muhitga oid tashabbuslar, shu jumladan Butunjahon ekologiya xartiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surish.

Atrof muhitga ta'sir xavfi yuqori daraja (I toifa)dagi obyektlarning ifloslantiruvchi manbalaridan avtomatik ravishda namunalar olish tizimini tatbiq etish.

Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash mexanizmlarini takomillashtirish, atrof muhitni kuzatish, uning ifloslanish darajasini prognoz qilish, davlat ekologik nazoratini doimiy axborot bilan ta'minlash, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof muhitga ta'siri ustidan monitoringni amalga oshirish.

Respublika hududida amalga oshirilayotgan xo'jalik va boshqa turdagi faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash yuzasidan davlat ekologik ekspertizasini o'tkazish.

80-maqsad: Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida har yil kamida 200 million tup daraxt ekish. "Yashil makon" umummilliy loyihasi tashabbuslariga mos tarzda respublikaning 10 ta hududida aerobiologik monitoring tizimini yo'lga qo'yish.

MUHOKAMA

Maishiy chiqindilarni yig'ishni 100 foizga, ularni qayta ishlash darajasini 2026-yilga qadar 21 foizdan 50 foizga yetkazish.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Respublika bo'yicha 51 ta yer usti tabiiy suv obyektlari (daryolar, kichik daryolar va tabiiy ko'llar)ning sanitariya-muhofaza zonalari va sohil bo'yi mintaqalarini belgilash ishlarini yakunlash.

Toshkent shahrini aholiga qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo'lgan hududga aylantirish, ko'kalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish.

Orol dengizining qurigan tubida qo'shimcha 500 ming gektar yashil maydonlarni barpo etib, 2026-yil yakuniga qadar ularning umumiy hajmini 2,5 million gektarga yoki hududning 78 foiziga yetkazish.

Orolbo'yida xalqaro "Yashil iqlim" va Global ekologik jamg'armalarning bioxilma-xillik, iqlim o'zgarishi va tuproq yemirilishining oldini olishga qaratilgan dasturlari asosida 300 million AQSh dollari qiymatidagi loyihalarni amalga oshirish.

Shahar va tuman markazlarida har 50 — 100 ming aholi uchun "jamoat parklari"ni tashkil etish.

Orolbo'yi mintaqasida yashovchi aholini ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish.

81-maqsad: O'rmonlar maydonini kengaytirish.

Respublika hududlarida o'rmonlar maydonini kengaytirish va o'rmon fondi yerlaridan samarali foydalanish.O'rmon fondining tog' va tog'oldi hududlari plantatsiyalarini barpo qilish.

Cho'l hududlarida o'simliklarni ko'paytirish, hududlarda himoya o'rmonzorlari barpo etish.

Sug'oriladigan yerlarni eroziyadan va melioratsiya obyektlarini qum ko'chishidan saqlash uchun ihota daraxtzorlarini barpo etish.Davlat o'rmon fondi yerlarida o'rmonlardan foydalanish, o'rmon fondini kengaytirishni tartibga solish,o'rmonlarni qo'riqlash va muhofaza qilish mexanizmini tubdan qayta ko'rib chiqish[4]. XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki tabiat muhofozasi har doim dolzarb bo'lib kelgan.Tabiatni asrash,atrof-muhit muhofozasini rivojlantirish bo'yicha olib borilgan ishlar jamiyat uchun,insonlar uchun qanchalik foyda bo'ladi.Davlatimiz tamonidan olib borayotgan bunday tadbirlar esa nafaqat bizning davlatimiz,xalqimiz manfaatiga balki boshqa xalqlar manfaatisa ham xizmat qiladi.Chunki tabiatni tozaligi,havoning musaffoligi har qanday insonning bahri dilini ochadi.Dunyoning kopgina davlatlari ham bu loyihani ijobiy baholashdi.Zero ,,Yashil makon-go'zal makon''dir.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoyev ,,Yangi O'zbekiston taraqqiyot strotegiyasi''Toshkent O'zbekiston nashiryoti 2021 yil

2. https://www.gazeta.uz/oz/2022/09/20/yashil-makon/

3. https://lex.uz/uz/docs/-5776122

4. https://daryo.uz/2022/04/11/uzcard-yashil-makon-umummilliy-loyihasida-ishtirok-etdi/

5. https://lex.uz/uz/docs/-5841063

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.